Navigation / Ep-2
𝙊𝙣 𝙩𝙝𝙚 𝙨𝙪𝙧𝙛𝙖𝙘𝙚, 𝙄 𝙢𝙖𝙮 𝙡𝙤𝙤𝙠 𝙪𝙣𝙗𝙧𝙚𝙖𝙠𝙖𝙗𝙡𝙚, 𝙗𝙪𝙩 𝙢𝙮 𝙞𝙣𝙣𝙚𝙧 𝙬𝙤𝙧𝙡𝙙 𝙙𝙤𝙚𝙨𝙣’𝙩 𝙧𝙚𝙛𝙡𝙚𝙘𝙩 𝙩𝙝𝙚 𝙗𝙚𝙖𝙪𝙩𝙮 𝙮𝙤𝙪 𝙞𝙢𝙖𝙜𝙞𝙣𝙚....
Yarim tun, allaqachon atrofni qorongʻulik egallab har bir uy chiroqlari birin-ketin uchib borar ekan yoshlar uchun haqiqiy hayot endi boshlangandi. Tungi klublarda borgan sari odam koʻpayadi, deyarli kiyimsiz kelgan yosh qizlar yigitlarni hirsini qoʻzgʻagancha ularni yonidan otib boradi. Seoul markaziy tungi klubida bugun biroz odam kam, musiqa ham avvalgiga qaraganda pastroq va sokin, turli xil chiroqlar xona boʻylab ayalanar ekan barmen yonida otirgan Reyni ayni damda hechnima chalgʻita olmasdi, u shunchaki bugungi ishlar haqida oʻylar ekan nigohlari hamon bir nuqtaga termulgancha aqlidagi insonni tinimsiz oʻylardi
~u sezilarli darajada ozgargan, tabassumi, ovozi, nigohlari, harakatlari, ammo undan taraladigan ifor hamon oʻsha-oʻsha.
Rey qarshisiga barmen tomonidan qoʻyilgan scotchni sekin qoʻllariga olib lablariga olib keldi, achchiq scotch tomoq yoʻllarini qizdirib oʻtar ekan deyarli stakanni boʻshatgandi. Ovozsiz xolatda turgan telefon ekrani yonib oʻchar ekan bir nigoh tashladi, Jimindan kelgan sanoqsiz xabarlar va 45 ta javobsiz chaqiruvni koʻrib hechqanday hissiyotsiz qayta telefonni joyiga qoʻydi
~Kim Taehyung, nega sendan kechib keta olmadimaaa?
Rey boshini pastga egib koʻzlarini yumar ekan yelkasiga tekkan qaynoq taftdan u tomon qaradi
~telefonga javob berish qiyinmi sen uchun?
~meni qanday topding?
~telefonni javobsiz qoldirmasdan o'chirib qoʻyganingda ertalabgacha izlasam ham topa olmasdim
Jimin gapirish mobaynida Reyni yonidagi stulga joylashdi
~menga 2 hissa viski
Jimin barmenga qoʻlini koʻtargancha buyurtma berdi
~balki ertata Pusanga borib kelarmiz?
Jiminning gapidan u tomon qaragan Rey bir muddat sukutda qoldi
~u bilan yuzlashishga hali tayyor emasman
~bu ishlarda uning aybi yoʻq, oxirgi martta 2 yil oldin borganding, naxot uni korishni istamaysan?
~istamaydi deb oʻylaysanmi?
~senga nima toʻsqinlik qilyapti?
~hali tayyor emasman, u bilan yuzlashishga tayyor emasman, menga vaqt kerak
~vaqt emas senga u kerak, yagona malham faqat u
~balki
Reyning lablari orasidan sekin chiqqan gapni faqat oʻzi eshita oldi xolos, stakanni bir kotarishda boʻshatar ekan hissiz atrofga qaradi
~Kim Taehyung bilan imzolangan shartnomaga sening ham imzoying kerak
~otam oʻylamasdan ish qildi
~ularga yaqin boʻlishni xohlayapti xolos
~bu axmoqlik jin ursin
~hamkorlik boʻyicha keyingi oy ular bilan birga Italiyaga borishing kerak
~nima? Bu endi haqiqiy telbalik, sizlardan qasddan qilyabsizlarmi?
~baqirmasangchi, qulogʻimni teshay deding
~jin ursin, taqdirni menda qasdi bormi? Uni korishga koʻzim yoʻq, nafratimni esa chegarasi yoʻq, undan uzoqlashishga harakat qilganim sari bari befoydami?
