June 29

Stay with me / Ep-10

~ sen bilan bogʻliq boʻlgan barcha xotiralarimni unutdim, koshki seni oʻzingni ham unutsaydim...

...

Shifoxonaning sovuq devoriga suyangancha qarshisidagi eshikdan bir soniya ham koʻz uzmagan qiz qimir etmasdan jim oʻtirardi. Qarshisidagi ulkan shishali eshik har safar ochilib yopilganda shiddat bilan oʻrnidan turadiyu ichkaridan yugurib chiqqan hamshiradan biror bir javob olish uchun uning yuziga tikiladi. Ammo hechqanday javob ololmaganidan soʻng yana sekingina joyiga qaytardi. Eshikka umid bilan boqar ekan, hozir shifokorlar chiqib unga yaxshi xabar aytishini juda xohlardi...

Hayollar bilan oʻtirgan qiz oʻzini ismini uzoqdan eshitishi bilan oʻsha tomon qaradi. Jisoo yoʻlak boshida hansiragancha yuzida allaqanday qoʻrquv bilan yugurib keldi. Semi oʻrnidan turib Jisooning bagʻriga oʻzini otdiyu birdan yigʻlab yubordi

~Semi...axvoling yaxshimi?

Jisoo qizning yuzini ushlab uni tekshira boshladi

~men ...yaxshiman..lekin u yaxshi emas Jisoo, u oʻlib qoladi

Semi duduqlangancha gaplarini zoʻrgʻa aytib Jisooga qarar ekan koʻzlaridagi yosh tinmasdi

~boʻldi, yiĝlama, uni qutqarib qolishadi. Uni asrab qolishadi, axvolingga qara, sen ham yaralangansan. Hozir hamshira chaqiraman hopmi? Shu yerda tur

Semi bosh irgʻab shu yerda joylashgan stullardan biriga oʻtirdi, birdan koʻzi yugurib kelayotgan Jiminga tushdi

~Jimin, bu yerda nima qilyabsan?

Jimin bir soʻz demasdan qizning yoniga kelib qullaridan tutdiyu, oʻzining bagʻriga maxkamladi. Qiz hayron qolgancha jim turdi.

~qoʻrqib ketdim

Jimin qizning quloqlariga sekin pichirladi

~Jimin men..

~jim, iltimos. Gapirma. Yuragim urushini eshtyapsanmi? U senga nimadir boʻldi deb yomon qoʻrqdi, u tinchlanguncha jim tur iltimos

Bu quchoq bir-necha daqiqa soʻzsiz davom etar ekan Jisooning orqadan kelgan ovozi Jiminni Semidan uzoqlashishiga sabab boʻldi

~Jimin ham biznikida edi, u ham eshtishi bilan sendan xavotirlanib yugurib keldi

~aslida....sizlarni xavotirga qoʻyganim uchun kechiring

~bu nima deganing axmoq qiz, biz sening doʻstlaringmiz, sening yaqinlaringmiz, oilangmiz. Shunday vaqtda yoningda turmasak nima qilib yuribmiz?

~Jisoo, asabiylashma, undan koʻa unga suv ber, yuz-qoʻlini yuvib olsin. Biroz boʻlsa ham oʻziga keladi

~yaxshi Jimin, yuraqol Semi

Semi va Jisoo birga ketishdi, Jimin esa qoʻllari bilan sochlarini ortga tarab yuqoriga qaragancha chuqur nafas oldi

...

Qorongʻu xonaga kichik deraza orqali oy nurlari tushib biroz yorugʻlik taratib turar ekan, xona burchagida yerda oʻtirgan qiz eshik ochilishidan sergaklanib boshini koʻtardi va eshik tomon nigohlarini qaratdi. Temir eshik ochilib ichkariga kirib kelgan yigit oʻzining zulmatdan ham qora aurasi bilan qizga nazar soldi. Qiz esa joyidan ham qimirlamasdan uning navbatdagi harakatlarini kutib turgan on yigit ichkari tomon ikki qadam tashladi. Jungkook atrofga bir koʻz yugurtirdi, sekin qizning yoniga kelib qizning boʻyi qatori egildi,

~yaxshi qiz boʻlib hamma savolimga javob ber, yoʻqsa oʻzingga qiyin

Jungkook gapirish mobaynida qizning yuziga tushib turgan oltin misol tovlanib turgan bir tutam sariq sochini quloqlari ortiga oʻtkazib qoʻydi

~savollaring javobsiz qoladimi deb qoʻrqaman

~menda gapirtirishning ellikdan ortiq usuli bor qizaloq, kim bilan oʻynashmoqchi boʻlyabsan sen? Koʻzlarimga qara, sen ularda oʻz oʻliming yoki kelajagingni koʻrishing mumkin

Rose Jkning koʻzlariga tikilar ekan Jk sekin tabassum qildi

~qani endi gapir, David qayerda?

