Stay with me / Ep-9
~Xatolar tabiiy xol, ammo xiyonat xato emas....
~bugungi kunlik tartibim boʻyicha shifoxonaga kelib koʻrikdan oʻtadigan kunim edi. Dorilarni qabul qilayotganimga xam bir hafta boʻldi. Tanamda sezilarli darajada oʻzgarish seza boshladim. Ertalabdan shifoxonaga kelib qon tahlili uchun qon topshirdim. Tahlil javoblari deyarli bir soatda tayyor boʻlishini aytdi va ungacha kutib turishim kerak edi. Uzun va oxiri yoʻq yoʻlak boʻylab yurib ketar ekanman hayollarim biroz tarqoq edi. Butun aqlu-hayolim biroz avvalgi suxbatda va shifokorning gaplarida edi. Yoʻlak oxiriga ogʻir va mayda qadamlar bilan yetib keldim va shu yerda joylashgan kichik oʻrindiqqa otirdim. Yelkamga osilgan sumkamni qoʻlimga oldim va telefonimni olib soatga qaradim. Chuqur nafas olgancha boshimni ortga egib atrofga qaradim. Shu on deraza ortidagi shifoxona bogʻiga koʻzim tushdi. E'tiborimni tortgan yagona narsa bu - sakura. Hozir baxor, ayni sakura gullaydigan maxal. Negaligini bilmadimu ammo qarshimdagi bu manzara lablarimga oʻzgacha tabassum bagʻishladi. Sekin oʻrnimdan turib bogʻ tomon qadam tashladim. Hovliga chiqar ekanman turli xil gullarning ifori dimogʻimga urildi. Bu meni xursand qila oladigan narsa, ya'ni gullarning ifori. Bogʻ chetida daraxlat tagida joylashgan oʻrindiqga borib oʻtirdim. Tepamda esa sakura daraxtining gullari mayin shamol yordamida tebranib yaproqlari boshim uzra toʻkilardi. Bu manzarani yaxshiroq xis qilish maqsadida koʻzlarimni yumib chuqur nafas oldim, butun vujudim bilan borliqni xis qila boshladim. Bu yoqimli...
~bu dorilar sizni aperatsiyaga tayyorlash uchun hizmat qiladi va orqa miyyadagi oʻsimta rivojlanishini toʻxtatadi
~xoʻsh, unda qachon aperatsiya qilasiz?
~qon tahlil natijalaringgizga qarab kunini belgilaymiz, havotir olmang hammasi yaxshi boʻladi
~yaxshi boʻlishiga umid qilaman
~albatta, muximi asabiylashmaslikka va stressga tushmaslikka harakat qiling
Semi sekin koʻzlarini ochib atrofga nazar soldi va qoʻllarini koʻksiga qoʻydi, oʻziga eshtiladigan darajada oxista shivirladi
~rostan ham hammasi yaxshi boʻlarmikin?
Tun kirgan, atrofni allaqachon zimiston bosgan edi. Soat millari allaqachon tungi 12 ni koʻrsatar ekan shahar markazidan deyarli yarim soatlik uzoqlikdagi manzilga yetib kelgan mashina ulkan bino yonida toʻxtadi. Mashina eshigi sekin ochilishi bilan undan tushgan uzun boʻyli yigit qarshisidagi korimsiz va xaroba binoga qarab ensa qotirgancha yukxonani ochib ikkita toʻpponchani orqa choʻntagiga joylashtirdi. Pul joylangan oʻrtacha kattalikdagi qora jamadonni olgancha bino tomon yura boshladi. Yurib borar ekan toʻsatdan oyogʻi ostida singan shisha uni e'tiborini tortdi va yerga qarashga majbur qildi. Yigit soʻkingancha oyogʻi ostida sinib parchalangan shisha boʻlagiga qaradi va yer tepingancha ichkariga kira boshladi. Ichkariga kirib uchinchi qavaqtga koʻtarilish kerakligini eslab zinani qidira boshladi va ogʻir qadam va hafsala bilan chetda koʻringan zina tomon harakatlandi. Ogʻir nafas chiqargancha uchinchi qavatga chiqar ekan xona markazida uni kutib turgan uch erkak va bir ayol bilan nigohlari toʻqnashdi.
~xush kelibsan Chon ) stulda oʻtirgan yigitlardan biri gap boshladi
~hecham xush kelmadim, jin ursin. Borgan sari gadoydan farqinggiz qolmayapti deb oʻylab qoldim Jay
~seni nima bezovta qilyapti Chon?
~bilasizmi yigitlar, xaroba bosgan binolarga negadir allergiyam bor ) Chon koʻzlariga tushib turgan kalta sochini ortga olar ekan bepisandlik bilan atrofni oʻrganib chiqdi.