~bu uzoqqa choʻzilmaydi, 3 kunda qaytasan
~hechqachon, tushundingmi?
Rey qoʻlini Jiminga qadagancha oʻrnidan turib klubni tark eta boshladi, Jimin choʻntagidan pul chiqarib stol ustiga qoʻyib qizni ortidan yugurdi
~bu xolingda mashina boshqara olmaysan
Jimin mashinaga joylashgan Reyni qoʻlidan ushlab oldi
~daf boʻl Jimin, bugun yetarlicha asabimni buzdinggiz
Rey mashinani ishga tushirib katta tezlik bilan koʻzdan gʻoyib boʻldi
Pov_Rey
Yoʻl boʻylab ketar ekan qayerga ketayotganim aniq emas edi, shunchaki katta tezlikda toʻgʻriga qarab harakatlanmoqdaman. Alkogol ana endi oʻz ta'sirini korsatar ekan boshimda paydo boʻlgan ogʻriq sabab mashinani yoʻl chetiga toʻxtatishga majbur boʻldim. Oynani ochib toza havodan nafas oldim, rulni maxkam siqqancha boshimni orqaga tashlab koʻzlarimni yumdim va barchasini tahlil qila boshladim. Men u siz 5 yil yashadim, bu qiyin emas edi va bundan keyin ham yashashda davom etaman. Men kuchliman, hechqanday hissiyotlar meni zaiflashtira olmaydi, oʻsha bir necha yil oldingi meni harob qilgan "sevgi" allaqachon nafratga aylanib boʻlgan. Maqsadim yoʻlida hechqanday tosiqlar boʻlmaydi, zero endi uning tasavvuridagi kichik va ojiz qizaloq yoʻq, u oʻldi va o'rniga boshqa Rey tugʻildi, avvalgidanda qat'iyatliroq va kuchliroq boʻlib yetildi. Birgina nigohlar bilan meni qayta otmishga uloqtirishlariga jimgina qarab turmayman, oʻylashimcha xisob soʻrash vaqti keldi Kim Taehyung, oʻz oyogʻing bilan qarshimga kelding...
Yangi kun
Ofis yoniga toxtagan qizil rangli BMW rusumli mashinadan tushgan qizning baland poshnali tuflisidan chiqayotgan ovoz butun kompaniya boʻylab aks-sado berardi. U qaddini tik tutgancha lift tomon yurar ekan ortidan tezlikda yetib kelgan hodimlar unga bosh eggancha qoʻrquv bilan qarab turadi. Hodimlar bilib olishgan, Rey oʻziga haddan ortiq oro berib ofisga kelsa demak kimdir bugun aniq ishdan haydaladi, shu tufayli har bir ishchi uning koʻzlariga tik boqa olmasdan nigohlari yerga qadalgan edi. Rey oʻz xonasiga kirishi bilan qoʻlidagi kichik sumkachasini kresloga tashladi va oʻz orindigʻiga joylashdi. Shaxsiy chaqiruv telefon tugmasini bosib kotibani chaqirtirdi, oyoqlari chalkashib shoshib yetib kelgan kotibaning yurak urishi xona boʻylab, balki Reyning qulogʻigacha eshtiladi
~hamkorlarimiz xonaga joylashdimi?
~xa, sizni xonanggiz qarshisidagi xonani ularga tayyorladik
~unda ularni bir ziyorat qilib kelamiz
Rey oʻylab oʻtirmasdan ornidan turib qarshisidagi xona eshigini nomiga bir martta taqillatdi va xonaga bostirib kirdi, ilk korgan manzarasi Taehyungni boyinbogʻini toʻgʻirlayotgan Yeonga koʻzi tushdi
~voy, meni mazur tutasizlar, bezovta qilmadimmi?
~Rey, bemalol kiravering
~sizlarga xona maqulmi yoʻqmi bilgani keldim, balki kamchilik bordur deb oʻyladim
~bizga xona maqul, ancha mehnat ketgani koʻtinib turipti
~ha, bu mening eski xonam edi, menga kichiklik qilgani uchun tark etgandim, ancha vaqtdan buyon foydalanilmagandi
Rey Yeon bilan suxbat qurar ekan qolidan kelgancha uning har bir harakatini diqqat bilan kuzatib turgan yigitga e'tibor bermaslikka harakat qilardi va buni uddaladi. Yeon bilan suxbati qisqa boʻlishiga qaramasdan u bilan munosabati ancha iliqlashishga ulgurdi. Xonadan chiqqan Rey toʻgʻri ayollar xonasi tomon yurdi, ichkariga kirib koʻpik yordamida qoʻllarini yuvar ekan asabiylikdan tirnoqlari yordamida qolini tirnab tashagan edi. Issiq suvni yoqib qayta va qayta koʻpik bilan qoʻlini yuvdi, bu albatta asabiylik belgisi edi u uchun
~seni asabiylashtirgan narsa nima boʻlishi mumkin?
Tanish ovozni eshitgan qiz harakatdan toʻxtadi, nafas olishni unutgan insondek qotib qoldi, xonada faqatgina ochiq turgan suvning shovullagan ovozi eshtiladi, Rey suv jumragini pastga burab sochiqqa sekin qoʻllarini artadi va eshik tomon qaraydi. Eshikka bir tomonlama suyanib turgan Taehyungni nigohlariga duch keladi, bir necha soniya shu holda turar ekan ortiq bu xolatga Barbosa bera olmasligini anglagach telefonini olib uni yonidan oʻtib ketish uchun oldinga qadam tashlaydi, lekin bilagidan tutgan metindek qoʻllar uni qayta xona ichiga kirgizadi va eshikni qulflaydi
~nima qilyabman deb oʻylaysan?
~eski tanishlarmiz, men bilan shunday salomlashmoqchimisan?
~oʻrtamizda sen bilan meni bogʻlab turadigan hechnima qolmagan, shunday ekan oʻzingni menga yaqin inson kabi koʻrsatma
~ochigʻi hamkorimning qizi sdn ekanligingni kutmagandim, bu taqdirmi?
~bu anglashilmovchilik
Taehyung qizning koʻzlariga bir muddat soʻzsiz termuldi va qoʻllarini kutarib uning sochlari tomon olib bordi, bunday harakatni kutmagan Rey hayajondan oʻzini ortga oldi, Taehyungni qoʻli havoda qolib ketdi
~oʻzgaribsan, yanada goʻzallashibsan
~hayot oʻzgarishga majbur qildi
Taehyung gapirish mobaynida u tomon harakatlanar ekan Reyning oyoqlari sekinlik bilan ortga qarab ketaverdi va rakvinaga urilgach toʻxtadi. Taehyung qoʻllarini choʻntagiga solgancha yuzini unga yaqinroq olib keldi
~ammo sendan keladigan ifor hamon oʻsha oʻsha
Rey qotib qoldi, uning ovozi qizni sexrlab qoʻygandek edi. Taehyung yuzini qizni boʻyniga koʻmgancha lablarini sekinlik bilan boʻyniga tekkizdi, bundan choʻchib ketgan qiz ozini ortga olmoqchi boʻldi lekin Taehyung tezlik bilan bir qoʻlini uning belidan chirmovuqdek oʻrab oldi va tanasiga yopishtirib qoʻydi. Reyning qoʻllari Taehyungni koʻkragiga qadaldi
~mendan uzoqlash
Quchogʻida tinmay tipirchilayotgan qizni belidan yanada maxkam siqqan Taehyung uni harakatsiz qoldirdi
~bir daqiqa, iltimos
Taehyung yuzini boʻynidan olib uning koʻzlariga termuldi, Rey bir onda tun kabi qora koʻzlar asiriga aylandi va oʻzini unutdi
~sen ketgach hayotim ostun-ustun boʻldi, sensiz hayotini turli xil ranglar ham tark etdi, seni sogʻindim Rey
Taehyungni mayin va shivirlagan ovozi qizni magnit kabi oʻziga tortardi
~endi kech, hammasi uchun
~men afsusdaman
~sening afsuslanishing hechnimani oʻzgartirmaydi endi, sen oʻz yoʻlingni tanlading, tanlovingga sodiq qolda borib rafiqangni qoʻlidan tut
~hammasini toʻgʻirlay olamanmi?
~imkonsiz, qayta birga boʻlishimizni orzu ham qilma, mendan foydalangan va meni aldagan insonga hechqachon ikkinchi imkoniyatni ravo koʻrmayman
Rey gaplarini yakunlab uni chetlab otar ekan toʻsatdan uni tortgan Taehyung lablarini qizning lablariga bosdi. Rey uchun olam toʻxtab qolgandek boʻldi, qayta oʻsha qaynoq taftni, oʻsha extirosli boʻsa ta'mini his qilar ekan u yengildi, bu taft oldida ojiz qoldi, na qimirlay oladi na yigitni oʻzidan itara oladi. Taehyung uning yuzidan maxkam ushlagancha lablarini moxirona qizning lablari ustida harajatlantirar ekan bir soniya ham undan ajralishni hayol qilmadi. Borgan sari uning boʻsasi qoʻpollashar ekan Rey kuch bilan uni oʻzidan itardi va yuziga tarsaki tushirdi. Taehyung uchun bu hechnimani anglatmaddi, lablarini barmoqlari yordamida artib qizga qaradi
~sen avvaldan meniki eding, garchi munosabatlarimiz haqiqiy boʻlmagan boʻlsada bu tana menga tegishli edi va umrbod shunday boʻlib qoladi
Taehyung chiqib ketayotgan qizni ortidan gapirib qolib ketdi, yoʻlak boʻylab ketayotgan Rey esa lablarini qoʻllari bilan yopgancha tez-tez qadam bosib xonasiga kirdi va eshikni qulflab suyangancha yerga oʻtirib qoldi
~uni yolgʻonlariga ishona olmayman, men va'damni buza olmayman
Sekin shivirladi. Telefoniga kelgan sms xabarni ochar ekan koʻzlarini asabiy yumdi va Jiminga qoʻngʻiroq qildi
~eshtaman
~Pusan uchun shaxsiy samalyotni tayyorlashsin, hoziroq
~yaxshi, sen yoʻlga chiqaver, 10 daqiqada tayyor boʻladi
Rey telefonni oʻchirgach oʻrnidan turib sumkasini qoʻliga oldi
~sen bu oʻyinni boshlading va men yakunlayman Taehyung
Xonasidan chiqqan on yoʻlini tusgan inson sabab uning ulkan gavdasiga urilib ketdi, natijada oyogʻi toyib yiqilishga bir bahya qolar ekan kuchli qoʻllar uni ushlab tanasiga bogʻlab qo'ygandek boʻldi. U inson kim ekanligiga qiziqib yuziga qaradi, mayin tabassum qilib turgan yigitni koʻrib bir soʻz deya olmay qoldi. Yigitni quchogʻidan chiqib kiyimini toʻgʻirlar ekan yigit hamon undan koʻzlarini uzmasdi
~Jeon Jungkook
Jungkook qolini qiz tomon uzatdi
~demak oʻsha mashxur Jeon group direktori siz ekansizda
~ha, bu menman
~sizni koʻrmay otib ketaman deb oʻylagandim, hamkorlik uchrashuviga kelmagan mashxur director
~aahh, bu uchun uzurimni qabul qilgansiz deb oʻylagandim
~sizningcha bu shunchalik osonmi? Bitta gul bilan meni alday olaman deb oʻyladinggizmi?
~xoʻsh unda gunohkoringgiz qarshinggizda, nima istaysiz? Balki kechki ovqatga taklif qilarman?
~bu taklifinggizni rad etmayman, lekin bugun emas
~yaxshi, unda ertaga vaqtinggiz bormi?
Rey Jungkookning gapiga shunchaki yelka qisgancha javob berdi va uni chetlab oʻtgancha yoʻlak boʻylab yurib ketdi. Jungkook hamon uning ortidan qarab qolar ekan lablarida tabassum paydo boʻldi
~sen baribir meniki boʻlasan Kan Rey
Yoʻlakdagi bu suxbatda faqatgina ular emas uchinchi kishi ham ishtirok etgan edi, Taehyung ularning har bir suxbatini tinglar, harakatlarini kuzatar ekan qoʻllari allaqachon musht boʻlib tugulgan edi. Nigohlari yirtqich kabi ayni damda Jungkookka tashlanmoqchidek koʻzlari qizarishga ulgurgan edi. Eshik yonida turgan Jungkook baxtiyorligidan goʻyo yettinchi osmonda sayr qilardi
Kech tushishi bilan Yeon oʻzlari uchun sotib olingan uyda erini kutib oʻtirar ekan tinmay har daqiqa telefon ekraniga qaraydi, soat millari u uchun shunchalik asta harakat qiladiki asablari bardosh bera olmasdan oʻrnidan turib stol ustidagi turli xil ovqatlarni bir urinish bilan yer bilan yuzlashtiradi. Xonani singan idishlar ovozi tutib ketadi. Toʻsatdan eshik ochilib uyga kirib kelgan Taehyungni bulardan xabari boʻlmasdan toʻgʻri oshxona tomon yuradi va yerga koʻzi tushadi
~uyga bomba tushdimi?
~qayerda eding?
~qachondan meni soʻroqlaydigan boʻlib qolding?
~senga qayerda eding deyabman la'nati, seni shu vaqtgacha kutdim
~meni kut deganimni negadir eslay olmayabman
~oʻsha foxishangni yonidan kelyabsanmi?
~ogʻzingni yum, hudo haqqi seni nimtalab tashlayman
Yeon yerdan tanasini koʻtarib shiddat bilan Taehyungni qarshisiga keldi
~seni odam qilgan menman, senga bu mavqeyni bergan menman, pul bilan ta'minlagan ham menman
~bas qil, menga ha deb boyligingni rukach qilaverma, xohlasang hammasini yigʻishtirda ortingga qaramasdan ket, keta olasanmi?
Taehyungni savolidan soʻng Yeon jim boʻlib qoldi
~Yeon, qadirli xotinjonim meni, yana bir martta menga shunday muomila qiladigan boʻlsang seni nima qilishni juda yaxshi bilaman
Taehyung tabassum qilgancha Yeonni yuzidan siladi
~va yana, Rey bilan oramizga tushgudek boʻlsang senga shunday azobni korsatamanki umring davomida duchor boʻlmagan ogʻriqni his qilasan
Taehyung hamon soʻzsiz qolgan xotiniga bir qiyo boqdi va uni yelkasidan turtib xonadan chiqib ketdi
~seni uchratgan kunimga lan'at boʻlsin, dengizda shunchaki choʻkib ketishingni tomosha qilsam boʻlarkan, yuraksiz insonga koʻngil qoʻyganimdan afsuslanaman. Eshityabsanmi? Sen kabi hissiz insonni sevganimdan nafratlanaman Kim Taehyung
Yeon baqirgancha hammayoqni ostun-ustun qildi. Sochlari qoʻqib koz yoshlari shashqator boʻlar ekan dovdiragancha telefonini izlay boshladi, kontaktlardan oʻziga kerakli insonni raqamini topib qoʻngʻiroq qildi
~Dada, hoziroq Taehyung bilan bogʻlaning, biz ortga qaytishimiz kerak
~aqling joyidami? Kecha ketgan insonni qanday qilib ertaga chaqirtirib olaman
~Dada, meni tinglang, biz qaytishimiz kerak tushunyabsizmi? Shu oy ortga qaytamiz va siz buning uchun nima kerak boʻlsa qilasiz
Yeon gazab bilan telefonni otib yubordi
~hechqachon, sen umrbod meniki boʻlib qolasan Kim Taehyung
Taehyung sekinlik bilan zinalarni ortda qoldirib yuqoriga harakatlanar ekan yoʻlak oxiridagi xonaga kirib kostyumini yechdi, shkafdan sochiq olib yuvinish xonasiga kirdi. Dush tagiga turib sovuq suvni yoqar ekan tanasi boʻylab sirgʻalib tushayotgan suvdan roxatlanardi, biroz boʻlsada charchoq uni tark etdi. Sovuq suv tanasidagi issiqlikni bosar ekan chuqur nafas olgancha qollarini kabina oynasiga tiradi. Koʻzlarini yumgan on Reyning qiyofasi koʻz oldida gavdalana boshladi, uning nigohlari, tabassumi, nozik harakatlari
~barchasini toʻgʻirlayman, sen yana meniki boʻlasan, men uchun qayta lablaringda tabassum paydo boʻladi, bu Kim Taehyungning va'dasi
Erta tongdan Pusandagi dengiz boʻyiga toʻxtagan mashinadan tushgan Jimin soxil boʻyidagi uy tomon harakatlanadi. Mashina ichida oʻtirgan Rey esa tez-tez nafas olgancha qoʻllarini musht qiladi. Borgan sari tanasi oʻziga boʻysunmasdan qorquv, gʻazab va hayajon uning kichik jussasida mujassamlashadi. Koʻzlarini yumgancha boshini ortga tashlab chuqur-chuqur nafas oladi. Tanasidagi titrash biroz boʻlsada bosiladi, mashina qarshisidagi uy eshigi ochilib Jimin chiqib kelar ekan Rey uni koʻrishi bilan mashinadan tushadi va uy tomon eltuvchi kichik yoʻlak boʻylab oldinga harakatlana boshlaydi, qadamlari sekin, koʻzlarida hayajon va qoʻrquv, lablarida titrash uni ado qila boshlaydi. Jiminning ortidan koʻringan kichik soyani korgan on yurishdan toʻxtaydi, yurak urishi tezlashgan sayin vahima bosadi. Jimin pastga egilgancha 4 yoshli kichik bolakayni qulogʻiga pichirlaydi va bolakayning nigohi birdan Reyga tushadi, shu on Reyning ichida dunyolar qulaydi. Tezlik bilan hechnimaga qaramasdan yoʻlak boshida u tomon yugurib kelayotgan bolakayni koʻradi va ortga qarab qochishni xohlaydi, chunki u hali tayyor emas, baxtsiz va ayanchli yakun topgan sevgisining mevasi boʻlgan bu bolakay bilan yuzlashishga u hali tayyor emas edi. Oyoqlari goʻyoki yerga yopishib qolgandek edi, bolakay tezlik bilan kelib Reyning oyoqlaridan maxkam quchadi
~oyijon, siz keldinggiz
Kichik bolakayni ogʻzidan chiqqan gap Reyni kozlarini yoshlatadi, achchiq koʻz yoshlari yanogʻi boʻylab sekin pastga sirgʻaladi. Tozzalarini yerga bosib bolakay qatori egiladi va unga uzoq termuladi, koʻzlariga, lablariga, kipriklariga, bularning barchasi Reyga birgina insonni eslatadi xolos. Barchasi oʻxshash, quyib qoʻygandek otasini oʻzi boʻlib ulgʻaygan bolakayning yuzlaridan mayin silaydi
~oying keldi Tan, seni yoningga keldi
~men sizni uzoq kutdim, kelishinggizni kutdim oyijon
Tanning tilidan qayta-qayta oyijon sozini eshitgan Reyni hayajon bosadi
~men bilan qolasiza oyi? Hamma aytganinggizni qilaman faqat meni boshqa tashlab ketmang oyijon
~Tan, oying sen bilan qola olmaydi
Tanning koʻzlari yoshlanadi va bir qadam ortga yuradi
~lekin sen oying bilan ketishni xohlaysanmi Tan?
Tan tezlik bilan qayta onasini bagriga kiradi va boshini pastga irgʻagancha tez-tez harakat qiladi
~ha ha ha, Tan siz bilan ketishga rozi
Rey bagʻridagi oʻgʻlini maxkam quchadi, Tan onasining issiq quchogʻiga singgib ketadi
~xoʻsh, endi ketamizmi?
Ularni ortdan kuzatib turgan Jimin mayin tabassum qiladi
Samalyot orindigʻida oynadan oppoq bulutlarni tomosha qilib ketayotgan Rey bagʻrida miriqib uxlayotgan oʻgʻlini sochlaridan silaydi
~u doim suratingga termulib uxlardi
~u endi doim onasi bilan boʻladi
~xoʻsh, endi nima qilmoqchisan? Bu qaroring toʻgʻrimi?
~shunchaki hammasini vaqtga qoʻyaman va oʻgʻlim bilan maroqli kunlarni oʻtkazaman
~Taehyung Tan haqida bilsa unga javobing bormi?
