July 17, 2025

Blayze... 🫐

Episode: 5

Channel: Alores mufficc
Author: Alores Calia🦢🖤

.

Ho‘sh, bugungi seansni nimadan boshlaymiz? - Qiz stulga joylashgach, qarshisiga kelib o‘tirgan yigitga savol berdi.

Calia / pov:
Jungkook o‘ylangancha stulga cho‘kdi. Nigohi menga emas, polga qadalgandek. U mendan nimanidir yashirayotgandek tuyulardi. O‘zini tutishi g‘alatiroq... Avvallari qarshimda bunchalik noqulay holatda bo‘lmasdi.

—Mmm... kel, bugun oddiy xayolot seansi o‘tkazamiz, - dedi u, biroz oldinga egilib, menga yaqinlashgancha.

—Ho‘p, qanday o‘zi?

—Avval ko‘zlaringni yum.

Men u aytgandek ko‘zlarimni yumdimu, chuqur nafas oldim.

—Tasavvur qil: sen qorong‘u xonaga yolg‘iz kirding. Xonaning markazida dumaloq stol va to‘rtta o‘rindiq bor. Har bir o‘rindiqda sening to‘rtta shaxsiyating o‘tirgan.

U jim bo‘lib menga bir zum qaradi, so‘ng yana davom etdi:

—Birinchisi — narkotik qaramligidagi sen. Ko‘zlari qizarib ketgan, tomirlari bo‘rtgan. U beparvo, ahmoqona ishlar qiladi. Nega ularni qabul qilishini bilmaydi. Shunchaki barchasini unutish uchun, oson, lekin eng xavfli yo‘lni tanlagan.

Men ko‘zlarimni yumgan holatda boshimni asta egdim. Ichki dunyoimda o‘sha tasvir jonlandi, titrab turgan holimda, o‘zimning iflos ko‘rinishimni ko‘rdim. Nega bu yo‘lni tanlagandim? Javobini o‘zim ham bilmasdim. O‘sha vaqtda, bu menga yagona najotdek tuyilgandi. Dorilar dardimga malhamdek bo‘lib tuyulgandi.

Jungkookning har bir so‘zi miyamga chuqur kirib borar, fikrlarimni silkitardi. U men yashirishga uringan narsani aniq bilardi. Ichimdagi meni — qaramlikka botgan, unutilishni istagan, umidsiz Caliani uyg‘otayotgandi.

Tanam asta-sekin titray boshladi. Ongim va ongsizligim o‘rtasida notinchlik yuzaga keldi. U dorilarni istardi. Boshim og‘irlashdi. Nafasim qisila boshladi. Ko‘zlarimni ochdim, lekin nigohim xiralashgandi. Qarshida o‘zimni ko‘rdim... u menga yaqinlashdi. Qo‘llari bo‘g‘zimga yopishdi. Nafasim yetmasdi.

—Jung... kook... — deya pichirladim, ovozim chirq etgandek zaif chiqdi.

Qizni diqqat bilan kuzatayotgan yigit, endigina uning yuz tuzilishi o‘zgarishidan qandaydir natija berar degancha mamnun bo‘layotgandi. Lekin qizning bo‘g‘ilgancha ismini aytishini eshitgan yigit, xovliqqancha o‘rnidan turib qizga yaqinlashdi.

—D... dori ber... - qizning nafasi qisgancha, arang gapirardi.

—Calia! O‘zingga kel! Bu faqat vaqtinchalik! Sen bunga yengilmaysan, sen kuchlisan ! Chuqur nafas ol! - Jungkook qizdan havotirlangancha, yelkasidan ushlab ohista silkitardi.

—Tegma... mendan qo‘lingni tort! - qiz ko‘zlarini ochmasdan, jon xolatida tipirchilagancha yigitni o‘zidan itara boshladi.

—Nick... Nick... Iltimos meni olib ket... Meni bo‘g‘yapti! Bo‘g‘ilib ketyapman! Meni unuttir... Barchasini unuttir... Butun tanam va ongim bilan xohlayman!

Qiz ko‘zini yumgancha o‘zi bilan o‘zi gaplashardi. Jungkook qizni qancha o‘ziga keltirishga harakat qilmasin, iloji bo‘lmasdi... Qiz borgan sari nafasi qaytib, rangi oqara boshlagandi. Deyarli nafas olnayotgandek ko‘rinardi...

