Stay with me
~ Koinotning chegarasi boʻlmaganidek senga boʻlgan sevgimning ham oxiri yoʻq....
~ Bugungi kunim ham odatdagidek edi. Hammasi sokin va oʻz oʻrnida, ammo nimadir kamdek, yoki kim? Bugun darsga kelar ekanman negadir Taehyungni koʻrmadim. Har doim men kelishimni kutib turadigan, kun boʻyi ortimdan yurib meni sekin kuzatadigan yigit negadir bugun universitetga kelmadi. Yoki unga nimadir boʻldimikin? Ochigʻi u haqda oʻylayotganimga ishonmayabman. Bu axmoqlik. Nega endi men u haqda oʻylashim kerak. Nima undan xavotir olyabmanmi? Yoʻq, men jinni boʻldimmi? Balki boshimni devorga ursam oʻzimga kelarman.
Oʻy-hayollar bilan uzun yoʻlak boʻylab ketar ekanman bilagimdan tortgan kuchli qoʻllar ta'sirida qorongʻu bir xona ichida paydo boʻlib qoldim. Hech nimani anglab ulgurmay qoldim. Bu juda tez sodir boʻldi. Jin ursin, kim boʻlsa ham uni oʻldiraman.
Shu darajada jahlim chiqib yon-atrofga nazar soldim. Qarshimda menga tun kabi qora koʻzlar termulib turibdi.
Negadir bu koʻzlarga qarasam uzoq tikilib qolaman. Bu gipnosmi? Uning koʻzlari shu darajada qoraki, ularga qaraganimda huddi qorongʻu oʻrmon ichida yoʻqolib qoladigandekman. Bu qoʻrqinchli...
~axmoqmisan, nega qoʻlimdan tortasan?
~shunchaki seni koʻrishni xohlagandim
~boshingni urib olmadingmi Taehyung?
~yana biroz suxbatlashsak meni telbaga chiqarasan sen qiz. Ramantikani ham beliga tepding. Senga sovgʻa bermoqchi edim
Taehyung ortga oʻgirilib stol ustidan nimadir oldi va men tomon oʻgirildi.
~Taehyung biroz adashding. Tugʻilgan kunim bugun emas ertaga
~bilaman ertaga, ammo men bu gullar soʻlib qolmasligi uchun bugun bermoqchiman
Semi gullarni olib hidladi. Yoqimli ifor.
~bu qanday gulligini bilasanmi?
~toʻgʻri, universitetga kelayotib bir onaxon yoʻlda gul sotib oʻtirganini koʻrdim va gullarga qarashim bilan sen yodimga tushding. Shuning uchun sotib olaverdim
~toʻgʻrisi biroz hijolatdaman. Olmasang ham boʻlar edi
~qoʻysangchi bu shunchaki kichik bir sovgʻa. Xoʻsh, ertaga kuningni qanday oʻtkazmoqchisan?
~balki ertaga tugʻilgan kuningni birga nishonlarmiz?
~shunchaki sendan bir kuningni soʻramoqchiman. Rozimisan? Ishon afsuslanmaysan
~yaxshi unda menga kechga yaqin javobingni ayt
Mashinadan tushib uy ichiga kirdim. Sokinlik hukm surmoqda. Bu menga biroz yoqmaydi. Ya'ni men universitetdan kelganimda birinchi koʻrishni xohlaydigan narsam bu ota-onam. Aslida ularni ham tushunaman. Katta kampaniyani boshqarish ham oson ish emas albatta. Kuni boʻyi kompyuter qarshisida oʻtirish, son-sanoqsiz majlislar. Universitetni tugatishim bilan otam meni kampaniyada ishlashimni aytgandi. Balki bu ular uchun yengillik yaratib berar, shu tufayli ham men rozi boʻlgandim.
~xush kelibsiz Semi xonim. Kechki ovqatni tayyorlayveraylikmi?
