Blayze...🫐
Channel: Alores mufficc
Author: Calia Velmora🦢🖤
< You don't tame the fire. You burn with it >
Qiz chuqur tortilgan tutunni to‘g‘ri uning yuziga qarab pufladi.
—Demak kuzatmoqchisan? Yaxshi...- stol ustidan ohista sirg‘anib tushdi, yigitga yaqin bordi va ko‘zlariga tik qaradi.
— Unda extiyot bo‘l. Chunki olovga uzoq tikilgan oxir-oqibat o‘zi ham yonadi...
Yigit ko‘zlarini pirpiratmagan xolatda sigaretaning tutunini qabul qildi.
—Demak, yonayotgan olovsan... To‘g‘ri ko‘pchilik olovdan qochadi, men esa bu olovni o‘rganmoqchiman, - yigit yuzini qizning yuziga yaqin keltirib, ko‘zlariga tik qaradi.
—Shuni bil, Blayze... Olov ham bir kun tutunga aylanadi...
Yigitning gapidan qiz biroz o‘ylanib, tanasini ortga tashladi. Chunki yigit qizning umuman boshqa tomonini ushlagandi.
—Blayze...? Sen qayerdan bilasan? - qizning ovozida biroz hayajon sezildi. Chunki bu laqabni faqatgina poyga va ko‘cha hayotida ishlatardi holos.
—Men sen haqingda ko‘p malumotga egaman.
Qiz o‘ylanib qoldi, chunki yigitdan bunday muomala va yondashuv kutmagandi. Odatda unga biriktirilgan psixologlar qizning kesatiqli gaplariga javob topa olmay qolishardi. Bu yigit esa mustasno...
Qizning jim bo‘lganini kuzatgan yigit lab chetida jilmayib yana gap boshladi.
—Demak, 21 yoshli Min Calia yoki Blayze...
—Meni bunday atama! - qiz o‘zining bu laqabini psixologdan eshitgisi kelmadi.
—Yo‘q, men seni aynan Blayze deb atayman. Qani aytchi, nega aynan bu hayot yo‘lini tanlagansan?
Yigitning savolidan qiz xandon otgancha kulib yubordi. Yigit hamon jim xolatda uni har bir harakatlarini diqqat bilan kuzatardi.
—Senga hozir shuni aytaman deb o‘ylaysanmi? - qiz yana o‘zini tuta olmay asabiy kuldi.
—Hop mayli aytaman. Bunday hayot kechirish shunchaki mazza! Rohat olib yashaysan tamom! Hech kim baribir seni joninga achinmaydi, o‘zing uchun shunchaki kayfu safo qilib hayot kechirasan. Mana senga kerakli javob...
Qiz kulishdan to‘xtab, stulga ortini suyagancha erkin o‘tirdi.
—Ko‘nglimdagidek javob bo‘ldi, - yigit o‘z daftarchasini ochib, birnimalar yozdi. Qiz yigitning harakatini kuzatgancha jim turdi.
— Nima, endi daftarangga yozib, meni tahlil qilmoqchimisan? - qiz yuzini yonga o‘girib, lablarini burdi.
— Yo‘q, men shunchaki sening qanchalik yolg‘on gapirishni o‘rganib olganingni qayd qildim.
Qiz asabiylashib, qo‘llarini stol ustida bir biriga ishqalay boshladi.
Bu psixolog rosdan ham u o‘ylaganlardan emas. Demak bu yigit bilan umuman boshqacha yo‘l tutish kerak.
—Bilagingdagi tattooni chizdirishingni asl maqsadi bu yashirinish, shundaymi Blayze?
Yigit qizning bilagidagi yonayotgan gul va uning ostida "Burn Beautifully" yozuvli tattooga sinchiklab termuldi.
Qizning qoshlari bir joyga yig‘ilib, qattiq chimirildi. Qiz o‘z tatusiga qararkan miyasida eski hotiralar mavjlanib ketdi.
Ortiq chidab tura olmasligini sezgan qiz shartta o‘rnidan turdida, sumkasini qo‘liga oldi.
—Birinchi va so‘ngi seans uchun rahmat! O‘ylaymanki, qayta ko‘rishmaymiz...
Qiz shunday degancha, ort o‘girib psixologni uyidan jaxl bilan chiqib ketdi.
Yigit esa tanasini stulga erkin tashlab, o‘ylana boshladi.
Biroz o‘ylanib yana daftarini ochdida, birnimalar yoza boshladi.
"Murakkab travmatik buzilish— bolalikda yoki uzoq davom etgan ruhiy/psixologik jarohatlar; xavfdan qo‘rqmaslik; his-tuyg‘ularni ifodalashda muammo; ichki eksploziv portlashlar"
Bugungi qisqa suhbatdan kelib chiqqan holda, qiz haqidagi psixologik malumotlarni yoza boshladi.
—Demak osonlikcha gapirmaysan... Lekin baribir seni bunga majbur qilaman, yosh xonim, - yigit daftarini yopdida, o‘zining maxsus ofis xonasidan chiqdi.
Jungkook odatda ko‘p kasallar bilan ishlamasdi. U aynan bir kishini o‘z seansiga oladi va u tuzalmaguncha yoki butunlay seanslar tugamaguncha boshqa bemorlarni qabul qilmasdi. U o‘z ishini yaxshi ko‘radi va bemorlarni tuzatish uchun har qanday yo‘ldan foydalanardi.
U avval Koreyada ishlagan, bu yerda esa birinchi marotaba bemor qabul qilishi edi. Janob Min Jungkook bilan avvalroq suhbatlashgandi. U Calia kelishidan avval u haqda ko‘p malumotlar yig‘di va uni bir oz muddat kuzatdi...
Ahmoq psixologning uyidan asabiylashgancha chiqdim. Yo‘q bu odam men bilan bunchalik oson o‘ynay olmaydi! U hali mening aslimni bilmayapti!
Ko‘chadan o‘tayotgan birinchi taksini to‘xtatib, ichiga o‘tirdim.
Avvalambor mashinamni olishim kerak, so‘ng asabimni bostirish uchun birnima qilmasam bo‘lmaydi. Butun tanam asabiylikdan titray boshaldi.
Qo‘limdagi tattooga qaraganimda, tanamdan yana og‘riqli xotiraning sovuq jilvasi o‘tdi. U buni qayerdan sezgan bo‘lishi mumkin. Shunchalik ham etiborli bo‘lishi mumkinmi?
Mashina garajimiz oldida to‘xtagach tushib, ichkariga kirdim. Menin qizalog‘im esa o‘sha yerda turardi. Asabiyligim biroz yoyilgancha, borib mashinam ichiga o‘tirdim.
Otam biladilar, men mashinamsiz yomon xolatga tushishimni. Shuning uchun ular qizimni mahkamadan olib keltirganlar.
Maahinamga o‘tirgach, uni qizdirib garajdan chiqdim. Hozir men uchun eng kerakli joy bu bar... Borib biroz o‘zimga kelib olmasam bo‘lmaydi...
Mashinani bar oldida to‘xtatib, ichkariga kirdim. Bu barda odam ko‘p emas. Faqatgina kiborlar va doimiy mijozlar uchun.
—Legavulin 16, muzsiz bo‘lsin, - men barmenga doim asabiylashganimda ichadigan viskidan aytdim.
Barmen "ho‘p" degancha meni istagimni bajarish uchun ishga sho‘ng‘idi. Ko‘zlarimni biroz yumib o‘ylanib qoldim. Asabiylashsam yoki qo‘limdagi shu chandiqni eslasam barcha yomon xotiralar meni bo‘g‘a boshlaydi. Buni unutish uchun esa doim shu viskini ichaman...
Qiz o‘ylanib o‘tirarkan, ortidan kelib quchgan qo‘llar xayollarini butunlay chalg‘itib yubordi.
—Shunchaki seni o‘ylayapman, - qiz jilmaygancha yigitining yuzidan o‘pdi.
—Bu yerda nima qilyapsan, - yigit bir qoshini ko‘targancha savol berdi.
—Shu gapni sendan ham so‘ramoqchi edim Nick, o‘zing bu yerda nima qilyapsan?
Yigit qizning yonidagi stulga joylashib, barmenga viski buyirdi.
—Seni ortingdan keldim, - yigit barmen qizga uzatayotgan viskini qo‘liga olib ho‘pladi.
Qiz yigitni qo‘lidan viskisini tortib olgancha, qovog‘ini uydi.
—Meni ortimdan kelganing uchun qizlarning arzon atirini hidi sendan anqiyaptimi?
Yigit indamay barmen bergan viskini olib ko‘tardi. Qiz esa buzilgan asabini battar buzishni istamay, yon tarafga qarab qadahni ohirigacha ko‘tardi.
