THALASSIC | JJK
Aytilishicha, haqiqiy muhabbat na vaqtga, na makonga va na insoniy cheklovlarga bo‘ysunadigan tuyg‘udir. Sevib qolgan inson uchun uning muhabbati hoh inson bo‘lsin, hoh inson ko‘rinishidagi qandaydir sehrli mavjudot... Yurak muhabbatga to‘ldimi, demak bu to‘siqlar u uchun hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmay qoladi. U ko‘rinishidan shishadek nozik, lekin temirdan mustahkam bo‘ladi.
Yer sharining qaysidir qismida, ulkan saltanatning kichik bir qishlog‘idagi savdo markazida oddiy kiyingancha, aholi orasida sayr qilayotgan kelishgan bir yigitni kim ham shahzoda deb o‘ylaydi deysiz? Egniga qirollik kiyimlaridan farqli o‘laroq oddiy tikilgan shoyi yaxtak tashlab olgancha shunchaki bozor narxlari bilan tanishar, bazi-bazida o‘zi uchun bir nimalar sotib olardi. Bozordagi odamlarning esa hech nima bilan ishi yo‘q, hamma o‘z kunini ko‘rish uchun tinmay tirishardi.
—Shahzodam, menimcha ketar vaqtingiz bo‘ldi? - shahzodadan bir necha qadamlar uzoqda izidan pinhona ximoya qilib kelayotgan soqchi unga biroz yaqinlashib pichirladi.
—Bu so‘zni odamlar orasida ekanligimda ishlatib bo‘lmasligini juda yaxshi bilasan! - Jungkook ham xuddi soqchidek past ovozda g‘udrandi.
—Kechirasiz, men adashdim shah...
Jungkook soqchi tomon yengil nazar tashladi. Adashishi tabiiy, chunki ular bu so‘zlarga o‘rgangan.
Jungkook rastalar orasidan o‘tib borar ekan, shovqinli davrada bo‘layotgan kichik mojaro etiborini o‘sha tomon qaratishga majbur qildi. U qiziqqancha davraga quloq tashladi.
—Qirol doim o‘z saroylari haqida qayg‘uradi! U oddiy aholi orasida bo‘layotgan bunday mojarolarni qayoqdan ham bilardi?!
—Xazrati oliylariga bunday tuxmat qilishga qanday tiling bordi? Sen hali go‘dak ekanligingda ularning otasi bizni eng qiyin davrlardan olib chiqdi, hozir esa u o‘z otasi kabi rahmdil va etiborli!
—Menimcha ketishimiz kerak....
—Suhbatni bo‘lma Yaren! - Jungkook suhbatni yaxshiroq tinglash uchun davraga yaqinroq keldi.
—Nega hozirgi yosh qirol haqida bunday fikrdasiz? - Jungkook suhbatga biroz aralashishga harakat qildi. Jungkook yosh bo‘lishiga qaramay, anchagina teran fikrlar va ko‘p muammolarga yechim topishga xayrihoh edi.
—Ehh birodar, siz sotuvchi emassizda! Bozorda narxlarni ko‘tarishga majbur bo‘lyapmiz, barchasi qo‘shni qirollikning karomati bilan! Qo‘shni aholi o‘zlarining narxlarini oshirib yuborishyapti, natijada biz ham ayrim mollar narxini ko‘tarishga majbur bo‘lyapmiz, - sotuvchi odam qoshlarini chimirgancha yosh yigitchaga tushuntirish berardi.
—Tushunarli... Qirol hozir boshqa davlatga ketgan deb eshitdim, balki shunga bo‘lishi mumkin, - Jungkook so‘zlarini ehtiyotkorlik bilan tanlardi.
Biroz o‘tkazilgan suhbatdan so‘ng, u savdo markazidan chiqqancha keng tepalik tomon yurdi. Ortidan esa doimiy maslahatchisi Yaren unga hamrohlik qilardi.
