July 9, 2025

The Villain's Captive⛓️

Episode:11
Channel: Alores mufficc
.
.

Balkondagi stulda o‘tirgancha Parijning ulkan gavjum shahriga termuldim. Uzoqdan Eyfel minorasi o‘zidan yorug‘lik emas go‘zallik taratayotgandek...
Hozirgina bo‘lib o‘tgan voqealar miyamda g‘ujg‘on aylanyapti. Men o‘zimni boshqara olmadim, endi esa uning qarshisida haqiqiy foxishadek his qilyapman o‘zimni... Men tanamga ham, unga ham qarshilik qilmadim, aksincha bundan zavqlangancha uni ham shu yo‘lga tortdim.
O‘zimdan nafratlanib ketyapman... Qanday qilib o‘zingga dushman bo‘lgan odam bilan tun o‘tkazish mumkin? Men allaqachon o‘zimni Dantega topshirganman.
Dante... Bu ismni o‘ylashim bilan butun tanab titrab ketdi. Agar u bu barchasini bilsa... Meni aniq sog‘ qo‘ymaydi!

Uzoq uzoqqa tikilarkanman, ko‘zimdan chiqqan bir tomchi yosh yuzim bo‘ylab tushib, dudoqlarimga oshiqdi... Dush eshigi ochilganligidan dalolat beruvchi shovqin tufayli, tezda kaftimning ort tomoni bilan ko‘z yoshimni artdim. Nima bo‘lgan taqdirda ham uning oldida ojiz ko‘rinishni istamayman! Otam va Dante uchun ojiz ko‘ringanim yetarli, uni oldida men o‘zimni bunday tuta olmayman!

Aloqadan oldin, u men bilan suhbatlashmoqchi bo‘ldi. U menga "Senga yordam bermoqchiman" degandi... Bu bilan u nimani nazarda tutdi?
O‘tgan voqea o‘tdi, endi uni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Lekin uning yuziga qarashga ham botina olmayman! Ammo nega bunday deganini so‘ramoqchiman! G‘ururni chetga surishim kerak...

—Menga yordam beraman deganding... Bu bilan nimani nazarda tutding? - men xatto ortimga, yaʼni u tarafga o‘girilmasdan savol berdim.

U bir og‘iz so‘zlamadi... Sokin xonada qadam tovushlari eshitilardi holos. U men tomon yaqinlashib, balkonga chiqqach qo‘llarini temirga suyagancha ulkan shaharga chuqur tikildi. Men botina olmadim, uning yuziga qaray olmadim. Lekin uning har bir harakatini his qilardim...

—Kecha tunda... Aynan shu yerda bo‘lgan hodisani anavi yerdan biroz kuzatdim, - u qo‘lini ko‘tarib, qo‘shni balkonga ishora qildi.

—Va behosdan sening gaplaring qulog‘imga chalindi...

—Barchasini eshitdingmi? - men yana unga qaramay savol berdim. Demak u barchasini biladi endi... U mening ojizligimni biladi...
Ko‘zimdan yana bir tomchi yosh chiqdi. O‘zimni uning oldida juda ham ojiz qo‘g‘irchoqdek his qilyapman.

—Deyarli... - u boshini qimirlatgani, men u tarafga qaramaganimda ham sezildi.

—Ho‘sh qanday yordam bermoqchisan?

—Seni o‘sha Dante laqabli Jungkookdan qutqaraman.

Negadir uning gapi menga kulguli tuyildi, boshimni pastga qaratgancha lablarimni tishlab kuldim.

—Meni undan qutqarolmaysan...

Bu safar u kuldi. Bu kulish emas, deyarli mazax qilish edi. Men o‘zimni qo‘lga olgancha unga qarashga jazm qildim.

—Kim aytdi buni? Sen shunchaki meni kimligim va qo‘limdan nimalar kelishi haqida bilmaysan holos!

—Sen ham uning qo‘lidan nimalar kelishini bilmaysan, Taehyung...

