September 23, 2025

Navigation / Ep-3

𝙊𝙣 𝙩𝙝𝙚 𝙨𝙪𝙧𝙛𝙖𝙘𝙚, 𝙄 𝙢𝙖𝙮 𝙡𝙤𝙤𝙠 𝙪𝙣𝙗𝙧𝙚𝙖𝙠𝙖𝙗𝙡𝙚, 𝙗𝙪𝙩 𝙢𝙮 𝙞𝙣𝙣𝙚𝙧 𝙬𝙤𝙧𝙡𝙙 𝙙𝙤𝙚𝙨𝙣’𝙩 𝙧𝙚𝙛𝙡𝙚𝙘𝙩 𝙩𝙝𝙚 𝙗𝙚𝙖𝙪𝙩𝙮 𝙮𝙤𝙪 𝙞𝙢𝙖𝙜𝙞𝙣𝙚....

Oshxona eshigini sekin yopib ortiga oʻgirilgan Rey qarshisida unga termulib turgan bir juft qora koʻzlar bilan toʻqnashadi. Taehyung hechqanday harakatsiz sekinlik bilan stuldan gavdasini koʻtardi va eshik yonidan bir qadam ham qimirlay olmayotgan qiz tomon qadam tashlay boshladi. Taehyungni bosgan har qadami Reyga kuchli bosim berayotgandek edi. Taehyung qizni qarshisiga keldi, oradagi masofa esa bir qadamni tashkil qilardi. Qoʻllarini choʻntagiga solgancha qizning koʻzlariga boqdi
~balki endi gaplasharmiz?
~yaxshi, gapir
Iloji boricha qoʻrquvini bildirmaslikka harakat qilayotgan Rey qoʻllarini koʻkragi ustiga bogʻlab yigit kabi unga termuldi, yuzida hissiz kayfiyatni aks ettirishga harakat qilsada uning ichki dunyosi bu qadar dadil emas, u juda moʻrt edi
~birgina savol beraman va sen javob berasan, kelishdikmi? Bolani otasi kim?
Xoʻsh, nima deyishim kerak? Jin ursin, oʻyla Rey oʻyla, lanati. Lablarim titrab zoʻrgʻa uning qarshisida tik turibman, goʻyo hozir u ortga qayrilsayu men yerga yiqilsam. Hamon uning savoliga javob bermasdan yuziga boqar ekanman u chuqur nafas olib choʻntagidan qayta qoʻlini chiqardi va ikki yelkamdan maxkam ushladi
~menga qara, senga oddiy savol berdim, meni jahlimni chiqarishni yaxshi eplaysan, buni bilaman. Lekin hozir....ayni damda meni chegaradan chiqarma, uqdingmi? Gapir, otasi kim?
~yoʻq, bizni tashlab ketgan
Ogʻzimdan shu gap chiqdi xolos, bu toʻsatdan roʻy berdi, men bunaqa deyishni oʻylamagandim. Birgina shu gap va Taehyungga qaradim, u jim qoldi. Nigohlarida allaqanday tushunmovchilik aks etardi. Yelkamni siqqan qoʻllari sekin boʻshashdi va bir qadam ortga yurdi. Asabiy peshonasini ishqadi, ortga qaragancha lablari orasidan turli xil soʻkinishlar chiqganini eshitdim, zero past ovozda aytilgan boʻlsa ham. Unga javob berganimdan biroz boʻlsada koʻnglim xotirjam boʻldi
~bu mavzuga yana qaytamiz, hozir esa ketishim kerak
Taehyung tezlik bilan uydan chiqib ketdi, katta-katta qadamlar bilan hovliga chiqib mashinasiga joylashar ekan koʻksida avj olgan alanga borgan sari butun tanasini kuydira boshlagandek edi. Qoʻpol haraakatkar ila mashina kalitini buraydi va katta tezlik bilan mashina balonidan yoqimsiz ovoz chiqargancha koʻzdan gʻoyib boʻladi. Rey ana endi uning ketganiga ishonch xosil qilgach eshikka suyanib turgan gavdasini sekin yerga tashlaydi, qoʻllarini koʻtarib sochlarini asabiy siqimlaydi
~xato qildim, Tanni bu oʻyinga aralashtirib xato qildim
Shu payt telefoniga kelgan sms xabardan oʻrnidan turadi va devan ustida turgan telefonni olib qulfdan ochadi
Jimin: Hoziroq ofisga kelishing kerak, seni kutishyapti
Jin ursin, bularni dastidan tinchlik ham yoʻq. Axir bugun kunimni Tan bilan oʻtkazmoqchi edim, oʻylashimcha rejalar oʻzgaradi. Oshxona eshigini sekin ochib ichkariga moʻraladim, Tan multfilm koʻrgancha nonushta qilyapti. Uni uzoqdan kuzatish maroqli, bir muddat unga termulib qolganimni ham sezmay qoldim. Qiziq, shunday moʻjizani men nega uzimdan yiroq tutdim? Men xudbin onaman, ammo hali vaqtimiz bor, oʻgʻlimni ilk qadamini koʻrolmadim, ilk soʻzini eshita olamdim, lekin bundan buyogʻiga unin xotirasida bir umrga muxrlanuvchi ona va bola kasetasini birga yaratamiz
~Tan
U ogʻzidagi quymoq bilan men tomon qaradi
~men ishga ketishim kerak, lekin ertaroq qaytishga harakat qilaman, rozimisan
U sekin bosh qimirlatdi, peshonasidan oʻpich qoldirgancha Tanni maxkam bagʻrimga bosdimda uni hizmatchi ayolga qoldirib chiqib ketdim. Garderobimni ochib koʻzimga koʻringan eng yorqin koʻylakni oldim va unga mos baland poshna tufli qidira boshladim. Koʻzni qamashtiruvchi taqinchoqlarimni ham olgancha tayyorlana boshladim. Aslida bularning barchasi kim uchun? Taehyung uchun? Albatta, har kuni uni azoblashni xohlayman, kimdan kechganini anglashini istayman, koʻz oʻngimda yonib kul boʻlishini kuzatishdan ortiq baxt boʻlmasa kerak. 15 daqiqada kiyinib tayyor boʻlgach sevimli mashinamga joylashib ofis tomon harakatlandim. Svetoforning qizil chirogʻiga toʻxtadim, qayta kelgan sms xabardan telefonni qoʻlimga olib ekranga boqdim, dadam
:soat 5 ga barcha ishlaringni tugat va aytilgan manzilga bor...

Taehyung mashina rulini maxkam siqqancha yoʻlda ketadi, uning aqli hayron, u kutmagandi, ya'ni oʻrtada bola borligini u kutmagandi. Bu goʻyoki kutilmagan surprizdek paydo boʻldi, atom bombasi kabi portladi va barchasini ostun-ustun qildi. Xoʻsh, endi ham Taehyung Reydan voz kechmaydimi? Uni bola bilan qabul qila oladimi? Aslida u bola oʻzining bolasi ekanini bilsa qay ahvolga tushadi? Bolani tan oladimi yoki yoʻq?
Taehyung hayollariga erk bergancha chuqur oʻyga toldi, nigohlari mashina oynasidan atrofni kuzatadi, koʻz oʻngida hamon onasini maxkam quchib turgan bolakay gavdalanadi. Toʻsatdan jiringlagan telefon ovozi uni sergaklantiradi, ekranga qaraydi va Yeon yozuvini koʻrishi bilan chuqur nafas olib yashil tugmani bosadi
~gapir
~Taehyung, qayerdasan?
~ishga ketyabman
~nega buncha erta ketding?
~senga xisob berishga majburligimni bilmagandim Yeon
~shunchaki soʻradim, nima javob berish qiyinmi?
~ertalabdan kayfiyatimni buzma, ofisga ham kelma, uyda oʻtir
~nima? Nega?
~chunki buyerda sen qiladigan ish yoʻq, shunchaki aytganimni qil va xayr
Yeonning javobini eshitmasdan telefonni uchirib orqa oʻrindiqqa otib yuborgan Taehyung qayta yoʻlda davom etdi
~senlardan ham tezroq qutulmasam boʻlmaydi, keyin navbat senga sevgilim, oʻrtada bola borligi hechnimani hal qilmaydi
Lab chetida kulgan Taehyung biroz kayfiyatini koʻtargancha yoʻlida davom etadi
~jin ursin, telefonni uchirib qoʻydi

Yeonning baqirigʻi xona boʻylab aks-sado beradi. Qoʻlidagi telefonni zarb bilan devorga otar ekan telefonning singan boʻlaklari yerga tushadi. Nafas olishi tezlashib sochlarini maxkam siqqancha stol ustidagi nonushtani bir urinish bilan agʻdarib tashlaydi. Tezlik bilan oʻrnidan turib zina orqali oʻz xonasiga kiradi va shkafni ochib oʻziga kiyim tanlay boshlaydi. Oyna qarshisiga kelgancha qoʻlidagi koʻylakni egniga moslab koʻradi
~aziz erjonim, bilasanku qilma degan ishlarni qilishni juda yoqtiraman
Yeon tabassum qilgancha tayyorlana boshlaydi

...

Rey mashinasidan tushar ekan ofis yonida soʻnggi rusumli qop-qora motosiklni koʻradi va koʻzoynagini sekinlik bilan pastga tushirib qaraydi
~qoyil
Reyning nozik va oppoq barmoqlari motosiklni mayinlik bilan silaydi, koʻzlari baxtdan porlaydi va bir muddat unga tikilib qoladi. Motosikl pastidagi raqamga qaraydi va "JJK" katta harflar bilan yozilgan ushbu harflar uni hayratlantiradi
~didinggiz chakki emas janob Jeon
Koʻzoynagini qayta taqqan Rey sumkasini yelkasiga ilib ofisga qadam bosadi. Har doimgidek ishchilar uni bosh eggancha kutib oladi. Har bir bosgan qadamidan goʻyo oʻt chaqnardi, qomatini tik tutgancha lift tomon yuradi, bu ofisdagi Har bir ayol hodimlar Reyga havas bilan qaraydi, uning tovlanib turgan sochlari, ustidagi brend kiyimlar, egnidagi Har bir kichik aksessuar ham uni oʻzgacha porlatadi. Uning garderobi shu darajada kattaki butun boshli uyni yarmini egallagan, garajidagi mashinalarni korgan odamni koʻzi quvonadi, ha u mashinalar ishqibozi, unga yoqdimi tamom, u shunchaki boradi va sotib oladi. Haa, Kan Rey boʻlish faqatgina unga nasib etgan...
Xonasiga kirgan Reyning koʻzlari birinchi boʻlib ish stoli ustidagi gullarga tushadi, u sekin borib gullarga termuladi va qoʻlidagi sumkasini stolga qoʻygancha gullarga egilib ularning iforidan baxramand boʻladi
~sizga yoqishini bilgandim
Xonada begona erkakning ovozi yangraydi va Rey unga uzoqdan tikilib turgan Jungkookka koʻzi tushadi. Jungkook eshikning orqa tarafiga suyangancha uni tomosha qiladi
~xonamga besuroq kirganlarni yoqtirmayman
~lekin men kelganinggizdan buyon xonanggizda edim, qoʻpolligim uchun ma'zur tutasiz, shunchaki gullarga boʻlgan reaksiyanggizni oʻz koʻzim bilan koʻrgim keldi
~bu sizga nima uchun kerak janob Jeon?
~shunchaki sizni harkuni manashunday xursand qilishni xohlaganim uchundir
~harkuni menga gul yuboradigan darajada bekorchimisiz?
~bunga shubxanggiz bormi?
Jungkook bir qoshini koʻtargancha men tomon qadam tashladi, soʻzsiz yurib kelar ekan undan nigohlarimni uzmadim, qiziq u yaqindan juda kelishgan koʻrinar ekan, nega endi unga avvalroq e'tibor bermaganman? Oramizdagi masofa qisqargach u bir qadam qolganda toʻxtadi
~bugungi kechki ovqatga sizni taklif qilish uchun keldim
~yaxshi, muammo yoʻq
Men ish stolimga joylashib kompyuterimni yoqib oʻz ishlarimni qila boshladim, u kichik qadamlar bilan xonani tomosha qilar ekan hozir unga chalgʻiy olmasdim, chunki undanda muxim ishlarim bor. Ishga shunchalik shungʻib ketdimki toʻsatdan stol orqaga tortilganini ham sezlay qoldim. Jungkook tezlik bilan stolimni ortga tortib menga maksimal darajada yaqin keldi, nafas olishi shundoqqina yuzimga urilyapti
~nima qilyabsiz?
~Rey, men yoninggizda boʻla turib qanday qilib ishlay olasiz?
Nima? U telbami? Mendan nima xohlaydi oʻzi? Koʻz qorachiqlari kattalashib ketdi, bu jahldan emasligini allaqachon bildim, tajribamdan kelib chiqqan xolda uni qora dori istemol qilganiga amin boʻldim. Sekinlik bilan uni itargancha kursidan turdim va u tomon bir qadam tashladim, u meni sozsiz kuzatmoqda
~chunki siz meni hayolimni band qila oladigan darajada yaqin emassiz, shuning uchun ham bemalol oʻz ishlarimni qila olaman
U bir urinish bilan metindek qoʻllarini belimdan oʻradi va oʻz tanasiga yopishtirib qoʻydi, ochigʻi undan bu xarakatni kutmagandik, kichik qollarimni uni ulkan tanasini ustiga bosdim
~bu nima qilganinggiz? Biz hamkorlarmiz, masofa saqlashinggiz kerak
Tipirchilagancha uning quchogʻidan chiqishga harakat qilar ekanman boʻynimni orqasidan maxkam siqqan qoʻl sabab qotib qoldim

~hayolinggizni band qilish uchun sizga yaqin boʻlmoqchiman, bunga qarshi emasmisiz?
~aqildan ozibsiz, hoziroq mendan uzoqlashing, yoʻqsa...
~yoʻqsa? Xoʻsh.....
U tez-tez nafas olgancha menga yaqinlashib kelar ekan tilim aylanmay qoldi, bir soʻz ham deya olmasdan uning harakatlarini kuzatdim, boʻynimdan tutgan qoʻllari sabab qimirlay ham olmadim
~men 18 yoshli bola emasman Rey, menga yaxshilab qarang, men erkakman va hissiyotlarimni toʻliq yoritib bera olaman
~dori ta'sirida nima qilayotganinggizni bilmayabsiz degan hayolga boryabman
U birdan gapiryotgan gapidan toʻxtadi va qoʻllari sskin boʻshashib ortga bir qadam tashladi
~qanday dori haqida gapiryabsiz? Tushunmadim
Men lab chetida tabassum qilib unga yaqinlashdim va qoʻlidan tutib yengini koʻtardim. Igna izlari hamon qizarib turgan edi
~men ham yosh qizcha emasman, bir qarashda buni farqlay olaman
U tezlik bilan qoʻlini tortib oldi va yengini tushirdi
~men yaxshi sir saqlay olaman
Gapirish davomida oyoqlarimni choʻzgancha boʻyimni u batobar qilib yoqasini toʻgʻirladim
~siz bilan kechga koʻrishamiz
Birdan xona eshigi ochilib oʻsha menga tanish boʻlgan ifor xonaga taraldi, Taehyung eshikdan kirishi bilan koʻrgan manzarasidan qotib qoldi. Tok urgandek Jungkookdan uzoqlashdim
~uchrashguncha Rey xonim
Jungkook menga koʻz qisqgancha eshikt omon yurdi
~hayrli kun janob Kim
Jungkook chiqib ketgach Taehyung zarb bilan eshikni yopdi, koʻzlari qizarganini koʻrdim va unga e'tibor bermasdan ishimda davom etdim
~xoʻsh, hozirgi xolatga izohing bormi?
~mendan nima talab qilyabsan, tushunmayabman
~gʻazabimni chiqarsihni yoqtirasanmi?
~ishon, bundan faqat zavqlanaman
~ikkinggizni ham sogʻ qoʻymayman
~ket
Taehyung oynali stolga qattiq musht tushirdi, oyna sinib qoʻli birdan qizil rangga boʻyaldi. Tezlik bilan oʻrnimdan turib uni qarshisiga keldim
~aqildan ozganmisan, nima qilyabsan?
Sumkamdan roʻmolcha olib qon oqayotgan qoʻliga bosdim. U qoʻpol harakat bilan meni itarib yubordi va xonadan chiqib ketdi
~telba
Baqirgancha xonada qolib ketdim

Taehyung qoʻlini musht qilgancha Reyni xonazidan chiqar ekan qarshisida u tomon yurib kelayotgan Yeonga koʻzi tushdi, Yeon Taehyungni koʻrishi bilan baqirib yubordi
~Taehyung, senga nima boʻldi? Qonmi? Qanday boʻldi bu? Kim bor? Tez yirdam qutisini olib keling
Taehyung hechnimaga e'tibor bermasdan oʻz xonasiga kirdi, ortidan yugurgancha Yeon kirdi. Hodim tez yordam qutisini olib keldi va Yeon Taehyungni qoʻlidagi rumolchani oldi
~Taehyung, shifoxonaga borishimiz kerak, chuqur kesilgan
~shunchaki qonni tozalab bogʻlab qoʻy
~boʻlmaydi, qani tur
~aytganimni qil
Taehyungni baqirigʻidan choʻchib tushgan Yeon tipirchilagancha uni qoʻlini tozalay boshladi
~bu qanday boʻldi?
~jim, gapirma, boʻyningni sindiraman yana savol bersang
Yeonning nafasi ichiga tushib ketdi, avval Taehyungni bu darajada gʻazabda koʻrmagani uchunham u qoʻrqdi. Shu sababli soʻzsiz uni aytganini qilib qonni tozaladi, kerakli muolajani qilib qoʻlini bogʻlab qoʻydi

Qorongʻu omborxonaga kirib kelgan Rey lablari orasidagi sigaretni yerga tashladi va oyoqlari tagiga olgancha bosdi. Qarshisida boshiga qop kiygizilgan odamga qaradi, bir ishora bilan ortidagi odamlar odamni boshidagi qopni oldi
~vaqtim yoʻq jin ursin, uni oʻziga keltiring
Qoʻriqchilar hushsiz odamni yuziga bir chelak suv quyishi bilan tipirchilab qolgan oʻrta yoshli odam koʻzini ochdi
~hoy, kimsizlar? Nega men buyerdaman?
~baqirmasangchi jin ursin
~hoy manjalaqi, sen kimsan a? Meni buyerga olib kelishga seni nima haqqing bor?
~manjalaqi?
Rey erkakga yaqinlashib yuziga chuqur qaradi va tarsaki tushirdi, uyagidan maxkam siqqancha oʻziga qaratdi
~shu bulbuldek sayrayotgan tilingni uzib olishni oʻylayabman
Qoʻlidagi kichik pichoq bilan erkakni yuzini siladi, koʻzlari kattalashib ketgan erkak esa bir soʻz ham deyolmay qoldi
~lekin undan oldin sendan soʻraydigan birgina savolim bor, Mark senga bergan hujjatlar qayerda?
~tanimayman unaqa odamni, sen kimsan oʻzi?
~notoʻgʻri javob, 2 kun avval senga Italiyadan pochta keldi va uni Mark yubordi, bank hisob raqamlari yozilgan hujjatlar bor edi, shundaymi? Topdimmi?
Rey telba kabi kulgancha erkakka yuzlandi
~sendan javob kutyabman jin ursin vaqtim kam axir
~bilmayman
~la'nati
Rey tezlik bilan oʻrnidan turdi va ortdagi qoʻriqchi ushlab turgan toʻpponchani olib erkakni otib tashladi, uning peshonasidan sachragan qon Reyning toʻpponchasiga tegdi
~xarom qoni rasvo qildi, buni tozalang
Topponchani tutqazdi
~uni uyini yaxshilab tekshiring, hujjatni uyidan chiqarmagan. Jasadini esa yoqib yuboring
Qoriqchilar tazim qilgancha ishga kirishdi
~axir aytdimku vaqtim kam deb
Rey oxirgi martta erkakning jasadiga qaragancha xonadan chiqib ketdi. Tashqariga chiqishi bilan Jiminga duch keldi
~xoʻsh, aytdimi?
~qayerda eding?
~kayfiyatingga qaraganda u aytmagan
~hujjatlar uyida, uyini tintib koʻring
~buni qayerdan bilasan, u aytmadiku
~shunchaki hissiyotlarimga quloq solyabman
~hissiyotlaringga quloq solish yaxshilik olib kelmaydi, buni bilasan
Rey yurayotgan joyidan birdan roʻxtadi va ortga qayrilib Jimin tomon yurib keldi
~qani yuzimga qarab yana qaytarchi gaplaringni
~yaxshi ishlading bugun Rey, charchagandursan qani borib dam ol
Jimin kulgancha Reyni yelkasidan ushlab mashinaga oʻtqizdi va wshikni yopgancha unga qoʻl silkidi
~yosh bolaga oʻxshaydiya
Rey qoʻl soatiga qaradi
~kech qolyabman jin ursin

...

Soat allaqachon kechki 8 ni koʻrsatar ekan men tayyorlanib boʻlgach eshikdan chiqish uchun yurdim. Lekin eshikni ochishim bilan meni yeb quygudek qarab turgan nigohlarga duch keldim
~buyerda nima qilyabsan?
~shuncha tayyorgarlik kim uchun?
~harxolda sen uchun emas
Taehyung meni boshdan-oyoq kuzatdi
~qayerga ketyabsan?
~uchrashuvim bor
Unga gapirish mobaynida ortga oʻgirilib egnimga ust kiyimimni kiydim
~Kim bilan?
~Jungkook bilan
~Jungkook deydigan darajada yaqinmisan u bilan?
~bu seni qiziqtirmasin, vaqtimni olyabsan, shundogʻam kech qoldim
Uni turtib oʻtib ketar ekanman ortimdan kelib meni koʻtarib olgan Taehyungga qaradim
~qoʻyib yubor, bu nima qilganing?
~shu kichik aqlingdan mendan boshqa erkakni chiqarib tashlaysan
~qoʻyib yubor telba, men ketishim kerak
Uning quchogʻida tipirchilar ekanman u meni koʻtarib hovliga olib chiqdi, u nima qilmoqchi?
~qani endi ham bora olar ekansanmi?
U hovli oʻrtasida suv bilan toʻla turgan basseynga meni tashlab yubordi, jin ursin, uni sogʻ qoʻymayman, shuncha qilgan harakatimga achinyabman. Suvga tushar ekanman hayolimga zoʻr gʻoya keldi...
Taehyung basseyn yonida turgancha Reyni kuzatdi, suv ichida tipirchilayotgan qizga qaradi
~rol oʻynashni bas qil, oʻyiningga ishonmayman
Hamon Reyni kuzatar ekan uning tanasi tipirchilashdan toʻxtadi va suv tubiga shungʻib ketdi. Taehyung tezlik bilan ikkilanishsiz oʻzini suvga tashladi, suv ostida qolgan qizning tanasini quchgancha yuqoriga olib chiqdi
~Rey, Rey, koʻzingni och, meni qoʻrqitma jin ursin, meni kechir, kechir, koʻzingni och
Taehyung qoʻrquv bilan uni tanasini maxkam quchgancha yuziga urdi. Qoʻrquvi oshib borar ekan Reyni quchgancha koʻzlaridan yosh chiqdi

