September 25, 2025

Gunohkorlar / Ep-28

Shekspir aytgandek "Hayot-teatr"
Chalging kelar qo'ling singuncha qarsak,
Hamma birdayin tabassum qilgan,
Mohir masxaraboz o'zimman beshak.

Yaxshi rol o'ynardim aktyordek,
Yaxshiman dedim-u, qo'ydim tomosha,
Asli ich-ichimdan o'lgan edim lek,
Faqat o'qilmadi menga janoza.

Autor: #Kessy

28-qism

Xona ichida havo og‘ir. Mana bir necha soatdan beri yigit va qizning necha oylardan beri odat tusiga olgan janjali avj olgan edi. Bir muddat sukunatni faqat qizning keskin ovozi buzdi.
— qancha ! — dedi u titrab, ko‘zlari namlanib. — Yana qancha kutaman? —Yigit chuqur nafas oldi, qo‘llarini sochiga tiqib, o‘zini tuta olmay qaradi.
— Menga biroz vaqt ber, iltimos. Hozir hammasini hal qila olmayman. — Qiz boshini chayqadi, lablari titradi.
— Men charchadim... tushunyapsanmi? Har kuni kutish, har kuni ishonishdan charchadim!
— bilasanku menga ham oson emas. Yana biroz sabr qil. Men bir chorasini topaman. Faqat menga ishon. — Qiz alam bilan kuldi.
— yana shu gap. Har safar shunday deysan. Chaynalgan plastinka kabi.
Ularning so‘zlari bir-biriga tegib ketar, ohangida alam aralash edi. Qiz gapira-gapira tizzasiga cho‘kdi, yerga o‘tirib yubordi. Qo‘llari bilan yuzini berkitdi va yig‘lab yubordi.
Yigit asta yoniga bordi, qo‘lini cho‘zdi, uni bag‘riga olmoqchi bo‘ldi.Ammo qiz birdan boshini ko‘tardi-da, uning qo‘llarini itarib tashladi.
— Qo‘lingni tekkizma! — deb baqirdi u alam bilan.Yigitning ham ko‘zlari yonib ketdi.
— Yetar! — dedi u keskin, ovozida titroq bilan. — Men ham ikki o‘rtada sarson bo‘lib charchadim! Nima qilishni ham bilmayman. — U g‘azab bilan stol ustidagi narsalarni birin-ketin uloqtira boshladi, oynalar chinqirib sindi, kitoblar yerga sochildi. Xona ichini shovqin to'ldirdi. Qiz esa titrab o‘rnidan turdi. Ko‘zida nafrat va iztirob aralash edi.
— Ket! — dedi u xirillab, ammo qat’iy ovozda. — Yigit bir zum to‘xtadi, unga qarab qoldi. Nigohlari chuqur, ammo so‘zsiz edi. Keyin yuzini burib, g‘azabdan qadamlarini og‘ir bosib, eshikni qattiq yopib chiqib ketdi.
Ortidan sukunat cho‘kdi. Qiz bir lahza qimirlamay turdi-da, keyin ichidagi butun og‘riqni chiqarib yuborgandek, bor ovozi bilan yig‘lab yubordi. Uning qichqirig‘i bo‘sh xonani to‘ldirdi, devorlarga urilib qaytdi.

Parklar qo‘rg‘oni oldida qora mashina shiddat bilan kelib to‘xtadi. Tormozning qattiq chinqirig‘i havoni yordi. Eshik zarb bilan ochilib, Taehyungning g‘azabdan yonayotgan qiyofasi ko‘rindi. Nafasi tez, ko‘zlari qizargan, qadamlarini esa g‘azab boshqarardi. U uyga bostirib kirdi. Eshik qattiq qarsillab yopildi, xona ichida qadam tovushlari yangradi.
— Jimin! — deb baqirdi Taehyungning ovozi butun uyga jaranglab.
Qaltiragan ovozda ichkaridan Haru chiqib qoldi. U Taehyungning holatini ko‘rib ko‘zlari kattalashdi, lablari titradi.
— siz. Kim.. Siz… — dedi u qo‘rquv bilan, ammo yigit unga hatto qarashga ham arzimadi.
Taehyung zinapoyadan g‘azab otiga minib yuqoriga ko‘tarildi. Uning og‘ir qadam tovushi uy bo‘ylab jaranglar, hammani jim qotardi. To‘satdan bir xonadan shoshilib chiqayotgan Jimin ko‘rindi. Yuzida bezovtalik, ko‘zida xavotir. Ammo ulkan g‘azab ko‘rinishi unga imkon bermadi — Taehyung uni hech ikkilanmay qo‘lidan changallab, qaytib o‘sha xonaga itarib kirdi. Eshik ortidan zarb bilan yopildi.
Jimin “Nima bo‘lyapti?!” deb gapirishga ulgurmay, Taehyungning birinchi mushti uning yuziga kelib tushdi. Jimin orqaga yiqildi, og‘zi qon bo‘ldi. U tushunmay qoldi, qarshilik ko‘rsatishga harakat qilganda, yana musht ketma-ket yog‘ildi.
— Nega?! — deb baqirdi Taehyung, ko‘zlaridan qon o‘rniga g‘azab sachraganday. — Nega Kessyni urding?! Ojiza ayolga qo‘lingni ko‘tardinga? Shu qadar ojizmisan?!
Jimin yiqilgan joyidan o‘rnini ko‘tarishga urindi, ammo og‘riqdan nafas olishi ham og‘ir edi. U qo‘lini ko‘tarib nimadir demoqchi bo‘ldi. Lekin Taehyungning g‘azab otli mushtlari uni yana orqaga uloqtirdi.
— senga aytgandim unga ziyon yetkazsang o'ldiraman degandim. Seni qanday qo'ling bordi. Hatto men uni qo'lidan qattiqroq tutishga qo'rqardim ammo... SEN NIMA QILDING. U SENGA NIMA YOMONLIK QILGANDI. GAPIR—
Jimin endi umuman qarshilik ko‘rsatmas, yuzini himoya qilishni ham qo‘ymadi. U indamay Taehyungning zarbalarini qabul qilar, faqat ko‘zlarida aybdorlik jilvalanardi.
Taehyungning nafaslari keskin, ovozi esa o‘tkir edi.
— Homilador ayolingni urayotganingda farzanding haqida bir marta bo‘lsa ham o‘yladingmi?! Bir marta, Jimin?! —Shu so‘zlar Jiminning yuragini kesib o‘tdi. U qonga belangan lablarini qiyinchilik bilan ochdi, ovozi xirilladi
— …Men… U homilador ekanini, bilmasdim. Bilganimda shunday qilarmidim. Ruhiy hasta qizni bu ko'yga solmasdim. Uni ruhan nosog'lom ekanini ham mendan yashirishgan.

