May 14, 2025

House of Cards🎪

Muallif: Calia Velmora
Kanal: Alores mufficc

...

Uyg‘onish va bo‘shliq...
Go‘yo o‘tgan barchasi mavhumlikdek, miyamning qaysidir bo‘lagiga o‘yilgan. Bu aslida qandaydir sirlilikka boy dunyo... Bu sharda nimalar bor yoki yo‘qligini, qanday xodisalar bo‘lishi ipidan ignasigacha o‘rganib chiqilmagan. Qisqa qilib aytganda biz sirlarga boy dunyoda yashaymiz!

Ho‘sh sizlarga aytsam, ismim Calia, yoshim 18 da. Seul tibbiyot universiteti 1-kurs talabasiman. Men bu yerda oilamdan uzoqda, yolg‘izlikda yashayman. Odatda musiqalar bilan yolg‘iz yurishni yoqtiraman. Ha yana men hayolotida birnimalar to‘qishni yaxshi ko‘ruvchilardanman. Balki ahmoqlikdir, lekin qachondir shu hayolotimga tushib qolishimga ishonib yashayman... Men hech qachon o‘z his tuyg‘ularimni boshqara olmayman.

Hozir ham mayin yomg‘ir ostida, quloqchin taqqancha, universitetdan qaytyapman. Musiqada va yomg‘irdan zavqlangancha ketar ekanman, etiborimni yo‘l chetidagi o‘rindiq ustida turgan kartalar to‘plami tortdi. Men qiziquvchanlik qilib kartani qo‘limga oldim. Menga qiziqarli tuyilgani shundaki, yomg‘ir tufayli o‘rindiq ho‘l, lekin karta quruq. Kartani joyiga qaytarmadim, uni kissamga solib, kvartiram tomon yo‘l oldim.

Kvartiramga yetib kelishim bilan, egnimdagi ho‘l kiyimimni almashtirdim. So‘ngra qiziquvchanligim tutib, kartani ochib ko‘rishga qaror qildim.
Tezlik bilan kartani ochdimda, o‘zim xohlagancha terib chiqdim. Karta terayotganimda, orasidagi bir karta qo‘limdan sirg‘alib tushdi. Qolgan kartalarni stol ustiga qo‘yib, sirg‘alib tushgan kartani olish uchun egildim. Qo‘lim kartaga biroz yetmayapti... Yetkazish uchun yanada egildim. Barmog‘imni uchi arang yetyapti...

Kartaga barmog‘im tegishi bilan, quloqlarim chiyillay boshladi. Birdaniga karta o‘zidan qora bo‘shliq taratyotgandek bo‘ldi. Borgan sari bo‘shliq kattalashib, meni o‘z domiga torta boshladi. Ko‘z oldimni qandaydir parda to‘sgandek, hammayoq qorong‘u bo‘lib ketdi.
Quloqlarim ostida juda qattiq chiyillash paydo bo‘lgandan so‘ng, xuddi tanam bilan yerga qattiq urilgandek bo‘ldim.
Ko‘zlarimni ochib, asta atrofga qaradim. Umuman menga notanish bo‘lgan joy...

Devorlari kartalardagi turli belgilar bilan bezatilgan ulkan zal. Unchalik yorug‘ ham, qorong‘u ham emas. Hech qanday oyna yo‘q, oldinda esa faqatgina bitta eshik bor xolos. Eshik ham ko‘rinishidan kartani eslatib yuboradi.

Men asta o‘rnimdan qo‘zg‘alib turdim. Shu payt quloqlarim ostida bir ovoz jarangladi.

—Kartalar uyiga hush kelibsan, Calia!

Atrofga alangladim, lekin ovoz egasini topa olmadim.

—Kimsan? Ismimni qayerdan bilasan? - dovdiragancha, ovozim qaltirab so‘radim.

—Men shu uy egasi, hamda o‘yin boshqaruvchiman, - egasi nomalum bo‘lgan ovoz yana eshitildi. Bu ovoz erkak kishiniki edi. Yaxshilab tinglasa ovoz orqali odamni o‘ziga bittada rom eta oladigan darajada mayin va sokin ovoz...

—Bu tush, yoki qandaydir ahmoqlik, shundaymi?

