August 26

Gunohkorlar / Ep-24

Insonni charchogʻi ham inson,
Taskini ham..)

Gunohkorlar

24-qism

Kessy Jimin unga tutib turgan gullarga hayron qolgancha turardi. Jiminning bu harakati uni hayron qoldirgani aniq edi.
— xotinjon. Gullarni olsangchi qo'lim og'rib ketdi. — Kessy gullarga uzoq vaqt qarab turib qo'liga oldi— vanihoyat qo'lim uzilib tushadi deb o'ylagan edim. — Jimin o'zini divanga tashladi.
— nima uchun menga gul berayotganingni so'rasam bo'ladimi — Kessy Hamon qo'lidagi gullarga qarar edi. Jimin divanda shiftka yotgan holida qarab javob berdi.
— ertaga tug'ilgan kuning. Shu bois senga biron narsa berishni istadim. Ammo senga nima berishni bilmadim shu bois ayollar sevuvchi narsa Gul oldim.
— nega aynan bu gullar
— har doim telefoningni ustida shu gullar rasmi turadi. Shu gullarni yoqtirishingni taxmin qildim.
— ular haqida bilasanmi.
— Men qayerdan ham bilardim. — Jimin qo'llariga tayanib divanga o'tirdi — lekin bu gullari topish qiyin ekan. Gul do'konida sotilmarkan. Maxsus buyurtma qildirdim. Nomi ham biroz g'alati. Nima ediya. Ly sa... Ritamidi
— lycoris radiata ya'ni qizil o'lim lolyasi.
— shundeymi chindan g'alati — Jimin beparvo gapirdi. —ma'nosi qanday. — Kessy gulga qarab kuldi. So'ng o'rnidan turib derazaga qarab gapirdi.

- ancha yillar avval
yapon qamoqxonalarida faqatgina shu gulni o'stirishga ruxsat berilgan. Bu gul majburan har bir maxbusning xonasiga qo'yilgan. Agar kimdir gullarni tashlab yuborsa o'sha maxbus jazolangan. Hatto qamoqxona nazoratchilari ham gullar uchun ma'sul edi. Maxbuslarning yaqinlariga ham faqat shu gulni olib kelishga ruxsat etilgan. Ayniqsa o'limga hukm qilingan maxbuslar bu gullarni parvarishlashga majbur qilingan.
- bu gulni qanday karomati bor.
- Lycoris radiata — ya’ni qizil o‘lim lolyasi, ajralish, yo‘qotish, o‘lim va qayta tug‘ilish ramzi sifatida tanilgan. Ayniqsa yapon va koreys madaniyatida bu gul gunoh, taqdir va ajralmas bog‘liqlik timsoli hisoblanadi.
Bu gul ko‘pincha kimdir vafot etganda gullaydi, shuning uchun u so‘nggi ko‘rishish, vidolashuv va o‘lim ramzi hisoblanadi.
Yaponlar bu gulni o'stirish orqali maxbuslarga Har safar gulga qaraganda qilgan gunohlarni eslatish orqali ularni o'limga mahkum ekanligini eslatib turgan. - Kessyni so'zlari bir onga Jiminni o'ylantirib qo'ydi.
- demak bu gul gunohkor uchun o'lim ramzi. Xo'sh - Jimin Kessyni o'zi tomon burdi-sen qanday gunoh qilgansan
- o'zim uchun hayotda eng qadrli shu bilan birga eng ko'p nafratlangan insonimni o'ldirganman
- Kimni aytayabsan

Kessy jim bo‘lib qolgancha qo‘lidagi Lycoris radiata guliga tikildi. Uning nozik barglari qonga belangan kabi ko‘rinar, ammo yuzida hech qanday ifoda yo‘q edi. Shunchaki sovuq va hissiz ovozda pichirladi.
— Sen menga doim eslatasan… — dedi u gulga qarab. — Yo‘qotish, o‘lim, qaytmas yo‘llar... men qilgan gunohni ham.
Shu payt deraza ortidan politsiya serenalari qichqirig‘i butun uy ichini titratib yubordi. Jimin chaqmoqdek irg‘ib turdi va pastga yugurib ketdi.
Kessy esa joyidan siljimadi. Uning ko‘zlari gulda, ovozi esa g‘amni yashirgan beparvolik bilan jarangladi.
— Balki bu gul menga ham o‘limni eslatayotgandir...


Pastda esa manzara og‘ir edi. Miltillab yongan politsiya mashinalari hovlini to‘ldirgan, qo‘shnilar derazadan tomosha qilardi. Bir nechta politsiyachi Jiminning akasi Junhoni kishanlab qo‘lidan ushlab turgan edi. Junho yuzida hech qanday his-tuyg‘usiz, go‘yo allaqachon taqdirga bo‘yin egib bo‘lgandek, bevosita Haruga qaradi. Haru esa titrab, ko‘zlarida yosh bilan unga tikildi, lekin bir og‘iz ham so‘z aytolmadi.
— To‘xtanglar! — Jimin o‘zini politsiyachilar oldiga otdi. — Nega uni olib ketayapsizlar?!
Politsiyachilardan biri sovuq ohangda javob qaytardi.
— U noqonuniy chegaradan mol o‘tkazishda ayblanmoqda.
Jiminda hamma narsa bir lahzaga to‘xtab qolgandek bo‘ldi. U akasiga ishonchsizlik bilan qaradi, ammo Junho yengil jilmayib, uning yelkasini qoqdi. Bu harakat go‘yo “ha, men aybdorman” degandek tuyuldi.
— Yo‘q, bu mumkin emas! — Jiminning ovozi titradi. — Men akamga ishonaman!
Politsiyachilar Junhoni mashinaga o‘tqazisharkan, Jimin joyida qotib turdi. So‘ng birdan hushiga kelgandek, yugurib o‘z mashinasiga o‘tirdi va politsiya korteji orqasidan ergashdi.
Orqada esa Kessy hanuz deraza yonida o‘tirar, qo‘lidagi Lycoris radiata gulining qizil barglari unga jim tikilib qarayotgandek tuyulardi.