Taehyung bir on hayron qoldi.
— Bu nima deganing
— yuzingga qaraganda sen ham hech narsani bilmaysan. Sen Kessy haqida nima bilasan bilmadimu biroq sevgiling ruhiy kasal buni hammadan sir saqlagan. — O'lasi qilib kaltaklangan Jimin yuzlari qon tanasida daxshatli koʻkarishlar bilan bazo'r o'rnidan turdi qarshisida esa Taehyung g'azabdan hali ham olov kabi yonar edi.
— gapir — Taehyung tahdidli ovozda.
— Men senga javob qaytarmadim. Chunki Kessyni oldida aybdorman. Lekin hammasida meni ayblay olmaysan. — Jimin og'ir qadamlar bilan tortmadan ikki xil dori qutisini olib Taehyungga uzatdi. Taehyung dorilarga tushunarsiz nigoh tashladi u bu dorilarni bilmasdi. — Bulardan biri kuchli uyqu dori va tinchlantiruvchi uni Kessy har doim ichardi. Bunisi insonda gallyutsinatsiya keltirib chiqaruvchi psixatrop dori buni Jennie Kessyga yashirincha bergan biroq eng qizig'i buni Jenniedan Hwan Jin so'ragan. — Taehyung qoshlarini chimirdi.
— Bu bilan nima demoqchisan.
— aytmoqchimanki. Kessyga akasi atayin dorilar berib Unga aslida mavjud bo'lmagan Sanhani yaratib bergan. Sanha hech kim u shunchaki Kessy yaratgan sarob. Uni izlashdan foyda yo'q.
— ishonmayman. Bunday bo'lishi mumkin emas— Taehyung Jiminning yoqasidan oldi — Bu o'zingni oqlash uchun o'qigan yolg'on emasligiga Kim kafolat beradi. — Jimin Taehyungni qo'lini siltab notebookda o'sha kungi tasvirlarni qo'ydi.
Taehyung Kessyni katlangan jarayonni ko'rib qo'llari musht bo'lib g'azablandi, biroq keyingi tasvirlar uning chimirilgan qoshlari yoyilishiga sabab bo'ldi.
—Bu nimasi.
— ko'rdingmi. Sog‘ odam bunday qilmaydi. Yana...
—Nima yana
— adashmasam u hozir hech kimni tanimayabdi qanday kasal ekanini bilmadim ku. Lekin... Men tugul hatto akasi va Kelinoyisini ham tanimadi. — Taehyung chuqur nafas oldi. Ayni damda u nimani his qilayotganini o'zi ham bilmasdi.
— Kes hozir qayerda.
— bilmayman. akasi uni olib ketgan. Uyiga bir necha marta bordim. Lekin akasi haydab yubordi. Shuni aniq bilamanki u uyida yo'q edi.
— nega akasi unga bunday dorilarni bergan.
— Bilmadim. Kessy uning o'gay singlisiku balki shunga yoki meros uchun. Kim biladi deysan. — Taehyung eshitganlarini hazim qilishga urunardi. Ha u bilardi.
Kessyni ilk bor ko'rganda shifoxonada edi uning g'alati fe'l atvori qizda muammo borligini sezdirgandi. Ayniqsa
Kessyning daxshatli tushlari, ba’zan hech narsani eslay olmay qolishi, o'tkir ichimliklar yoki allaqanday dorilar ichish, jarlikda yoki tushlarida Sanhani chaqirishi, Sanha haqidagi javobsiz savollar, doimo bo'shliqqa boquvchi nigohlar.

Xona ichida havo hali ham og‘ir, Taehyungning mushtlaridan keyin Jiminning yuzida qizil izlar, labida qon bor edi. Taehyung chuqur nafas olayotgan paytda birdan telefon jiringladi. U bir lahza jim bo‘lib, qo‘lini cho‘zib, telefonga javob berdi.
— Aeroportdan bezovta qilyapmiz, janob Kim. Sizning chamadoningiz qolib ketibdi. Taehyungning qovog‘i uyilib ketdi.
— Uni uyimga yuboring, — dedi u keskin va sovuq ohangda. So‘ng qo‘ng‘iroqni uzdi.
U eshik tomon yo‘naldi.
— Qayerga ketyapsan? — dedi Jimin, ovozida ham xavotir, ham alam aralash. Taehyung orqasiga qaramay to‘xtadi, tovushi o‘tkir edi.
— Hwan Jindan hisob so'rayman. — Jimin ko‘zini qisdi, labini tishlab jim qoldi. Bir zumdan keyin o‘rnidan turib, zo‘rg‘a o‘zini tiklab gapirdi.
— Men ham boraman. Meni ham soraydiganlarim bir talay. Ayniqsa hali dunyoga kelmagan farzandlarim haqida bilishim kerak. — Taehyung unga keskin qaradi, ko‘zlarida ishonchsizlik jilvalandi. Bir necha soniya jim qarab turgach, chuqur nafas oldi.
— Xo‘p, — dedi u ohista, ammo sovuq ohangda. — Birga boramiz.
Eshik ochildi, ikkovi yonma-yon chiqib ketishdi. Ammo ular orasidagi havo og‘ir, ishonchsizlik va g‘azab aralash edi.

Sinfdan chiqib kelayotgan Sunxi yon daftarini quchoqlab, lablarini g‘ijimlab oldi. Yohan esa maktab darvozasi yonida mashinasiga suyangancha unga qarab jilmayib turgandi.
— Qara, yana bir "qahramonlik" hikoyasi bo‘ldi, — dedi Yohan qo‘lida kichkina shokoladni aylantirib. — O‘qituvching sening daftarni ko‘rib “bunday chizg‘ilarni faqat bog‘cha bolalari qiladi” demadimi?- Sunxi yuzini burib, unga g‘azab aralash jilmaydi.
— Hech bo‘lmaganda men yozuvimni o‘zim yozaman, seniki esa har doim universitetingdagi qizlar yozib beradi. — Yohan kulib yubordi, qizning yoniga bir qadam tashladi.
— maktab o'quvchisi meni rashk qilyabdimi.O‘h, bu qanday adolat? Men esa seni kutib, butun darsni tashqarida qotib turgan bo‘lsam ? —Sunxi shoshilinch qilib yon daftarini uning ko‘ksiga urdi.
— Sen meni kutmagansan, sen shunchaki darsingdan qochib o‘tirgansan!
— To‘g‘ri, — deb kuldi Yohan, — lekin baribir bu “mardona kutish” hisoblanadi. —Ular shu payt yo'ldagi kichik favvora yoniga kelib qolishdi. Yohan birdan to‘xtab, unga qarab boshini egdi.
— Sunxi, bilasanmi, sen hamon o‘zingni kichkina maktab bolasidek tutasan. O‘qituvchingdan qo‘rqasan, dars daftarini quchoqlaysan, hamma narsani jiddiy olasan...
Sunxi labini tishlab qo‘ydi. Axir Yohan uchun u shunday qiz edi. Ammo aslida eng qoloq va maktabdagi botanik yigitdan ko'chirish uchun sevgilisi bolganligini Yohan qayerdan bilsin.
— Nima, sen esa katta odam bo‘libsanmi? Hamma narsani kulgiga olasan, odamlarni ham shunday qilib kuldirib qo‘yasan. O'qish bu foydali.
— Balki, — dedi Yohan jilmayib, — balki men katta bo‘lganim uchun seni shunday yaxshi ko‘raman. Chunki sen hali samimiy, hech narsa yashirmaysan. — Sunxi birdan yuziga qizarib, unga qarashdan tortinib ketdi.
— Men... Men seni yoqtiraman, lekin baribir... sen ham ba’zan chiroyli yozishni o‘rganishing kerak! —Yohan qahqaha otib yubordi.
— Shunday deysanmi? Yaxshi, men seni o‘qituvchim deb bilaman endi. — Shu payt u qizning daftarini olib, ataylab yozgan narsalarini o‘qiy boshladi.
— “Sunxi + Yohan = ♡”... Vooo, mana bu qiziq!
— Ehhh! — qiz birdan o‘z daftarini tortib olishga urinib, yuzlari qizarib ketdi. — Nega shuni o‘qiding?! — Yohan esa qochib, daftarni baland ko‘tarib yurardi.
— Endi buni butun maktabga e’lon qilamiz! a'lochi qiz darsda shunday narsalarni yozsa ustozing bilan gaplashishim kerakka o'xshaydi. Darsda seni nazorat qilmasa. Men uchun Roman yozishga borasan chamanda.
— Yohan, qasam ichaman, seni o‘ldiraman! — dedi Sunxi orqasidan yugurib.
Ammo oxir-oqibat, qiz yugurib uni ushladi, daftarini tortib olib, yelkasiga kichkina musht tushirdi. Yohan esa qahqaha qilib, uni sekin bag‘riga tortdi.
— Mayli, sen meni o‘ldir, lekin men baribir seni yaxshi ko‘raman, kichkina maktab o'quvchisi. — Sunxi esa g‘azab aralash kulimsirab, yuzini uning ko‘ksiga yashirdi.

