SOTSIOLOGIYA VA U JAMIYAT UCHUN NEGA KERAK? Davlat siyosati, adolatli islohot va inson manfaatini ta'minlashda sotsiologik tahlilning hal qiluvchi o‘rni
Bugun Prezident SHavkat Mirziyoev raisligida 2026-yil 13-mart kuni “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish” masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ijtimoiy-sotsiologik tadqiqotlar davlat siyosati va islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berishi kerakligi alohida ta'kidlandi.
Shu munosabat bilan so‘nggi yillarda sotsiologiyaning fan sifatida qayta tiklangani, oliygohlarda sotsiologlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgani, endilikda esa bir martalik so‘rovlar emas, balki ishonchning qaerda kuchayib, qaerda susayib borayotgani, qaysi qarorlar adolatli, qaysilari aholi manfaatiga to‘la xizmat qilmayotganini doimiy ravishda monitoring qilish vazifasi qo‘yilgani — bu yo‘nalishning jamiyatimiz buguni va kelajagi uchun naqadar muhim ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Yig‘ilishda Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti va Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga hudud va tarmoqlar rahbarlari reytingi metodologiyasini ishlab chiqish, tahlillar asosida reytingni shakllantirib, muntazam Prezidentga kiritib borish topshirildi. Shuningdek, har bir topshiriqning real ijrosi bo‘yicha kundalik nazorat o‘rnatish, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlar haqida tanqidiy, ochiq va xolis axborot kiritib borish vazifasi belgilandi.
Jamiyatni anglashning eng ishonchli ilmiy vositasi
Sotsiologiya — bu faqat auditoriyada o‘qitiladigan nazariy fan emas. U jamiyatning ichki holatini, odamlarning kayfiyati, ishonchi, kutilmasi, ehtiyoji va munosabatini o‘lchaydigan ilmiy mexanizmdir. Iqtisodiyot o‘sish surъatlarini ko‘rsatadi, huquq qoidalarni belgilaydi, davlat boshqaruvi vazifalarni taqsimlaydi. Ammo bu qarorlar oddiy inson hayotiga qanday taъsir qilayotganini, aholi ularni qay darajada qabul qilayotganini, qaysi sohada ishonch kuchayib, qaerda eъtiroz to‘planib borayotganini aynan sotsiologiya ko‘rsatadi. SHu maъnoda, sotsiologiya davlat bilan jamiyat o‘rtasidagi ilmiy muloqot maydonidir.
Bugungi dunyoda jamiyat juda murakkablashdi. Urbanizatsiya tezlashmoqda, migratsiya oqimlari kuchaymoqda, raqamli axborot makoni inson fikriga bevosita taъsir qilmoqda, yoshlar qadriyatlari o‘zgarmoqda, mehnat bozori yangi kasb va ko‘nikmalarni talab qilmoqda. Bunday sharoitda davlat boshqaruvi faqat rasmiy hisobot yoki maъmuriy maъlumotlarga tayanib ish yuritsa, jamiyatning real manzarasi to‘liq ko‘rinmaydi. Sotsiologiya ana shu “ko‘rinmas jarayonlar”ni ko‘rinadigan qiladi.
Nega aynan bugun sotsiologiyaga ehtiyoj ortmoqda?
CHunki YAngi O‘zbekiston taraqqiyot modeli inson manfaatiga tayanadi. Inson manfaati esa qog‘ozda yozilgan shior bilan emas, odamlarning kundalik hayotida seziladigan natija bilan o‘lchanadi. Masalan, qaror qabul qilindi. Rasmiy hisobotda uning ijrosi bor. Ammo aholi shu qarordan manfaat ko‘rdimi? Uni tushundi, qabul qildi, adolatli deb baholadimi? YOki aksincha, undan norozilik, tushunmovchilik yoki ishonchsizlik kelib chiqdimi? Bu savollarga faqat sistemali sotsiologik tadqiqot javob beradi. SHuning uchun ham Prezident tomonidan bir martalik so‘rovlardan voz kechib, doimiy monitoring va tahlilga o‘tish zarurati taъkidlandi.
