Stay with me / Ep-15
~zulmat uning nafasida yashardi, u esa har nafasida oʻzini yoʻqotardi
~axmoqlar, landovurlar, bir ishni ham eplolmaysizlar
Katta xona boʻylab erkakning ovozi yangradi, kresloda oʻtirgancha asabiylashar ekan uning qarshisida bosh egib turgan qoʻriqchilar titragancha yerdan koʻzlarini uzmasdi. Hozirgi xolatda hechbiri bosh kotarib bir soʻz aytishga jurat qilolmas edilar.
~Mikel, Leon, qanday qilib uni qochirib yubordinggiz? Sizlarga bir ishni ishonib ham boʻlmay qolipti, qoʻlinggizdan bir ish keladimi oʻzi?
~janob Bernard, iltimos kechiring, xato qildik. Keyingi safar umuman xatoga yoʻl qoʻymaymiz
Erkak Leonning gapini eshitishi bilan baland ovozda qah-qah otgancha kulib yubordi. Bu kulgu yaxshilik alomati emasligini tushungan Leon bilan Mikel bir-biriga qaragancha nima qilishini bilmasdi.
~Leon, Mikel, qachondan buyon hizmatimdasiz? Xoʻsh?
~2 yil janob
~naxotki 2 yil ichida tajribaga ega boʻlmadinggiz?
Bernard oʻtirgan joyida kostyumining orqasidan toʻpponchasini chiqargancha ularning koʻz oldida oʻynay boshladi, choʻntagidan salfetka olib qurolni arta boshladi. Buni koʻrgan Leon va Mikelning koʻzlari kosasidan chiqib ketay derdi
~bizda keyingi safar degan gap yoʻq doʻstlarim, yo aytilgan vazifani bajarasan yoki.....
Bernard tabassum qildi, oddiy tabassum emas xuddi yomon niyatni koʻzlagan inson kabi yoqimsiz tabassum edi bu. Koʻz-ochib yumguncha qarshisidagi Leon va Mikelni miyyasiga oʻq joyladi, yerga ularning jonsiz tanasi yiqilar ekan ularning ortida daxshatdan yuzi oqarib ketgan bir nechta yigitlar ham turardi. Bernard yuziga sachragan qonni qoʻli yordamida artib toʻpponchani qayta choʻntagiga soldi va sekin oʻrnidan turdi. Yerdagi jonsiz tanalarni chetlab oʻtib eshik tomon yoʻnaldi
~bu sizlarga dars boʻlsin, yo sadoqat yo oʻlim
Gapi tugashi bilan uydan chiqdi, uni koʻrgan mashina oldidagi yigit boshini eggancha mashina eshigini ochdi, Bernard mashinaga joylashishi bilan tanasini oʻrindiqqa tashladi va koʻzlarini yumdi
~Kan, menga Jungkook kerak, tezroq u bilan bogʻlan. Shu hafta ortga qaytsin, jin ursin, anavi Kimni ogʻli qachon qoʻshilarkan?
~janob Kimdan soʻradim, yaqin orada siz bilan uchrashgani kelar emish. Haligi janob...
~nima?
~Jungkook Davidni oʻlimidan soʻng bu oʻyindan chiqaman degandi, siz nima deysiz bunga?
