August 5

Gunohkorlar / Ep-21

Hayot senga o‘rgatadi qanday yashashni. O‘lim esa so‘nggi marta so‘raydi: rostdan ham yashadingmi.

Autor:#Kessy

21-qism

2 oydan so'ng

Jimin hali ham yotoqda uxlab yotgan qizni ko'rib hafsalasiz nafas oldi. Hech qanday ortiqcha harakatlarsiz stol ustidagi suvni olib Kessyni ustidan quyib yuborgancha ko'zgu oldida bo'yinbog'ini to'g'irlay boshladi.

—Jin ursin seni Park Jimin — yuziga quyilgan muzday suv ta'sirida uyg'ongan Kessyning sochlari ham nam edi. Ammo boshidagi og'riq unga ko'proq azob berardi.
Uning holatini oyna orqali ko'rib turgan Jimin uning boshini changallaganiga ensa qotirib qo'ydi.
— qachongacha shunday yotmoqchisan o'rningdan tur. Bilsang aslida sen meni uyg'otishing kerak har holda eringman.
— ovozingni o'chir boshim og'riyabdi.
— Men senga aytgan edim o'sha la'nati uyqu doringni ichma deb, shuni deb har kuni kech turasan, buni ustiga men ham seni kutib ishxonaga kechga qolyabman.
— kutma ketaver. Menga qorovul kerakmas.
Bo'yinbog'ini to'g'irlab bo'lgan Jimin oynaga qarab mamnun tabassum qilarkan boshiga kelib tushgan bo'sh dori qutisi tufayli jaxli chiqib ketdi. Shubhasiz bu ishni Kessy qilgani aniq edi. Kessy endilikda yotoqdan turgan holda turardi.
— Bu nima qilganing nima aqldan ozdingmi.
— Men nima qilganim aksincha sen aqldan ozdingmi. Nega dorilarimni tashlab yubording. Sen meni chegaramdan o'tmasliging haqida ogohlantirgandim. — Kessy ovozini ko'tarib gapirarkan bundan battar asabiylashgan Jimin to'g'rilagan galstugini Kessyni yuziga uloqtirib unga yaqinlasha boshladi shunday holatda ham Kessy joyidan qimirlamay Jiminga tik qarab turardi.
— Sen qiz chindan aqldan ozibsan. Meni seni dorilaring bilan bir tiyinlik ishim yo'q. — Jimin Kessyni boshiga qo'lini niqtadi — Mana shu aqldan ozgan miyyang bilan yaxshilab o'ylab ko'r bu dorilarni nima qilganing haqida. —Jimin gapirarkan Kessy uni eshitmas bor e'tibori ko‘zgudagi inson sharpasiga qaratilgan edi.
— Meni tushundingmi — Jimin oxirgi gapidan keyin Kessyni siltagach Kessy unga qarab shunchaki boshini qimirlatdi.
— Seni pastda kutaman. Tezroq tush. —Jimin jaxl bilan eshikni yopgancha chiqib ketdi. Kessy yana oynaga nigohini qaratarkan bu safar oynada hech qanday sharpani ko'rmadi. Bugungi sanani ko'rgach boshini changallagancha yotoqqa o'tirdi.
— 10 kun. Hammasi jonimga tegdi.

Yanglar xonadonida keng yozilgan dasturxon atrofida faqat Sujin va Soyu o'tirarkan. Soyu borgan sari o'zini bo'g'ilgandek his qilar edi. Sujin har bir nigohi go'yo uni teshib yuborayoygandek edi.
— Soyu Sunxo bilan gaplashib turibsanmi. U qachon qaytarkan
— ha. U yaqinda qaytishini aytgan edi. — Soyu aytgan gapiga o'zi ham ishonmasdi. U oxirgi marta Sunxo bilan ish safariga ketishidan avval gaplashgan edi. Buni iloji boricha bildirmaslikka harakat qilardi.
— ha Sunxo juda ham omadli ekan. Bir deganda ham xotinli ham bolali bo'lib oldi, buni ustiga dadasi ham unga qarshilik qilmadi.
— ha
— Soyu ota onang hali ham o'sha uyda yashayabdimi. Uyingiz juda ham ajoyib ammo nazarimda biroz torroqdek. — Sujin yuziga soxta tabassum qilib gapirdi
Uning har bir gapi ortidagi kesatish Soyuni tobora Bu muhitdan charchatardi.
— uyimiz unchalik ham tor emas.
— ha albatta.
— Soyu sen bilan nazarimda Sunxo unchalik yaqin emasdeksiz. Bunga sabab mabodo Sunxo seni zo'rlangani emasmi. Rosti Sunxo seni zo'rlaganinga hech ishongim kelmaydi. men Sunxoni oqlamoqchi emasman. To'g'ri Sunxo oldin qizlar bilan yurgan ammo ularni hech zo'rlangani haqida eshitmaganmiz — Sujin Soyuni egilgan boshini ko'rib yanada dadilroq gapirdi — balki bunga sabab u qizlar tungi kapalak bo'lgani uchundir — Soyuni tomog'idan nimadir o'tdiyu ammo tashqariga chiqmadi.
— men tugatdim endi chiqib dam olmoqchi edim.
— ha ha boraver. — Soyu tezda xonasiga turib chiqayotgan Sujin uning ortidan qararkan Soyuni bilinib qolgan qorni va unga tor bo'lib qolgan kiyimlarga e'tibor berdi. — aniq Sunxo bu qizni yoqtirmaydi. Ustidagi kiyimlari ham juda eski Sunxo bunga hech e'tibor ham bermagan.

— Hayrli kun Suho aka — eshik ortidan kirgan Kessyni ko'rgan Suho uni qarshisidagi stolga taklif qildi.
— Kel Kes. O'tir — o'zi uchun juda ham tanish oq devorlarga qarab turardi. .
— ho'sh — Suho unga nima gap degandek qarab turardi.
— Aka sizga rostini aytaman. Men oxirgi 10 kunni unutdim. Nimalar bo'lganini eslay olmayapman. Umuman unutdim harakat qildim biroq eslolmadim. — siniq tabassum qildi.
Suho chuqur nafas olib tortmadan allaqanday qog'ozlarni chiqarib ularni ko'zdan kechirgach Kessyga qaradi.
— ochig'ini aytaman. Oxirgi yarim yildagi davolanishlaring hech qanday foyda bermayabdi. Tahlillar hammasi bir xil yoki salbiy.
— tushunarli — Suho gapirishdan avval biroz ikkilandi — Sanha... Uni tez tez ko'ryabsanmi.
— Yo'q. Ba'zi, ba'zida ko'rinadi xolos..... Yana... Endi yanada daxshatli tushlar ko'ryabman ba’zan Bu tushimmi yo o'ngimmi adashtirib qo'yaman.
— nazarimda dorilar ham foyda bergani yo'q. Men senga bundanda kuchliroq dorilar yozib berishim kerak aslida ammo seni holatingda bu mumkin emas ammo faqat tinchlantiruvchi dori yozaman bu anchayin kuchli uni haftada bir marta ichishing kerak.
— Yaxshi.
— Kes ko'nglingni cho'ktirma men seni albatta davolayman.
— bilaman mening hayotim uchun o'zimdan ko'ra siz va akam ko'proq kurashdingiz buning uchun raxmat.
Suho Kessyga dori qog'ozini yozib berdi. Kes qog'ozni olgach tazim qilib chiqib ketayotgan edi.
— buni qachongacha akangdan sir tutmoqchimisan. Men unga har safar yolg'on gapirishdan charchadim.
— bilmayman. Ammo buni sir tutishingiz kerak. Shundagina kelishuvimizga amal qilishim mumkin.
— yaxshi— Suho hafsalasiz gapirdi.

Kessy Suhoni xonasidan chiqqach shifoxona yo'lagidagi stollardan biriga g'ujunak bo'lib o'tirib oldi. Boshini devorga suyagancha ko'zlarini yumdi.
— hammasidan juda charchadim. Qachon bular tugaydiyu men bu la'nat bosgan dunyodan qutulaman. — Shu alfozda ancha payt turgach. Uni oldida kuzatib turgan inson sharpasini sezdi eng boshidan kuzatardi Kessyni. Dastlab Kessy buni ro'yo deb o'yladi toki o'sha inson gapirmaguncha.
— Nima o'lishingga ancha vaqt bormikan yoki vaqting oz qoldimi— Kessy o'girilib qaraganda bu sharpa emas unga kulib turgan qizning to'satdan aytgan gapi uchun hayron qoldi.
— nima
— o'lishingga qancha qoldi deyabman.
— o'lishimga?
—ha — Kessy qizga shubha bilan qaradi
— sen bu gapni qayerdan olding
— An Suho— qiz Kessy chiqqan eshikdagi ism familiyaga ishora qildi. — odatda uni xonasidan sen kabi chiqqan insonlar yomon javob olgan bo'ladi. Ya'ni ularni davolab bo'lmaydi. Qisqa qilib aytsam yaqinda o'ladi.
— tushunarli
— Ho'sh qachon o'lasan— qizning bu qadar ochiq gapirishi Kessyni hayron qoldirsa boshqa tomondan kulgusini keltirardi.
Pov/Kessy
Ehtimol hech kim bilan bu mavzu haqida gaplasholmaganingdan so'ng balki senga hech kim bo'lgan inson bilan gaplashish foyda berar bar bir uni qaytib uchratmayman. Yolg'onlardan juda charchadim.
— bilmayman davolanishlari foydasi yo'qdek. Hatto menga yozgan dorilarni ham icholmayman. — Kessy chuqur nafas oldi—ammo bundan xafa emasman. Aksincha hammasi tugayotgani uchun xursandman.
— sen davolashning biron bir imkoni yo'qmi
— bor. Operatsiya ammo buni istamayman. Hatto operatsiyadan so'ng ham butkul tuzalib ketishimni imkoni yo'q. Men kuzda to'kiladigan yaproqqa o'xshayman, shoxida bazo'r turgan shamoldan juda charchagan. Qancha kurashmay bar bir yerdagi hazon barg bo'laman. Undan ko'ra sovuq qahratondan shamoldan ko'ra mayin shabodada yerga tushganim avzal.
— Vauuu. Juda ham ajoyib tasviriy ifoda mabodo shoira emasman. Masalan meni qo'limdan bunaqa o'xshatishlar kelmaydi— qiz yuzini xafa bo'lgandek qildiyu — ammo bilasanmi menga qahraton sovuq shamol yoqadi. Unda o'zimni yengil his qilaman— Kessy ha degandek boshini qimirlatdi. Qiz unga biroz tikilib turdi keyin aniq ohangda gapirdi — sen o'layotganingdan o'zingni mamnundek ko'rsatganing bilan bar bir ich ichingdan yashashni istaysan. . — Kessy kuldi.
— Shunday deb o'ylaysanmi.
— Albatta. Hamma shunday
— hamma unday emas kimdir uchun bu hayotda yashashning o'zi bir jazo.
— har qanday jazo bo'lsa ham uning yaqinlaring seni sevuvchi, Sen sevgan insonlar bilan o'tkazsang bu jazo emas bu bir quvonchga yoki shunchaki insonlarga yengillikka aylanadi.— Qiz birdan qo'llari bilan og'zini yopdi — mabodo yetim yoki hech kimi yo'q emasmisan. Agar shunday yaqinlaring yo'q bo'lsa meni kechir.
— havotirlanma men undaylardan emasman.

— qanday yaxshi yashash uchun unda sababing ko'p ekan. — ikkisi ham jim turardi.
— Hoy sen nega mendan o'zim haqimda so'ramayabsan. — eng boshidan beri quvnoq ohangda gapirayotgan qiz birdan sokin ohangda gapirdi.
— Buni menga nima aloqasi bor.
— buni so'rashning kerak hech bo'lmasa odob yoki insoniylik yuzasidan axir men An Suhoni taniyman dedim.
— Ho'sh qachon o'lasan — Kessy ham qizga xuddi uning savolini berdi. Qiz bunga kulib yubordi.
— uzog'i 1 oy ichida ehtimol hozir. Agar shunday bo'lsa qo'rqib ketma hopmi — Kessy ilk bor kimningdir o'z o'limi haqida bu qadar tabassum bilan gapirayotganingni ko'rishi edi.
— Nega bu qadar xursandsan. Har holda yashashni istaydiganlar toyifasisidansan deb o'ylagandim.
— Xuddi shunday. Men eng boshidan to oxirgi umidga qadar kurashdim, hech qachon taslim bo'lmadim. Sen kabi o'limimni kutmadim unga qarshi kurashib shu vaqtgacha yetib keldim.
— qancha payt kurashding.
— 3 yil
— kulgili. Sen bosib o'tgan yo'lni hattoki yarmini ham bosib o'tmay turib menga aql o'rgatyabsan.
— vaqt bu nisbiy tushuncha. Men sen kabi emasdirman. Ammo yashashga imkonim bo'la turib undan foydalanmaydigan ahmoq emasman.
— nahotki — senga qarab shuni aytishim mumkinki sen hech qachon hayotingni so'ngi lahzalaridan zavqlanadiganlar toifasidan emassan. Sen xonasini bir burchagida o'tirib tushkunlikda o'limini kutadiganlardansan. — Kessy bu qizga nima deyishni ham bilmay qoldi— sen bazan hayotda yashash ham azob deding biroq yashash azob emas bu imkoniyat. Ehtimol juda ko'p qiynalgandirsan, azob chekkandirsan biroq bu faqat senda emas boshqa insonlar ham sen kabi ehtimol sendanda ko'proq azob chekadi. —qiz berilib gapirardi ammo Kessy nima uchun uning bunday deyotganini bilmasdi. Balki uning ham boshidan ko'p qiyinchiliklar otkandir.
— Sen mendan nima istaysan— qiz jiddiy qiyofasini o'zgartirib kuldi.— rostini aytsam bu meni so'ngi istaklar ro'yxatimda bor edi.
—aha
— menga raqamingni ber
— Nega — shunchaki sen bilan do'stlashmiqchiman. Ishonch bilan ayta bo'lamanki o'layotganing haqida faqat men bilan menda ham shunday. Oilamga bu haqida aytmaganman ochig'ini aytsam ularga buni qizig'iyam yo'q. Shunga sen bilan erkin bo'lmoqchiman..... Hoy havotirlanma men yaqinda o'laman shu bois mendan tezda qutulasan.
Kessy unga qarab turarkan yo'lakning boshida ularni kuzatib turgan Sanhani ko'rdi. Sanha ham unga tabassum bilan ber degandek boshini qimirlatdi.
— yaxshi mana.

— Ho'sh meni ismim Ryujin — unga qo'lini uzatdi Kessy ham jabonban uning qo'lini siqdi
— Kessy

Kechga yaqin Soyu suv ichishga uchun oshxonada yarim ochiq eshikdan ximatkorlarning ovozi eshitilib turardi. Odatda bunday vaziyatda o‘tkib ketaverish kerak edi. Ammo Soyu eshitgan bir og‘iz so‘z uni to‘xtatdi.
— Anavi kelin-a, — dedi xizmatkorlardan biri, — eskirgan kiyimi bilan kelib, mana bu uyning bekasi bo‘lib oldi.— Boshqa xizmatkor kuldi.
— Hali Janob Yangni ham avraydi deb Sujin xonim to‘g‘ri aytdi. Ko‘rdingmi bugun tongda? Nonushtada o‘zini bosiqlikdan qilib ko‘rsatib, bechora qiyofasida o‘tiribdi.
— Hm… Timsoh ko‘z yoshlari. Shundaylar har doim shunday qiladi. Avval fohisha , keyin begunoh farishta! — dedi yana biri.
— men uni xonasini umuman tozalamayman. 2 oydan beri o'zi tozalayabdi.
— u biz uchun hech kim. U ham o'ylab qaralsa biz kabi xizmatkor. ishi kichik janobni ko'nglini ovlash. - barcha xizmatkorlar bir varakayiga kuldi.
— Esingizdami, o‘sha kuni Sujin xonim bilan gaplashayotganida qanday bo‘lib qoldi? O‘sha ahvolini ko‘rdim-da, yomonam kuldim. O‘sha payt o‘zini juda pastga olib tushdi. Go'yoki ayb qilmagandek.
— Shu... — xizmatkorlardan biri pichirlab kuldi, — mana buni tomosha qilish kerak. O'zini qanchalar sodda ko'rsatmasin bundaylarni dardi faqat pul. Shuning uchun uni muloyim ko'rinishiga aldanmang.
— Hah, avval aytinglar-chi, bu qizning homilasi... To‘g‘risi, kichik janobning bolasimi o‘zi? Hamma gap ana shunda!
— Eshitishimcha, majburiy nikoh deyishdi-ku, — dedi yana biri. — O‘zi u kichik janobni ham, butun oilani ham aldab qo‘ygan bo‘lsa kerak bu!
— Ha! Aldagan! Hammamiz Sujin xonimni gapini eahitdikku.
Soyu yuragiga nimadir sanchilganday to‘xtab qoldi. Ichkaridagi past, kibrli ovozlar uning har bir so‘zini yuragiga tirqishdek urib turardi.
— Xo‘sh, biz nima qilamiz? — dedi xizmatkorlardan biri.
— Hech narsa, — dedi boshqasi. — Bizga faqat unga xizmat qilish buyurilgan. Ammo... kerak bo‘lsa, o‘rnini bilishini eslatib turamiz. Biz bu uyda undan ko‘proq vaqtdan beri ishlaymiz. Bekaday bo‘lib yurmasin!
— Hamma narsa ayon bo‘ldi, — dedi oxirgisi sovuqlik bilan. — Bu uyga timsoh ko‘z yoshlari bilan kirganlar hech qachon bu yerda qolmaydi. — Ular kulishdi. Ichkaridagi kulgular esa Soyuning yuragini muzlatdi.
Bir necha lahza u joyidan jilolmadi. So‘ng sekin orqaga o'girildi va qarshisida g'azab bilan qarab turgan Sunxoga duch keldi.
— Sunxo....
— BU UYDAGI HAMMA 10 DAQIQA ICHIDA ASOSIY ZALDA TO'PLANSIN XIZMATKORDAN TORTIB SUNXIGACHA. — Sunxoni g'azabnok ovozidan Soyu tugul barcha xizmatkorlar cho'chib tushdi. Soyuni uyatdan boshi egilsa, xizmatkorlar Sunxo gaplarni eshitdimikan degan hadikli qo'rquv bor edi.

Suna divanda o‘tirar, nigohi deraza ortidagi zulmatga qadalgan. Yuragida esa jimjimador so‘zlar emas, birgina savol aylanardi.

“U meni sevadimi, yoki... faqat men sevgi deb o'ylagan yolg‘onmi? ”

Jin kirib keldi. U odatdagidek kalitlarni stolga tashladi. Ammo Suna unga qaramadi. Bu jimlik — o‘ta og‘ir edi.
— Nima gap? — dedi Jin, biroz hadiksirab. Suna chuqur nafas oldi, nihoyat qaradi. Ko‘zlarida shunchaki alam emas — xiyonatdan qutulgan, ammo yarasi hali ochiq ayolning qarashi bor edi.
— Jin. Nega meni hadeb qiynayverasiz. Nega meni yolg‘on bilan avraysiz. — Jin biroz to‘xtadi. U bu so‘zni eshitishini kutgandi, ammo baribir yuragi cho‘kdi.
— Qaysi yolg‘onni?
— Jennie. — dedi Suna bevosita. — Siz menga uylangan bo‘lsangiz, nega yuragingiz hanuz unda qoldi? — Jin jim qoldi. U tushundi — Kessy aytgan.
— O‘sha narsa o‘tmishda qolgan. Endi sen borsan.
— Ammo men sizmi butkul sevdim, Jin. Siz-chi? Meni deb uni tark etdingizmi, yoki uni yo‘qotganingiz uchun meni tanladingizmi? — Jin og‘ir nafas oldi. Qadam tashladi, ammo Suna o‘rnidan turdi. U endi jim o‘tirib alamini yutadigan ayol emasdi.
— Siz mendan hech narsani yashirmayman degandingiz. Hatto Kessy bilan munosabatingiz haqida ham ochiq bo‘ldik. Ammo Jennie...
— Jennie bilan o'tmishimiz borligi rost. — Jin nihoyat hislariga bo‘ysundi. — biz qachonlardir sevishgandik. Oila qurmoqchi edik... Ammo.. Men esa... uni juda charchatdim. Har kuni rashk, har kuni shubha. Haqiqat shu. Ammo barchasi o'tmish. Sen meni bilasan men o'tmishi bilan yashaydiganlardan emasman.
— Shunday bo‘lsa ham, siz uni unutmagansiz. Ko‘zlaringizda haligacha u yashaydi. Menga har kecha “sevgilim” deysiz, lekin ichingizda boshqa ayolning soyasi bor.
— Suna, bu haqiqat emas. Men seni tanladim. Seni sevishga urinayapman.
— “Urinyapsiz”? — dedi Suna kulimsirab. Ammo bu kulgi emas, achchiq tan olish edi. — Men esa sizni yuragim bilan sevdim. Butkul. To‘liq. Hech bir sababsiz. —Jin bir qadam yaqinlashdi.
— Men seni yo‘qotishni xohlamayman. Suna... men uchun endi faqat sen bor.
— Yolg‘on. — dedi Suna sokin ohangda. — Sizn meni sevasiz, chunki men hech narsani talab qilmayman. Sizdan Kessy kabi e’tibor so‘ramayman. Jennie kabi yuragingizga qarab baho bermayman. Men shunchaki... yuragingiz bo‘sh qolmasin deb tanlangan ayolman. Siz bir kuni Kessy ketishini bilardingiz yolg'iz qolmaslik uchungina meni oldingizda ushlab turgansiz. — Jin og‘iz ochmoqchi edi, lekin Suna to‘xtatdi.
— Endi yetar. — U zinapoyaga qarab yurdi. Qadamlarida iztirob bor edi, ammo orqasiga qaramadi. Jin uni to‘xtatmoqchi bo‘ldi.
— Suna, to‘xta. Men sen bilan baxtli bo‘lishni istayman. — Suna zinapoya pog‘onasida to‘xtab, orqasiga bir qaradi. Ko‘zlarida yosh emasdi. Balki... sokin ketish sabridan tug‘ilgan jasorat bor edi.
— Men sizni emas... yolg‘onningizni sevgan ekanman. — U yotoqxonaga kirdi. So‘ng oradan 10 daqiqa o‘tdi.
Jin hali ham pastda, qotib qolgandek o‘tirardi. Qadam tovushi eshitildi. Suna chamadon bilan tushdi. Qoshida jimjit qat’iyat. Jin uni to‘xtatishga yana bir urindi.
— Qaerga ketayapsan?
— O‘zimni topishga. Men bu uydan emas, bu og‘riqdan ketyapman. Men bu uyga kelgan kunim o'zligimni yo'qotgan ekanman — Suna ko'ziga takror yosh oldi. Chamadon g‘ildiragi polda sirg‘aldi.

Suna eshikni ochdi.

— Agar seni haqiqiy sevgi topadigan bo‘lsangiz, iltimos, unga yolg‘on umid bermang.

Eshik yopildi.

Jin esa quloqlarida eshitilgan eng so‘nggi so‘z — “yolg‘on” bilan yolg‘iz qoldi.

Yanglar qo'rg'onining asosiy zalida barcha xizmatchi va qorovullar tik oyoqda turar, Sujin, Sunxi, Soyu bir tarafda o'tirar, Sunxo bo'lsa eng boshida tik va o'tkir qarashlar bilan har bir insonni kuzatardi. Bu yerda nima bo'layotganini Sunxi va qorovullar tushuna olmas chunki hech qachon Sunxo hammadan bu tarzda yig’magan edi.
— Sizlarga bir nechta savol beraman. Aniq javob berasiz deb umid qilaman. — — Soyu kim. — Bu savol hammani hayron qoldirdi. Biroz g'alati savol — savollarimga javob bermasangiz ishdan haydalasiz. — barcha xizmatchilar bir biriga qarardi.
— sizning rafiqangiz.
— Shu xonadon kelini
— yana
— farzandingizni onasi.
—to'g'ri mening farzandimni onasi..... Unday bo'lsa Men kimman — barcha xizmatchilar jim hech kim bu savolning ma'nosini tushunmas faqatgina Sujin tushungan holda g'azabdan tishini g'ichirlatdi.
— yana takrorlayman men kimman?? — endilikda xizmatchilar birin ketin javob berishdi.
— kichik janob
— Janob Yangning yagona o'g'li
— merosxo'r
— Yang Sunxo
— bu javoblar to'g'ri ammo haqiqiy javob boshqa menimcha siz buni bilmaysizmi..... Hmm— Sunxo o'ylangandek turib nigohini Sujinga qaratdi
— Balki ularga haqiqiy javobni siz aytarsiz.
— Nima menmi
— ha siz — Sujin qanchalik javob berishni istamasada o'rnidan turib javob berdi.
— Yang Junwooning yagona o'g'li Yang Sunxo. Yang oilasining yolg'iz merosxo'ri. Yang korparatsiyasining yarmining egasi. Shu bilan birga keyingi oila boshqaruvchisi.
— yana— Sujin jaxl bilan Sunxoga qarab javob berdi.
— ushbu qo'rg'on sohibi

