Savage🕸
Hamma narsalarimni joylab dush qabul qildimda, juda ham charchab ketganim uchun o‘rnimga yotdim.
Avvaliga uxlay olmay ancha qiynaldim, chunki yangi joyga o‘rnashishim qiyin.
O'rnimdan turib, oshxona tomon yo'l oldim va hali hech narsa olmaganimni eslab, yana ho'rsindim,
—"Sugani uyida hammasi boshqacha edi"—
Bilmadim, nega bunday deganimni, lekin menga shunisi qiziq, nega u bilan bog'liq xotiralar meni hali hamon taqib etayapti?
Birozdan so'ng eshik qo'ng'irog'i jiringladi va yuragim yorug'lik tezligida urdi. Yugurib eshikni ochdim va santexnik ekanligini ko'rdim. Ertalab hodim chaqirganim yodimdan ko'tarilibdi, lekin muammoni o'zim hal qilganim uchun ham, ularga uzur aytib, eshikni yopdim... Afsus, yuragim boshqasini kutdi, lekin ko'zim boshqasini ko'rdi...
Kresloga boshimni qo'yib yottim va o'zim ham bilmagan holda yig'ladim —"Nahotki men unga bog'lanib qolganman...? "
U ketganidan beri qandaydir hechnimaga hohishim bo‘lmayotgandi. Huddi u meni nimadirimni olib ketgandek, nimadir kamdek tuyilyapti.
O‘ylashimcha men sevib qoldim... Sevishim kerak bo‘lmagan insonni sevib qoldim.
Menimcha u meni qabul qila olmadi. Menimcha emas, aniq meni qabul qilmadi. U haqiqatni bilmaydi, agar u haqiqatni bilsa umuman meni qabul qilmasa kerak. Lekin bu o‘tmish, u esa undan bexabar...
Ketganidan beri uni o‘ylayapman, borligida uni kam o‘ylardim. Lekin yo‘qligida o‘rni bilinyapti.
Uning ketishiga o‘zim yo‘l qo‘yib berdim, bunga yo‘l qo‘ymasligim kerakmidi...
O‘ylarimga cho‘kib ketganimdan, qarshimdagi hamkorlarning maʼruzasini eshitmabman ham. Ular maruzasini tugatib menga yuzlanib turishardi. Men odatda kamdan kam hayol suraman, ayniqsa bunday majlislarda.
—Janob, loyihamiz sizga maqulmi? - maruzachi menga qatiyatsiz nigoh bilan tikildi.
—Biz sizning lohiyangizni yana bir bor ko‘rib chiqamiz. So‘ngra kotibim sizga aniq javobni yetkazadi, - aslida loyihani eshitganim yo‘q, shuning uchun qayta tekshiruvga qoldirdim.
—Janob Kang, siz ushbu loyihani jamoangiz bilan ko‘rib chiqib, menga qayta tushuntirish berasiz. Keyin hamkorlarga aniq javobimni yetkazasiz.
—Majlisizmiz tamom, ish joyingizga tarqalishingiz mumkin, - men o‘rnimdan turib, kostyumimni to‘g‘irlab, majlislar zalidan chiqdim.
Liftga chiqib eng yuqori qavat tugmasini bosdim. G‘alati, shu kunlarda hayollarim betartib juda ham...
Lift to‘xtagach, tushib xonamga kirdim. O‘z ish stulimga o‘tirib, kerakli hujjatlarni javon tortmasidan qidira boshladim. Shu payt ko‘zim javondagi qizil soch lentasiga tushdi. Bu lenta uniki edi, mening jajji pariyimniki...
U ketayotib, hamma buyumlarini olib ketdi. Lekin xonasidan shu soch bog‘ichini topib oldim. Undan eslatib turuvchi yagona jism... Uni yuzimga yaqin tutib, iforidan chuqur nafas oldim. Lavanda ifori... Uni eslatuvchi va meni tinchlantiruvchi ifor. Doim uning xonasiga kirganimda shu ifor kelib turardi.
