Stay with me / ep-11
~sening sevgi toʻla nigohing mening yakunim edi....
~qarshimda Jisoo va Suga telefonda nimanidir tomosha qilib oʻtirar ekan toʻsatdan ochiq belimdan tutgan ulkan qoʻl sabab choʻchib ketdim, bu Taehyung. Uning koʻzlariga boqdim, gʻalati. Yirtqich va shaxvat aralash nigoh ila menga boqdi. Oʻzgacha hisni his qildim, qoʻrquv? Ammo nega men undan qoʻrqyabman, tushunmayabman. Uning keyingi harakati meni aqldan ozishimga sababchi boʻldi. Qoʻlidagi shisha stakanni stol ustiga qoʻyib oramizdagi masofani yopti va men tomon siljib belimdan qattiq qisiq oʻzining tanasiga yopishtirib qoʻydi. Koʻzlarim kosasidan chiqib ketayozdi, u aniq telba. Qoʻllarim bilan belimda turgan qoʻlini olishga harakat qilar ekanman, lablarida tabassum bilan meni jim kuzatardi. Men ham hechbir soʻz demasdan uni oʻzimdan itardim, chunki buyerda biz yolgʻiz emasmiz. Kuchli qoʻllariga koshki meni mittigina qoʻllarim qarshilik koʻrsata olsa edi. Noqulaylikni his qildim va atrofga qaradim, baland musiqaga telba kabi harakatlangancha raqs tushayotgan yoshlar, barmen yonida boʻkkunicha ichib oʻtirgan yigit va qizlar va davra oʻrtasida sakrab oʻzini koʻrsatayotgan qizlar ochigʻi meni hayratimni ikki karra oshirdi. Koʻzlarim bexosdan burchakda ogʻiz-burun oʻpishib oʻtirgan juftlikka tushdi, ularga qarab qoldim. Buni sezgan Taehyung koʻzlarim oldida barmogʻini ikki martta qirsillatdi va unga qaradim
~agar sen ham xohlayotgan boʻlsang undan ortigʻini ham berolaman
Ana endi tilga kirib unga jahlimni yuzim orqali ifodaladim. Qovoqlarimni biroz uyib koʻzlarimni undan olib qochdim.
~bilasanmi, hozir qanchalik oʻzimni bosishga harakat qilayotganimni? Bu qiyin....
U gapirish mobaynida kalta sariq sochlarim orasiga burnini koʻmgancha boʻynimdan chuqur hidladi. Tanamni titroq bosdi, bu bola meni nosogʻlom fikrlarimning sababchisiga aylanib bormoqda. Qimirlamadim, jim turdim, zero hammani oʻzimga qaratishni xohlamadim. Soʻnggi martta boʻynimdan sekin tishlab qoʻydi va mendan uzoqlashdi
~ha, faqat sening telbangman, seni deb telba boʻldim. Menga nima qilyabsana sen qiz?
~bu telbaliging bir kun boshingni yeganda anglab yetasan qanchalik axmoqligingni
Oʻrnimdan sakrab turdim va ichimlik solingan idishimni koʻtarib barmen yoniga yurib ketdim.
Qizning ortidan qarab qolgan Taehyung lablarini yalagancha tabassum qildi
~bugun, aynan bugun ostimda yotishingni ta'minlayman
Jisoo Suganing koʻksiga boshini qoʻyib oʻtirar ekan Suganing telefoniga kelgan xabarni koʻrib oʻrnidan qoʻzgʻaldi. Suga xabarni ochib koʻrishi bilan yuzida hayrat ifoda aks etdi. Birdan telefon ekaranini oʻchirib oʻrnidan turdi
~xozir kelaman, yuvinish xonasiga borib kelaman
Jisoo javoban bosh irgʻadi, Suga davrani tark etdi. Jisoo Semini qidirar ekan bar yonida oʻtirganini koʻrib u ham shu tarafga qarab yoʻl oldi
Suga klubning ikkinchi qavatiga katta tezlik bilan yugurib chiqdi va yoʻlak boʻylab yura boshladi, qizil gilam boʻylab yurib 25-xonani izlab topdi. Eshik tutqichi ushlab pastga buradi, xonaga kirishi bilan sigaret hididan yuzi burishdi. Xona oʻrtasida Jungkook kresloga oʻtirgancha boshini ortga tashlab sigaret chakib oʻtirardi. Eshikdan kelgan inson kimligini taxmin qilib oʻrnidan ham qoʻzgʻalmadi. Suga chaqqonlik bilan Jungkookning qoʻlidagi sigaretni olib yerga otib yubordi
~senga chakish mumkin emas, qachongacha aytishim kerak
~xush kelibsan qadirdonim Suga
Ana endi boshini koʻtargan Jungkook Sugaga boshdan oyoq qarab chiqdi
~ketishing olidan bazm qilay debsanda, lekin meni taklif qilish hayolingni bir uchiga boʻlsa ham kelmabdi
~kelganimdan xursand boʻlasan deb oʻylagandim, nima endi oʻz vatanimga ham kelolmaymanmi?