~ishga palitsiya aralashgani bois shu joyni tanlashga majbur boʻldik, aybga buyurmaysan endi
~yaxshi, unda maqsadga oʻta qolaylik ) Chon Jayning qarshisidagi stulga kelib joylashdi va stol ustiga jamadonni qoʻyib uni yigitning yoniga itarib yubordi va oyoqlarini chalkashtirgancha stulga suyanib oldi. U juda xotirjam nigoh bilan atrofni oʻrganib chiqa boshladi. Jamadonni ochib ichidagi pullarni korgan Jay pullarni yonida turgan qizga uzatdi
~siz bilan deyarli 6 oydan buyon hamkorlik qilamiz, qachondan buyon menga ishonmaydigan boʻlib qoldinggiz? Ochigʻi meni xafa qilyabsiz
~xafa boʻlmaginu pullarni tekshirib olish odat boʻlib qolgan
Chon hech narsa demadi va pullarni bittalab sanayotgan qizga zimdan nigoh tashladi va uning har bir xarakatini sinchiklab kuzata boshladi. Sariq sochlar, egnidagi kostyum-shim va jiddiy qiyofa dan tortib boʻynidagi galstukkacha Chonning e'tiborini tortdi. Kostyum ichidagi qizning nozik tanasiga koʻz yugurtirib uning nigohlari yuqoriga harakatlandi va bir onda koʻz-koʻzga tushdi. Zulmat bosgan qora ko'zlar va dengizni eslatuvchi moviy va bir qarashda insonni oʻziga ipsiz bogʻlay oladigan koʻzlar bir-biri bilan toʻqnashgan on Chon ogʻiz boʻshligʻida tilini aylantirib qoʻydi. Qiz pullarni tekshirib boʻlib Jayga qaradi va hammasi joyida degancha bosh irgʻadi
~bilasanmi Chon, oʻylashimcha bizni hamkorlik aloqalarimiz nihoyasiga yetganga oʻxshaydi ) Jay gapirish mobaynida iblisona tabassum qilgancha qayerdandir toʻpponcha chiqardida Chonning boshini moʻljalga oldi. Bunga javoban esa Chonning baland ovozli kulgusi va ulkan xonani egallab oldi. Atrofdagilar esa unga telbaga qaragandek qarab turishardi. Xumoridan chiqquncha kulib boʻlgan Chon esa birdan jiddiy qiyofaga kirib oldi
~bilasizmi yigitlar, shu yaqin atrofda restaran yoʻqmi?
~hozir sizlarni bir yoqlik qilib boʻlganda soʻng yaxshi bir restaranga borib spagettimi, pitsami yoki nimadir tamaddi qilib olmoqchiman. Axir ertalabdan buyon ovqatlanmadim
Jay va Rose bir-biriga qaragancha ensa qotirdi va toʻsatdan Chon stol sutidan sakrab Jayning qoʻliga tepib yubordi, natijada uning qoʻlidagi toʻpponcha xonaning bir burchagiga otilib ketdi. Jayning ortidagi yigitlar yugurib kelib Chonga tashlanmoqchi boʻlganda abjirlik bilan orqa choʻntagidan olingan qurol yordamida ularni qiyinchiliksiz yerga yiqitdi. Rose jamadonlarni olgancha chetga oʻtdi, Jayni ham osongina yerga yiqitib peshonasiga oʻq joyladi. Rose esa vahimaga tushgancha qoʻlidagi jamadonlarni maxkam ushlab tashqari eshik tomon yugura boshlaganda uni tanasini devor bilan yuzlashtirgan ulkan qoʻllar sabab ogʻriq sezib yuzi burishib ketdi. Uning qarshisida turgan oʻlimni eslatuvchi nigohlar bilan toʻqnashar ekan tez-tez nafas olardi.
~xonim, balki birga spagetti yegani borarmizaaa?
Rose bir soʻz ham demasdan uning koʻzlariga tikilib turar ekan bundan keyin uning taqdiri qanday yakun topishini oʻylab qoʻrqa boshladi
~ovqatlanib boʻlgach xonam tomon qadam bosar ekanman eshikni sekin ochib ichkariga kirdim. Chiroqni yoqmasdan shkaf yoniga kelib tungi kiyim olar ekanman xonada nimadir gʻalati ekanini payqadim. Buni sezish qiyin emasdi, havoda begona erkakning atir iforidan anglaganinm shuki xonada mendan boshqa yana kimdir bor. Ammo bu xonaga bir inson ruxsatimsiz kirishga haqli edi, u ham boʻlsa Taehyung. Toʻsatdan yoqilgan chiroqdan koʻzlarim qamashdi va qarshimda devorga suyangancha mendan koʻzlarini uzmay tikilib turgan yigitni koʻrib hech xayron qolmadim. Uni ogoxlantirishsiz xonamga kirib kelishiga oʻrganib ham qoldim. Bir muddat sukut saqlagancha chuqur nafas chiqarib harakatsiz qoldim. Keyin esa unga ahamiyat bermasdan qilayotgan ishimda davom etdim va qoʻlimdagi kiyim bilan yuvinish xonasiga kirib ketish uchun shaylangan onimda eshikga urilishim bilan asabiy ovoz chiqarib yubordim. U menga shu darajada yaqin ediki, oramizda deyarli millimetr masofa bizni ayirardi. Uning kozlariga boqdim, soʻng nigohlarimni nazorat qilolmasdan uning pushti lablariga kozim tushdi. Soʻzsiz tikilar ekanman lablarida paydo boʻlgan tabassumni koʻrib ozimni eplab uning koʻkragiga qoʻllarimni qoʻyib itara boshladim va bir qadam ortga tisarildi.
