The Villain's Captive⛓️
Episode:12
Channel: Alores mufficc
Author: Alores Calia
.
.
Menga yaqin yur va iloji boricha uzoqlashma. Bu yerning odamlari...
—Bilaman bu bizning davlat emas. Fransiyaga kelganimizdan buyon menga shuni uqtiryapsan! - men Taehyungning gapini kesib tashlagancha, oldinga o‘tdim. Uning asabi taranglashgini aniq sezib turibman va bundan mening lablarim kichik jilmayishdan ko‘tarildi.
Yurib ketar ekanman, tirsagimdan maxkam qisgan qo‘llar meni yurishdan to‘xtatib, ortga o‘girilishimga majbur qildi.
—O‘ldirib ketishsa ham menga farqi yo‘q aslida. Qaytanga o‘ylagan ishimga osonroq erishaman, lekin sening kichik yordaming kerak menga. Shunday ekan shunchaki maqsadsiz o‘lib ketishinga jim qarab turolmayman Madmuazel~
U yoqimsiz iljaygancha, mendan oldinga o‘tib ketdi. Mister Kibr! Hali bazm boshlanmasidan meni kayfiyatimni yaxshigina tushirdi. U hech qachon meni mazaxlashdan charchamaydi.
Ichimda so‘kingancha, men ham uning ortidan bar ichkarisiga ergashdim. U eshik oldida to‘xtab, ortga o‘girildi. Men ham unga parvo qilmay, yoniga turdim. U qo‘lini belimdan o‘tkazib, tanasiga tanamni bosdi.
—Hoy qo‘lingni tort! - men qo‘llariga yopishgancha belimdan olishga urundim. Men uning bu qilig‘idan biroz shoshib qolgandim.
—Shsh, bu yerdagi hamma erkakning ham niyati yaxshi bo‘lavermaydi, - u menga shunday degancha, qo‘riqchi tomon o‘girilib fransuzchalab gapira ketdi. Uning fransuzcha talaffuzi ham kulguli ham yoqimli tuyuldi ayni payt. Lablarimni qimtib, kulib yubormaslikka harakat qilarkanmab, qo‘riqchinung menga hayron qaraganini payqadim.
—Daeheon birlashmasi azolari, - Taehyung qo‘riqchiga o‘zini tanishtirdi.
—Oh, kelganingizdan behad xursandmiz! Yoqimli hordiq tilayman!
Ichkariga kirar ekanmiz, bizni qizil chiroqlar bilan yortilgan katta musiqiy bar o‘rab olgandi. O‘rindiqlar, ko‘pchilik buyumlar qizil rangda bo‘lib, odamning hislarini butunlay chalkashtirgancha o‘ziga tortib turardi.
Yig‘ilgan odamlar tomon yurarkanmiz, uning tutqichidan qutilishga xarakat qildim. Afsus natija salbiy... Tutqichlari bo‘shashi o‘rniga battar belimni qisib qo‘ydi. Qovog‘imni uygancha unga qararkanman, u hatto menga etibor ham bermadi. Yuzida yoqimsiz jilmayish bilan meni ham o‘ziga qo‘shib odamlar orasiga olib kirdi.
—Oh là là, bienvenue! Kelishingiz bilan bizni xursand qildingiz Janob Kim! - odamlar orasidagi qizil kostyum shim va shlyapa kiygan soqolli fransuz erkak bizni ko‘rgach, tirjaygancha Taehyungga qo‘l uzatdi.
—Taklifingizni yerda qoldirishni istamadik, janob Morel, - Taehyung ham uning qo‘lini qisgancha javob qaytardi.
—Siz esa Kim xonim bo‘lsangiz kerak?! Adrien Morel! - erkak men tomon qo‘l uzatdi. Yonimdagi to‘nkaning qo‘llari hali hamon belimda ekanligi endi yodimga tushdi. Men asabiy nigohlarimni Taehyungga qaratdim, u meni mazah qilgancha iljayib turardi.
—Adashdingiz janob, Min Calia! - qarshimdagi erkakga muloyim jilmayib, qo‘lini qisdim.
—Ah! Bu uchun uzr so‘rayman, menimcha hali Kim xonim deyishga vaqtli. Bu familiya sizga yarashgan bo‘lardi, - u kaftimning ustiga labini bosgancha ho‘l o‘pich qoldirdi. Men esa bu yoqimsiz qiliqdan qoshlarimni chimirdim.
—Albatta janob! Siz bilan qayta ko‘rishganda bu xonim shu familiyada bo‘ladi! - Taehyung belimni qattiqroq qisgancha, vaxshiy ko‘zlarini birlashgan qo‘llarimizga tikdi. Qarshimdagi odam esa tezda qo‘llarimni qo‘yib yubordi.
