May 10, 2025

Savage🕸

Muallif: Calia🫧 Episode:16

Kanal: mufficc

"Amor et mors eadem sunt"

...

Calia/pov

Qorong‘ulikdan chiqib kelayotgan qop qora kiyimli odam to‘g‘ri men tomon bostirib kelardi. Ko‘zlarimni qisib, yaxshilab yuzini ko‘rishga xarakat qilyapman.
Yo‘q.... Iloj yo‘q.
Men ming chiranmay uni yuzini ko‘rolmayapman. Qora sharpa men tomon to‘g‘ri odimlab kelardi. Men ortga harakat qilmoqchi bo‘ldim, iloj yo‘q. Harakatlanolmayapman...
Sharpa tobora menga yaqinlashib kelardi. Baqirmoqchi bo‘ldim, buni ham iloji yo‘q. Ovozim huddi meni tashlab qayoqqadir ketgandek. Ich ichimdan yordam so‘rayapman, xuddi kimdir eshitadigandek...

Qora sharpa deyarli meni tepamda turibdi. Uning sovuqligi butun tanamni muzlatib yuboryapti. Menimcha bu ajal... Men o‘lyapman...

Shu on yer siltanib ketdi. Ko‘zlarimni ochdimu, quyoshning kuchli yorug‘ligidan yana mahkam yumdim. Sekin ko‘zimni ochib, atrofga alangladim. O‘zimning yangi xonamdaman.

Bu tush... Shunchaki qo‘rqinchli tush...

Kecha tunda qandaydir shovqindan qo‘rqqanimdan, boshimni choyshabim ostiga o‘ragancha noto‘g‘ri yotib olgan ekanman. Qo‘rqinchli tushning sababi shu bo‘lsa kerak. Miyaga kislorod yaxshi yetib bormasligi natijasida miyam yaxshi ishlamagan shekilli)

—Aytgancha shovqin...

Tezda o‘rnimdan turib kecha shovqin kelgan xonaga chiqdim. Xona kecha uxlashimdan oldin qanday bo‘lsa shunday turibdi.
Eshik tomon borib tortib ko‘rdim. Lekin eshik ochiq, qulflashni unutibman.
Butun tanam muzlagandek bo‘ldi... O‘g‘ri kirdimikin? Lekin hammayoq joyida.
Yoki bu ham qo‘rquvdan kelib chiqqan illuziyamikin?
Uhhh, menga birnima bo‘lyapti...

Miyamdagi fikrlarni tarqatish uchun, qahvaga limon qo‘shib damladim. Bu meni anchagina yengillashtiradi.
Qahvamni tugatib, uyimni bir qator yig‘ishtirib chiqdim, kino kordim. Lekin baribir zerikdim...

Oxiri egnimni almashtirdimda, Hardinni yoniga chiqishga qaror qildim. Agar yana ozgina bu yerda o‘tirsam, aniq siqilishdan o‘laman.

Eshik oldida turib o‘ylab qoldim.
—Kirsammikin yoki yo‘q?
Yo‘q, baribir kiraman. Nima qilibdi u meni do‘stimku.
Eshikni qo‘ng‘irog‘ini bosdim, jimlik... Yana bi bor bosdim. Birozdan so‘ng eshik ochilib, ortidan Hardin ko‘rindi.

—Hayrli tong, - u uyqusragancha ko‘zini ishqalab chiqib keldi.

—Sengayam hayrli tong. Uzr Hardin, bezovta qildim shekilli

—Yo‘q, yo‘q o‘zi uyg‘onishim kerak edi. Qani kir ichkariga

U shunday deb kirishimga imo qildi. Men uning ortidan kirdim. Uning odmigina qilib bezatilgan uyi biroz to‘zg‘igandi.

—Betartiblikka etibor bermaysan, - atrofga alanglab turganimni ko‘rib gapga soldi.

—Vaay, yo‘q hech qisi yo‘q, - men hijolat bo‘lib unga qaradim.

—Sen shu yerda o‘tirib tur. Men dush qabul qilib chiqay.

—Aha, shu yerda bo‘laman

U oshxonadan chiqib, boshqa xonaga kirib ketdi. Ko‘zlari qizargan, ostki qismi qoraygan xolatda u xuddi kechasi bilan uxlamagan odamdek ko‘rinardi.