~qachonki men ruxsat bersamgina chiqadi, oʻzboshimchalik bilan oʻz boshini yeydi. Jungkookdek kuchli va hechnarsadan qaytmaydigan odam menga kerak, u bilan hali ishim tugamadi
~uni koʻndirish menimcha qiyin boʻladi
~menga qarshi chiqa oladi deb oʻylaysanmi? Unga bu kuch-qudratni bergan insonga qarshi chiqadimi? Uni shu darajaga olib kelgan menman, uni pul, uy, ovqat bilan ta'minlagan men edim. Otasi oyogʻim ostiga uloqtirganda bir axvolda edi, xoʻsh, hozirchi? Undan zoʻri yoʻq, uni ismini eshitishi bilan dushmanlari bekinishga joy izlab qolishadi. Xoʻsh bu kimning sharofati bilan? Albatt meni, shuning uchun ham u men nima desam shuni qiladi
~shifoxonadan kerakli muolajalarni olib qaytar ekanman yelkamdagi kichik sumkamni olib telefonimni qidira boshladim va ekranga qarashim bilan xushim uchib ketdi. 43 ta chaqiruv, 56 ta koʻrilmagan xabarkar, bu Taehyung edi. Koʻzlarimga ishonmasdan yaqinroqdan qaradim, nima u telbami? Yoki nimadir boʻldimi? Xavotirlangancha piyodalar oʻtish joyida turar ekanman koʻzlarim yerdan uzilmasdi, zayollarim chalkash edi. Svetoforning yashil chirogʻi yonishi bilan oldinga qarab xarakatlanmoqchi boʻldim, ammo qarshimda men tomon vajohat bilan kelayotgan insonni koʻrishim bilan oyoqlarim harakatsiz qoldi, huddi yerga yopishib qolgandek edim. Uzoqdan katta qadamlar bilan kelar ekan yuziga tushgan uzun sochlari shamolda yengil uchardi, koʻzlafi qizargan. Nimadan buncha jaxli chiqdi? Xali hamon qimirlamasdan turardim toki yonimga kelib gʻazab bilan bilagimdan tortib ortga sudramaguncha. Ogʻriqni sezib ingrab yubordim, shifoxonaning ortiga olib oʻtdi va devorga tanamni bosdi. Yana bir ogʻriq, koʻzlarimni ogʻriqdan asabiy yumdim. Qarshimdagi Taehyungga qarar ekanman bir soʻzsiz menga uzoq tikildi
~nima qilyabman deb oʻylayabsan? Aqildan ozdingmi?
~ha, aqildan ozdim jin ursin. Sen meni har doim aqildan ozdirasan
~men? Men nima qildim?
~oʻzingni goʻllikka solishni bas qil
~baqirma, nega menga baqirasan?
~Nega aytmading?
~nimani aytishim kerak? Odamga oʻxshab oʻzingni bosib olda gapir, hechbir gapingni va harakatingni tushunmayabman
~kasalligingni nega menga aytmading?
Tamom, men qotib qoldi. Lablarim yopishib qoldi, miyyam fikrlashdan toʻxtab qoldi, nafas olayotganimni sezmayabman, hechnimani anglamayabman. Faqatgina uning koʻzlariga tikilmoqdaman
~Semi, jim turma, yolgʻon de. Iltimos faqat bularning barchasi yolgʻon deb ayt
Qanday qilib yolgʻon deyman? Unga nima deyman?
~buni qayerdan bilding?
~nima? Bu haqiqatmi?
~kimdan eshitding? Qayerdan bilding?
Taehyungning koʻziga yosh toʻplanganini koʻrdim, u yigʻlayaptimi? Kim uchun? Nima uchun? Naxotki men uchun boʻlsa? Bu rostmi? Gʻalati tuygʻuni xis qildim, kimdir men uchun koʻz yosh toʻkyapti, qaygʻuryapti. Ortimdagi devorga zarb bilan bir musht tushirdi, qoʻrqib ketdim, koʻzlarimni yumib oldim
~sen, sen xudbinsan. Nega doim shunaqasan? Nega men bilan hechnimani boʻlishmaysan? Menga raxming kelmaydimi?
~aljirashni bas qil, sen kim boʻlibsanki sdnga aytsam
~men senga kimman? Hayotingda kimman men? Shuncha ishdan keyin ham bizni begona deya olasanmi?
~ha, biz begonamiz. Shunchaki sendan foydalanayotganimni sezmayabsan. Koʻzingni och, kecha ham undan oldin ham foydalangandim. Bularni boshqacha tushunishga urinma, aslo
~Semi, hozirgi gaplaring meni xafa qilyapti, naxotki sezmayabsan?
Semi bir muddat jim turdi va ortiga qayrilib ketdi. Bir qadam tashlashi bilan qoʻlidan tortga qoʻllar sabab qayta joyiga kelib qoldi.
~mayli meni begona de, mayli mendan foydalan, mayli meni sevma. Lekin men sen uchun hammasiga tayyorman. Qani yur Seouldagi eng zoʻr shifoxonaga boramiz, seni oʻzim davolataman
~hozir qayerdamiz deb oʻylaysan?
~boʻlmaydi, otamni tanishlari koʻp, kerak boʻlsa chetga ham olib boraman
~tinch qoʻy, kerak emas. Men uchun qaygʻurishinggizni istamayman. Shunchaki meni tinch qoʻying, men qaror qabul qilib boʻldim. Shuyerda davolanyabman. Men...
Gaplarim yakunlanmasdan lablarimga tekkan qaynoq taftdan jim boʻlib qoldim, hardoimgidek es-xushimdan ayiradigan oʻsha extirosli boʻsa. Men doim u teginishi bilan oʻz xissiyotlarimga yengilaman, tanam oʻzimga boʻysunmaydi, bor kuchim bilan unga qarshi chiqishga harakat qilaman, ammo barchasi foydasiz. Bu qiyin, uning teginishlari, boʻsalari, issiq taftiga qarshi chiqishim qiyin. Nafas ololmasdan uni oʻzimdan itarishga harakat qildim, bir qadam ortga tisarildi. Chuqur chuqur nafas oldim, lablarimni qoʻlim bilan asabiy artdim. Lekin kutilmaganda ikkinchi bor labimga yopishgan yigitni taftini xis etdim, bu safar boshqacha, kuchsiz, qoʻpol harakatlarsiz, shunchaki labim ustida lablari harakatsiz edi. Erib ketdim, bu harakatidan va yuzimga urilayotgan nafasidan erib ketdim. Yuzimdan tutgan qoʻllari shu qadar qaynoq ediki butun tanamni kuydirardi.
Sekin lablarini qimirlatdi, avval pastki keyin esa yuqori labimni soʻrgancha extiyotkorlik bilan harakat qilardi. Va nixoyat men hislarimga yengildim va javob qaytara boshladim. Deyarli 10 daqiqa davom etgan boʻsani uzgan Taehyung mendan uzoqlashmasdan peshonasini peshonamga bosdi, qollari sekin pastlashib belimdan tutdi, bir qoʻli bilan kalta maykamning ichika kirib borar ekan ikkinchi qoʻli belimdan oʻraldi. Tanamda qoʻli sayr qilishni boshlar ekan titrashni xis qildim, qoʻli tobora yuqoriga koʻtarilib koʻkragimga kelganda maxkam qisildi. Ingrab yubordim, aqildan ozib qolsam kerak, tez-tez nafas olgancha koʻzlarimni ochdim, atrofga qarar ekanman tanamni kezayotgan qoʻlini tortib oldim.
~bu tana meni xohlaydi, teginishlarimni istaydi, lekin sen buni inkor etyabsan. Nima qilsang ham nima desang ham meni oʻzingdan itara olmaysan
Taehyungni itargancha uning koʻzlariga soʻnggi bor qarab tark etdim. Tez-tez yurar ekanman yoʻldan taksi toʻxtatib oʻtirdim. Oʻzimni goʻyiki foxishadek xis qilyabman, nega unga kelganda barchasi imkonsiz? Nega uning teginishlariga qarshi chiqa olmayman? Jin ursin
Taehyung hali ham oʻsha joyda turar ekan telefoniga kelgan xabardan sergaklandi va ekranga qaradi. Noma'lum raqamdan kelgan xabarni ochar ekan unda bir manzil bor edi va pastiga Chon deya yozilgandi. Taehyung xabarni oqishi bilan labi chetida tabassum qildi
~vanihoyat oʻyin boshlandi Jeon Jungkook
...
Kech tushishi bilan Seoul shahri boʻylab yorqin chiroqlar nur tarata boshladi. Seoul markazida joylashgan ulkan besh yulduzli mexmonxona qarshisiga kelib toʻxtagan qora rangli BMWdan Taehyung tushishi bilan qoʻriqchi kelib kalitni oldi va mashinani haydab ketdi. Yuqoridagi mexmonxona yozuviga qaragan Taehyungning yuzi burishdi
~boyligingni maqtanmoqchi boʻlibsanda?
Ulkan oynali eshikdan kirishi bilan bir yigit uning yolini toʻsdi
~Kim Taehyung?
~ha menman
~men bilan yuring, janob Chon sizni kutyapti
Taehyung uning ortidan ergashdi, liftga chiqib 15-tugmachani bosdi, kerakli qavatga yetgach yoʻlak boʻylab yurdi va 105-xona yoniga kelganda yigit eshik qoʻngʻirogʻini chaldi va Taehyungga bosh eggancha uyerdan gʻoyib boʻldi. Eshik ochilishi bilan ichkaridan chiqqan yarim-yalongʻoch qiz koʻrindi, Taehyung hayron ifoda bilan qizni boshdan oyoq koʻzi bilan skayner qildi
~marxamat janob
Qiz yoʻl boʻshatgancha chetga oʻtdi, xonaga kirgan Taehyung toʻgʻri mexmonxonaga qarab yurdi, kresloda vino uchib oʻtirgan Jungkookka koʻzi tushdi. Jungkook qoʻlidagi stakanni stolga qoʻyib tabassum qildi
~ochigʻi kelmaysan deb oʻylagandim
~sen taklif qilasanu men kelmaymanmi?
~xursand qilding Kim Taehyung, qani kel oʻtir. Mariya mexmonimiz uchun stakan olib kel
Mariya qoʻlida stakan koʻtargancha jeldi va stolga qoʻydi, Jungkookning qulogʻiga egilib pichirladi, uning gapidan Jungkook biroz tabassum qildi va oʻrnidan turdi, Mariyani kuzatib oʻz oʻrniga qaytdi
~xoʻsh, qayerda toʻxtagan edik?
Jungkook Taehyungni stakaniga vinodan solib u tomon uzatdi
~nega toʻsatdan men bilan koʻrishmoqchi boʻlding?
~sen bilan yaqindan tanishishni xohladim, bu yomonmi?
~mayli, men haqimda nimani bilishni xohlaysan?
~xoʻsh, qanday qilib BAW ( Bernard Anderson Walker) tashkilotiga qoʻshilib qolganingdan boshlarmiz balki?
Jungkook bir qoshini yuqoriga koʻtargancha ichimligidan xoʻpladi, Taehyung uning gapjdan boshida hayratlandi, keyin esa yerga qarab sekin tabassum qildi
~demak bilibsanda? Sendan hechnimani yashirib boʻlmaydi
~olqishlar kerak emas, qani gapir
~men bu tashkilotda 5 yildan beri borman, ammo haligacha oʻzimni koʻrsatmadim. Chunki oʻzimga hozircha dushman orttirish niyatim yoʻq
~lekin orttirding?
~ha, birinchi dushmani sen boʻlding. Ochigʻi sen haqingda otam aytdi
~Hanbin bilan yaxshi xotiralarimiz yoʻq, meni qoʻldan kelgancha yomonlagandir
~yana nimani bilishni xohlaysan Jungkook? Yoki Chon deymi?
~ogʻzingga qaysi qulay boʻlsa oʻsha
~Nega ismingni oʻzgartirding?
~yangi hayot, yangi yuksalishlar va yangi ism deya qolaylik
~yaxshi, endi maqsadag oʻt
~Semi bilan qachondan beri birgasan?
~bu senga qiziqmi?
~qiziq boʻlmaganda soʻrarmidim?
~5 oy
~bilasanmi, uni tark etganimda rosa xavotirlandim, u mensiz nima qiladi, qanday hayot kechiradi? Balki boshqasi bilan ovunib ketar deb kop oʻyladim, lekin kuch-qudratga ega boʻlgach bu xayollar meni tark etdi va uzoqdan boʻlsa ham uni ximoya qildim. Har bir qadamida soya deb ergashdim, kim unga qoʻpollik qilsa kiprik qoqmay yoʻq qildim. Lekin negadir bu safar uning oʻzi sen tomon qadam tashladi, bundan hayratlandim, chunki shuncha vaqt davomida hechkimga yaqinlashmagan sevgilim toʻsatdan seni bagʻringga kirib oldi. Bu meni gʻazablantirdi ochigʻi, gʻazabimga yengilmadim. Lekin endi uni qaytarib olishni bor vujudim bilan xohlayabman, avvalgidek uni quchogʻimda koʻrishni, iforidan toʻyib xidlashni istayabman. Ammo yoʻlimga kimdir toʻgʻanoq boʻlyapti....
~bu ogohlantirishmi?
~miyyang qanday qabul qilishni xohlaydi Kim Taehyung?
~xom xayolga berilma, chuni oʻzing aytganingdek u men tomon qadam tashladi
~toʻgʻri, ammo endi men borman, meni chetga surib sen tomon boqa olmasligini ta'minlayman, undan uzoqlash, oxirida jabrkoʻrgan sen boʻlasan
~bu gaplaring bilan meni qoʻrqita olmaysan, shuncha vaqtdan keyin paydo boʻlib undan kechishimni aytyabsan, bu qanday axmoqona fikr?
~Kim bilan oʻynashyotganingni anglamayabsan, anglaganingda esa kech boʻladi. Seni ogohlantiryabman, uni yonida xira pashshadek aylanishni toʻxtat, yoʻqsa oʻzimga javob bera olmayman
~nima qilsang qil, undan voz kechmayamn, kerak boʻlsa kurashaman
~juda jasursan, taxsinga loyiq, lekin oʻta ketgan jasurlik bu yaxshilik keltirmaydi. Gaplarimni yaxshilab oʻyla va xulosa qil
~kuch-qudratingga ortiqcha ishonyabsan Chon, senda bor kuch menda ham borligini unutma. Kechmayman, kerak boʻlsa u uchun jon olib jon beraman
Jungkook bir muddat jim qoldi, koʻzlari qizara boshlaganidan anglash mumkinki uning jahli chiqmoqda, boʻyin va qoʻl tomirlari boʻrtib chiqa boshladi, asabiy peshonasini siladi
~yaxshi gapni tushunmaysan chogʻi?