—Yana bitta shundan, - qiz qadahni barmenga uzatdi.
—Bittasi yetarlicha mast qiladi, ikkinchisi ko‘p, - Nick barmen bergan qadahni tortib oldi.
—Sendan so‘rab ichmayman Nick! Hozir kayfiyatim yo‘q, jig‘imga tegma! Yaxshisi borib egningni almashtir! Sendan kelayotgan atir iforiga bo‘g‘ilib o‘laman hozir!
Qiz qadahni qo‘liga olgancha o‘rnidan turib, musiqaga moslab tanasini qimirlata boshladi. Birinchi qadah allaqachon qizga tasir qila boshlagandi. U ikkinchisidan ho‘plab ho‘plab ahmoqona raqsga tusha boshlagandi.
Nick qizning harakatini kuzatgancha egnini bir hidlab ko‘rgach, nafasi ostida so‘kinib u yerdan chiqdi.
Qiz ikkinchi qadahni tugatgandan so‘ng, anchagina mast bo‘lgandi. U yetarlicha raqs tushgach, deyarli oyoqda tura olmaydigan xolatga kelib qolgandi.
—Yur, uyinga tashlab qo‘yaman. Ertaga esa nega bu darajada ko‘p ichganing va nega bunchalik o‘ylanganing haqida hammasini aytasan, - Nick qizni ko‘tarib olgancha mashinaga o‘tqazdi.
—Ketishni istamayman! Qo‘yib yubor meni ahmoq! Seni yomon ko‘raman!
Nick injiqlik qilayotgan qizning labiga lablarini bosdi.
Yigit mashinaga o‘tirib, qizning uyi tomon haydadi.
Uyga yetib kelgach, qizni qo‘ltiqlagancha uyiga olib kirdi.
Calia mastlikdan qichqira boshladi. Xizmatchilar bu paytda uyda bo‘lishmaydi.
Ota qizining shovqinini eshitgach, xonasidan chiqdi.
—Calia qizim, yana shu ahvolmi? - otaning qovog‘i uyildi.
—Shu ahvol? - qiz otasining gapiga ahmoqlarcha kulib yubordi.
—Mendan bu ahvolim haqida qayg‘uryapsizmi? - qiz deyarli oyoqda turolmay, yuqoriga ko‘tariladigan zina panjarasiga suyandi.
—Qizingizni shu ahvolga solgan o‘zingiz bo‘lasiz otajon!
—Alex, tinchlikmi? - xonadan xalatini bog‘lagancha Emily chiqib keldi (Calianing o‘gay onasi)
—Calia tilingni tiy! - ota jahlini bosib tura olmay, qiziga baqirdi.
—Nega tilimni tiyaman! Shuncha yil shu ilonni gapiga aldanib keldingiz! Onamdan ham shu ilon tufayli kechdingiz! Yana nega tilimni tiyishim kerak?! - Calia qichqirgancha gapira boshladi. U birinchi marotaba otasiga shu haqida gapirayotgandi. U hech qachon onasi haqida gapirmagan, gapirishdan ham qo‘rqardi.
—Jim bo‘l! - otasi jahl bilan qizi tomon bordi.
Qo‘lini tarsaki tortish uchun havoda ko‘tardiyu, shunday xolatda qo‘llari qotdi.
—Alex, bunday qilmang. Hozir u nima deyotganini bilmaydi, - Emily xavotir bilan erining oldiga yaqinlashdi.
Calia esa otasi va o‘gay onasiga nafrat ko‘zlari bilan qaragancha, qadamlari chalkashib yuqoriga ko‘tarila boshladi.
—Azizim, iltimos asabiylashmang, qon bosimingiz ko‘tariladi. Hozir u o‘zida emas, alamzada bo‘lib qolgan, - Emily erini yuzini yelpigancha, tinchlantirishga harakat qilardi.
—Bugun psixologga borgandi... Seans yaxshi o‘tmagan ko‘rinadi. Bu ham tasir qilmasachi? - ota peshonasini ishqagancha, o‘ylanib qoldi.
—Bugun endi birinchi kun, balki o‘zgarar. Qarang hech bo‘lmaganda ichidagi gaplarni chiqara boshladi. U hech qachon bizga ichidagilarni aytmagandi.
—Gapingda jon bor. To‘g‘irlanishini kutamiz, yagona umidim shu psixologdan...
