August 2, 2022

Buxoro viloyatida "huquqiy targ'ibot kuni" tadbirlari o'tkazildi

Joriy yilning 2-avgust kuni viloyat adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya boʼlimlari tomonidan “Qizil hudud”dagi 13 ta MFYlarda sayyor qabul, sayyor xizmatlar
va huquqiy targʼibot kuni tashkil etilib, fuqarolarga ayrim masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 maydagi 259-son Qarori hamda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʼgʼrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Mazkur sayyor qabullarda tuman (shahar) adliya boʼlimlari, yuridik xizmat koʼrsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari, notarius, ichki ishlar, aholi bandlikka koʼmaklashish markazlari va byudjetdan tashqari pensiya jamgʼarmasi xodimlari ishtiroki etdi.

FHDY organlari tomonidan Buxoro shahar, Kogon, Romitan, Jondor tumanlarida tegishli guvohnomalari mavjud boʼlmagan shaxslar aniqlanib, ularga 1 ta tugʼilganlik, 1 ta nikox guvohnomalari berildi hamda muqaddam vafot etgan 2 nafar shaxsga nisbatan oʼlim guvohnomasi rasmiylashtirildi.

Shuningdek, fuqarolarga 8 ta sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.

"Huquqiy targ'ibot kuni" davomida 14 ta ayollar daftari, 9 ta temir daftar va 16 ta yoshlar daftariga kiritilgan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi. 24 ta murojaat o'rganish uchun qabul qilindi.