—Yo‘q Calia, bu hech qanday tush emas. Bu haqiqat va hayolot o‘rtasida tortilgan chiziq! - yana o‘sha mayin ovoz butun zalni qoplab oldi.

—Sen bu o‘yinga tushding. Endi esa qaytish yo‘q. Yoki g‘olib bo‘lish, yoki shu chiziqda abadiy qolish bor!

—Demak men majburman?!

—Ha, sen majbursan. Chunki o‘z xohishing bilan ushbu o‘yinga kirib qolding! Endi esa davom et.

—O‘yin shartlari?

—Hozirda shunchaki oldingda turgan yagona eshikdan ichkariga kir. Qolganini esa o‘yin davomida tushunib olasan!

Men biroz ikkilandim. Bu hayolot yoki tush bo‘lishi kerak... Mening qaysidir ahmoqona hayolotlarimdan biri menimcha. Biroz tursam o‘tib ketadi.

—Hoy, qani tezroq bo‘l. Vaqt cheklangan. Ha aytgancha, so‘nggi bosqichga o‘tsang sen kimnidir hayotini qutqarib qolishing mumkin!

—Nima bo‘lsa bo‘lar, agar tush bo‘lsa qaysidir qismda uyg‘onib ketaman.

Men oldinga, eshik tomon yurdim. Eshikning yoniga kelganimda, uning yuqorisidagi yozuvga ko‘zim tushdi.
1-xona: "G‘ishtin qirolicha"
Yaxshilab etibor bersam, bu g‘isht kartasi.
Men eshikni turtib, ichkariga kirdim.

Ichkariga kirishim bilan, xonada turli ko‘zgular paydo bo‘ldi. Bu xuddi istirohat bog‘idagi ko‘zgular labirintiga o‘xshardi.
Men oldinga qadam tashladim, lekin oynaga peshonam bilan urilganimdan keyin to‘xtab qoldim. Shu onda qulog‘im ostida g‘alati kulgu yangradi. Bu kulgu huddi zaldagi boshlovchining ovozidek edi.

Oyna ortidan to‘g‘riga qaradim va o‘zimning akslarimni ko‘rdim. Ular akslardan farqli o‘laroq, men bilan bir xil emas edi. Yuz tuzilishimiz o‘xshash, lekin harakatlarimiz turlicha...

—Bu qanday ahmoqlik?! - ahmoqdek akslarimga qarab qichqirdim.

—Hech qanday ahmoqlik emas, bu sening yashiringan hislatlaring, - oynaning ort tomonida bir yigit paydo bo‘ldi.

Bo‘yi unchalik baland bo‘lmagan, sochlari mallarang. Yuzida esa noaniq jilmayish bor.
Bu o‘sha, o‘yin boshqaruvchi yigit! Chunki ovozlari bir xil edi!

—Tushunmadim?! Kimsiz? E mayli, bu ahamiyatsiz. Bu o‘yinda nima qilishim kerak o‘zi? - men oynani urib ko‘rgancha gapirarkanman, u mendan ko‘zini uzmasdi. Aksincha, o‘sha o‘sha g‘alati jilmaygancha, ustimdan kulgandek qarab turardi.

—Bu yerdan o‘z ichindagi, yovuzliklaringdan qochasan. Yaʼni aslingni topasan, - u shunday degancha g‘oyib bo‘ldi.

—Nima? Aniq gapirsanchi... Hoy qayerdasan? Ahmoooooq!

Men ko‘zgular orasidan qadam tashlay boshladim. Harakatlarim noaniq edi.

Birdaniga yo‘limdagi ko‘zgudan, mening aksim chiqib keldi. Uning ko‘rinishidan xuddi nimadandir qattiq asabiylashgandek ko‘rinardi.
Nima qilishni bilmadim, lekin aqlim hozir unga etibor bermay yugurishimni buyiryapti.
Men uni chetlab o‘tmoqchi bo‘lib, oldinga yugurdin. Tezlik bilan yugurarkanman, mening aksim meni ko‘ylagim ortidan qattiq ushlab, torta boshladi.

—Qo‘yib yuboor! - men qichqirib undan qutulmoqchi bo‘ldim, lekin imkonsizdek edi. U tobora meni ko‘zgu ichiga torta boshladi. Jon xolatda tipirchilarkanman, ko‘zimga unchalik uzoq bo‘lmagan masofadan bir eshik ko‘rindi.