~ha, axir qanday qilib shunday qizdan kecha olaman. Bir sirni aytaymi? U yotoqda biram extirosliki
Taehyung koʻzlarini yumgancha pastki labini tishlab tanasini ortga tashladi, ana endi oʻzini bosa olmagan Jungkook oʻrnidan sakrab turdi va Taehyungni yoqasiga yopishdi
~nima deyabsan lanati? Gapingni qaytar, unga tegdingmi?
~qoʻynimga kirganda oʻzimni boshqarishim qiyin boʻldi doʻstim
~seni oʻldiraman, nimtalab tashlayman seni
Jungkook qurolini chiqargancha peshonasiga tiradi, baland ovozda kulayotgan Taehyung hechnima qilmasdi
~qani oʻldir, nimani kutyabsan? Nima oʻldira olmaysanmi?
Jungkook shu darajada asabiylashardiki hozirni oʻzida ostidagi yigitni yuzini parchalashni istaydi, oltita oʻqni miyyasiga joylashni xohlaydi. Qolini koʻtargancha Taehyungni yuziga ketma-ket zarbalar bera boshladi. Birdan toʻxtab qoldi va qurolni xonani bir burchagiga uloqtirib yubordi
~oʻzing oʻlimingni soʻrab yolvorasan hali Kim Taehyung
Jungkook stolni tepib ogʻdargancha xonadan chiqib ketdi, eshik qarsillab yopilgach Taehyungni kulib turgan yuzi birdan jiddiylashdi. Sekin oʻrnidan turib egnidagi kiyimini toʻgʻirladi. Xona devoriga osilgan oyna yoniga kelib yuziga qaradi, burni va ogʻzi qon, labi cheti yirtilgan edi. Qoli bilan qonni artgancha aksiga tikildi. Gʻazabini nimadan olishni bilmay oynaga bir musht tushirdi, shu payt oyna ming boʻlakka boʻlinib yerga tushdi.
~seni ham oʻsha sevgiling Semini ham boshinggizga itni kunini solaman, hali oʻsha ohucha bilan ishim tugasin, navbat senga ham keladi Chon
Jungkook mexmonxonadan chiqib mashinasiga joylashdi va katta tezlik bilan koʻzi qonga toʻlgancha ketar edi. Mashinaning tezligi soniya sayin balandlashib borar ekan tekis va ravon yoʻlda yigit uchun bilinmasdi, fikr-u hayoli Taehyungni gaplarida edi. Buzuq kasetadek miyyasida aylanar ekan rulni qattiq siqqancha tezlikni yanada oshirdi. Telefon jiringlashi ham uni e'tiborini torta olmadi, svetoforning qizil chirogʻi yonishi uni axiyri toʻxtashiga sabab boʻldi. Telefonni qoʻliga olib ekranga qaradi, 5 martta oʻtkazib yuborilgan qoʻngʻiroqni koʻrib chuqur nafas oldi va mashinani yoʻlni chetiga toʻxtatdi. Oʻqilmagan xabarni ochib oʻqir ekan zarb bilan telefonni otib yubordi. Rulga kuchli zarbalar bergancha baqira boshladi, boshini sekin egib nafas olishini bir meyorga keltirishga urinardi. Tinchlanib olgach telefonni qayta qoʻliga olib kerakli raqamni terdi va xabar yoza boshladi. Mashinani qayta yurgizib harakatlana boshladi.
...
Bir axvolda uyga kirib kelgan oʻgʻlini koʻrgan Hanbin oʻrnidan sakrab turdi
~Taehyung, buni kim qildi? Nima axvol bu?
~shunchaki yoʻlda bezorilarga duch kelib qoldim dada, xavotirlanishga arzimaydi
~bu yengil jarohat emas oʻgʻlim, Lee xonim dori qutichasini olib keling
~dada, ertagacha tuzalib ketadi, vahima qilmasanggizchi
~yoʻq, qani buyerga kelchi
Hanbin Taehyungni qoʻlidan sudragancha devanga oʻtqizdi, Lee xonim kelib Taehyungni yaralariga malxam surib qoʻydi
~oʻgʻlim, ishlaring qalay? Hammasi joyidami?