Katta va qorong'u avtomobil yo'lida Sunxi mashina balonini tinmay tepar Soyu Bu manzarani kuzatgancha indamay turardi. Har doimgi qonuniyat kabi yo'lda mashinalar yo'q.
- jin urgur mashina.
- bas qilsangchi. Senga aytgandim haydovchi bilan ketishimiz kerak edi yana boshqa yo'ldan yurding.
- bu yo'l qisqa edi.
Haydovchiga kelsak meni ayblaguncha raxmat ayt. Bobomni ko'rish o'rniga sen bilan savdo markaziga borganim uchun. Hali oyimdan qancha gap eshitaman.
-men aslida Na xonim bilan bormoqchi edim ammo Sunxo sen bilan borishimni aytdi.
- agar Sunxo aytmaganda men ham Sen bilan bormasdim. Diding juda past ekan qayerdagi kiyimlarga yopishding. Men ko'rsatgan kiyimlar qanday chiroyli edi. - Soyu hayratdan ko'zini kattartirdi.
- seningcha shu holimda o'sha kiyimlarni kiya olardimmi. - Soyu bilinib qolgan qornini ko'rsatdi.
- sen butun umr shu qorining bilan yurmaysan ha demay tugasan. Jin ursin endi qanday ketamiz.
- Sunxoga qo'ng'iroq qilsakchi.
- Nima meni o'ldirmoqchimisan akam yo dadam meni mashina haydaganimni bilsa ayniqsa oyim men aniq uy qamog'iga mahkumman.
- shu sovuqda turamizmi.
- havotirlanma men haydovchiga qo'ng'iroq qilaman- Sunxi endigina haydovchiga qo'ng'iroq qilmoqchi edi biroq hozirgina oldidan katta tezlikda o'tib ketgan mashina ortga qaytayotganini ko'rib tezda telefonini o'chirib Soyuni yoniga borib ustidagi yengil keng kurtkani Soyuga uzatdi. Soyu bo'lsa hayron.
- buni men nima qilaman.
- jim bo'l ustinga kiy. Anavi yoqqa qara- Ular tomon orqaga qaytgan mashinani ko'rsatdi. - bu mashinada aniq bezorilar bor. Shunday ekan buni kiy qorning bilinmasin.
- hoy qizlar sizlarga yordam kerakmi. - mashinani old oynasi tushgach ikki yigitdan biri gapirdi.
- yo'q yordam kerakmas- Soyu tezda rad etdi.
- menimcha sizga yordam kerak. Mashinangiz buzilgan ko'rinadi. Kechasi bu yerda qolish yaxshi emas. Yomon niyatimiz yo'q
- yordamingizni qabul qilamiz - Soyu yana bir bor rad etmoqchi bo'lganda Sunxi gapirdi. Soyu ko'zlarini kattartirarkan Sunxi hammasi joyida degandek qaradi. - faqat biz dugonam bilan kelishib olaylik. - Sunxi Soyu bilan yo'lni chekkasiga o'tdi. Yigitlar bi biriga qarab kulib qo'ydi.
- nima ular bilan ketmoqchimisan. Hozirgina ularni bezori demadingmi.
- aynan shunday. Agar hozir ularni rad etsak bizni majburlab mashinaga o'tirg'izishadi. Undan ko'ra o'zimiz o'tiramiz menda Reja bor faqat jim tur.
- Lekin - ularning oldiga yana bir mashina kelib to'xtadi undan bir yigit mast ahvolda tushib ularga yaqinlashdi.
- qushchalar bu yerda nima qilyabsiz. Sizlarni o'zimiz bilan olib ketsak qarshi emasmisiz- Yigit telbanamo kuldi.
- ular biz bilan. - birinchi to'xtagan mashinadan haydovchi Yigit tushib gapirdi - qizlar mashinaga o'tiring. - bu holatda albatta ular birinchi mashinaga o'tirishdi har holda bu yigitlar mast emasdi. -

Qizlar mashinada o'tirarkan yigitlar ham jim ketardi. Oxiri Sunxi gapirdi.
- qayerga ketayapsiz yigitlar.
- biz klubga ketayotgandik keyin bir joyga kirishimiz kerak edi. 5 daqiqalik ishimiz bor. Agar manzilingizni aytsangiz avval ishimizni bitirib sizlarni tashlab klubga ketardik. U yerda do'stlarimiz bizni kutyapdi.
- oh biz ham tungi klubga ketyabmiz- Soyu Sunxini chimchidi. Asta shivirladi.
- nimalar qilyabsan tentak. Uyga ketamiz
- Jim bo'l. Agar ularni gapiga konsak ularni 5 daqiqalik ish biz bo'lamiz. Undan ko'ra klubda ulardan qutulamiz- Sunxi pichirlarkan Ular tomon qaragan yigitlarni ko'rib tabassum qildi - bizni ham olib borasizmi.
- yaxshi.
-unday bo'lsa men bir dugonamni ham chaqiraman. - Sunxi telefonini olib qo'ng'iroq qildi.
- salom aziz am Sunxi
....
- ha ha bilaman.
...

- biz hozir Soyu bilan klubga ketyabmiz.
....
- qaysi bo'lardi har doim boradigan da.
...
-biz seni kutamiz tezroq Kel. - Sunxi telefonda gaplasharkan telefon ortidan Sunxo baqirganini Soyu eshitib ko'zini yumdi.
- qizlar tezroq boraylik men dugonangizga qiziqib qoldim. - haydovchi o'rindig'i oldidagi Yigit Sunxiga ko'z qisib gapirdi.

