September 30, 2025

Navigation / Ep-3

𝙊𝙣 𝙩𝙝𝙚 𝙨𝙪𝙧𝙛𝙖𝙘𝙚, 𝙄 𝙢𝙖𝙮 𝙡𝙤𝙤𝙠 𝙪𝙣𝙗𝙧𝙚𝙖𝙠𝙖𝙗𝙡𝙚, 𝙗𝙪𝙩 𝙢𝙮 𝙞𝙣𝙣𝙚𝙧 𝙬𝙤𝙧𝙡𝙙 𝙙𝙤𝙚𝙨𝙣’𝙩 𝙧𝙚𝙛𝙡𝙚𝙘𝙩 𝙩𝙝𝙚 𝙗𝙚𝙖𝙪𝙩𝙮 𝙮𝙤𝙪 𝙞𝙢𝙖𝙜𝙞𝙣𝙚....

Yuqori tezlik, kuchli shamol va osma koʻprik ustidan shiddat bilan harakatlanayotgan motosiklda qoʻllarimni keng yoygancha zavqdan bor ovozim bilan baqirardim. Chunki men bu tuygʻuni ilk bor his qildim, toʻgʻri menda turli xil mashinalar boʻlishi mumkun, lekin hechqachon garajimda motosikl boʻlmagan. Bu zavqni shunchaki tariflab bera olmayman, bu tuygʻuni ertaroq his qilmaganim uchun oʻzimni ayblayman xolos. Qoʻllarimni sekin tushurib rulni boshqarayotgan Jungkookning belidan maxkam oʻrab oldim, kuchli shamol yordamida sochlarim haryoqqa uchardi, koʻzlarimni yumdim va shunchaki Jungkookka ishondim. Bir onda motosikl toʻxtaganini sezdim va koʻzlarimni sekinlik bilan ochib atrofga qaradim, biz sohil boʻyiga kelgan edik
~nega buyerga keldik?
~bunaqa zavqdan keyin qaynoq qahvaga tabinggiz qalay?
~buni rad eta olmayman albatta
~sen oʻrningdan qimirlama, men oʻzim olib kelaman
Jungkook motosikldan tushmasligimni tayinlab oʻzi bir necha metr uzoqlikdagi kichik kafe tomon ketdi. Etiborimni tortgan dengizning toʻlqinlanib oqishi tortdi, joyimda qimirlamay oʻtirgancha toʻlin oy ostida yaltirayotgan dengizga qaradim, nihoyatda goʻzal manzara. Hayollar ogʻushiga berilib ketganimda Jungkook kelganini ham payqamadim, dimogʻimga urilgan qahva hididan u tomon qaradim
~koʻp kuttirmadimmi?
~yoʻq, men shunchaki hayol surib qolibman
Qahvani menga bergan Jungkook rulga teskari oʻtirgancha menga termuldi
~buyer senga yoqdimi?
~aslida buyerga kelib turaman, dengizni kuzatish menga yoqadi
~yolgʻiz kelarmiding?
~ha, menga sherik topilishi biroz qiyin nazarimda. Chunki meni bu harakterimnga chiday oladigan insonni hali uchratmadim
~endi yolgʻiz kelmaysan
~nega?
~chunki endi men borman
Men uning bu gapidan biroz hijolat boʻlgancha nigohlarimni boshqa tarafga qaratdim, orada sukut paydo boʻlar ekan qoʻlimdagi qahva ham tugay deb qolgandi. U esa allaqachon tugatgandi va shunchaki menga termulib oʻtirgandi. U qancha vaqt menga shunday tikilmoqchi oʻzi? Uning bu nigohlari meni yetarlicha bezovta qilayotgan edi, qahvamni bir koʻtarishda ichib yubordim va unga qaradim
~ketamizmi?
~dengiz boʻyiga kelib sayr qilmasdan ketmoqchimisan?
~lekin vaqt allamahal boʻldi
Jungkook hechqanday soʻz demasdan motosikldan tushdi va menga yaqinlashgancha qoʻllariga koʻtarib oldi, ochigʻi aqlim shoshib qoldi uning bu harakatiga
~nima qilyabsiz?
~hechnima
U meni yerga qoʻyganda mayin qum ustiga oyogʻimni bosdim, atrofda odamlar kamligi bois oʻzimni erkin tutishga harakat qildim, chunki menga odamlar gavjum joylar yoqmaydi. Toʻsatdan kaftimdan tutgan qoʻllar meni oldinga yetaklay boshladi, Jungkook meni hayratlantirishdan toʻxtamayapti jin ursin. Qanday qilib men bu darajada itoatkor boʻlib qoldim? Shavqatsiz va qotil Rey qachon shu holga kelishga ulgurdi oʻzi? Oʻzimni taniy olmayabman. Jungkook qoʻlimdan tutgancha sohil boʻylab yurib borar ekan men itoatkor qoʻzichoqdek bir soʻz demasdan kichik qadam tashlagancha uning ortidan yurib borardim, toʻsatdan boshimni ulkan tanaga urib olgach unga qaradim
~seni bu darajada hayolot ogʻushiga chorlayotgan narsa nima Rey?
~shunchaki, buni aytishim kerakmi?
~bu sening xoxishing albatta. Bilasanmi shu onda senga bir gap aytishni oʻylab qoldim
~qanday gap?
Jungkook men tomon oʻgirilib ikkala qoʻlimdan tutdi, men nima boʻlayotganiga tushunmasdan jim edim
~bilasanmi, men bunday ishlarga avval duch kelmaganim bois biroz hayajonlanyabman, xoʻsh....shu paytgacha toʻgʻri mening hayotimda ayollar boʻlgan, lekin ular faqatgina bir kechalik yoki bir necha soatlik edi. Lekin men toʻsatdan seni uchratdim, bilsang endi oʻzga ayollarga qayrilib ham boqa olmayabman. Seni koʻrmasam turolmayabman, qandaydir kuch meni sen tomon itarmoqda. Men.....men senga oshiq boʻldim Rey, seni telbalarcha sevib qoldim
~Jungkook men...
~shoshma, gapimni oxirgacha eshit, bilaman buni birdan qabul qilishing qiyin, shunchaki menga birgina imkon berishingni xohlayman, seni chindan sevaman Rey, xoʻsh?
Jungkook duduqlangancha gaplarini yakunlab mendan javob kuta boshladi, men undan bunday savol kutmaganim bois jim qoldim, nima deyishga hayron edim, soʻzsiz tikilib qoldim..

~ochigʻi men nima deyishga hayronman, shunchaki bu gaplarni men kutmagandim, men...haligi...
Unga nima deyishni bilmasdan dovdiragancha atrofga alangladim, axir unga qanday qilib rozilik bera olaman. Axir mening farzandim bor, unga buni aytishim kerakmi? Taehyungchi? U buni qanday qabul qiladi? Jin ursin, hozir menga mayus koʻzlar bilan termulib turgan Jungkookka nimadir deyishim kerak. Qoʻllarimni sekin undan tortib oldim, u shunchaki harakatsiz meni kuzatdi
~Jungkook, sizni xafa qilishni xohlamayman, lekin men rozi boʻla olmayman
~rozi emasmisan? Nega? Tez qaror chiqarma, ertagacha oʻylab koʻr Rey, men seni shoshirmayman
~Jungkook....oʻylashga xojat yoʻq, men....men rozi boʻla olmayman. Bunga yarasha sabablarim ham bor, shunchaki buni tushuntira olmayman
Men bir qadam ortga qadam tashladim, Jungkook chuqur-chuqur nafas olgancha qoʻllari bilan sochlarini ortga silagancha men tomon qaradi
~hayotingda boshqa biri bormi? U sabab meni rad etyabsanmi?
~unday emas men...
~shunday, yoʻqsa nega rad etyabsan, gapir jin ursin
Jungkook ikki yelkamdan qisgancha menga baqira boshladi, avvaliga hechnarsani tushunmasdan qotib qoldim, chunki inson bir soniyada bunchalik oʻzgara olmasdi. Ammo men uni narkoman ekanini unutib qoʻydim, xa u yetarlicha ruxiy kasal edi...
