Navigation / Ep-1
𝙊𝙣 𝙩𝙝𝙚 𝙨𝙪𝙧𝙛𝙖𝙘𝙚, 𝙄 𝙢𝙖𝙮 𝙡𝙤𝙤𝙠 𝙪𝙣𝙗𝙧𝙚𝙖𝙠𝙖𝙗𝙡𝙚, 𝙗𝙪𝙩 𝙢𝙮 𝙞𝙣𝙣𝙚𝙧 𝙬𝙤𝙧𝙡𝙙 𝙙𝙤𝙚𝙨𝙣’𝙩 𝙧𝙚𝙛𝙡𝙚𝙘𝙩 𝙩𝙝𝙚 𝙗𝙚𝙖𝙪𝙩𝙮 𝙮𝙤𝙪 𝙞𝙢𝙖𝙜𝙞𝙣𝙚....
Qorongʻu xona, yoqimsiz sukunat va yerda ogʻriqdan irillagancha yotgan oʻrta yoshli erkak qonga belangan tanasini sekin koʻtardi, uni tepasida hissiz kuzatib turgan qiz esa qimmat brendli paltosining choʻntagiga qoʻllarini suqib sigaret oladi va ortidagi qoʻriqchi darxol bir qadam oldinga chiqib qizning lablariga qoʻyilgan sigaretni yondiradi
~soʻnggi manziling shu edimi Mark? Axir senga aytgandim, qoʻlingdan kelsa jahannamning tubiga kirib berkinib ol, baribir topaman va oyogʻingdan sudrab chiqaraman degandim, esingdami?
Qiz lablaridagi sigaretni chiqaradi va ogʻziga toʻlgan tutunni bir havo zarbi bilan erkinlikka chiqarib yigitni yuziga egiladi
~xonim...iltimos, yana bir oy vaqt bering, xonim
~nima? 1 oy? Aqling joyidami, sen itvachchaga 1 soniya ham bermayman, nima ham qilarding, qismating shu ekan
Tezkor harakat bilan ortidan uzatilgan qurolni olgan qiz qarshisidagi yigitni peshonasiga tiraydi, toʻsatdan xonada qurolning yoqimsiz va baland ovozi yangraydi, qizning yuziga sachragan qon esa yanogʻi boʻylab sirgʻaladi
~iflos qoning yuzimni rasvo qildi
Qiz asabiy yuzini qoʻllari yordamida ishqalaydi va oʻrnidan turib viqor ila poshnasi baland taqillagan ovozi yangragancha xonadan chiqib ketadi, uning ortidan bir nechta qurollangan qoʻriqchilar ham bir qator boʻlgancha xonani tark etadi, tashqarida turgan mashina eshigi ochilib qiz orqa oʻrindiqqa joylashadi va uning birgina bosh qimirlatish ishorasi bilan qoʻriqchilar uyni yoqib yuboradi, hissiz ifoda ila mashina ichida bu voqeani kuzatib turgan qiz esa telefoniga kelgan sms xabardan sergaklanadi. Choʻntagidan telefonni olib ekranni yoqadi, yengil harakat ila ekranni surib xabarni ochadi, lablari orasida yengil soʻkinish aks etadi va xabar yuborgan odamning raqamiga qoʻngʻiroq qiladi
~bu yana qanaqa bazm boʻldi? Men charchaganman axir
~mendan oʻpkalama, bu mening qarorim emas, otang shuni istadi Rey
~jin ursin, menga manzilni yubor
~allaqachon yubordim, soat 9 dan kechikma, vazifa nuqsonsiz bajarilishi kerak iloncham
~qachondir xato qilganimni koʻrdingmi Park Jimin?