~Kang xonim oyim bilan dadam qayerda? Akam ham koʻrinmaydi
~janob Seokjin muhim loyiha ustida ishlayotganini aytdi bugun uyga kechroq kelar ekan. Janob bilan xonim esa yangi kampaniyaning ochilish marosimiga ketishdi
~yaxshi, unda menga xonamga olib keling
Zinalardan sekin yuqoriga koʻtarilib xonamga kirdim. Sumkamni yerga qoʻyib quchogʻimdagi gullarni suvga solish uchun guldon olib keldim. Guldonni suvga toʻldirib gullarni sekin qogʻoz oʻramidan chiqarib suvga soldim. Ifori yoqimli. Bir pasda gullarning ifori butun xonani egalladi. Yotoq yonidagi tokcha ustiga gullarni qoʻyish uchun joy ochar ekanman birdan chirsillagan ovoz eshtildi. Pastga qaradim...Jin ursin...bu surat.
Men va Jungkookning suratimiz. Men qoʻpol harakat tufayli suratni yerga tushirib yubordim. Natijada surat oynasi chil-chil boʻlib sinib ketdi. Goʻyoki shu parchalangan shishalardek yuragim ham qoʻshilib parchalangandek boʻldi. Suratni qoʻlimga olib tekshirdim. Oʻz xoliga qaytarishni iloji yoʻq. Bir muddat tikilib qoldi. Ammo daqiqa oʻtmasdan yanogʻimda koʻz yoshlarni his qildim. Bu ogʻriqli...
~toʻgʻri men hozir seni unutgandek koʻrinishim mumkin, ammo men ssni har soniya oʻylayman. Sen aqlimdan ham yuragimdan ham oʻchmaydigan ajoyib xotiramsan. Sen mening yuragimsan, xayotimsan, ilk muhabbatimsan. Qaniydi bu yuragimga buyruq bera olsamu seni unutishni buyursam. Ammo boʻlmayapti...bu telba yurak doim seni deydi va hali hamon seni kutish bilan ovora. Men kuchlidek koʻrinishim mumkin, lekin men ham insonman. Menda ham xis-tuygʻular bor. Har tun yostigʻimni xoʻl qilgan koʻz yoshlarim bunga guvoh.
Aqlim va yurgaim oʻrtasida jang ketmoqda. Biri Jungkookni unut, u seni tark etdi, biz u siz ham yashay olamiz demoqda. Ikkinchisi esa shunchaki jim holatda seni yoʻlingga intizor. Rostan ham men sensiz yashay olamanmi? Albatta axir ketganingga ham 1 yil boʻldi. Men yashayabman, ammo oʻlikdek. Oʻzing ayt seni unutishim mumkinmi?
Sekin suratdagi Jkni yuzini siladim. Bir dunyo xotiralarim koʻz oldimdan huddi bir tush singari oʻtib ketmoqda
~Jungkook ortimdan yurishni bas qil dedim senga. Tinch qoʻy meni
~seni yaxshi eshitdim, ammo men koʻr emasman tushundingmi? Koʻrganimga ishonaman men
~Semi sen notoʻgʻri tushunding. Toʻxtasangchi, qayerga ketyabsan?
Jungkook yoʻlidan toʻxtab Semining bilagidan ushlab ortga tortdi. Natijada Semi boʻlgan ishni anglolmay Jkni tanasini quchib oldi
~sevgilim, bas qil endi. Notoʻgʻri tushunding deyabmanku senga. U qizni tanimayman. Yigiti bilan meni adashtirib yuboribdi. Ishonmasang ortga qara u yolgʻiz emas.
Semi sekin nigohlarini ortga qaratar ekan haqiqatdan ham qizning yonida yigiti bor edi.
~qoʻyib yubor meni, nima u shunchalik axmoqmi yigitini boshqa begona yigit bilan adashtirib uni ortidan quchib oladigan
~bilasanmi hozir nima qilgim kelyapti, oʻsha qiz seni quchgani uchun uni qoʻllarini sindirgim kelyapti, senga gapirgan ogʻzini qonga belagim kelyapti. Senga qaragan koʻzlarini esa oʻyib olgim kelyapti.
