January 12

Navigation / Ep-5

Salqin havoda balkonda sigaretini tutatib turgan yigit soʻnggi bor gʻazab bilan sigaretni chuqur tortdi va yuqoridan pastga qarata uloqtirdi. Ortga oʻgirilib xonaga kirdi va yotoq ustida kiyimsiz yopinchiqqa oʻranib yotgan xotiniga razm soldi. 2 soatlik aloqadan hamon qoniqish sezmagan Taehyung chuqur nafas olgancha tokcha ustida turgan mashina kaliti va telefonini olib avval xonadan soʻng esa uydan tezlik bilan chiqdi va mashinasiga oʻtirgancha katta tezlik bilan uyni tark etdi.

....

Soat millari allaqachon yarim tunni koʻrsatadi. Uy eshiki sekin taqillar ekan xizmatkor yugurib chiqdi
~xush kelibsiz xonim Rey xonim
Xizmatkor eshikka suyangancha bir axvolda turgan Reyga havotirli nigoh bilan qaradi. Rey sekin qaddini roslagancha uyga qadam tashladi
~Tan uhladimi?
~ha, rosa sizni soʻradi, yigʻlagancha uxlab qoldi
~yaxshi
Rey oʻz xonasi tomon yoʻl oldi va egnidagi uzun paltosini yechib devan ustiga tashladi. Tokcha ustida turgan soch toʻgʻnogʻichni olgancha sochlarini yuqoriga yigʻib oldi. Beliga qistirilgan qurolni sekin olgancha uni oʻzini idishiga solib qoʻydi. Egnidagi kiyimlarni yechgancha hammomga kirdi. Butunlay kiyimsiz qolgacha jumrakni buradi, yuqoridan boshi uzra suv oqa boshladi. Suvning harorati u uchun biroz issiqlik qilganini sezgach jumrakni qayta buradi va suvning harorati birdan oʻzgardi. Sovuq suv olov kabi yonayotgan tanasi boʻylab tovon qismigacha oqdi. Hechqanday harakatsiz suv tagida turgan Rey chuqur nafas oldi. Bu holat deyarli 10 daqiqa davom etdi va suvni oʻchirgach egniga oppoq yumshoq xalatni kiyib hammomdan chiqdi. Holsiz tanasini devanga tashlagancha koʻzlarini yumdi. Shu on kutilmaganda eshik qoʻngʻiroqgʻi jiringladi. Rey sapchib oʻrnidan turdi va devorga ilingan soatga qaradi, allaqachon tungi 2
~bu vaqtda kim keldi?
Uning hayoliga birdan bir inson keldi, Jungkook
Rey shoshilgancha eshik tomon yugurdi va tezlik bilan eshikni ochdi. Eshik ortida turgan insonni koʻrgach goʻyo xafsalasi pir boʻlgandek birdan yuz tuzilishi oʻzgarb ketdi
~sen?
~ha men, boshqasini kutganmiding?
~nega kelding?
~seni koʻrgim keldi
~ortingdan xotining izlab kelmasdan daf boʻl
Rey qoʻpollik bilan javob qaytargacha eshikni Taehyungni yuziga yopar ekan kuchli qoʻllar bunga toʻsqinlik qildi
~balki bir finjon qahva ustida suhbat qurarmiz?
~soat 2 daya? Telbamisan?
~ha telbaman, sen deya telba boʻlyabman
~yarimtunda ertaklaringni eshtishga vaqtim yoʻq meni. Ket, yoʻqsa politsiya chaqiraman
~politsiya tugul butun armiyani chaqirsangda befoyda. Qahva ichmasdan ketmayman
Rey bu axmoqgarchilik tezroq tugashini xohladi va ortga oʻgirilib oshxona tomon yoʻl oldi. Taehyung gʻolibona qiyofada uning ortidan kirdi va kresloga joylashdi. Qahva tayyorlayotgan Reyning xolatini koʻz uzmay kuzata boshladi
~sen doim shundaymisan?
~ya'ni?
~tunda kelgan hammaga shu ahvolda eshik ochasanmi?
Taehyung Reyning egnidagi oq hammom xalatiga ishora qildi, shoshib chiqqani bois buni unutgan Rey lablarini qattiq tishladi
~savolingga javob berishga majbur emasman, qahvani ich men kiyimimni alishtirib chiqaman
Rey Taehyungni yoniga qahvani qoʻygach xonasiga kirdi va shkafdan kiyim oldi, egnidagi xalatni bogʻichini boʻshatar ekan shu on ortdan kelgan kuchli qoʻllar uni belidan maxkam siqib oldi, qoʻrquvdan baqirmoqchi boʻlganda ulkan kaft uni ogʻzini yopti
~tahshs, jim. Bu menman
Rey Taehyungni ovozini eshitgach battar tipirchilay boshladi

Taehyung fursatni boy berishni xohlamay Reyni tezlik bilan oʻziga qaratib tanasini devorga tiradi
~aqildan ozdingmi? Nima qilishga urinyabsan?