—Calia, o‘zingni qo‘lga ol! Bu shunchaki vaqtinchalik nafas qisishi va qaramlik xolos! Sen buni yenga olasan, chuqur nafas ol! Sen kuchlisan! Seni bunga nima yetaklagan? - Jungkook qizni quchog‘iga olgancha, kresloga o‘tirdi.

—Men... Meni bo‘g‘yapti u... Jungkook meni undan qutqar, iltimos... Meni o‘ldiryap... - qizning lablari ko‘karib, ko‘z qorachiqlari ortiga ketishni boshladi.

Jungkook /pov

Uning so‘zlari... U xuddi telbadek bir so‘zni takrorlardi xolos. Uni bu axvolda ko‘rishdan yurak yuraklarim ezilib ketdi.

—Jungkook, men o‘lyapman... - uning maying, bo‘g‘iq ovozi borgan sari bo‘g‘ilib ketardi.

Men uni kresloga yotqizgancha, ko‘kragini massaj qila boshladim. U esa borgan sari meni qo‘rqitib, nafas olishi susayardi. Bilaman, hozir unga narkotik kerak... Lekin u menda yo‘q va uni unga berolmayman!

Muzdek yanoqlarini silab, qo‘limni bo‘ynining ortidan o‘tkazdim. Unga yaqinroq joylashgancha ko‘karib titrayotgan lablariga lablarimni bosdim.

Uning jonsiz qo‘li ko‘kragmga tiraldi.
Men uning lablariga nisbatan havo yubora boshladim... Bu to‘g‘ri qaror deb o‘ylayman, uning shu xolatda bo‘g‘ilishiga qarab turolmadim.
Lablarim ostidagi lablari titrog‘ini his qilyapman. Yuragim negadir boshqacha ura boshladi...

Shovqin tufayli qo‘lida qahva bilan xonaga kirgan qiz, ko‘z oldida bo‘lgan voqea tufayli o‘rnida qotib qoldi. Ko‘z oldida o‘zining sevgan yigiti, boshqa bir qizning lablaridan yopishgancha bo‘sa olardi.

—Jung... kook?

Qizning chaqiruvidan biroz vaqt o‘tgach, Jungkook boshini ko‘tarib o‘z sevgilisiga qaradi. Seraning ko‘zlarida yosh shundoqqina jilvalanib turardi.

—Men tushuntiraman, Sera... hozir emas...

Qiz uni eshitmasdi. Qo‘lidagi qahva polga, baland tovush chiqargancha tushdi. U og‘ir yurib, orqasiga o‘girildi. Ko‘z yoshini ko‘rsatmaslik uchun tezlik bilan xonadan chiqib ketdi.

—Jin ursin! - dedi Jungkook alam bilan.

Jungkook yana jon xolatida nafas olishga kurashayotgan qizga qarab, qo‘llari bilan ko‘kragini massaj qilgancha, yana lablaridan havo yubora boshladi.

Qattiq yo‘talgancha, o‘ziga kelgan qiz ko‘zlarini ochganda, o‘z lablariga tegib turgan labdan butun tanasida chumoli o‘rmalagandek his qildi o‘zini.

—Qani bo‘l, Calia... kuchingni yig‘... Senga bu dorilar kerak emas. Sen bularsiz ham yashay olasan! Menga ayt... nima seni qiynayapti? Faqat rostini ayt...

Jungkook o‘ziga kelgan, lekin qorachiqlari to‘g‘riga qaragancha qotib qolgan qizga gapira boshladi. Qiz barchasini eshitardi, lekin qorachiqlarini uzib, o‘zining qo‘rqinchli dunyosidan chiqa oldmasdi...

Jungkook oxirgi chorani tanladi. U yonidagi tortmadan tinchlantiruvchi dori oldi, shpritsga tortib, qizning bilagini ochdi. Vena ustiga bosib, ehtiyotkorlik bilan dorini yubordi.

—Senga achinmay deyman, lekin nima qilay qalbim seni davolash va asl hayotga qaytarishni istasa... Sen o‘zgachasan Blayze...