~yo xudo Semi, bu oʻzingmisan? Naxotki men bilgan Semi shunchalikka borsa? Bu darajada yovuz ekaningni bilmagandim
~kulishni bas qil Jk, agar menga xiyonat qilgudek boʻlsang koʻzlaringni oʻzim oʻyib olamanda toʻgʻri yuragingga pichoqni sanchaman. Meni oʻqdingmi?
~sevgilim, senga va'da beraman. Men Jeon Jungkook Kim Semiga hechqachon xiyonat qilmayman. Aks xolda uni qoʻlidan oʻlim topishga roziman.
Bu xotiralar ba'zida ogʻriq keltiradi menga. Ketganingdan buyon faqat bir narsani oʻylayman. Nega ketding? Hammasi oʻyinmidi? Meni hecham sevmadingmi? Yoki boshqasi paydo boʻldimi? Men yetarlicha chiroyli emasmidim? Menda javobi yoʻq savollar juda koʻp. Har biriga javob berishingni xohlardim.
Telefonimga kelgan sms ovozidan sergaklandim. Qolimga telefonni olar ekanman Taehyungdan sms kelganini koʻrdim
Nima qilay? Balki bu menga berilgan imkoniyatlardan biridir. Xayotimni yangidan boshlashim uchun berilyotgan ikkinchi imkoniyatdir.
Taehyung xonada uyoqdan-buyoqqa yurib qizdan javob kelishini kutardi. Smsni yuborganiga hali endi 1 daqiqa boʻldi. Lekin har soniyada telefon ekranini yoqib tekshirib turipti.
~Agar u rad etsa nima boʻladi? Balki qarshi boʻlmas.
Yigit shu hayollar bilan kompyuter qarshisiga kelib oʻtirgan on telefoniga sms kelganini koʻrib hovliqib oʻrnidan turdi. Shoshilgancha smsni ochib oʻqir ekan yuzida benihoya tabassum paydo boʻldi. Oʻtirgan joyidan sapchib turib sakrab yubordi. Qiziq birgina sms odamni shu darajada xursand qilishi mumkinmi?
Qorongʻu xona. Devor burchagiga suyanib oʻtirgan qiz sochlarini qoʻllari bilan siqimlagancha yigʻlamoqda. Xona eshigi sekin ochilib ichkariga kirib kelgan odamni koʻrishi bilan uni bagʻriga oʻzini otdi.
Suga bagʻrida bir axvol boʻlib yigʻlayotgan qizni ortidan quchdi. Devor boʻylab qoʻlini yurgizib chiroqni yoqdi. Xonani axvoliga qarab boʻlmaydi. Hammajoy agʻdar-tuntar qilingan, oynalar sindirilgan, kiyimlar sochib tashlangan.
~Jisoo menga bu axvolingni tushuntirib berasanmi?
Jisoo sekin Sugani bagʻridan chiqib uning koʻzlariga qaradi.
~boʻlmayapti Suga, men bu ogʻriqqa chidolmayabman tushunyabsanmi?
~menga topiber, bu ogʻriq meni kundan-kunga tamom qilyapti
Suga chuqur nafas oldi. Jisoo nimani xohlayotganini allaqachon tahmin qildi.
~menga qara Jisoo, sen kuchli qizsan. Men senga ishonaman. Sen buni albatta yengib oʻtasan. Qara hozir yuz-qoʻlingni yuvib uyqu dori ichamiz va uxlaymiz. Shunda ogʻriq ham qoladi. Kelishdikmi?