Qorong‘u shahar ko‘chalarida qora mashina ohista Jinning hashamatli imorati oldida to‘xtadi. Darvoza oldida qorovullar ularni hayrat bilan qarshi oldi. Taehyungning nigohi sovuq edi, Jimin esa og‘ir qadamlar bilan yonida yurardi.
Darvoza ochilib, ular hovliga kirdi. Zal ichida Hwan Jin ularga qarshi oldi, yuzida hayronlik, qo‘lida esa qimmatbaho stakan.
— Bu yerda nima qilyabsiz. Kimdan so'rab keldingiz? — Taehyung unga hatto e’tibor ham bermay, ovozini baland ko'tardi.
— Kessy qayerda?
— U bu yerda emas. Shunday ekan ketinglar. Ortiq u bilan ikkingiz ham korishmaysiz — Taehyungning sabri tugadi, u Jinning yoqasidan changallab, qattiq silkidi.
— Qayerga yashirding?! — dedi u g‘azab bilan.
Uzoq parvoz, Kessyni ko‘rishga bo‘lgan chidab bo‘lmas istak va alam Taehyungni butunlay nazoratdan chiqargandi. Shu on Jimin oraga tushib, ikkalasini ajratdi.
— Yetar! — dedi u. — Musht bilan hech narsani hal qila olmaysan. — Taehyung baribir g‘azabdan titrar, ammo nigohi Jinning ustida edi.
— Nega unga bunday qilding?! Qanday unga buni ravo ko'rding?! O'gay bolsa ham qoningiz bir ku. — Jin bir zum hayrat bilan qaradi.
— Nima deyapsan o‘zi? Men hech narsani tushunmayapman. — Jimin og‘ir nafas olib, orqaga o‘girildi. Keyin Jinga keskin nigoh tashlab dedi.
— Demak, sen dori haqida hech narsa bilmaysan? Kessyga tinchlantiruvchi va psixotrop dori berilganini? Jennie orqali. Sen esa buni so‘ragansan. Singlingni ataylab aqldan ozdirgansan. Katta ehtimol meros uchun. U hozir qayerda.— Jin jim bo‘lib qoldi. Bir lahza yuzida istehzo o‘chdi, o‘rniga sovuq sukut keldi. Keyin u stakanni stolga qo‘ydi va ohista gapirdi.
— Ikkoving ham hozir bu yerdan chiqib keting. Men buni sizlar bilan muhokama qilmayman. Jimin Kessy sen bilan ajrashadi. Kim Taehyung senga bir foydali maslahat beraman. Kessyni unutib yangidan hayot boshla. Ayni vaqtda uning hayotida senga aslo o'rin yo'q. — Taehyungning sabri qolmadi. U Jinning yuziga musht tushirdi, stul ag‘darilib ketdi. Jinning labidan qon chiqdi, ammo u indamadi.
Shu payt eshik ochildi. Suna shoshilib ichkariga kirdi.
— Yetar! — dedi u qichqirib, Taehyung bilan Jinning orasiga o‘tib.
Jimin undan darhol so‘radi.
— Suna, Kessy... Meni farzandlarimga hech Narsa qilmagan shundaymi. Ular qayerda?— Suna Jiminni yomon ko'rib qolgan uning savollariga javob berishni istamadi. U yuzini burib jim qoldi, nigohlari charchoq va iztirobga to‘la edi. Taehyung uning yoniga keldi, yuziga sinovchan qaradi.
— Menga rostini ayt, — dedi u past, ammo titroq ovozda. — Chindan ham Kessyni sevasanmi?— Taehyung ko‘zini yumdi, chuqur nafas olib, qat’iy javob berdi.
— Ha. Butun qalbim bilan.
Suna chuqur xo‘rsindi, yengil tabassum qildi . Keyin Jinga qaradi.
— Ularni uchrashtiring. —Jin boshini chayqadi.
— Yo‘q. Men bunday qilmayman.
— Jin Kessyga ayni vaqtda u bizdan ko'ra ko'proq yordam berishi mumkin. Hozir ular bir biriga kerak. Jiminga keladigan bo'lsak u bolalarni otasi, Kessyni eri u ham bilishga haqli. Ehtimol ular muammoni hal qilishda bizga yordam berar. — Jin bir zum o'ylanib qoldi— biz barbir hech narsa yo'qotmaymiz. Shunchaki ularga ruxsat bering.
— yaxshi. Men Suho bilan gaplashaman. Ammo hozir bo'lmaydi. Hozir u muolalajar olyabdi. Faqatgina 1 haftadan so'ng. — Jimin ham Taehyung ham ayni dam nimalar bo'layotganini tushunmasdi. Biroq Kessy bilan uchrashib bularga javob topishini bilardi. — Yaxshi.

Sunxo uyga kirib kelarkan yuzida juda ham yorqin tabassum. Uning kayfiyati a'lo ekanligi yuzidan ma'lum edi.
— Aka nega bunchalar xursandsiz. Nima lotereyada yutdingizmi
—Yo'q ammo lavozimim oshdi. Men endi bo'limda hisobchi yordamchisi boldim — Sunxoning gapiga Soyu chindan xursand bo'lsa Sujin ensa qotirdi.
— Shunga xursandmisiz. O'z kompaniyangizda yordamchi bolish hih.. — Sunxo Sunxini sochini tozg'itdi.
- katta bolsang bu nima ekanligini bilasan.... Soyu sen yaxshimisan. Hech qayering og'rimadimi —Sunxo havotir bilan gapirdi. Soyu bo'lsa shunchaki boshini qimirlatdi. Sunxo Soyuning qorni tomon egilib gapirganda. Soyu o'zini o'zgacha his qildi. — Arim iltimos sog'omon dunyoga kel. Dadang seni juda ham ko'rishni istaydi. Sen uchun juda ko'p harakat qildi.
—voyeyy. Aka bunchalik Unga mehribonsiz keling unga Mila deb ism qo'yamiz.
— borib kitobingni o'qi qizim ga o'zim ism qo'yaman.
— ha. Ha bilganingizni qiling — Sunxi burnini jiyirib qo'ydi Sunxo bo'lsa yuqoriga ko'tarildi.

Sunxo xonasiga kirishi bilan yuzidagi tabassum so'ndi. Yuzida tushunarsiz ifoda va charchoq. Go'yoki masxaraboz niqobini yechgandagi kabi holat. Sochlarini tozgitib ustidagi kostyum va ko'ylagini yechdi.
— tss

Soyu xonaga shoshib kirarkan qarshisidagi manzara uni hayratda qoldirdi. Ust Kiyimi yechilganligi kiyimi ortida yashinib turgan jarohatlar birin ketin o'zini ko'rsatgan. Koʻkarishlar qontalash ahvolga kelib qolgan. Sunxo og'riqni unutish maqsadida qo'liga tamaki olib derazadan tashqarini kuzatgancha chekardi. Xona tutun hidiga to'lgan. Sunxo hatto Soyuni xonaga kirganini ham sezmagandi. Biroq Soyu Sunxoni bu kabi holatini ilk bor ko'rishi edi. Nima qilishni bilmay jim turib asta Sunxoni yoniga borib yelkasidagi jatohatga qo'lini tekkizdi.

Sunxo jarohatiga tekkan qo'l sabab ortiga o'girilarkan qarshisida ko'zi yoshga to'lib turgan Soyuni ko'rib qoshini chimirdi.
— Soyu nima qilyabsan. Sen bu yerda turmasligi kerak. Tamaki bola uchun zararli bo'lishi mumkin — Sunxo darhol tamakani ezg'ilab derazalarni ochib xonani shamolatdi.
— Sunxo seni bu jarohatlaring qayerdan... — Sunxo endi jarohatlari esiga tushib javondan futbolkasini kiyishga tushdi. Biroq har safar yelkasini qimirlarsa og'riq sabab yuzi burushardi.
— Sunxo kel yordam beraman.
- yo'q o'zim amallayman. — Sunxo futbolkasini kiygach indamay borib suv ichdi.
- Sunxo senda hammasi joyidami
-albatta shunchaki biroz charchadim.
- ammo jarohatlaring
- bu haqida gapirishni istamayman.
- shuni istasang mayli. Ammo ularga dori surish kerak men buni qilaman.
— Soyu bu kerakmas chindan. Yaxshiman. O'zim amallayman.— Sunxo yuvinish xonasiga kirib ketar ekan. Soyu javobsiz savollar bilan qolgan edi.

Kech tushib, shifoxonaning baland devorlari ostida uch yigit sokin qadamlarda yurib borardi. Jin ularga yo‘l ko‘rsatardi, Taehyung va Jimin esa har bir qadamda ich-ichidan hayajonni his qilardi. Ularning ko‘zlarida hayrat, yuraklarida esa bir oz qo‘rquv aralash qiziqish bor edi. Korridor uzun, oq rangda bo‘yalgan devorlari ostida sekin yura turib, Jin ularga qaradi.
— Sizlar Kessy bilan uchrashishni xohladingiz. Ammo... — Jin to‘xtab, chuqur nafas oldi. — Avvalo, u qanday holatda ekanini bilishingiz kerak. Bu oson emas. — Taehyungning ko‘zlari bir zumda jiddiylashdi.
— Jin... u qanaqa holatda?
Unga nima qildingiz o'zi. — Jimin ham qattiq nigoh bilan qaradi, ammo ichida biron nima uni titratib turardi.
— Albatta men xotinim qanday kasal ekanini bilishim kerak., — dedi u past ovozda.
Shu payt ularga oq xalatli, sokin va jiddiy qiyofali shifokor yaqinlashdi.
— Men An Suho, — dedi u muloyim ohangda. — Kessyning shifokoriman.
Jin yigitlarni unga tanishtirdi.
— Ular Kim Taehyung va Park Jimin. Sen ularni yaxshi taniysan. — Suho ularga diqqat bilan qarab, bir necha soniya sukut qildi. Keyin ohista gap boshladi.
— Yigitlar sizlar shifokor emassiz Shu bois sizga osonroq tushuntirishga harakat qilaman iltimos meni diqqat bilan tinglang. Hozirda Kessyni ahvoli.. —Taehyung uning gapini bo'ldi.
— menga hozirgi holatini emas eng boshidan boshlab u haqida gapiring. Men ortiq javobsiz savollar bo'lishini istamayman. Shundagina men nega u kasal bo'lganini bilishim mumkin— ayni vaqtda Jimin ham Taehyungni gapini ma'qulladi. Suho Jinga qaradi. Jin biroz muddat jim turib, keyin boshini qimirlatgach Suho chuqur nafas olib gapirdi. — Yaxshi. Bu biroz uzun hikoya. Xullas Kessyni Yaponiyada bo'lgan yetimxona vaqtida uni bir oila asrab olgan o'shanda uni ismi Amanay bo'lgan. Xullas u oila unga zo'ravonlik ya'ni uni tez tez kaltaklagan. Yolg'izlikda vaqtida Kessy o'zi uchun miyasida do'st yaratgan bo'lishi kerak. Keyinchalik otasi uni Koreyaga o'z uyiga olib kelgach unda ruhiy buzish aniqlagan. Biroq katta ahamiyatli molik emasdi. Biroq onasi va dadasi uning vasiyligi borasida ancha muddat tortishgan. Oyisi qizini Qasos quroli qildi.Kessyni onasi o'z uyiga olib ketgan vaqtida uni kaltaklagan bo'lishi ham mumkin. Biroq bir narsa aniq Kessyni kishanlab chordoqqa qamagan shu bois unda kishanlarga fobiya bor. Bundan tashqari Kessy uni bezovta qilmasligi uchun muntazam ravishda unga tinchlantiruvchi yoki uyqu dorilar berib kelgan natijada bu nafaqat ruhiy buzilishni kuchaytirgan balki yurak hastaligini ham keltirib chiqargan. Bir necha bor operatsiya o'tkazishga to'g'ri kelgan. O'sha vaqt mobaynida Kessy hayoliy tarzda o'ziga qo'riqchi yoki do'st sifatida miyyasi Sanhani yaratgan. Sanha haqida bilganimizdan so'ng muntazam ravishda uni nazorat qildik bir necha bor kasalxonada davolandi. Hammasi o'z iziga tushgan edi. Biroq.. — Suho Taehyungga qaradi — Singlingni o'limidan song u bilan baxtsiz voqea bo'ldi. O'sha voqeadan so'ng hammasi izdan chiqdi.
— hammasiga Liani o'limi sababmi shunda
— Yo'q boshqa voqea. Liani o'limini Kessy qabul qila oldi. To'g'ri aybdorlik hissi uni qiynaydi. Biroq uni kasallik sababi bu emas. O'sha voqea sabab keskin tarzda uni kasalligi o'zining yuqori pog'onasiga chiqdi. Endilikda u Sanhadan ko'ra ko'proq sharpalar boshqa mavjud bo'lmaganlarni ko'rar Insonlar orasida harakatlana olmay, tez tez o'z joniga qasd qiladigan bo'ldi. Bazida ongi butkul o'chib qolar 1 oy, hafta yoki kun mabaynda nima qilganini ham eslolmasdi. U shaxs sifatida hayotining ma'lum bir qismida qotib qolgan edi. Biz uni davolay olmadik. Shu bois Shveytsariyadagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida 2 yil davolandi. U har safar o'z joniga qasd qilib kechasi daxshatli tushlar ta'sirida qolgach u tez-tez Sanhani chaqira boshladi. O'sha vaqt uning biror yaqini yo'q edi. Shu bois biz dorilar yordamida Kessyni miyyasidagi Sanhani qayta uyg'otdik. Shundan so'nggina u qaysidir ma'noda tuzaldi. Ammo u hamon kasal edi.
— ya'ni undagi Sanhani yo'qota olmadingiz / Taehyung
—yo'q gap Sanhada emas. Sanhasizlikda. Agar Sanha bo'lmasa u oldingi kasal holiga qaytardi.