~bilmayman

~notoʻgʻri javob, aslida bir gapni ikki martta takrorlashni yoqtirmayman, ammo negadir senga takrorlagim kelyapti, David qa-yer-da?

Soʻzlarini dona dona qilib gaprgan Jk qizning lablariga tikildi, goʻyoki undan javob kutgan insondek. Bir on xonani sukut egalladi, qiz yuzini boshqa tomon burib oldi. Xonada birdan Jungkookning baland kulgusi yangradi, Rose koʻzlarini yumib uning keyingi harakatini kutar ekan birdan sochlarida ogʻriq sezib ingrab yubordi

~menga qara, sen oʻylaganchalik yaxshi va raxmdil odam emasman. Istasam hozirni oʻzida seni ìldirib yuboraman.

Jungkook bir qoʻli bilan qizning sochini ikkinchi qoʻli bilan Rosening iyagini ushlab gapirdi. Qizning ogʻriqdan koʻzlaridan bir tomchi yosh dumalab chiqdi

~yoʻq, meni koʻz yosh bilan alday olmaysan. Oʻylashimcha senga yetarlicha yaxahi muomala qildim

Jungkookning gapini boʻlgan telefon ovozi xona boʻylab yangradi. Choʻntagidan telefon ekraniga qarab asabiylashdi va qoʻnĝiroqqa javob berdi. Bir daqiqa davom etgan bu suxbat yakunlangach Jungkookning yuzida uqib boʻlmas iblisona kulgu paydo boʻldi

~bilasanmi, endi menga keraging yoʻq deb oʻylayman. Chunki oʻsha sen qayerdaligini yashiryotgan xoʻjayining allaqachon topilipti. Yaqin kunlarda uni ham asfala sofinga ravona qilaman, xuddi sen kabi

Jungkook gaplarini tezlik bilan yakunlab orqa choʻntagidan toʻpponcha olib kiprik qoqmasdan qizning peshonasiga oʻq joyladi. Qizning peshonasi boʻylab oqib tushgan qon va yerga jonsiz qulagan tanasini koʻrgan Jungkook bir on unga termuldi va oʻrnidan turib xonadan chiqib ketdi

...

Taehyungni palataga olishgach shifokorlar uni yoniga hechkimni kirgizmadi. Jimin, Semi va Jisoo shifoxona stulida oʻtirar ekan vaqt ham allamahal boʻlib qolganini koʻrgan Jisoo gap boshladi

~Semi, yuraqol uyga ketamiz, sen ham charchagansan

~yoq, sizlar ketavering men shu yerda ertalabgacha qolaman

Qizning javobidan Jisoo va Jimin bir-biriga qarar ekan Jiminning borgan sari jahli chiqardi.

~Jisoo toʻgʻri gapiryapti, ertalabgacha bu yerda nima qilmoqchisan? Qara u yaxshi, tongda koʻzlarini ochadi deyishdiku

~men ketmayman dedim, tinch qoʻying meni

Semi jahl bilan oʻrnidan turdi va Taehyung yotgan xonaning oynali eshigiga kelib uni kuzata boshladi. Uning bu muomalasi Jisoo va Jiminni hayratlanishiga sabab boʻldi. Semi oynaga sekin qoʻlini qoʻyib uzoqdan Taehyungga termular ekan turli xil ukol va simlar ulangan, boshi va boʻyni bint yordamida bogʻlangan yigitni koʻrib ichida nimadir uzilgandek boʻldi. Jimin esa uning har bir harakatini diqqat bilan kuzatdi, qoʻllari musht xolatga kelib jahldan koʻzlari qizardi. Shartta oʻrnidan turib Semining yoniga keldi va uni bilaklaridan maxkam siqib yetaklab keta boshladi. Jisoo esa ularga qarab qolar ekan ortidan chiqmoqchi boʻldi, lekin Jiminning gaplari uni toʻxtatdi. Jimin hovliga Semini sudrab olib chiqdi va oʻzi uning qarshisiga turib oldi

~aqildan ozdingmi? Nima qilyabsan?

~ha aqildan ozdim, jin ursin. Sen aqldan ozdiryabsan meni sen

~baqirma menga, men nima qildim senga? Odamga oʻxshab gapir

~sen hattoki nima qilganing va qilayotganingni ham bilmaysan, bu darajada etiborsiz boʻlma. Shuncha vaqt jim yurdim, ammo bugungi ishinggiz oshib tuahdi. Sen nega u bilan birga eding?

~senga hisob berishga majburmanmi? Chegarani buzyabsan Jimin? Kim bilan nima qilishim senga qiziq boʻlmasin

~sen hozir uni deb menga, shuncha yillik doʻstingga shu gaplarni ravo koʻryabsanmi?