~ha dada, hammasi reja boʻyicha ketyapti
~qiz nima boʻldi?
~qiz deyarli changalimda, bir urinish va tamom
~Bernard seni koʻrmoqchiligini aytdi
~biroz sabr qilsin, Semini bir yoqlik qilib olay, keyin u ishni hal qilaman
~qizni tezroq hal qilda imzosini ol, vaqtni choʻzma
~shunchasiga chidadik dada, yana ozgina sabr qilsak yetarli. Men narsalarimni olamanu ketaman
~shu yerda qolaver
~anavi tulki xotininggizga toqatim yoʻq, yoʻqligidan foydalanib qolishim kerak
~kimdir men haqimda gapiryaptimi?
Eshikdan kirib kelgan nozik tanaga ega boʻlgan oʻrta yoshli ayolni koʻrgan Taehyung asabiylashgancha zinadan yuqoriga koʻtarila boshladi
~senga ham hayrli kech oʻgʻilginam Taehyung
~daf boʻl yalmogʻiz
Taehyung pichirlagancha unga gapirmasdan koʻzdan gʻoyib boʻldi
~azizim, oʻgʻling biram tarbiyasizki
~bas qil, kayfiyatim yaxshi emas
Ayol erining ortiga oʻtib sekin yelkalarini uqalay boshladi
~kayfiyatingni oʻzim koʻtaraman sevgilim
Erini devanga yaxshilab joylashtirgan ayol yelkalarini mayin va nozik qoʻllari bilan uqalagancha harakat qilardi...
...
Semi darvozadan chiqar ekan mashinaga suyangancha uni Jungkook kutib turardi. Qizni koʻrishi bilan Jungkook u tomon ikki qadam bosdi
~ochigʻi Jungkook xabar yozganda hayratlandim, menda qanday gapi boʻlishi mumkin? U men tomon yaqinlashdi, qoʻllarimni choʻntagimga solgancha uning yuziga termuldim. Koʻzlariga termuldim, mayus va gʻamgin. Uni hechqachon bunaxvolda koʻrmaganman
~axvoling yaxshimi?
~koʻrib turganingdek Jungkook
~bilaman, haliyam mendan xafasan, oʻzingni olib qochyabsan, meni koʻrishni ham xohlamayabsan. Bu meni xafa qilyapti. Seni yoningga kelishdan oldin koʻp oʻyladim, u chiqadimi? Meni tinglaydimi? Menga ishonadimi? Shu savollar meni qiynadi, bilaman yoningda turib tik boqishga haqqim yoʻq. Lekin hozir soʻnggi bor yoningga keldim.
Jungkook boshini koʻtarib Semi tomon qoʻl choʻzdi
~men bilan boʻl, avvalgidek meniki boʻl, Semi va Jungkook xikoyasini davom ettiraylik iltimos, bizni xikoya bunday tugamasligi kerak, bilaman avvalgidek meni qabul qilolmaysan, ammo men harakat qilaman, yana seni sevgingga erishish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman, shunchaki yana meniki boʻlsang bas. Buyerlardan ketaylik, uzoqlarga, xuddi avval orzu qilganingdek boshqa mamalakat, boshqa olam va boshqa insonlar orasida yashaymiz. Iltimos, faqat yoʻq dema, men qilgan ishimdan afsusdaman, shuncha vaqt seni qiynadim, ammo endi seni chin qalbim bilan baxtli qilmoqchiman. Xoʻsh?
Jungkook koʻzida yosh bilan men tomon qol choʻzib turardi, ochigʻi men hayron qoldim, undan bu gaplarni kutmagandim, haliyam mening kichik orzularim uni esida ekan. Yuragimda anglab boʻlmas ogʻriq turdi, ikkilanish hissi meni qiynay boshladi, men u bilan hammasiga qoʻl siltab keta olamanmi? Unga ishonsam qayta aldanmaymanmi? Men shunchaki baxtli boʻlishni xohlayman, baxtli odamlar singari sevib sevilishni xohlayman
~Jung..kook
~Semi, iltimos, rad etma. Menga ham hozir oson emas, seni oʻzgasiga berib qoʻyishni xohlamayman, yolvoraman, qoʻlimdan tut va men seni bir umr baxtli qilaman...
.
.
.
.
.
𝓢𝓮𝓶𝓲 𝓒𝓪𝓻𝓮𝓵𝓲𝓪 ||