Xotin-qizlar huquqi bo'yicha dolzarb ikki oy
Kuni kecha viloyat adliya boshqarmasi hamda Buxoro shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Street law” (ko‘cha huquqi – oddiy huquq) loyihasi doirasida "Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy" reja-grafigiga asosan Buxoro shahridagi “Markaziy dehqon bozori”da uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan imtiyozlar, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ'ibot tadbiri amalga oshirildi.
Ushbu tadbir davomida xotin-qizlar o'zlarining qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha javoblar olishdi.
Shuningdek, mazkur “Street law” loyihasi doirasida mehnat sohasidagi munosabatlar, moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalar olish tartibi, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kredit va mikroqarzlar olish tartibi, kommunal sohadagi munosabatlar, aliment, uy-joy olish va yer ajratilishi tartibi kabi masalalarni yoritishga qaratilgan jami 300 dan ortiq flayerlar fuqarolarga tarqatildi.
Bu kabi tadbirlardan ko'zlangan maqsad jamiyatda gender tengligi, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishdir.