Blayze... 🫐
Channel: Alores mufficc
Author: Alores Calia🦢🖤
Jungkook haydovchiga manzilni tushuntirishi bilan, qo‘l telefoni jiringlay boshladi. Ekranda esa "Momiqvoy" degan yozuv ko‘rindi. Telefonini yon tugmasini bosgancha, uyiga yetib borishini kutdi.
Jungkook uyga kirgach, o‘sha tanish raqamga qo‘ng‘iroq qilish tugmasini bosdi. Telefondan chaqiruv ovozi eshitilarkan, javobsizlikdan tobora asabiylashib borardi.
—Ehh Seraginam, biram shoshqaloqsanda...
Jungkook telefonini yotoq ustiga tashlab, egniga yengil kiyimlarini kiygancha, yotoqqa o‘zini tashlab ko‘zlarini yumgancha o‘ylana boshladi.
Calia uyiga kirgach, to‘g‘ri xonasi tomon chiqib ketayotganda ortidan kelgan otasining ovozidan, joyida to‘xtab qoldi.
—Sen qiz qachon salom alikni o‘rganasan?
Qiz ortiga o‘girilganda otasi gazetadagi yangiliklarni kuzatgancha o‘tirardi. Qiz buni menimcha payqamay qoldi shekilli.
Calia jilmaygancha otasiga yaqinlashib, allaqachon sochlari siyraklashdan peshonasidan o‘pdi.
—Ataylab qilmadim, sezmay qolibman... - qiz ko‘zlarini mo‘ltillatgancha otasini quchoqladi.
—Sen qiz meni qanday eritishni juda yaxshi bilasan! Ayyor tulkicham, - ota qizining yelkasini biroz silab qo‘ydi.
—Ho‘sh bugungi seans qanday o‘tdi? Ko‘p vaqt o‘tkazdinglar shekilli...?
Qiz bugungi bo‘lgan voqealar haqida o‘ylanib qoldi. Bugun u Jungkookning qarshisida o‘z ojizligini ko‘rsatgan edi...
—Mmm, menimcha yaxshi o‘tdi, - qiz biroz hayol surgancha javob berdi.
—Otajoon, iltimos shu psixologlarga yuborishni to‘xtating...
—Caliam, qizalog‘im doim seni aytganinga kirib kelganman... Sen ham meni iltimosimni bajar endi.
—Hop mayli, men charchadim ota. Yaxshi dam oling!
Qiz otasidan uzoqlashib, o‘z xonasi tomon yurdi. Ota esa qizning xarakteri bittada o‘zgarib qolganini sezmay qolmagandi. Otasi sezardi, qizi doim uning oldida o‘zini ataylab yoshboladek tutishini...
Xonamga kirishim bilan, zarda bilan sumkamni yotoqqa otib yubordim. Otamni qancha eritishga harakat qilmay, bundan qutulishni ilojisi yo‘q! Agar biroz janjal ko‘tarsam, otamning qon bosimlari oshishni boshlaydi. Shuning uchun ularni oldida doimo o‘zimni yumshoq tutishga harakat qilaman, lekin bu niqobim hech ham menga yoqmaydi!
Dush qabul qilib chiqqach, biroz yuzimni va sochimni parvarish qildim. Soatga qaradim, allaqachon 23:57 bo‘lgandi. Bugun 01:00 da yangi poyga bo‘ladi!
Tezda ozimga yoqadigan kiyimlarimni kiygancha, ko‘k sochlarimni tekis yozdim. Qizalog‘imning kalitini barmog‘imda aylantirgancha, asta eshikdan mo‘raladim. Zal tinch, menimcha hamma o‘z xonasida. Asta pastga tushib, oynalarga qaradim. Otamning xonasi chirog‘i o‘chgan, demak chiqsam bo‘ladi.
Zaldan chiqqancha to‘g‘ri garaj tomon chopib bordim. Garajga kirishim bilan Sunghoon yo‘limni to‘sdi.
—Qayoqqa ketyapsiz? - u otam tomonidan menga yo‘llangan ayg‘oqchidek gap. Qayerga ketyapman, nima qilyapman barchasini yetkazib turadi. Lekin men uni ko‘pincha o‘z yo‘limga yurg‘iza olaman.
—Sunghoon, - erkalangancha muskulli yelkasidan niqtadim.
—Bormasam bo‘lmaydi axir, oddiy poyga xolooos~
U biroz ensasini qotirib menga qaradi, men esa uning ko‘zlaridan ko‘zimni uzmay qarab turardim.