Jungkook "shahzoda" degan unvonga loyiq bo‘lish faqatgina o‘z istaklarini bajo keltirgancha rohatda yashash emas, balki, aholi orasida yurgancha ularning dardini eshitish va yurakdan his qilib yechim o‘ylash deb bilardi. Asosiy qirollik ishlarini akasi qilsa, u asosan aholi haqida qayg‘urardi. U ko‘p xollarda aynan shunday oddiy kiyimlar kiygancha, ko‘plab odamlar dardini tinglardi.
—Shahzodam, nima deb o‘ylaysiz xazrati oliylari qo‘shni qirollik bilan oradagi chegarani olib tashlab to‘g‘ri qildimikan?
—Bunda ham bir xayr bor Yaren, men akamning tanloviga ishonaman.
Shahzoda va maslahatchi tepalikdan o‘tgach, keng gulli bog‘ oldiga kelishdi. Jungkook yo‘lidan to‘xtab, o‘z maslahatchisi tomon qaradi.
—Yaren sen saroyga qaytishing mumkin. Men biroz sayr qilmoqchiman.
—O‘zingiz qolishingizga ishonchingiz komilmi shahzodam?
—Mutlaqo! Bilasan bu doimiy maskanim, bemalol ketishing mumkin.
Yaren shahzodasiga bosh eggancha, undan uzoqlashdi. Jungkook esa anchadan beri kelmayotgan manziliga bugun vaqt topib kelganidan xursand edi. U odatda bo‘sh vaqtlari shu yerga kelar, ko‘l bo‘yida biroz sayr qilar, gullar orasida o‘tirgancha biroz yozuvchilik bilan ham shug‘ullanib turardi. U musiqa va sanʼat shinavandasi bo‘libgina qolmay, o‘zini ham shu yo‘llarda sinab ko‘rardi.
U asta yam yashil, turli tuman gullar qiyg‘os ochilib turgan bog‘ga qadam bosib, hayol surgancha sayr qila boshladi. Bog‘ keng, aynan bahor payti bo‘lgani uchun unchalik katta bo‘lmagan sakura daraxtlari bog‘ning go‘zalligiga yana ham go‘zallik qo‘shib turardi.
U bog‘ bo‘ylab yurib borar ekan, ko‘ldagi suv shitirlashiga monand yangrayotgan, odamni sarmast qiluvchi yoqimli ovoz quloqlariga chalingancha qadam bosishdan to‘xtadi.
Jungkook atrofga keng nazar tashlagach, ko‘l bo‘yida xarakatlanayotgan bir nozik qomatga ko‘zi tushdi. U qizni qo‘rqitib yubormaslik uchun tezda katta daraxt ortiga yashirindi.
Ko‘l bo‘yida oppoq ko‘ylakli qiz mayin ovozda kuylar va shu kuyiga monand tanasini xarakatga keltirgancha raqs tushardi.
—Ajabo! Bu qanday go‘zallik? - Jungkook past ovozda o‘ziga-o‘zi pichirlab, qizni tomosha qila boshladi.
Qizning burmali etaklari va uzun yenglari uning raqsiga ko‘rk qo‘shib turardi. U huddi osmonda parvoz qilayotgan oqqushdek juda ham yengil raqs xarakatlarini bajarardi. Uning soch tolalari quyosh nurlari tegishi bilan malla tusga kirib, qahvani eslatuvchi ranglar bilan jilvalanar, har bir harakatida mayinlik bilan tovlanardi. Hatto mayin shamol ham uning raqsiga jo‘r bo‘lgandek, sokin esib turardi. Qiz esa butun tanasi bilan raqsni his qilar, atrofdagi jamiki go‘zallikni o‘zining rom qiluvchi jamoliga uyg‘unlashtirib yuborardi.
Jungkook qizning yoqimli ovoziga va taskin beruvchi raqsiga sarmast bo‘lgancha, qancha payt o‘sha yerda o‘tirganini hatto anglay olmasdi.
Uzoqdan kelgan boshqa bir ayolning ovozi, qizni nozik xarakatlarini to‘xtatdi. Qiz ovoz kelgan tarafga asta o‘girilib, o‘sha tomon yura boshladi.
