July 28, 2025

Blayze... 🫐

Episode: 6

Channel: Alores mufficc
Author: Alores Calia🦢🖤

.

Mashq qilarkanman, zaldan kelgan shovqindan biroz sergaklandim. Mashq zalimdan koridorga chiqqanimda, uydan chiqayotgan qizga ko‘zim tushdi. Qiziq kechasida qayoqqa ketayotgan bo‘lishi mumkin? Ahvoli ham yaxshi emasdi...

Miyamga kelgan o‘ydan, tok urgancha kiyinishga tushdim. Seans payti u dori ichishni istagandek tuyilgandi, agar hozir yana o‘sha yigitni oldiga borib dori olsachi?
Tezda charm kurtkamni kiygancha, mototsiklimga o‘tirdim. U hali bu yerdan uzoqlashmagan bo‘lishi kerak.

Katta tezlik bilan uydan uzoqlashib, katta yo‘lga chiqdim. Mendan ancha oldinda ko‘k mashina ko‘rinyapti. Bu o‘sha...
Men ham tezligimni oshirgancha ortidan ergashdim, qiziq qayoqqa borishi mumkin?

Ko‘k mashina uzoq yurib shahardan ancha chetga chiqdi. Atrofga nazar tashladim... O‘ylashimcha bu yer poyga maydoni. Maydon ko‘plab poyga mashinalari va yosh yigit va qizlarga to‘lgan.
Uning mashinasi chetroqda biroz to‘xtadi, men ham sekinlashib to‘xtadim. Birozdan so‘ng mashina olomon ichiga kirib ketdi. Rulni mahkam siqqancha men ham olomon tomon yurdim.

Shovqin solgancha to‘xtab, boshidagi ximoya shlemini yechib, motosikldan tushgan yigitga, Caliadan bo‘lak hamma hayron va och ko‘zlari bilan tikilib turardi.

—Shu yetmay turgandi o‘zi! - qiz ko‘zini aylantirgancha, teskari o‘girildi.

—Uni taniysanmi? - komanda ichidagi qiz Caliaga hayron qolgancha savol berdi.

—Juda ham yaxshi taniyman!

Jungkook aynan Calianing komandasiga yaqinlashgancha, ularga qo‘shildi.

—Salom bolalar, sizlarga qo‘shilsam bo‘ladimi?

—Yo‘q! - Calia tezlik bilan hammadan birinchi qichqirgancha javob berdi.

Calia Jungkookdan nafratli ko‘zlarini uzmas, atrofdagilar esa bir qizga bir yigitga tushunarsiz nigohlar bilan qarab qo‘yishardi.

—Blayze balki bu yigit kimligini tushuntirarsan? - Suzanna tushunqiramay yigitga yaqinlashdi.

—Ismim Jeon Jungkook, koreyadanman yaqinda ko‘chib keldim. Biz Blayze bilan do‘stlarmiz, - Jungkook o‘ylab xam o‘tirmay o‘zini do‘stmiz deb tanishtirdi.

—Jungkook! Biz do‘st... - Calia endi injiqlik qilishni boshlagandi, bolalarning shovqini buni to‘sib qo‘ydi.

—Ooooo! Blayzening do‘sti bizning ham do‘stimiz! Hush kelibsan Amerikaga bro! - yigit Jungkook tomon yaqinlashib qo‘l uzatdi.

—Ismim Ramil!

—Xush kelibsan Jukuk, men Lara! - qizning talaffuzidan hamma kulib yubordi.

—Qisqartirib Jk (jeykey) deyishingiz mumkin bolalar! Tanishganimdan xursandman! - Jungkook jilmaygancha hamma bilan chiqishib ketdi.

Calia tezda Jungkookni yoniga borib, chetga olib o‘tdi. Bu payt hamma o‘zi va mashinasi bilan ovora bo‘lgani uchun sezmay qolishdi.

—Nega kelding? - qiz tishlari orasida vishilarkan, yigit bu xolatdan kulib yubordi.

—Axir yigitingman, nima qilibdi?

—Yigitim ekanliging endi esingga tushdimi? - qiz asabiy sochlarini ortga taradi.

—Ahvoling joyida emas, poygada qatnashma!

—Buni sen hal qilmaysan doktor Jeon!

—Men bunga yo‘l qo‘yolmayman, bilib turib seni xatarga qo‘ymayman. Sen bemorimsan va shifokorlar doim bemorini ximoya qilishi kerak!

Calia endi gapirishga og‘iz juftlaganda, bolalar ularni chaqirishdi.

—Bolalar, Blayzeni o‘rniga men qatnashsam bo‘ladimi? Uni tobi biroz yo‘q, - Jungkook qizning o‘lim nigohlarini chetga surgancha o‘rtaga chiqib gap boshladi.

—Nega nima bo‘ldi unga? - hamma xavotir bilan qizga qararkan, Calia sabiy yaxshiman deb javob berardi.

—Hoy vahima qilmasangizchi! Yangi do‘stimiz o‘zini sinamoqchi ekan, mayli sinab ko‘rsin. Shundoq ham biz yutuqlar bo‘yicha ancha oldindamiz, mobodo yutqazadigan bo‘lsak ham qo‘ldan boy beradigan narsamiz yo‘q axir!

—Ax Ramil, iltifotlisan, - Jungkook kulib yelkasiga qoqib qo‘ydi.

—Lekin senda mashina yo‘qku? - Suzanna Jungkookning motosikliga nazar tashladi.

—Bolalar o‘zim qatnashaman! - Calia o‘rnidan turib mashinasi tomon yurdi.

—Hoy qiz, senga mumkin emas axir! Joyingga o‘tirchi, do‘stingni xurmat qil biroz. Axir u mehmon! - Ramil qizni yelkasidan tutib joyiga o‘tqazdi.

—Mmm adashmasam motosiklim mashinalardan qolishmaydi. So‘nggi rusumdagisi, motori ham anchagina kuchli. Hamda egasi ham anchagina mahoratli, - Jungkook Suzannaga qarab ko‘z qisib qo‘yarkan, hamma qizlar shovqin chiqargancha kulib yuborishdi.

Calia/pov: Hamma qizlar yaltoqlangancha Jungkookga qarashini ko‘rib negadir butun vujudim bilan asabiylasha boshladim. To‘g‘ri u juda ham kelishgan edi, egnidagi kiyimida yana ham kelishgan ko‘rinardi. Ayni damda ich ichimdan unga termulayotgan ko‘zlarni o‘yib olgim kelyapti. Jungkook dugonamga qarab ko‘z qisganini ko‘rib battar asabiylasha boshladim. Hech bir ko‘z unga qarashini istamayman... Men uni sevmayman, lekin o‘zgalar nazari tushishini ham istamayapman! Lanatilar!

—Ooo komandangizga yangi odam qo‘shilibdimi? Kim bu koreys?

—Jake nega doim poygadan oldin komandamiz oldida xira pashadek aylanasan? - Lara ko‘zlarini aylantirgancha gapirdi.

—Shunchaki kayfiyat uchun. Mayli poygada ko‘rishguncha bolachalar!

—Shilliqurt Jake!

Poyga boshlanarkan uchta mashina va bitta mototsikl start chizig‘i oldida turardi. Jake asabiylashgancha mashinadan tushib, Calia va jamoadoshlari oldiga yaqinlashdi.

—Mototsikl bu yerda nima qilyapti? Qoidaga mos ish emas bu!

—Qoidalarni sen yaratmaysan Jake! Mototsikl qatnashmasligi kerak degan hech qanday qoida yo‘q! - Calia asabiy sochlarini to‘g‘irladi.

—Bu gapni doim qoidalarga bo‘ysungan odam gapiryaptimi? - Suzy ham qolishmadi.

—Demak qoidalarsiz shundaymi? - Jake asabiy kulgancha mashinaga o‘tirdida, yon tarafidagi Jkga qaradi.

—Extiyot bo‘l yigitcha! Yashash uchun yaxshiroq kurash!

