June 18, 2025

Lanatlangan kulba

4-qism: La’natni kim uyg‘otdi?

Qora odamning qo‘li Naksu tomon yuragi yo‘nalishida kelayotgan edi.

Bu oddiy zarba emasdi. Bu la’natning o‘zi edi.

Naksu chaqqonlik bilan bir qadam orqaga tislandi va o‘zining barcha kuchlarini to‘pladi. Ammo qora odam unga yana bir bor yaqinlashdi. Bu narsa juda tez edi.

Nabi qattiq baqirib yubordi.

— Naksu!

Ammo Naksu orqaga qadam tashlash o‘rniga oldinga o‘tdi.

— Men qochmayman.

U qo‘lini ko‘tardi va butun zalni muz bilan qoplashga harakat qildi. Ammo hech narsa sodir bo‘lmadi.

Nega?

Uning kuchi bu joyda ishlamasdi.

Ruby bu holni ko‘rib, qilichini tortib oldi va qora odam tomon yugurdi.

— Ket undan!

Qora odam og‘zini bir oz ochdi. Bu shunchaki og‘iz emas edi. U ichida faqat zulmat bor edi.

Uning tovushsiz qichqirig‘i butun xonani qamrab oldi.

Va to‘satdan Ruby havoga ko‘tarilib ketdi.

Nabi ko‘zlarini katta ochib, uni ushlashga harakat qildi, lekin Ruby ko‘rinmas kuch tomonidan devorga qattiq urildi va qichqirib yubordi.

Bang!

Ruby og‘riqdan baqirdi.

Naksu g‘azablanib, yana o‘z kuchini ishlatishga harakat qildi. Ammo bu joy uni rad etayotgan edi.

Qora odam oldinga bir qadam tashladi.

— Sen o‘z joyingga qaytding, — pichirladi u.

Naksu hech narsani tushunmadi.

— Nima?

— Bu joy senga tegishli. Sen la’natning o‘zisan.

Naksu muzlab qoldi.

Bu gap yolg‘on bo‘lishi kerak edi.

Ammo yuragi ich-ichidan nimanidir eslayotganday edi.

U allaqachon bu joyga kelganmi?