Shofirkon tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida huquqni bir xil qo'llash amaliyotini targ'ib qilishga bag'ishlangan navbatdagi ochiq muloqot o'tkazildi
Shofirkon tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari, tibbiyot birlashma rahbariyati tashabbusi bilan 2022-yil 14-mart kuni Tibbiyot birlashmasi rahbariyati bilan hamkorlikda ish beruvchi va ta'mirlashga yopilgan tug'ruq kompleksi xodimlari o'rtasida yuzaga kelgan mehnat munosabatlaridagi qonun hujjatlarining noto'g'ri talqin etilishining oldini olishga qaratilgan huquqiy maslahat uchrashuvi tashkil etild. Tibbiyot birlashmasining tug'ruqxona bo'limi xodimlari tomonidan bo'limda sanitariya va ta'mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtda xodimlarga ish haqi to'lash masalasi yuzasidan berilgan savolga Mehnat kodeksinig tegishli moddalari yuzasidan tushuntirishlar berilib, xodimlarning bunday holatda qanday huquqlarga ega ekanligi yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek uchrashuvda huquqni qo'llash amaliyoti, uni qo'llashni unifikatsiya qilish jarayonlari xususida Markaz rahbari Z.Halimov tomonidan "E-huquqshunos" elektron tizimi orqali davlat tashkilotlarida huquqni qo'llash amaliyotining bir xilligini ta'minlash jarayonlari, Adliya vazirligi tomonidan sohada qilinilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berildi. Targ'ibot jarayoni o'zaro muloqot ruhida olib borilib, tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan berilgan savollarga qonunchilikka muvofiq tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi.