June 8

Stay with me

7-qism

~ Menga zaif nuqtang yoʻq deyishdi, menda sen borligingni bilmaydiganlar...

...

Germaniya - Berlin

Kasalxona qarshisiga kelib toʻxtagan soʻnggi rusumdagi 3 ta qora BMW birin-ketin toʻxtadi. Birinchi va ikkinchi mashinadan tushgan toʻrtta qoʻriqchilardan biri orqadagi mashinaning orqa eshigini ochdi va undan oʻrta yoshlardagi oʻrta boʻyli qora kostyum-shim kiygan, koʻziga qora koʻzoynak taqgan odam tushdi. U inson tushishi bilan qoʻriqchilar uning atrofini oʻrab oldi va uni xavfsizligini ta'minlash maqsadida shifoxonaga kirib ketguncha undan uzoqlashmadi. Shifoxona eshigidan kirgan erkak bilan ikkita qoʻriqchi unga ergashdi qolganlari esa eshik yonida qolib uni chiqishini kuta boshladi.

Kasalxona yoʻlagidan kirib kelgan odamni koʻrgan shifokorlar unga ta'zim qilgancha yoʻl boʻshatdi. Liftga kirib oʻziga kerakli boʻlgan 5-qavat tugmasini bosib yuqoriga koʻtarila boshladi. Liftdan chiqib oʻng tomondagi yoʻlak oxiriga yura boshladi va 201-xona qarshisiga kelib toʻxtadi. Uning ortidan ergashib kelgan qoʻriqchilardan biri eshikni ochib u kirishi uchun yoʻl boʻshatdi.

Erkak ichkariga kirar ekan xona oʻrtasidagi karavotda qoʻliga turli-xil osma ukollar ulangan va yelka va bosh qismi bogʻich bilan bogʻlangan yigutni koʻrib ogʻir xoʻrsindi.

~ janob Bernard, xush kelibsiz. Kechiring kelganinggiz haqida menga kechroq yetkazishdi

Erkakning ortidan kelgan shifokor unga qaragancha boshini egib turardi

~ uning axvoli gaqida ma'lumot ber

~ uni kecha tungi soat 3 da olib kelishdi. Boshidan qattiq zarba yegan va yon tomoni yorilishi natijasida koʻp qon yoʻqotgan. Yelkasidan esa oʻq yegan, yaxshiyamki yurakka yaqin joydan tekkan. Agar yurakka tekkanda u shu joyni oʻzida jon berardi

~ qachon uygʻonadi?

~ hozir uning axvoli barqaror, deyarli yarim soatda dori ta'siri tugab uygʻonishi mumkin

~ yaxahi, unda u uygʻongach menga xabar ber, men odam yuboraman va ikkita hamshira bilan uni uyga yuborasan

~ siz nima desanggiz shu janob Bernard

Shifokor Bernardni chiqib ketishi uchun eshik yonidan chetga oʻtdi, erkak esa shaxdam qadamlar bilan avval xonani, keyin esa shifoxonani tark etdi.

...

Koreya - Seoul

Deyarli 20 daqiqadan buyon eshik yonida turgan qizning toqati toq boʻlib borardi. Telefonidagi soatga qarab asablari taranglashdi va uy ichiga kirib ketish uchun shaylangan vaqtda toʻsatdan hovli darvozasi ochilib mashina kirib keldi. Qiz bu mashinani ham uning egasini ham yaxshi taniydi. Mashinadan tushgan yigit koʻzidagi koʻzoynagini yechgancha orqa eshikni ochib chiroyli bezatilgan oʻrtacha kattalikdagi oq qutini va bir dasta gulni olib qiz tomon harakatlandi

~ bugun bir goʻzal xonimni tugʻilgan kuni deb eshitdim. Shu rostmi?

~ adashmadinggiz janob

~ unda bu sovgʻalarni tugʻilgan kun sovgʻasi sifatida qabul qilasizmi?

~ janob Jimin men uchun sovgʻa olib keladiyu men qabul qilmaymanmi?

Ikkisi ham bir-biriga qarab kulib yuborishdi. Jimin qoʻlidagi sovgʻalarini Semiga tutqazdi.