Bu erda eng muhim jihat shundaki, zamonaviy davlat endi faqat qaror chiqaradigan institut emas, balki jamiyatni tinglaydigan, o‘rganadigan va o‘zini shu asosda tuzatib boradigan tizimga aylanmoqda. Sotsiologiya esa ana shu yangilanishning ilmiy asosidir.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi nima deydi?
Dunyo amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, kuchli davlatlar jamoatchilik fikri va ijtimoiy jarayonlarni muntazam o‘rganmasdan turib barqaror taraqqiyotga erisha olmaydi.
AQSHda Pew Research Center o‘z faoliyatini jamoatchilik kayfiyati, munosabatlari va global tendentsiyalar haqida faktlarga asoslangan axborot tayyorlashga qaratilgan tahlil markazi sifatida belgilaydi. U erda jamoatchilik fikri so‘rovlari, demografik tahlillar va turli sohalar bo‘yicha data-driven tadqiqotlar davlat, OAV va jamoatchilik uchun muhim manba hisoblanadi.
Germaniyada GESIS — Leibniz Institute for the Social Sciences ijtimoiy fanlar uchun yirik ilmiy infratuzilma sifatida ishlaydi. U empirik tadqiqotdan tortib metodologiya, maъlumot yig‘ish va tahlilgacha bo‘lgan butun jarayonni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu shuni anglatadiki, rivojlangan jamiyatlarda sotsiologiya alohida kafedra ishi emas, balki davlat, universitet va tahlil infratuzilmasini bog‘lovchi tizimdir.
YAponiyada esa davlat idoralari va Kabinet ofisi turli sohalar bo‘yicha jamoatchilik fikri so‘rovlarini muntazam eъlon qilib boradi. Bu qaror qabul qilishda aholi munosabati va ijtimoiy qabul darajasiga jiddiy eъtibor qaratilishini ko‘rsatadi.
SHu bois, sotsiologiya har qanday rivojlangan jamiyat uchun kamida uch vazifani bajaradi: real holatni ko‘rsatadi, qarorlar samarasini baholaydi va kelajakdagi xavf hamda imkoniyatlarni oldindan sezishga yordam beradi.
O‘zbekistonda sotsiologiyaning institutsional tiklanishi
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ham sotsiologiya fanining rivojlanishiga bosqichma-bosqich eъtibor qaratib kelindi. Oliy taъlim klassifikatorida “Sotsiologiya” bakalavriat taъlim yo‘nalishi sifatida 5210100, “Sotsiologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha)” esa magistratura mutaxassisligi sifatida 5A210101 kodi bilan belgilangan. Bu soha davlat taъlim tizimida rasman shakllangan va institutsional negizga ega ekanini ko‘rsatadi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Sotsiologiya kafedrasi maъlumotlariga ko‘ra, bu erda 1200 dan ortiq bakalavr va 100 dan ortiq magistr tayyorlangan, ko‘plab ilmiy darajali mutaxassislar etishib chiqqan. Boshqa hududlar ayniqsa, Buxoro davlat universitetida ham bugungi kunda sotsiologiya taъlim yo‘naligshining bakalavriyat bosqichida jamiyat uchun kadrlar tayyorlanmoqda. Ayni vaqtda respublikaning barcha hududlarida sotsiologiyaning taъlim shifrlari doirasida ilmiy izlanishlar, tadqiqot ishlarini amalga oshirgan, oshirayotgan tadqiqotchi olimlar mavjud. Birgina Buxoro viloyatida 2 nafar fan doktori va 4 nafar sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari mavju. Demak, bumamlakatimzda sotsiologiya maktabi shakllanganini ko‘rsatadi.