—Otanggiz siz saroydan chiqib ketganingizni sezgach, tezroq borishingizni buyirdilar! - begona ayol xansiragancha gapirardi.
—Saroy? Yana qanday saroy bo‘ldi? - Jungkook o‘ylanib qoldi, bu saltanatda barcha saroylar ularga tegishli, lekin bunday go‘zal bir malak bu saroylar ichra uchramas edi.
Qiz tezlik bilan deyarli yugurgancha ayolga ergashdi. Jungkook o‘ylandi, ortidan borish haqida... Lekin bu to‘g‘ri qaror emasligini bilardi.
—Bizning qirollikdan bo‘lmasa, demak qo‘shni qirollikdan? Axir endi hech qanday chegaralar yo‘q, ularning aholisi bemalol bizning saltanatga o‘ta olishadi...
Jungkook chuqur o‘yga tolib, ortini daraxtga suyagancha ko‘zlarini yumdi. Hayolida esa o‘sha oq ko‘ylakdagi oqqush misol qiz gavdalanardi.
Oradan bir xafta o‘tdi. Aynan shu bir hafta davomida Jungkook bo‘sh vaqt topishi bilan o‘sha bog‘ tomon yo‘l olardi va ancha vaqt o‘sha yerda o‘z oqqushini kutardi. Lekin natija yo‘q... O‘sha so‘nggi bejirim raqsidan so‘ng u bu bog‘ga qadam ranjida qilishdan bosh tortib, shahzodani sarmast bo‘lishdan mahrum qildi.
Jungkook hozir o‘z xonasida o‘tirgancha, chuqur o‘yga botgandi. So‘nggi vaqtlarda uning ong-u shuurini o‘sha malak oppoq etaklari orasida olib qochgandi. Hayollari tarqoq, qanday yumushlari bo‘lsa ham oradagi tanaffuslarda o‘sha raqs va kuyni takroran o‘ylashdan charchamasdi. U kuy so‘zlarini eslashga harchand urinmasin, baribir eslay olmasdi. Bu uchun u biroz o‘zini koyib qo‘ydi ham.
—Shahzodam, so‘nggi paytlar anchagina horg‘in ko‘rinyapsiz, - Yaren nomalarga muhr qo‘yishdan tinib qolgan shahzodasiga diqqat bilan nazar soldi.
—Hayollarim tarqoq Yaren... Bir hafta oldin men bog‘da yolg‘iz qolgandim, agar esingda bo‘lsa... - Jungkook yelkasini kursiga suyagancha qulay o‘tirdi.
—Albatta esimda. Ho‘sh u yerda biror muammoli vaziyatga duch keldingizmi?
Jungkook chuqur nafas chiqargancha, boshini yo‘q degandek qimirlatdi.
—O‘sha kuni, bir qizni uchratdim. U mayin harakatlar bilan raqs tushardi, men esa buni pinhona kuzatdim. Birozdan so‘ng bir ayol uni "xonim otanggiz saroyda sizni kutyapti" degancha uni olib ketdi...
—Qanday saroyga? - Yaren shahzodaning so‘zlarini bo‘lib qo‘yganini tushunib, boshini egdi.
—Yaʼni bizning saroylardanmi? O‘ylashimcha bizda unday qiz yo‘q...
Jungkook chuqur xo‘rsingancha, barmoqlarini ishqaladi.
—Bizning saroyda aniq bunday qizlar yo‘q... Bo‘lganda allaqachon akamning nazariga tushgan bo‘lardi, - Jungkook labini biroz tishlab o‘ylanib qoldi.
—Yaren, qo‘shni qirollik oilasi haqida maʼlumot yig‘! Men u qizni topishni istayman!
—Bosh ustiga shahzodam. Hoziroq men xabarchilarga buyiraman, ular qo‘shni qirollik oilasi haqida malumot yig‘ib keltirishadi!
—Endi esa ruhsatingiz bilan chiqsam, - u boshini egib tazim qildi.
—Yaren, sen deyarlik do‘stimdeksan. Ko‘p mulozamat shart emas!