—Ahmoq! Qanaqasiga seni bu familiyangda bo‘laman?! Qo‘lingni ol mendan! - men vishilagancha koreyschalab gapirdim. U esa javoban faqatgina irshayib qo‘ydi.
Biroz vaqtdan keyin Taehyun qolganlar bilan ham ko‘rishish uchun meni qo‘yib yubordi. Ko‘ylagimni to‘g‘irlagancha, undan uzoqlashib barmen qarshisiga o‘tirdim. O‘tirishim bilan qo‘limdagi telefonga xabar keldi.
📩 Sen ochiq va kalta ko‘ylak bilan tanangni kimga ko‘z ko‘z qilayapsan Petal? O‘ylashimcha mening jazolarimni anchayin sog‘inibsan shundaymi azizam? Ochiq bellaringa o‘ralgan qo‘llarni bittada maydalab tashlashimnj bilasan. Shunday ekan o‘zingga extiyot bo‘l nozik gulim!
Xabarni o‘qishim bilan atrofga alangladim. Menga boqib turgan xar qanday ko‘z meni qo‘rqityapti. Tanam esa bu xabardan beixtiyor mayin titradi. Bu Dante... U meni hech qachon etibordan chetda qoldirmaydi!
—Menga eng o‘tkir ichimligingizdan bering, - barmenga buyirgancha chuqur nafas chiqarib, o‘rindig‘imga yaxshiroq joylashib oldim.
Barmen menga otkir hidli ichimlik berdi. Menda bu ikkinchisi, birinchi marta Taehyung bilan ichgandim. Bunday bazmga kelishim ham ikkinchi marotaba edi. Eslayman birinchi marotaba barga borganimda bir yosh ustozimning tug‘ilgan kuni edi. O‘shanda otamdan arang ruhsat so‘rab borgandim, albatta qo‘riqchilar bilan. Hozir esa mutlaqo erkinman. To‘g‘ri meni kuzatishyapti, lekin ular yonimda emas menga azob bera olish uchun. Shunday ekan bugungi bazmdan faqat rohatlanaman! Barchasini shu on bo‘lsa ham yodimdan chiqargan holatda, istaganimni bajaraman! Bu bazm aynan men uchun deb tasavvur qilmoqchiman.
Yon tarafimga joylashgan erkakni endi payqagancha, u tomon yuzlandim. Shunchalik ichishga berilib ketganimdan, yonimga kim kelib o‘tirganini anglolmay ham qolgandim. Men qadahlar sanog‘ida adashdim, juda ham ko‘p ichdim!
Ko‘zlarimni yengil pirpiratgach, aniqroq ko‘rish uchun biroz ko‘zlarimni qisib u tomon qaradim. Qarshimda sochlari to‘lqinsimon sariq, jag‘ suyaklari yaqqol ajrab turgan, yuzida yoqimli jilmash gavdalangan fransuz yigit qadah ushlagancha o‘tirardi.
—Quyoshcha?! Nega endi quyoshcha? - so‘zlarim tutulib chiqqanidan, u kulib yubordi.
U men tomon biroz egilib yaqinlashdi.
—Chunki chiroqlarning qizil nurlari ostida o‘zgacha nur taratyapsan, - uning ko‘z qorachiqlari sochlarim orasida aylangancha, ko‘zlarimda to‘xtadi. U hushomad qilishga ustadek tuyildi.
—Xushomad qilishing shart emas! Go‘zalligimni bilaman, - qo‘limdagi ichimlikdan ho‘plarkanman, uning kulgusi qulog‘imda jarangladi.
—Bu xushomad emas! Mmm... Mayli buni qo‘ya turing, - u o‘rnidan turgancha, bir qo‘lini belining ortiga olib, ikkinchisini men tomon uzatdi.
—Madam, sizni raqsga taklif qila olamanmi? - u kulib bir ko‘zini qisib qo‘ydi.
Men biroz o‘ylanib turarkanman, biz tomon qaratilgan o‘tkir nigohni butun tanam bilan his qildim. Nigohlar egasiga qarar ekanman, u qo‘lidagi ichimlikni ichib, yonidagi sheriklariga gapirdi. U gapirib turish mobaynida mendan ko‘zlarini uzgani yo‘q.
—Nega o‘ylanib qoldingiz? Bazmdan zavqlansangizchi!
Rosdan ham nega o‘ylanishim kerak? Men erkin bo‘lishni istayman va ayni damda shu yigit bilan raqs tushmoqchiman!