~nima men shunchalik koʻrimsiz odamga oʻxshaymanmi? Menga e'tiborsiz boʻla olmaysan yovvoyi mushukcha
~xonamga xohlagan vaqting kirib chiqishingga ham oʻrganib qoldim. Nima qilishimni kutyabsan?
~shu zahar tilingdan men uchun bol tomib shirin soʻzlar chiqishini bir umr kutsam kerak
~oʻylashimcha senga bir umr ham yetmaydi
~qani boʻl, ustingga nimadir kiyib ol. Seni olib ketgani keldim
~savollaringga javobni oʻz koʻzing bilan koʻrishingni xohlayman
~ovora boʻlib shuncha yoʻl bosib kelibsan, ammo men hech qayerga bormayman. Endi esa bu yerdan ketsang men uxlamoqchiman
~bunaqasi ketmaydi, yuraqol. Bu senga yoqadi
~yaxshi, rozi boʻldim ham deylik. Pastda ota-onamni yonidan birga qoʻl ushlashib chiqib ketishimizni ham reja qilgandirsan
~hozir buni reja qilmagandim, ammo bir kun huddi oʻzing aytgandek ularni yonidan qoʻlingdan tutib olib ketsam ham menga qarshilik qilishmaydi, ishonaver.
~men telbaman. Hozir jimgina uning ortidan derazadan sakradim va unga ergashgancha oʻz uyimdan yashirincha xuddi oʻgʻrilarga oʻxshab harakat qilmoqdaman. Bu telbalik boʻlmay nima boʻlsin. Darvozadan chiqib atrofga qarar ekanman mashina oʻrniga devor chetidagi motosiklga koʻzim tushdi. Nima biz hozir shunda ketamizmi? Savol tariqasida Taehyungga qarar ekanman u allaqachon shlemni boshiga kiydi va ikkinchi shlemni menga tutqazdi. Xafsalam pir boʻlgancha norozi qiyofada uning qoʻlidan shlemni olib kiya boshladim. Motosiklning orqa tarafiga chiqib oʻtirdim.
Taehyung biroz tabassum qilib motosiklni yurgizib oʻt oldirdi va biroz silkinish sezgan qiz yigitning bellaridan maxkam quchib oldi. Yigit esa qilgan ishidan mamnun boʻlgan insondek shlem oynasini tushirib haydab keta boshladi.
~tungi Seoul boʻylab ketar ekanmiz bu menga zavq bagʻishlashni boshladi. Katta tezlikda harakatlanayotgan motosikl shamolni ortda qoldirgancha yuqori tezlikka intilar ekan Semi qoʻllarini ikki yonga sekin yoydi. Butun vujudi bilan shamolni va zavqni his qilib goʻyoki bor gʻubori chiqib ketayotgandek edi. Mayin shamol esa uning sochlarini har tarafga toʻzgʻitib uni yanada jozibaliroq koʻrsatar edi. Taehyung uni oynadan kuzatar ekan har bir harakatiga maxliyo boʻlardi. Deyarli 200 ga yetgan tezlikda ketar ekan qiz qoʻllari bilan yigitni belini quchdi.
~senga yoqyaptimi? ) biroz baland ovozda gapirgan yigitni soʻzlarini zoʻrga eshitgan qiz ham u kabi baqirib javob qaytardi
Taehyung esa uning bu qiligʻiga kulib qoʻydi. Shahar boʻylab yuqori tezlikdagi motosikl svetaforning qizil chiroqlariga ham ahamiyat berishmasdi. Bu zavq esa borgan sari qizni jumbushga keltirardi. Osma koʻprik boʻylab harakatlanar ekan toʻsatdan yigitning koʻzlarini qarshisidagi ulkan yuk mashinasining chiroqlari qamashtirib yubordi, natijada yoʻlni koʻra olmay qolgan Taehyung nazoratni yoʻqotib qoʻydi va qarshisida ularni ustiga qarab kelaytogan ulkan yuk mashina bilan toʻqnashdi....
~bir on nima boʻlayotganini anglamay qoldim va bizga qarab harakatlanib kelayotgan yuk mashinani koʻrishim bilan bor ovozim bilan Taehyung deya qichqirdim. Soʻnggi koʻrgan manzaram ham shu boʻldi...