—Pitirchilama, - qarshimdagi ko‘zgudan boyagi yigit paydo bo‘ldi.
—Bu sening qaysidir shaxsiyating. Ko‘ryapsanmi, sen kimdirdan jaxling chiqqanda shunday inson bo‘lasan. Yaxshilab o‘yla va jaxling chiqqanda asling qanday yo‘l tutishi kerak bo‘lgan yo‘lni tut, - u yana yo‘q bo‘lib qoldi.

—Demak, men jaxlim chiqsa qanday yo‘l tutaman? Men odatda alamimdan chiqish uchun, nimadir sindiraman.... - o‘ylarkanman, borgan sari aksim meni torta borardi. Bu yigit nimaga ishora qildi.

Shu payt xayolimga sindirish keldi. Balki shu yo‘ldir...
Men jon xolatda, bor kuchim bilan oynaga musht tushirdim. Oyna parchalanib ketdi, oyna sinig‘i esa qo‘limni biroz tilib yubordi.
Shu paytda chiyillash bilan, aksim yo‘q bo‘ldi. Men esa hech qayerga qarab o‘tirmay, oldinga yugurdim.
Yugurib borar ekanman, oynada yig‘lagan, qichqirgan, qo‘rqqan akslarim menga teginmoqchi bo‘ldi. Lekin men iloji boricha hissiyotsiz bo‘lishga urinib oldinga yurdim. Menincha birinchi asabiylashgan aksim chiqqani sababi, anovi yigitni ko‘rib asabiylashganim uchundir.
Qo‘lim achishyapti, lekin bunga hech qanday reaksiya bildirmay okdinga yugurdim. Nixoyat oynadan chiqib ketdim va keyingi eshik oldiga yetib keldim.

—Sen birinchi o‘yinda g‘olibsan, faqat to‘laqonli emas. O‘zingga zarar bermasliging kerak edi, - yana o‘sha ovoz.

—Nima qilishim kerak edi, ahmoq! - qonayotgan qo‘limni ko‘ylagim etagiga bosdim. Javob kelishini kutdim, lekin jimjitlik...

Yana nigohimni eshikka ko‘chirdim. Bu eshik ustida ham yozuv bor edi.

2-xona: Jack of Diamonds. Vaqtga qarshi yurish.

Bu yana qanaqa ahmoqona nom?
O‘z o‘zim bilan gaplashib, eshikni yana turtib ochib ichkariga kirdim.

Ichkariga kirishim bilan, butun xona qorong‘ulashdi. Shundan keyin birdaniga kuchsizroq yorug‘lik atrofni qamrab oldi. Ko‘zim esa o‘rtada muallaq turgan qumsoatga tushdi.

—Demak ikkinchi xona, - yana o‘sha ovoz va o‘sha yigit.

—Shoshil, vaqting kam. Agar vaqt tugaguncha kerakli eshikdan kirmasang yoki xato eshikdan kirsang, shu yerda abadiy qolishga makbursan, - u shaytoncha jilmaygancha, qumsoat oldiga borib, shartta aylantirib yubordi.

Qumsoatdagi qum shiddat bilan pastga tusha boshladi. Shoshib qoldim, atrofga alangladim. Bu xonada yettita eshik bor. Agar birini xato tanlasam tamom!

—Ishonchim komilki, sen xato eshik tanlaysan, - u qumsoatga suyangancha kuldi.

—Menga yordam ber...

—Aslo yo‘q... Nega endi o‘zimga sherik topiladigan paytda, uni o‘zim qo‘yib yuboraman? - u birinchi xonadagiga nisbatam umuman boshqacha edi. Shafqatsizroq....

Men tezlik bilan hamma eshikka nazar tashladim. Hammasi turlicha kartalarni eslatuvchi eshiklar. Fikrimni jamlashga xarakat qilarkanman, qarshimdagi yigit allaqanday musiqalar kuylab, fikrimni ag‘darib tashlardi.

Vaqt kamayib borarkan, polda yoriqlar paydo bo‘la boshladi. Yoriqlar asta sekin kattayar, tomdan esa qum oqimi tushardi. Tezroq tanlamasam rosdan ham bu yerda qolib ketaman.

Men oldinga yurib, qarg‘a ramzli eshikni ochmoqchi bo‘ldim.