Quloqlari ostida kichik kulgu tovushini eshitib qizni yuziga qaradi
~qoʻrqdingmi?
Rey sekinlik bilan koʻzini ochdi va yigitni quchogʻidan chiqib suv yuzida erkin turdi. Hamon nima bolganini tushunmagan Taehyung qizga termulib qoldi
~bu kulgilimi seningcha?
~shuncha qilgan harakatimni bir urinishda barbod qilganingni yonida bu nima boʻlibdi
~sen....sen u bilan uchrashmaysan
~sen menga buyruq bera olmaysan, xohlagan insonim bilan xohlagan vaqtda uchrasha olaman
Rey ortga oʻgirilgancha basseyn zinasiga yaqinlasha boshladi
~qayerga?
~uchrashuvga
~shu holingda ketmoqchimisan?
Taehyung Reyni tanasiga yopishib qolgan koʻylagiga koʻz tashladi, Rey esa ortga oʻgirilib tabassum qildi
~shu holimda yana ham jozibaliroq koʻrinaman
Rey zinaga oyogʻini qoʻyar ekan ortidan kelib belidan ushlagan qoʻl sabab qayta suvga shungʻidi
~telba, bas qil, jonimga tegding. Haddingdan oshyabsan
Rey gaplarini tugatishi bilan xo'l lablariga bosilgan qaynoq taftdan qotib qoldi, Taehyung qizni tanasini maxkam quchgancha undan moxirona boʻsa olarkan Rey bir on qayta hissiyotlariga yengildi. Besh daqiqa davom etgan boʻsani uzgan Taehyung qizni tanasini ortga itarib basseyn devoriga mixladi
~sen doim menikisan, buni qabul qil. Mendan boshqa erkak senga tega olmaydi, hayotingda birgina erkak bor, u ham boʻlsa menman
~adashasan, endi mening hayotimda erkak paydo boʻlsada u sen boʻlmaysan
~jim, gapirma
Taehyung tishlarini gʻichirlatgancha Reyni ogʻzini qoʻllari bilan yopti
~gapingni qaytib ol, mendan boshqa erkak yonida seni koʻrsam u kim bolishidan qat'iy nazar peshonasidan darcha ochaman, oʻgʻlingni otasiga keladigan boʻlsak hozir buyerda emasligi uning omadi deya qolaylik
Taehyung gapirish mobaynida bir qoʻlini Reyni tugmasiga olib bordi va ikkitasini boʻshatdi. Rey buni sezishi bilan uni oʻzidan itardi va bir soʻz demasdan basseyndan chiqib yugurib uyga kirib ketdi. Taehyung hamon suv ichida u ketgan tomonga qarab qolar ekan chuqur nafas olgancha tanasini qayta suvga tashladi

Oʻgʻlini xonasidan chiqqan Rey telefon ekraniga qaradi, allaqachon soat 12 boʻlganini koʻrib hamon hoʻl sochlarini quritish uchun oʻz xonasi tomon yurdi. Oyna qarshisiga kelib qayta telefonni yoqdi, Jungkookka yuborgan xabariga hamon javob kelmaganini koʻrib gʻazablandi va telefonni yotoqqa otib yubordi. Toʻsatdan jiringlagan eshik ovozi esa uni hayratini oshirdi. Pastga tushib eshikni ochar ekan qarshisida turgan yigitni koʻrib qotib qoldi. Jungkook eshikka suyangancha mayus koʻzlari bilan Reyga qaradi
~janob Jungkook
~janob? Biz hozir ishda emasmizku?
~yarim tunda nima qilyabsiz?
Jungkook gavdasini tik tutib Rey tomon qadam bosdi, yuziga yaqin kelar ekan Rey yuziga urilgan alkogol hididan yon tomonga qarab oldi
~siz mastsiz
~ha mastman, ichdim, uchrashuvni rad etganing uchun boʻldi hammasi
~men...meni ishim chiqib qoldi. Sizga xabar yozgandim
~mayli, hechqisi yoʻq. Haligi....men bilan borasanmi?
~qayerga?
Jungkook ortga oʻgirilib hovli oʻrtasida turgan motosiklga ishora qildi
~axir u ertalab senga yoqgandi, toʻgʻrimi?
~hozirmi?
~muammo bormi?
~haligi, men sochlarimni quritib olishim kerak
Jungkook qizargan va yoshlangan koʻzlari bilan Reyga yaqinlashdi, hoʻl sochlarini qoliga olib chuqur hidladi va sekinlik bilan qizni boʻyniga lablarini yaqinlashtirar ekan Rey bu harakatlardan aqildan ozay dedi
~xohlasang yordam bera olaman...
Jungkookning xirillagan ovozini qulogʻi ostida eshitgach harakatsiz qolgan Reyning lablari titragancha bir soʻz deya olmadi. Jungkookning issiq qoʻllarini belida his qildi va yengil harakat bilan qizni koʻtarib oldi
~seni bir umr kutishga ham roziman...
.
.
.
.
.
#𝙎𝙚𝙢𝙞 || @glamour_fanfic