September 16, 2025

Gunohkorlar / Ep-27

BLACK ROSE:
Autor:#Kessy

27-qism

Erta tongdan Kessy tanasidagi og'riq sabab uyg'ondi. Atrofga qararkan u Mehmoxona polida emas aksincha issiq yotog'iga tokchada tibbiy quti turar, jarohatlari allaqachon bog'langan, kechasi unga yaxshi parvarish bo'lgan edi. Ayni damda u yonida tinchgina uxlab yotgan Jiminga e'tiborini qaratdi. Unga jarohat yetkazib turib ayni damda uning jarohatlarini davolagan inson bu juda ham qiziq holat edi. Tanasidagi og'riqqa qaramay yuvinish xonasiga kirib kiyimlarini yechib aksiga qaradi. Tanasida juda ko'plab ko'karish izlari va bog'langan joylar bor. Qorniga qo'lini qo'ydi.
— sizlarga hech narsa qilmadi. To'g'rimi??. Bu uchun xafa bo'lmang. Bir kun kelib hammasi o'z iziga tushadi. Shunda umid qilamanki otangiz bilan baxtli hayot kechirasiz.
Kessy asta sekin yuvinib, kiyindi. So'ngra yana yotoqqa qaytdi.
U nigohini hamon Jimindan uzmay kechagi voqealar haqida o'ylarkan Haru nima uchun bunday qilganini o'ylash uchun hojat yo'q qachonlardir vijdoni uchun sevgisidan kechgan qiz rashk sabab butkul aqldan ozgan edi. Kessy bu kabi insonlarni juda ko'p bor uchratgan. Ammo Jiminning hech qanday dalilsiz uni ayblab kaltaklagani ayni damda unga alam qilardi. Qiz shundoq ham juda charchagan ham ruhan ham jismonan. Kecha Jimin kaltaklaganidan keyingi voqealar bo'lsa uni tobora vaqti kam qolganini bildirardi. Kessy nigohini endilikda qarshisida iluvlu turgan soatga qaratdi. Endi nima qilishi kerak o'limi oldi tanigan insonlari uchun xat yozsinmi yoki indamay ularning hayotidan g'oyib bo'lsinmi. Bilmaydi. U bugun borishi kerak bo'lgan joy bor va u Ayanakoji bilan ham gaplashib yakuniy qarorga kelishi kerak. Qiladigan ishlari bisyor.

Kessy asta qo‘llarini Jiminning yelkasiga tekkizib, uni uyg‘otdi. Jimin sekin ko‘zlarini ochdi. Qarshisida o‘tirgan Kessyning yuzida iztirob va sokin tushkunlik aks etar, ammo g‘azabning izi ham yo‘q edi.
Jimin unga qaradi, nigohi aybdor va noqulay edi.
— Kecha… men seni tushunmasdan aybladim, — dedi u tovushini zo‘rg‘a chiqarib. — G'azabimga yengildim. Bunday paytda o'zimni bosolmay qarshimdan chiqqan insonni ayblayman. Senga... Xullas meni kechir. Akam men uchun muhim kimdir akamga tuxmat qilgan, men va Haru haqida ham aytgan. Akam bilan gaplashgan paytim uning so'zlari xuddi me yuz o'girayotganday eshitildi. G'azabimga yengildim Barchasi uchun afsusdaman. — Kessy esa boshini sal egib, jim qoldi. U jimlikni buzmagan holda faqatgina ohista so‘radi:
— Telefonimn. — Jiminning yuragi yana siqildi. U qo‘llarini yuziga surtib, xo‘rsindi.
— U singan. Men yangisini olib beraman. Kessy nigohini bir nuqtaga qadab, sokin, xuddi boshqa narsani o‘ylayotgandek gapirdi.
— Menga yangi kerak emas… singanini qaytar. — Uning ovozida kinoya emas, balki siniq kayfiyat, o‘tmishga yopishib qolgan og‘ir intizorlik bor edi. Jimin bu so‘zlardan o‘zini battar aybdor his qildi.
— Yaxshi… singanini olib kelaman, — dedi u bosh irg‘ab.
Jimin sukut saqlagancha o‘rnidan turib yuvinish xonasiga kirdi. Jimin ko‘zlarini ko‘zguga qadadi. Ko‘zgu ichidan unga ayb va pushaymonlikka to‘la odam qarab turardi.
— Nima qilding, Jimin? — dedi u aksiga pichirlab. — U bilan hammasini unutib yangi hayot boshlamoqchi eding ammo, eng katta dardi bo‘lib boshiga kelding. Bir ojizani shu darajaga solding. Shukur qil u sendan yuz burmadi. Ko'ksingdan itarib Sen ayblamadi. Aksincha hech narsa qilmadi. Koshkidi shunday qilganda biroz bo'lsada yengil tortarding biroq u seni o'z sukuti bilan jazolayabdi.
Bir ozdan keyin Jimin yuvinib chiqdi. Xona esa endi yanada sovuq ko‘rinar edi. Kessy qora libos kiyib, jim qarshisida turardi. Nigohi charchoq va qayg‘uga to‘la edi. Jimin javondan kiyim olish uchun yaqinlashganida, Kessy ohista gapirdi.
— Men bilan dafn marosimiga borasanmi?..
Jimin bir zumga hayron bo‘ldi, ammo hech narsa so‘ramay, darhol rozi bo‘lib bosh irg‘adi. Javondan qora kiyim oldi.