Men oshxonani bir aylanib chiqdimda, u uchun qahva tayyorlamoqchi bo‘ldim. O‘zimga kerakli narsalarni topdimda, qahva tayyorlashga kirishdim. Qiziq, u shunchalar kam ovqatlanadimi yoki ko‘chadan sotib olib yermikin? Chunki bu uerda deyarli hech nima yo‘q)

Birozdan so‘ng u oshxonaga kirib keldi
—Nimalar qilyapsan?

—Senga qahva tayyorladim, - men uni stolga o‘tirishini imo qilib, yoniga qahva qo‘ydim.

—Quymoq ham qilmoqchi edim, lekin kerakli narsalar yo‘q ekan.

—Men odatda nonushta qilmayman, - u yelka qisgancha qahvadan ho‘pladi.

—Bu ajoyib! - u qahvadan mamnun bo‘lgandek jilmaydi.

—Yoqqanidan xursandman, - men ham uni yonidagi stulga joylashdim.

—Bugun o‘qishga bormadingmi?

—Yo‘q, bizda bu hafta darslar yo‘q. Onlayn xolatda kompyuterda ishlaymiz.

—Zorku, qanday yo‘nalishda o‘qiysan?

—IT sohasida o‘qiyman, - u bir ko‘tarishda qahvani tamomladi.

—O‘zing qanday yo‘nalishda o‘qimoqchisan?

—To‘g‘risi bu haqida o‘ylab ko‘rmadim. O‘zi bu yerga kelishim tasodifan ro‘y berdi. Sen nima tavsiya qilasan?

—Mmm, o‘ylab bir yo‘lini topamiz.

Biz Hardin bilan uzoq gaplashdik. U menga o‘qishi, do‘stlari haqida gapirib berdi. Men esa unga bir paytlar bo‘lgan do‘stlarim haqida, ota onam vafot etishgani haqida gapirib berdim. Vaqt qanday o‘tib ketganini ham sezmadik.

—Calia, men qo‘ng‘iroqqa javob bermasam bo‘lmaydi, - u jiringlayotgan telefonini olish uchun boshqa xonaga chiqdi.

Birozdan so‘ng egniga charm jiket kiyib chiqib keldi.

—Kechir Cali, men bormasam bo‘lmaydi. Zarur ish chiqib qoldi, - u xovliqqancha kerakli narsalarini ola boshladi.

—Tinchlikmi?

—Ha tinchlik, biroz muammo bor.

—Mayli, maroqli suhbat uchun rahmat, - men shunday deb uyidan chiqdim.

U ham hovliqqancha pastga tushib ketdi. G‘alati, birdaniga o‘zini boshqacha tutishni boshladi.

Men yana zerikishni davom ettirish uchun xonamga kirdim.
Shu payt telefonim jiringladi. Tezda videoqo‘ng‘iroqqa javob berdim. Xursandligimni chegarasi yo‘q.

📞Salom Calia, ahvollaring yaxshimi?

—Anna, dugonajon seni judayam sog‘indim, - xursandligimdan ko‘zim yosh to‘ldi. Bu yerga kelganimdan beri umuman u bilan gaplashmagandim. Chunki u meni ketganimdan hafa edi.

📞Men ham seni sog‘indim, yaramas qiz, - u ham ko‘zlariga yosh to‘ldirdi.

📞Hoy, hoy qizlar tragediya qilmasangizchi e! - telefonning narigi tomonidan Eunwooning ovozi keldi.

📞Hoy, salom malika

—Eunwoo, yaxshimisan?

📞 yaramas qiz, nega bir og‘iz aytmay ketting? Sen qochoq malikasan.

📞Hoy Nunu, men ham gaplashay, - ular xuddi yoshboladek telefon talashishni boshlashdi. Bu esa mening tabassumimga sabab bo‘ldi.

—Hoy hoy, tortishmasangizchi. Men ikkalangizni ham judayam sog‘indim.

📞Calia, dugonajon qaytsangchi, - u miltiragan ko‘zlari bilan qaradi.

—O‘zimda ham hohish bor, lekin shunisi yaxshi deb o‘ylayman. Sababini bilib bu haqida gapirma iltimos.

📞Anna, bo‘ldi uniyam ezma. Ho‘sh malika, u yerlar qanday ekan?

—Yaxshi, men o‘zimga yangi do‘st topdim.

📞A: Hammaga ham ishonib qolma

📞E: Anna to‘g‘ri aytadi, extiyot bo‘l.

—Yo‘q u yaxshi bola

📞E/A: Nima bo‘lganda ham! - ikkalasi teng aytganiga, uchalamiz ham teng kulib yubordik.