—Hop faqat extiyot bo‘l, otang uyg‘onguncha tik oyoqda qaytasan degan umiddaman, - nihoyat u hafsalasi pir bo‘lib nafas chiqargancha yo‘limdan qochdi.
Xursand bo‘lib sakragancha qizalog‘im mashinamga o‘tirib, qizdirdim. Garajdan past tezlikda chiqib, ko‘chamizdan biroz uzoqlashgach tezlikni yuqorilatdim.
Atrofda odamlar gavjum, hech kimni bir biri bilan ishi yo‘q. Ko‘cha chiroqlariga qo‘shimcha tarzda rangli chiroqlar va tutunlar odamga o‘zgacha xissiyot berib turadi. Yosh yigit va qizlar alkogol va narkotikka ko‘milgancha, bir birlari bilan og‘iz burun o‘pishishardi. Atrofga yoyilgan baland musiqa esa mashina motorlaridan chiqayotgan uvullashlarini biroz bo‘lsada bosib turardi. Deyarli yalong‘och xolatdagi qizlar esa musiqaga mos ravishda tanalarini qimirlatgancha, yigitlarga o‘zlarini ko‘z ko‘z qilishardi.
Elektr yorqinlikdagi ko‘k mashina olomon ichiga kirishi bilan hamma qiyillagancha qichqirib yo‘l ochib berishdi. Mashinadan esa mashina rangidagi sochlarini silkigancha, kalta yubka, tizzalargacha bo‘lgan paypoqlar va charm kurtka kiygan qiz tushib keldi. Ayrimlar unga xavas bilan qarashsa, ayrimla xasad qilgancha yuz burishtirib teskari qarab olishardi.
Qiz o‘z jamoasi oldiga yaqinlashib ular bilan iliq salomlashdi.
—Blayze bugun hammani ko‘k alangang bilan yoqishga tayyordek ko‘rinyapsan! - komandadagi yigit qizni turtgancha qosh qoqdi.
—Bilasanku, men faqat yondirish uchun tug‘ilganman, - qizning jozibali noz karashmasidan komandadagilar qichqirib yuborishdi.
—Go‘zalim, bugun ochilib ketibsanmi? - qizning ortidan quchgan Nick, yuzini qizning bo‘yniga ko‘mgancha chuqur hidladi.
—Qachondir jozibali ko‘rinmagan paytim bo‘lganmi Nick?
—Ahh, meni takabburgina sevgilim! - Nick qizning burniga chertgancha yoniga o‘tdi.
—Ooo ooo kimlarni ko‘ryapman?! - yuziga ayyorona jilmayish ilgan, bo‘ynidan tortib qo‘llarigacha tattooga burkanib ketgan qora maykali yigit, komanda orasiga kelgancha qo‘lini ko‘krak oldida qovushtirdi.
—Blayzexonim, sizni qayta poygada ko‘rmaymiz deb o‘ylagandik! Otangiz sizni panjarachalar ortidan olib chiqishdan zerikkan deb tahmin qilgandik! - yigitning gapidan, uning ortidagilar ham jirkanch ovoz bilan kulib yuborishdi.
—Voh! Bechora Jake men qaytganimdan xavotir olayotganga o‘xshaydi? Axir u bechora birinchilikni qo‘lga kiritolmay kelganku! - qiz o‘zini soxta xavotir olgandek ko‘rsatib yigitga yaqinlashdi.
—Qaytganimdan kimdirlarning, bir joylari yonib ketyapti shekilli... Mmm, bizga benzin kerak! Yonayotgan yeringni yanayam qattiqroq kuydirish uchun! - qiz yigitga shartta ort o‘girgancha, nozik qadamlar bilan mashinasiga yaqinlashdi.
—Sen foxisha! Ko‘ramiz changimda qolib ketganingda ham shunday karillay olarmikinsan?! - yigitning qo‘llari musht bo‘lib tugulgancha, mashinasi tomon yurdi.
—Blayze asabiylashmay, o‘zingga extiyot bo‘l. Bu iflosdan har nima kutsa bo‘ladi! Istasang o‘zim qatnashaman? - Nick qizning mashinasiga egilgancha gapirdi.
—Yo‘q Nick! Bu ablahni tili kuchli holos, o‘zim eplayman!