—Axaxa xatolikka yo‘l qo‘yyapsan qizaloqcha. Agar xato qilsang umrbod shu yerdasan, men bilan. Seni esa hech kim izlamaydi...!

—Jim bo‘l! - uni asabga teguvchi ovozini o‘chirmoqchi bo‘ldim.

Shu payt oyog‘im ostidagi pol g‘ichirlab yo‘qoldi. Oyog‘im toyib, yoriqqa tushib ketishimga oz qoldi. Arang buzilmagan pol chetidan ushlab qoldim. Yuraklarim shuvillab ketdi. Agar hozir tushib ketsam...
Shu payt yigit tezda yonimga kelib, qo‘limdan tortdi. Men unga nafrat ko‘zlari bilan qarab, tezda ko‘zimni yumgancha o‘zim xoxlagan eshigimni turtib ochdim.

Shu payt qulog‘imga uning mayin ovozi eshitildi:
"Men seni qulatishga emas, sinashga majbur edim"
Ko‘zimni ochib atrofga qaradim, u yo‘q...

Men esa umuman boshqa xonadaman. Demak men adashmadim! To‘g‘ri yo‘lni topdim!

3-xona: "Xotiralar labirinti"

Xonaga kirib atrofga qaradim. Bu xona juda ham sokin edi. Devorlarda esa turli ramkalar joylashgan bo‘lib, ular ichida har xil voqeliklar aks etgandi.

Men hech nimaga tushunmay qarab turar ekanman, birdan devorda katta katta yozuvlar paydo bo‘ldi.

"Xotiralar labirinti. Sen bir xotirani tanla. Agar noto‘g‘ri tanlasang butun xotirangdan ayrilasan. To‘g‘ri tanlasang keyingi bosqichga o‘tasan. Yaxshilab o‘yla va eng keraklisini tanla..."

Bu safar uning ovozi ham, o‘zi ham yo‘q. Faqatgina yozuvlar bor edi.
—Unga nima qildi?

Uning so‘nggi so‘zlari boshqacha edi.

"Men seni qulatishga emas, sinashga majbur edim"

Bu nimani anglatadi? U nimaga majbur edi? Hech nimaga tushunmayapman... U kim o‘zi...?
Vaqt kam bo‘lishi mumkin, buni keyin o‘ylayman. Demak xotirakardan birini tanlash kerak.

Men ramkalarga qaradim, barchasi o‘zimga tegishli xotiralar. Demak ulardan eng qadrlisini va eng to‘g‘risini tanlashim kerak.

1-ramkaga qaradim. Bunda birinchi bo‘lib maktabdan oyim uchun yasab kelgan sovg‘am bor edi.
Bu qanchalik qadrli xotira?

2-ramkaga qaradim, 3-4-5-ramka. Barchasida eng yoqimli xotiralarim bor! Lekin faqat bitta to‘g‘risini tanlashim kerak.
Har bir ramkada alohida kimdir bilan bo‘lgan voqelik bor. Lekin yaxshilab etibor bersam bitta ramkada oilam, do‘stlarim bilan bog‘liq xotira...
Balki shudir eng to‘g‘ri tanlov. Hozir birini tanlasam, qolganlarni unutishim mumkindir?

Men aniq bilaman, shu ramka bo‘lishi kerak.
Men borib o‘sha ramkani turtdim.
Birdaniga barcha ramkalar polga shovqin bilan tusha boshladi. Yo‘q, men xato qilgan bo‘lishim mumkinmas!
Ramkalar ichidagi tasvirlar butun xonada shivqin solib aylana boshladi. Yuragim o‘z o‘rnidan chiqqudek uryapti... Naxotki hotiramdan ayrilib, shu yerda qolib ketsam... Yo‘q yo‘q!

Birdan barcha tasvirlar birlashib, men tanlagan ramka ichida bitya tasvir hosil qildi.
Tushundim, demak hammasi bir biriga bog‘liq xotiralar! Men to‘g‘ri tanlov qildim!

Katta ramka biroz qimirlab, yonga surildi. Uni ortida esa eshik paydo bo‘ldi.

4-xona: "King of Hearts"

Bu eshik yurak va qirol tasvirlangan kartadani ifodalardi.