Ko‘cha jimjit edi. Mashina oynasidan tashqariga qarab o‘tirgan Kessy nigohini hech qaerga qaratmasdi. Uning ko‘zlari bo‘sh, yuzida esa charchoq va sukut hukm surar edi. Yonida rulda o‘tirgan Jimin ham og‘ir xo‘rsinib qo‘ydi, biroq hech qanday so‘z aytolmaydi. Yo‘l davomida hech kim gapirmadi. Faqatgina mashina dvigatelining tovushi va tashqarida shamolda uchayotgan barglarning shitirlashi quloqqa chalinardi.
Marosim joyiga yetib kelishganda, odamlar qora liboslarda to‘planib bo‘lishgan edi. Hamma jiddiy, yuzlarida qayg‘u. Kessy mashinadan tushib, asta qadam tashladi. Jimin ham uning yonida edi, ammo u Kessyning ichki iztiroblarini tushunib, sukutni buzishga jur’at eta olmadi.
Marosim joyida Ryujinning rasmini qora ramkaga solib qo‘yishgan edi. Yonida oppoq gullar, shamlar yonardi. Kessy asta oldinga yurib, nigohini rasmga qadadi. Uning yuragi qattiq qisildi. Ichida faqat birgina so‘z jarangladi:
“Endi sen yo‘qsan…”
U asta gul qo‘ydi. Quloqlarida o‘tmishning xotiralari jonlandi — Ryujinning hayoti haqidagi suhbati, uning hayotda yashashga bo'lgan sevgisi. Barchasi bir lahzada xuddi ko‘z oldidan o‘tgandek tuyuldi. Jimin biroz orqada turib, Kessyni kuzatdi. Uning nigohida ham ayb va og‘riq bor edi, ammo u Kessyning yoniga yaqinlashmadi. Shu on u Kessy va Ryujin o‘rtasida qandaydir sirli rishta borligini his qildi.
Bir payt Jimin sekin yoniga kelib, past ovozda dedi.
— Agar xohlasang, ketamiz. —Kessy esa boshini sal chayqatdi.
— Yo‘q… men oxirigacha qolishim kerak. — Jimin uning qarorini hurmat qilib, yonida sukut bilan turaverdi.
Marosim tugaganida, odamlar
asta-sekin tarqala boshladi. Kessy esa hali ham o‘sha joydan jilmasdan, rasmga tikilib qoldi. Nigohi chuqur qayg‘u va so‘nggi vidoni aks ettirardi.
Pov/ Kessy

Endi sen ozodsan. Sen bu hayot uchun yetarlicha mardonavor tarzda kurashding. Ammo hayot har doim ham biz istagandek bo'lavermaydi.

Havoda og‘ir sukut va oq gullarning xushbo‘y hidi qolgan edi. Kessy hali ham Ryujinning suratiga tikilib, o‘rnidan jilolmadi. Ortidan bir ayolning sekin qadam tovushlari eshitildi. U qora libosda, ko‘zlari yoshdan qizarib ketgan, ammo qaddi tik, sharafli bir ayol edi — Ryujinning onasi. U Kessyga yaqinlashib, ovozini zo‘rg‘a chiqardi.
— Sen… Kessysanmi? — Kessy sekin unga qaradi, hayron bo‘lib bosh irg‘adi. Ayolning nigohi og‘riq va mehr bilan to‘lgan edi.
— Men Ryujinning onasiman.
Kessy lablarini qimtib, javob qaytara olmadi. Shu payt yonida turgan Jimin ham hurmat bilan engashib, o‘zini tanishtirdi.
— Men Jiminman. Kessyning turmush o'rtog'i. Qizingizni o'limi uchun afsusdamiz tarziyamizni qabul qiling.
— raxmat. U hayotni juda sevardi. Biroq saratonning davosi yo'q. Qizim yashashni juda ham istardi. — Jimin nima deyishni bilmay hayron qoldi. Qarshisida farzandidan ayrilgan ayolni ayni damda nima deb ovutish mumkin.
Ayol bir zum ularni ko‘zdan kechirdi, so‘ng sekin sumkasidan buklangan konvertni chiqardi. U qo‘llarini titratgancha Kessyga uzatdi.
— u seni kelishingni bilardi. Shu bois bu xatni senga berishimini soragandi. — Kessy konvertni qo‘liga olib, yuragi qisilib ketdi. Nigohi titradi. Ayolning qo‘llari esa uning qo‘llarida biroz turib qoldi, xuddi tasalli berayotgandek. Keyin ayol og‘ir xo‘rsinib, ularni yolg‘iz qoldirdi.
Kessy asta konvertni ochdi. Unda chiroyli yozuvda bitilgan satrlar ko‘ziga tashlandi.