~bu shunchaki ogohlantirish, vaqtni boy berma, biz ketyabmiz, sen ham tezroq yetib bor
Qoʻngʻiroqning oʻchirilgan ovozi eshtiladi va Rey telefonni oʻrindiqqa otib yuboradi
~bir kun ham tinchlik yoʻq, jin ursin, Rey sizlarning qoʻgʻirchogʻinggiz emas axir
Ulkan va hashamatli Seoul mexmonxonasi eshigidan chiqib kelayotgan Rey atrofga qaraydi va hamon mashinasi kelmaganini koʻrib asabiylashadi, shamol esib uning yoyilgan sochlarini mayin silaydi. Qoʻllarini paltosining choʻntagiga solib oldinga qarab harakatlanadi va shu yerda rurgan qora mashina qarshisiga toʻxtaydi, kichik sumkachasidan lab boʻyogʻini chiqarib mashina oynasiga qaragancha lablariga suradi, yengil qoʻl harakatlari bilan sochini ham toʻgirlaydi, sumkasini qayta yelkasiga iladi va birdan mashinasi kelganini payqaydi. Tabassum bilan u tomon harakatlanadi, lekin ortidan kelgan ovoz sabab joyida toʻxtaydi va ortiga oʻgiriladi
~Rey xonim, sizni koʻrish men uchun baxt
~janob Min? Bu qanday yoqimli tasodif
~ochigʻi sizni buyerda koʻraman deb oʻylamagandim
~ha, buyer ikkinchi uyim desam yanglishmayman
~ochigʻi kechagi suxbatimizdan soʻng yoninggizda juda xijolatdaman
~yoʻq, hechqisi yoʻq, men allaqachon unutib yubordim, lekin xoʻjayininggizga aytadigan gaplarim talaygina
~muxim ish sabab kelolmadilar, ularning nomidan men uzur soʻrayman
Janob Min yarim egilgancha Reyga tazim qiladi
~janob Min, bu sizning aybinggiz emas axir, men unutdim siz ham unuting, shunchaki kecha asablarim ham biroz chatoq edi
~men sizni tushundim, mayli unda sizni ham yoʻldan qoldirmay
Rey mashinasiga minib buyerdan tezlikda gʻoyib boʻladi, ularni mashina ichida kuzatib turgan yigit esa qizning harbir harakatini kuzatadi
~u kim edi?
Janob Min mashinaga minishi bilan savol bilan uni kutib olgan yigitga qaraydi
~nahotki hamkoringgizni tanimaysiz? Qanaqa boshliqsiz oʻzi?
~hamkorim?
~kecha kelmagan uchrashuvinggizni aytyabman, janob Kan Jihoonni qizi edi
~Kan Reymi?
~huddi oʻzi, kechagi xolatini koʻrganinggizda edi yonida boʻlganinggizda sizni yanchib tashlashga tayyor edi
~pashshadan fil yasamang endi, mashinani haydang, bazmga kech qolyabmiz axir
~Jungkook, undan extiyot boʻlishinggiz kerak, uning otasi Kan Jihoon nima bolganda ham
Jungkook janob Minni gaplarini e'tiborsiz qoldirgancha oynadan tashqariga qaraydi, bir necha daqiqa oldingi Reyning oyna yonidagi qilgan harakatlari, sochlariga tegishi va lab boʻyoq surishlari hamon uning hayolida gavdalanadi, lablarida tabassum paydo boʻladi
~Kan Rey, yoki Jeon Reymi? Qay biri senga koʻproq mos? Qiziq hozirdan seni oʻzimniki qilib oldimmi? Jungkook, bunga shoshilmaslik kerak, hammasi men xohlaganday boʻladi albatta
Jungkook axmoqona hayollar girdobiga shoʻngʻiydi, tasavvurida allaqachon Reyning oppoq va silliq tanasini ostida ekanini hayol qiladi, uning pushti lablarini tishlari orasida mayin ezilganini oʻylaydi va ich-ichidan baxtdan porlaydi, bu axmoqlik, bu sogʻlom odamning hayollari emas axir...
~Nega buncha kech qolding?
Orqa eshikdan kirib kelgan qizni koʻrgan Jimin xavotirli nigoh bilan atrofga qaradi va eshikni qayta qulfladi
~qani u? Kim ekan?
~uni oʻzi hali kelgani yoʻq, sen joyingga boraver, buni taqib ol
Jimin Reyga maxsus quloqchinni tutqazdi, Rey ogʻir qadamlar ila yashirin zinadan bazm boʻlayotgan binoning ikkinchi qavatiga koʻtarildi, qorongʻu xonaga kirib borar ekan koʻziga tashlangan qora jamadonni ochib ichidagi oʻzi uchun maxsus yasalgan qurolini tayorlay boshladi. Sniper tutqichiga katta harflar bilan yozilgan ismini koʻrib koʻzlarida hayrat aks etdi
~naqadar ajoyib, mukammal
Mayin barmoq harakatlari bilan oʻyib yozilgan ismini siladi, sniperni tayorlab oʻziga qulay joylashtirdi, biroz avval Jimin bergan quloqchinni taqdi va eshikga termuldi
~meni eshityabsanmi Rey?
~ichingga mikrafon yutganmisan, sekinroq gapir jin ursin, qulogʻimni teshay deding
~boʻldi boʻldi, asabiylashma iloncham, u 5 daqiqada shuyerda boʻladi, uni oʻldirish kerak emas shunchaki yengil yaralasang yetarli
~qiziq, otamga bundan nima foyda?
~bu Jeonlarning bazmi, janob Jihoonni maqsadi esa Kimlar va Jeonlarni bir-biri bilan raqib qilish xolos, endi tushungandirsan
~mukammal oʻylangan reja, lekin buni axmoqgarchilik, otamga hechqanday foydasi yoʻq
~adashding, agar Jeonlar Kimlar bilan ziddiyatda boʻlsa kompaniya oʻrtasidagi barcha shartnomalar bekor boʻladi, natijada esa Jeonlar bilan tuzgan shartnomamizning 80% ulushi ham bizga qoʻshiladi
~aslida bularning hechbiridan menga naf yoʻq, nega endi sizlarga yordam beryabman, axmoqman
Ular quloqchin orqali suxbatlashar ekan birdan zalda shovqun-suron boshlandi, barcha muxbirlar eshik tomon kamerasini koʻtargancha yugura boshladi
~u keldi
Jimin quloqchinni ushlagancha sekin gapirdi
~yaxshi menga 5 daqiqa yetarli
Rey yoyilgan sochlarini tezlikda yuqoriga yigʻib oldi va sniper yoniga yaqinlashib nishonni koʻzlay boshladi, allaqachon zalga kirib kelib mexmonlar bilan salomlashayotgan uzun boʻyli yigitni koʻrdi, ortga qarab turgani uchun yuzi korinmayotgan edi. Reyning chiroyli lablaridan soʻkinish otilib chiqar ekan qayta uni kuzata boshladi, yigitni qoʻlidan tutib olgan ayolga qaradi
~xotini bormi?
~xa, Kim Yeon, ikki yil oldin turmush qurishgan ekan
~Jimin men uni yuzini korolmayabman, men tomon qarat jin ursin
~otang ketyapti uni yoniga, aniq moʻljalga ol
~yaxshi
Rey qayta nishonni yigitga qaratdi, Reyning otasi Kan Jihoon yigitni ortidan kelib uni oʻziga qaratdi, qora kostyum-shimdagi yigit ortga oʻgirilishi bilan Rey sniperdan unga qaradi va butun dunyo boshiga qulagandek boʻldi, koʻzlariga ishonmay takror-takror yigitni yuziga qaradi, bir onda hechbir sozsiz va harakatsiz turgan joyida qotib qoldi, yurak urishi tezlashar ekan goʻyoki hozir koʻksini yorib chiqib ketadigandek edi. Hamon koʻzlari pastdagi yigitga qadalgan edi, uning qoʻllaridan tutgan rafiqasiga koʻz tashladi, yigit rafiqasining ochiq yelkasidan mayin ushlab uni oʻziga tortar ekan Reyning koʻzlarida birdan yosh paydo boʻldi, ularning tutashgan qoʻllari, bir-biri bilan jilmayib mayin suxbat qurishi uni aqildan ozdirib qoʻygan edi. Tezlik bilan xotiralar girdobiga shoʻngʻib ketdi
FLASHBACK
~Sen bunday qilolmaysan axir
Yalangʻoch tanasini oq yopinchiq yordamida oʻrab qarshisida kiyinayotgan yigitga qaragan Reyning koʻzlaridan yosh oqardi
~Rey, sen meni tushunishing kerak, toʻgʻri sen bilan yaqin boʻldik, hattoki yotoqqacha keldik, lekin bu degani seni sevaman, senga uylanaman degani emas
~sen meni aldading, xayotimni barbod qilding
~aldadim? Men seni hechqachon aldamadim, senga sevaman dedimmi? Senga uylanaman dedimmi? Sen bizning yotoqdagi munosabatlarimizni sevgiga yoʻyma iltimos, mana senga pul, qancha xohlasang ishlat, yetmasa men yana beraman
Rey qizarga koʻzlari bilan yoniga otib yuborilgan pachka pulga qaradi, ichida soʻnib boʻlmas olov paydo boʻldi, oʻrnidan turib tungi xalatni yelkasiga tashladi va pulni olib yigitni yoniga keldi
~bu ishing uchun hali afsuslanasan Kim Taehyung, qayta qarshimdan chiqma, yoʻqsa seni oʻz qoʻllarim bilan oʻldiraman
Rey pulni yigitni yuziga otib yuborgancha xonadan chiqib ketdi
Uni ortidan qarab qolgan Taehyungning yuzida hechqanday hissiyot yoʻq edi, shunchaki qizning ortidan qarab qoldi va yerga sochilgan pullarga termuldi. Rey soʻnggi bor uning uyidan ochiq kiyimda chiqib ketar ekan koʻksidagi olovni hechnima bosa olmasdi, toʻgʻri Taehyung hechqachon unga sevaman demagan, senga uylanaman demagan, lekin uning harbir harakati, romantik uchrashuvlari, extirosli oʻtgan son-sanoqsiz tunlari va Reyni rashk qilishlari nima edi unda? Shunchaki oʻyin edimi?
