September 2

Stay with me / Final

𝙇𝙤𝙫𝙚 𝙞𝙨 𝙨𝙤𝙢𝙚𝙩𝙞𝙢𝙚𝙨 𝙣𝙤𝙩 𝙖 𝙨𝙖𝙡𝙫𝙖𝙩𝙞𝙤𝙣, 𝙗𝙪𝙩 𝙩𝙝𝙚 𝙢𝙤𝙨𝙩 𝙗𝙚𝙖𝙪𝙩𝙞𝙛𝙪𝙡 𝙛𝙤𝙧𝙢 𝙤𝙛 𝙥𝙖𝙞𝙣......

4 Oydan Soʻng

~qorongʻu, sovuq va bir qancha dorilarning aralashib ketgan xidi dimogʻimga urildi. Kipriklarim sekin pirpiradi, gʻira-shira yorugʻlik koʻz oldimda paydo boʻladi. Koʻzlarim harakatga kelda va ilk koʻrgan narsam bu oppoq shift, qoʻllarimga ulangan ukollar va boshim uzra chiyillab turgan apparat. Uzoq vaqt yotganimdan yelkalarim yotoqqa botib qolgan, tanamni qimirlatish ham biroz qiyin edi. Boshimda kuchli ogʻriq tinchlik bermasdi, nafas olish ritmimni bir maromga keltirgancha biroz muddat harakatsiz qoldim, bu yerga qanday kelganim haqida oʻylay boshladim va birdan kechagi kun hayolimda buzuq kasetadek uzuq-yuluq aylana boshladi

FLASHBACK

~Ochiq deraza yonida yomgʻirni tomosha qilgancha sekin qoʻlimni chuzdim. Tanamga tekkan yomgʻir tomchilari lablarimga tabassum paydo boʻlishiga sababchi boʻldi. Yomgʻir kuchayar ekan derazadan sachrab kirayotgan tomchilar yuzim uzra urildi, mayin shamol sochlarim silagancha xona boʻylab aylanadi, osmondagi qora bulutlar goʻyoki oʻzgacha zavq bagʻishlaydi. Ha, aynan men sevgan ob-havo huddi shunday, yomgʻirli, shamolli va osmonni qoplab olgan qora bulutlar. Nigohlarim hamon osmonga qadalgan edi, tanamning ochiq qismi sovuqlik tasirida biroz titraydi va shu on bellarimni chirmovuqdek oʻrab olgan qaynoq qoʻllar tasirida qoldim. Dimogʻimga urilgan tanish atir hididan allaqachon u inson kimligini angladim, lekin ortga oʻgirilmadim. Jungkookning metindek qoʻllari belimni sekin boʻshatgancha biroz shishgan qornimni silay boshlaydi, gʻalati, birdan qornimda yengil qimirlash sodir boʻldi. U juda sezgir, otasini taftini sezadi, uni his qiladi, bu ajoyib toʻgʻrimi? Ammo men bu bolani haligacha qabul qila olmadim, sababi esa nomalum. Vujudimda yana bir mitti yurakcha urardi, uni borligini bilgan kunim shokka tushganman, uni xohlamaganman, dunyoga keltirishni istamadim va hamon istamayman, balki u Jungkookdek qotilning bolasi bulgani uchun, kelajakda u kabi ulgʻaymasligiga kim kafolat bera oladi, yoʻq, agar farzandim ham u kabi boʻladigan boʻlsa men uni dunyoga keltirishdan bosh tortaman, ha ha oxirgacha oyoq tirab tura olaman. Toʻsatda Jungkookning qaynoq nafasini ochiq boʻynimda his qildim, hoʻl lablari terimga tegib meni sergaklantirdi. Sochlarimga yuzini koʻmib chuqur hidladi
~seni tez-tez koʻrgim kelib qolyapti shu kunlarda
~ketganingga 2 soat ham boʻlmagandi
Hamon orqa oʻgirgancha qoʻpollik bilan javob qaytardim
~seni iforingsiz aqildan ozayotganga oʻxshayman
Uning bagʻridan chiqib derazadan uzoqlashdim va yotoq tomon qadam bosdim, Jungkook derazani yopdi va egnidagi paltosini yechib yonimga keldi. Tortmadan bir nechta dori olib stakanga suv quydi va menga uzatdi
~vitaminlarni vaqtida qabul qilishing kerak
Men bir muddat men tomon uzatilgan doriga qarab qoldim va hafsala bilan ularni ichdim, Jungkook yonimga joylashdi. Yuzimga yaqin kelgancha barmoqlarini ohista harakatlantirib yuzimdan siladi, istamayman, menga teginishini istamayman, undan qay darajada nafratlanishimni tasavvur ham qila olmaydi. Har bir teginishidan jirkanaman, undan qanchalik oʻzimni olib qochishga harakat qilmay kuchli magnit singari men tomon intilaveradi. Yanogʻimdan oʻpich qoldirdi, iyagimdan sekin tutgancha yuzimni u tomon qarashga majbur qildi, uning tun kabi aora koʻzlariga boqar ekanman unga nisbatan hechqanday tuygʻuni his qilmayotganimni angladim. Barmogʻi lablarimga tegdi, uning yuziga termular ekanman hechqanday soʻzsiz men tomon yaqinlashdi va lablarimga labini bosmoqchi boʻldi, keskin harakat tufayli u toʻxtab qoldi, yuzimni yonga burib oldim. Uning jahldan tez-tez olayotgan nafasi qulogʻimni kuydiray derdi, koʻzlarimni maxkam yumib oldim, qoʻllarim choyshabni siqimlab oldi, Jungkook boʻynim ortidan kuch bilan ushladi
~hamon mendan oʻzingni olib qochyabsan Semi, haliyam menga imkon bermayabsan
Vishillagan ovozi butun tanam boʻylab titrash paydo qildi
~sen bunga arzimaysan Jungkook, sendan nafratlanaman
Jungkook bir muddat jim qoldi, boʻynimdan tutgan qoʻli sekin boʻshashdi
~oʻshani debmi? Haliyam oʻsha itvachchani deb mendan qochyabsan, shundaymi?
Men jim edim, gapira olmadim,

Koʻzlarim yoshga toʻldi, nafasim siqildi, uning birgina gapi meni yakson qildi. Jungkook keskin oʻrnidan turdi va tumba ustida turgan narsalarni uloqtirib yubordi, oʻrnimdan sapchib turib ketdim. Tanam titragancha unga boqdim, koʻzlari qizardi, nafas olishi notekis, boʻynidagi tomirlari koʻzga tashlanadigan darajada boʻrtib chiqqan edi
~oradan shuncha vaqt oʻtdi, jin ursin, 4 oy oʻtdi Semi
Jungkook yonimga shiddat bilan keldi, iyagimdan siqib devorga tanamni mixladi
~meni aqildan ozdirma iltimos, senga azob bermay deganim sari meni quyishqondan chiqishga majbur qilyabsan
Jungkook tishlari orasida zoʻrga vishillagancha peshonamga peshonasini bosdi
~bolamiz haqqi, unga zarar yetkazgim yoʻq
Iyagimdan tutgan qoʻllarini zarb bilan olib tashladim, koʻzlarimdagi yosh yanoqlarim boʻylab oqdi
~jonimga tegding, seni koʻrishni istamayman, ovozingni eshtishni xohlamayman, nega oʻlib ketaqolmaysan, nega sendaylarni yer yutmaydi, sen ham bolang ham hayotdan toʻydirdinggiz. Axvolimga boq, meni qay koʻyga solding, xursandmisan, majburlikdan nafas olayotganimdan xursandmisan. Eslaysanmi menga oldin nima derding, koʻzingdan tomchi yosh oqishiga yoʻl qoʻymayman deganding, ammo koʻz yoshlarim daryo boʻlib oqmoqda, sen tufayli. Dunyodagi eng baxtli inson boʻlasan deganding, qara judayam baxtsizman, eng baxtsiz inson emanman. Nega menga erkinlik yoʻq Jungkook, nega men baxtsiz boʻlishim kerak
Semining baqirib yigʻlashidan va uning ogʻzidan chiqqan gaplar Jungkookni harakatsiz holga solib qoʻydi, lablari titrab qiz tomon bir qadam yurdi
~men bilan boʻlsang baxtli boʻlasan deb oʻylagandim, sen men tomon qadam bos iltimos, farzandimiz uchun
~oʻlib ket, bolang ham sen ham oʻlib ketlaring. Imkon boʻlishi bilan uni shu qornimdan sugʻurib olaman
Gʻazabdan nima deyotganini anglamagan Semi sochlarini changgallab baqirdi, Jungkook esa uning bu gapidan gʻazab otiga mindi
~zinhor, eshityabsanmi agar bolamizga nimadir qiladigan boʻlsang senga shunday azob berayki umring davomidan kormagan azobni korasan, balki his qilasan
Jungkook qizning boʻynidan bugʻib tanasini devorga tiradi va qizning qulogʻi tagida vishilladi
~bolamizga? U seniki, meniki emas. Iflos qoningdan boʻlgan bu bolani hechqachon tan olmayman
Jungkook lab chetida biroz tabassum qilgancha qizning qorniga kaftini bosdi
~bolajonim kechir, senga ozor berishni istamayman, lekin onangga biroz tarbiya berishimga toʻgʻri keladi
Qizni egnidagi koʻylakning bogʻichini bir urinishda yechdi va koylak qizning tanasi boʻylab yerga sirgʻalib tushdi, qarshisidagi oppoq tana va biroz shishgan qoringa ega boʻlgan qizni avaylab koʻtargan Jungkook uni yotoqqa qulatdi. Qoʻpol harakat oqibatida ingrab yuborgan Semining boshida kuchli ogʻriq paydo boʻldi, ochiq yelkasiga botirilgan tish esa butun tanasi boʻylab ogʻriqni xosil qildi. Kichik qoʻllari bilan ustida harakatlanayotgan yigitni itarishga harakat qilar ekan soʻnggi koʻrgan manzarasi Jungkook vahimali yuzi boʻldi