Men ushbu bog‘ichni shaklidan bo‘shatib, bilagimga bog‘ladim. Endi uni doim o‘zim bilan his qilishim mumkin. Bu ahmoqlikdek tuyiladi, lekin agar uni yonimda his qilsam ahmoq bo‘lishga ham roziman!
Boshimni kursim suyanchig‘iga tashlab bo‘yinbog‘imni bo‘shatdim. Shu on eshik taqillab ichkariga yangi kotibam kirib keldi.
—Janob sharbatingiz, - u qo‘lidagi patnisni stol ustiga qo‘yib, sharbatni ko‘targancha men tomon qadam tashladi.
Uning har bir qadamida chiqayotgan poshnali tuflisining ovozi va yurgan sari yuqorilayotgan kalta yubkasi jig‘imga tegishni boshladi.
U sharbatni yetarlidan ortiq egilib qo‘yarkan ko‘zlari mening bo‘shatilgan bo‘yinbog‘imda edi.
—Janob, sharbatni mazasidan bahra oling, - u noz karashma qila boshladi.
Men unga javob berishni ham istamadim. Ko‘zimni yumdimda, asabimni buzayotgan bu xaromini ko‘rishni xoxlamadim.
Shu on ko‘ksimda qo‘lning nozik harakatini his qildim. Ko‘zlarimni ochmay bilagidan mahkam qisdim. Shunchalik qattiq qisdimki, xatto og‘riqdan ingrab yubordi.
—O‘lishni istamayotgan bo‘lsang, menga yaqinlashib, iflos qo‘llaringni menga tekkizma foxisha! - uning qo‘llaridan qattiqroq qisib o‘zimga biroz tortdim.
—Aks xolda manabu qo‘l va oyoqlaringni ko‘rgan odam qayt qilgudek xolga keltirib qo‘yaman!
—K-kechiring, janob... - u og‘riqdan zo‘rg‘a gapirdi.
Men uni qattiq siltab yubordim, u esa patnisni olib eshik tomon yugura boshladi.
—Qaytib seni bu binoda ko‘rmay! - unga nafratli nigihlarimni tikdim, u esa ortiga qaramay chiqib ketdi.
Hech tushunmayman, hozirgi ayrim qizlar boylikni deb xatto o‘zgasi ostida yotishga ham tayyor. Bundaylar meni eʼtiborimni tortaman deb o‘ylaydi. Ular adashadi! Bu tana endi o‘zgasi bilan bulg‘anmaydi. Bu tana faqatgina mitti pariyimga tegishli...
Ko‘zlarimni ochib, tortmadan nam salfetkalar oldimda, qo‘llarimni xuddi eng iflos buyumga tegingandek tozalab tashladim.
Eshikning yana bir bor taqillashi etiborimni tortdi.
Eshik ochilib xonaga yordamchim kirib keldi.
—Janob, siz aytgan barcha xujjatlarni qayta ko‘rib chiqishga topshirdik. Ular bugun kechgacha hammasini ko‘rib chiqib sizga topshirishadi.
—Yaxshi, bugundan kech qolmasin, - yelkamni yengil suyanchiqqa tashlab o‘tirdim.
Yordamchim bugungilik hisobotlarni birma bir topshirdi.
—Mingyu, Caliani aniq qayerga joylashganini kuzatdingmi? - u gapini tugatgach savol berdim.
—Ha janob, xonim Los Angelesdan kichik uy sotib olib joylashdilar. Siz tayinlagan qo‘riqchilar xonimga bildirmagan xolatda kuzatib borishyapti.
—Yaxshi, agar biror nojo‘ya xolat bo‘lsa xabar ber. Uni yaxshilab nazoratga olishsin. U yer xavfsiz joy emas.
—Yaxshi, endi ishlaring bilan shug‘ullan.
—Hop, - u tazim qilgancha xonadan chiqdi.
Yana xonada yolg‘izman, ishlarim ko‘p lekin xoxish yo‘q. Yolg‘iz qolishim bilan negadir xayollarim yana u tomon qochishni boshlaydi...