~shunchaki oʻtgan kunlarimizni eslayabman
Taehyungni gapidan jim boʻlib qolgan Rey kiyimini bogʻichi yechilganini ham sezmay qoldi. Taehyungni qoʻli sekin uning yalang tanasi boʻylab sayr qilishni boshlar ekan bundan Rey oʻzini yoʻqotib qoʻydi. Nigohlar bir nuqtada kesishar ekan ikkisining ham hayollari birdan eski hotiralar tomon ildamladi. Oʻsha teginishlar, oʻsha hayajon, oʻsha bezovta va hapqirib urayotgan yurak, titragan lablar va ularning birlashishi....Taehyung oʻylab ham oʻtirmasdan lablarini qizning lablariga bosdi, hamon uning qoʻllari yalang tanani kiyim ichidan quchib turardi. Bu qaynoq harorat, hayajonli boʻsa, moxirona oʻynayotgan til va tanasida paydo boʻlgan hattoki uni holsizlantirib qoʻygan his uni chulgʻab oldi. Taehyung bu taftdan oʻzini yoʻqotdi, chegarani buzishni istadi va boʻsani chuqurlashtirdi. Endi u bundan ham koʻprogʻoni xohlaydi, qizga butunlay egalik qilishni, uni ostida koʻrishni xohlaydi....buni sezgan Rey hissiyotlarini jilovlashga urindi va kuch bilan uni lablaridan tishlab oʻpayotgan yigitni oʻzidan itardi. Taehyung nima boʻlganini anglamasdan yuziga kelib tushgan tarsaki uni butkul reallikka qaytardi
~menga yaqinlashishga qanday hadding sigʻyapti? Xotining boʻla turib begona ayolga tegina olasanmi?
~ha deb xotinimini oʻrtaga tiqishdan charchamadingmi?
~men senga yengiltak qiz emasman, xotini bor erkak bilan oʻralashib yurmayman. Ikkinchi uyimga kelma, biz sen bilan shunchaki ishdagi sheriklarmiz. Bundan ortigʻi emas, oramizda nima boʻlgan boʻlsa barchasi oʻtmishda qolgan, shuni miyyangga quyib olsang xursand boʻlardim, eshik qayerda ekanini bilasan
Rey teskari oʻgirilib eshik tomon yurdi
~seni sevaman....
Shu on xonada sukunat paydo boʻldi, faqat ikki yurakning urishlari eshtilar ekan Rey turgan joyida toshdek qotdi
~ha seni sevaman. Men boshida sen bilan shunchaki koʻngilxoʻshlik uchun yaqin boʻlganman, oʻsha kuni meni tashlab ketganingdan soʻng men sensizlikka koʻnikishga harakat qildim, sensiz yashay olaman deb oʻyladim, ammo.....ammo keyin seni qayta uchratdim va seni sevishimni tushundim
~5 bu shunchaki raqam emas Taehyung, oradan 5 yil oʻtdi. Sen oila qurding xotining bor, men ham oila qurgandim farzandim ham bor kelun....lekin erim bizni tashlab ketgan boʻlsada men oʻz olamimda oʻgʻlim bilan baxtliman
~endi meni sevmaysanmi?
~seni yuragimni tubiga koʻmdim, ustini qalin devor bilan yoptim va aslo unga erkinlik bermaslikka qaror qildim
~men kechaman...xotinimdan sen uchun kechaman
~axmoqlik, xohlaganingni qil ammo endi men senga imkon bermayman. Bizga qara, bizga yaxshilab qara, bizni sen oʻldirding. Oʻsha kun, uyingda, yotogʻingda menga qanday pul sochganing hamon koʻz oldimda, buni unutgan desang adashasan. Endi esa uyingga ket, Yeonga e'tiboringni qarat, u seni sevadi. Uni baxtsiz qilishni istamayman...
Rey eshikdan chiqib ketgach xonada yolgʻiz qolgan Taehyung bir muddat joyidan qimirlamay turdi, hamon quloqlari ostida Reyning gaplari aks-sado berardi. U kech qolganini anglab yetdi, sekin qadamlar bilan uydan chiqishni boshladi. Mashinaga oʻtirib katta tezlikda hovlini tark etdi. Ulkan oynadan uni ketishini kuzatayotgan qizning koʻzlaridan yoshlar oqa boshladi. Borgan sari yuragida kuchli alangga paydo boʻldi, baqirib yiĝlashni boshladi, qoʻliga ilingan narsani duch kelgan tomonga uloqtira boshladi
~meni osongina tashlab ketolmas eding, meni sevsang shunday ketmasding
U bor ovozi bilan baqirdi, yigʻladi, qoʻllaridan qon oqdi va oxiri yerga yiqildi
~sevgan inson ketmaydi Taehyung
Uning soʻnggi soʻzlari lablari orasidan chiqishi bilan koʻzlari yumildi

Yangi kun. Quyosh allaqachon osmonda charaqlaydi, Seoulning markazidagi ulkan ofisda esa ishchilar oyoqlarini qoʻliga olgancha uyoqdan-buyoqqa yugurmoqda. Ular hozir nima boʻlsa ham boshliqni qoʻliga tushib qolmaslikni umid qilishmoqda. Kim Taehyung ofisga qadam qoʻyar ekan u bu holatni koʻrib hayron qoldi va yugurib ketayotgan ishchini toʻxtatdi
~nimalar boʻlyapti? Nega hamma yugurib yurpti?
~xonim bugun juda gʻazablangan koʻrinadi, yoniga kirgan hammani ishdan boʻshatib yuboryapti
Birdan yoʻlak boʻylab Reyning baqirgan ovozi eshtildi va xonadan yigʻlab chiqib ketayotgan ayol xodimni koʻrganlar esankirab qolishdi
~m.mayli janob men boraqolay
Taehyung ogʻir yutungancha qoʻlidagi hujjatni maxkam ushlab eshik yoniga keldi, ammo taqillatish uchun qoʻlini koʻtarolmadi
~eshikni ochib berishimni kutyapsizmi janob Kim?
Ichkaridan eshtilgan bu gapdan soʻng Taehyung eshikni qanday qilib ochib ichkariga kirganini ham anglamay qoldi
~hayrli tong, bularga imzo chekish kerak
Hujjatni olgan Rey Taehyungni yuziga ham qaramasdan ularga imzo chekdi va qaytardi
~bugun kechga bizni kompaniyani ziyofatga taklif qilishgan, rafiqanggiz bilan borishinggiz kerak. Jiminga uchrashsanggiz u sizga malumot beradi
~yaxshi
Taehyung ortiqcha soʻ z demasdan xonadan tezlukda chiqib ketdi. Uning bu xolatini koʻrgan Rey sekin jilmayib qoʻydi. Qayta eshik ochilib Jimin kirib keldi
~hoy, Kan Rey, aqildan ozdingmi? Bir soatni ichida 8 ta ishchini boʻshatibsan. Record qoʻymoqchimisan?
~oʻylashimcha toʻqqizinchisini ham topdim
~men senga 8 ta ishchini qayerdan topaman axir?
~bu sening muammoying, axir ish boshqaruvchi sensan
~bularni qoʻy, kechga ziyofatga borasanmi?
~albatta, janob Jungkook uchun meni nomimdan taklifnoma yubor
~nega?
~u bugun tunda menga sheriklik qiladi
~nima? Aqildan ozibsan, yana nima qilmoqchisan?
~sheriksiz borgim yoʻq
~ataylab qilyabsan shundaymi?
~Jimin
~ha
~hoziroq xonadan daf boʻlmasang oʻzim seni oʻldiraman
Rey stol tagidan qurolini chiqarib Jimin tomon qaratdi, bundan vahimaga tushgan yigit esa tezlikda xonadan chiqib ketdi. Rey tanasini oʻrindiqqa tashladi, koʻzlari sekin yumildi, miyyasida chumli singari kichik zarrachalarning toʻxtovsiz harakati unga azob berardi. Lablari sekin titrab chuqur nafas oldi va qayta oʻzini oʻnglab ishida davom etdi, birdan xona boʻylab jiringlagan telefon ovozidan Reyning hushi uchdiyu esankirab qoldi. Ekranga qaradi va lab chetida kichik tabassum qilgancha yashil tugmachani bosdi
~janob Jeon, bunchalik tez qoʻngʻiroq qilishinggizni kutmagandim ochigʻi
~siz meni istaysizu men yuq deymanmi?
~demak Jimin sizga aytdi
~ha, unda sizni kechki payt uyinggizdan olgani boraman
~yaxshi kutaman
Jungkook lablarida soʻnmas tabassum bilan telefonni oʻchirgach yonida unga bosh egib turgan qoʻriqchisiga qaradi
~kechki payt ziyofatga borami, tayyorgarlik koʻr
~ochigʻi u siz tomon intilayotganidan hayratdaman janob
~men senga aytgandim, uning oʻzi men tomon keladi deb va natijani koʻrib turibsan Mark
~buni ortidan ham nimadur chiqib kelmasa boʻldi, axir u Kan Rey, bolaligidan quroldan foydalanib katta boʻlgan va hozirgacha otasining sirli quroli sifatida hizmat qiladi, u nima qilishini bilib boʻlmaydi. Har qadamda reja tuzadi
~unga bunchalik katta baxo berib yuborma Mark, u otasining qoʻlidagi jonsiz oʻyinchoq xolos, nima desa shuni bajaradigan. Va men otasidan bu qoʻgʻirchoqni tortib olaman
~Biz bu rejaga 2 yil tayyorlandik, Kan Jihoon va uni atrofidagilarni tag-tugi bilan yoʻq qilishni uzoq kutdik. Ammo soʻnggida birgina xato bilan hammasi barbod boʻlmasligi kerak janob
~men bunga aslo yoʻl qoʻymayman, otamni qasosini olmasdan ularga tinchlik yoʻq...
Jungkookning koʻzlari qonga toʻlgancha qoʻlidagi telefonni maxkam siqdi, otasining qotili ozodlikda yurgani uni borgan sari gʻazabini qaynatardi, u har soniyada ularni parchalashni istaydi, Reyni har koʻrganda boʻgʻzidan pichoqlashni xohlaydi. Qasos uning koʻzlarini shu darajada qoplab olganki uni faqat dushmanning qonigina bostira oladi...

Ziyofat uchun tayyorlangan binoda odam soni borgan sayin koʻpaya boshladi. Taehyung Yeon bilan bir stolda oʻtirar ekan uning koʻzlari eshikka qadalgandi
~bas qil endi, xotining yoninga boʻla turib boshqa ayolni qanday qilib hayolingga keltira olasan?
~.....
Taehyung qimir etmasdan qoʻlini iyagiga tiragancha hamon oʻsha xolatda oʻtirardi, hattoki Yeonning gaplari qulogʻiga ham kirmadi yoki u eshtishni xohlamagani uchun etibor qaratmadi
~aslida oʻzim axmoqman, seni Koreyaga olib kelib hayotimdagi eng katta xatoni qildim
~mingʻirlamasdan jim oʻtir, asablarimni egovlashni yoqtirishingni bilaman lekin bugun emas, tushundingmi?
~nima u seni koʻrsa quchogʻingga otiladi deb oʻylaganmiding? U oʻtmishing Taehyung men kelajagingman, shuni unutma. Otam bilan gaplashaman, keyingi oy uyga qaytamiz
~aslo, ruxsatimsiz hechqanday harakat qilma. Qachon xohlasam shunda qaytaman
Er-xotin shivirlashgancha tortishar ekan birdan shovqin koʻtarildi, muxbirlar eshik yoniga toʻplanib olishdi. Taehyungning nigohlari birdan eshikka qadalgan on u nafas olishdan toʻxtab qoldi, koʻz qorachiqlari kattalashib yurak urishi hatto Yeongacha eshtilar edi. Eshikdan kirib kelgan Jungkook va uni qoʻlidan quchib olgan Reyni koʻrishi bilan u oʻzligini unutdi, goʻyoki yer toʻxtab qolgandek edi, faqat Taehyung va undan uzoqda turgan ikki juftlik edi...Reyning yuzidagi tabassum shu darajada mayin va samimiy ediki Taehyung hechqachon uni bunday tabassum qilganini koʻrmagan edi. Nigohlari sekin pastlashib ularning qoʻliga qadaldi, shu on Reyning kozi uzoqda uni kuzatib turgan yigitga tushdi. Nigohlar bir onda toʻqnashdi va huddi atom bombasi portlagandek Rey ogʻir yutungancha oʻzini dadil tutishga harakat qildi
~ana koʻrdingmi erginam men senga nima degandim. U allaqachon boshqasini qoʻlidan tutgan, koʻzingni kattaroq ochib qara agar koʻrmayotgan boʻlsang ularga yaqinroq borib qara
Yeon zaxarli gaplarini sochgancha Taehyungga teskari qarab oʻtirib oldi ammo shu on uning hechbir gaplari Taehyungga tasir qilmagan edi. Rey va Jungkook ichkariga kirgach stolga joylashdi, Rey egnidagi kostyumni yechib ofitsantga berdi, uning kalta sariq sochlari oʻziga shu qadar yarashib turardi. Egnidagi qora libos esa huddi u uchun yaratilgandek edi, yelkalari va koʻkrak qismi biroz ochiq boʻlishiga qaramay u oʻzini juda erkin tutardi. Aynan manashu Taehyungni gʻazablantirdi, Rey Jungkookning yonida oʻzini erkin tutishi, uning qoʻlidan tutishi, tabassum qilishi hamma hammasi uni bugun, ayni damda yetarlicha gʻazab otiga mindirdi. Rey uzoqdan unga tikilib turgan yirtqich nigohlarni sezdi, Taehyungga qaradi. Oʻsha qora tunni eslatuvchi nigohlarga duch keldi, istalgan paytda uni parchalab tashlashga tayyor turgan yirtqich misol yuz ifodasi uni borgan sari qoʻrquvi oshishiga sabab boʻlmoqda edi. Aslida unga shu kerak edi, Taehyungni nazoratdan chiqarish....ortiq Reyga egalik qila olmasligini koʻrsatib qoʻyish va u kimni tanlaganini bildirish kerak edi....

~men yuvinish xonasiga borib kelaman
Rey tezlik bilan oʻrnidan turib ortga yurib ketdi va mexmonlar uchun ajratilgan ikkinchi qavatga chiqdi, birma-bir xonalarga qarab chiqar ekan yuvinish xonasini topgach ichkariga kirdi. Suvni yoqqancha qoʻliga koʻpikli sovundan quyib qoʻlini qaynoq suvda yuva boshladi...bu holat deyarli uch-toʻrt martta takrorlandi. Boshini koʻtarib oynaga qarar ekan qoʻrquvdan yuragi toʻxtab qolishiga oz qoldi, ortida turgan Taehyungni koʻrishi bilan nafas olishni unutdi. Taehyung harakatsiz shunchaki eshikka suyanib uning harakatlarini kuzatib turgan edi. Ikkisi bir muddat soʻzsiz bir-birini oynadan kuzatib turarkan Taehyung sekinlik bilan ortdan unga yaqinlasha boshladi
~seni shu yerni oʻzida parchalab tashlamasligim uchun atigi birgina sabab ayt
Rey hechnima demadi, uning nigohlari hamon oynadan ortidagi yigitga qadalgandi. Taehyung tezkor harakat bilan uni belidan tutib oʻziga qaradi, yuzini maksimal darajada unga yaqinlashtirdi va 2 santimetrlik mmasofa qoldi
~gapir, shu tilindan qandaydir gap chiqsin, nimadir de. Seni oʻldirib qoʻymasimdan oldin meni tinchlantiradigan gap ayt
~nimani eshtishni istaysan?
~nega Jungkook bilan kelding? Men senga unga yaqinlashma degandim
~seni aytganingni qiladigan yosh qizcha emasman men, hayot meniki xohlaganimni qilaman
~notoʻgʻri javob, men sendan bu gaplarni kutmadim axir
Taehyung asabiylikdan oʻzini bosishga harakat qilgancha qoʻllarini Reyni belidan aylantirib rakvinaga tiradi
~u bilan oranggizda nma bor?
Rey nima deyishni bilmasdi, sukunat uni ado qilardi, gapiray desa lablari qimirlamadi
~gapir Rey, seni tinglashga shay turibman
Taehyung lablari aaltirayotgan qizga bir muddat tikildi
~u senga tegindimi?
Tamom, Rey endi unga nima deb javob berishni miyyasida tahlil qila boshladi va virdan Jungkook bilan boʻlgan boʻsa hayolida gavdalandi. Sukut Taehyungni aqildan ozdirdi va koʻzlari qisilgancha ortga qadam tashlab eshikka kuchli musht tushirdi....oʻrnidan sakrab tushgan Reyning koʻzlarida yosh paydo boʻldi, albatta bu qoʻrquvdan edi. U endi afsuslanadi, qafasdan yotgan hayvonni eshigini oʻz qoʻllari bilan ochgani va uni gʻazablantirgani uchun....ayni damda u Taehyungni changalida va hechnima qila olmasligi esa uni battar qoʻrquvga soladi va gozir qarshisida telba kabi harakat qilayotgan yigitdan harnarsani kutish mumkin
~men senga yaxshi yoʻl bilan tushuntirishga harakat qildim ammo koʻrib turibman foydasi boʻlmadi....balki endi yomon yoʻl bilan tushuntirib qoʻyarman?
Taehyung lab chetida iblisona tabassum qilgancha Reyga yaqinlashib uni telkasiga koʻtarib oldi, nima boʻlganini anglay olmagan qiz esa tipirchilab yelkasiga ura boshladi, ammo bularning barchasi foydasiz edi....endi juda kech....na baqirish va na yalinish uni toʻxtata olmaydi...