—Albatta! Sizdek kelishgan yigit bo‘ladiyu men rad etamanmi? - kulgancha uning qo‘lidan tutdim, xushomad qilishni ham unutmadim.
U kulib qo‘ygancha, qo‘llarimdan ushlab meni sahnaning markaziga tortib keldi. Atrofda mayin musiqa yangrarkan, uning bir qo‘li belimdan tutib o‘ziga yaqin tortdi. Uning issiq kafti mening belimgacha ochiq bo‘lgan ko‘ylagimdan terimga tegarkan, umurtqamdan yengil titroq o‘tdi.
Biz u bilan musiqaga mos ravishda tanamizni harakatga keltirardik.
—Siz ajoyib raqsga tushar ekansiz, qoil! - to‘g‘risi uning yengil harakatlanishiga qoil qoldim.
—Sen ham qolishmas ekansan! Mm kel rasmiyatchilikni yig‘ishtiramiz?
—Yaxshi taklif, - men unga kulib qararkanman, u ham menga javoban jilmaydi.
Raqs tushish mobaynidan bizga ora-orada qarab qo‘yayotgan Taehyungga qaradim. Menimcha mening raqs sherigim unga yoqmagan ko‘rinadi.
Sokin musiqa tinib, atrofda shovqinli sho‘x musiqa yangray boshladi. Yaxshilab tinglasam bu men ko‘pincha raqs tushadigan qo‘shig‘im edi. Men o‘zim sezmagan holatda qichqirib, sakrab yubordim.
—Ha! Bu mening eng sevimli musiqam!
Men sakrab, sochlarimni silkitgancha o‘ynay boshladim. U esa qilig‘imdan kulib yubordi. So‘ng u ham menga qo‘shilib sakray boshladi.
Men o‘z tanamni boshqarishni istamay hohlagancha raqs tusha boshladim. Butun tanamni musiqaga mos ravishda silkirdim. Bu bazm men uchun eng esda qolarlisi edi!
Men sahna o‘rtasida bir-biriga kulgancha jinnilardek raqs tushayotgan ikki gavdaga qaradim. Jaxlim chiqyapti! Chunki u men juda ham nafratlanadigan odam bilan kulgancha raqs tushardi. Bu iflos kulgusi ortidan qancha qizlarni harob qilgan. Navbatdagi sen bo‘lma Calia!
—Taehyung, meni eshityapsanmi?
—Eshityapman Mike, nima deyotganding? - ko‘zlarimni ikkisidan uzib, suhbatdoshimga qaratdim.
—Nima deb o‘ylaysan, bu hamkorlik omadli bo‘larmikin? - u ko‘zini ahmoqona raqs tushayotganlar tomon tikdi.
—Boss maqsadsiz ishga qo‘l urmaydi, - qisqa javob qildim.
—To‘g‘ri lekin u anchagina qaridi...
—Jismonan qarigan bo‘lsa ham, aqlan sendan anchagina kuchli!
Gapimdan u jim bo‘lib qoldi. Lanati! Aynan Bossning shu aqlini deb men maqsadimga hali erisholmadim. Haqiqatni bilish uchun qancha chiranmay u bila turib mendan foydalanyapti!
Men o‘z hayollarimdan chiqib, sahna markaziga qararkanman, u ikkisi kulishgancha sahnani tark etishayotganini ko‘rdim.
Qo‘limdagi qadahni o‘tib ketayotgan ofitsiantning patnisiga qo‘ygancha, ular ortidan yurdim.
Unga etibor bermay tez-tez odamlar orasidan o‘tib ular ketgan tomon yurdim. Bardan tashqariga chiqarkanman, bino ichki hovlisida fontan oldida bir-birining pinjiga deyarli kirib ketayotgan ikki gavdani ko‘rib asabdan mushaklarim siqilib ketdi.
Kuch bilan Morisning ko‘ylagidan tortqilab qizdan uzoqlashtirdimda, yuziga musht tushirdim.
—Nima hoxlaysan Mr Korea?! - Moris jag‘ini ushlagancha menga nafrat ko‘zlari bilan qaradi.
Men uni etiborsiz qoldirib, Calia tomon qaradim. Uning yuzlari qizargan, ko‘zlari esa yig‘idan jilvalanib turardi. Uning bo‘yin qismida esa biroz qizarib ko‘kargan barmoq izlari bor.
—Sen qanday qilib menga tegishli bo‘lgan odamga qo‘l tekkizding?
Jaxl bilan uning yuziga musht tushira boshladim. Bu lanati ko‘ppak doim meniki bo‘lgan narsalarga ko‘z olaytirib jig‘imga tekkan.