.
.
.
Men yangi jihozlar buyurtma qilganim uchun, uyimda erkaklar ko‘p. Negadir men ulardan qo‘rqaman, shuning uchun tinchgina bino zaliga chiqib turishga qaror qildim.
Men sotib olgan uy ko‘p qavatli binoning 7-qavatida joylashgan. Bu bino anchagina shinam ekan.
Qiziq, meni qo‘shnilarim qanday insonlar ekana? Shu fikrni miyamdan o‘tkazishim bilan qarshimdagi eshik ochilib, ichkaridan yoshroq bir yigit chiqib keldi.
—Salom, - u menga qarab inglizchalab gapirdi.
—Salom, - men ham unga javoban gapirdim.
U ko‘rinishidan mendan unchalik ham katta bo‘lmagan yigit edi. Uning amerikaliklarga hos yuzi, keng yelkalari hamda amerikancha kiyinish uslubi o‘ziga yarashib turardi.
—Yaqinda ko‘chib keldingizmi? - u amerikancha aksent bilan gapirardi.
—Koreyalikmisiz? - u menga boshdan oyoq nazar solib gapirdi.
—Qo‘shni bo‘lganimizdan xursandman. Mening ismim Xardin, yoshim 20 da, - u jilmayib qo‘l uzatdi.
—Meniki Calia, 18 yoshman, - men ham unga qarab jilmayib, qo‘lidan qisdim. Bu bola ko‘rinishidan yomonga o‘xshamasdi.
—Tanishganimdan xursandman Calia. Nega bu yerda turibsan? - u qiziqib mening uyim tomon mo‘raladi.
—Yangi jihozlar olgandim, odamlar bor, - men uyim tomon imlab gapirdim.
—Xaaa, tushunarli... O‘zing oilang bilanmisan?
—Yo‘q, o‘zim yashayman. Kecha keldim Amerikaga.
—Tushunarli, agar qandaydir yordam kerak bo‘lsa bemalol aytishing mumkin. Faqat kunduzlari doim ham uyda bo‘lmayman, universitetda o‘qiyman.
—Rahmat, - men unga qarab jilmaydim.
U ham javoban jilmaydida, lift tomon yurdi.
—Hohlasang, ertaga kunduzi seni shahar bilan tanishtirishim mumkin, - u lift kutgancha to‘xtab gapirdi.
—Rosdanmi? Xursand bo‘lardim, men bu yerlarni bilmayman.
—Hop kelishdik, ertaga ko‘rishamiz, - liftga chiqib ketdi.
Men judayam xursand bo‘ldim. Bu yerdlarni yaxshi bilmayman, qandaydir do‘st topmoqchi edim. Ko‘rinishidan yaxshi bolaga o‘xshaydi, kamiga unchalik ham katta emasdi.
Jihozlovchilar ishlarini tamomlab ketishdi. Endi uyim yanada shinamlashdi.
Oshxona tomon yurib o‘zim uchun ovqat tayyorlab, yolg‘iz kechki ovqat yedim.
Undan so‘ng dush qabul qilib, xonamga kirdim. Sochlarimni quritib, egnimga yengil kiyim kiydim. Yuzimni parvarishlash niyatida javon tortmasini ochgandim, ko‘zimga Suga sovg‘a qilgan marjon ko‘rindi. Men uni bu kecha yechib qo‘ygandim. Shu payt hayolimda o‘sha tug‘ilgan kunimdagi uning nigohlari gavdalandi. Mehrli va yumshoq nigohlar, mushuksimon ko‘zlardagi yorqin jilovlar...
Zanjirni olib bo‘ynimga qayta taqdim. Men uni qattiq sog‘inyapman. Bu yerga kelganim ahmoqlikdek tuyilyapti. Ayniqsa o‘sha kuni unga aytgan so‘zlarim... Uni qay darajada hafa qildim ekan?
Zanjirni kaftim orasiga olib siqdim, ko‘zlarimdan marjondek yoshlar tomchiladi...
.
.
.