Nihoyat mashinalar start chizig‘iga keldi. Avvalgi qatorda turgan to‘rtta mashinadagi ko‘zlar xuddi bir birini yoqib yubormoqchidek yonib qarardi. Ko‘k mashina yonida turgan, oq qizil chiziqli mashina ichidagi yigit esa tishlarini g‘ichirlatgancha bir bir qizga qarab qo‘yardi.
Nihoyat xavo bo‘ylab baland o‘q ovozi yoyildi. Atrofda esa olomonning hayqiriqlari quloqni teshib yuborgudek portlab eshitildi.
Blayze ko‘zlarini yumib, chuqur nafas olgancha, dastakni tortib gazni qattiq bosdi. Xavoda olomonning ovoziga qo‘shilib, g‘ildiraklarning asfaltda qattiq chiyillagan tovushi ko‘tarildi.
Blayze doimgidek boshini ko‘zlarini yumgancha boshladi. Bu uning doimiy odatiga aylanib qolgandi. Unga bu yo‘llar deyarli yod bo‘lib ketgan va allaqachon bu yo‘llarning qirolichasi ham bo‘lgandi.
Mashinalar bir biridan o‘zgancha, yo‘l bermay qayrilishar, vaxshiyona harakatlar bilan xatto bir biriga tahdid bilan urilib ham ketardi. Abjirlik qilib oldinga chiqib ketgan ko‘k mashinaga yonma yon ketayotgan qizil chiziqli mashina borgan sari qizning yo‘lini to‘sib borardi.
Lablari ostida so‘kingan qiz, tinchlangancha raqibning shunday qilishiga imkon yaratib berardi. Raqib esa kulgancha oldinga chiqib oldida, kuchaytirgichli gazni qo‘yib yubordi.
Qizil chiziqli mashina chiyillagancha shamoldan ham tez harakat bilan ancha oldinlab ketdi.
So‘nggi aylana boshlanishida, qizil chiziqli mashinaning kuchaytirgich gazi tugadi. Uning sekinlashganini payqagan qiz, lab chetida jilmaydida gazni qattiq bosib ancha qizib oldi.
Deyarli yetib qolay deganda, kuchaytirgich gazini qo‘yib yuborgan qiz, gazni birgalikda eng baland nuqtagacha bosib, tezlikni oshirib yubordi. Mashinaning siltanganib tezligi kuchayganidan, biroz orqa o‘rindiqqa qadalgan qiz, butun tomirlari bo‘ylab tarqalib borayotgan adrenalindan qichqirgancha rohatlanardi.
Sochlari shamolda to‘zg‘ib, butun tanasi huddi samolarda uchayotgandek sarmast bo‘lardi.
Finish chizig‘iga yaqin qolganda, qiz ko‘zlarini yumib doimgidek rolni qo‘yib yubordi. Ich ichidan toshib kelayotgan baxtni yana bir bor olomonning qichqirig‘iga jo‘r bo‘lgancha chiqarib yubordi.
Mashina finish chizig‘idan o‘tgach, rolni o‘z nazoratiga olgancha kuch bilan avval chapga so‘ng o‘ngga burgancha katta changli aylana hosil qila boshladi.
Hamma mashina oldiga kelgancha qichqirar, qiz esa mag‘rurlikdan jilmayib mashinadan tushardi...
Eshikni tinmay taqillatayotgan qiz, borgan sari hech kim javob bermayotganidan asabiylashardi.
Miyasini teshib yuborgudek eshitilayotgan eshikning taqilashidan arang ko‘zlarini ochgan yigit, lab chetida so‘kingancha o‘rnidan turdi. Yotog‘i yonida turgan javon ustidagi soatga qaradi, soat millari sahar 5:12 ko‘rsatmoqda.
Jungkook o‘ylangancha, egniga fudbolka kiya boshladi. Uni bu yerda deyarli yaqinlari ham, tanishlari ham deyarli yo‘q edi. Ertalabdan miyasini qoqayotgan ovozga yaxshilab etibor berdi, qiz bolaning ovozi...
Jungkook asosiy eshik tomon yurib, ko‘zlarini ishqagancha eshikni ichdiyu, ko‘rgan odamidan ko‘zidagi uyqusi tarqab ketdi.
Jungkook hali gapirishga ulgurmasdan, qiz yigitini bag‘riga o‘zini otdi. Jungkook qizning bu qilig‘idan biroz qotib qoldi, chunki Sera deyarli hech qachon uni quchmasdi. Do‘stliklari sevgiga aylangandan so‘ng albatta...
Sera qizargancha, yigitni bag‘ridan chiqib, savolini javobsiz qoldirgancha uy ichkarisiga shoshgancha kirib ketdi. Jungkook qizning bu qilig‘iga hayron bo‘lgancha qotib qoldi.
Jungkook Seraning ortidan jamadonni olgancha ichkariga kirdi.
—Kelmasdan sen va sevgilichangni yolg‘iz qoldirishim kerakmidi?
Jungkook qizning gaplariyu, o‘zining yotoqxonasi va boshqa xonalarini birnima qidirayotgandek tekshirib chiqayotgan sevgilisiga tushunmaygina qarab turardi.
—Hoy Sera, bir yerda o‘tirsangchi! - Jungkook qizning jamadonini yerga qo‘ygancha qoshlarini chimirdi.
—Qani anu ko‘k patli tovuq? - Sera qo‘llarini ko‘ksiga bog‘lagancha, qovog‘ini uyib Jungkookga qaradi.
Avvaliga qizning gaplariga tushunmagan yigit, so‘ng qizning gaplariga kulib yubordi.
—Yana qanaqa ko‘k patli tovuq? - yigitning xaxolab kulishiga qovog‘ini uyib qarab turgan qiz, birpasda ko‘zlariga yosh ildi.
—Momiqvoyim~ nega zaytundek ko‘zlaringdan marjon sochyapsan?
Jungkook asta qizga yaqinlashib, yelkasidan tutgancha kresloga o‘tqazdi.
—O‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim, sen... sen - qiz piqqilagancha yig‘lab yubordi.
—Nima men? - Jungkook bir qoshini ko‘targancha qizga savolli nigohlarini tikdi.
Sen anovi qizga yigiti bo‘lishga rozilik bildirding! - qiz yig‘idan to‘xtab, Jungkookning yelkasiga tushirdi.
—Ehh, gap bu yoqda degin? - Jungkook kulib, qizning sochlarini quloqlari ortiga o‘tkizdi.
—U shunchaki bemorim holos, momiq. Sen noto‘g‘ri tushungansan...
Qiz kaftining orti bilan ko‘z yoshlarini artgancha, Jungkookga qaradi.
—Ha aytgancha, o‘zi buni qanday ko‘ra qolding?
—Sen ahmoq Kook! Qo‘ng‘iroqni qo‘yishni unutdganding, - qiz burnini jiyirib, tushuntirib ber degandek termuldi.
—Kel senga hammasini tushuntiraman. Hullas u qiz meni bemorim. Hozirda shu qiz bilan ishlayapman. U qizning shaxsiyati buzilgan, ruhiyatida muammolar bor. Shu sabab narkotik qabul qiladi va mutlaqo ko‘cha qiziga aylanib ketgan... - Jungkook gapirarkan, Sera ko‘zlarini uning yuzidan uzmasdi.
—Oho, qiz bola ham shunaqa bo‘ladimi? Sababi nima ekan o‘zi? - Sera o‘ylanib turib savol berdi.
—Mmm, - Jungkook o‘ylangancha sochlari orasidan qo‘lini o‘tkazdi.
—Muammo shunda... U asl sababini aytmaydi, juda ham qaysar...
—Hmm qaysar de? - Sera bir qoshini ko‘tardi.
—Shunaqa, osonlikcha gapirmas ekan. O‘sha kuni esa u narkotik tasirida bo‘lgan va o‘zini to‘liq anglolmayotgandi. Menga shu taklifni berdi va men qabul qildim...
—Demak roziliging rost? - Seraning tabassumi so‘ngancha, lablari burishib ketdi.
—To‘g‘ri rost, faqat bu rol holos. U mendan shu yo‘l bilan qutulmoqchi bo‘ldi, lekin men uning prinsiplariga qarshi yo‘l tutdim. Rozi bo‘lganimdan so‘ng biroz bo‘lsa ham gapiryapti, - Jungkook chuqur uf tortdi.
—Uni davolashga majbur emassan axir. Sendan boshqa psixologlar ko‘p, lekin nega aynan sen davolashing kerak?
Sera asli tabiatan qizg‘onchiq va rashkchi qiz. U o‘ziniki deb ataganlarni boshqalar bilan bo‘lishsihni yoqtirmasdi.
—Lekin sen uni og‘ir axvolda ko‘rmagansan... Chin dildan uni davolashni istayman, - Jungkook bir nuqtaga qaragancha o‘ylanib qoldi.
