May 20, 2022

Xotin-qizlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Joriy yilning 13-may kuni Romitan tuman adliya bo'limi tomonidan "Mirishkor" MFYda xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan imtiyozlar, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ’ibot tadbiri amalga oshirildi.

Ushbu tadbir davomida xotin-qizlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Shuningdek, mazkur tadbir davomida mehnat sohasidagi munosabatlar, moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalar olish tartibi, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kredit va mikroqarzlar olish tartibi, kommunal sohadagi munosabatlar, aliment, uy-joy olish va yer ajratilishi tartibi kabi masalalarni yoritishga qaratilgan jami 50 ga yaqin flayerlar tadbir ishtirokchilariga tarqatildi.