Sunxo stol ustidagi piyolani ko‘tarib, Minhyuk va Taehyungga qaradi.
— Ha, hozir Taehyungimiz Amerikadan qaytdi, it qancha kunga kelganini o‘zi aytib bersin, — dedi kulimsirab.
Taehyung qoshini ko‘tarib, jilmaydi.
— Uch kun... balki to‘rt. Yoki bir kun, aniq emas. Men o‘zim ham bilmayman, — dedi sovuqqina ohangda.
Shu payt Sunxining telefoni jiringlab qoldi. U avvaliga javob bermay qo‘ydi, ammo ikkinchi jiringda ochishga majbur bo‘ldi. Telefonda Sunxi. Uning shoshqaloq ovozi butun xonani tutib yubordi.
— Sunxooo! Men Soyu bilan klubga ketayapman!
— Nima?! — Sunxoning qoshi chimirildi. — Klubga?! Qaysi klubga?
— Ha, o‘sha, sen biladigan! — Sunxi quvnoqlik bilan kulib yubordi. Orqa fonda Soyuning ovozi eshitildi.
— Sunxi, qo‘y bu tentaklikni!
Sunxo jim bo‘lib qoldi. Bir-ikki soniyadan keyin.
— Bu qiz bir baloni boshladi... — deb sekin gapirdi. Minhyuk qiziqib so‘raydi.
— Nima bo‘ldi?
— U... Soyu bilan ketayapti, klubga! — dedi Sunxo qahrli ovozda. Taehyung esa stakanni yengil stolga qo‘yib, xotirjam ohangda gapirdi.
— Hech narsa bo‘lmaydi. Balki shunchaki o‘yin qilayotgandir.
Sunxo bo‘lsa stulni chetga surib, qo‘zg‘alib ketdi.
— Yo‘q, men aniq bilaman, bu qiz bir baloni boshladi. Hozir barchamiz klubga ketamiz! - Minhyuk kulib qo'ydi.
— Voy, film boshlandimi. - Taehyung esa yelka qisdi.
— Men Amerikadan qaytdim, dam olaman desam, endi tungi klubda sarguzasht qilyapmizmi? Juda "romantik" kutib olish ekan. - Sunxo unga qaramay, jahl bilan kalitlarni oldi.
— Hamma mashinaga!
Minhyuk kulib qo‘shildi.
— Mayli, lekin o‘sha klubda janjal bo‘lsa, men senga yordam bermayman.
Shu tarzda uchovlon mashinaga chiqib, Sunxi ketayotgan klub tomon yo‘l olishdi. Sunxo jahl ustida rulni qattiq aylantirar, Minhyuk har doimdagidek kulgu qo‘shar, Taehyung esa xuddi bu sarguzasht unga mutlaqo qiziq emasdek, oynadan tashqariga sovuq nigoh bilan qarab borardi.

Tungi klubning shovqinli musiqasi, chiroqlar almashib yonayotgan maydoni Kessyni biroz ko‘ngilsiz, biroz esa chalg‘ituvchi his qilardi. U yonidagi Haruga qarab jilmayib qo‘ydi. Haru esa allaqachon olomonni kuzatardi. Kessy telefonini sezdirmasdan qo‘liga oldi, oynadagi yoritilgan nur ostida suratga tushib, hech qanday izohsiz Jiminga yubordi. Keyin telefonini asta sumkasiga solib qo‘ydi.
Haru bunga befarq qaragandek bo‘ldi, ammo so‘ramay turolmadi.
— Nega bu yerga kelishimizni xohlading? - Kessy labini qiyshaytirdi.
— Shunchaki... muammolardan chalg‘ishim kerak. Hech bo‘lmaganda shu yerda bir necha daqiqaga o‘zimni unutib qo‘yaman. - Barmen yonlariga kelib, tabassum bilan so‘raydi.
— Xo‘sh, sizlarga nima quyay?- Haru bir zum ham o‘ylanmay.
— Kuchliroq ichkilik, — dedi qat’iyat bilan. - Kessy unga ajablanib qarab qoldi.
— Rostdanmi? Men sendan bunday narsani kutmagan edim. - Haru ensa qotirib jilmaydi.
— Meni farishta deb o‘ylaganmiding? Men oddiy odamman, Kessy. - Kessy asta bosh chayqadi.
— Farishtalar... ular bu dunyoda yo‘q. Shunchaki odamlarning o‘ylab topgan ertaklari.- Barmen Kessyga yuzlandi.
— Sizga esa... har doimgidekmi? - Kessy qisqa muddat o‘ylanib qoldi. Keyin ohista:
— Oddiy suv, — dedi.
Barmen beixtiyor ko‘zini kattartirib, hayratdan jilmayib yubordi.
— Suv?.. Mayli. — Ichkiliklarni qo‘yarkan Kessyga yengil bosh irg‘ab qo‘ydi.
Stol ustiga ichimliklar qo‘yildi. Haru qo‘lidagini ko‘tarib, biroz chayqab, Kessyga qaradi.
— nega bunday qilding? — deb so‘radi Kessy bosiq ovozda.
- Bilib qoldingmi. O'z ishiga puxtaman deb o'ylagan edim.
- puxtasan men faqat tasodifan bildim.
Haru ko‘zlarini qisib jilmaydi.
— Mening yagona maqsadim bor: Baxtli yashash. Bu yo‘lda qarshiliklar bo‘lsa ham yengaman.
- keyinchalik afsuslanmaysanmi
- men juda ko'p bor afsuslandim. Endi buni xohlamayman.
Kessy jim qoldi, uning ko‘zlarida bir muddat nimadir jilvalanib ketdi. So‘ng sokinlik bilan javob qaytardi:
— Sening ishonching menga yoqadi. Balki men ham shunday yashashni o‘rganishim kerakdir...
Musiqa yangrayverardi, ularning suhbatlari esa shovqin ichida ham g‘oyat sokin va samimiy yangrardi.

