Asrlar ortidagi yuraklar❤️🔥
"Haqiqiy muhabbatni kitoblar aytib berolmaydi, u yurak tubida so‘zsiz bitiladigan hikoyadir."
.
.
.
Uzun bo‘y, sutdek oppoq va mayin teri. Qizg‘ish-olovrang sochlar yelkasidan pastga mayin to‘lqin bo‘lib tushgan, sochlariga monand kamondek qoshlar esa go‘yo uning nigohiga yanada sirli joziba qo‘shganday. Tulkining ko‘zlarini eslatuvchi ko‘zlar va och jigarrang qorachiqlar, ularning atrofini o‘rab turgan qayrilgan uzun kipriklar... Bantik shaklidagi atirguldek qizil lablar va nozik, lekin o‘tkir qirraga ega bo‘lmagan burun. Burun ustidagi mitti hol esa uning siyratini yanada o‘ziga xos qilib turardi...
O‘zining tosh oynadagi aksiga biroz termulgan qiz xona devoriga osilgan soatga bir ko‘z tashlab qo‘ydi.
Qiz shoshgancha xonasidan yugurib chiqdi. Zinalarni ikkitasini bir qilib xatlab tushayotgan qiz ko‘ylagining etagini bilmagan xolda bosib oldi.
Oyoqlar chalkashishi va toyib ketish... Qichqirib yuborgancha yuqori zinalardan dumalab tushayotgan qiz zinaning oxiridagi tutqichga boshi bilan urilgancha to‘xtadi. Boshdan sizib chiqayotgan alvon rang qon...
So‘nggida esa ko‘z oldi qorayishi va butunlay xushsiz qolish...
Oshxonada o‘z ishi bilan shug‘ullanayotgan xonim zaldan kelgan shovqinni deb tezda o‘sha tomon yurdi.
Zalga chiqishi bilan ko‘rgan manzarasidan qotib qolgan ona bir zum butun tanasiga xavotir o‘rmalagancha tek qotdi. O‘zini tutib olgandan so‘ng tezda farzandi tomon yugurdi.
Havoda muallaq qolgan ism. Ona tezda qizining yoniga cho‘kib, ko‘ylagining etagidan yirtib oldi. Qon oqayotgan qismga bosilgan mato bir pasda qizillik bilan belandi.
—Yordamga kelinglar, tezroq...!
Qandaydir eski uslubda bezatilgan keng xona. Xonaning yon tomonida katta qadimiy rom va unga ilingan og‘ir parda. Pardalar orasidan kirayotgan quyoshning zarrin nurlari xonada ilingan surʼat chetlaridagi ingichka tilla xoshiyalarni nim yaltirashiga olib kelardi. Xonaning o‘rtasida joylashgan unchalik katta bo‘lmagan yotoq va yotoqda yotgan qiz...
Boshida qattiq og‘riq bilan uyg‘ongan qiz sekin ko‘zlarini ochib atrofga nazar tashladi. Qachon uxlab qolganiyu, nega boshi bu qadar qattiq og‘riyotganini tushunmagan qiz asta o‘rniga o‘tirib atrofga nazar tashladi.
Xuddi hech qachon yashamagandek hech nimani eslay olmaslik...
Qiz ko‘zlarini qattiq yumib birnimalarni eslashga urinib ko‘rdi. Afsuski foydasiz... Go‘yo miyasini bir parda qoplab olgandek hech nimani eslay olmayapti. Shu paytgacha hech qachon yashamagan insondek ko‘zlarini ochdi.
G‘alati hissiyot...
Ko‘zlarini og‘ir yumgan qiz o‘zini yana yotoqqa tashladi.
Biroz vaqtdan so‘ng xona eshigi ochilib ichkariga ustiga qandaydir uzun qadimiy ko‘ylak kiyib olgan ayol kirib keldi.
Xonaga kirib kelgan ayol to‘g‘ri borib pardalarni ikki yonga tortdi. Endi quyosh nuri butun xonani yoritib yubordi.
—Qachondan beri uxlaysan, endi o‘rningdan turishing kerak.
*Qiziq, hech nimani eslolmayapman. Bu ayol menimcha onam bo‘lsa kerak. Men kimman o‘zi...? Bu ayol meni Calia deb atadi. Demak ismim shunday...
—Oyi... - qiz ikkilangancha ayolga murojaat qildi.
—Labbay - ayol sekin yurib qizi yoniga o‘tirdi.
—Men hech nimani eslay olmayapman, hatto o‘z ismimni ham... - qiz boshini quyi solgancha onasiga gapirdi.
Ayol qizini quchog‘iga olgancha boshidan siladi.
—Sen bir necha kun xushsiz bo‘lding. Biz juda qo‘rqdik... Menimcha shuning asorati. - qizning boshini silagancha gapirdi.