Men yana eshikni turtib, ichkariga kirdim. Qop qorong‘u xona...
Xonaning to‘g‘risida esa qandaydir ulkan, shaffof shar. Ichida esa..... U bor edi. O‘sha yigit sharchaning ichida edi!

Men yugurib sharchaga yaqinlashdim, u esa shar ichida xushsiz edi.

Sharchaning tepa qismiga yozuv bitilgandi:

"Park Jimin. Kartalar uyi quruvchisining merosxo‘ri va ushbu uy mahbusi"

—Hoy, Jimin... Uyg‘on, - men sharni taqillatib, uni uyg‘otishga xarakat qildim.

—U uyg‘onmaydi, - ortimdan xuddi shu odamga tegishli ovoz keldi. Tezda ortimga o‘girildim. Bu o‘sha yigit... Lekin, shar ichida ham u...

—S-sen kimsan-n? - men duduqlangancha savol berdim. U esa ohista qadam bilan menga yaqinlashdi.

—Men uman, - shar ichiga qaradi.

—T-tushunmadim? - duduqlangancha, bir unga va bir shar ichida xushsiz yigitga qaradim.

—Biz birmiz. Faqatgina men o‘yin ichidagi illuziyaman xolos. Bu o‘yinga mening otam asos solgan. U o‘zi bilmagan xolatda bu o‘yinni ishlab chiqqan va adashib meni bu o‘yinga yo‘naltirgan. Natijada men bu yerda abadiy qolib ketdim. Ko‘pchilikni o‘yinga jalb qilganman... Ular bu bosqichgacha kelolmagan. Bu yakuniy xayot mamot bosqichi.

—Demak, hozir qandaydir tanlov qilishim kerak?

—Eshit Calia, sen hozir ikki yo‘l orasida tanlov qilishing kerak... Yoki shu yerda illuziyalarga ishonib qolishing, yoki barchasini qulatib, haqiqiy hayotga qaytishing. Agarda haqiqiy hayotga qaytadigan bo‘lsang, bu o‘yin butunlay qulab tushadi va men yo‘q bo‘lib ketaman. Agarda shu yerda qoladigan bo‘lsang, sen ham ikkinchi boshqaruvchi bo‘lasan. Yaʼni mening juftim... - u jim bo‘ldida, sharga qo‘lini qo‘yib o‘ziga termuldi.

—Agar menga juft bo‘lishni tanlasang, men ortiq illuziya emas, haqiqiy tanamga ega bo‘laman. Yaʼni qayta uyg‘onaman....

Mening aqlim butunlay shoshib qoldi. Hozir oldimda ikkita tanlov bor. Yo haqiqat yoki yolg‘on ichidagi haqiqat....
Men Jiminga qaradim, u butunlay sukutda qolgandi.

—Mening vazifam odamlarni chalg‘itish. Seni ham chalg‘itdim, lekin negadir ich ichimdan seni shu yergacha yetib kelishingga ishondim. Men o‘yinda xatolikka yo‘l qo‘ydim, yaʼni senga yordam berdim. Asli bu taqiqlangan...

—Buning zarari bormi? - men ikkilangancha unga qaradim.

—Aniq zararini bilmayman. U yo senga, yoki menga tasir qilishi mumkin. Yo sen qaytib ayrim xotiralaringni eslolmaysan, yoki mening qayta tirilishimda qandaydir muammo bo‘ladi. Bunisi menga ham mavhum... - u chuqur uh tortdi.

—Agar men real hayotga qaytmoqchi bo‘lsam, nima qilishim kerak? - u menga chuqur termukib qoldi. Ko‘zlari najot izlayotgandek...

—Shunchaki stol ustidagi kartali uyni buzasan va hammasi qulaydi. Sen esa real hayotga qaytasan... - u boshini pastga qilgancha sukut saqladi.

Uning xolatini ko‘rib, ich ichimdan achindim. Unga rahmim kelyapti. Naxot bir o‘zi shuncha payt o‘yin ichida yashasa? Bu haqiqiy azobning o‘ziku! Yo‘q boshqa yo‘l bo‘lishi kerak. Men bu yerda qola olmayman, lekin uni tashlab ham ketolmayman!

—Jimin, boshqa yo‘l ham bordir?

U boshini ko‘tarib, menga hayron tikildi.