—Seraginam, bo‘ldi qilsangchi shu mavzuni. Axir men doktorman! Shifokorlar har qanday xolatda bemorlariga yordam berishlari kerak!
—Hop, mayli... Mavzuni o‘zgartiraylik, axvollaring joyidami? Ancha ko‘nikib qolgandeksan, - Sera xonaga ko‘z yugurtirgancha savol berdi.
—Xa deyarli ko‘nikdim. Bu yerlar ancha yaxshi ekan. Seni o‘zingni bu yerlarga nima shamol uchirdi, faqat rashk qilganimdan keldim dema! - Jungkook kulib yubordi.
—Seni ko‘rishga keldim! Istasang ketishim mumkin! - qiz ko‘zlarini aylantirgancha, o‘rnidan turdi.
Jungkook qizning yuzidan chimdib, bag‘riga tortdi. Sera kutilmagan harakatdan ko‘zlari katta katta ochildi. U ham qo‘lini yigitini belidan o‘tkazgancha quchib oldi. Bu quchishdan ikki qalbning sog‘inch nafasi ufurib turardi.
—Kook, yur senga quymoq qilib beraman! Birga nonushta qilishimizni ancha sog‘indim~
Sera turgancha oshxona tomon yurdi, Jungkook ham jilmaygancha sevgilisining ortidan ergashdi.
Sera quymoq qilar, Jungkook esa uning yonida turgancha kulishishardi. Ular birgalikda yoshlikdagi voqealarni eslashar, bir biriga hazllar qilgancha o‘ynashishardi.
Chetdan qaragan odam ularning baxtlariga havas qilmay qolishmasdi... Seraning yuzidan kulgu arimas, Jungkook esa uning yoshbolacha beg‘ubor qiliqlarini miriqib tomosha qilardi.
—Sen haqiqiy oshpazsan Seram, - Jungkook so‘nggi quymoqni tishlagancha, lablarini cho‘chaytirib ovqatlanardi.
—Aysh Kookiee, nega bunchalar yoqimtoysana? - Sera qo‘lidagi murabbo surtilgan quymoqni Jungkook tomon uzatdi.
—Og‘zingni ochchi~
—Yana yesam yorilaman aniq! - Jungkook og‘zini ochmadi. Sera esa qo‘lidagini Jungkookning yuzi yaqinida tutib turardi.
—Bitta shuni yeee, bilaman sog‘ingansan axir!
Jungkook og‘zini ochganda qiz qo‘lidagini yigitining og‘ziga soldi. Kook og‘zini to‘ldirgancha bosh barmog‘i bilan "zo‘r" belgisini ko‘rsatdi.
Shu paytda eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi. Jungkook oshxonaga ilingan soatga qaradi, allaqachon ishi boshlanadigan vaqt bo‘lgandi.
—Sera, men ishimni boshlashim kerak. Sen shu xonalarda bemalol joylashib, o‘zingni ishing bilan shug‘ullanavergin.
—Mayli, yaxshi ishla. Qizga yaqinlashmagin!
Jungkook oshxonadan chiqib, eshik tomon borib uni ochdi.
—Hayrli kun sevgilim! - Calia jilmaygancha ichjariga kirdi.
—Senga ham hayrli kun, - Jungkook qizni boshlagancha kichik offis tomon yurdi.
—Mmm yoqimli hid kelyapti, nima pishirding? - qiz atrofdagi iforni hidlagancha, Jungkookga qaradi.
—Nonushta tayyorlagandim, - Jungkook o‘z stuliga joylashgancha, qizni ham o‘tirishini kutdi.
—Men ham yemoqchiman, nonushta qilmadim...
Calia offisdan chiqadigan eshik tomon yurdi, lekin Jungkook tezda qizning yo‘lini to‘sdi.
—Kam tayyorlagan edim, ular qolmadi. Keyingi safar senga ham tayyorlayman! - Jungkook eshikni yopgancha turib oldi. Calia uning shoshilinch harakatlaridan biroz o‘ylandida, ortga o‘girilgancha Jungkookning ish stoli tomon yurdi.
—Ho‘sh bugungi seansni nimadan boshlaymiz? - qiz stulga joylashgach, qarshisiga kelib joylashgan yigitga savol berdi.
—Jungkook, iltimos mendan bo‘sa ol...
—Sera shoshma noto‘g‘ri tushunding ahir...
—U poygada motosikl bilan qatnasha olmaydi!
—Qoidalarni sen hal qilmaysan Jake!
—Jungkook uni o‘ldirib qo‘yasan!