April 25, 2022

#Ijtimoiy_aksiya

❗️Barcha sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari diqqatiga!

🔸Huquqiy muammolaringiz bormi?
🔸Bepul huquqiy maslahat kerakmi?

Adliya vazirligi tomonidan “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida Buxoro viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan hududlarda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda sayyor qabul o‘tkaziladi.

⏰ Sayyor qabullar viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 26-aprel kuni soat 09:00 dan soat 13:00 ga qadar Jondor tuman tibbiyot birlashmasida, 27-aprel kuni viloyatdagi barcha tuman va shahar tibbiyot birlashmalarida tuman (shahar) adliya bo`limlari tomonidan hamda 28-aprel kuni adliya boshqarmasi tomonidan Buxoro viloyat markaziy kasalxonasida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

⚖️ Sayyor qabul davomida viloyat adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo`limlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar xodimlari tomonidan:

▫️murojaatlar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar beriladi;

📢 Sayyor qabulga barcha sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini chorlaymiz!