Yaren xonadan chiqqanidan so‘ng, Jungkook o‘rnidan turgancha ochiq ayvoniga chiqib, saroy xovlisini kuzata boshladi. Havo aynan o‘sha kungidek, quyosh nurlari siniq nur sochar, shamol ham yengil edi. Jungkookda bir zum yana o‘sha bog‘ tomon borish haqida fikr yuzaga keldi. U yezda saroy hovlisiga chiqqancha, to‘g‘ri otxona tomon yurdi. U o‘zining jigarrang yolli tulporini mingancha, yana o‘sha bog‘ tomon yo‘l oldi.
U qiz yana shu yerda bo‘lsa uni qo‘rqitib yuborishdan hadiksiragancha, otni bog‘ tashqarisida qoldirdi. Bog‘ga kirib, ko‘l tomon yurarkan yana o‘sha mayin ovoz eshitilishidan yuraklari titrab ketdi.
Jungkook bu safar biroz kech qoldi, chunki qiz allaqachon so‘nggi xarakatlarni bajargancha o‘z raqsini tamomladi. Qiz tez tez nafas olgancha, oyoqlarini cho‘zib maysa ustiga o‘tirib oldi. U yengil harakay bilan oyoqlaridagi ballerinalar uchun maxsus oyoq kiyimni yechib oldida, barmoqlarini uqalay ketdi.
Jungkook bu safar ham uni qo‘ldan chiqarishni istamadi. U bu safar yashirinib o‘tirmay to‘g‘ri qiz tomon harakatlandi. Qiz esa charchoqdan hatto atrofida nima bo‘layotganiga etibor ham bermadi.
Qiz va Jungkook orasida bir necha qadam qolganda, qiz boshini ko‘tarib qarshisidagi odamga tushunarsiz nigoh bilan qaradi.
—Hayrli kun... - Jungkook qarshisidagi go‘zal husnga lol qolgancha, biroz jim turgach so‘z qotdi. Qiz esa qo‘rquvdan hech bir so‘z aytmay, yigitdan hadiksiragancha qotib turardi.
Qiz hatto oyoq kiyim kiymasdan, tezda o‘rnidan turib ortga qadam bosdi.
—Men sizdan asli shu haqda so‘ramoqchi edim... Siz qaysi saroydansiz?
Qiz hech bir so‘z demadi, shunchaki ortga o‘girilgancha bu yerdan qochishni afzal ko‘rdi. Jungkook biroz tushunqiramay, dovdirab qoldi. So‘ng qiz ketayotganini anglab, ortidan yugurdi.
—Hoy qiz, mendan qochmang! Men yomon niyatda emasman! - Jungkook o‘zidan anchagina uzoqlashib qolgan qizning ortidan hansiragancha gapirardi.
—Men sizning raqsingiza va mayin ovozingizga shaydo bo‘ldim! Hech bo‘lmasa menga o‘zingizni tanishtirib keting!
Qiz bir og‘iz so‘z demadi, shunchaki qochgancha ko‘prikdan o‘tib, qo‘shni qirolikka o‘tib ketdi. Jungkook qizni ortiq bezovta qilib, yugurtirishni istamadi. Chunki qiz yalang oyoq edi, agar u jarohatlansa qalbi o‘rtanishini bilardi.
—Men sizni yana shu yerda kutaman! Iltimos mendan qochmang va go‘zal sanʼatingizdan mahrum qilmang!
Jungkook qizning gavdasi tobora yo‘qolib borayotgan tomon qichqirdi. Hansiragancha biroz yer tepingan yigit, qizni cho‘chitib yuborganidan xavotirda edi.
Jungkook tabiatan shunday yigit... U o‘zgalarga ozor berish va ko‘ngil sindirishni juda ham qattiq qoralardi.
Jungkook mayin oqayotgan suvga va unda suzib yurgan kichik oqqushlarga qaradi. Uning yodida esa qizning so‘nggi musiqa parchasi qolib ketgandi...