Klubning yorqin chiroqlari ostida Sunxi va Soyu nihoyat ichkariga kirishdi. Yonlarida rulda o‘tirgan Sinji va yonidagi Yohan ham bor edi.
— Bu Soyu, men Mila — dedi Sunxi o‘zini tanishtirib, kulib yubordi.- Soyu esa ko‘zini yumib oldi.
— Mila? Yana shu ism... — deb sekin pichirladi. Yigitlar kulib yuborishdi. Yohan qiziqib so‘radi.
— Mila, akang qachon keladi?
Sunxi va Soyu bir lahza qotib qolishdi. Soyu sezdirmay labini tishladi. Sunxi esa jilmayishga harakat qildi.
— Qanday qilib bilib qoldingiz?- Sinji qo‘lidagi stakanni stolga qo‘yib, ohista dedi.
— Keyingi safar qo‘ng‘iroq emas, xabar yubor. Aks holda ortiqcha sirlaring oshkor bo‘lib qoladi.
Soyu va Sunxi bir-biriga qarab kulib yuborishdi. Yohan qo‘shib qo‘ydi:
— Biz aslida bezori emasmiz. Sizni shunchaki yo‘lda yolg‘iz qoldirmaslik uchun yordam berdik.
- ammo tan olishim kerak bezorilardan qochish uchun ajoyib uslub.
- albattada. Axir bu Milaning uslubi-Sunxi mag'rurlanib kuldi.
Ularning suhbatlari biroz hazil-mutoyiba bilan davom etdi. Shu payt Yohan yana Sunxiga so‘z ochdi.
- Ho'sh nechinchi sinfsan-Sunxi ko'zlarini Katta Katta qildi — Klubga kirishdan avval hujjat tekshirishi mumkinligidan havotirlanding. Agar tez-tez kelsang, bunday narsadan qo‘rqmaysan. Bundan ko'proq maktab o'quvchilari havotir oladi.
- bitiruvchi - Birdan Sinji oh tortib Yohanga pul uzatdi qizlar hayron. Keyin Sinji tushuntirdi.
- u seni maktab o'quvchisi dedi men seni uydan kam chiqadigan qiz shunga klubdan qo'rqasan deb o'yladim. Garov o'ynab unda yutqazdim. -
Sunxi ensasini qotirib, uni so‘zsiz kuzatdi. Soyu esa kurtkasini tortib qornini yashirmoqchi bo‘ldi, ammo baribir bilinib qoldi. Yohan kulib yubordi:
— Mila, dugonangni yaxshi asrading, lekin ko‘ryapmiz-ku...
Xonim eringiz tezroq kelishi kerak bu muhit kichkintoy uchun zararli.
- haligi...
Shu payt eshik tomondan qattiq tovush eshitildi. Sunxo kirib kelib, Yohan bilan gaplashayotgan Sunxini ko‘rib, g‘azab bilan yoniga keldi va hech narsa demay musht tushirdi.
— Hey! — Yohan yerga yiqilib, yuzini ushlab qoldi. Shu ondayoq janjal boshlandi. Sinji ham Yohan tarafini oldi. Minhyuk ham kelib, Sunxoni ajratishga urindi, ammo vaziyat chigallashib ketdi. Klubning yuqori qavatida qattiq mushtlashuv boshlandi.

Pastda esa butkul boshqa manzara: Jimin g‘azab bilan Kessy oldiga keldi.
— Haru qayerda?! — dedi u baqirib. — Buning uchun javobsiz qolmaysan!
Kessy esa stulda xotirjam o‘tirib, jilmayib qo‘ydi. Ko‘zlari sahnadagi raqs maydonida edi. U qo‘li bilan ishora qildi:
— Ana, sevgiling. Klubning o‘rtasida chiroyli yigit bilan raqs tushayapti.
Jimin qarasa, mast bo‘lib qolgan Haru chindan ham bir yigit bilan yaqin raqs qilmoqda. Jiminning ko‘zlari qonga to‘ldi. U Kessyni keskin itarib yubordi va raqs maydoniga otilib bordi. Haruni tortib olib ketmoqchi bo‘ldi, ammo yigit uni qo‘yib yubormadi.
— Qo‘y uni! — deb Jimin baqirdi.
Haru esa mast holatda kulib, Jiminning qo‘lini siltab tashladi. Shu ondayoq Jiminning jahli chiqib, qizning yonidagi yigitga musht tushirdi. Yigitning do‘stlari ham kelib qo‘shildi. Klubning pastida ikkinchi katta mushtlashuv boshlandi.

Endi klub ichida ikki front:

Yuqorida Sunxo, Minhyuk va yigitlar o‘rtasida mushtlashuv. Taehyung esa burchakda hotirjam kuzatardi.

Pastda Jimin va mast Haru sabab kelib chiqqan janjal. Kessy esa butun jarayonni beparvolik bilan, hatto maroq bilan kuzatardi.
Musiqa to‘xtadi. Qichqiriqlar va shovqin ko‘tarildi. Bir necha daqiqadan keyin eshikdan politsiya bostirib kirdi.
— Hamma joyida tursin! — deb qichqirdi ofitserlardan biri.
Janjalni ajratib, barcha yoshlarni birma-bir mashinaga olib chiqishdi. Shu tariqa tungi klubdagi shovqin politsiya mashinalari sirenasi bilan yakunlandi.

Vaqtinchalik qamoqxona

Bir tarafda Soyu, Sunxi, Haru, boshqa tarafda esa Sunxo, Minhyuk va Jimin joylashgan.
Haru mastligidan hali o‘ziga kelmagan, panjara ichida devorga suyangancha qo‘shiq aytardi. Ovozi biroz titrar, ammo o‘zi o‘zini xonandadek tasavvur qilardi:
— 🎵 “Meeeeeen seni sevib…” 🎵
Soyu yuzini kaftlari bilan berkitdi
— Iltimos, kimdir ovozini o‘chirsa bo‘lmaydimi…- Sunxi esa unga qarab kuldi.
— Jim bo‘l, hech bo‘lmasa biroz kayfiyat ko‘tarayapti.- Boshqa tarafda Jimin jimgina Haruga qarab turardi. Qizning mastligiga qaramay, ko‘zini uzolmasdi. Minhyuk esa o‘zi uchun konsertdek qabul qilib, qo‘l chalib yubordi.
— Bravo! Mast xonanda!
Shu payt Sunxo birdan qahr bilan o‘rnidan turib, panjara ortidan singlisiga baqirdi.
— Barchasiga SEN sababchisan, Sunxi! Agar sen normal yo‘lni tanlaganingda biz bu yerda o‘tirgan bo‘lmasdik!
Sunxi ham bo‘sh kelmadi.
— Menmi? Aksincha, siz hamma joyda musht ko‘tarasiz! Bu safar ham avval siz urishni boshladingiz!
- bezorilar bilan klubga borish zo'r ishmi seningcha
- ular bezori emasdi. Biz sizni kutayotgan edik.
- meni kutayotganmish, maktab o'quvchisi ga klubda yigitlar bilan nima bor. Telefon qilganiga nima bor.
- joninga tegdingiz. Men ham katta mustaqil insonman.
- uyga boraylik senga mustaqil inson qanday bo'lishini ko'rsatib qo'yaman.
- menga ko'rsatarmish. Xotiningizchi nega hamma gapni men eshitishim kerak
- u homilador va aniq hammasi seni bemani rejang sababli bo'lgan.
Soyu “oy xudo” degandek boshini chayqadi.
Minhyuk esa panjara yoniga kelib, zavqlanib kuzatdi.
— Aka-singil janjali BEPUL tomosha! Qani, davom etinglar, popcornim yo‘q, lekin zavq yo‘qolmayapti! Jimin esa jahl bilan gapirdi.
— Sizlarga kulgu, menga bosh og‘riq.
Haru esa shu payt baland ovozda xit qilib yubordi.
— 🎵 “BIRGA BO‘LSAK, BIZ CHEKSIIIIZ…” 🎵
U hatto qo‘lini panjaradan chiqarib, go‘yo mikrofon tutgandek silkitdi.Politsiyachi ichkariga qarab boshini chayqatdi.
— Bu qamoqxona emas, xuddi klubning 2-qismi bo‘lib ketibdi.
Sunxo yana singlisiga qarab dedi.
— Agar sen bo‘lmaganda, Soyu Hozir homilador holida bu yerda emas issiq uyda yotardi, men esa normal insondek uyquda bo‘lardim! - Sunxi esa jilmayib, kinoyali ohangda javob qaytardi:
— Ha, ha, sizning "normal insonligingiz"ni klubdagilar yaxshi ko‘rishdi! - Soyu esa ikkala tarafga ham qarab:
— Sizlar aka-singil emasmisizlar? Nega o‘zingizni dushmandek tutayapsiz? - Haru birdan kulib yubordi.
— Aka-singil urushi… bu ham sevgi turining bir ko‘rinishi, to‘g‘rimi? 🎵
Shu gapdan keyin hammalar unga qarab jim bo‘lib qoldi. Faqat Minhyuk kulib yubordi.
— To‘g‘ri! Lekin sevgi emas, serialga o‘xshab ketdi bu janjal.
Politsiyachi yana qaytib keldi.
— Agar jim bo‘lmasangizlar, hammangizni alohida-alohida qamab qo‘yaman.
Sunxi va Sunxo bir-biriga qarashdi… so‘ng ikkalasi baravariga gapirdiki.
— shunaqa qiling, men buni ko‘rib turishni xohlamayman!
Soyu:
— Men esa ikkala tarafdan ham to‘yib bo‘ldim!
Haru:
— 🎵 “Qamoqda ham sevgi borkuuuu…” 🎵

Xonaga nazoratchi kirib keladi. Qo‘lida daftar, yuzida esa “bu yoshlarning ishi ko‘p” degan charchoq ifodasi.
— Demak, sizlar o‘ylayapsizmi bu yer “tungi klubning VIP zalimi”? Yo‘q, bu yer politsiya idorasi! — deya stolga daftarni qattiq urib qo‘yadi.
Hammalar birdan jim bo‘lib qoladi, faqat Haru mast holda hali ham xirgoyi qilardi:
— 🎵 “Qamoqda ham sevgiii…” 🎵
Nazoratchi ko‘zlarini qisib unga qaraydi.
— Sen esa konsertni yopasanmi, yoki men yopaymi?
Jimin boshini ushlab, Haruni joyiga o‘tqazadi.
Keyin nazoratchi qog‘ozlariga qarab, Sunxoga tikiladi.
— Endi sen! Homilador xotining va voyaga yetmagan singlingni klubga olib bordingmi? Sunxo sapchib turib.
— Yo‘q, xato. Men ularni ikki dunyoda ham olib bormadim. O'zlari borgan.
Barchasi kulib yuboradi. Sunxi esa qo‘llarini ko‘ksiga qovushtirib.
— Ko‘ryapsizmi, men aybsizman. Hammasi Sunxoning mushti tufayli.
Nazoratchi qo‘lidagi ruchkasini qarsillatib stolga uradi.
— Mushtlashuv tufayli sizlarga allaqachon jarima yozilgan. Lekin sen, Sunxo, alohida: homilador ayol va voyaga yetmagan qizni klubga olib borganing uchun qo‘shimcha jarima!
Sunxo o‘zini oqlashga urindi:
— Lekin men… men ularni…
— Yetar! — dedi nazoratchi, gapini bo‘lib. — Men sening “men-mening”ni tinglaydigan vaqtim yo‘q. Jarimani to‘laysan!
Minhyuk kulib:
— Aka singil janjali qiziq joyida tugadi. Men bu yerda eng begunoh odamman.
Soyu kulib yuboradi, Sunxi esa akasiga tilini chiqarib qo‘yadi.
Oxiri nazoratchi qo‘llarini silkitib,
— Xullas, bu safar sizlarni ozod qilamiz. Ammo keyingi safar klubda mushtlashuv emas, konsert o‘tkazsangiz ham bizni chaqirmang!
Politsiyachilar panjarani ochishadi. Hamma sevinib chiqib ketadi, faqat Haru chiqish eshigida to‘xtab, yana qo‘shiq boshlaydi:
— 🎵 “Ozodliiik, mening sevgim…” 🎵
Nazoratchi boshini changallab:
— Men pensiyaga chiqishim kerak edi…