~ hardoimgidek ertalabdan kayfiyatimni kutarding. Juda e'tiborlisan Jimin. Har tugʻilgan kunimda ertalabdan tabriklaysan

~ eng yaqin doʻstim uchun oʻylashimcha bu ham kam

~ qoʻysangchi Jimin

~ qayergadir ketmoqchimiding?) Yigit qizning kiyimiga e'tiborini qaratar ekan qiz ham nima deyishini bilmasdi. Taehyung bilan Jiminni orasi yaxshi emasligini bilgan xolda hozir Jiminga Tae bilan aylanishga ketishini aytishni xohlamadi

~ yoʻq, men shunchaki doʻkon aylanmoqchi edim

~ shunaqami, ochigʻi seni bir necha soatga ogʻirlab ketmoqchi edim

~ Nega?

~ Jisoo bilan Suga tugʻilgan kuning uchun kutilmagam sovgʻa tayyorlashipti

~ rostanmi? Ular qayerda?

~ ular hozir bizni kutishyapti, seni olib kelishim uchun meni yubordi

~ shunday de, mayli unda ularni kuttirmaylik, men sovgʻalarni xonamga qoʻyib chiqaman

Jimin bosh irgʻagancha mashina tomon yurib ketdi. Semi esa qoʻlidagi sovgʻalarini kutarib xonasiga qarab yoʻl oldi. Eshikni ochib xonaga kirgan qiz qoʻlidagilarni devan ustiga qoʻyib yelkasidagi sumka ichidan telefonini izlab topti. Oxirgi qoʻngʻiroqlardan kerakli raqamni izlab topgach telefon qila boshladi. Afsuski birinchi urinishdayoq telefon ortidan oʻchirilgan degan gapni eshitdi. Yana bir urinish, afsuski bunisi ham samarasiz yakunlandi.

~ yaramas Taehyung, hali meni axmoq qilmoqchi boʻldingmi? Endi mendan koʻrasan...) Semi gʻazablangancha tashqariga chiqib uni mashinada kutib turgan yigitni yoniga joylashdi. Mashinani oʻt oldirgan Jimin hovlidan chiqib ketdi.

...

Deyarli yarim soatdan buyon harakatlanayotgan mashinada tinchlik hukum surardi. Ora-orada Jimin yonidagi qizga qarab ham qoʻyardi. Qiz esa oʻzining hayollari bilan oynadan shaharga termulgancha jim ketardi

SemiPov: Meni axmoq qilding, men ham senga ishonib oʻtirishimni qara. Naqadar ishonuvchan va laqma insonman. Doim shu ishonuvchanligim ortidan pand yeyman. Ishongam odamlarim doim meni tark etgan. Avvalgisidan xulosa qilmay yana bir bor aldandim. Balki tayinli sababi bordir...Agar biron bir sababi boʻlganda menga qoʻngʻiroq qilishi kerak edi yoki sms yozib qoʻysa ham boʻlardi.

Qiz hayollari chalkash xolda jim ketardi. Toʻsatdan koʻzlari yonida qirsillagan barmoqlar uni sergak tortishiga sabab boʻldi

~ Semi hayoling qayerda

~ aaa...ha..haligi nima deyotganding

~ Biz yetib keldik demoqchi edim

~ nima, yetib keldikmi?

Qiz atrofga qarar ekan allaqachon mashina sohil boʻyidagi katta uy qarshisida toʻxtaganini guvohi boʻldi

~ bugun biroz parishonsan, muammo bormi?

~ yoʻq, hammasi joyida Jimin

~ qani unda yuraqol, ular bizni kutishyapti

Ular mashinadan tushar ekan Jimin mashina yukxonasini ochdi. Semi hayron boʻlgancha uning ortidan ergashib yukxonaga nazar soldi. U yerda voleybol toʻpi, tennis raketkasi va yana turli-xildagi oʻyin uchun kerakli narsalar bor edi. Jimin ularni qoʻliga olgancha uy tomon yura boshladi

~ oʻylashimcha bular Jisoodan chiqgan taklif

~ ha bunaqa fikrlar faqatgina undan chiqadi

~ buyerga kelishni kim taklif qildi?

