Dasturlashni qaysi tildan boshlash kerak?
Dasturchilar orasida qaysi dasturlash tilini birinchi o'rganish kerakligi haqida ko'p munozaralar bor. Bir tilidan ikkinchisiga sakramaslik uchun, dasturchilik faoliyatida qanday vazifalarni yechish istagi borligini aniqlab olish lozim.
Tavsiya etilgan tillar orasida Ruby on Rails, Java, PHP, Python, JavaScript kabilar bor. Ba'zilar C ++ yoki GO bilan boshlashni maslahat berishadi. Men birinchi til sifatida - Python tilini tavsiya qilaman, lekin universitetimizda hali hamon C++ tilini o'rganishga majbur qilishadi.
Pythonni tushunishni boshlash uchun - ingliz tilini bilish kifoya. Python tili ko'plab Amerika kollejlarida birinchi dasturlash tili sifatida o'qitiladi.
Amerika Qo'shma Shtatlaridagi 39 ta yetakchi IT fakultetlari o'rtasida o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra, Python, Javani ortda qoldirib, yangi dasturchilar e'tiborini jalb qiladigan - birinchi, umumiy maqsadli dasturlash tiliga aylandi. Sonlar bilan aytganda, 39 ta fakultetlardan 27 tasida dasturchilik kasbini o'rganishning dastlabki bosqichlarida, Python tilini - birinchi til sifatida o'rgatishadi.
Buning sabablarini ko'rib chiqamiz
Oson o'rnatilishi
Pythonda ishlashni boshlash qanchalik osonligini tushunish uchun, uni o'rganishni hoziroq boshlashga harakat qilamiz.
Agar siz Mac yoki Linuxda ishlayotgan bo'lsangiz terminalni oching, Windowsda bo'lsangiz esa PowerShell. Bundan keyin, matnli buyruqlarni kiritish uchun bo'sh oynani ko'rasiz. Bu oynaga "python" so'zini kiriting va Enter tugmasini bosing. Bosganingizdan keyin, quyidagi oynani ko'rasiz:
Agar bu oyna ochilmasa va "Python" ichki dastur emasligi yoki shunga o'xshash yozuv ko'rinsa, Pythonni o'rnatishingiz kerak bo'ladi.
Qanday bo'lmasin, Pythonni ishga tushirish uchun bitta so'z kifoya. Bundan soddaroq ish yo'q.
Python sintaksisi oddiy ingliz tilidan iborat
Python juda sodda, shuning uchun biz birinchi dasturimizni hoziroq yarata olamiz.
Agar Python allaqachon ishlayotgan bo'lsa, Mac-dagi CTRL-Z tugmachasini bosing yoki kompyuterda joriy seansni tugatish uchun "quit ()" yozing.
Eng oddiy dasturdan boshlaylik: qora ekranda "Hello World!" so'zlarini chiqaramiz. Keyin esa, Java va C tillarida yozilgan shunga o'xshash dasturlarni taqqoslaymiz, ular bir nechta satrli kodlardan iboratligini ko'rasiz. Pythonda esa murakkab sintaksis va yashirin o'zgaruvchilar yo'q.
Pythonni o'rganish juda oson
Pythonda sarlavhalar va ortiqcha kodlar yo'q, siz oddiy inglizcha jumlalar va so'zlarning tarjimasini bilib, dasturlashdagi ba'zi murakkab tushunchalarni o'rganishingiz mumkin. Hozir biz eng oddiy dasturni tuzdik. Ammo ushbu maqolani o'qib chiqib, Pythonda ozmuncha tushuncha paydo bo'lgandan so'ng, siz bu dasturni maqsadini ayta olasiz.
Men dasturni kodini yozish uchun Atom muharriridan foydalanaman.
Albatta, dastur bugungi kunda Pythonni o'rganish uchun qancha talaba va o'qituvchilar kelganligini hisoblab chiqadi va oddiy bo'linish operatsiyasini bajaradi. Siz ham ilg'adizmi?
Mana shu va boshqa sabablari uchun ham men shu tilni afzal bilaman. Ko'plab Amerika universitetlari aynan shu sabablarga ko'ra Pythonni tanlaydilar.