" Salom Kessy. Men yengildim. Sen haq eding o'limi doim haq ekan. Ammo o'lgan bo'lsamda hech qachon yengilganimni tan olishni istamasdim. Na chora. Umid qilamanki farzandlaring sog'lom. Ularga bu hayotga kelishi uchun imkon ber. Senda hali imkoniyat bor. Endi hayot uchun..... Yashash uchun kurashish navbati seniki. Farzandlaringni katta qil, ering bilan birga qarib chiri. Biroq hech qachon o'lishga shoshilma. Chin baxtni his qil. Men kabi soxta baxtga aldanma.
Jin ursin yozishga qiynalyabman. Hozirgina qon tufladim. Kessy sen yashashni jazo sifatida qabul qilding, ammo o'lim ham anchayin qo'rqinchli ekan. Tanamdagi og'riq shu qadar kuchliki... Iltimos uzoq umr ko'r o'lish uchun yashama. Yashash uchun o'l. Zero hayot qadri shunday. "

Kessy va Jimin mashinada Jimin ketarkan. Bu tinchlik Jiminni tobora asabiylashtirardi. Kessy bo'lsa oynadan ko'zini uzmasdi.
— o'sha qiz seni yaqin dugonang edimi.
— Yo'q oddiy bir tanish. U bilan bor yog'i 2 marta uchrashganman.
— Shundaymi... Ammo o'limi oldi xat yozadigan darajada sen o'ziga yaqin olibdi. U kasalmidi.
— ha. — Jimin buyog'iga nima deb bu ma'nosiz suhbatni davom ettirishni bilmasdi. Kessy aytgan gaplari esa uni dovdiratib qo'ydi.
— nega kecha mendan so'ramay hatto eshitmay Meni kaltaklading. Hech qanday asosiz — Jimin uzoq kutilgan suhbat oldi yutinib qo'ydi. — Men shunchaki g'azabimga yengildim. O'zimni oqlash niyatim yo'q aytolgan so'zim Kechir garchi Bunga arzimasamda.
— rostdan ham o'zingni aybdor his qilyabsanmi.
— ha.
— Unday bo'lsa menga bir odamni topishga yordam ber — Jimin unga savol nigohi bilan qaradi. Kessy sumkasidan qog'ozga chizilgan rasmni ko'rsatdi — uni ismi Sanha. Boshqa hech narsani bilmayman. Menga uni top va ortiq o'zingni ayblashga hojat qolmaydi. — Jimin quvonib chizilgan rasmni oldi.
— Albatta uni topaman. Bugunoq ishga kirishaman.
— Jimin yana.... O'sha sen zo'rlagan qiz uni topib undan kechirim so'ra bu senga maslahat. Ehtimol bu yuk sen uchun og'irdir yoki ahamiyatsiz biroq bu o'sha qiz uchun juda ko'p narsa. — Jimin indamay mashina haydadi.
— Men shu yerda tushaman. Mashinani to'xtat.
— kasalxonada nima ishing bor.
— Kecha bo'lgan ishdan so'ng ko'rikdan o'tmoqchiman. Havotirlanma Sen haqingda hech narsa demoqchimasman. O'zim uchun keldim.

Rasm

Uyda Soyu divanda telefonga qarab o‘tirgan payt birdan qornini ushlab
— Ahh, oyog‘im!.. Yo‘q, qornim!.. — deb qichqirdi. Sujin va Sunxi yugurib kelishdi. Sujin vahima ichida:
— Bo‘ldi! Tug‘yapti to'lg'oq boshlandi ammo hali ertamasmi.
— aaaaaa!! — Sunxi esa chayqalib qoldi.
— Nima tug‘ayapti?.. — dedi, keyin hushiga kelib qo‘lini boshiga qo‘ydi. — u bola tug‘ayaptimi??? — Soyu yuzini tirishtirib:
— Yo‘q, qo‘shni kampirning itini tug‘yapman! — Sunxi dovdirab qolganida Sujin uni itarib yubordi.
— Ahmoq, Sunxoni chaqir tez! Soyu Sen tinchlan. Hammasi joyida chuqur chuqur nafas ol.

Bir necha daqiqadan so‘ng Sunxo yugurib keldi. O‘zi ham rangini yo‘qotgan, o‘zini tutolmayapti.
— Soyu senga nima bo'ldi. Nega hozir tug'ruq boshlandi
— Men qayerdan bilaman. Haaaaa.
— Men nima qilishim kerak suv ob kelaymi.
— ayy. Sunxo nima deb aljiryabsan. Ahhhh. Iltimos kimdir meni shifoxonaga olib borsin — Soyuni gapidan so'ng barcha o'ziga kesi.
— Tez mashinaga olib chiqamiz! — dedi va Soyuni ehtiyotkorlik bilan ko‘tarib olib chiqdi.

Mashina ichida atmosfera mutlaqo o'zgargamagan edi.