~ bu safar bu taklif meniki edi

~ bu menga yoqdi

~ bu yerni esladingmi?

~ albatta, buyerni unutib boʻladimi. Xotiralarimizning barchasi shu yerdaku aslida

~ bu uyni u sotib olgandi, sen uchun

~ men faqatgina sohil boʻyida uyim boʻlishini xohlashimni aytgandim, u esa ertasi kuni uy sotib olganini aytgandi

~ u sen uchun hamma narsaga tayyor edi

~....

Ikkisi yurib uyga yaqinlashgach eshikni ochib ichkaridan Jisoo chiqib keldida yugurib kelib Semini quchib oldi.

~ Semiya, tugʻilgan kuning bilan tabriklayman

~ raxmat Jisoo, ochigʻi bu surprizdan judayam xursand boldim. Birga vaqt oʻtkazmaganimizga ham ancha boʻlgandi

~ men rejalashtirmasam hech biringiz bu yerga kelishni ham oʻylamagan edinggiz

~ qoʻysangchi Jimin, axir faqat sen buni rejalashtirmadingku

~ yaxshi tortishmanglar bolalar. Uyga kiramizmi?

~ qani ketdik unda, bugungi sarguzashtlarga tayyormisiz bolalar

Uchalasi uyga qarab kirib ketdi. Ularni uy ichida Suga kutib oldi. Jimin qoʻlidagi narsalarni yerga qoʻyib divanga oʻtirib oldi.

~ xoʻsh bolalar, birinchi qiladigan ishimiz nima boʻladi?

~ Biz Suga bilan tashqarida ovqat qilamiz, siz esa stolni bezatinglar

~ kelishdik, unda bugun Jimin va Sugani qoʻlidan ovqat yerkanmizda

~ ishonsang Jisoo, seni shoʻr ovqatlaringga qaraganda Jimin ancha maxoratli oshpaz

~ Suga men ovqatni shoʻr qilmayman, shunchaki tuzini kop solib yuboraman. Hammani oldida meni uyaltirishni bas qil

~ hop hop, mayli kechir.

~ yaramas u doim shunday

~ sizlar eng yaxshi juftliksizlar

~ ba'zida biz ham tortishib turamiz Semi, u doim mana bunday boʻlavermaydi. Ba'zida uni jahl qilganini koʻrib qoʻrqaman

~ senga jahl qiladimi?

~ uni koʻp asabiga tegaman va aytganini qilmagan vaqtim jahli chiqadi, tabiiyki meni deb. Lekin tezda yarashib olamiz. Oradan vaqtlar oʻtgani sari unga bogʻlanib qolganimni tushundim. U siz turolmaydigan boʻlib qolganman

~ u ham seni qattiq sevadi

~ ha, har oy ish boʻyicha Germaniya borib kelganda, u men uchun qanchalik muhim insonligini tushunib yetaman

~ Germaniyaga? Qanday ish boʻyicha ketadi?

~ bilmadim, menga aytmaydi. Uzogʻi 2 yoki 3 kunga ketadi. Undan koʻpga emas. Qandaydir firma bilan hamkorlik qilganini aytgandi. Menimcha shunga borib keladi

~ ha tushunarli

...

Germaniya - Berlin

Ulkan uy qarshisiga kirib kelgan mashinadan tushgan yigitni yoniga ikkita qoʻriqchi kelib uni yelkasidan sekin ushlab uy ichiga kirishiga yordamlashdi. Zalda devanda oʻtirgan Bernard ogʻzidagi sigaretni yonidagi idishchaga tashlagancha eshikdan kirib kelgan odamlar tomon qaradi. Qoʻriqchilar yigitni avaylab Bernardning qarshisidagi devanga oʻtqazishdi

~ axvolimg qalay Chon?