Jungkook shlem kiyishdan oldin pastroq egildida, Jakega tik qaradi.

—Shu gaplarni o‘zingga ham aytaman, tag‘in mashinang tormozi ishdan chiqib qolmasin! - Jk ko‘z qisgancha, boshiga shlem kiydi.

Baland o‘q ovozi bilan yana poyga boshlandi. Mashinalar katta tezlik bilan trassaga chiqisharkan, bu tarafdagilar xayrat va qo‘rquv bilan hayqirishardi.

—Do‘sting chakki emas Rio!

—Raxmat Ramil.

Calia/pov: qo‘rquv bilan poygani kuzata boshladim. Jungkook anchagina mahoratli motochi ekan. U deyarli ikkita mashinani bemalol quvib o‘ta oldi. Lekin Jake unga yo‘l bermayapti. Lanatai Jake! Negadir ichimda biroz qo‘rquv bor, chunki moto anchayin xavfli. Mashina yopiq bo‘ladi, agar motoda biroz adashib og‘ib ketsang tamom!

Asabiy kuzatib turarkanman, Jake mashinasi bilan Jungkookni devor orasiga qisib qo‘ydi. Atrofdagilarni qo‘rquv va ajablangan hayqiriqlari quloqlarim orasidan o‘tib, meni titratib yubordi.
Axx Jungkook kelmasliging kerak edi!

Qizil chiziqli mashina va qora mototsikl bir biridan o‘zgancha marra chizig‘iga yaqinlasharkan, qizil chiziqli mashina orti tutay boshladi. Uning ortida esa Jungkook kelardi. Qizil chiziqli mashina birdaniga qiyillab to‘xtadid, ortidan katta tezlikda kelayotgan mototsikl esa mashinaga turtilgancha yonga og‘ib ketdi. Atrofda xavotirli hayqiriq ko‘tarilgach, Jungkook ustalik bilan yiqilayotgan mototsiklni tutib o‘nglab olgancha to‘xtab qolgan mashinadan o‘zib ketdi.

Hamma xursand qichqirib yubordi. Chunki ancha yillardan beri endi mototsikl bilan poygada qatnashib g‘olib bo‘lishgandi.

Jungkook motodan tushib mag‘rur yurgancha jamoadoshlarga yaqinlasharkan, hamma baland ovozda qichqirib tabriklashardi.

Ramil: Brooo o‘yinni yorvording, endi bizni jamoadasan.

Suzy: JK sen juda ham qoyilmaqomsan.

—Qo‘ysangizchi men ham sizlardekman...

Suzy Jungkookga yaqin kelib yelkasidan qo‘llarini o‘tkazarkan, Jungkook qizga unchalik etibor bermay boshqalarga kulib qo‘yardi. Suzyning qo‘llari asta pastlab yigitning keng muskulli ko‘ksini o‘tlay boshladi.
Buni chetdan kuzatayotgan Calia jahldan qo‘lini mushtiga mahkam siqdi.

—Hoy Blayze bizga qo‘shilsangchi, do‘stingni tabriklamaysanmi? - Lara dugonasini qo‘lidan tortqilab davraga qo‘shdi.

Calia esa nega hali hamon Jungkook qizni o‘zidan uzoqlashtirmaganidan asabiylashardi. Axiyri ular oldiga borishga qaror qildi.

—Suzy duch kelganga suykalavermay chetroqqa o‘t. Kookni tabriklamoqchiman! - Caliani gapidan hamma kulib qichqirdi. Qiz esa beetibor turishga xarakat qilardi.

—Cali, qo‘pollashmasangchi... - qiz kulib turaverarkan, Calia kuch bilan qizni yelkasidan tortdi.

—Men senga nari tur deb aytdim, - bu safar tishlari orasida vishilladi.

—Calia asabiylashmasangchi, - Jungkook qizga yaqinlashdi.

Calia esa hechkimga qarab o‘tirmay, Jungkookning yelkasidan ikki qo‘lini o‘tkazib, bo‘ynidan quchoqladi.

—Qizlar orasida bo‘lish senga yoqyapti shekilli? - qiz kesatishga urunardi.