"Even if I doubt, it'll blooms with flame
Sing this song that will become history
Black swan, I'm a black swan, I'm like..."
Jungkook o‘rnidan turgach, bog‘dan tezlik bilan chiqdi. Otga o‘tirgancha, to‘g‘ri saroy tomon otlandi. U yo‘l bo‘yi hayolida o‘sha misralarni takrorlab borardi. Huddi yodidan ko‘tarilsa o‘zini kechira olmaydigandek qattiq chiranardi u.
Saroy eshiklari ochilib, ichkariga shahdamlik bilan kirib borgan shahzoda tezda xonasi tomon oshiqdi. Xonaga kirgach, bir o‘ram qog‘ozga so‘zlarni bitib qo‘ydi. Anchayin ko‘ngli taskin topgan yigit, qog‘ozni o‘rab alohida javonga solib qo‘ygach, saroy xovlisi tomon yo‘l oldi.
—Ehtirom! Shahzoda tashrif buyurdilar! - eshik soqchisi baland ovozda darak bergach barcha xizmatchilar-u kanizaklar extirom bilan shahzodaga bosh egishdi.
Saroyda bugun ish qaynagotgandi, chunki qirol bugun saroyga qaytadi. Jungkook hayollarini bir chetga surgancha, dasturxon va saroy aʼyonlarining ishlarini kuzatib chiqdi. U akasining yuragi tor ekanligini bilardi. Shuning uchun biror kichik ayb tufayli, saroy xizmatchilari jazolanishini istamadi. Ko‘zdan kechirishlar nihoyalangan so‘ng, u saroy xovlisiga chiqib, akasini o‘sha yerdan kutib olishga qaror qildi.
Nihoyat darvozalar ochilib, avval old soqchilar markazda esa xashamdor taxtiravon ko‘rinish berdi. Barcha xursand xolatda qirolni kutib olib, ulkan dasturxon atrofidan joy olishdi.
—Akajon, safaringiz qanday o‘tdi?
—Hammasi yaxshi o‘tdi, dunyo o‘lkalarining ayrim qismlari tinch, ayrim qismlarida esa tartibsiz jang ketmoqda!
—Muhimi sog‘ omonsiz! Bardavom sog‘lik tilayman!
—Raxmat, Jungkook, - qirol qadahdagi sharobdan xo‘plab so‘zlarni nimadan boshlashga ikkilanardi.
—Jungkook... Sen katta yigit bo‘lib qolding, hademay meni o‘rnimni bosuvchi bo‘lishing kerak...
Jungkook sanchiqini likop ustiga qo‘ygancha, boshini ko‘tardi.
—Ha, lekin dushmanlarimiz ko‘p bilasan. Ko‘nglim qandaydir noxushlik sezyapti...
—Aka! Bunday gaplar gapirishga hali yoshlik qilasiz. Qarang halo yuzingizda bir chiziq ajin yo‘q!
Jungkookning gapidan hammalari baravariga kulib yuborishdi.
—Jungkook, menimcha sen uylanishing kerak. Men bir narsa o‘ylab qo‘yganman. Qo‘shni qirollikda sultonning qizi bor. Agar unga uylansang do‘stligimiz yanada mustahkam bo‘ladi nazarimda...
—Qo‘shni qirolning qizi? - Jungkookning hayolida o‘sha farishta misoli qiz gavdalandi. Uning o‘sha duduqlanib gapirishi va ortiga qaramay qochib qolgani uning lablariga nim tabassum shakllantirgandi.
—Hoy Jungkook, nega bir pasda qizarib ketding? Uylanish taklifi yoqib tushgan ko‘rinadi, yoki o‘sha qizni taniysanmi? - Namjoon ukasining yuz tuzilishiga qarab kulib yubordi.
—Qirolning buyrug‘i qonun aka! Qizni qachon ko‘rsam bo‘ladi?
—Bu shoshqaloqlik qayoqdan? - Namjoon bir qoshini uchirgancha qararkan, Jungkook yelka qisgancha og‘ziga bir bo‘lak qovurilgan go‘sht soldi.
.
.
.