~bas, bu qanday muomila? Men shunchaki sizga yaxshi yoʻl bilan xohlamasligimni tushuntirdim, lekin siz nima qilyabsiz? Ortiq menga yaqin kelmang Jungkook
Men gʻazab bilan ortga oʻgirilib keta boshladim, bir nechta qadam tashlashim bilan qarshimga qayta Jungkook keldi, unga qarar ekanman toʻsatdan yerga tiz chukkani sabab hayratlandim
~kechir, men qizishib ketdim. Senga ozor berdimmi, mayli meni jazola, men shunga loyiqman
~Jungkook nima qilyabsiz? Hoziroq oʻrninggizdan turing
Men uning yelkasidan tortib turgʻazdim
~bu axmoqlik, tomosha koʻrsatishdan nima foyda
~naxotki tushunmayabsan men seni sevaman deyabman, senga telbalarcha oshiq boʻldim deyabman
~yaxshi lekin men bunga rozi boʻla olmayman
~chunki hayotingda boshqasi bor, shundaymi? Gapir, kim uchun meni rad etyabsan? U mendan shunchalik ustunmi? Kimdan kam joyim borligi men ham bilay, qani gapir iltimos
~Jungkook, uyga ketaylik iltimos
Jungkook bir muddat gapirishdan toʻxtadi, qoʻllarini musht qilgancha lablari orasida haqoratli soʻzlar otilib chiqdi va tok urgandek msnga qaradi, belimdan maxkam tortgan qoʻllari yordamidan uning ulkan quchogʻiga kirib qoldim, nima boʻlganini anglashga ulgurmasimdan Jungkook lablarimga yopishib ketdi. Avvaliga koʻzlarimni katta ochgancha shok holatida turdim, labim ustida harakatlanayotgan qaynoq lablarni his qilgach uni oʻzimdan itarishga harakat qildim. Ammo mening bunday zaif harakatlarim unga tasir ham qilmasdi, u moxirlik bilan avval yuqori lablarimni oʻpib tishlagancha keyin pastki labimga oʻtar elan qoʻllari sekinlik bilan pastlashib borar edi. Bundan battar vezovta boʻldim va kuchliroq harakat qildim, ammo yana foydasiz edi. U belimdan qoʻllarini chirmoviqdek oʻtkazgancha boʻsani davom ettirdi. Uning lablari orasidan qolgan lablarim menga boʻysunmasdan oʻz erkini unga topshirib qoʻygandek edi. Bir on tanam tipirchilashdan toʻxtab qoldi, ogʻzimda sayr qilayotgan Jungkookning tili shundarajada meni hayajonlantirar ediki oyoqlarim qanday qilib koʻtarilganini ham sezmadim, qoʻllarimni uning boʻynidan oʻtkazgancha men ham boʻsaga javob qaytardim. Bu axmoqlik, mening tanam oʻzimga boʻysunmayapti, uning extirosli harakatlari oldida men ojiz qolib ketdim, birgina boʻsa meni adoyi tamom qilmoqda edi. Nihoyat nafas yetishmasligidan uzilgan 10 daqiqalik boʻsani yakunlagan Jungkook lablarida tabassum bilan menga qaradi, shu on yer yorilsayu yerga kirsam edi. Uyatdan tanamda turmagan tukim qolmadi, yuzim qizib ketganidan bilish mumkinki u allaqachon olmadek qizarishga ulgurgan edi
~sen ham javob qaytarding
Jungkook hamon qoʻlini belimdan olmasdan menga yaqin turgan edi
~men.....men
Telbadek dovdiragancha nima deyishga hayron edim, boʻynidagi qoʻllarimni sekinlik bilan oldim
~bu toʻsatdan boʻldi, men bilmay qoldim
~Rey....seni sevaman
Lablar orasidan chiqqan bu soʻz meni tamom qildi

Erta tongdan oʻz xonamda hujjatlarga koʻmilgancha qahvamni kutar ekanman eshik sekin ochilgach u tomon qaradim
~hayrli tong
~sizga ham hayrli tong janob Kim, qahvani olib kelish sizni ishinggiz emasdi
~kotibanggiz ovora boʻlmasin dedim
~juda oliyjanobsiz koʻz tegmasin
Taehyung yonimga qahvani qoʻyib kresloga joylashdi
~tushlik vaqtiga yarim soat qoldi, balki biron joyga borarmiz
~oʻylaymanki Yeon sen bilan borishni reja qilgan
Oyna ortida bizni gʻazab bilan kuzatib turgan Yeonga ishora qildim. Taehyung u tomon qaragach sskin oʻrnidan turdi va xonadan chiqib ketdi. Men unga etibor bermadim, hayolim hamon kechagi tunda edi, lablarimda paydo boʻlgan kichik tabassum bilan pastda turgan ulkan gullarga koʻzim tushdi. Qiziq, men u haqda oʻylayabmanmi? Bu imkonsiz axir, oyna ortidagi juftlikka koʻzim tushishi bilan yuragimda allaqanday ogʻriq turgandek boʻldi. Yoʻlak oʻrtasida bir-biridan boʻsa olayotgan Taehyung va Yeonni koʻrishim bilan koʻzlarimda biroz yosh paydo boʻldi, tezlik bilan oʻrnimdan turib pardalarni tushirib qoʻydim va stol ustidagi qahvani devorga ulqotirib yubordim, qaynoq qahva qoʻlimga sachragancha biroz kuydirdi, jin ursin shu yetmay turgandi oʻzi. Sumkamdan roʻmolchamni olib qoʻlimga bosdim, lanati battar ogʻriyapti, bu azobdan va yuragimdagi oʻsha ogʻriqdan baqirib yigʻlab yubordim, yerga oʻtirgancha ovozsiz yigʻlashda davom etdim.