—Yaʼni, seni ham real hayotga olib ketish yo‘li bo‘lishi kerak! - men uyoqdan bu yoqqa yurdim.

—Buni iloji yo‘q...

—Hammasini iloji bor! Kel harakat qilib ko‘ramiz. Men seni tashlab ketolmayman, lekin bu yerda qola olmayman ham!

—Qanday qilmoqchisan?

Men o‘ylanib qoldim. Rosdan ham qanday qilmoqchiman?
Men bir karta uy bor stolga va bir shisha sharga qaradim.

—Shar ochiladimi? - nen sharni uyoq buyog‘iga o‘tib ko‘rdim.

—Menimcha ha. Faqat evaziga qon kerak... Men shunchaki illuziyaman holos....

—Men qilaman, - men tezda xonadan o‘tkirroq buyum qidirdim. Topdim, men devordagi ramkani borib sindirdimda, kaftimni kesdim.

—Calia, unday qilma...

—Jim, Jimin!

Men borib qonli kaftimni shisha sharga surtdim. Shar yuqori tarafidan kengayib, xuddi gul ochilgandek ochildi.

—Ho‘sh endi nima qilmoqchisan?

—Miyamga bir fikr keldi... O‘xshashi ham, o‘xshamasligi ham mumkin, - men qo‘limdagi qonni kiymimga artgancha gapirdim.

—Nima qilmoqchisan?

—Men seni tanangni quchog‘imga olaman va kartali uyni buzaman. Ikkisini birda qilaman! Kinolarda ko‘rganman, ikkisidan birini tanlash kerak bo‘lganda baribir barchasini saqlab qoluvchi yo‘l bo‘ladi. Bu ham bir yo‘l bo‘lishi mumkin.

—Tavakkal qilmoqchimisan? Agar o‘xshamay, shu yerda qolib ketsangchi? - u havotir bilan so‘radi.

—Tavakkalchi bo‘lish yaxshi! Kel buni bajarib ko‘ramiz!

Men Jiminning tanasini quchog‘imga olib, birnima qilib stol qarshisiga olib keldim. Uning tanasini mahkam quchoqladim. Undan yoqimli ifor kelib turardi. Uning oppoq mayin terisi va mallarang sochlari tilladek yarqirardi.
So‘ng uning illuziyasiga qaradim. U juda ham mehribon inson ekanligiga aminman. Buni sevgi deb bo‘lmaydi, lekin qisqa vaqt ichida men unga bog‘lanib qola oldim. U meni o‘ziga bog‘lab oladigan darajada mehribon va jozibador edi...

Men uning tanasini mahkam quchoqlab, qo‘limni karta uy tomon ko‘tardim.
Shu payt meni uning gaplari to‘xtatdi.

—Seni tanlab xato qilmaganimni bilgandim... Seni ancha vaqt kuzatdim va oqko‘ngil ekaninga amin bo‘lgandim. Calia, men seni ko‘p kuzatganman, sen xuddi 100 yil oldin qanday bo‘lgan bo‘lsang, shundaysan. Faqat qayta tug‘ilgan xolatda.

—Tushunmadim? - men uning gaplarini anglolmay qarab qoldim.

—Qani endi uyni buz! Muhim emas...

Avtor/pov

Qiz hech nimani tushuna olmay, tanani mahkam quchgancha kartali uyni buzdi.

Birdaniga atrofdagi barcha narsa qulay boshladi. Yana qop qora bo‘shliq atrofni qoplab olardi. Yigit bilan qizning tanasi esa bo‘shliqlar aro suza boshladi. Qiz jon jahdi bilan yigitning tanasini quchib olgandi.
Bo‘shliqlarning chalkashinuvi va qoidalarning buzilishi...
Qizning ushbu qarori haqiqat va hayolot orasidagi chiziqni buzib yubordi. Tobora bo‘shliqqa singib ketish... Mavhumlik tomon katta surilish...

Bo‘shliqlar orasidan esa yigitning:

"Shu 100 yildirkim, seni sevib keldim, Farishta... "

degan gapi muallaq qoldi va nomalum bo‘shliqqa singib ketdi....
.
.
.
TAMOM!

Park Jimin

Jeon Calia

House of Cards

.
.
.
Eʼtiboringiz uchun rahmat!
Bir qismli ff yoqadi degan umiddaman🌝🎀