Uning ismi lablarim orasidan chiqishi bilan, mening yuzimga qaradi. Uning nigohida hech qanday mano yo‘q, shunchaki lab chetida kinoyali jilmaygancha turardi holos.

—Rasmiy kyingancha, kompaniya ishlari bilan aralashib yuradi degani qo‘lidan hech nima kelmaydigan ishbilarmon degani emas, madmuazel~

U men tengi egilib, yuzimga yuzini yaqinlashtirdi. Uning ko‘z qorachiqlari chuqur tubsizlikdek edi. Men shu tubsizlikka qamalgandek his qildim o‘zimni. Uning ko‘z ostidagi mitti holi negadir meni o‘ziga tortib borardi. Men uzoq unga tikilib qoldim... Ahmoqsan Calia! Termulishni bas qil!

—Xullas, men seni o‘sha Dantedan janoblaridan qutqaraman. Faqat buni evaziga sen meni bir shartimni bajarasan! Rozi bo‘lsang men ham roziman. To‘g‘risini aytganda seni bunday ojiz ko‘rish meni muzlagan qalbimni biroz bo‘lsa ham eritgandek bo‘ldi. Ayol kishining ojizligiga chiday olmaydi bu ko‘ngil, nima qilay endi?

Men o‘ylanib qoldim... Bilardim, bu mister kibr o‘zidan o‘zi menga yordam bermasligini. U doim qandaydir manfaat ko‘zlaydi. Lekin tavakkal qilmoqchiman... Azoblanib ular bilan yashaguncha, harakat qilib ko‘rganim afzal! Baribir hayotim binoyidek ketmayotgan bo‘lsa...

—Roziman!

—Shart nima ekanligini bilmasdan turib hammi? -u bir qoshlarini ko‘targancha qaradi.

—Nima bo‘lsa ham, tavakkal qilishga haqqim bor o‘ylashimcha...

—Yaxshi unda kelishdik! Sen meni aytganimni qilasan, men esa seni undan qutqaraman. Faqat meni buyruqlarimga etiborli bo‘l.

—Shart qanday?

—Seulga qaytganda aytaman.

U men taraf qo‘lini uzatdi. Men ham uning ko‘zlariga qarab turib kaftiga kaftimni bosdim. Ko‘zlarimga chuqur termulgancha, qatiyat bilan qo‘limni siqdi. Bu kelishuv hayotimni biroz bo‘lsa ham o‘zgartirishiga bor vujudim bilan ishonishni istayman.

—Endi dam ol, ertaga bu yerdagi so‘nggi kunimiz bo‘ladi, - u shunday deb o‘rnidan turib, eshik tomon yurdi.

—Istasang sen bilan uxlashim mumkin. O‘ylashimcha o‘zing qo‘rqasan? - u kinoyali jilmaydi.

—Hojati yo‘q. Shuncha yordam berganing yetarli. Ortig‘i malol kelmasin, - men ham kinoya bilan chaqib oldim.

—Mayli unda xayrli tun. Ha aytgancha, boya aloqa paytida aytgan gaplarim mastlikdan emasdi. Seni tanang... U chindan ham takrorlanmas edi!