~aljirama jin ursin, sen qidiruvda ekanligingni bilasanmi? Seni Koreyada ham qidirishyapti, sirli qotil va mafiya toʻdasining a'zosi Chon deb katta plakatlarga ilib qoʻyishgan
~Suga, meni bir yildan buyon qidirishadi, 18 ta davlatda qidiruvdaman
~xayriyat shuni bilar ekansan, xoʻsh nega kelding?
Gavdasini koʻtarib kresloga yaxshi joylashgan Jungkook qarshisidagi stolni oyogʻi bilan Sugaga uzatdi
~nima? Koreyada? Bu yerda nima qiladi u?
~nima qilardi, qochib keldi. Oʻtgan safar odamlarini qattiq xafa qilib qoʻydim, shuning uchun mendan arazlab Koreyaga kelib olipti
~shu koʻppak uchun joningni xatarga qoʻyib keldingmi? Menga aytsang ham hal qilardimku
Xonada birdan Jungkookning kulgusi yangradi.
~senmi? Hal qilarmiding, kuldirma Suga.
Birdan jiddiy qiyofaga kirib qolgan Jungkook Suganing koʻzlariga qaradi
~sen, agar sen hal qila olganingda Davidni emas anavi pastda oʻtirgan mishqini hal qilarding
Tamom, Suganing nafasi ichiga tushib ketdi. Suga Jkning doʻsti boʻlishiga qaramasdan unga boʻlgan qoʻrquvi uni yengadi. Chunki Jkdan hamma narsani kutsa boʻladi, gap Semi haqida ketganda yoʻlida uchraganni nimtalashga tayyor boʻlgan yirtqichdir.
~gapir, hal qilmoqchi edingku. Men senga aytgandim qoʻlingdan kelmasa ayt dedim, lekin sen nima deding, xosh?
~u qutulib qoldi, yuk mashinasini tagiga kirib ketgan joyidan uni qutqardi
~demak sen ishni chala qilgansan, oddiy avtohalokatda oʻlib ketadi deb oʻylading, lekin qarasang u tirik chiqdi, shundaymi?
Suga hechnima demadi, deyolmadi. Chunki hozir nimadir desa qarshisidagi Jungkookning gʻazabi qaynab keyingi harakatlari nima boʻlishini hechkim bilmasdi
~u, oʻsha itvachcha Taehyung, menga tegishli boʻlgan insonni, tanani koʻz oʻngingda quchdi, tegindi. Lekin sen hatto e'tibor ham qilmading.
~uni men taklif qilganim yoʻq, bu Jisooning xohishi edi
~menga xohishingni roʻkach qilma, tupurdim hammasiga. Uni nimtalayman, menikiga tegingani uchun uni parchalayman. Oz qoldi, shu Davidni ishini hal qilib olay hammanggizga navbat keladi.
Jungkook gaplarini yakunlab oʻrnidan turdi va xona burchagidagi devanga yotib oldi. Koʻylagining tugmalarini boʻshatib yechib tashladi. Suga sekin oʻrnidan turdi va unga soʻnggi bor nigoh tashlab xonani tark etdi.
Bir on koʻzlarini yumib tinchlanishga harakat qilar ekan koʻz oldida oʻsha manzara gavdalanaverdi. Lablari orasida soʻkingancha jim yotdi. Toʻsatdan ochiq tanasiga tekkan muzdek qoʻllar sabab boshi ni koʻtardi. Qarshisida ochiq tungi kiyimda uzun qora sochliq qizni koʻrib gavdasini koʻtardi
~gʻazabim seni parchalashi mumkin, ket
~erta xulosa qilma, zero muz kabi seni sovutmoqchiman, gʻazabing seni yoqib kul qilmasdan avval
Jungkook devandan turdi, qizning yoniga bir qadam bosib oradagi masofani yopti. Qizning qora sochlarini yuzidan olib bir qoʻli bilan yigʻib oldi, ikkinchi qoʻli uning nozik va ochiq belidan tutib yalang tanasiga mix lab qoʻydi. Jungkookning har bir harakatini diqqat bilan kuzatayotgan qiz ham undan qolishmasdan boʻynidan nozik qoʻllarini oʻtkazib oldi.
~afsuslantirmaysan degan umiddaman
Qizning sochidan tortib lablariga yopishdi, qiz esa ham ogʻriqdan ham extirosdan ingrab yubordi. Bir necha daqiqa davom etgan boʻsani uzib qizning ochiq boʻyniga tishlarini botirdi. Bir necha daqiqa davom etgan boʻsani uzib qizning ochiq boʻyniga tishlarini botirdi.
~zexningga tan berdim, qayerdan bilding?
~tugʻma qobilyat deya qolaylik, ammo nega? Nega meni yonimga kelding
~bu xohish, birinchi tunimni oʻzim istagan erkak bilan oʻtkazishni istadim, zero hali erkak qoʻli tegmagan tanani sen bilan boʻlishgim keldi
Jungkook lablarida tabassum qilib qizning eganidagi harir matoni yerga uloqtirdi, faqat ichki kiyimda qolgan qiz Jungkookning koʻkrakiga qoʻllarini qoʻydi.
~yumshoqlikni va'da qilolmayman, oʻylaymanki tongda bu jasurliging uchun afsuslanmaysan
~afsuslanish yoʻq, tunni tongga ulaguncha faqat zavqlanishni xohlayman
Bir urinish bilan qizni yotoqqa uloqtirgan Jungkook uning ustiga chiqib oldi. Lablar qayta birlashgan on qoʻllari bilan qizni kiyimlardan xalos qilgancha xonaning toʻgʻri kelgan joyiga kiyimlarini uloqtirdi. Qisqa vaqt ichida qizning ingrashlari xonani qamrab oldi, Jungkook esa ishini davom ettirarkan hozir uning hayoli allaqachon oʻzida emasdi...
Barmen yonida yangi tayyorlangan alcogol idishini qoʻllari bilan ushlab turgan qizning hayollarini Jisoo boʻlib yubordi
~Ha, men haligi, ichimlik olish uchun kelgandim
~chunki sen avval ichmasding va hozir qoʻlingda achchiq scotch turpti
Jisoo Semining qoʻlidagi stakanga ishora qildi
~bugun chegaralarni buzishni xohlayman
Semi gapini yakunlab qoʻlidagi scotchni bir koʻtarishda oxirgacha ichib yubordi. Uning bu qiligʻidan shokka tushgan Jisoo qoʻli bilan yuzini yopib oldi
Semi yuzini burishtirgancha Jisooga qaradi va stakanni yana barmenga uzatdi
~yana bitta Jisoo, keyin ketamiz
Jisoo foydasi yoʻqligini tushungach atrofga koʻz yugurtirdi va oʻzlari oʻtirgan stolda Taehyungni koʻrdi
~Taehyungni sevasanmi? Unga befarq emassan shundaymi?
~nimalar deyabsan, oʻrtamizda sevgi yoʻq
Semi Jisoo qaraga tarafga qaradi va Taehyung bilan bir qiz suxbatlashib oʻtirganini koʻrib koʻzlari qisildi
~menimcha Taehyungni yangi dugonasi
Jisoo tabassum qilib Semiga qaradi, Semining yuzida gʻazabni koʻrib kulib yubordi.