Soyu baqiryapti.
— AAAA. Men nima qilyapman o‘zi?! Bu tug‘ruqmi yo yo‘qmi?! Jonim og'riyabdi. Uyga oyimni oldiga ketishni istayman. aaaaa. Oyijon.
— Soyu nima uyingga olib boraymi. Yo'ldan uni olamiz. Hozir uyingga haydayman.
— Sunxo esinga joyidami bu qiz hozir nima deyotganini bilmaydi. Qanaqa oyisi nima mashinada tug'ishini xohlaysanmi. Undan ko'ra uni biroz tinchlantir. — Sujin Sunxoga jaxl qildi. Sunxo rulni qattiq ushlab olgan, lablari titraydi.
— Chuqur nafas ol, Soyu! Internetda shunaqa deyishgandi… — Soyu yanada balandroq baqirdi:
— Men hozir nafas olayapmanmi yo qichqirayapmanmi. Seningcha nafas olmay nima qilyabman. — Shu payt orqada o‘tirgan Sujin kulib yubordi
— Sunxo, sen uni tinchlantirishni bilmasang, unga shunchaki jim ket. Sen bo'lsa Soyu tinchlan. Men Sunxini tug'ayotganimda bundan battar og'riq bo'lgan. Sen biroz vahima qilyabsan.— Sunxo orqa ko‘zguga qaradi
— Sizningcha unga hozir bu qiziqmi. Undan ko'ra ayting chuqur nafas olsin. —Soyu esa yana baqirdi.
— Ikkovingizni ham tepib yuboraman. Jim keting.

Kasalxonaga yetib kelishdi.

Soyuni tezda tug‘ruq xonasiga olib kirishdi. Tashqarida esa Sunxo, Sunxi va Sujin qolishdi.

Sunxi g‘ashini yashirmay dedi:
— Men hali ham tushunmadim, tug‘ruq qanaqa bo‘ladi o‘zi? Ko‘proq filmda ko‘rgandim…Ammo umuman o'xshamarkan. Filmdagi qiziqroq edi. — Sujin burnini jiyirdi.
— Sen ko‘rganing film, bu esa real hayot! Boshingga tushsa bilasan qaysi qiziq ekanini.
Sunxo esa ularga qarashga ham sabri yo‘q, asabiy qadam tashlab yuribdi. Yarim soatdan so‘ng shifokor chiqib keldi. Uchovlon birdaniga yopishib so‘radi.
— Qanday? Qanday bo‘ldi. Bola yaxshimi onasichi. — Shifokor kulimsirab gapirdi.
— Bu tug‘ruq oldi soxta to‘lg‘oq ekan.

Bir lahzaga jimlik bo‘ldi.

Sujin qo‘llarini havoga ko‘tardi:
— Soxta? Shunga shuncha drama, qichqiriq. Aytgandimku hali vahli deb. To'lg'oq payti o'zi aslida kuchli og'riq bo'lardi. Xotining vahima qilgan xolos. Shuncha ovora bo'ldik. — Sunxi qoshini ko'tardi.
— Demak, bola tug‘magan, to‘g‘rimi? Unda men bekorga qo‘rqdimmi?..Shuncha asabiylik.

— Qani? Qani mening farzandim?! Hozir ko‘rsat! Bolamni ko‘rmoqchiman! — Shifokor muloyim jilmaydi.
— Janob, bu faqat soxta to‘lg‘oq edi.— Sunxo ko‘zlarini kattaroq ochib, qattiq ovozda so‘radi.
— Nima deganingiz?! Bola soxta tug‘dimi?! Qanday qilib bola soxta bo‘lishi mumkin?! — Shifokor qo‘llarini tushuntirish ohangida yoydi.
— Yo‘q-yo‘q, men bunday demoqchimasdim, hali bola tug‘ilmagan. Bu faqat organizmning tayyorgarlik jarayoni edi. - Sunxo asab bilan qadam tashlab unga yaqinlashdi.
— Menga farqi yo'q ! Men hozir Soyuni ham, bolamni ham ko‘rishni xohlayman! Hozir olib chiq!Shifokor ham charchab, ovozini ko'tardi.
— Qanday bolani olib chiqaman, hali tug‘ilmagan axir! — Sunxo ham endi o‘zini yo‘qotib baqirdi. Tug'ilmagan deganingiz nimasi to'lg'oq bo'ldi. Mashinada qancha baqirdi. Shifoxonaga olib kelsak soxta deysizmiyey xullas menga bolamni ko'rsating
— Sujin qarshisidagi manzaraga nima deyishni bilmay Sunxoga ensasini qotirdi. Biroq shifokor oxiri portladi.
— to'lg'oq bo'lsa ham u soxta edi ba'zi ayollarda shunday bo'ladi. Xotiningiz bolani hali tug'magan bo'lsa o'zim bola tug'ib bermayman ku.

Ularning tortishuvi ovozi butun yo‘lakni larzaga keltirayotgan paytda Sunxoning ko‘zi yon tomonga tushdi. Bir xonadan Kessy chiqib, shoshilinch qadamlar bilan yo‘lak bo‘ylab ketayotganini ko‘rib qolding. Sunxo bir zumga so‘zsiz qoldi, keyin shifokorni ortda qoldirib Kessy ortidan yurib ketdi. Ammo Kessy bir qarashsiz yuvinish xonasiga kirib, eshikni yopib oldi. Sunxo eshik qarshisida to‘xtab qoldi.

Kessy eshikni yopib, qattiq nafas ola boshladi.
— Hammasi yaxshi. Bu shunchaki illuziya. Bolajonlar havotir olmang. Sizlar men bilansiz.
Nafasi asta bo‘g‘ila boshladi, ko‘ksiga qo‘lini bosib oynaga qaradi. Ammo ko‘zgu ichidagi aksini ko‘rib, bir zumga cho‘chib ketdi — yuzidagi rang o‘chgan, ko‘zlari g‘ira-shira. Ko'zguda undan tashqari yana bir qancha insonlar tasviri bor edi.
U tezda ko‘zlarini yumib, boshini chayqadi va lavaboga egildi. Sovuq suvni yoqib, yuzini ketma-ket yuvishni boshladi. Suv sachrab yuzidan oqarkan, ko‘z yoshlari bilan aralashib ketdi. Yonida ko'zguga qarayotgan ayollar unga hayron bo‘lib qarashdi. Kessy yuzini to‘xtovsiz yuvishda davom etardi, shunchaki suvni yuziga quyar, hatto sochlari ham butunlay ho‘l bo‘lib ketdi.
Ayollar pichirlashib bir-biriga qarashdi, so‘ng jimgina chiqib ketishdi.
Kessy birozdan keyin chuqur nafas olib, oynaga qaradi. Endi o‘zini biroz bosgandek, ammo nigohlarida baribir iztirob bor edi. Sochidan suv oqib, yelkalariga tomchilardi.

U yuvinish xonasidan chiqdi.
Shu payt Sunxo unga yaqinlashib, gapirmoqchi bo‘ldi. Ammo Kessy yonidan indamay o‘tib ketdi, go‘yo uni tanimadigandek, befarq ko‘z tashlab yo‘lida davom etdi. Sunxo esa qotib qoldi.
— Meni… tanimadimi?..

Kasalxona bog‘i.

Kessy tashqariga chiqib, bog‘dagi sovuq temir stollardan biriga borib o‘tirdi. Qalblarini teshgandek bo‘lgan xotiralardan qochib, xayolga cho‘mib ketdi. Ammo bir narsa uni bezovta qila boshladi: bir yigit oldidan tinimsiz o‘tib qaytar, yana o‘tardi. Har safar uning yonidan o‘tganida, Kessy g‘ash bo‘lib qarardi. Oxiri jahl bilan gapirdi.

— Hey, siz menga nima uchun qarayverasiz? Aqldan ozganmisiz — Yigit jilmayib yoniga o‘tirib oldi
— Kechirasiz. Men doktor An Suhoman. — Kessy bir muddat unga qarab qoldi.
— Men Kessyman. Hwan Kessy. Ilgari uchrashmaganmizmi siz menga tanish ko'rindingiz ammo eslay olmadim. — Bu gap Suhoning yuzini muzday qildi. Nigohidagi jilmayish so‘ndi, yuzida og‘riq va hayrat aralash tus paydo bo‘ldi. Kessy esa nimanidir sezib, tezda o‘rnidan turdi va u yerdan ketib qoldi. Suhoning ko‘zlari xira tortdi, qo‘llari titray boshladi. U o‘zini yo‘qotib, yon cho‘ntagidan telefonini olib, Jin raqamiga qo‘ng‘iroq qildi. Ovozi g‘azab va iztirobdan qaltirardi
— Jin… Menimcha sen bilan Kessy haqida gaplashishimiz kerak ertagayoq shifoxonaga kel.

Kechki payt, Parklar uyi.

Eshik asta ochildi. Kessy qandaydir begona, sovuqqon ohangda ichkariga kirib keldi. Yuzida charchoq, nigohida esa g‘alati befarqlik bor edi.
Eshik yonida kutib turgan Jimin jilmayishga harakat qildi, ovozini imkon qadar yumshoq qilardi.
— Keldingmi? Ichkariga kir, ovqat tayyor. Seni ko'rgani kelishibdi. — U Kessyning qo‘lidan sekin ushlamoqchi bo‘ldi, ammo Kessy qo‘lini tortib oldi. Jimin sezmagandek ko‘rsatib, unga yo‘l ko‘rsatdi.
— Yur, sen o‘tir, hammasi hozir tayyor.
Ovqatlanish stoli yonida Jin va Suna mehmon sifatida o‘tirgan edi. Ular Kessyni ko‘rib jilmayib, salomlashishdi . Suna samimiyat bilan gapirdi.
— Kessy, yaxshi keldingmi. Biz sizlarni tabriklagani keldik. Jimin sizni ham tabriklayman umri uzoq bo'lsin. — Jin esa ovozini past tutib, muloyim bosh irg‘adi.
— Tabriklayman. Ahvolning joyida shundaymi.
Jimin ular nega tabriklashayotganini tushunmadi. Ammo Kessy ularning hech biriga javob qaytarmadi. Shunchaki stulga o‘tirdi-da, ovqatni jim-jit yeya boshladi. Suna ko‘zlarini katta ochib Haruga qaradi.
— U menga gapirmadimi?..
Haru esa yelkasini qisib, yana Kessyga tikildi.
— negadir u boshqacha

Jimin sababi bugun Ryujinni dafn marosimiga borganimiz deb o'ylab uning harakatlariga e'tibor bermadi. Jimin noqulay tabassum bilan hammani tinchlantirishga urinib dedi:
— Hammasi joyida. Barchaga yoqimli ishtaha. — Jimin tabassum qilsada Ammo uning ko‘zlarida xavotir sezilib turardi. U Kessyning ortiqcha e’tibor tortishini istamasdi.
Jin esa sukutda Kessyni zimdan kuzatdi. Ovqat yeyayotganida bilagidagi mayda tirnalish, yuzidagi qizarish va sochlari orasida yashirinib qolgan kichkina jarohat izlarini payqadi. Kessyni hulq atvori battar uni havotirga solardi.

Ovqatdan keyin hammalari choy ustida suhbatlashib o‘tirishardi: Jin, Suna, Jimin, Kessy va Haru.
Suna ko‘zlari yonib, qo‘llarini qimirlatib gapirardi.
— Menimcha, sevgidan buyukroq tuyg‘u yo‘q. Insonni yashashga, kurashishga undaydigan yagona kuch ham shu. Sevgi bo‘lmasa, bizning hayotimiz nimaga arziydi o‘zi?
Uning ohangi shunchalik hayajonli ediki, Haru jilmayib qo‘ydi. Jin esa jim, faqat Kessyni kuzatishda davom etardi. Kessy esa xayolan boshqa olamda edi, go‘yo suhbat unga taalluqli emasday.
Jimining yuzlari qizarib, sabr kosasi to‘ldi. Sunaning sevgini math etishi uni g'ashiga tegardi. Oxiri qo‘lini stolga qo‘ydi.
— Sevgi, sevgi deysiz… Lekin sevgidan ham ustun tuyg‘ular bor. — Suna hayron bo‘lib unga qaradi.
— Qanday tuyg‘ular ekan ular? Qani javob beringlarchi.

Stolda qisqa sukut cho‘kdi.

Haru jilmayib gapirdi.
— xudbinlik. Xudbin insongina sevgisiga erisha olishi mumkin.
Jin sekin qo‘shildi.
— Mas'uliyat. Ishonch. Inson sevmaganda ham mas’uliyatni tark etmaydi. Ishonch bo'lsa har qanday munosabatlarning asosi.
Jimin bosh irg‘ab dedi:
— Ha, ishonch. — uning ovozida kinoya bor edi— Vijdon ham… Men bir insonni bilaman vijdoni uchun sevgisidan kechgan. Sevgidan ustun tuyg'u me uchun ilochsizlik. — Suna biroz norozilik bilan yelkasini qisdi.
— Lekin sevgi bo‘lmasa, mas’uliyat ham charchatadi… Sevgi hayotimizga rang beradi.— Shu payt Suna Kessy jim turganini ko‘rib unga yuzlandi.

— Kessy, sen nima deysan? Seningcha, sevgidan ustun qanday tuyg‘u bor? — Kessy boshini ko‘tardi. Nigohlari g‘amgin va chuqur edi. Bir zum hammani sukutga cho‘mdirgan ovozda javob berdi.
— Azob...... Qo'rquv.... — Hammalari unga qarab qotib qoldi.Kessy sekin davom etdi.
— Joning azoblanganda qalbingda sevgiga o'rin qolmaydi. Faqat azobni his qilasan. Qo‘rquv bo'lsa insonni sevishdan ham, yashashdan ham ustun qiladi. Kimdir sevadiganini yo‘qotishdan qo‘rqadi, kimdir haqiqatdan qo‘rqadi, kimdir o‘zidan ham. Sevgi yurakni yoqishi mumkin, qo‘rquv esa uni butunlay bo‘g‘adi. Har olgan nafasingda jahannamni his qilasan …”
Zalda og‘ir sukunat hukm surdi. Jimining nigohi qattiqlashdi.