—Mm unchalik ham yomon emas, - Jungkook ataylab jilmaydi.

—Yaramas!

—Balki qo‘yib yuborarsan Caliaxonim.

Calia boshini sarak sarak qildida o‘ylanmay yigitni labiga lablarini bosdi. Jungkook kutilmagan bo‘sadan joyida qotib qoldi. Atrofda do‘stlarni shovqini yana ko‘tarilib ketdi. Jungkook hozir uni o‘zidan itarish xato ekanligini bilib, qo‘llarini qizni belidan o‘tkazgancha, o‘ziga yaqin tortdi.

Qizning nozik lablarining sustlik bilan xarakat qilayotganidan kulib qo‘ygan yigit, ortiq o‘zini tuta olmay qizning g‘unchadek lablarini shimib torta boshladi. Yuqori va pastki dudoqlarni navbatma navbat shimarkan, ortidan kelgan zarbadan qizdan uzoqlashishga majbur bo‘ldi.
Birpasda atrofga shovqin ko‘tarilib, birozdan so‘ng jimib qoldi.

—Xo‘sh kelgindi, keliboq o‘zingga o‘ynash topdingmi?

Jungkook ortiga o‘girilganda asabdan jag‘lari qisilgan Jake turardi.

—Jake! Nima bo‘ldi mashinangga o‘xshab orqan yonib ketyaptimi? - Calia shirin bo‘sasi buzilganidan asabiylashardi.

—Sen jim bo‘l foxisha! Hamma yigitlar bilan bo‘lishni...

Jake hali gapini tugatib ulgurmasidan qorniga berilgan qattiq zarbadan ortga tisarilib ketdi. Calia o‘ziga nisbatan aytilgan bu so‘zlarga chidab tura olmay, bor kuchi bilan Jakening qorniga tepgandi.

—Axx sen lanati qiz!

Jake Caliaga musht tushirmoqchi bo‘lib yaqinlasharkan, qiz hatto kiprik qoqmay kulib turardi. Afsuski musht havoda muallaq qoldi.

—Qiz bolaga qo‘l ko‘tarish yaxshi emas do‘stim! - Jungkook uning bilagini qattiq qisgancha, ortiga aylantirdi.

—Sen kelgindi aqlini kirgizib qo‘yish kerak shekilli?!

—O‘zi zo‘rg‘a turibsan, yana urush haqida gapirasanmi? - Jungkook bir qoshini ko‘tarib iljaydi.

—Ur uni Jake! Tazirini ber kelgindini!

—Jeykeey biz senga ishonamiz! Ko‘tarilgan burnini yerga ishqalab qo‘y qani! - Atrofdagilar shovqin sola boshlashdi.

—Birga-bir ringga nima deysan?

—Tirik chiqishga umiding bormi? - Jk doimgidek qanday javob berishni bilardi.

—Hech qanday ring bo‘lmaydi! - Calia o‘rtaga aralashdi.

—Hoy Blayze, yigitlarni ishi qo‘yib ber, - Ramil qizni yelkasidan ushlab qoldi.

—Balki rosdan ham kerakmasdir, - Suzy miltillagan ko‘zlari bilan Jungkookga qarab turardi.

—O‘zimiz hal qilamiz, shundaymi bro? - Ramil Jkni yelkasidan qoqdi.

Kelishilgach, barcha ring tomon yurdi. Calia esa asabiylasha boshladi. Chunki Jungkook oddiy psixolog, u bunday janglarda qatnashmagan.

Calia/pov:

Negadir butun vujudim bilan asabiylasha boshladim. Hammasi meni deb bo‘lyapti, agar kelmaganimda u ham kelmasdi. Ahh lanati nega undan xavotir olyapman?

Xamma ring atrofiga joylashgach, ring sahnasiga Jake kirib keldi. Uning tanasi ort tarafiga tattoolar chizilgan, gavdasi esa anchagina yirik edi. U qichqirgancha, o‘z jamoadoshlarini qo‘llab quvvatlashga undardi.