Politsiya idorasining uzun va sovuq yo‘lagida ikki yonma-yon stulda Taehyung va Kessy o'tirardi. Ikkovining ham yuzida charchoq va jiddiylik aks etardi. Atrofda shovqin bo‘lsa ham ular bir-biriga umuman gapirmadi. Fakat ikkala nigoh ham vaqti-vaqti bilan qisqa muddat to‘qnashar, keyin darrov yon tomonga ko‘chardi.
Havoda qalin jimlik osilib qolgandi.
Shu payt yo‘lak oxiridan qadam tovushlari eshitildi. Jimin mast holda hushsizlanib qolgan Haruni yelkasida ko‘tarib kelardi. Ularning ortidan Sunxo, Soyu, Sunxi va Minhyuk ham chiqib kelishardi.
Taehyung Kessyga yon qaradi. Bir zum sukutdan keyin past ovozda dedi:
— Tug‘ilgan kuning bilan, Kes.
Kessy beixtiyor nigohini unga burdi. Lekin hech narsa demadi. Nigohi qattiq edi, so‘ng yana ko‘zini chetga oldi.
Taehyung yuzida chiroyli jilmayish paydo bo‘ldi, ammo ko‘zlarida qandaydir og‘riq yashirin edi. U boshqa so‘z qo‘shmadi. Barchasi yo‘lak bo‘ylab yig‘ilib kelgach, politsiyachi ularni ozod qildi.
So‘ngra hamma bir-biriga sovuq qarashlar qilib, ortiqcha so‘zsiz har kim o‘z uyiga tarqalib ketdi.

Yanglar qo‘rg‘onining katta zalida Sunxo, Soyu va Sunxi tik oyoqda turishardi. Qarshilarida esa qahrli chehra bilan Janob Yang.
— Bu qanday uyat! — deya stolni mushtladi u. — Klubda mushtlashuv, politsiya bo‘limi… Bizning familiyani sharmanda qilishni sizlardan boshqa hech kim uddalay olmaydi!
- Dada aslida..
- Sunxo Jim bo'l sen qanday qilib sunxiku mayli homilador xotining bilan politsiya idorasida vaqtinchalik Kamera.. Hatto mantiqqa ham to'g'ri kelmaydi - Sunxo jim Soyu yerga qaragancha nimaga aralashib qolganini bilishga urunardi. Sunxi Sujingami umid ko'zlari bilan boqdi.
- dadasi Sunxini aybi yo'q u klubga bormagan u dadamni korish uchun ketgandi. Aslida...
- sen ham jim bo'l unga advakat kerakmas o'z tili bor..
Qarorim bugun uchalangiz ham Uyda qolmaysiz pulsiz, kartasiz, mashina va telefonsiz istagan joyingizga boring biroq yanglarga bog'liq hech bir Mehmoxona yoki kavartirada qolmaysiz - Sunxi va Sunxo dadasiga qaradi - Sunxo sen ikkisi uchun ham ma'sulsan.
- ammo Dada men aybdor emasman hammasiga
- ko'zimdan yo'qloing.

Uchovlon uydan chiqarkan Endi Sunxo va Sunxi janjallashishni boshlamoqchi bo'lganda Soyu gapirdi.
- Ikkingiz ham jim bo'ling selarga ortiq toqat qilolmayman. - Sujin kelib qoldi.
- Sunxi sen klubga bordingmi Rostini ayt
- ha, ammo atayin emas- Sunxi Asta gapirdi.
- sen qiz men seni bobongni ko'rishga bor degandim ku.
- o'sha cho'lda nima foyda barbir yaqinda o'ladi.
- Sunxi - Sujin boshini changalladi. - Sunxo iltimos bu qizni ko'zimdan yoqot zora uysiz aqli kirsa.. - Sujin Soyuga qaradi - Sen esa Soyu uyga yur dadangiz bilan gaplashdim. bu holingda bular bilan ko'chada yurish senga mumkin emas - Sujinning bu megribonchligidan barcha jumladan Sunxo ham hayron qoldi.
- menchi oyi axir men qizingizmanku
- akang bilan boraver axir meni otam senga qiziqmasku.
- oyi - Sujin Soyu bilan uyga kirib ketdi. Aka singil uzoq janjaldan so'ng Minhyukni uyqusidan ayirishga qaror qilishdi.