U ko‘z qisgancha, xonadan chiqdi. Men uni bir onga yaxshi insondek o‘ylab, o‘zimni qarmoqqa ilingandek his qildim. U haqiqiy takabbur inson! Faqatgina o‘zini o‘ylaydigan xudbin xolos!

~~~

Bugun Parijdagi so‘nggi kunimiz va kechqurungacha bo‘sh bo‘lganimiz uchun o‘zim uchun kerakli buyumlar harid qilgani do‘konlar aylandim. Taehyung bilan birgalikda keldik, so‘ng ajraldik.
Bugun kechga bazm bo‘larkan, shu uchun ko‘ylak tanlashim kerak. Menincha Taehyung ham o‘zi uchun kiyim harid qilgani kelgan.

Rastalar bo‘ylab aylangancha o‘zim uchun ko‘ylak qidira boshladim. Menimcha bu juda rasmiy bazm emas, shunchaki party edi. Men ikkita yonma yon turgan ko‘ylaklar oldida to‘xtadim. Ikkisi ham bir biridan ancha farq qiladigan, lekin chiroyli edi.

—Xonim, bu ikkala ko‘ylak ham sizga juda yarashadi. Kiyib ko‘rishni hoxlaysizmi? - sotuvchi men to‘xtalib qolganim uchun menga yaqinlashdi.

—Shu ikkalasini olib beringchi, kiyib ko‘rmoqchiman.

—Siz kiyinish xonasiga kirib turing, ortizdan olib boraman.

Men kiyinish xonasi tomon yurdim, ortimdan esa sotuvchi qiz yurdi. Kiyinish xonasiga kirib, birinchi sariq rangli ko‘ylakni kiydim. Bu ko‘ylak kalta bo‘lib, burmalari yig‘ma shaklida bejirim qilib tikilgandi. Men ko‘ylakni kiyib chiqib, kiyinish xonasi oldidagi oynaga qaradim. Ushbu ko‘ylak tanamning barcha shakllarini yaqqol ko‘rsatib turardi.

—Xonim, sizga bu juda yarashdi.

Aksimga qaradim, bu ko‘ylakda tanamning ko‘p qismi ochiq qolarkan. Hamda juda ko‘zga tashlanuvchan edi.

—Keyingisini ham kiyib ko‘rmoqchiman.

Men kiyinish xonasiga kirib, keyingi ko‘ylakni kiydim. Bu ko‘ylak qora bo‘lib, yelkalari bejirim toshlar bilan bezatilgan, orti esa belimgacha ochiq edi. Men bu ko‘ylakni kiyganimda qandaydir nafislikni his qildim.
Kiyinish xonasidan chiqib, yana oyna oldiga keldim. Sotuvchi qiz ko‘rinmadi... Aksimga qarab turarkanman, ortimdan kelgan erkak kishining yo‘g‘on ovozidan etim uchib ketdi.

—Narigi ko‘ylakda ko‘proq jozibali ko‘ringanding...

Ortga qaraganimda Taehyung ustunga suyangancha meni kuzatib turardi. Uning o‘tkir nigohidan o‘zimni biroz noqulay his qildim.

—Qachondan beri kuzatyapsan? - men qo‘llarimni ko‘kragimga bog‘lagancha savol berdim.

—Ko‘p bo‘lmadi, sen shunchalar band edingki meni ko‘rmay qolding.

—Shu yerda ekanliging yaxshi, - men qo‘limni ikki yonga yoygancha aylandim.

—Ho‘sh bu qanday turdi?

Taehyungning ko‘zlari mening kichik bo‘lsada yaqqol sezilgan ko‘kraklarim, ingichka belim va kalta ko‘ylakdan ochiq xolatda turgan oppoq oyoqlarim bo‘ylab aylanib chiqdi. U pastki lablarini tishlagancha mening ko‘zlarimga tikilgancha, qadamma qadam yaqinlashdi.

—Ho‘sh?

Men savol nazari bilan menga yaqinlashayotgan Taehyungga qaradim. U esa yoyilgan sochlarimni qo‘li bilan yig‘ib, yon tarafimga tashladi. So‘ng mening ochiq yelkamdan titgancha, oyna tarafga o‘girdi.