—Taehyung... Tegma unga! - Calia shoshib kelib meni tirsagimdan tortdi.
—Sen bilan keyin gaplashamiz! Chetga o‘t!
Qo‘ruvdan ko‘zlarim katta ochilib ketdi. Taehyung qutirgan yirtqich kabi uning yuziga qattiq zarbalar bilan musht tushirdi. Ishini tugatgach o‘rnidan turib men tomon o‘lim nigohlari bilan yaqinlasha boshladi. Men hatto joyimdan qimirlolmay qolgandim.
U tirsagimdan tutib sudray boshlaganda, ongim o‘z joyiga qaytdi.
—Qo‘yib yubor meni! - qo‘limni siltalab, qichqirib yubordim. U kulgancha to‘xtab, qarshimga turdi.
—Tanimagan odaming bilan og‘iz burun o‘pishaverasanmi? Ozgina qo‘yib bersam tagiga yotib olgancha nola qilishga tayyor eding! Men bilan bo‘lgansan, undan oldin yana kimdir bilan. Duch kelgan erkak ostida yotib ketaverasanmi?! - uning jag‘lari asabdan qisilganini ko‘rib qo‘rqdim.
Uning so‘nggi so‘zlari yuragimga qattiq og‘riq turg‘azdi....
—Sen haqiqatni bilmay menga bunday gapirolmaysan Taehyung! - men ham qichqirib yubordim.
—Ko‘z oldimdagi bo‘lgan voqea haqiqat emasmidi? Sen birlashma dushmani bilan birga bo‘lishga tayyor eding!
—Ovozingni o‘chir Taehyung! U meni majburlamoqchi bo‘ldi! Menga tuhmat qilishni bas qil! Tilim bor deb har nimani gapiraverasanmi? Senga o‘sha kun men bilan bo‘l demadim! Bokira emasligimning sababi esa Dante! O‘sha vaxshiy meni majburlagan! Endi esa sen bularni yuzimga sol! Sen ham o‘sha lanati erkaklardansan! Hammangiz vaxshiy mahluqlarsiz! Ayollardan faqat hirsingiz uchun foydalanadigan xirs hayvonlarisiz!
Ko‘zlarimdan daryodek yoshlar oqa boshladi. Uning bu gaplari yuragimni og‘ritib yubordi. Men unga ort o‘girgancha tez-tez yura boshladim.
—Lanati poshnalar! - qichqirib tepingancha tuflilarimni yechib, qo‘llarimga oldim. Oyoq kaftimga muzdek asfalt tekkancha, oldinga yura boshladim. Qayerga ketayotganimni bilmayman, ko‘z yoshlarim ko‘zlarim oldini to‘sib qo‘ygandi.
Yurib borar ekanman, meni kuch bilan ortga tortib, yelkasiga ko‘tarib olgan kimsadan qo‘rqib ketdim.
—Qayoqqa oshiqyapsan Madmuazel?
Tanish ovozdan battar asabiylashgancha qichqirdim.
—Qo‘yvor meni Kim Taehyung! Tushur yerga!
—Qichqirishni bas qil! Mexmonxonaga qaytamiz. O‘zingcha qayoqqa ketayotganding, o‘sha ko‘k ko‘z o‘ynashing oldigami?
—Qanaqa o‘ynash, tilingga erk berma! - uning yelkasida tipirchilarkanman, oz bo‘lsa ham unga tasir qilmayotganidan asabiylasha boshladim. U hech bir so‘z demay meni mashina o‘rindig‘iga deyarli otib yubordi. So‘ng o‘zi ham yonimga joylashdi. Yig‘idan qizargan yuzimni oyna tomon burib oldim.
Yo‘l bo‘yi u ham, men ham jim ketdik. Anavi iflos Moris mendan foydalanmoqchi bo‘ldi. Men qarshilik qildim, u esa meni bo‘g‘gancha deyarli hushimdan ketkiza yozdi. Bir marta zavqlanaman desam shuni ham ko‘p ko‘rishdi. Lanati erkaklar!
Mashina mexmonxona oldida to‘xtagach, hech kimni kutmay mashinadan tushdim. Yurishni boshlaganimda hamon yalang oyoq ekanligimni his qildim. Tuflim esa mashinada qoldi. Qaytib olish va anavi kibrning yuziga qarashni umuman istamayman! Xudoga shukur, ertaga tongdan Koreaga qaytamiz.
Tezlik bilan yurib, liftga chiqdimda kerakli tugmani bosdim. Yig‘laganimdan qovoqlarim og‘irlik qilib ketayotgandi.