~bu nima qilganing Yeon?
Taehyung Yeonni oʻzidan itardi
~nima erimdan boʻsa ololmaymanmi?
~hammaga tomosha koʻrsatmoqchi boʻldingmi?
~shunchaki Rey koʻrishini xohladim
Yeon iblisona tabassum qilgancha Reyning xonasiga ishora qildi, Taehyung ortga qaradi va parda tudhirilganini koʻrib koʻzlarini yumdi
~telba, hoziroq uyga bor
~kayfiyatim yaxshigina koʻtarildi, uyga ertaroq qayt sevgilim, seni sogʻinib qolaman
Yeon magʻrur qadam bosgancha ofisdan chiqib ketdi. Taehyung qayta Reyni eshigini taqillatdi, hechqanday ovoz kelmagach toʻgʻri ichkariga kirdi, yigʻi ovozini eshtib sarosimaga tushib qoldi. Yerda oʻtirib yigʻlayotgan Reyni koʻrishi bilan zudlik bilan uni yoniga kelib yerga oʻtirdi
~Rey, nima boʻldi, nega yigʻlayabsan?
~tegma menga, xotingni yoniga bor
Rey Taehyungni oʻzidan itardi, Taehyungni koʻzi Reyning roʻmolcha bilan oʻralgan qoʻliga tushdi
~qoʻlingga nima qildi?
Taehyung Reyning itarishlariga qaramasdan uning qoʻlini tekshirdi va yerda sinib yotgan stakanga koʻzi tushdi
~kuydimi?
Rey sekin bosh irgʻadi, Taehyung oʻrnidan turib Reyni qoʻllariga koʻtarib oldi va kresloga joylashtirdi. Dori qutisini olib ichidan kerakli mazni topdi
~bu biroz achitadi, xohlasang meni ushlab tur
Rey ham bu qattiq achitishini bilgach hechqanday inkorsiz yigʻi aralash koʻzlari bilan Taehyungni yelkasidan quchib qoldi. Taehyung uning quliga mazni surtishni boshladi, chidab boʻlmas ogʻriq sezgan Rey Taehyungni kostyumini maxkam siqqancha yuzini yelkasiga berkitdi
~bemalol yigʻlashing mumkin, buni hechkimga aytmayman
Taehyung uni biroz chalgʻitish maqsadida gapirdi va ishini yakunlagach qizni qoʻlini bogʻlab qoʻydi. Yigʻidan shishgan koʻzlari bilan oʻrnidan turgan Rey unga raxmat aytgancha ishida davom etishga harakat qildi. Taehyung uni savolga tutishni xohlamasdan shunchaki xonani tark etdi. Rey u chiqib ketgach bir nuqtaga tedmulgancha hayol surib qoldi
~ochigʻini aytsam, uni mexribonchiliklarini sogʻingandim, menga qiladigan gʻamxoʻrliklari, meni avaylashi, sevmagan boʻlsada oʻsha hechkimga boqmagan nigohi bilan boqishlarini sogʻindim. Yana avvalgidek u bilan birga boʻlishni xohlayman, lekin endi safimiz bittaga koʻpaygan, oʻgʻlimiz bor, bizning oʻgʻlimiz, Kim Tan. U huddi otasini oʻzi, galirishlari, harakatlari, kulgulari, lekin buni Taehyungga qanday aytish haqida oʻylayabman. Aytganimda u Tanni qabul qilmasachi? Lekin endi uning oʻzining oilasi bor, xotini bor, balki yaqinda farzandli ham boʻlar....lekin kechagi xolat hamon meni oʻylantiryapti, men bir on Jungkookni timsolida Taehyungni tasavvur qilib yubordim va hissiyotlarimga erkinlik berdim, men shunchalik Taehyungni sogʻindimmi? Ha, uni hamon telbalarcha sevaman, o'zimni etiborsiz tutsamda uni aqildan ozgandek rashk qilyabman.