Shifoxona oq devorlarida jimlik hukm surardi. Sovuq ultratovush apparatining mayin shovqini esa yurak urishlaridek titroq ohang taratardi.
Suna yotgan karavot yonida Kessy qo‘llarini qovushtirib, sukutda o‘tirardi. Ekrandagi qora-oq tasvirda asta-sekin kichkina yurak chiziqlari paydo bo‘lgach, shifokor kulib boshini qimirlatdi.
— Tabriklayman, bola sog‘lom. Yuragi juda yaxshi urmoqda, — dedi u xursand ohangda.
Sunaning yuzida cheksiz baxt jilvasi paydo bo‘ldi. U qo‘lini qorniga qo‘yib, ko‘zlariga yosh oldi. Kessy esa bir muddat unga qarab qoldi, so‘ng birdan shifokorga yuzlandi.
— Meni ham tekshirib ko‘rsangiz bo‘ladimi?
Suna hayronlikdan qotib qoldi. — Sen?.. Nega? — dedi u sekin.
Shifokor bir oz ikkilanib, bosh irg‘adi.
— Agar homiladorlikka gumoningiz bo‘lsa, albatta. - Kessy ohista boshini qimirlatdi.
— Test shunday chiqqan...
U apparat oldiga cho‘zildi. Xona yana jim bo‘lib qoldi. Bir zumdan keyin ekranda nozik chiziqlar, titroq dog‘lar paydo bo‘ldi. Shifokor ko‘zlarini keng ochib, yuzida yorqin tabassum bilan.
— Tabriklayman, sizning egizaklaringiz bor! — dedi.
Sunaning qo‘llari og‘iziga ketdi, u quvonchdan qichqirib yuborgudek bo‘ldi.
— Kessy! Bu ajoyib! — deya uni quchoqlashga chog‘landi.
Ammo Kessy qimirlamadi. Ko‘zlari ekranga qadalgandi, yuzi esa sovuq va befarq edi. Bir lahza sukut cho‘kdi. Keyin u xuddi pichirlab, ammo aniq so‘zlar bilan so‘raydi.
— Ularni... abort qildirish mumkinmi?
Xona muzlab qolgandek bo‘ldi. Suna ko‘zlarini katta ochib, bir necha soniya unga tikildi. So‘ng birdan qaynagan g‘azab bilan yuziga qattiq tarsaki tushirdi
— Aqldan ozdingmi sen?!
Shifokor jim qolib, noqulaylikdan boshini egdi va “siz ikkalangiz gaplashib olinglar” degandek xonadan chiqib ketdi.
Suna ko‘zida yosh, titrab Kessyning qo‘llarini ushladi.
— Bilasanmi, men sakkiz yil... sakkiz yil kutdim bu mo‘jizani! Farzand — bu eng katta baxt! Sen nima uchun bunday deding? muzday qattiqlikda edi
— Chunki men ularni dunyoga keltirolmayman
- Nega Axir ular begunoh go'dak — deya yalinib so‘radi Suna. — Jiminni sevmaganning uchunularni xohlamaysan biroq Bu seni vujudingda seni farzanding.
-bilaman ular begunoh ammo. Bu... mumkin emas.
- ulardan voz kechmoqchimisan. Agar ulardan voz kechsang onangdan nima farqing qoladi.
- onamdan.... Ehtimol ular bu dunyoga keltirmaganim uchun raxmat aytar.
Sunaning ko‘ngli parcha-parcha bo‘ldi. U gaplarni tushunishga harakat qildi, ammo Kessy yuzini burib, o‘rnidan sapchib turdi va xonadan shoshilinch chiqib ketdi. Sunaning quloqlarida esa hamon “egizaklaringiz bor” degan shifokor so‘zlari jaranglab turardi, ammo yonida bo‘shab qolgan stul unga Kessyning og‘ir tanlovi va chuqur iztirobidan boshqa hech narsa qoldirmagandi.

Kessy shifoxonadan chiqqach, oyoqlari uni o‘z-o‘zidan shaharning chetida, keng jarlik tomon yetaklab bordi. Shamol yuziga urar, sochlarini betartib to‘zg‘itar, sovuq havoda yuragi tobora qisilib borardi. U toshli qirning chetiga yetib kelib, pastdagi chuqur tubga qaradi — go‘yo bu bo‘shliq uning ichidagi bo‘shliqni aks ettirayotgandek edi.
— Sanha... — uning lablari titrab, nomni pichirladi. — Menga yordam ber...
Ammo javob bo‘lmadi. Faqat shamolning uvillashi va qirg‘oqdagi daraxt shoxlarining shitirlashi.
Birdan ko‘z o‘ngida noaniq inson sharpasi paydo bo‘ldi. U asta-sekin yaqinlashayotgandek tuyuldi. Yuragi qattiq ura boshladi.
— Sanha?.. — dedi u umid bilan, ammo ovozi qo‘rquvga burkangan edi. Bu Sanha emasdi.
Sharpa jim turar, hech narsa demasdi. Kessy qadam tashladi, sharpani tanigach esa oyoqlari ostidagi tuproq sirpandi. U qichqirib yubordi va jarlik bo‘ylab pastga quladi. Shamol uning qichqirig‘ini yutib yuborgandek bo‘ldi.
Qattiq zarbadan hushsiz yotib qoldi. Bir zumda o‘ziga kelganida esa qarshisida hech qanday sharpa yo‘q edi. Atrof mutlaqo bo‘sh edi. U qo‘llarini qattiq musht qildi, nafaslari og‘ir edi. Ichki ovoz yuragini tilka-pora qilardi:
"Demak, endi men butkul yolg‘izman. Sanha ham, boshqa hech kim ham yo‘q... Hatto o‘z farzandlarimni ham qabul qila olmayman. Men uchun bu dunyo yopilgan qafasdan boshqa narsa emas..."

U ko‘zlarini yumdi. Ko‘z oldida faqat bitta siymo paydo bo‘ldi — Taehyung. Uning ko‘zlari, jilmayishi, oxirgi so‘zlari...

"Taehyung... Sen men uchun oxirgi chiroq eding. Ammo endi... sen ham... . Sen ham men uchun qaytmaydigan orzudek qolding."
Kessy labini qattiq tishlab, ko‘zlaridan yosh to‘kilarkan, bo‘shliq quchog‘ida o‘zini mutlaqo parchalanganini his qildi.