Sanha Kessyning miyasi uchun himoya tizimidek gap.. Kessy ruhiy jihatdan nosog'lom bo'lgani uchun biz unga yurak dorilarini ichra olmasdik. Aniqroq aytsam biz Sanha uchun bergan dorilar va yurak dorilar birga nojoyi ta'sir qilib yurakka og'ir bosim beradi. Shuning uchun u operatsiyadan keyin umuman dori ichmagan. 1 yil avval uning ahvoli og'irlasha boshladi. Yuragi bezovta qilib nafasi siqa boshladi. Unga yangi yurak kerak edi shu bois men donor izladim. Donor topilgan vaqt u homilador edi dastlab bolani oldirishga rozi edi biroq keyin fikridan qaytdi. Bolalarini dunyoga kelishini aytib turib oldi. — Taehyungni ichidan nimadir uzuldi. O'shanda u bolalarni dunyoga keltirishini Kessydan so'ragandi. — ayni vaqtda biz uni operatsiya qila olmaymiz.
— bolalar sog'lom shundaymi — - Jimin nihoyat savol berdi.
- ha ular sog'lom. Ammo vaqtincha. Chunki tug'riq vaqtida nima bo'lishini hatto Kessy bungacha yetib bora oladimi bilmaymiz. Tug'ruq qanday kechadi yuragi bardosh beradimi buni aniq bilmayman.
- u o'zi qanday kasal bizga hozirgi holatini tushuntiring. U bilan uchrashganda nima qilishimiz kerak.
-Uning kasalligi Dissotsiativ shaxsiyat buzilishi (DID) bo‘ladi. Sizga tushuntiraman:
Bolalikdagi zo‘ravonlik va dorilar ta’siri → ong o‘zini himoya qilish uchun Sanhani yaratgan.
Sanha tasavvuriy do‘st sifatida → DIDning klassik belgisi.
Ongning o‘chib qolishi, vaqtni eslamasligi → dissotsiativ amneziya.
Baxtsiz voqeadan keyin sharpa ko‘rishi → DIDda psixotik simptomlar ham bo‘lishi mumkin.
O‘z joniga qasd qilishga moyillik → bu kasallikda juda ko‘p uchraydi. Biroq ayni vaqtda hayriyatki bunday qilmayabdi. Qandaydir tarzda miyyasi homilador ekanligini eslab qolgan. U bolalarini dunyoga keltirishni keyin esa o'lishni maqsad qilgan.
Dorilar orqali Sanhaning “qayta jonlanishi” → miyadagi himoya mexanizmi qayta faollashishi. Bundan tashqari hozir uni Sanha tark etgan ruhiy buzilishi ham kuchayib hech narsa va hech kimni eslolmayabdi. Shaxsiyati bo'lsa xudi bolanikidek. Unga munosabatingiz ahamiyatsiz eng muhimi u sizlarni qanday qabul qilishi. Iltimos u bilan uchrashganda o'zingizni bosing. U sizlarni eslay olmaydi.

Palata eshigi sekin ochildi. Ichkaridan shifokorlar uchun xos sokinlik va nozik dori hidlari kelib turardi. Xona keng emasdi: oq devorlarga chizilgan rangsiz soyalar xuddi yorug‘likdan qochayotgandek ko‘rinardi. Deraza qalin panjaralar bilan yopilgan, pardalar esa yarim ochiq. Stol ustida dorilar qutisi va bir nechta kitob tarqoq yotardi. O‘rtada oq to‘shakda Kessy o‘tirardi. U oq libosda, sochlari yoyilib ketgan, yuzida esa ajabtovur sokin tabassum bor edi — go‘yo atrofidagi og‘irliklardan bexabar bir bola.
Taehyung va Jimin bir lahza qotib qoldi. Ular o‘rtasida faqat yuraklarining tez urishi eshitilgandek bo‘ldi. Kessy ularni ko‘rib, boshini qiyshaytirib, xuddi begona odamlarni ilk bor ko‘rayotgandek sinchiklab qaradi. So‘ng birdan kulimsirab dedi.
— Salom... Sizlar kim bo‘lasizlar? - Jimin yuragi ezilib, unga yaqinlashdi.
— Men Jiminman... sening... — u biroz to‘xtadi, ovozi titradi. — sening eringman.
Kessy kulib qo‘ydi, ammo bu kulgi beg‘ubor bola kulgisiga o‘xshardi. U boshini chayqadi.
— Yo‘q, men sizni tanimayman. Lekin yaxshi odamga o‘xshaysiz.
Taehyung orqada jim turib, ko‘zlarini yumdi. U Kessyning so‘zlari yuragiga og‘ir toshday botganini his qildi.
Shu payt Kessy sevinch bilan qo‘lini qorniga qo‘ydi. Uning ko‘zlari chaqnab ketdi.
— Qarang... ular tirik! Menda ikkita chaqalog‘im bor! Ular men bilan gaplashishadi. Hozir ham his qilyapman... — u tabassum bilan qo‘lini qorniga bosdi. Jiminning ko‘zlariga yosh qalqib chiqdi. U asta Kessy yoniga cho‘kib, qo‘lini uning qorniga qo‘ydi. Bir zumda yuragidan iliq to‘lqin o‘tdi.
— Ha, ular tirik... Rabbimga shukur... — dedi u ovozi titrab. — Kessy, men qilgan hamma ishlarim uchun, seni qiynaganim uchun kechir... iltimos, meni kechir.

Taehyung bu manzarani kuzatib, yuragi yorilib ketayotgandek bo‘ldi. Ichida alam, achinish va aybsizlik hissi bir-biriga qorishib ketdi. U lablarini qattiq tishlab, ko‘zlarini boshqa tomonga burdi. Shu damda u Kessyni qaytarib olish uchun kech bo‘lgandek his qildi.
Ammo Kessy birdan sovuq ohangda jiddiylashib qoldi. Uning nigohi o‘zgardi. U Jiminning qo‘lini keskin siltab tashladi va o‘rnidan turishga urinib, undan uzoqlashdi.
— Menga tegmang! Sizga men ruxsat bermaganman! — dedi u keskin, go‘yo butkul boshqa shaxs tilidan gapirayotgandek.— hoziroq ket.sen yomonsan. Ket aks holda... Seni aytib beraman. Kettt. Meni urma kett—Kessy darhol borib indamay turgan Taehyungni ortiga bekindi.
Palatada og‘ir sukut cho‘kdi. Jimin bir zumda qotib qoldi. Uning qo‘li havoda qolgancha, ko‘zlarida alam va tushunmovchilik chaqnadi. Biroq bir so'zga ojiz qolib xonadan ketdi. Yuqorida kamerada buni kuzatayotgan Suhoni qoshlari chimirildi. Nimadir ayni vaqtda o'zgargan edi.