~uxlashni istamayman. Sen meni tushunmayabsan. Bu qanday ogʻriqli ekanini sen bilmaysan. Har kecha men tanamdagi ogʻriq bilan kurashaman. Dori ichish jonimga tegdi. Menga yordam ber iltimos, ozgina beraqol
~bas qil, aqlingni yigʻ. Nimalar deyabsan? Sen meni tuzalganingga ishontirgan eding. Men senga ishonib oʻsha kasalxonadan seni chiqarib oldim. Ammo xato qilgan ekanman. Sen meni aldagan ekansan. Shu hafta Amerikaga uchib ketamiz, yana muolajalarni davom ettirish uchun
~ketmayman, hechqayerga ketmayman. Oʻsha muolajangni ham olmayman. Doringni ham ichmayman. Men sogʻman. Kasal emasman
~hozirgi ishing nima unda, menga tushuntir. Bu sogʻloq odamni aytadigan gaplari emas. Meni ikkala qulogʻing bilan eshit Jisoo, yo oʻzingni yigʻishtirib olasanda shu uyqu dorini ichib uxlaysan, yoki hozirni oʻzida seni olib ortga qaytaman. Bilasan bu qoʻlimdan keladi
Suga xona eshigini qarsillatib yopgancha chiqib ketdi. Oʻz dardlari bilan qolgan qiz esa baqirib yigʻlashni boshladi.
~men kasal emasman. Men sogʻman. Jin ursin hammasini. La'nati, qaniydi oʻsha Amerikaga ketmaganimda...
Erta tong. Koʻzlarini sekin ochgan qiz atrofga qaradi. Allaqachon quyosh chiqib ulgurgan. Oʻrnidan turib oyogʻiga momiq shippaklarini kiyib pardalarni ikki yonga ochdi. Derazalarni ham ochar ekan mayin shamol qizning ochiq yelkalariga urildi. Tong havosidan toʻyib nafas oldida ortga burilib stakanga suv qoʻyib ichar ekan koʻzi kechagi suratga tushdi. Stakanni qoʻyib suratga biroz termuldida tortma ichiga solib qoʻydi
~bu mening imkoniyatim boʻlishi mumkin. Hayot meni chorlamoqda...
10 daqiqa ichida yuz-qoʻlini yuvib chiqgan Semi shkafni ochib kiyim tanlay boshladi. Shim yoki koʻylak kiyishni uzoq oʻylab oxiri koʻylak kiyishga qaror qildi. Oyna qarshisiga kelib oltin rangli sochlarini sekin taradi. Lablariga rang berish uchun qirmizi rangli lab boʻyoqni olib lablariga bilinar-bilinmas surtdi. Oʻziga yoqadiga. DIOR brendli atiridan sepib sumkasini oldiyu xonadan chiqib ketdi.
Zinalardan yugurib pastga tushar ekan stol ustida turgan oppoq qutiga koʻzi tushdi. Quti yonida gul va sharlar bor edi. Yugurib stol yoniga kelar ekan quti ustidagi xatni olib oʻqidi
: Quyoshcham tugʻilgan kuning bilan tabriklayman. Kechir zarur ishim sababli Busanga ketyabman, shu sababli ertalabdan seni tabriklay olmadim. Ammo sovgʻa olishni ham unutganim yoʻq. Bu senga yoqadi degan umiddaman. Seni yaxshi koʻraman. Jin akang
Semi xursand boʻlgancha sovgʻani xonasiga olib chiqishni hizmatkorlar buyurdi va hovliga chiqdi.
~hayrli tong xonim. Qayerga boramiz
~yoʻq, bugun meni olib ketishadi. Buguncha sizga ruxsat janob Song
Haydovchi tazim qilib ortga ketar ekan Semi qoʻl soatiga qarab soat allaqachon 9 boʻlagnini koʻrdi. Ammo hali ham Taehyungdan habar yoʻq. Deyarli 10 daqiqa kutdi va gʻazab bilan uy ichiga kirib ketmoqchi boʻlganda qoʻrgʻon darvozalari ochilib ichkariga mashina kirib keldi. Semi bu Taehyung deb oʻylab ortga qaytar ekan ammo bu Taehyungni mashinasi emas edi. Mashina ichidan tushgan odamni koʻrgan Semi biroz hayratlandi