Qahvaxona derazalaridan tashqarida yomg‘ir mayin tomchilab yog‘ar, ichkarida esa iliq chiroqlar ko‘zni tinchlantirardi. Taehyung stol yonida jim o‘tirar, qo‘lidagi qahvasini deyarli ichmagan edi. Qarshisida Yeo jilmayib gapirardi, goh bolalik xotiralari, goh orzulari haqida. Uning ovozi mayin, ko‘zlari esa hayotga to‘la edi. Taehyung esa sukutda tinglardi. Nigohi ko‘pincha derazadan tashqariga qadalib qolsa-da, vaqti-vaqti bilan Yeo tomonga qarab, boshini mayin qimirlatdi. Bir mahal Yeo asta, yuragi hapriqib so‘radi.
— Taehyung... men sizni sevishim mumkinmi?
So‘zlar havoda qotib qolgandek bo‘ldi. Qahvaxona ichidagi mayin musiqaning ohangi ham to‘xtagandek tuyuldi. Taehyung sekin boshini ko‘tardi va unga tik qaradi. Ko‘zlarida hech qanday shafqat ham, yovuzlik ham yo‘q edi — faqat muzday haqiqat.
— Yo‘q, — dedi u qisqa va qat’iy.
Yeoning qo‘llari titrab ketdi, yuzidagi jilmayish so‘ndi. U lablarini qimirlatdi, ammo so‘z topolmadi. Taehyung davom etdi.
— Seni orzularing ushaldi, Yeo. Bizning yo‘llarimiz endi hech qachon kesishmaydi. Men senga qiziqmaganman shunchaki singlimga o'xshaganing uchun yordam berdim xolos.
Bir lahza sukut cho‘kdi. Yeo ko‘zlarini pastga tikdi, ichidagi og‘irlikni yashirishga urinib jilmayishga harakat qildi, ammo ko‘z yoshlarini to‘sib bo‘lmadi.
- yuragingizni egasi yo'q deb o'ylagan edim.
Taehyung asta stuldan turdi. Orqasiga qarab ham qo‘ymay:
— Mening yuragim... allaqachon o‘z egasiga tegishli.
Shu so‘zlar bilan u qahvaxonani tark etdi. Eshik yopilishi bilan Yeoning dunyosi xuddi sinib tushgandek bo‘ldi. Yonib turgan chiroqlar ham endi unga sovuq tuyulardi.
Qahvaxonadan chiqib, yomg‘irli ko‘chaga qadam qo‘yarkan, Taehyungning yuzida hech qanday ifoda yo‘q edi. Ammo ichida... ichida bo‘ron ko‘tarilgandi.
"Men yana kimnidir xafa qildim. Yeoni ko‘zidagi o‘sha so‘nib borayotgan umidni ko‘rdim... Ammo unga yolg‘on gapira olmadim. Men uchun sevgi — o‘yin emas. Yuragim allaqachon band. Men qachonlardir uni qo‘yib yuborishni o‘rganaman deb o‘ylagandim, ammo baribir bo‘lmadi. Hali ham shu yurak faqat u bilan uradi."
Taehyung boshini osmonga ko‘tardi. Tomchilab yog‘ayotgan yomg‘ir yuzini yuvib tushayotgan ko‘z yoshlarini yashirib turardi.
"Men uni yo‘qotganman. U endi meniki emas. Balki hech qachon ham bo‘lmagan. Lekin... boshqa birovga joy ham yo‘q. Yuragimning eshigi qulflangan. Men yolg‘izlikka mahkum bo‘lsam ham, unga bo‘lgan hislarimni xiyonat qilmayman. Shu og‘riq bilan yashayman."
U sekin nafas oldi, oyoqlarini bir-biriga og‘irlik bilan tashlab, yomg‘ir ichida yo‘lini davom ettirdi. Qahvaxona orqada qolgan edi, ammo ichidagi og‘irlik undan ketmasdi.

Taehyung uyi eshigini ohista ochdi. Tungi Seul chiroqlari katta oynalardan xonaga oqib kirib, zalni go‘yo yulduzlar bilan to‘ldirgandek edi. U to‘satdan qotib qoldi: keng oynaning oldida jim turib, pastdagi shahar hayotini kuzatayotgan Kessy turardi. Sochlari yelkasiga tushib ketgan, qo‘llarini yonboshiga qo‘yib, xuddi butun dunyo bilan begona kabi ko‘rinardi.
Taehyung og‘ir qadam tashlab yoniga bordi. Bir necha daqiqa ikkovi ham jimlikda turib, tashqariga qarashdi.
— Ichkilik bormi? — dedi Kessy, ovozi sovuq va toliq.
Taehyung so‘zsiz bosh qimirlatib, muzlatgich tomonga yurdi. Eski shishalarni qidirib stol ustiga qo‘yar ekan, ko‘zi telefon ekraniga tushdi. Qora ekranda titrab yonib-o‘chayotgan xabarnomalar. O‘nlab javobsiz qo‘ng‘iroqlar. Oxirida esa Sunadan kelgan xabar.

“Iltimos, Kessy... homilador holingda axmoqlik qilma. Egizaklarga zarar yetkazma.”

Taehyung muzlab qoldi. Qo‘lidagi shisha asta stolga qo‘yildi. Yuragida alamli og‘riq ko‘tarildi. Nigohi hanuz Seul manzarasidan uzilmagan Kessyga qaradi. U xuddi boshqa olamda yurgandek, begona, sovuq va yetib bo‘lmas edi. Taehyung lablarida achchiq jilmayish paydo bo‘ldi. Ko‘zlariga kelgan yoshni tezda artib, ichkilik o‘rniga sharbat oldi. Yoniga qaytib kelib, stakanni qo‘yarkan, Kessy so‘radi.
— Ichkilik-chi?
— Tugabdi, — dedi Taehyung xotirjam ohangda.
Jimlik cho‘kdi. Oynadan tashqarida Seul chiroqlari porlar, ammo ularning ruhida zulmat qalin edi. Bir payt Taehyungning ovozi sokin, ammo chuqur titroq bilan yangradi.
— Nega... nega singlingning o‘limida sening aybing yo‘qligini aytmading?
Kessy sekin yoniga qaradi. Nigohi charchagan, ko‘zlari bo‘sh edi.
— Chunki bunda ma’no yo‘q edi. Kimga nima farqi bor?.. U baribir qaytmaydi..... Kim aytdi.
- oyim.
- agar avvalroq bilganingda nima qilarding.
- Nima ham qilardim. To'yingni buzardim. Majburlab Olib ketardim. - ikkisi ham kuldi.
- kutilganidek.
Taehyung unga uzoq tikildi. Ichida qichqirgan bo‘lsa ham, tashqi ko‘rinishda jim qoldi. Sunaning xabari hamon uning ongida jaranglab turardi, lekin u hech narsa demadi. Go‘yo o‘qimagandek, o‘zini butunlay xotirjam tutdi.
Ikkovi yonma-yon turib, sukutda shaharga qarashardi. Orada aytilmagan so‘zlar, yashirilgan og‘riqlar va o‘rtadagi abadiy masofa ularni bo‘lib turardi.

24-qism tugadi.

Voqealar tez va ayrim joylari tushunarsiz bo'lib qoldi. Bu holatlar kelgusida bo'lib qolsa uzr. Hademay o'qish boshlanadi. Shuning uchun tezroq bu fanficni tugatishga harakat qilaman.