—Sochlaring shunday xolatda, - uning qo‘llari mening sochlarimga oralagancha, ochiq yelkamga o‘tdi. Negadir butun tanamda chumoli o‘rmalagandek, yuragimda kuchli hayajon bo‘roni ko‘tarildi.

—Bu ko‘ylakda sen hamma erkaklarni yuragini yoqishing mumkin, - uning barmog‘i mening belimgacha ochiq bo‘lgan, kuraklarimda raqsga tushardi. Yuragim zarbi quloqlarim ostida urayotgandek tuyildi menga.

—Shu ko‘proq yarashgan senga, - u bir qadam ortga yurib, mendan uzoqlashdi. U uzoqlashishi bilan o‘zimni g‘alati his qildim. U menga boshqacha tasir ko‘rsatyapti...

—Shuni olaman, - men ovozimdagi hayajonli titroqni bosgancha, sotuvchi qizga gapirdim.

Taehyung esa lab chetida manoli jilmaygancha mendan uzoqlashdi.
Men tezda kiyinish xonasiga kirib, kiyimimni almashtirdim. Chuqur chuqur nafas olgancha o‘zimga kelishga harakat qilardim.

—Menga nima bo‘lyapti? - kaftim ko‘kragim ustiga bosildi.
—Negadir u menga yaqinlashganda o‘zimni boshqara olmayapman...

Kiyinish xonasidan chiqqanimda, Taehyung eshik oldida kutardi. Yordamchilarining qo‘lida esa turli hil paketlar.

—Qancha to‘lashim kerak?

—Xonim, bu janob siz uchun ikkala ko‘ylakni ham sotib oldi, - kassir qiz qo‘li bilan Taehyungni ko‘rsatdi.

—O‘zim sotib olardim, - Taehyungga qaragancha, bir qoshimni ko‘tardim.

—Mendan sovg‘a sifatida qabul qil. "Paris boy" dan esdalik, -u shunday deb ko‘zini qisgancha oldinlab ketdi.

—Hhh, o‘rgildim Paris boymish. Mister kibr ko‘proq yarashadi, - qorachiqlarimni aylantirgancha, ortidan ergashdim. Sotuvchi qiz esa hayron nigohlarini tikgancha ortda qoldi.

Xaridlar tugagandan so‘ng ikkimiz ham bitta mashinaga chiqdik. Yo‘lda ketarkanmiz u mutlaqo jim xolatda iPadni titkilagancha ketardi. Uning o‘tkir atiri butun mashina salonini chulg‘ab olgandi.

—Bizni Eyfel minorasi ostiga olib bor, - uzoq sukutdan so‘ng u boshini ko‘tarib haydovchiga buyirdi.

—Hop janob.

—Balki mehmonxonaga qaytarmiz, kechga bazm bor?

—Bugun so‘nggi kun, bundan rohatlanib qol, Madmuazel...

Mashina eyfel minorasi ostidagi maydonchaga yaqinroq joyda to‘xtadi. Haydovchi avval menga, so‘ng unga eshikni ochib bergach mashinadan tushdik.
U to‘g‘ri aytadi, Parijga kela turib Eyfel oldiga kelmay ketish bo‘lmasdi axir!

—Ortimdan yur, - u oldinga yurgancha, menga ham ishora qildi.

—Qayoqqa?

—Muzqaymoq yeymiz, so‘ng suratga tushamiz.

U katta qadamlari bilan oldinlab ketarkan, men uning ortidan mayda qadamlarimni tezlatib, deyarli yugurgancha yurardim.

—Hoy, sekinroq yursangchi? - nafasimni rostlab, o‘rnimda qotib turdim. U menga etibor ham bermay ketaverdi. Bu yerda qaqqayib turishdan hech qanday mano topmay, ortidan ergashdim.
U allaqachon men va o‘zi uchun muzqaymoq sotib olgancha, meni kutardi.

—Toshbaqa ham sendan tezroq yuradi, - u men tomon muzqaymoq uzatgancha mazax qildi.

—Seni bu tezliging oldida raketa hijolat, - yuzimni burdim.

—Ha keyin, men muzqaymoq yoqtirmayman.

U menga tushunarsiz nigoh bilan termuldi.