Mehmonxona zalida biroz sukunat cho‘kkan paytda, birdan televizor o‘z-o‘zidan yonib ketdi. Hech kim pultga teginmagan edi. Ekranda esa kutilmaganda — Jimin Kessyni qattiq kaltaklayotgan manzarasi ko‘rinib qoldi. O'sha kuni tasvirlar edi. Hamma birdan qotib qoldi. Suhbatlar, kulgu, hammasi bir zumda kesildi. Sunaning qo‘lidagi choy finjoni qaltirab tushib ketdi.
— Homilador ayolni... bunday urish mumkinmi?.. — dedi u ovozi titrab, yuragini bosib.
O‘sha ondayoq Haru jim bo‘lib qoldi. Uning yuzidagi hayrat asta-sekin qo‘rquvga aylandi. Ko‘zlari katta ochilgan, rangi oqarib ketgan.
Jimin esa dovdirab qoldi. Qulog‘iga shovqin urilgandek, gap topolmay, “Homilador … bu qanaqasiga…” deb g‘alati tovushda nimanidir tushuntirishga urinardi. U aynidam homilador ayolini kaltaklaganini hazm qilolmas. Endi nega Suna uni kaltaklaganini tushundi. Ammo yangilik va tasvir uni qo'rquvga solib qo'ydi.
Jin darhol Kessyga qaradi. Ammo Kessy — oshxonadan shirinlik olib kelayotgan edi. U stoldagi likopchani qo‘yib, hech narsa bo‘lmagandek, bemalol ekran qarshisida o‘tirib, o‘zining kaltaklanayotgan tasvirini ko‘z uzmasdan tomosha qilardi. Bu Jin uchun eng katta zarba bo‘ldi. Uning yuragi muzlab qolgandek, ko‘kragiga bir og‘ir tosh bosilgandek edi.
Ekrandagi manzara davom etardi: Jimin Kessyni urib bo'lgach ketdi, Kessy polga yotar. Ammo bu yerda voqea g‘alati tus oldi. Kadrdagi Kessy asta turib, qo‘llarini devorga surib, xuddi ko‘rinmas kim bilandir suhbatlashayotgandek harakat qila boshladi.
— Kim u…? — dedi Haru pichirlab.
Kadrdagi Kessy birdan qochib, divanga urilib ketdi. So‘ng bo‘shliq tomon qarab, vahshiyona qichqirib, qo‘lidagi vazani otib yubordi. Vaza chil-chil bo‘ldi, Kessy esa hushidan ketib, jim qoldi.
Jin va Suna hamma bir-biriga qarab qotib qoldi. Havoda g‘alati sovuq taraldi. Hech kim so‘z qila olmasdi.
Bu sahna nafaqat mehmonlarni, balki Jiminni ham larzaga soldi. Bu Kessyni holati u va Haru uchun yangilik edi. Endi Kessydan boshqa hamma — hatto u ham qo‘rqardi.

Jin o'zida jasorat yig'ib asta Kessyni qarshisiga cho'kkaladi.
— Kessy. U va meni eslaysanmi. — Jin o'zi va Sunaga ishora qildi. Biroq Kessyning keyingi so'zlari barchani hayratda qoldirdi.
— sizlarni ko'rganman biroq ismingizni eslay olmayabaman. Yana..anavi ikkisini umuman tanimadim. Ko'chada ketayotganimda bir yigit meni bu sening uying deb shu yerga olib keldi.
—Kessy Sanha u qayerda.
— Sanha u ketdi. Uni topolmayabman. Ammo u hozir anavi yerda qarang oyna oldida — Kessy tavirga ishora qildi. Barcha tavirga qararkan. Ekranda Jimin qaytib kelib Kessyni ko'tarib yuqoriga olib chiqib ketdi biroq butun tasvir davomida oyna oldida hech kim yo'q edi. Jimin butkul o'zini yo'qotib qo'ydi. U nima bo'layotganini tushunmadi. Jin qo'llarini musht qildi. Keyingi savoli oldi chuqur nafas olib huddi uning javobidan qo'rqayotgandek keyingi savolni berdi.
— Kessy yaqin orada dadam ya'ni.. Dadangni ko'rdingmi.. — Kessy biroz ikkilanib gapirdi.
— ha u bazida kelib turadi. Men undan qo'rqaman u juda ham qo'rqinchli har safar menga baqirib, ortimdan quvadi men esa undan yashirinaman— Kessy Xuddi yosh boladek javob berdi.

— Jin.. U yana.. — Suna yig'lab yubordi.
— Kessy men bilan uyinga ketishni istaysanmi.
— uyimga...
— ha seni olib boraman.
—yaxshi — Kessy go'yo bolalardek edi. Jin Sunaga ishora qildi. Suna Kessyni oldiga kelib uni qo'lidan tutdi. Jin Kessyga u bilan borishni ishora qilgach Kessy Sunaga ergashdi. Biroq Suna Jim ketishni istamadi. Nima bo'layotganiga Jiminga yuzlandi.
— yuzingga qaraganda hech narsadan xabaring yo'q. Kessy homiladorligini bilmasding shundaymi. Uni nima uchun bu holga solganingni bilmayman biroq duo qil farzandlaringga hech narsa qilmagan bolsin aks holda... Bu yuk bilan qanday yashaysan.
— farzandlar
—ha uning homilasi egizak edi Park Jimin.
— To'xta. Shoshmang— Jimin Sunani to'xtatmoqchi bo'lganda qarshisidan Jin chiqdi.
— Jin nima bo'layotganini menga tushuntiring. Kessyni homilador dedi. Ammo uning bu ahvoli.. Menga nima bo'lganini tushuntiring men uni eriman. — Jin darhol uninyoqasidan tutib musht tushurdi. Jimin muvozanatning saqlolmay yerga yiqildi.
— erimish. Eri eding. Ertagayoq ajrim hujjatlari qo'lingda bo'ladi. Nima sababdan bunday qilding deb so'ramay man biroq shuni bilib qo'y. Singlimga qilgan bu ishing javobsiz qolmaydi. Parklar oilasi bilan barcha aloqalarimiz o'z yakuniga yetadi.
— Jin jaxl va yuragida sonmaz g'azab bilan uyni tark etdi

