Bola paravarishlash ta’tilini to‘xtatib, 0,5 ish birligida o‘z vazifasida ishga chiqishmoqchi bo'lib huquqlari buzilgan xodimning huquqlari adliya tomonidan tiklandi
Vobkent tuman adliya bo‘limiga Vobkent tumani “Hajuvon” MFY, So‘filar qishlog‘idayashovchi fuqaro Hasanova Iqlimaning “Vobkent tumanidagi 6-son umumta’lim o‘rta maktabida psixolog lavozimida ishlab kelayotganligi, Vobkent tumanidagi 6-son umumta’lim o‘rta maktabi direktorining 2021-yil 6-dekabrdagi 64-A-sonli buyrug‘iga asosan unga 2021 yil 6 dekabrdan e’tiboran bola paravarishlash ta’tiliga chiqqanligi, 2022-yil 10-yanvarda tuman xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i nomiga o‘z xoxishiga ko‘ra bola paravarishlash ta’tilini to‘xtatib, 0,5 ish birligida o‘z vazifasida ishga chiqishga ruxsat so‘rab ariza berganligi, arizasi bo‘yicha buyruq loyihasi tayyorlanganligi biroq, tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan 2022-yil 10-yanvar kuni mazkur buyruqni tayyorlashda xato va kamchiliklar va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganligi sababli yuridik xulosa berilmasdan rad etilib tuman xalq ta’limi bo‘limiga qaytarilganligi shu sababdan ushbu masalani qonuniyligini o‘rganib chiqib, tegishli chora ko‘rishda va o‘z ishiga tiklanishiga amaliy berishni so‘rab qilgan murojaat qildi.
Mazkur murojaatini o‘rganish jarayonida tumanda joylashgan 6-son umumta’lim o‘rta maktabi mas'ul xodimlari tomonidan mehnat munosabatlarini tartibga solishda bir qator qonunbuzilish holatlariga yo'l aniqlandi.
Jumladan, to‘plangan hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha Vobkent tumanidagi 6-son umumta’lim o‘rta maktabi direktori O.Shirinov tomonidan 2021-yil 21-iyundagi “Maktab psixologi I.Hasanovani 2021-yil 21-iyundan e’tiboran onalik dekret ta’tiliga chiqarish haqidagi30-A-sonli, 2021-yil 25-oktabrdagi “Maktab psixologi I.Hasanovaga onalik dekret ta’tilining tugaganligi sababli 2021-yil 25-oktabrdan e’tiboran mehnat ta’tiliga chiqarish haqida”gi 51-A-sonli va 2021-yil 6-dekabrdagi “Maktab psixologi I.Hasanovaga 2021-yil 6-dekabrdan e’tiboran mehnat ta’tili tugaganligi sababli yosh bolasini paravarishlash uchun ta’tilga chiqarish haqida”gi 64-A-sonli buyruqlari vakolati bo‘lmasada, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2019-yil 15-noyabrdagi 369-sonli buyrug‘i talablariga zid ravishda qabul qilingan.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2019-yil 15-noyabrdagi 369-sonli buyrug‘ining 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar ro‘yxati”ning 2-bandi 3-xatboshiga ko‘ra “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (xal ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internati) psixologi” kiritilgan.
Shundan kelin chiqgan holda qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida Vobkent tuman adliya bo‘limi tomonidan Vobkent tuman xalq ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritildi hamda Vobkent tumanidagi 6-son umumta’lim o‘rta maktabi direktori O.Shirinov tomonidan 2021-yil 21-iyundagi “Maktab psixologi I.Hasanovani 2021-yil 21-iyundan e’tiboran onalik dekret ta’tiliga chiqarish haqidagi 30-A-sonli, 2021-yil 25-ktabrdagi “Maktab psixologi I.Hasanovaga onalik dekret ta’tilining tugaganligi sababli 2021-yil 25-oktabrdan e’tiboran mehnat ta’tiliga chiqarish haqida”gi 51-A-sonli va 2021-yil 6-dekabrdagi “Maktab psixologi I.Hasanovaga 2021-yil 6-dekabrdan e’tiboran mehnat ta’tili tugaganligi sababli yosh bolasini paravarishlash uchun ta’tilga chiqarish haqida”gi 64-A-sonli buyruqlarini bekor qilinib qonunga muvofiqlashtirildi hamda Vobkent tumanidagi 6-son umumta’lim o‘rta maktabi psixologi I.Hasanova tuman xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i nomiga o‘z xoxishiga ko‘ra bola paravarishlash ta’tilini to‘xtatib, 0,5 ish birligida o‘z vazifasida ishga chiqishga ruxsat so‘rab ariza berganligini inobatga olib, uni o‘z ishiga chiqishiga ruxsat berish haqida tegishli buyruqni belgilangan tartibda rasmiylashtirish choralari ko‘rildi va ko‘rsatib o‘tilgan qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxsga nisbatan qonunchilikda belgilangan intizomiy jazo chorasi ko‘rildi.