Ayniqsa, 2019 yil 22 fevralda qabul qilingan PF-5667-son Farmon soha rivojida muhim burilish bo‘ldi. Mazkur hujjatda sotsiologik tadqiqotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, “Ijtimoiy fikr” markazi so‘rovlari natijalarini davlat boshqaruvida muntazam muhokama qilish va ularni ommaviy axborot vositalari hamda veb-resurslar orqali yoritib borish vazifalari belgilandi. Bu sotsiologiyani faqat akademik muhitda emas, davlat boshqaruvi va jamoatchilik muhokamasi bilan bog‘lashga qaratilgan muhim qadam edi.
So‘nggi 8 yilda sotsiologiya rivoji
2017 yildan keyin O‘zbekistonda islohotlar ko‘lami keskin kengaydi. Davlat xizmatlari, aholi murojaatlari bilan ishlash, mahalla institutini kuchaytirish, yoshlar siyosati, xotin-qizlar masalalari, ijtimoiy himoya, taъlim va sog‘liqni saqlash sohalarida yangi yondashuvlar joriy etildi. Bunday keng qamrovli yangilanishlar esa tabiiy ravishda jamiyat fikrini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojni oshirdi.
2026 yil 16 fevralda qabul qilingan PF-22-son Farmon — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi hujjat ham ijtimoiy tahlil ahamiyatini yanada kuchaytirdi. Prezident saytida keltirilishicha, davlat dasturi doirasida 337 ta banddan iborat amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Bunday keng ko‘lamli dasturlarning haqiqiy natijasini baholashda sotsiologik monitoring hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Demak, sotsiologiyaga ehtiyoj sunъiy emas. U islohotlar mantig‘idan kelib chiqqan obъektiv ehtiyojdir.
Sotsiologiya nega barqaror jamiyat qurish uchun zarur?
Barqaror jamiyat deganda faqat tinchlik yoki tartib emas, balki adolat, ishonch, fuqarolik ishtirokining o‘sishi, teng imkoniyatlar, ijtimoiy muammolarning o‘z vaqtida aniqlanishi va echim topishi tushuniladi. Buning uchun esa jamiyatdagi real holatni muntazam bilib turish kerak.
Sotsiologiya shunday imkoniyat beradi: jamiyat kayfiyatini o‘rganadi; aholining talab va ehtiyojlarini aniqlaydi; davlat qarorlarining ijtimoiy taъsirini baholaydi; ishonch darajasini o‘lchaydi; norozilik sabablarini erta aniqlaydi; siyosat va islohotlarning aniq manzilga etib borishini ko‘rsatadi.
SHu maъnoda, sotsiologiya barqaror taraqqiyotning “inson o‘lchovi”dir. Savol: bakalavriat, magistratura va ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish nega shart?
Bugun faqat sotsiologiya taъlim yo‘nalishi mavjud ekani bilan cheklanib qolish mumkin emas. Eng asosiy vazifa — uning sifatini yangi bosqichga olib chiqish.
Bakalavriat bosqichida talabalarga nazariya bilan birga amaliy tadqiqot ko‘nikmalari ham chuqur o‘rgatilishi kerak: reprezentativ tanlanma tuzish, so‘rovnoma ishlab chiqish, intervьyu o‘tkazish, fokus-gruppa tashkil qilish, statistik tahlil, raqamli maъlumotlar bilan ishlash, natijalarni davlat organlari va jamoatchilik uchun tushunarli tilda taqdim etish.
Magistratura bosqichida sohaviy ixtisoslashuv kuchaytirilishi lozim. Masalan, taъlim so‘tsiologiyasi, huquq so‘tsiologiyasi, siyosiy sotsiologiya, yoshlar so‘tsiologiyasi, mehnat va migratsiya so‘tsiologiyasi, raqamli jamiyat so‘tsiologiyasi kabi yo‘nalishlar chuqurlashtirilsa, davlat va jamiyat ehtiyojiga mos mutaxassislar etishib chiqadi.
Ilmiy tadqiqotlar bosqichida esa mustaqil milliy sotsiologiya maktablarini rivojlantirish juda muhim. CHunki o‘z jamiyatimizning o‘ziga xos xususiyatlarini, mahalla tizimini, oila munosabatlarini, hududiy farqlarni, qadriyatlar evolyutsiyasini eng yaxshi o‘z olimlarimiz o‘rganadi. Bu milliy ilmiy mustaqillik va intellektual xavfsizlik masalasidir.