Bir muddat oʻtmishga sayohat qilar ekanman u bilan oʻtkazgan vaqtlarimga yana qaytgim keldi, birga oʻtkazgan vaqtlarimiz, birga sohil boʻyida qilgan sayrlarimiz, tonggacha davom etgan manosiz suxbatlarimiz va uning issiq bagʻrida tong orttirganlarimni eslab biroz xoʻrsindim. Ha men oʻsha paytda yosh edim, atigi 17 yosh edim. Oilamda ayro yashaganim bois ham Taehyungga roʻbaro kelganman, kim ham oʻylapti deysiz yuqori maktabning birinchi raqamli bezori yigitini sevib qolishimni. Buni ikkimiz ham xohlamaganmiz, ammo vaqt oʻtgach taqdir charxpalagi teskarisiga aylanib bizni birga qildi. Toʻgʻri keyinchalik u mendan shunchaki oʻz xirsi yoʻlida foydalanganini bildim va hechqanday soʻzsiz uni tark etdim. Oradan 3 oy oʻtgach xomiladorligimni bildim, men bu bolani oldirib tashlash haqida umuman oʻylamadim, chuni Taehyungdan qolgan birgina bu yodgorlik menga yupanch boʻla olardi. Shu sababli ham farzandimni dunyoga keltirdim, ammo u tugʻilgach men bilan bir oygina birga boʻldi xolos. Chunki unga qaraganim sari Taehyung esimga tushaverardi, shu sabab ham undan uzoqlashdim. Farzandimdan ayro xolda yashadim, oʻzimni oʻnglab olishim uchun menga vaqt kerak edi, bunda menga otam va Jimin yordam berdi. Otam doim uni ishini davom ettirishimni xohlardi, qiz bola boʻlsamda menga doim oʻgʻil bolaga xos hatti-harakatlarni oʻrgatardi, chunki otam doim oʻgʻil farzandi ham boʻlishini xohlagan va men ham hechnima demasdan unga bosh egdim. Ilk bor qoʻlimga toʻpponcha tutqazganda hechqanday qoʻrquv sezmasdan qarshimdagi otamning dushmanini boshiga oʻq joylaganimdan buyon otamni menga mexri oshdi va meni bu soxada qudratli qilib voyaga yetkazdi. Ammo buni qarangki barchasi yana oʻzgarib ketdi. Taehyung qayta qarshimda paydo boʻldi, kamiga rafiqasi bilan...men ularni ilk bor yonma-yon koʻrganimda ichimda goʻyo togʻlar qulagandek boʻldi, ikkisini ham shu joyning oʻzida parchalashni xohladim, ammo yillardirki unga boʻlgan sevgim hamon soʻnmagani bois shunchaki buni jimgina qabul qildim... shu kabi hayollar bilan oʻninchi qavatning ulkan balkonidan atrofni tomosha qilar ekanman ortimdan kelgan Jiminni sezmadim ham
~hayolingni oʻgʻirlagan oʻsha inson kimligini bilsam boʻladimi?
~nega bostirib kirasan?
~Rey, seni shifokorga oborarmiz balki? Eshikni taqillatganimni eshitmaganing uchun seni qulogʻingda muammoying bor degan xulosaga keldim
~telba, shunchaki hayol surib qolibman, nima gap?
~hoy, qoʻlingga nima qildi
Jimin bogʻlangan qoʻlimga qarab vahimaga tusha boshladi
~vahima qilma, qahvaga qoʻlim kuydi xolos
~yomon kuymadimi? Balki shifokorga borarmiz?
~bas qil, bundanda ogʻir jatohatlarni boshdan kechirganman, bu nima boʻlipti. Nega kelding oʻzi?
~zaharli ilonchamni sogʻindim, shu yetarlimi?
~zaharli ilon seni chaqib oʻldirmasidan maqsadga oʻt
~yaxshi yaxshi, buyurtmang tayyor boʻlipti, shuni aytmoqchi edim
~nima? Rostanmi? Hoziroq borishim kerak
Men baxtdan koʻzlarim porlagancha sumkamga narsalarimni solib yugurgancha xonadan chiqib ketdim, Jimin ham ortimdan chiqib oʻz xonasi tomon ketdi.