—Blayze balki to‘xtatarsan, Jungkookga nimadir bo‘lsachi? - Suzy bo‘ynini cho‘zgancha Jkni qidira boshladi.

Calia xavotirlanayotgan qizga qarab battar asabiylashdi.

—Sen nega o‘zingdan o‘zing xavotir olyapsan yaqinda tanishgan odamingdan?

—Nega asabiylashasan axir uyam bizni jamoadosh!

—O‘zingni xavotirlanayotgandek tutishni bas qil Suzannna!

—Tortishishni bas qilib ringga qarang, Jk chiqdi!

Hamma ring tomon qaradi. Sahnada Jungkook ulkan gavdasi ochiq xolatda turardi. Uning keng yelkasi va qo‘liga to‘ldirib chizilgan tattoosiga hamma nigohlarini uzmay qarashardi.

—Rio, do‘sting anchagina shug‘ullangan ko‘rinadi! Uning mushaklari va presslari juda mukammal! - Ramil hayratini yashirmadi.

—U doim sport bilan shug‘ullanadi, - Calia Jkdan ko‘zini uzmay kulib gapirdi.

Hakam chorlovi bilan ikki raqib qo‘l siqishib qo‘yishdi.

—O‘ldim deyaver kelgindi!

—Maymundek kuchingga ko‘p baho beraverma!

Nihoyat jang boshlandi. Ikkala yigit bir biriga imkon bermay kuchli zarbalar yuborishardi. Birinchi kuchli zarbani Jake berdi. Bundan Jungkook ortga tisarilib, ring devoriga orti bilan urildi. Jake kulgancha Caliaga qarab ko‘z qisiarkan, yon tarafdan kelgan zarbadan o‘zini tuta olmay qoldi. Atrofda kuchli qichqiriqlar tinmasdi.
Jake o‘kirgancha, Jungkookning yuziga qattiq zarba berib yiqitdi. Bundan foydalangancha ustiga chiqib olib tinmay zarbalar bera boshladi.

—Jungkook! - Calia o‘rnidan turgancha xavotirdan qichqirib yubordi. Borgan sari ko‘z oldi qorong‘ulashib, Jungkookdan chiqayotgan qonni ko‘rgani sari ko‘z oldida qonli o‘tmishi gavdalana boshladi.

—Calia ahvoling yaxshimi? - Lara qizni ko‘zlarini yumib qotib qolganini ko‘rib, yelkasidan ushlagancha o‘tqizishga harakat qilardi.

Jungkook qulog‘iga eshitilgan tanish ovozdan o‘sha tarafga qaradi va ko‘zlarini yumgancha rangi oqargan chehraga duch keldi. Ustida o‘tirgancha ketma ket zarba berayotgan raqibini bir zumga unutib, og‘riqlarni his qilmay qo‘ydi. Fikr u hayol tomoshabinlar uchun ajratilgan maydonchadagi ko‘k sochli qizda...

Yuziga yana bir bor tushgan zarbadan tasvir xiralashgach, Jungkook qattiq o‘kirgancha ustidagi raqibni bo‘ynidan bir qo‘lini o‘tkazgancha, ikki oyog‘i bilan qisib olib dumalatib tashladi. Bor jaxl kuchi bilan o‘zini raqib ustiga otib, tinmay kuchli zarba bera boshladi. Jungkook bir zum tin olish haqida o‘ylamadi, hayoli faqatgina o‘sha maydonchada edi. Jungkook yoshligidan taekvondo bilan shug‘ullangani va ko‘p bora chempionatlarda qatnashgani foyda berdi.
U ayamay Jakeni do‘pposlab qonga beladi. Nihoyat hakam qo‘ng‘iroqchasini cholgach, Jungkookni Jakedan ajratib olishdi. Jake deyarli tura olmaydigan xolatga kelib qolgandi.

—Demak ko‘rib turganingizdek g‘olib JK!

Hamma o‘rnidan turgancha olqishlay boshladi. Jungkook esa hech kimga etibor bermay, to‘g‘ri maydoncha tomon yurdi.