~koʻzingni uzib-uzib qarasangchi, seni koʻrgan inson rashk qilyapti deb oʻylaydi
~hozir ularga rashk qanday boʻlishini koʻrsatib qoʻyaman
Semi qoʻlidagi ikkinchi scotchni ichib yubordi va qoʻli bilan ogʻzini artib toʻgʻri Taehyungni yoniga borib oʻtirib oldi. Taehyung unga qarashi bilan hoʻl lablarini yigitning lablariga bosdi va ularni kuzatib turgan Taening ortidagi qizga qaradi. Qiz asabiylashgancha oʻrnidan turib ketib qoldi. Jisoo esa Semining bu ishini hazm qilolmasdan chappa qarab peshonasini ushlagancha chuqur nafas chiqarib yubordi. Ikki daqiqada boʻsa uzilgach Semi peshonasini Taehyung bilan birlashtirdi. Hansiragancha nafas olar ekan Taehyung ortiq chidab turolmadi, bir koʻtarishda uni tizzasiga oʻtkazib oldi va lablar qayta uchrashdi. Extiros va zavq bilan ikki tomonlama boʻsa olinar ekan ulardan chiqayotgan qaynoq hatorat tanalarni jumbushga keltirardi, Taehyungni qoʻli qizning ochiq oyoqlariga tegishi bilan Semi oʻziga kelib yuzini burib oldi. Taehyung qizning sonidan qattiq siqib koʻzlariga boqdi
~meni chegaradan chiqarmoqchimisan?
~balki bugun chegaralarni birga buzarmiz?
~senga bu kuchni ichkilik beriptida
~ozgina jasurlik uchun ikki stakan yetarli boʻldi. Balki bu yerdan ketarmiz
Semi qizargan koʻzlari bilan yigitning ochiq koʻksiga qoʻlini bosdi va yelkasiga boshini qoʻyib oldi
~tonggacha senga uyqu xarom boʻlsin yovvoyi mushukcha
Taehyung davra oʻrtasida mast qizni koʻtarib chiqib ketdi...
Mexmonxonaga kelib toʻxtagan mashinadan tushgan Taehyung Semini qoʻllarida koʻtargancha ichkariga kirdi. Liftdan chiqar ekan shu yerda ham qizni tinch qoʻymasdan lablariga yopishdi. Kerakli xonani kalit yordamida ochib qizni toʻgʻri yotoqxonaga olib kirdi va yotoqqa otib yubordi
Semining egnidagi kiyimlarni birin ketin yechib uloqtirdi, qiz ham mastlikda nima qilayotganini anglamadi, yigitning kiyimlariga yopishgancha tugmalarini yechdi. Egnida hechqanday kiyim qolmaganda soʻng yigitning boʻynidan qoʻllarini oʻtkazib lablar birlashdi. Taehyung qoʻllarini nazorat qilolmay qoldi, zero bu extiros hozir uni aqildan ozdirayotgan edi.
~koʻkraklarimdan siqqan katta qoʻl sabab ingrab yubordim, lablarimda harakatlanayotgan Taehyungni lablarini soʻrib oʻpar ekanman hozir aqlim oʻzimda emasdi, men yengildim, qarshimdagi insonning teginishlariga yengildim. Oyoqlarim oʻzimga boʻysunmasdan yiqilishimga oz qoldi, ammo epchil harakat bilan Taehyung meni tutib qoldi va ostiga olgancha yotoqqa qulatdi. Uning mushaklariga qoʻllarimni qoʻydim, unda hammasi mukammal. Bu tana meni aqildan ozdiradi, men hozir faqat uning ostida yotishni xohlayabman. Tanamni har bir qarichi oʻrganib chiqqan yigit kutilmaganda koʻkragimdan tishlab torta boshladi. Baqirib yubordim, ammo u toʻxtamasdi. Pastlashib borar ekan kuchli extiros tasirida hechnimani anglamasdim, toʻsatdan ichimga kirgan narsadan baqirib yubordim, Taehyung qoʻli bilan ogʻzimni yopib oldi
Shu yergacha oʻqib reak bosmaganlarni telefoni sinib qolsin🗿