Flashback End

Kechagi xotiralari hayolidan oʻtar ekan qoʻllarini sekin koʻtarib urnidan turishga harakat qildi, ammo bosh aylanishi tufayli qayta yotoqqa quladi. Toʻsatdan eshik ochilib shifokor kirib keldi, yurak urishini koʻrsatuvchi apparat yoniga kelib nimalarnidir tekshirdi
~axvolinggiz yaxshimi? Oʻzinggizni qanday xis qilyabsiz Semi?
~men...boshim biroz aylanyapti
~bu tabiiy hol, uzoq vaqtdan buyon dorilaringgizni qabul qilmagansiz
~ha, haligi....men
~sizda allaqachon saratonning ikkinchi bosqichi xonim, ustiga-ustak xomiladorsiz. Ochiq qilib aytadigan boʻlsam sizga farzand tugʻish mumkin emas
~ya'ni....
~yoki siz yoki bolanggiz? Bu qiyin tanlovligini bilaman, lekin saraton kasalligi vaqtida farzandni dunyoga keltirish bu biroz mushkul, natija 50/50. Biz yakuniga kafolat bera olmaymiz xonim
Semi bir muddat jim qoldi, shifokorning gaplari qulogʻi ostida takrorlana boshladi, u chiqib boʻlmas tubsizlikka qulagandek boʻldi, nafasi tomogʻiga tiqiladi
~tashqaridagi turmush oʻrtogʻinggizmi? U bilan maslaxat qilasizmi?
~yoʻq, hechqanday maslaxat yoʻq. Farzandimni saqlab qoling
~ishonchinggiz komilmi? Bu sizning qaroringgizmi?
~ha

Semi lablari titragancha javob berdi
~yaxshi, unda sizga kerakli dorilarni yozib beraman, farzandinggiz dunyoga kelguncha ularni ichib turasiz
~yaxshi
Shifokor chiqib ketgach koʻzlaridan yosh oqa boshladi
~yana bir taqdirning xavfli oʻyinimi bu? Ortiq hayotga boʻlgan qiziqishim qolmadi, shunchaki koʻzlarimni yumib sokinlikdan baxra olgim kelyapti. Bu hayot meni borimdan ayirdi, oilam, doʻstlarim, sevgan insonimdan. Taehyung, biz birga boʻla olmagan boʻlsakda keyingi hayotimda seni albatta qidirib topishga va'da beraman, sen ham meni izlab top maylimi
Semi koʻzlarini yumdi, qoʻlini qorniga bosib mayin siladi
~men bu hayotdan rushnolik koʻrmadim, lekin sen albatta yashaysan bolajonim
Eshik sekin ochilib ichkariga Jungkook kirib keldi, koʻzlari mayus, aybdorona qiyofada edi, Semini yonidagi stulni ortga tortib joylashdi
~men.....meni kechir, kecha biroz qoʻpollik qildim, juda xijolatdaman, senga va bolamizga zarar berishni istamagandim Semi
Jungkook boshini yerga egib gapirar ekan qoʻllaridan tutgan kichik qoʻlga qaradi
~hechqisi yoʻq Jungkook
~r..rostanmi? Mendan xafasan deb oʻylagandim
~xafaman, lekin bunda meni ham aybir yetarlicha
Jungkook mayin tabassum qilgancha qizning peshonasiga lablarini bosdi
~seni sevaman
~uyga ketaylik Jungkook
~yaxshi, men shifokor bilan gaplashib kelaman, sen biroz dam ol
Jungkook xonadan chiqib ketdi, Semining koʻzlari hamon u chiqib ketgan eshik tomonda edi

5 Oydan Soʻng
Oradan vaqt tezlikda oʻtar ekan borgan sari Semining axvoli ogʻirlashib borardi, xomiladorlik unga yomon tasir qildi. Lekin u Jungkookka buni sezdirmaslikka harakat qilardi, Jungkook tun-u kun uni yonida boʻldi, unga gʻamxoʻrlik qildi. U bilardi, xomiladorlikning soʻnggi kunlari qiyin kechishini bilardi, shu sababli Semidan bir soniyaga ham ayrilmadi. Ishga ham bir haftada bir martta boradigan boʻldi.
~xomiladorlikning soʻnggi oyi, nihoyat shu kunga ham yetib keldik. Vaqt suv kabi oqib ketgandek edi, tanamdagi xolsizlik meni qiynamoqda. Yotoqdan sekin qoʻzgʻalib xonadan chiqdim, zinalardan tushar ekan toʻsatdan qornimda paydo boʻlgan ogʻriqdan baqirib yubordim. Oshxonadan yugurib chiqqan Jungkook meni koʻrishi bilan yonimga yugurib keldi
~hoh, hoy, Semi nima boʻlyapti?
~Jungkook, boshlandi, ogʻriyapti Jungkook
~hali erta ediku jin ursin
Jungkook Semini koʻtarib hovliga yugurib chiqdi, uni koʻrgan qo'riqchilar shoshib mashina eshigini ochdi. Qizni sekinlik bilan orqa oʻrindiqqa joylashtirib katta tezlikda shifoxonaga qarab yoʻl oldi

Oradan bir soat vaqt oʻtar ekan Jungkook shifoxona kalidorida asabiy uyoqdan-buyoqqa yurardi, har zamonda Semining baqirgan ovozi qulogʻiga chalinardi. Yoʻlak boshida yugurib kelayotgan Suga va Jisoo Jungkookni koʻrishi bilan u tomon oshiqdi
~u qani,axvoli yaxshimi?
Jisoo notekis nafas olgancha Jungkookka gapirdi
~u haliyam ichkarida, hechkim chiqmayaoti, xabar bermayapti jin ursin
~oʻzingni bos Jungkook, hozir chiqib qoladi
Suga Jungkookni tinchlantirish uchun uni oʻrindiq tomon yetakladi. Yana 20 daqiqa vaqt oʻtgach ulkan shishali eshik ochilib ichkaridan shifokorlar niqobini yechgancha chiqib keldi, ularni koʻrgan Jungkook oʻrnidan sakrab turdi
~tabriklayman janob, shiringina qizaloq dunyoga keldi
Jungkook shifokorning gapini eshitishi bilan yigʻlab yubordi
~Semi, uni koʻrsam boʻladimi
Jungkookning bu gapidan soʻng shifokorlar bir-birga qaradi
~xotininggiz ogʻriqni koʻtara olmadi, sizga sabr tilaymiz janob
Tamom, shifokorning ogʻzidan chiqqan bu gap Jungkookni shokka tushirdi, nafaqat uni balki Jisoo va Sugani ham. Jisoo bu gapni eshtishi bilan qoʻllari bilan ogʻzini yopib oldi va devorga suyangancha yerga sirgʻaldi, Jungkookning koʻzlari toshga toʻldi, qulogʻi tagida shifokorning gapi hamon jaranglaydi, nima deganini anglamaydi
~hooy, siz nima deyabsiz? Hazil qilmang men bilan
~janob, bardam boʻling, biz qoʻlimizdan kelganini qildik
~axmoq, oʻchir ovozingni, qoʻlingdan kelgani shumi seni?
Jungkook tok urgandek oʻziga keldi va shifokorni yoqasidan ushlagancha uni siltadi
~qaytar, uni menga qaytar, sen oʻldirgansan uni
~Jungkook, oʻzingni bos
Suga uni ortidan ushlab tortdi

~oʻldiraman seni, qoʻyib yubor meni, menga Semini topib ber, lanati, uni menga qaytar
Suga Jungkookni shifokordan ajratib oldi
~xonim saraton kasalligiga chalingan edi, men aytgandim, bu xavfli debandim, oʻzlari farzandini tanladi, bizda buni tasdiqlagan imzosi ham bor
~sen nima deyabsan? Qanaqa saraton? Qanaqa imzo?
Birdan orqadagi xona eshigi ochilib zambilda Semining jonsiz tanasini olib chiqa boshladi, ustiga yopilgan oq mato tagidan koʻrinib turgan qoʻlini koʻrgan Jisooning yuragi toʻxtab qoldi, Jungkookning nafas olishi tezlashib ketdi, oʻpkasi toʻlib baqirib yigʻlab yubordi. Hamshiralar zambilni olib ketar ekan Jisoo ularni ortidan yugurdi
~iltimos uni olib ketmang, yolvoraman uni qaytarib bering
Jisoo yugurish mobaynida yerga yiqildi, yoʻlak boʻylab baqirgancha qolib ketdi. Jungkook hamon oʻsha xolatda jim edi, soʻzsiz koʻzlaridagi yosh yanogʻini yuvadi, hamon buni qabul qila olmaydi, u ishonmaydi, butun boshli bir xayotiga aylangan insoni ortiq bu hayotda emasligiga ishonolmaydi. Qoʻllari titraydi, baqirmoqchi boʻladi ammo tomogʻidan hechqanday tovush chiqmaydi. Oyoqlari qaltirab yerga yiqiladi, hamon qarshisidagi xonadan nigohlari uzilmaydi. Oʻsha tun, yoʻlakda arosatda qolib ketgan Suga, harakatsiz qolgan Jungkook va yigʻlashdan toʻxtamayotgan Jisoo uchun ogʻir kechdi

Keyingi kun
Qabriston hovlisida yomgʻir tagida turgan Jungkook qarshisida turgan qabrga termulgancha achchiq koʻzyoshkar toʻkardi, sskin yerga egilib qoʻllari bilan tuproni silay boshladi
~sen yolgʻonchisan, sen faqat oʻzingni oʻylaysan, menga aytishing kerak edi, men seni davolardim, qoʻlimdan kelganini qilardim. Sen meni oʻylamading, bizni oʻylamading, xoʻsh endi tinch yotibsanmi, koʻngling xotirjammi, hammani yigʻlatib baxra olyabsanmi?
Jungkookning oʻpkasi toʻlib yigʻlaydi, qoʻllari ostidagi tuproqni qattiq siqimlaydi
~seni umrimni oxirgacha sevaman sevgilim
Jungkookning oxirgi gapi shu boʻldi va ortiq chiday olmasligini anglagach oʻrnidan turdi, uni ortida kuzatib turgan Suga va Jisooga koʻzi tushdi va hechqanday soʻz demasdan qabristondan chiqib ketdi. Mashinasiga minib qoʻrgʻon tomon haydadi, uyga kirib kelar ekan zina boʻylab ikkinchi qavatga koʻtarildi, oʻziga tanish xona yoniga kelgach sekin eshik tutqichini pastga buradi, xona eshigi ochilishi bilan ichkaridan taralgan ifor Jungkookning dimogʻiga urildi, xonaga sekin koʻz tashladi, yotoq ustida turgan Semining kiyimiga koʻzi tushdi, kiyimni olib xidlar ekan hamon qizning ifori unda mujassam edi. Jungkook sekin oʻrnidan turib xonaga oxirgi bor koʻz tashladi va qarama-qarshi xonaga kirdi. Kichik kravatchada uxlab yotgan qizini koʻrishi bilan u tomon oshiqdi
~bu hayotda meni ushlab turgan yagona suyanchigʻim, Semidan qolgan yagona yodgorligim
Jungkook chaqaloqni bagʻriga koʻtarib xonadan chiqdi
~endi bu uy sensiz menga zulmat sevgilim....

5 Yildan soʻng

~ha keldim, lekin sen qayerdasan?
Aeroport maydonida bir soatdan buyon bir insonni kutib turgan yigit telefonda gaplashgancha ketar ekan toʻsatdan unga urilib ketgan kichik qizaloqqa koʻzi tushdi. Qizaloqning qoʻlidagi konfetlari yerga sachrab ketar ekan yigit egilib unga yordamlashdi
~meni kechir qizaloq, senga zarar yetmadimi?
~hechqisi yoʻq, men yaxshiman
~xoʻsh shuncha konfetkarni yeganingni oying koʻrsa urushmaydimi?
~urushmaydi, chunki meni oyim yoʻq, bularni dadam olib berdi
Qizchaning javobidan biroz bexuzur boʻlgan yigit jim qoldi
~isming nima?
~meni ismim Semi
Qizcha ismini aytishi bilan uzoqda koʻrgan dadasini yoniga yugurib ketib qoldi, uni ortidan hayrat nigoh bilan qarab qolgan yigit birdan xotiralar girdobiga shoʻngʻidi, lablari orasida faqat birgina ismni takrorladi
~Semi...

Jimin bir muddat shokka tushib qoldi, tezlik bilan oʻrnidan turib qizcha yugurib ketgan tarafga qaradi va uni koʻtarib olgan Jungkookka tushdi va hayolida qizchaning gaplari aylana boshladi " meni oyim yoʻq"
~Semi
Jimin takror yana shu ismni tilga oldi, koʻzlari yoshlandi, joyida qotib qoldi, uzoqdan Jungkook va uning kichik qizalogʻini kuzatib turdi, toki ular kozdan gʻoyib boʻlmaguncha
~Dada, nega Parijga uchib ketyabmiz?
Samalyotda oʻz oʻrindigʻiga joylashgan kichik Semi dadasiga savol berdi
~chunki oying Parijga borishni orzu qilgan edi
~qoyil, siz haliyam oyimni sogʻinasizmi?
Qizining savolidan qotib qolgan Jungkook jim qoldi va sekin javob berdi
~sogʻinmagan kunim yoʻq aslida
~nimadir dedinggizmi?
~yoʻq, haligi qorning ochdimi?
....

Germaniya - Berlin
Qabristonning temir darvozasi sekin ochilib ichkariga baland boʻyli yigit qoʻlida bir dasta oq moychechak bilan kirib keldi va qabirlar orasidan yurib borar ekan oʻziga tanish boʻlgan ismga koʻzi tushdi va qarshisiga turdi, oyogʻini sekin egib yerga oʻtirar ekan gullarni qabr yoniga sekin qoʻydi
~salom sevgilim, men yana keldim. Axvoling yaxshimi? Sovuq emasmi? Bilasanmi kecha seni tushimda koʻrdim, shuncha yil oʻtgach seni qayta koʻrish maroqli, qoʻllarimdan tutgancha meni bir goʻzal yorugʻlik tomon yetaklarding, vanihoyat biz birgamiz deya qulogʻimga shivirlading, bu haqiqat boʻlishi mumkinmi? Biz koʻrisha olamizmi? Iforingdan qayta bahramand boʻla olamanmi? Mayin sochlaringdan silay olamanmi? Meni oshiq qilgan koʻzlaringga qayta termula olamanmi? Aslida bu onlarni juda qumsayman, sen bilan otkazgan vaqtlarim shirin xotiraga aylanib miyyamning bir chetiga muxrlanib qolgan, istasamda unutolmaydigan boʻlib. Qizingdan xavotir olma, Jungkook unga yaxshi qarayapti, aslida u eng yaxshi va mexribon ota, qizingni koʻrsam doim seni koʻrgandek boʻlaman, u xuddi oʻzing, koʻzlari, sochlari, tabassumi. Nima boʻlganda ham Jungkook u uchun nima kerak boʻlsa barchasini qilyapti, xavotirga oʻrin yoʻq sevgilim. Hey zerikib qolmadingmi?, bugun koʻp gapirib yubordimmi? Yaxshisi endi men ham ketaqolay, yaxshi qol Semi, uchrashuvimizni intiqlik bilan kutaman...
Taehyung oʻrnidan turib soʻnggi bor qabrga qaraydi va yoʻlak boʻylab yurib qabristondan chiqib ketadi. Mashinasida dengiz boʻylab ketar ekan bir muddat dengiz havosidan baxramand boʻlishni xohlaydi va ulkan tepalik yonida mashinani toʻxtatadi. Bugun havo biroz sovuq va shamolli boʻlgani uchun dengiz ham unga monand mavjlanib oqmoqda edi. Taehyung tepalikdan dengizni kuzatadi, pastdagi ulkan qirrali qoyatoshlarga shiddat bilan urilayotgan suvga tikiladi va oʻpkasi toʻlib nafas oladi
~dengizga oshiq eding, uni kuzatishni yoqtirar eding...
Bir muddat xotira kasetasi aylana boshlaydi va Semi bilan birga dengiz boʻyida qilgan sayrlariyu suxbatlarining barchasi jonlanadi, lablarida tabassum paydo boʻladi
~shu dengiz tubidan meni topa olasanmi?
Taehyung gaplarini tugatgach sekin osmonga qaraydi, shamol kuchi uni sekin oldinga yetaklaydi, bu oqimga qarshi turishni xohlamaydi va harakatlanadi. Koʻzlarini qattiq yumadi, koʻz oldida birdan semining yuzi paydo boʻladi va Taehyungni qoʻlidan tutib oldingga yetaklaydi. Taehyungni qulogʻi ostida qizning mayin kulgusi jaranglaydi, qiz kabi u ham yuguradi va dengiz qariga gʻarq boʻladi...

Xoʻsh, ayni damda fanficimga ham soʻnggi nuqtani qoʻydim, bu juda ogʻriqli...goʻyo hayotimdagi eng muhim narsamdan ayrilib qolgandekman. Bu mening ilk tugatilgan fanficim, men uchun unutilmas xotiralar bagʻishlagan fanfic manashu, undagi har bir personaj men uchun qadrli, sevimli. Umid qilamanki ular sizlar uchun ham unutilmas xotira yarata oldi. Fanfic davomida xato va kamchiliklar boʻlgan boʻlsa sizlardan uzuq soʻrayman, boshidan to bugungacha men bilan boʻlgan girls, sizlarga ham alohida raxmat aytaman, fikrilarni bildirib meni qoʻllab-quvvatlaganinggiz uchun minnatdorman. Oʻylaymanki bu fanfic ham sevimlilaringgiz qatoridan joy oladi va uzoq vaqt xotiranggizga muxrlanadi. Balki bu mening birinchi va soʻnggi Glamour oilasida yozilgan fanficim ham boʻlishi mumkin, sizlar bilan qayta korishamizmi yoʻqmi bu hoxircha noma'lum. Barchanggizga tashakkur, THE END

𝑺𝒆𝒎𝒊 𝑪𝒂𝒓𝒆𝒍𝒊𝒂 || @glamour_fanfic