— ajoyib. Ana endi keyingi savolimga javob beringlarchi . —xizmatchilarga qaradi — Qanday qilib mening rafiqam Yang Soyu shunchaki bu xonadon kelini yoki farzandimni onasi bo'lishi mumkin — xizmatchilar yuragi juda tez ura boshladi — qanday qilib sizlar mening rafiqam yoki farzandimga daxl qilib bo'lmag'ur gaplarni tarqata olasiz. O'z o'rningizni unutgan ko'rinasiz. — barcha xizmatchilar ta'zim qilishdi.
— Janob bizni kechiring
— biz xato qildik kechiring
— o'z o'rningizni biling. Buning uchun jazolanasiz. Ertagayoq Na xonim o'z ishiga qaytadi sizlarni taqdiringiz uni qo'lida — hamma ko'zlari kattardi. Albatta Na xonimdan oson qutulish mushkul edi.

— “Yana bir bor aytchi, nega aslida Koreyani tark etding, — Taehyung ko‘zlarini yumdi.
— U yerda bo‘lish menga og‘ir edi, Dan. Har bir ko‘cha, har bir sokin tong — hammasi unga eslatardi. Xuddi butun shahar Kessy deb pichirlardi. — Daniel bosh irg‘adi, bu nomni birinchi marta eshitmayotgandi. U Taehyungdan qiziq hikoya eshitayotgandek qiziqish nigohlari bilan uni tinglardi.
— Demak... hammasi Kessy haqida? — Taehyung yelkasini qisdi, so‘ng asta bosh irg‘ab “ha” deganday.
— Men uni sevardim... jonimdan ortiq. Ammo sevgi hamma narsani hal qilolmas ekan. U boshqaga tegdi, men esa... ortiqcha soya bo‘lib qoldim.
— Sen kurashmadingmi? Uni qaytarishga harakat qilmadingmi?— dedi Daniel, hayrat aralash dard bilan.
— “Kurashardim... Barcha imkoniyatlarimni ishlatardim. Ammo ba’zida taqdir sen istagan tomonga burilmaydi. Sevgi ba’zida shunchaki kamlik qiladi.
Sukunat cho‘kdi. Daniel kofesidan ho‘plab o‘tirarkan, Taehyung ko‘zlarini pastga tikdi.
— Unga to‘y kuni qora atirgul berdim.
—nima qanaqasiga
— shunchaki motamsaro ochilmagan sevgim uchun aza edi.
— “Sen hali ham uni sevasan, shundaymi?” — dedi Daniel, yuragini titratgan tovushda. Taehyung chuqur nafas oldi, so‘ng past ovozda.
— Men uni unutishga harakat qilayapman. Shu sabab bu yerga keldim. Endi yangi sahifa ochmoqchiman — yangi shahar, yangi ism, yangi men... Balki bir kun kelib uning kulgisi xayolimdan chiqib ketar.
— Agar u bilan yana uchrashib qolsang-chi?— so‘radi Daniel jiddiy qarab.
Taehyung jilmaydi, ammo bu jilmayishning tagida alam va iztirob yashiringan edi.

— bilmayman.....ehtimol oldidan hech qachon sevmagan begona kabi shunchaki o'tib ketarman.... Yoki bo'lmasa...
— yoki — Dan davomini bilish uchun Taehyungni gapini takrorladi.
— yoki oldiga borib quchaman va hech qachon qo'yib yubormayman.

21-qism tugadi.