Ishxonasida hujjatlarga koʻmilib oʻtirgan Taehyung Reyni xursand xolda xonasidan shoshib chiqib ketayotganini koʻrgach tezlik bilan uning izidan yugurdi. Rey kompaniyadan chiqib oʻz mashinasiga joylashgancha katta tezlik bilan oʻz manzili tomon yoʻl oldi, borgan sari xursand boʻlib ketar ekan bir oydan buyon kutayotgan narsasi bugun uning qoʻlida boʻlishini oʻylab gazdan oyogʻini uzmadi
~telbami bu qiz, bu juda katta tezlik axir
Taehyung ham boʻsh kelmay Reyni orqasidan kuzatdi, shaharning biroz chetroq qismida joylashgan koʻrimsizgina eshik yonida toʻxtagan mashinadan tushgan Reyni koʻrgach Taehyung bir muddat tushish yoki tushmaslikni oʻyladi, va soʻnggida uni shunchaki shuyerda kutishni reja qildi
Rey yogʻoch eshikni ochishi bilan eshik tepasida kichik qoʻngʻiroqcha jiringladi va ichkaridan koʻringan oʻrta yoshli sochlari oq bir erkak Reyni koʻrishi bilan yuzida tabassum paydo boʻldi
~hayrli kech Rey xonim, sizni kutayotgandim, axvolinggiz yaxshimi?
~janob Soo, sizdan kelgan xabarni eshtishim bilan yoninggizga uchib keldim
~juda shoshqaloqsiz xonim

~ha, ayniqsa sizdan xabar kelsa oʻzimni boshqara olmayman, buni bilasiz
Ikkisi tabassum qilgancha xona oʻrtasida joylashgan stulga joylashdi. Janob Soo qoʻlida kichik qora jamadonni Reyni qarshisiga qoʻydi, Reyning koʻzlari quvonchdan porladi va sekin jamadonni ochdi
~qoyilmaqom, tengsiz sanat asari bu
Sekin lablarida orasida shivirladi, jamadon ichidagi qolipdan oʻzi uchun yasalgan maxsus tilla rangli toʻpponchani sekin qoʻllariga oldi
~huddi siz xohlagandek qilib yasalgan, FN Herstal, 20 tagacha oʻq ketadi, tezligi 800 m/s, uzoq masofadan ham nishonni aniq qilib ura oladi. Oʻzining asosiy patroni bor va sizga hechqachon pand bermaydi
~janob Soo, siz sexrgarsiz
~qoʻysanggizchi, shunchaki sizga maqul kelishi uchun biroz harakat qilindi xolos
Rey tilla harflar bilan yozilgan oʻz ismini sekin siladi
~haqiqiy oltin suvidan foydalandik, Kan Reyga munosib qurol boʻlishi uchun
~qoyilmaqom, menga bu yoqdi

Qoʻlida jamadon bilan kirgan yogʻoch eshigidan yugurgancha Rey chiqib kelagnini koʻrgan Taehyung qoʻl soatiga qaradi
~15 daqiqada u nima qildi?
Qayta Reyni ortidan kuzatar ekan Rey ayni bugun tunda bu quroldan foydalanib koʻrish haqida oʻylardi. Huddi oʻzini ikkinchi uyidek boʻlib qolgan otasiga tegishli mexmonxona tomon rulni burdi. Mexmonxonaga kelgach Taehyung ortiq uni kuzatishni xohlamadi, chunki u Reyda hechqanday shubxali harakat sezmadi va shu bois shunchaki rulni boshqa tomonga burgancha uyiga ketdi. Taehyung ogʻir qadamlar bilan uyga kirar ekan uning qarshisiga tungi koʻylakda chiqqan rafiqasini koʻrib hayrati oshdi
~xush kelibsan hayotim
Yeon yugurib kelib Taehyungni yuzidan oʻpgamcha oshxonaga kirib ketdi, hamon hechnimaga tushunmagan Taehyung uning ortidan kirdi. Oshxonada oʻzgacha bezatilgan stol, tort, vino va shamlar yoqilganini koʻrib qotib qoldi
~kel hayotim, axir bugun toʻyimizga 2 yil boʻlgan kun, bu kunni unutmagandirsan?