—Tatib ko‘r, bu ajoyib!

Men uni qo‘lidan muzqaymoqni olib, biroz tatib ko‘rdim. Muzqaymoqni yer ekanman, uning nigohi mening lablarimdan hech ham uzilmasdi. Negadir o‘zimni biroz noqulay his qildim.

—Hmm, mazali ekan, - labim chetiga tegib qolgan sovuqlikni, barmoqlarim bilan tozaladim.

—Sening lablaringchalik emas, - u shaytoncha irshaygancha, pastki labini biroz yaladi.

—Bu bizning muzqaymoqdan farq qilarkan, - gapni aylantirgancha, unga ort o‘girib minora tomon yurdim.

Kun botar mahak kelib qolganda minora juda chiroyli ko‘rinar ekan.

—Meni suratga ol, - ortimdan kelgan Taehyung qo‘l telefonini menga berdi.

—Mendan yaxshi suratkash chiqmaydi.

—Muhimi atrof chiroyli, men esa har qanday xolatda kelishgan ko‘rinaman! Shunday ekan hohlagan pozangda suratga ol, - u yurib minora ostiga turdi.

—O‘rgildim, kelishganmish, - yuzimni burgancha qo‘limdagi telefonni kamerasiga kirdim.

U oddiy harakatlar bilan minora ostida turardi. Men esa ataylab poylab, poylab uni xarakatlanayotgan paytida rasmga oldim. Jin ursin! Uning suratlari shunday xolatda ham negadir yoqimli chiqayotgandi!

—O‘ylashimcha yetarli! Endi sen tur men olaman!

—Yo‘q men tushishni istamayman!

U so‘zlaringa qarab ham o‘tirmay, meni gapirayotgan xolatlarimda ham suratga ola boshladi.

—Hoy, hech bo‘lmasa to‘g‘ri turay! - u kulgancha davom etaverdi. Bu odam qanday a? Bir qarasang yoqimli, bir qarasang jirkanch qiliqlari bor!

Ularni chetdan kuzatayotgan odam, surat va videolarga olgancha egasiga yetkiza boshlagandi.

—Janob, ular hozir birgalikda vaqtlarini chog‘ o‘tkazishyapti. O‘ylashimcha ular anchagina chiqishib olishgan...

Kompyuter ekraniga qovoqlarini uygancha qarab o‘tirgan erkak, endi asabdan kompyuter ekranini qattiq yopgancha, ustiga musht tushirdi.

—Demak vaqtingiz chog‘ o‘tyapti, bo‘ysunmas ohuyim, - yigitning asabdan tomirlari bo‘rtib ketgandi.

—So‘ngi kun Dante... Ertaga ohuying qo‘llaring, balki tanang ostida ezg‘ilanadi! - yigit o‘ziga o‘zi gapirgancha, boshini kursiga tashlab o‘zini tinchlantirardi. U allaqachon hayolidan qizning og‘riqdan qichqirib, iltijo qilayotgan nolalarini o‘tkazardi. Ko‘z oldiga esa uning oppoq va nozik tanasi, ojiz xolatda yig‘layotgan yuzini keltirardi.

—Jin ursin! Lanati Kim! - Jungkook asabiy ko‘zlarini yumdi.

O‘zini asabiylikdan tiyib turarkan, telefonning baland tovushi uni chalg‘itib yubordi.

—Eshitaman?

—Bossning o‘ng qo‘lini ayoli, uni o‘ldir. Ayni damda sen va meni ortimizdan tushgan va birnimani biladi!

—Yaxshi xonim, bajariladi!

Jungkook qo‘ng‘iroqni uzib, o‘zining yordamchisiga qo‘ng‘iroq bosdi.

—Reinani hozir qayerdaligini aniqlab, tutib omborga olib bor!

—Ho‘p bo‘ladi janob Dante!

Qo‘ng‘iroq uzilgach, Jungkook mashinaga o‘tirib, o‘zining ombori tomon yurdi.

—Sen bilan Kim, keyin gaplashamiz! Petal, sen ham javob berasan!

.
.
.

Kim Taehyung

Min Calia

Jeon Jungkook

.
.