—Calia... Uni axvoli qanday? - Jungkook xavotirlangancha Ramildan so‘radi.

—Bro avval o‘zingni xolatingga qarasangchi! Yuzing bir axvol bo‘lib ketibdi!

—Bu hech nima emas, bunday xolat avval shig‘ullangan paytimda ham bo‘lardi. Unga nima qildi? - Jungkook labidagi qonni artgancha qiz tomon yurdi.

—Suzy muz olib kel, - Ramil yigitni ortidan qarab qolgancha, Suzannaga buyurdi.

Jungkook tanasidagi og‘riqqa etibor bermagancha, Calia tomon yurdi. Calia odamlardan xoli joyda suv ichgancha jim bir nuqtaga termulib o‘tirardi.

—Calia.... Ahvoling yaxshimi? - Jungkook qizning ortidan asta gapirdi.

—Jungkook! - Calia o‘rnidan turgancha Jungkookni quchog‘iga olib, yuzini ko‘kragiga berkitdi.

—O‘lib qolasan deb qo‘rqdim...

Qizning gapidan Jungkook baland kulib yubordi.
—Uni pardek zarbalariga o‘ladigan darajada nimjon deb o‘yladingmi meni? Psixolog ekanligim uchun past baxolama qizaloq!

—Ahmoq! - Calia yigitning ko‘ksiga mushtlab urgancha, zarda qildi.

—Arghh! - Jungkook og‘riqdan yuz burishtirdi.

—Battar bo‘l kim senga ringga chiqsin debdi!

—Jungkook mana muz, yuzingga bos, - Suzy muzni Jkga berayotganda, uni qo‘lidan Calia tortib oldi.

—O‘zim!

Suzy yuzini burishtirgancha ikkalasini yolg‘iz qoldirib uyerni tark etdi.

—Chiroyli yuzingiz bejalib ketibdiku doktor Jeon! - Calia qo‘lidagi muz haltachani asta Jkning qonayotgan lablari va qoshlariga yurg‘iza boshladi.

Jungkook og‘riqdan lablarini tishlagancha jim turardi. Uni yuzini ko‘rgan Calia kulishdan o‘zini zo‘rg‘a tiyib turardi.

—Jungkook shu shartmidi?

Jungkook indamay boshini qimirlatdi.

—Nega o‘zi ortimdan kelding?

Jungkook biroz jim turgach, o‘ylanib gapirdi.

—Yana o‘sha dorilarni olgani ketyapsan deb o‘yladim.

Qizning muz yurg‘izayotgan qo‘li to‘xtagach, Jungkook asta ko‘zlarini ochdi va lablarini tishlagancha jim turgan chehraga duch keldi.

—Arghh, Calia qara qonayapti! Muzni bos iltimos! - Jungkook gapni burish maqsadida ataylab o‘zini og‘riqdan qiynalayotgandek tutdi.

—Jungkook meni uyingga olib bor, yuzinga malham qo‘yib davolayman, - qiz o‘rnidan turdi.

—Yo‘q otang kutib qoladi, uyingga tashlab o‘taman, - Jk ham o‘rnidan turib mashina tomon yurishdi.

—Otamga dugonamnikida qoldim deyman! Seni bu xolatda yolg‘iz qoldirishni istamayman!

—Birinchi tanishganimizdagi kibrli va o‘jar qiz qayoqqa ketdi? - Jungkook kulib mashinaga joylashdi.

—Do‘stlaring bilan xayrlashmading.

—Doim xayrlashmay ketaman. Ramilga qo‘ng‘iroq qilaman, mototsiklingni o‘z garajiga olib boradi.

—Haya mototsikl.... Mayli

Jungkook mashinaga o‘tirib, o‘zini o‘rindiqqa tashladi. Ayni damda butun tanasi og‘riqdan azob berda ham indamay ketardi.
Calia esa mashina haydash barobarida ko‘zlarini yumib, qoshlari og‘riqdan chimirilgan yigitga bir bir qarab qo‘yardi.

Jeon Jungkook

Calia

Vibe

.
.