—Sizlar bir biringizga juda ham mossizlar, - men ularga jilmaydim. Eunwoo esa Annaga maʼnoli qarab qo‘ydi. Bu qarashlar birnimalar haqida gapirardi.

📞A: Hoooy hechamdaa!

📞E: Siz ham akam bilan uzukka ko‘z qo‘ygandek edingiz, - u tirjaygancha gapirdi. Anna esa unga kinoyali nigoh tashladi.

—Mayli do‘stlar, hayrli tun. Meni biroz ishlarim bor, - suhbatni ortiq davom ettirishni istamay, go‘shakni qo‘ydim.

Negadir ularning gapidan keyin Yoongi esimga keldi. Rosdan ham biz bir birimizga mos bo‘lishimiz mumkinmidi? Menimcha yo‘q... Uning tabiati umuman boshqacha. Bosiq, huddi muzga o‘xshardi. Muz bo‘lagi...
Lekin uning so‘nggi so‘zlari va qarashlari.... Ular mehrga to‘la edi. Men esa shunchaki ketdim... Shu mehrli ko‘zlarni tashlab keta oldim...

Ko‘zlarimga yana yosh qalqidi. Uni juda ham sog‘indim, juda juda....
.
.
.

Suga/pov

—Qurollar sotib bo‘lindimi?

—Xa janob, hammasi reja qilingandek bo‘ldi.

—Yaxshi, keyingi partiyani muammolariz yetib kelishini taminlang.

—Ho‘p bo‘ladi janob. Ha aytgancha, uni nima qilay?

—O‘ldir. Bizda undaylarga o‘rin yo‘q.

—Hop bo‘ladi, - u shunday degancha chiqib ketdi.

Men xonamda o‘tirgancha, boshimni ortga tashladim. Ishlarim hozircha yaxshi. Bir ikki jonidan to‘yganlar o‘ynashmasa, deyarli hamma nazoratimda.
Sovuqqonlik bilan yondashish yaxshi. Bu xislat menga otamdan o‘tgan. Otam deyarli menga mehr bermagan, ota bo‘lmagan. Men otamni faqat bosim beruvchi sovuqqon ustoz sifatida taniganman.

Otam doim menga:
"Rahm qilish — dushmanga qurol tutqazishdir, sovuqqonlik esa hukmronlik san’atidir. Sen hech qachon hissiyotlar va yurak bilan emas, aql bilan ish tutgin, shundagina sen hokimiyatning ustuni bo‘lasan" derdi.

Men shunday qildim, har doim hissiyotga berilmay, aql bilan ish tutdim. Shu sovuqqonligim tufayli barcha mendan hayiqadi.

Men so‘zlar bilan emas, amallarim bilan barchaga kimligimni ko‘rsatib qo‘ydim. So‘zlarni ham ishlatish kerak, lekin ko‘p emas. Kam bo‘lsin, lekin shu bir og‘iz so‘zing dushmanni og‘zini yopib qo‘ysin. Lekin hech qachon bajara olmagan ishim bilan gapirmaganman. Bu mening prinsipim.

—Janob mumkinmi?

—Ho‘sh nima gap?

—Janob sizga taklifnoma bor.

—Ho‘sh...?

—Los Angelesdagi Antoni Lorenzo sizni shaxsan to‘yiga tashrif buyurishingizni xohlayapti. 2 kundan keyin to‘y.

—Rejalarimda u kun bo‘shmi? - u gapimdan biroz o‘ylanib qoldi.

—Janob, u kuni sizda uchrashuv bor. Biznes loyiha masalasida, - u gapirarkan viskiyimdan ho‘pladim.

—Lekin to‘yga borishingiz kerak deb o‘ylayman. Chunki u sizning dushmaningizga yaqin inson. Shu bilan birga agar uni biz tarafga og‘dirsak, mollarimizni unga sotishimiz mumkin.

—Yaxshi, uchrashuvni keyinga sur. Boramiz Los Angelesga.

U xonadan chiqishi bilan o‘ylanib qoldim. Menda imkon bor. Uni ko‘rish uchun imkon va bahona bor. Balki taqdir yo‘llari bizni yana birlashtirishi mumkindir....

O‘ylab qoldim, shunday muzni ham erita oladigan bu ayoldir. U meni yuragim tubidagi muhabbatni jonlantira olgan yagona qiz.
Men harakat qilmadim, olib qolishga harakat qilmadim. Lekin endi aniq uni qaytaraman!
.
.
.