Yeon Taehyungni ustidagi kostyumini yechgamcha uni bilagidan tortib stulga oʻtqazdi, shisha stakanga vino quyar ekan Taehyungni ikki koʻzi rafiqasining ochiq koʻkraklariga tushgach asabiy koʻzlarini boshqa tomonga oldi. Deyarli rafiqasi bilan 1 yildan buyon birga boʻlmagan Taehyung shunchaki unga qoʻl tekkizishni xohlamasdan undan uzoq yurgan, lekin ayan bugun Yeon uni majbur qilmoqchi...ayol makri deb shunga aytishsa kerak...Yeon ataylab Taehyung ichadigan vino xirsni oshiruvchi doridan ikki tomchi qoʻshdi va uni majburan Taehyunghga ichirdi, vaqt oʻtgan sari Taehyungni nafas olishi tezlashib koʻz qorachiqlari kattalashib ketdi. Issiqlik sabab koʻylagining tugmalarini boʻshatar ekan tanasidagi bu oʻzgarish uni hayron qoldirardi. Yeon esa bir chetda uni maroq bilan kuzatdi va sekin oʻrnidan turib Taehyungni tozzasiga joylashdi va qoʻlini boʻynidan oʻtkazib oldi
~sevgilim, axvoling joyidami? Senga nimadir kerakmi?
~qoch, men xonaga chiqmoqchiman
Taehyung Yeonni tizzasidan qoʻpol harakat bilan tushirgach yugurgancha oʻz xonasiga ketdi, eshikni zarb bilan ochgancha yoʻl-yoʻlakay koʻylagini yechib hammomga kirdi, ustidan sovuq suvni yoqar ekan biroz boʻlsada nafas olishi maromiga yetganini sezdi, lekin hamon tanasidagi uni yondirayotgan olovga qarshi chiqa olmadi. Toʻsatdan ortidan kelgan Yeon Taehyungni hoʻl tanasini ortidan quchib oldi
~aqildan ozdingmi? Ket buyerdan
~Taehyung, senga hozir faqat men yordam bera olaman sevgilim. Qara men qarshingdaman, tunimiz esa hali uzoq
Taehyung unga hukumronlik qilayotgan xirsga magʻlub boʻlgancha ikkilanishsiz rafiqasini oʻz xhangaliga olgancha lablariga yopishib ketdi. Yeon bilinmas tabassum bilan erini quchgancha boʻsalarga javob qaytara boshladi. Yeonning egnidagi tungi kiyimni bir urinishda yechgan Taehyung uning yalang tanasini hammom devoriga tiragancha yirtqich misol koʻziga koʻringan joyini tishlab oʻpa boshladi. Uning koʻziga hozir hechnima koʻrinmaydi, shunchaki humoridan chiqquncha va koʻksidagi olov bosilmaguncha aloqa qilishni xohlaydi. Metindek qoʻllar orasida qolgan Yeon esa bundan zavqlangancha turli xil nolalar chiqarib Taehyungni battar vaxshiylashtiradi
~bugun boshingga tushadigan jamiki yomonliklarga oʻzing aybdorsan xotinjon, mendan yumshoqlik kutma
~shundogʻam buni xohlamayman
~bu shubhasiz
Taehyung Yeonni bir oyogʻini yuqoriga koʻtargancha suvni uchirib ikkilanishsiz va hechqanday erkalashlarsiz uning ichiga kirib bordi, bundan baqirib yuborgan Yeonning tanasida chidab boʻlmas ogʻriq paydo boʻldi
~aaxxx, juda torsan, bugun meni tomir-tomiringgacha his qilasan...
Taehyung Yeonni kichik tanasini koʻtargancha yotoqqa olib kelib otib yubordi....
Bu juftlik toʻlin oy ogʻushida oʻz ishini bajarayotgan bir vaqtda Yeon tanasiga qon sachragan xolda bir axvolda ombordan chiqib mashinasiga joylashdi. Boshini rulga qoʻyib bir muddat jim qoldi, koʻz oldida hamon biroz oldin jon taslim qilgan erkakning mayus koʻzlari aks etar ekan oʻzini aybdor his qilgancha koʻzlaridan yosh oqardi, bu qiziq, chunki bu unda birinchisi edi, qurbon uchun koʻz yosh toʻkish.....bu aybdorlik hissimi? Yoki xohlanmagan topshiriq?....

.
.
.
.
.
.
#Semi / @glamour_fanfic