Haru sekin Jimin tomon yaqinlashib, qo‘lidan ushlab turgizmoqchi bo‘ldi.
— Jimin, bas qil, iltimos. Bu sening aybing emas...Ulat hammasini yashirdi. Kessy ruhiy kasal edi, aslida aybdor ular sen emas... — Ammo Jimin ko‘zlari g‘azabdan yonib, uni qattiq turtib yubordi.
— Bas qil! — deb baqirdi Haruni o'zidan itardi— Seni eshitishni ham istamayman. Ayni vaqtda dardim o'zimga yetarli.
Haru yerga yiqilib tushdi, ko‘zlari yoshga to‘lib, qaltirab qoldi. Jiminning ichidagi alam va g‘azab uni butkul egallab oldi. U sochlarini ortga tarab, o‘zini bosishga urinar, ammo xuddi miyasida bir narsa qattiq bong urayotgandek edi. Birdan u Haruning yoqasidan ushlab, uni bo‘g‘a boshladi.
— Sen! — Jiminning ovozi vahshiyona edi. — Sen hammasining sababchisisan! Akamni qamalishi, soxta hujjatlar, akamga haqiqatini aytding... hammasi sening xiyonat ing! Yetmaganiga Kessyni aybdor qilding. Bunda Kessyni ayblashimni bilarding. Meni hammadan yaxshi bilasan. Bunda Kessyni ayblab kaltaklashimni bilib tasvirga olding bugun ularni hammaga ko'rsating qanchalar jirkanch.
— Yo'q.. Men e.. Emas. Jimin.. Meni qo'..yib..yub..or — Haru nafas olish uchun jon-jahdi bilan kurashar, zo‘rg‘a titrab-titrab gapirdi.
— Haru aslo Menga o'yin qilma. Sen meni qanchalik bilsang men ham seni yaxshi bilaman. Qanday qilib unga... Menga bunday qilding. Sen ham ayilmisan meni bolalarim da nima ayb edi.
— Jimin... men... men buni faqat... sevganim uchun qildim. Men seni yo‘qotishni istamasdim. Agar Kessy yo‘q bo‘lsa... sen faqat meniki bo‘lasan deb o‘yladim...biz yana birga bo'lardik. Men u homilador ekanini bilmaganman... Ishon menga...
Jiminning qo‘llari qattiqroq siqildi. Haruning yuzi ko‘karib borardi. Ammo bir zumda Jimin zardaga berilib uni itarib yubordi. Haru yerda qaltirab, zo‘rg‘a nafas ola boshladi, ko‘zlarida qo‘rquv va ojizlik aks etib turardi. Jimin uning ustida tik turib, sovuq ovozda gapirdi.
— Haru sen badbaxtsan hozir sendan shu darajada jirkanyabmanki...... Haru... agar tug‘ilmagan bolalarimga biror ko‘r bo‘lsa... seni o‘ldiraman. Qasam ichaman Sen Kessydan ko'ra ko'proq azobni his qilasan. Sevgi haqidagi ertagingni unut Sen bilan men hech qachon biz bolmaymiz. Aynan hozir seni sevganim uchun ilk bor afsuslanyabman. — Shu so‘zlardan so‘ng Jimin yuzini burib, og‘ir qadamlarda xonani tark etdi. Havoda g‘azab, nafrat va qo‘rquvning qalin izlari qoldi. Haru yuragida kuchli qo'rquv va so'nmas azob bilan qoldi. Ayni dam u sevgidan ko'ra ko'proq Kessy aytgan azob va qo'rquvni his qilardi

1 haftadan so'ng.
—Yaxshiyamki bolalarga hech narsa qilmabdi. Jin nega hech narsa qilmayabsiz.
— Suna nima qilishimimni istaysan.
— borib anavi yaramas Jiminni do'pposlang. Kessyni qay ahvolga solgan bo'lsa unga ikki yo'q o'n barobar qilib qaytaring faqat bunday jim turmang.
— uni kaltaklaganimdan nima foyda Kessy tuzalib qolarmidi.
— Nima singlingiz uchun qasos olmaysizmi. Axir siz uni akasisiz.
— yetarli Suna. Hozir seningcha shuni mavridimi. Shusiz ham tashvishimiz yetarli. — Jin xonadan chiqib ketgach. Suna jaxl bilan qoldi. Biroz o'ylanib bir qarorga keldi.
— agar sizga qasos kerak bo'lmasa menga kerak. Jim tursangiz turavering. Lekin men o'sha Parkdan Kessy uchun qasos oladigan odamni bilaman. Aniq u Jiminni dabdalasini chiqaradi. — Suna o'z gapidan xursand bo'lib kontaktiga ancha avval saqlab qo'ygan raqamga qo'ng'iroq qildi. Birin ketin chaqiruv amalga osharkan nihoyat nargi tarafdan javob bo'ldi.
— alo
— Salom Bu Kim Taehyungmi.
—ha men Taehyungman. Ammo sizni tanimadim
—ajoyib.. Ha siz meni tanimaysiz. Sizda muhim gapim bor. Men Kessyni kelinoyisi Cha Sunaman.

27— qism tugadi.
Keyingi qismda asosiy sir ya'ni Kessy qanday ruhiy kasalligi ma'lum bo'ladi.