Calia/pov

O‘zimga kechlik uchun birnimalar tayyorladim. Biroz ko‘proq tayyorlaganim uchun, ularni likopchaga soldimda do‘stim uchun olib chiqishga qaror qildim. Menimcha u o‘zi uchun hech nima tayyorlamagan.

Uyimdan chiqib, uni eshigini taqillatib biroz kutdim. Lekin hech kim chiqmadi, menimcha uyda emas. Ortiq bezovta qilishni istamay qaytib kirdim. Oshxonadan taom hidi biroz kelgani uchun xonani shamollatmoqchi bo‘lib oynani ocharkanman, binodan xovliqqancha chiqib ketayotgan Hardinga ko‘zim tushdi.

U shu kunlarda o‘zino boshqacha tutyapti. Hozir ham qop qora kiyimlar kiygancha, katta sport sumka ko‘tarib qayoqqadir ketyapti.

Ha mayli degancha ovqatlanish uchun o‘tirdim. Yolg‘iz yashash qandaydir zerikarli. Hayolimdan Sugani uyidagi birgalikda ovqaglanganlarimiz o‘tdi. Biz huddi bir oiladek edik.
Min xonim, Anna, Eunwoo va u...

Men ularni sog‘indim, ayniqsa Suga.... Men tushunib yetdim. Uni juda ham sevaman... Shunchaki o‘sha oayt payt tan olishni hohlamadim. Ahmoqdek uni ko‘nglini og‘ritdim...

Shu payt, eshik shovqin bilan ochildi. O‘tirgan o‘rnimdan sapchib ketdim. Kechasida kim bo‘lishi mumkin?

—Hoy chiq buyoqqa....

Eshik tarafdan erkak kishilarning bo‘g‘iq ovozlari eshitildi. Tanam titrayapti... Men bunday xolatlarga ko‘p bor tushganman.

Tezda oshxona pichog‘ini qo‘limga olib, devor orqasiga yashirindim.
Shovqin tobora yaqinlashib kelyapti...

—Chiq, bizdan yashirinolmaysan!

Shovqin menga yaqinlashishi bilan, pichoqni mahkam ushlab odam kelayotgan tarafga urdim.
U odam chaqqonligi aniq edi. Men faqatgina uning yelka qismini jarohatlay oldim holos...

—Ahhh, yaramas qiz, ushla uni... - u yelkasini qattiq qisgancha, sherigiga buyirdi. O‘ylashimcha mo‘ljaldan adashgan bo‘lsam ham, pichoq bilan yaxshigina yaraladim.

—Kimsizlar???? - qichqirgancha ortga yura boshladim.

—Demak, qizbola ekansanda? - sherigi jirkangandek qarab men tomon yurdi.

Men ortiq chekinishni istamay, xujumga o‘tdim. Bilaman kuchim yetmaydi, lekin nozik joylar... Ko‘zlar, bo‘yin, qorin va ko‘krak qafas oralig‘i...
Suga menga jang qilishni o‘rgatgan.

Menga yaqinlashib kelayotgan odamga tezda yaqinlashib oyoq panjasi ustiga stul bilan urib chalg‘itdim, - Suga aytgandek, chalg‘itish uchun og‘riqli nuqta shu yer.

—Ah sen iflos, hali jang qilishni ham bilaman de, - u odam ingragancha menga tashlanib ketdi.

Men epchil harakat bilan uning bo‘yin qismining oldiga qattiq urdim. Bu odamni nafas olishini qiyinlashtiradi. Men bular bilan qattiq kurasholmayman, shuning uchun ham chalg‘ituvchi yo‘llardan foydalanaman.

Uning egilib qolganini ko‘rib, tezda xonadan otilib chiqdim. Nafas olishim shunchalik tezki, hatto miyam qisa boshladi. Bu yerda meni himoya qiladigan Sugam yo‘q... Hardin ham....

Lift tomon yugurib, tugmalarini pala partish bosdim. Lift 1-qavatda bo‘lgani uchun kutishga majburman.

—Bo‘laqolsangchi.....

Shovqin eshitilib, xonadan birinchi yaralagan odamim chiqib keldi. Ko‘zlari nafratga to‘lgan xolda men tomon kela boshladi.
Lift kelishi bilan o‘zimni ichiga otdim, barmoqlarin tugmani qattiq ezdi. Nihoyat eshik yopilyapti...

Shu on kuchli qo‘llar, lift eshigini to‘xtatib qoldi.
Yo‘q..... Tutildim...

—Sugaaaaaaaaa!
.
.
.

Min Yoongi

Jeon Calia

.
.
.