Xonamga kirgach, sumkalarimni tashlab to‘g‘ri dushga kirdim. Mastligim ham allaqachon tarqab ketgandi. Suvni ochib, tagiga turgancha yig‘lab yubordim. Qanchalar ojiz qizman! Taehyung to‘g‘ri aytgandek.... Men ishlatilgan kimsaman ayni dam!
Suv ostida ancha turganimdan, iliq suv sovib ketgandi. Suvni o‘chirib, tagidan chiqqancha egnimga kalta xalat kiydim. Yuzimni yaxshilab yuvgach dushdan chiqarkanman, yotog‘imda bemalol o‘tirgan odamni ko‘rib qo‘rqib ketish bilan teng xolatda asablarim o‘ynab ketdi.
—Nima qilyapsan bu yerda! Qanday kirding?!
—Eshikni shunday qulflamay yursang, mendan boshqasi ham kirishi mumkin edi, - u bemalol qo‘llarini ortga tiragancha menga qarab turardi. Uning ko‘zi kalta xalatimdan ochiq turgan oppoq sonlarimga ko‘chdi.
—Yalang oyoq yurish yoqadi menimcha. Ana tufling, - u boshini qimirlatib juft tuflilarimga ishora qildi.
—Bu mening hohishim, endi chiq xonamdan! - jaxl bilan gapirdim. Undan ich ichimdan nafratlanib ketyapman.
—Madmuazel, bunchalar jaxl qilmasangchi...
U jilmayib, men tomon yaqinlashdi. Men unga tengma-teng ortim devorga tiralmaguncha yuraverdim. Qadamlarimiz to‘xtagach, u bo‘ynimga yaqin egildida, yuzini bo‘ynimga ko‘mdi. Qo‘llarim beixtiyor uning ko‘kragidan itardi.
—Shu yeringga tegindimi? - u bo‘ynimdagi ko‘kargan qo‘l iziga labini bosdi. Ich ichimdan titroq to‘lqini butun tanamga tarqaldi.
—Tae... Hyung... Uzoqlash mendan!
—Lia... Bu sengga dars bo‘ldi! Sen shunga loyiq ish qilding! - u zumda mendan uzoqlashib, qarshimga turdi. Uning bu xarakatidan qotib qoldim deyarli.
—Sen o‘zingni yengiktaklardek tutding va dushmab bilan bo‘lmoqchi eding. Qiziq buni uyushmadagilar bilsa... Ohh, ayniqsa Dante! - u irshayib turarkan, butun vujudimdagi qo‘rquv va nafrat aralashmali girdob kattalashardi.
Uning ismimni qisqartirib atashi qulog‘im ostida o‘zgacha jarangladi.
U shunday degancha meni devorga buyumni mixlab ketgandek ketdi... Qo‘rquvga to‘la... Ojiz... va tahqirlangan...
Deyarli uxlay olmaganim va ko‘p ko‘z yosh to‘kkanim uchun ko‘zlarim osti ko‘karib ishib ketgandi. Ularni qancha yopishga urunmay, iloj topmadim. Oxiri ularni shunday qoldirishga qaror qilib, xonamdan chiqdim. O‘zimni har qachongidan yomon, lekin har qachongidan irodali his qilyapman. Shu kungacha ko‘p marotaba sindirildim, tahqirlandim, keraksiz o‘yinchoqdek qo‘ldan-qo‘lga otildim. Tuni bilan shuni tushundimki, bu jirkanch, faqat o‘zini o‘ylaydigan odamlar orasida kuchsiz bo‘lsang tahqirlanar ekansan! O‘ylashimcha o‘zim uchun xarakat qiladigan vaqt keldi. Oldingidek Calia bo‘lmaslikka bor vujudim bilan xarakat qilaman!
Biz samolyotga chiqayotganimizda u to‘xtab menga qaradi, lekin men qaddimni tik tutib gapirishiga o‘rin qoldirmadim. O‘rnimga joylashgach, qulog‘imga quloqchinlar taqib yoqimli qo‘shiq qo‘ydim. Ko‘zlarimni yumib, uxlashga xarakat qildim. Dam olmasam bo‘lmaydi, chunki Koreada meni ko‘ngilsizliklar kutayotganini aniq his qilardim.
Bunga isbot esa kecha bazmdagi Jungkookning yuborgan xabari edi. O‘ylab biroz etim qo‘rquvdan jimirladi. To‘g‘ri kuchli bo‘lmoqchiman, lekin bu maxluqlar oldida baribir ojizligimni bilaman.