Jiminning qadamlari uzoqlashib ketarkan, xona ichida og‘ir sukunat yoyildi. Faqat Kessyning tez-tez nafas olishi eshitilardi. U Taehyungning ortiga yashirinib, hali ham qo‘rquv va ishonchsizlik bilan qarab turardi. Taehyung asta orqasiga o‘girildi. Nigohi qattiq emasdi, balki mehr va iztiroblar bilan to‘lgan edi. U Kessyga qattiq gapirmadi, ohista so‘zladi:
— Kes... menman, Taehyung. Men senga tegmayman. Faqat gaplashishni istayman. — Kessy bir muddat unga tikilib turdi. So‘ng qo‘llarini ko‘ksiga bosib, xuddi kichkina qizchadek pichirladi.
— Sen... meni urmaysanmi?.. Sen meni qamab qo‘ymaysanmi?.. — Bu so‘zlarni eshitgan Taehyungning yuragi o‘qdek sanchildi. U chuqur nafas olib, sekin yonida turgan stulga o‘tirdi, masofani saqlab.
— Yo‘q, — dedi u qat’iy va sokin ovozda. — Men seni hech qachon urmayman. Hech qachon qamamayman. Men faqat seni himoya qilmoqchiman. Axir sen meni butun dunyoyimsan qanday senga aziyat yetkazishim mumkin. — Kessyning ko‘zlari titradi. U bir zumda xuddi ichidagi boshqa ovozlar bilan kurashayotgandek boshini changalladi. Keyin birdan bolalarcha jilmaydi. Kichik qizaloq go'yo dunyo haqiqatini gapirardi.
— Hamma odamlar bunday emas. Dunyo juda yomon qo'rqinchli. Ojiz, yolg'iz bolsang Hamma seni joningni og'ritishga urunadi. Hech kim ko'z yoshlar u so'zlaringga boqmaydi. Yordam so'rash befoyda. Insonlar Shu darajada yomoni hatto o'z farzandidan buyum kabi foydalanib voz kechadi... Lekin sen yaxshi ko‘rinasan. Sen... sen meni eslaysanmi? Meni bilasan. U ham seni bilishini aytyabdi.
— kim
—Kes. Hwan Kessy -Taehyung qoshini chimirdi. Biroq yana asta savol berdi.
- Sen Hwan Kessy emasmisan. Kimsan.
- Jim meni bunday atama. Men Hwan undan nafratlanamn. Men Amanayman. Hwan Kessy u qotil gunohkor. U hozir jazolanyabdi. Xo'sh Sen meni eslaysanmi— Taehyungning ko‘zlari yoshga to‘ldi. U qaltirab boshini qimirlatdi.
— Men seni har lahzada eslayman. Men seni hech qachon unutmadi. — Kessy deraza tarafga yurib, panjara ortidagi qorong‘u osmonga qaradi.
— Ba’zan... men juda yolg‘izman. Shunda Sanha keladi. U meni qo‘riqlaydi, meni yomonlardan yashiradi... Biroq u meni tark etdi. Agar u bo‘lmasa, men... yo‘qolib ketaman. Men hatto unga ham kerak emasman. — Taehyung asta o‘rnidan turdi, lekin unga yaqinlashmadi. Faqat uning orqasidan jilmayishga uringancha qaradi. Biroq ko'zlari nam edi.
—sen menga keraksan. Hammadan ko'proq. Agar Sanha seni tark etgan bo'lsa menga sening Sanhang bo'lishimga ruxsat ber. Men ham seni himoya qilaman. Istasang seni butun dunyodan yashirib qo'yaman. Menga ishon- Kessy asta unga burildi. Ko‘zlari xira, ammo shu bilan birga nimadir iliq his sezayotgandek edi. U sekin qadam tashlab, Taehyung qarshisida to‘xtadi.
— Agar rost bo‘lsa... meni tashlab ketma. Bizni himoya qil— Kessy qo'lini qorniga qo'ydi. — ular mendan bolalarimni olib qo'ymoqchi. Lekin ular bo'lmasa men yashay olmayman. Men o'lsam ham ular yashasin. Men yomon ona bo'lishni xohlamayman.
—hop. So'z beraman sizlarni himoya qilaman. Uchalangizni ham. Sen uzoq umr ko'rasan farzandlaring bilan birga. — Kessy tabassum qildi— Amanay endi seni bag'rimga bossam maylimi. Chunki men seni juda ham sog'inganman— Kessy biroz o'ylab sekin boshini qimirlatdi— darhol Taehyung uni bag'riga bosib iforini hidlay boshladi. Kessy asta uni yelkasiga urib yosh bolani ovtkan kabi urardi. Taehyungning butun borlig‘i larzaga keldi. U o‘zini tiya olmay, ko‘zlaridan yosh oqib chiqdi.
— Men seni hech qachon tashlab ketmayman, Kes. Hech qachon...
Xona ichida dori hidi, og‘ir sukunat va yuraklarning jim urishi qoldi. Taehyung uchun bu so‘zlar qasam edi.
Bu manzarani kuzatayotgan Suho tabassum qildi.
— bizda hali Kessy uchun umid bor.

Xona ichi tarang sukunat bilan qoplangan edi. Stol ustida yoyilgan rentgen tasvirlari va tibbiy hujjatlar sochilib yotardi. Suho asabiy ohangda qog‘ozlarni stolga urib qo‘ydi:
— Vaqt yo‘q, Jimin! Bolalarni oldirish kerak. Shunda donor topiladi va operatsiya imkoniyati ochiladi. Taehyung yordamida uni ruhiyatini davolaymiz. Aks holda Kessy… — u so‘zini tugatmay, nafasini tortdi. Jiminning yuzlari qizarib ketdi, tomirlari bo‘rtib chiqdi.
— Yo‘q! Men farzandlarimni o‘ldirishga aslo yo‘l qo‘ymayman. Kessy ham, bolalar sabab o'zini o'ldirishga urunmayabdi dedingiz. Ularni qurbon qilish fikri esingizdan chiqsin!
Shu payt eshik ochilib, Taehyung kirib keldi. Ko‘zlari sovuq, ammo ichida bo‘ron qaynab yotgandi. U vaziyatni kuzatar ekan, Suho bilan Jiminning ovozlari keskinlashdi.
Jin, jim o‘tirib tinglayotgan edi, nihoyat jur’at topdi
— Jimin… Kessyning hayoti ham muhim. Agar u bo‘lmasa, bolalar… ham…
— Yo‘q!— Jimin qattiq baqirdi, so‘zlari qaltirardi. — Men tanlov qilmayman! Men ham Kessyni, ham bolalarimni tirik ko‘rishni xohlayman! Ayni damda Kessyni vasiyi menman. Shu sabab bolalarimni o'ldirishingizga yo'l qo'ymayman. Men yomon er deb oylashingiz mumkin. Kessy farzandlarimiz uchun kurashgan ekan men ham shunday qilaman. Biror chorasi bo'lishi kerak.
Suho yelkasini bosdi, charchoq aralash og‘ir nafas oldi:
— Sen tushunmaysanmi? Bu imkoniyat juda kichik! Ikki tomon ham omon qolishi deyarli imkonsiz! Kessy kuchdan ketmoqda. Biz uchun vaqt juda muhim. — Taehyung asta oldinga yurdi, nigohi Suhoda edi.
— Agar… agar iloji bo‘lsa, Kessyni ham, bolalarni ham bir paytda saqlab qolish yo‘li bormi? Chindan ham u bolalarini xohlaydi. Ularga ziyon yetkazsak u hech qachon kechirmaydi. O'ziga kelgach ahvoli og'irlashsachi — uning ovozida sovuqlik emas, yurakni ezib yuboradigan umid bor edi.
Suho bir lahza jim qoldi. Keyin sekin boshini chayqatdi.
— Bu mushkul… juda mushkul. Hatto mo‘’jizaga teng.
— Jimin iltimos hoziroq hujjatlariga imzo chek. — Jimin Suhoga alam bilan qaradi. Biroq u ham bilardi. Haqiqatni qabul qilib hujjatlarga istamay qo'l qo'ydi.
Xona ichida qattiq sukunat cho‘kdi. Jiminning ko‘zlari yoshga to‘ldi, Taehyung esa jim, ammo yuragi qon yig‘lardi. Jin esa qo‘llarini musht qilib, hech qanday kuchsiz holatda faqat sukut saqlashga majbur edi…

— Bu foydasiz. U Kessyni vasiyi emas - to'rt erkak ham eshik tomondan kelgan begona ovozga qaradi. Eshik oldida bir yigit turardi. Ko'rinishidan koreys emasdi. U hech qanday taklifsiz stolga o'tirib tabassum qildi..
— Sen kimsan
- bu nima deganing..
— Yo'q u bu yerga qayerdan keldi.
—ohh ma'zur tutasiz sizlarning qizg'in suhbatingizga halaq bermay jim turgan edim. O'zimni tanishtirsam men Ayanakoji Amanay ya'ni Kessyni qonuniy vasiysiman.
— Nima. Ammo qanaqasiga
— Kessy sizlarni shunday yo'l tutishingizni bilib meni o'z vasiysi sifatida tanlagan. Sog'lom vaqtida. Ya'ni ruxsatimsiz Kessyga ham uning tug'ilmagan bolalariga ham tegmaysiz aks holda qamalishingizga to'g'ri keladi. — Taehyung savol berdi.
— Sen Amanay deding. Kessy bilan qanday aloqang bor.
— deylik o'tmish. Yaponiyada bir yetimxonada bo'lganmiz, keyinchalik Shveytsariyada uchrashib qoldik. U haqida hammasini biladigan do'stiman. Seni ham bilaman Kim Taehyung. Xullas Kessy bu bolalarni dunyoga keltiradi. Men Kessyni iltimosini bajarishim kerak. Har qanday holatda ham — Suho asabiylashdi.
— Sen aqldan ozganmisan. Agar do'sti bolsang uni o'limiga qarab turasanmi.
— Men bunday demadim. U o'lmaydi. Ya'ni bizda imkon bor. Agar biz tug'ruqqa qadar uning ruhiy va jismoniy holatini barqaror ushlab tursak bas.
— uning yuragi tug'ruqqa dosh berolmaydi. Bu fakt. Bolalar tirik qolsa ham u o'ladi.
— men yo'lini topdim. Hozir uni ongi o'chgan, Biz unda sun'iy tugruq yoki operatsiya bilan bolalarni ololmaymiz chunki bu yurakka qanday ta'sir qilishini bilmaymiz. Tug'ruq vaqtgacha uning ongi uyg'onadi. Shunda uni muolajalar yordamida tug'ruqqa yetsak bolalar tug'ilgach yurak o'z vazifasini to'xtatadi aynan o'sha payt biz oparatlar yordamida organizmni ushlab turib unga yurak ko'chirib o'tkazsak hammasi hal.

Faqat kichik muammoni hal qilsak bas — barcha hayron qoldi uch yigit umid uchqunidan xursand bo'lsa Suho qoshini chimirib kuldi
— Seningcha donor har joyda yotibdi. Aynan tug'ruq vaqtida Kessyga mos yurak yerdan o'sib chiqadi.
— kichik muammo ham shu biz Kessy uchun tirik donor topishimiz kerak..
— aqldan ozibsan
— agar kichik umid bo'lsa ham biz undan foydalanishimiz kerak. — Taehyung gapirdi.
— men xotinimni ham bolalarimni ham tirik ko'rishni istayman. — Ayanakoji g'olibona tabassum qildi..
— tirik donorni qayerdan topamiz muammo shu. Har holda hech kim o'z yuragini bermaydi.
— Shu bois biz e'lonlar yoki bo'lmasam davosiz kasallikka chalingan, umri oz qolgan insonlar bilan uchrashishimiz kerak. – uzoq bahslardan song Hamma Ayanakojini fikrini ma'qulladi.

Mira deraza yonida turgancha tashqariga qarab o‘ychan edi. Shu payt eshik taqillab ochildi. Uning qarshisida yigit — qo‘lida mayin gullar, yuzida biroz uyatchan, ammo samimiy tabassum.
— Mira…— dedi u past ovozda, qo‘lida ushlab kelgan gullarni unga cho‘zib. — Men sendan kechirim so‘rash uchun keldim. Bilaman, xatoga yo‘l qo‘ydim… ammo bir narsani inkor eta olmayman: men seni sevaman.
Mira uning yuziga jiddiy nigoh tashladi. Qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirib, go‘yo qat’iy qaror qilganday.
— Kecha sen meni juda xafa qilding. Men bunday gaplarni eshitib seni darrov kechiraman deb o‘ylama. — Yigit yuragini hovuchlab olganday bir lahza jim qoldi. Keyin asta uning yoniga yaqinlashib, bir qo‘lini mayin ushladi.
— Men seni yo‘qotishdan qo‘rqaman. Iltimos… bu gullar kechirim so‘rovimning ramzi bo‘lsin. Agar xohlasa, ularni menga uloqtirib yubor. Imkon bo'lsa ularga qo'shib yuragimni ham uloqtir. Usiz menga qiyin - Mira labini tishlab, ko‘zlarini undan olib qochdi. Ammo yigitning samimiy ohangida nimadir yuragini yumshatganday bo‘ldi. U sekin gulni qo‘liga oldi, biroz yuzini burib.
— Men hali to‘liq kechirdim demayman… lekin… sening harakatlaring yoqimli .— Yigit ko‘zlari porlab, xuddi butun dunyo unga qaytganidek his qildi.
— Shunday bo‘lsa, menga bir imkon ber… men bu hayotda sendan boshqa hech kimni sevmayman. Sen mening yuragimni birinchi va tanho egasisan. — dedi u sokin ovozda, Mira yuziga mehr bilan qararkan. Mira unga o‘jarlik bilan qaraganday bo‘ldi, so‘ng sekin jilmaydi. Shunda yigit uning mayin lablaridan asta o‘pib, sevgi bilan bag‘riga bosdi