Jungkook qizning tatu ostiga yashirilgan chandig‘i ustidan qo‘lini mayin yurg‘azdi. Yigitning qalbi ayni damda negadir qattiq titrab ketdi...

~♡

—Hech ham o‘zgarmagansan, Kook...

Qiz ko‘zyoshlarini artgancha, kiyinlarini yig‘ib jamadoniga solardi.

—Ko‘zlarimga qarab turib, uni sevmayman, davolayman deding... - qiz zarda bilan jamadonga kiyimlarini joylardi.

—Hali ham o‘sha o‘shasan... Oldin ham menga yolg‘on gapirib ko‘nglimni og‘ritarding...

Qizni alam bilan qilayotgan xarakatlarini eshik oldida turgancha kuzatayotgan yigit, qizning rashk qilishidan bir tarafdan xursand bo‘lardi.

—Sen ham o‘sha-o‘shasan... Doimgi qaysar, qizg‘anchiq va erka...

Yigitning behosdan eshitilgan gapidan qiz turgan o‘rnida sapchib ketdi. Alamli ko‘zlarini yigitiga tikkancha, qo‘liga jamadonini olib, to‘g‘ri o‘sha tomon yurdi.

—Qayoqqa? - Jungkook qizni yo‘lini to‘sgancha turardi.

—Ketaman! Bir uyda ikki qiz bilan qiynalib qolasan Jungkook! Men bu yerda ortiqchaman, shunday ekan ketganim maqul! - qiz qoshlarini chimirib, yo‘lini to‘sib turgan yigitni bir tarafga surdi.

—Ahmoqlik qilma! Qayerga ham ketasan?

Yigitning so‘zlari qizning og‘riyotgan ko‘nglini battar og‘ritgandek his qildi o‘zini. Olov yonib turgan ko‘zlarini yigitiga tikkancha gapira boshladi:

—Men ahmoqmi? To‘g‘ri ahmoqman! - qiz sochini ortga tashlagancha kuldi.

—Shunchalik ahmoqmanki, seni ortingdan shu yergacha keldim! Shunchalik ahmoqmanki, shu yerda bo‘la turib o‘z sevganim o‘zgasini dudoqlarini his qilishiga qo‘yib berdim! Ahmoqman... Sen meni ahmoq qilding! - qiz qo‘lini yigitning ko‘kragiga niqtagancha gapirarkan, ko‘zlaridagi yoshni chiqarmaslikka urinardi.

—Tushunturishimga yo‘l qo‘yib ber axir!

—Nimani tushuntirasan? Qanday qilib undan bo‘sa olishni tushuntirasanmi?!

Jungkook jim qoldi, u tushuntirishni istardi, lekin ayni payt tushunmasligini bilardi ham. Eng yaxshi yo‘l hozir qizni o‘z holiga qo‘yish deb o‘yladi u. Lekin bilmaydiki qiz bolaning ko‘ngli hech qachon o‘z holiga qo‘yilishni istamasligini...

—Mayli, Jungkook... Seni baxtli ekangligingni ko‘rish meni ham baxtim! Men seni sevmadim...Oshiq bo‘ldim! Oshiqlar o‘z sevgilisi baxtli bo‘lishiga yo‘l qo‘yib berishadi. Ular hech qachon o‘z muhabbati baxtsiz bo‘lishiga qarab turisholmaydi. Mayli... Men bilan baxtli emas ekansan, o‘zingga loyiq inson bilan baxtli bo‘lgin!

Qiz shunday degancha yigitni eshik oldida qoldirgancha, jamadonini sudrab uydan chiqib ketdi. Ich ichidan qanday singanini his qilsada, tashqidan kuchli bo‘lishga harakat qilardi...

~~

Calia asta ko‘zlarini ochgancha, atrofga qaradi. Yana o‘sha xona, o‘sha yotoq va o‘sha ifor... Yotgan o‘rnidan biroz qo‘zg‘alib oynaga qaradi. Allaqachon tun bo‘lgan. U yonboshlagancha chuqur nafas oldi. Choyshabdan kelayotgan o‘tkir va yoqimli ifordan to‘yib hidladi.