~aslida bunga haqli emasmisan? Hozir nimalar deyotganingni anglayabsanmi?

~anglayabman va telba boʻlyabman. U bilan birga yarim tunda nima qilib yurganding, kamiga oʻlib ketishing mumkin edi. Oʻzi oʻlib ketsa ham mayli sen..

Jiminning gapi yakunlanmasdan yuziga kelib tuahgan tarsakidan yuzi yon tomonga burildi.

~sen qachon bunaqa odamga aylanib qolding? Bir inson hozir oʻlim bilan olishyotganda sen shu gaplarni gapirishga qanday hadding sigʻadi? Qaytib koʻzimga koʻrinma, doʻstligimiz haqqi

Semi ortga ugirilib bir qadam tashladi va kutilmagamda Jiminning harakati bilan uning bagʻriga kirib qoldi va lablariga tekkan issiq haroratdan koʻzlari kattalashib ketdi va Jiminni oʻzidan itarib yubordi. Yuziga kelib tushgan ikkinchi tarsakidan uning oppoq yuzi birpasda qizarib qoldi.

~senga doʻst boʻlmaganman va bundan keyin ham boʻlmayman

~sen...sen...nima qilding?

~tushunding va his qilding. Seni sevaman, senga telbalarcha oshiqman. Bu sevgim faqat oʻzimga ayon. Necha yildan buyon bu sevgiga qarahilik qilib keldim, u seni doʻsting dedim, ammo yuragim buni qabul qilmadi.

~bas qil, yetar seni ortiq eshitishni istamayman

Semi qoʻllari bilan quloqlarini berkitib ortga qarab yura boshladi va yugurgancha ichkariga kirib ketdi. Jimin esa uning ortidan bir muddat qarab qoldi va sekin lablariga qoʻlini bosdi

~endi armonim yoʻq....

...

~oradan sakkiz kun oʻtdi, shu vaqt davomida Taehyung ancha oʻziga kelib qoldi. Uni yonidan bir soniyaga boʻlsa ham ayrilmadim, doim uni yonida boʻlib unga gʻamxoʻrlik qildim. Bu qanday yaqinlikligini bilmayman, ammo men anchagina chegarani buzdim. Doim undan uzoqlashishg harakat qildim, ammo qandaydir tuygʻu meni unga itarardi. Lekin bu sevgi emas, bu shunchaki doʻstona yordam deya oʻzimga uqtirardim. Koshki buni yuragim ham qabul qilsa, lekin men yengildim. Ha men uni sevib qoldim, uning qaynoq taftini har on his qilishni xohlayman, uning yonidan uzoqlashmaslikni xohlayman.

Bugun shifoxonadan chiqishga ruxsat berdi va bugun kechga u bilan birga ziyofatga boramiz. Jisoo va Suga AQShga qaytib ketmoqchi, shu munosabat bilan ular bilan soʻnggi kechamizni birga oʻtkazishga qaror qildik. Jisoo Taehyungni ham taklif qildi. Va biz birgalikda borishga qaror qildik

...

Klub chiroqlari yorqin va baland musiqa orasida yoshlarning qichqirigʻi insonni shoshirib qoʻyadi. Klub markazidagi stol atrofida oʻtirgan Jisoo Suga Semi va Taehyung oʻtirar ekan Jimindan darak yoʻq edi

~ketmasanggiz boʻlardi Jisoo, yana bir muddat qolsang boʻlmaydimi?

~Semi men ham sendan ayrilishni xohlamayabman, ammo Sugani bilasanku oyoq tirab turib olgan.

~Suga faqat oʻzini oʻylaydi

Semi lablarini ishirgancha Sugaga qarab gapirdi va Jisooni quchib oldi. Uning bu qiligʻidan Suga va Taehyung bir-biriga qarab kulib yuborishdi.

Klubning yuqori qavatida oʻtirgan yigit stakandagi viskini lablariga olib kelib bir qultum ichdi va qayta joyiga qoʻyib atrofga nazar tashlar ekan bir on aqli shoshib qoldi. Pastki qavatda oʻtirgan oʻsha oʻziga tanish chehrani koʻrishi bilan yurak urishi tezlashib ketdi. Sevgilisini uzoqdan tomosha qilar ekan hozi uni yoniga borib bagʻriga bosishni, iforidan toʻyib hidlashni va uni sogʻinganini aytishni xohlar ekan birdan oʻrnidan sakrab turdi. Ammo kutilmaganda qizning belini tutgan qoʻllar egasiga qarar ekan koʻzlari qizarib qoʻllari muaht boʻldi. Boʻynidagi tomirlari boʻetib chiqar ekan yigitni parchalab tashlashni juda xohlardi.

.

.

.

.

.

𝓢𝓮𝓶𝓲 𝓒𝓪𝓻𝓮𝓵𝓲𝓪