—Asta sekin barchasini eslaysan. Xavotir olma, tabiblar barchasi yaxshi bo‘lishini taʼkidlashdi. Hozir esa senga biroz maʼlumot beraman. Isming aslida Belladonna. Lekin otang seni Calia deb chaqirishni istagani uchun barcha seni Calia deb ataydi. Velmora oilasining qizisan. Yoshing 20 da.
O‘zingni biror nimani eslay olmayapman deb siqma. Barchasi o‘z o‘rniga tushib ketadi, faqat vaqt kerak.
Ayol shunday degancha o‘rnidan turdi.
—Qani endi o‘rningdan turib o‘zingga qara. Otang kutib qoldi, nonushta qilamiz. - ayol shunday degancha xonani tark etdi.
Qiz o‘rnidan turib yuvinish xonasiga kirib yuz qo‘llarini yuvdi. Javondagi ko‘ylaklar orasidan oq shoyidan tikilgan, yelkalari biroz ochiq bo‘lgan ko‘ylakni tanlab oldi.
Ko‘ylakni egniga kiyib, to‘lqinsimon sochlarini yuqori qismini biroz yig‘ib mitti, pushti bantik o‘rnatdi. Sochining pastki qismini esa ochiq yelkalari ustidan erkin tashlab qo‘ydi.
—Demak Calia Velmoraman yoki Belladonna... Menimcha Calia ismi qulayroq.
Menga nima bo‘lgan o‘zi? Bu holatda qanday yashayman endi, xatto o‘z ismimni ham eslolmasam...?
E xudoyim, barchasini tezroq eslashni xoxlayman!
Ko‘ylagim etagini to‘g‘irlagancha xonamdan chiqdim. Yo‘lakdan yurib borarkanman, devordagi suratlar etiborimni tortmay qolmadi. Hammasi o‘ziga hos...
Yo‘lakdan o‘tib unchalik katta bo‘lmagan zalga chiqdim. U yerda ixcham qilib stol bezatilgan edi.
Stolning bosh tarafida bir erkak viqor bilan o‘tiribdi. Menimcha u otam bo‘lsa kerak. Uning yon tarafida oyim, oyimning yonidagi stul esa bo‘sh edi. Menimcha u mening o‘rnim. Menda aka-uka yoki opa-singil bormikin? Yoki yagona farzandmanmi?
—Hayrli kun, - biroz egilib hurmat ko‘rsatgancha, ular bilan salomlashib, o‘rnimga o‘tirdim.
—Sengayam hayrli. Ahvoling yaxshimi Calia? - otam menga o‘tkir nigohlarini tikkancha savol berdi.
—Ahvolim yaxshi, faqatgina hech nimani eslay olmayapman... - asabiylikdan tirnoqlarimni o‘ynay boshladim. Bu qanday odat bilmadimu, avval buni ko‘p qilgandekman.
—Hammasi o‘z o‘rniga tushib ketadi. Endi nonushtangni qil, - otam bizni ovqatlanishga imo qildida, o‘zi bir bo‘lak sosiskadan qirqib, og‘ziga joyladi. Ko‘rinishidan otam anchagina qattiqqo‘ldek edi.
Men ham ovqatlanishni boshladim, ular juda ham mazali edi.
Nonushta qilib bo‘lib, o‘rnimdan turmoqchi bo‘ldim. Endi ko‘tarilishimga otam qo‘llaridagi qadahni stol ustiga qattiq qo‘yib, onamga o‘tkir tikildi.
Onam menga o‘tir degandek imo qilgandan so‘ng, joyimga qayta o‘rnashdim. Qilgan ishim hato bo‘ldi chamamda.
O‘turganimdan so‘ng otam tomoq qirib gap boshladi.
—Calia, bugun dugonang bilan anhorning narigi tarafidagi onaxonning kulbasiga borib kelinglar.
—Ho‘p bo‘ladi ota, - men anhorni ham, kulbani ham qayerdaligini bilmasdim. Lekin otamning qattiqqo‘lligiga amin bo‘lganimdan so‘ng, buni unga aytolmadim.
—Bilaman yo‘lni bilmaysan, lekin xavotir olma. Dugonang bu yerlarni yaxshi biladi. Kulbaga borsangiz, onaxon senga nima berishni biladi. Uni menga extiyotlab yetkazib kel.
—Endi turishingiz mumkin, - otam shunday degancha o‘rnidan turdi.
U xonadan chiqishi bilan onam gap boshladi.
—Qizim otang seni yaxshi ko‘radi, lekin biroz qattiqqo‘l. Shuning uchun uni jahlini chiqarmay, aytganini bajarsang, otang senga xoxlagan narsangni muhayyo qiladi. Biz zodagonlar oilasidanmiz, otang turli davlatlardan qimmatbaho buyumlardan savdo qiladi. Safaridan oldin istagan narsangni so‘ra, u senga olib keladi. Ahir yakkayu yagona qizisan. Faqatgina o‘zingni shunga munosib tut, doim aytganlarini so‘zsiz bajar, - onam gapini tugatib, boshimni silab o‘pib qo‘ydi.