Xona ichida yana tarang sukunat hukm surardi. Har birining ko‘zida boshqa-boshqa qarashlar, lekin yagona og‘riq mujassam edi. Taehyung nihoyat jimlikni buzdi.
— Kessy bu yerda qolishni istamayapti, — dedi u qat’iy ohangda. — Men uni olib ketaman. O‘zimning uyimda davolayman. Doim yonida bo'laman. Zarur bo‘lsa shifokorlarni uyga olib boraman. Lekin bu yerda qolmaydi. Jin qo‘lini stolga urdi:
— Taehyung, bu telbalik! U kasalxona sharoitida bo‘lishi kerak. Bu yerda uskunalar, hamma narsa bor. Sen buni qabul qilishing kerak! - Jiminning ko‘zlari alangalanib ketdi. U o‘rnidan turib Taehyungga qarshi yurdi.
— Yo‘q! Sen uni olib ketolmaysan. U mening rafiqam! Men uning yonida qolishim kerak. Qanday qilib sen… qanday qilib sen uni olib ketasan?! —Taehyung bir lahza jim qoldi. So‘ng chuqur nafas olib, Jimin ko‘zlariga qaradi.
— Sen uni eri bo'lishing mumkin. Lekin u senga ishonmaydi. Kessy mendan qo‘rqmadi, menga qo‘lini uzatdi. Sen esa uni qayta-qayta jarohat yetkazding. Endi u men bilan ketishni xohlaydi. — Jiminning lablari titradi. U gapirmoqchi bo‘ldi, lekin Ayanakoji ovoz chiqardi.
— To‘xtanglar. Men Kessyni qonuniy vasiysiman. Kessy uchun Taehyung muhim. Ular bir birini sevadi. Ayni vaqtda Kessy unga ishonadi. Bizga emas. Shu bois Taehyung uni olib ketishiga roziman. — Jin g‘azabdan yuzini chetga burdi.
— Bu qaror uni halokatga olib boradi…
Suho esa sukut saqlab turdi, so‘ng ohista gapirdi.
— Yo‘q. Menimcha, Taehyungning fikri to‘g‘ri. Kessy faqat unga yaqinlashdi. Biz necha marta urinmadik, u bizdan yiroqlashdi. Lekin Taehyungga yaqinlashdi. Shuning uchun men rozi bo'laman. Uni bu yerda majburlab olib qolishdan foyda yo'q. —Jimin hayrat va g‘azab bilan unga tikildi.
— Suho, sen aqldan ozdingmi?!
Suho ko‘zlarini yumib, og‘ir nafas chiqardi.
— Bu Kessy uchun eng yaxshi imkoniyat. Biz unga majburan yordam bera olmaymiz. Agar u o‘z xohishi bilan Taehyungga suyansa bunga yo‘l beramiz.
Jimin ortga qadam tashlab, o‘zini zo‘rg‘a tutdi. Taehyung esa asta yon tomonga qaradi. Xona eshigidan o‘tayotgan hamshiralar Kessyni karavotda olib kelishayotgan edi. Kessyning yuzlari oqarib ketgan, lekin ko‘zlari yarim ochiq, Taehyungni ko‘rganda xira jilmaydi.
Taehyung uning yoniga borib qo‘lini ushladi.
— Men seni olib ketaman, Kes. Qo‘rqma. Endi yolg‘iz emassan.-Kessy zaif ovozda pichirladi.
— Meni tashlab ketma…
— Hech qachon, — dedi Taehyung, ko‘z yoshini yashirmay.

Shu daqiqada hech kim unga qarshi chiqmadi. Jin sukut bilan yonini chetga oldi, Jimin yuragidagi iztirob bilan jim turdi, Suho esa ko‘zlarida og‘irlik, ammo ichida bir oz umid bilan kuzatdi. Ayanakoji yuzi tabassum qilsada do'sti uchun ichidan kuyardi. U o'z do'stini o'lim tomon borayotganini sezardi.
Shunday qilib, qaror qabul qilindi. Kessy endi Taehyung bilan ketardi.

Taehyung Kessyni uyiga olib kelgach, hamma uyquga ketgan bir paytda o‘zi yolg‘iz ko‘chaga chiqdi. Qadamlarini sekin tashlab, shaharning chekkasidagi jarlikka qarab yo‘l oldi. Tungi shamol yuziga urilar, osmon esa bulutlar bilan qoplangan, oy ham ko‘rinmas edi. Jarlik tepasiga yetib kelgach, u chuqur nafas oldi. Qorong‘u tubga qaradi — pastda faqat qora bo‘shliq, shovullab urilayotgan toshlarga tegib oqayotgan daryo tovushi eshitilardi.
Taehyungning yuragi qattiq urardi. Ichidagi iztirob uni bo‘g‘ayotgan edi. U qo‘llarini sochlariga tiqib, boshini changalladi. So‘ng birdan butun borliqni larzaga keltiradigan ovoz bilan baqirdi.
— NEEEEGA?! Nega hammasi shunday bo‘ldi?! NEGA BIZ BILAN SHUNDAY BO'LISHI KERAK EDI. BIZNI BAXTLI BO'LISHGA HAQQIMIZ YO'QMIDI
Uning ovozi jarlik bo‘ylab uzoqlarga aks sado berdi. U tiz cho‘kib, mushtlari bilan yerga urdi . — Seni baxtli bolishingni istagandim. Lekin.. Men seni himoya qila olmadim, Kes! Men juda kech qaytdim. U seni azobga soldi, men esa faqat tomosha qildim! Seni shu ko'yga solganlardan hisob ham so'ray olmayabman. Endi seni yo'qotib qo‘yishdan o‘lgudek qo‘rqyapman!
Ko‘z yoshlarini yashirishga urinish ham foyda bermasdi. Uning yuzidan oqib tushayotgan yosh shamol bilan qurib borardi.U bir lahza jim qoldi, ko‘zlarini jarlikka tikdi.
— Men kuchli bo‘lishim kerak, lekin sevgim oldida sinyapman. Agar seni yo‘qotsam... men ham yo‘qolaman... - So‘ng yana bor ovozi bilan qichqirdi, ovozida sevgisi, alam va chidab bo‘lmas og‘riq mujassam edi.
— KEESSSYYYYY! SENI YO‘QOTISHDAN QO‘RQYAPMAN! AGAR YARATGAN SEN CHINDAN HAM BO'LSANG BIZGA BUNDAY QILMA. O'TINAMAN UNGA BUNI RAVO KO'RMA. NIMA BO'LSA HAM FAQAT U YASHASIN. U YASHASIN MENI JONIMNI OLSANG HAM U YASHASIN.
Shamol uning so‘zlarini olib ketdi. Jarlikdan aks-sado qaytib, go‘yo uning iztirobini yana o‘ziga qaytardi. U yerda Taehyung yolg‘iz emasdek — tabiat ham uning faryodiga jo‘r bo‘layotgandek edi. U bir muddat jim qoldi. So‘ng asta tik turib, ko‘z yoshlarini artdi. Nigohi qat’iylashdi.
— Yo‘q... men taslim bo‘lmayman. Men uni va bolalarini saqlab qolaman. Ular uchun hatto o‘z hayotimni bersam ham, kurashaman.
Shu so‘zlar bilan Taehyung jarlikdan ortga qaytdi. Endi u iztirobini qalbida olib yurardi, lekin shu iztirob unga kuch bo‘lib, sevgisi uchun kurashishga undardi.

28-qism tugadi.
Bu qism ko'plab savollarga javob topildi. Menimcha bu ff zerikarli bo'lsa😁 kerak faqat doimiy 1 kishi fikr bildiradi bazan qo'shimcha ikki yoki uch kishi.
Quyida kasallik haqida ma'lumot bor ya'ni men hech qanday kasallikni o'ylab topmadim.
Dissotsiativ identitet buzilishi (lotincha Dissociative Identity Disorder) DID — bu ruhiy kasallik bo‘lib, unda odamda bir nechta shaxsiyat yoki “alter”lar mavjud bo‘ladi. Har bir shaxsiyatning o‘ziga xos xarakteri, ovozi, xotiralari va hatto tana tilidan foydalanish uslubi bo‘lishi mumkin. Odam ma’lum vaziyatlarda ongini boshqa shaxsiyatga “topsirib qo‘yadi” va o‘zi o‘sha lahzalarni eslay olmay qoladi. Ba’zan tasavvuriy shaxslar bilan muloqot qilish, turli sharpalarni ko'rish ham kuzatiladi.