~hoy, hoy meni eshityabsanmi? Rey axvoling yaxshimi?
Bir burchakda suyanib oʻtirgan Reyni xotiralar girdobidan Jiminning xavotirli ovozi uni reallikka qaytardi, koʻzlaridagi yoshni qoʻpol harakatlar bilan artgancha qulogʻidagi quloqchinni olib bir chetga uloqtirib yubordi va sniperni qayta qoʻliga olib Taehyungni nishonga oldi
~seni oʻldiraman degandim
Lablar orasida sekin shivirladi va uning yuragini nishonga oldi, yurak urishi tobora kuchayar ekan qollari qaltiray boshladi, chuqur nafas olib oʻzini bosishga harakat qildi. Barchasi befoyda, allaqanday tuygʻular uni chulgʻab olgan edi, qandaydir kuch uni hozir Taehyungni bagʻri tomon tortayotgan edi, u hozir pastdagi yigitni qaynoq quchogʻiga berkinib uni sogʻinganini va uni hamon sevishini aytishni xohlaydi, u bilan qayta birga boʻlish uchun hamma narsaga tayyorligini aytishni xohlaydi, lekin emdi barchasi uchun kech. Rey baqirgancha qurolni olib jamadonga joylaydi va tezlikda u yerni tark etadi.
~siz bilan tanishish men uchun sharaf Jeon Jungkook
~sizni kelishinggizni uzoq kutdik Kim Taehyung
~shaxsiy masalalar sabab biroz kechikdik, tanishing rafiqam, Kim Yeon
~tanishganimdan xursandman Yeon xonim
Jungkook iltifot koʻrsatgancha Yeonga tazim qiladi
~unda sizlarga maroqli kecha tilayman, bazmdan baxra oling
Jungkook bosh eggancha ulardan uzoqlashadi va Jihoonni yoniga boradi
~janob Jihoon
~Jeon Jungkook, koʻrinadigan kuninggiz ham bor ekanmi?
~kechagi xolat uchun uzur soʻrayman, oldinggizda xijolatdaman
~uzurni mendan emas qizimdan soʻraganinggiz ma'qul, zero sizni deb kecha asablari joyida emasdi
~ulardan ham aloxida uzur soʻrayman albatta, mayli unda men boraqolay
~Jimin, hoziroq sen uyga bor, Reyni top va undan xabar ol, nega topshiriqni bajarmaganini aniqla
Jimin bosh egib bazmni tark etadi. Deyarli yarim soatda Kanlar qoʻrgʻoniga yetib keladi, darvoza ochilishi bilan aylana yoʻl boʻylab hovliga kiradi va mashinadan tezlik bilan tushib uyga kiradi
~u keldimi?
Jimin uy hizmatchilaridan soʻraydi
~ha, lekin axvoli yaxshi emas
Jimin xavotir ila zinalardan yugurib yuqoriga chiqadi, yurib borar ekan singan narsalar va baqirib yigʻlayotgan qizni ovozini uzoqdan eshitib qadamlarini sekinlatadi, xona eshigi yoniga kelib bir muddat kirmasdan jim turadi. Hamon oynaninf singani, uyoqdan-buyoqqa uloqtirilayotgan narsalarning ovozi tinmaydi, yigʻi ovozi borgan sari balandlashadi, ortiq chidab turolmagan jimin shiddat bilan xonaga kiradi va xona oʻrtasida oynaga musht tushirayotgan qizni qoʻllaridan ushlab ortidan quchib oladi
~qoʻyib yubor, ket, jin ursin, nega menga aytmading?