Emily o‘z erini qo‘ltiqlagancha xonasi tomon yurdi. U bunday xollarda doim o‘z erini tinchlantirishni bilib kelgandi.
Qiz ko‘zini ishqalagancha, boshidagi kuchli og‘riq tufayli erinibgina uyg‘ondi. Kecha tunda juda ko‘p ichib yuborgani tufayli, ko‘ngli aynigani uchun turib vanna tomon yugurdi.
Yo‘talgancha ichini bo‘shatgan qiz, chig‘anoqni ushlagancha oynaga o‘z aksiga qaradi.
Qizarib ketgan jigarrang ko‘zlariga tikilib turarkan, kecha bo‘lgan voqealar ko‘z oldidan shuvillab o‘tib ketdi.
—Qanday ahmoqlik... Hech qachon otamga bunday muomalada bo‘lmagandim. Ahmoqsan Calia ahmoq!
Qiz yuzini muzdek suvda yuvgancha, vannadan chiqdi. Egniga yengil kiyimlar kiygancha, o‘ziga biroz pardoz berdi.
Ko‘m ko‘k sochlarini erkij yoyib, sochlariga monand bo‘lgan ko‘k linzalarni ko‘ziga taqdi. U bu linzalarsiz deyarli ko‘chaga chiqmasdi.
Pastga tushib, hech kimga bildirmay uydan chiqmoqchi bo‘layotgan qizni otasining gapi to‘xtatib qo‘ydi.
Qiz asta ortiga o‘girilib dadasiga qaradi.
—Hayrli kun dadajon... - u so‘zlarini davom ettirolmay jim turdi.
—Hech kimga indamay qayoqqa qochyapsan? - ota bir qoshini ko‘targancha savol berdi.
—Hech qanday do‘stlar bilan ko‘rishish yo‘q, psixolog qabuliga borasan!
—Ota men u psixolog qabuliga qaytib bormayman! - qiz jizzalikil qilib, qo‘lini ikki tarafida mushtladi.
—Borasan! Aks holda mashinang va barcha kartalaringni muzlataman!
—Kecha yarim kechasi qilgan ishing uchun ham borasan! Xa aytgancha Emily oyingdan uzr so‘ra!
—Ortiqcha gap bo‘lishi mumkin emas! Tashqariga chiq, seni haydovchi kutyapti!
Qiz indamay, otasiga ort o‘girgancha uydan chiqdi. Uning asablari anchagina taranglashgandi. Chunki kecha o‘zi psixolog qabuliga bormayman degandi. Endi yana uning oldiga borish, qizning g‘ururiga to‘g‘ri kelmasdi. Lekin otasi uchun borishga majbur.
Jungkook yana o‘z sevgilisi Sera bilan telefonda gaplashgancha, bir bir soatga qarab qo‘yardi. Allaqachon qizning kelish vaqti bo‘lgandi, lekin qizdan darak yo‘q...
—Jungkookaaa nima haqida o‘ylayapsiz? - qiz hayol surib qolgan yigitini etiborini o‘ziga qaratgancha savol berdi.
—Deyarli hech nima, hozir keladigan bemorim bor. Shunga soatga qarayapman...
—Birpasda ishni boshlab yubordizmi? Men ham ishimdan tatilga chiqdim, balki sizni ko‘rgani borarman?
Shu payt eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi. Jungkook esa allaqachon bu kimligini tahmin qilgancha, lab chetida jilmayib qo‘ydi.
—Seram, mayli keyin gaplashamiz. Bemorim keldi...
Qiz shunday deyishiga, eshik ochilib ichkariga asabiylashgancha Calia kirib keldi...
Jungkook esa telefonini stol burchagiga qo‘yib, o‘rnidan turdi.
—Qo‘ng‘irog‘ingni qancha chaldim, ochmaganingga kirib kelaverdim, - qiz sumkasini qo‘ygancha, asta yigitga yaqinlashdi.
—Kutishni o‘rgan... Ha aytgancha kelmaysan deb o‘ylagandim) - Jungkook kesatgancha kuldi.
Qiz esa hech bir so‘z demay, g‘alati harakatlar bilan Jungkookga yaqinlashdi. Qo‘llari yigitning yoqasini to‘g‘irlagach, yelkasidan joy oldi.
—Jungkook... Men yigitim bo‘lasanmi?
Stol ustidagi telefon hamon yoqiq, bo‘layotgan voqealar esa ekrandan bemalol ko‘rinib turardi...
.
.
.