~ chidasa boʻladi janob

~ boshingni egma va koʻzlarimga qara

Yigit sekin boshini koʻtarib qarshisida unga termulib turgan insonga yuzlandi

~ kechiring janob, vazifani siz aytgandek ado etolmadim, oldinggizda juda xijolatdaman

~ Chon men uchun tirik qolganingni oʻzi yetarli. Sendek moxir va sodiq insonimdan ayrilishni xohlamasdim. David bu safar qutulib qoldi. Ammo keyingi safar xatoga yoʻl qoʻymaysan deb umid qilaman

~ bu xolat boshqa takrorlanmaydi janob Bernard

~ yaxshi unda sen xonangga chiqda dam ol. Sogʻaymaguningcha topshiriq yoʻq senga. Hamshiralar senga kerakli muolajalarni qilishadi

Chon Bernardga boshini qimirlatib oʻrnidan turdi va sekin-asta zina tutqichidan ushlab yuqori qavatga koʻtarila boshladi. Ikkinchi qavat oxiridagi xonaga kirib chiroqni yoqdi. Xona oʻrtasidagi devanning bir chetiga borib oʻtirdi. Devan chetida joylashgan tumba ichidan qoʻliga bir suratni olib uzoq tikildi.

~ mening sevgilim, bugun tugʻilgan kuning. Seni qanchalar sogʻinganimni xatto tasavvur qilishga ham qiynalasan. Tunlarim doim seni qoʻmsash bilan oʻtadi. Seni iforingni shunchalar sogʻindimki, bir bor toʻyib hidlash uchun kerak boʻlsa jon olib jon berishga tayyorman. Seni yolgʻiz qoldirganim uchun mendan qay darajada xaf ekanligingni bilaman. Ammo men majbur edim. Qani edi bu yoʻlga kirmaganimda, otamni gapiga quloq solmaganimda edi, hozir biz bunday ayriliqda yashamas edik. Ammo senga va'da qilib aytamanki, yaqinda hammasi tugagach seni yoningga qaytaman va Biz avvalgidek birga boʻlamiz...) Chon qoʻlidagi suratdagi qizning yuzidan oʻpich qoldirib sekin joyiga yotdi va suratni yostigʻi tagiga qoʻydi. Koʻzlari sekin-astalik bilan yumilar ekan, goʻyoki sevgilisining chehrasi namoyon boʻladigandek, uni tushlarida koʻradigandek edi. Bir necha daqiqa ichida uxlab qolgan yigitni kamera orqali kuzatib turgan inson sekin noutbukni yopib yonidagi qoʻriqchiga yuzlandi.

~ ma'lumot bormi?

~ xa janob, mana koʻring

~ Kim Semi, Kim Jungwonni qizi. Koreya fuqarosi. Universitetda oʻqiydi

~ janob Chon bilan bitta universitetda oʻqigan ekan va uning sevgan qizi boʻlgan ekan. U haqida ma'lumoq kam. Ammo eshitishimizcha janob Chon yoʻqolgandan soʻng bir necha bor oʻzini oʻldirishga ham urinib koʻrgan ekan

~ rostanmi? Qizni kuzatishni toʻxtating. Shunisi yetarli

~ xoʻp janob

...

~ bugun hayolim joyida emasdek edi. Koʻnglim gʻash, doʻstlarim yonimdayu ammo kimdir yetishmayotgandek. Tabassum qilishga harakat qilyabman, ammo uddasidan chiqyabmaanmi yoqmi buni bilmayman. Atrofimda oʻtirgan doʻstlarimning hechbir gapi qulogʻimga kirmayapti. Tanamni sovuq ter bosa boshladim. Orada telefonimga ham qarab qoyaman, Taehyung qoʻngʻiroq qilmadimi deb. Qiziq, nega uning telefoni oʻchik. Men undan xavotirlanishim oʻrinlimi? Aslida menga uni nima qizigʻi bor?

~ balki sohilga chiqarmiz?

~ yaxshi qani ketdik

Hammasi birgalikda sohilga chiqib voleybol oʻynash uchun oʻrtaga setka tortishdi. Jimin va Semiga qarshi Jisoo bilan Suga. Oʻyin boshlanar ekan ikki gurux ham yutqazishni xohlamasdi. Semi biroz boʻlsada chalgʻigandek edi. Toʻrt doʻst miriqib kulgancha oʻynashar ekan toʻsatdan Jisooning baqirishi Jimin va Sugani shoshirib qoʻydi. Jimin Jisoo qaragan tarafga qaradi. Ortida Semi burnidan qon oqgancha yerda xushsiz yotardi...

Tasavvurilarni ishga solilar endi...)