Rey baqirgancha Jiminni quchogʻidan chiqishga harakat qiladi
~kechir iltimos, men bilmagandim, rosti bilmasdim
~sen aniqlashing kerak edi, men koʻrmasligim kerak edi, bilmasligim kerak edi
Reyning harakatlari biroz sustlashadi va buni sezgan Jimin sekin uni qoʻyib yuboradi, uni oʻziga qaratib yigʻidan shishib ketgan koʻzlaridagi yoshni artadi, issiq qon oqayotgan qoʻliga choʻntagidan olgan roʻmolchasini bosadi, Reyning holsiz tanasi sekin yerga sirgʻaladi va boshini Jiminni yelkasiga qoʻyib koʻzlarini yumadi
~Jimin
~ha
~uni haliham sevar ekanman
Reyning lablaridan shivirlab chiqqan bu soʻzni eshitgan Jimin xafsala va achinish bilan bagʻridagi qizni koʻtarib yotoqqa yotqizadi
~u senga loyiq emas Rey
Jimin qizning qulogʻiga shivirlagancha sekin uning ustini yopadi va xonadan chiqib ketadi
Eeta tongdan koʻziga qora koʻzoynak taqib baland poshnasini taqillatgancha kompaniyaga kirib kelgan Reyni koʻrgan ishchilar uning yoʻliga peshvoz chiqib hammasi bosh egadi. Rey viqor ila boshini tik tutgancha liftga kiradi, u doim shunday boʻlgan, unga tarbiyani shunday berishgan, doim boshni tik tutish, hechkimga boʻyin egmasluk va zinxor zaif nuqtani oshkor qilmaslik. Rey shunday, tashqaridan qancha salobatli va kuchli boʻlib koʻrinmasin ichki dunyosi bu qadar mustaxkam va koʻringani kabi emasdi, chunki har bir qalbning bir zaifligi bor. Oʻz xonasiga yetib kelgach sumkasini stol ustiga qoʻyadi, atrofga qarar ekan yerda turgan ulkan savatdagi pushti pionlarga koʻzi tushadi. Uning yoqtirgan pushti ranggi va pionlar, uning sevgan guli. Lablari tabassum paydo boʻladi, allaqachon gulning hidi xonaga taralib boʻlgan, shunday boʻlsada u egilib gulni xidlaydi, orasidagi oq qogʻozga koʻzi tushadi va uni ochadi
~hamkorlik uchrashuviga kelolmaganim uchun bu gullarni uzurim sifatida qabul qilasiz degan umiddaman Rey xonim, gunohkoringgiz Jeon Jungkook
Rey xatni oʻqishi bilan ensa qotirgancha uni gʻijimlab tashlaydi va gullarni koʻtarib ish stoli ustiga joylashtiradi, shu payt eshik ochilib kotiba kirib keladi
~xonim, majlislar xonasiga bugun soat 10 da yigʻilish boʻlarkan, janob Jihoonning buyrugʻi bu
~yaxshi, ketishing mumkin
Rey yaxshi kayfiyatda gullarga termuladi va oʻz ishlariga shoʻngʻib ketadi. Bir nechta hujjatlarni tekshirar ekan qoʻl soatiga qaraydi, soat 9:50 ekanini koʻrib oʻrnidan turadi, majlislar zaliga ketish uchun eshik tomon qadam bosar ekan tosatdan eshik ochilib Jimin kirib keladi
~nega ogohlantirishsiz kirasan? Bu nima axvol, ortingdan it quvladimi?
~qayerga ketyabsan?
~majlisga, muammo bormi?
~ha bor, men bilan tushlikka chiqasanmi?
Toʻsatdan Jiminning gapidan Rey telbaga qaragandek qaraydi
~soat endi 10 boʻldi Jimin
~nima qilipti, ertalab nonushta qilmagandim boraqolaylik, qani yur
~shoshma, otam majlisga chaqirgan borishim kerak, keyin tushlikka chiqaveramiz
Rey eshik tutqichidan ushlaydi, Jimin tezlik bilan eshik qarshisiga turib oladi
~Rey, haligi....senga bir gap aytishim kerak
~yaxshi ayt, vaqtimni olyabsan axir
Jimin hozir unga nima deyishni oʻylar ekan birdan koʻzi gullarga tushadi
~voy pionmi, ularni koʻpligini, kim berdi?
~Jeon Jungkook uzur tariqasida yuboripti, endi esa Jimin yoʻlimdan qoch kech qolyabman
Jimin eshikka maxkamroq suyanib oladi, uning bu xarakatlaridan allaqachon shubxalangan Rey jim qoladi
~sen mendan nimanidir yashiryabsan
~yuq, nimani yashiraman
Reyning sabri tigaydi va orqa choʻntagidan olingan toʻpponchani Jiminning ogʻziga tiraydi
~hoziroq qochmasang ortiq nafas olmasligingni taminlayman, yoʻlimdan qoch
Jimin noiloj eshikdan chetga otadi, Rey tezlik bilan xonadan chiqib majlis zaliga yetib keladi
~ming bor uzur, biroz kech...
Uning gaplari yakunlanmasdan qolib ketadi, eshikdan kirishi bilan xonadagi insonlarga qarar ekan joyida qotib qoladi, nafas olishni unutadi...nigohlari faqat bir insonga qadalib qolib ketadi
.
.
.
.
.
𝑺𝒆𝒎𝒊 𝑪𝒂𝒓𝒆𝒍𝒊𝒂 || @glamour_fanfic