—Yoqimli... - u choyshab bilan yuzini o‘ragancha biroz shunday yotdi.

Miyasida boyagina bo‘lib o‘tgan voqealar aylana boshlagach, o‘zini yomon his qila boshladi.
Shu payt telefoniga kelgan qo‘ng‘iroqdan, o‘rnidan turib ketdi.

—Eshitaman Suzy?

—Blayze qayerdasan? Uyingda yo‘q ekansan

Calia chuqur uf tortgancha, o‘ylanib qoldi.

—Tinchlikmi o‘zi? - gapni burdi qiz.

—Bugun yangi poyga uyushtirishyapti. Nick kelolmas ekan, Manon ham kelmaydi. Bizni komandadan sen qatnashishing kerak deb o‘yladik...

—Boshim tars ikkiga bo‘linayozadi bu ketishda! Suzy o‘zing ham eplaysanku! - qiz choyshabni quchgancha gapirardi.

—Maykl qaytibdi. Bilasanku u anchagina kuchli... Men eplolmayman deb qo‘rqaman.

—Hoy Rio tursangchi endi... Kelmasang seni qo‘rqoqqa chiqarishadi! - telefon ortidan yana bir yigitning ovozi keldi.

—Turyapman, yetib boraman birozdan so‘ng!

Calia qo‘ng‘iroqni qo‘ygach, o‘rnidan turib ustki kiyimlarini qo‘liga oldi.
Kerakli narsalarni olib bo‘lgach, asta xonadan chiqdi. Zal jimjit... Faqatgina o‘tgan safargi xona, yani Jungkookning mashq zalidan ovoz kelardi xolos.

Qiz eshikdan yigitni biroz kuzatdi. Jungkook terlagancha tinmay mashq qilardi. Yigitni biroz kuzatgan qiz, sekingina bildirmay uydan chiqdi.
Mashinasiga o‘tirgach, tezlik bilan uyni tark etdi.

Qiz yetib borgach, biroz uzoqroqda to‘xtadi. Mashinaning ort o‘rindig‘ida, har extimolga qarshi olib yuradigan kiyimlariga hozirgi kiyimini almashtirib olgach, to‘g‘ri gavjum maydon tomon kirib bordi. Mashinadan viqor bilan tushgan qiz, to‘g‘ri o‘z safdoshlari tomon shaxdam qadam bilan yurib, ularga qo‘shildi.

—Rio, qushcham kelasanku! Nega o‘zingni olasan? - sochlari jigarrang-qo‘ng‘iroq bo‘lgan, ko‘zlari yashil rangli yigit qizga yaqinlashgancha belidan quchib salomlashdi.

—Ramil bilasanku mening uslublarim o‘zgacha! - qiz kulgancha yigitning sochlarini to‘zg‘itdi.

—Suzanna go‘zalim, o‘zing eplarding. Anchagina tajribalisan! - qiz dugonasini quchgancha salomlashdi.

—Tavakkal qilishni istamadim, agar yutqazsam onam yangi mashina olib bermaydilar, - qiz lablarini burib qo‘ydi.

—Yana komoaniyada janjal qildingmi? - Calia kuldi.

—Birozgina...

Qizning gapidan jamoadoshlar kulib, mazax qila boshlashdi.

Shu payt kuchli motosikl shovqini davra yaqini tutib ketdi. Hammaning ko‘zi olomonning ichidan kesib o‘tgancha, komandaga yaqinlashayotgan motosiklli yigitga tushdi. Uning ulkan muskullari va gavdasi oldi ochiq bo‘lgan charm kurtkasi ostidan kiygan oq top maykasidan yaqqol bilinib turardi. Qizlar oh tortgancha undan ko‘zini uzishmasdi.

Shovqin solgancha to‘xtab, boshidagi ximoya shlemini yechib, motosikldan tushgan yigitga, Caliadan bo‘lak hamma hayron va och ko‘zlari bilan tikilib turardi.

—Shu yetmay turgandi o‘zi! - qiz ko‘zini aylantirgancha, teskari o‘girildi.

—Uni taniysanmi? - komanda ichidagi qiz Caliaga hayron qolgancha savol berdi.

—Juda ham yaxshi taniyman!
.
.
.

Jungkook

Calia

Sera

.
.