—Ho‘p bo‘ladi onajon, - men ham onamni quchib qo‘ydim.
—Qani endi bor, Sera bilan otangni aytganlarini bajar, - onam meni qo‘yib yubordi.
—Ha aytgancha, Sera kelib qolgan bo‘lsa kerak. Boya uni chaqirtirib qo‘ygandim. U ham biz kabi zodagonlar oilasidan.
Men oyim bilan gaplashib tashqariga chiqdim. Darvoza oldida pushti shoyidan tikilgan ko‘ylakli, tim qora uzun sochlarini yozib olgancha, pushti bantik taqib olgan qiz kutib turardi. Ko‘rinishidan bu qizda pushti rangga ishtiyoq bordek.
—Salom Calia, - u menga yaqinlashib, yelkamda quchib oldi.
—Bir necha kunlardan beri yo‘qsan, onang ahvoling yaxshi emasligini aytgandi. Ancha yaxshimisan? - u xavotirlangancha menga boshdan oyoq nazar tashladi.
—Ancha yaxshiman. Lekin hech nimani eslay olmayapman, - men peshonamni silagancha gapirdim.
—Eh mayli, eslashingga o‘zim yordam beraman. Qani endi yur, yo‘l yo‘lakay barcha yerni tanishtirib o‘taman, - Sera shunday degancha qo‘limdan tortib, yo‘l boshladi.
—Meni ismim Sera. Sen bilan yoshlikdan qalin dugonalarmiz. Yoshlarimiz ham teng. Men sen haqingda hamma narsani bilaman. Sen ham bilarding, lekin hozir xotirang sababli unutgansan. Barchasini eslashingga urunib ko‘ramiz, - u yo‘lma yo‘l menga o‘zi, boshqalar haqida ko‘p gapirib ketdi.
Biz qandaydir anhordan o‘tib bir uyga bordik. U yerdan bir yoshi katta ayol bizga qandaydir qutichani xaltaga solib berdi. Biz Sera bilan gaplashgancha ortga qayta boshladik.
Sera juda ham quvnoq qiz, bizning harakterlarimiz deyarli bir xil edi.
—Qara Calia, bu sen yoqtirgan Kameliya guli, - Sera yugurgancha anhor bo‘yidagi bog‘ga kirib ketdi. Men ham uning ortidan yugurdim.
U tezda gulni novdasi bilan chiroyli qilib uzib oldi.
—Bu senga, - u jilmayib gulni menga tutdi. Rosdan ham chiroyli gul ekan.
—Rahmat Sera, - men ham jilmayib gulni oldim.
—Bu juda ham chiroyli. - men gulni chakkamga o‘rnatib oldim.
Shu payt qandaydir shovqin eshtilib, qushchaning chirillagan ovozi eshitildi.
Daraxt shoxida o‘tirgan qushning qanoti ustidan kamon o‘qi yaralab o‘tgandi. Tezda qushchaning yoniga borib, uni qo‘limga oldim. Negadir ko‘zimdan yosh chiqdi, qushchaga rahmim kelgandi.
Ortimga qaraganimda ikkita ot mingan yigit turardi. Ularning birini qo‘lida esa kamoni bor.
Men qushchani qo‘limga avaylab ko‘tardimda, yigitlar tomon qovog‘imni solgancha yurib bordim.
Ular bir birini ustidan kulgancha otdan tushdi.
—Sizlar! Qanday qilib beozor jonivorga zarar yetkazishingiz mumkin! - asabiylik bilan ularning to‘g‘risiga borib, yosh bilan to‘lgan nafratli ko‘zimni tikdim.
—Bu qanday jasur qiz bo‘ldi? - ulardan biri meni mazahlagandek kuldi.
—Siz nodonlar... - men uni tepmoqchi bo‘lib yaqinlashdim. Shu onda ortimdan Serani xavotirli ovozi keldi.
—To‘xta, - u menga shunday degancha, ikki bolaga tazim qildi.
—Mazur tutasiz shahzodalar. Dugonamni ahvoli yaxshi emasdi, - u menga manoli qarab qo‘ydi.
Shahzodalar? Bu ikkita noshud qanday shahzoda bo‘ldi?!
Sera tezda meni qo‘limdan tutdida, uyimiz tomon sudray boshladi.
—Tentak, ular shahzoda Jungkook va shahzoda Taehyung! Sen ularni oldida odobsizlik qilding! - u ortiga qarab qarab meni olib keta boshladi.
—Men emas, aslida ular odobsiz! Shahzodalarmish, g‘irt noshudni o‘ziku! - men dugonamdan qo‘limni tortib olib, yura boshladim.
—Eh, oldingi yuvosh Calia qayoqqa ketdi aaa? - Sera yana meni sudragancha tortib ketdi.
Biz u bilan uyga kirib, otamga buyumini topshirdik. Otam esa bizdan mamnun bo‘lgancha, istagan ishimizni qilishimizga ruhsat berdi.
.
.
.