~biror narsa oʻylab toparman, 4 yillik ayriliqdan soʻng oʻgʻlimni va oʻzimni yetarlicha jazolaganim yetar, bundan buyogʻiga u uchun yashayman va harakat qilaman
~seni qarorlaringni hurmat qilaman
~Raxmat, unga gʻamxoʻrlik qilganing uchun, uni tark etganimda sen doim uni yonida boʻlding
~bu doʻstim uchun qilgan yaxshiliklarimdan biri
~sen yaxshi doʻstsan
~uning nigohlarida otasining siyrati bor
Rey qayta oʻgʻliga qaraydi va chuqur hayollar ogʻushiga gʻarq boʻladi
Men toʻgʻri qilyabmanmi, oʻz qoʻllarim bilan uni Taehyung tomon itaryabman, balki Taehyung Tanni qabul qilar, yoʻq lekin endi uning oʻz oilasi bor. U Tanni hechqachon qabul qilmaydi, Yeonchi, u bilsa katta muammo chiqadi. Qolimdan kelgancha Tanni ulardan uzoqda saqlayman. Achchiq qismatimdagi yagona suyanchigʻim sensan Tan. Sevgimdan qolgan yagona shirin xotira, uzoq vaqt sendan uzoqda yashadim, onangdan ranjima, chunki sen bilan yuzlasha olmadim, senga termulish uchun oʻzimda kuch topa olmadim, koʻzlaringga boqishdan qoʻrqdim, seni nigohingda otangni koʻrib qolishdan qoʻrqdim. Ammo endi hammasi yaxshi boʻladi, onangni bagʻrida yashaysan, biz birgalikda bularni barchasini yengib oʻtamiz, sen va men...Tan eshityabsanmi? Oying doim sen bilan, buni eslab qol
Erta tongdan oʻgʻli uchun turli xil shirinliklar buyurtma qilgan Rey stolni bezatar ekan eshik jiringladi, qoʻlidagi shirinlik qutilarini chiqindi qutisiga tashlab eshik tomon yoʻnaldi va eshikni ochishi bilan u yerda devorga suyanib turgan insonni koʻrib bir soʻz deya olmay qoldi
~hayrli tong sevgilim
~sen? Buyerda nimangni yoʻqotding ertalabdan?
~yuragim sen tomon intilsa nima qilay Rey?
Rey Taehyungni gapini eshtishni istamay eshikni yopmoqchi boʻlib harakatlanar ekan kuchli qoʻllar eshikni toʻsgancha ichkariga kirdi
~ket, uyimga bostirib kira olmaysan
~xoʻsh nega?
Taehyung Reyni chetlab oʻtib uy ichiga kiradi va oshxonadan kelayotgan yeguliklar hidi uni chorlaydi
~mensiz bayram qilmoqchi boʻlibsanda, bu yaxshi emas sevgilim
~bas qil, seni sevgilimg emasman, uyimdan ket, hoziroq
~seni hafa qilishni xohlamayman, lekin qornim och
~xotining choy tayorlab beradi
~uni vaqti yoʻq
~hudoning balosi yeydiganingni olda ket
Taehyung Reyga yaqinlashadi va uni belidan qoʻllarini oʻtkazib tanasini devorga tiraydi
~shu tilingni biroz qisqartirsak nima deysan? Meni qachondan senlaydigan boʻlding?
Rey sozsiz uning koʻzlariga tikiladi, Taehyungni qaynoq nafasi uning yuzini kuydirar ekan lablari titraydi
~Jeon Jungkook, undan uzoq yurasan
~nega ekan?
~bu hechqanday iltimos emas yoki taklif emas, bu buyruq Rey
~buyruqlarga itoat etmaslikni yoqtiraman va seni men bilan ishing boʻlmasin, kim bilan xohlasam oʻsha bilan yuraman, yaqin boʻlaman
~aslo, mendan boshqa erkak yonida seni koʻrsam mendan yaxshilik kutma
~senga itoat etadigan 18 yoshli Rey emasman, axmoqona taqiqlaringni borib xotiningga qoʻy
~u boshqa masala, ha deb xotinimni yuzimga solaverma yo rashk qilyabsanmi?
~rashk qilishga arziydigan insonmisan?
~chegaradan chiqma Rey
~chegarani buzish aynan men uchun
~men chegaradan chiqsam bir hafta yotoqqa mixlanib qolasan
~qabi menga qolingni uchini tekkizib koʻrchi
Taehyung Reydagi bu qatiyatni koʻrib hayron qoladi, qizning belidagi qoʻlini sekin boʻshatadi va sochlaridan silaydi, iyagidan maxkam siqib boshini ortdan pastga tortadi, ogʻriqdan baqirib yuborgan Reyning ovozi butun uy boʻylab jaranglaydi, shu on boshqa xonadan chiqqan Tan onasini yoniga yugurib keladi
~oyimga tegmang
Taehyung Tanni koʻrishi bilan quchogʻidagi Reyni qanday qoʻyib yuborganini unutadi, aqli shoshib qoladi, bolakayni ogʻzidan chiqqan oyim soʻzini u hazm qila olmaydi, telba inson kabi ikki qadam ortga yuradi va nigohlari Tanni kuzatadi
~oying?
.
.
.
.
𝑺𝒆𝒎𝒊 𝑪𝒂𝒓𝒆𝒍𝒊𝒂 || @glamour_fanfic