Sotsiolog kadrlar qaerda kerak bo‘ladi?
Bugun sotsiolog faqat universitetda dars beradigan mutaxassis emas. U quyidagi sohalar uchun ham juda zarur: davlat boshqaruvi; vazirlik va idoralar; hokimliklar; aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi; tadqiqot va tahlil markazlari; taъlim muassasalari; ommaviy axborot vositalari; nodavlat tashkilotlar; ijtimoiy loyihalar; xususiy sektor va marketing tahlili. Bu esa sotsiologiyaning mehnat bozori nuqtai nazaridan ham katta istiqbolga ega ekanini anglatadi.
Bugungi topshiriqlar — yangi boshqaruv madaniyati belgisi. Prezidentning bugungi yig‘ilishdagi topshiriqlari amalda yangi boshqaruv madaniyatini anglatadi. Endi rahbarning faoliyati faqat qog‘ozdagi ijro yoki raqamli hisobot bilan emas, balki jamoatchilik munosabati, aholi ishonchi, qarorlarning ijtimoiy qabul qilinishi va real natija bilan ham baholanadi. Bu esa masъuliyatni kuchaytiradi, hisobdorlikni oshiradi va davlat boshqaruvini insonga yaqinlashtiradi.
Bu — sotsiologiyani kabinetdagi tor akademik mashg‘ulotdan chiqarib, davlat rivojining amaliy quroliga aylantirish demakdir.
Xulosa qilib aytganda, sotsiologiya bugungi kunda jamiyat uchun qo‘shimcha emas, zarur fanga aylandi. U davlatga odamlarning real kayfiyatini anglatadi. U jamoatchilik fikri orqali islohotlarga to‘g‘ri yo‘nalish beradi. U adolatni faqat huquqiy mezon bilan emas, inson tajribasi bilan ham baholaydi. U ishonchni o‘lchaydi, norozilik sabablarini ochadi, qarorlarning samarasini tekshiradi va kelajakdagi ijtimoiy jarayonlarni oldindan ko‘rishga yordam beradi.
SHu maъnoda, sotsiologiyani kuchaytirish — faqat taъlim siyosati yoki ilmiy sohaning emas, balki davlat boshqaruvi, islohotlar samaradorligi, jamiyat barqarorligi va inson manfaatini taъminlashning strategik shartidir.
Sotsiologiya sohasini yanada kuchaytirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda tizimli ishlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq: Birinchi, mamlakat miqyosida doimiy ijtimoiy-sotsiologik monitoring tizimini yaratish zarur. Bu tizim ishonch, qoniqish, murojaatlar samaradorligi, xizmat sifati, adolat hissi kabi indikatorlarni muntazam o‘lchab borishi kerak. Ikkinchi, har bir yirik davlat dasturi va normativ-huquqiy hujjat loyihasi uchun ijtimoiy taъsir tahlilini majburiy amaliyotga aylantirish lozim. Uchinchi, bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarini uzviy bog‘langan yagona kasbiy-ilmiy traektoriya sifatida rivojlantirish zarur. To‘rtinchi, universitetlarda zamonaviy sotsiologik laboratoriyalar, maъlumotlar tahlili markazlari va sohaviy tadqiqot guruhlarini tashkil etish maqsadga muvofiq. Beshinchi, vazirlik, idora va hokimliklar tizimida professional sotsiolog-analitik lavozimlarini joriy qilish kerak. Oltinchi, milliy sotsiologik maъlumotlar bazasini shakllantirib, tadqiqot natijalarini ochiq, shaffof va qiyosiy tahlilga qulay tizimga olib chiqish zarur. Ettinchi, jamoatchilikda sotsiologik madaniyatni kuchaytirish, so‘rov va tadqiqotlarni fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirok etish shakli sifatida tushuntirish muhim.
Buxoro davlat universiteti dotsenti, sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori. Respublika Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi