August 19

Gunohkorlar / Ep-23

Meni hech esladingmi???
unutilgan xotiralaring orasidan....
Men esa
seni eslaganim-eslagan –

birga kechirmagan
umrimizning
har bir lahzasi
yodimdadir.

Autor:#Kessy

23-qism

Bolalar maydonchasi. Yog‘ingarchilikdan keyingi ho‘l yer. Taehyung jim, oyoqlarini ko‘tarib, o‘sha qadimiy daraxt tagida bilinib qolgan homilasi bilan yupin shifoxona kiyimida o‘tirgan Kessyga qarab turibdi. Qancha oldiga borib gapirishni istamasin qalbida qo'rquv oldiga borsayu qiz uni tanimasa yoki o'zidan itarsa keyin nima bo'ladi. Ularning orasidagi havo sovuq — na ob-havo tufayli, na shamol tufayli — bu sovuq muzlab qolgan ishonchdan.
Kessy sekin gap boshladi. Ehtimol bu Taehyungga shuncha oy mobaynida ilk bor erkin nafas olishiga imkon berdi.
— Nega indamaysan, Taehyung? Nega hatto qaramaysan menga? - Taehyung ko‘zini yerga tikib.
— Chunki qarasam, yomon odamga aylanib qolaman. - Kessy achchiq kuldi.
— Yomon odam?! Biz allaqachon yomonmiz, Taehyung. Sen ham, men ham. Faqat biz yolg‘on gapirishni yaxshi bilamiz. O‘zimizga. Boshqalarga.- Taehyung nihoyat qaraydi, ko‘zlari to‘la alam.
— Yolg‘on gapirish — sening qobiliyating. Men esa faqat sening yolg‘onlaringga ishonishni tanlagandim.- Kessy unga yaqinlashadi, lekin u orqaga tortiladi.
— Men seni himoya qilmoqchi edim… bu hammadan. O'zimdan. O‘zingdan ham.
— Men senga ishondim Kessy. Bu yolg'on dunyo ichida qo‘limni cho‘zgan yagona odam sendan boshqa hech kim emasdi. Endi esa qo‘limda faqat kuygan izlar qolgan. - Kessy yig‘i chekkisidan otiladi.
— Bu izlar... faqat sening tanangda emas. Ichimda ham sen ko'plab insonlar qoldirgan yaralar bor. Har kecha, sening ko‘zlaringdan qochgan har bir daqiqa, meni o'ldiradi. - Taehyung turib, uzoqqa qaraydi.
— Balki biz o‘zimizni sevgi deb atagan narsani noto‘g‘ri tushungandirmiz. Balki bu... jazodir.
— Unda, nega hali ham ketmading? - Taehyung orqasiga qarab, ko‘zlari yoshli.
— Chunki sening do‘zaxingda qolishni, boshqalar jannatida yolg‘iz bo‘lishga qaraganda afzal ko‘raman.

6 oy oldin

Jin bor g'azabi bilan Parklar qo'rg'oniga kirib borar ekan yo'lda uni to'xtatishga uringan qo'riqchilarga ham e'tibor bermadi. Ichkariga kirishi bilanoq boshini jangallab o'tirgan Junhoni yoqasiga yopishdi.
— Sen ablax!!!! Singlim va xotinim qayerda yaramas. Ularga sen tufayli ziyon yetsa seni o'ldiraman — Junho shatta Jinni siltab tashladi.
- yo' qilgan faqat senikilar emas mening ham ukam va xotinimni og'irlashdi.
- Jin ursin. — Jin o'zini biroz bosib oldi. — ular sizlardan nima xohlaydi.
— aniq emas,
- hoziroq politsiyaga xabar beraman.
- allaqachon xabar berib bo'lganman. - Jin juda ham asabiylashar edi.
- qo'limizdan kelgani faqat kutish.
-kutish... Bular nima istasa o'shani berasiz kerak bo'lsa joningizni ammo Kessyni nima bo'lsa ham tezroq qutqarishimiz kerak, u bunga dosh berolmaydi.

Qaysidir eski uyning chordog'ida ko'zini ochgan yigit boshiga tushgan og'riq sabab avvaliga nima bo'layotganiga tushunmadi. Chordoqda faqat bittagina yotoq bor edi. Hammasi tiniqlashganda esa quturib ketti. Qarshisida kimdir Haru va Jenniega qurol tirab turibdi narigi tomonda esa hushsiz ayoli uning tepasida Suna Kessyni uyg'otishga harakat qilardi. Ularda yoniga bormoqchi bo'lganda esa qo'llari zanjirlanganligini sezdi. Qancha urinmasin uni yecholmadi.
— Hoy la'natilar sizlarga nima kerak. Nega bu yerdamiz
— bu bilan ishing bo'lmasin
— nega ekan. Nima uchun bunday qildingiz. Muammoyingizni ayting
— buni sen hal qilolmaysan otang va akang bilan biroz ishimiz bor
—ular bilan ishingiz bo'lsa men bilan hal qiling ayollarni bunga aralashtirmang
— ular xavfsizligimiz garovi bizga faqat sen kamlik qilasan.
— shunchalik qo'rqoqmisan ayollarni ortiga bekinadigan— Jimin qarshisidagi erkakni yuziga tupurib yubordi. Bundan jaxli chiqqan erkak to'xtovsiz ravishda Jiminni yuziga musht tushurdi. Jimin kishanlanganligi uchun javob qaytar olmadi. Qoshi va labi yorilsada kulib turaverdi.
— iltimos bas qiling. Uni urmang. YETAR iltimos — bu manzarani guvohi bo'layotgan 4 ayol ham qo'rqib ketgan.

Kessy hushiga kelgach bir tomonda Jiminni urayotgan erkakni boshqa tarafda esa buni to'xtatish uchun yig'lab iltimos qilayotgan Haruni ko'rdi. U bunga munosabat bildirmadi. U shunchaki oddiy tomoshabin sifatida buni kuzatdi.
— menimcha yetarli bo'ldi. Akangga men istagan narsani bergach sizlarni qo'yib yuboraman. Ungacha mehmonimiz bolasizlar
—Hoy biz bunga kelishmaganmiz — shuncha paytdan beri jim turgan yigit nihoyat gapirdi
Avval hech kim payqamagandi ammo tanish ovozni eshitgach. Suna u tomonga qaradi. — Kessy va Suna men bilan ketadi. Ularni ihoziroq olib ketaman. Suna uni tanigan zahoti baqira boshladi.
— Manso ablax. Sen yaramas. Bu ishing uchun javob berasan Jin seni shundayligicha qo'yib qo'ymaydi. Yaxshilikcha qo'yib yubordi aks holda..
— nima aks holda kelinoyijon jim bo'lganing o'zingga foyda. Agar jaxlimni chiqarsang yomon bo'ladi to'g'rimi Kes— Uning oxirgi gaplaridan so'ng iblisona jilmaydi. Ammo Kessydagi sovuqlik sababli jim bo'ldi. Qolganlar nima bo'layotganiga tushunolmadi. — endi ketamiz
— to'xta avval meni ishimni hal qilamiz so'ngra ularni xohlagan joyingga olib ketaverasan. Anavilarni bir biriga kishanlang va yaxshilab rasmga oling ko'ramiz Park Junho endi nima qilarkin— Jimin chalajon holatda bo'lgani uchun biron narsa deyolmasdi. Jinoyatchilar dastlab Haru va Jennieni kishanlashdi. Kishanlarni ko'rgan Kessyni nafas olishi o'zgara boshladi. O'tmishdagi yomon voqealar ko'z oldida gavdalanarkan. Qanday qilib Sunani quchog'iga kirganini sezmay qoldi. Ularni kishanlamoqchi bo'lishganda Suna Mansoga yalinishdan boshqa chorasi qolmadi.
— Manso ularga ayt bizni kishanlashmasin. Axir bilasanku Kessyni ahvoli og'irlashishi mumkin. Iltimos ularga ayt bunday qilishmasin. Kessy bunga dosh berolmaydi ustiga ustak unga kuchli asabiylashish mumkin emas — Sen hammasidan xabardorsanku. NIMADIR QILSANGCHI..
Manso o'tmishni eslarkan qachonlardir Kessyni o'g'irlaganda uni kishanlagani keyin bo'lsa uni deyarli chalajon holatda topgandi. U bazo'r nafas olardi. Agar vaqtida kasalxonaga olib bormaganda o'lishi aniq edi. O'shanda Pek xonim o'rtaga tushib Kessyni o'g'rilardan Manso qutqargani haqida yolg'on gapirgandi.
- yaxshi ularni kishanlamang.

Shahar tungi sukunatga cho‘milgan, biroq uzoqdagi neon chiroqlar hanuz yonib turardi. Taehyung asta qadam tashlab borar ekan, ko‘chada o‘tirgan kimnidir ko‘rdi. Yaqinlashganda, bu Yeo ekanini bildi. U yo‘l chetida tiz cho‘kkancha, yuzini kaftlari bilan berkitib yig‘lab o‘tirardi.
Taehyung bir zum to‘xtab qoldi. Uning ko‘nglidan o‘tgan ilk fikr — ortga qaytish edi. Ammo qizning titroq yelkalarini ko‘rib, qadamlarini sekin oldinga tashladi.
— Sen… — dedi u past ovozda.
Yeo cho‘chib boshini ko‘tardi, ko‘z yoshlarini yashirishga urindi. Ammo Taehyungning nigohi u qilgan barcha urinishi behuda ekanini ko‘rsatib turardi.
— Mendan yashirma, — dedi Taehyung xotirjam ohangda. — Ko‘z yoshing… yashirganing bilan baribir ketmaydi.- Qiz lablarini tishlab jim qoldi. Shu damda Taehyungning ko‘z oldiga o‘sha kecha keldi — Kessy odamlar oldida yig‘lab yuborgan vaqt. Taehyung uni tasalli qilmoqchi bo‘lganida Kessy shunday degandi:

"Insonlar meni achinib qarashidan qo‘rqmayman. Chunki bu azob — meniki. Ularning emas. Agar har safar odamlarning nigohi uchun ko‘z yoshimni ichimga yutsam, oxir-oqibat qonli ko‘z yoshlar oqadi…"

O‘sha so‘zlar Taehyungning yuragini tilka-pora qilgandi. Endi esa u Yeo tomon qarab, shu gaplarni takrorladi.
— Bilasanmi, yig‘lashdan qo‘rqma. Agar ichkariga yutaversang, bir kun kelib yuraging qon yig‘lay boshlaydi. O‘shanda hamma kech bo‘ladi.
Yeo uning yuziga qaradi. Ko‘zlari hayrat, iztirob va minnatdorlikka to‘la edi.
Taehyung sekin yoniga o‘tirdi va ko‘ksini qo‘l bilan ko‘rsatdi.
— Xohlaysanmi, hozir yig‘la. Men hech qachon senga achinmayman. Shunchaki… inson sifatida yelkangni tutib turaman. - Yeo lablari titrab, yana ko‘z yosh to‘kdi. Bu safar yashirmadi. Taehyung esa hech narsa demadi, faqat yonida jim o‘tirdi. Bir muddatdan so‘ng u qo‘llarini cho‘ntagiga solib, ohista so‘zladi.
— Yur, seni uyinga olib boraman. Bu ko‘chalarda yolg‘iz qolma.
Yeo asta bosh irg‘adi. Ularning qadam tovushlari tungi shahar sukunatida yangrab, asta-sekin uzoqlashib borardi.

Jinoyatchilar eshikni qattiq yopib, tashqariga chiqib ketishdi. Qorong‘i chordoqda faqat zanjirlarning jarangi va Kessyning notekis nafaslari eshitilib turardi.
Kessy qo‘llarini ko‘tarishga ham, ko‘zlarini ochishga ham qiynalardi. Uning nafasi qisilib, ko‘kragi tez-tez ko‘tarilib-tushardi. Suna uni qo‘ltig‘idan quchib, sekin ohista gapira boshladi:
— Nafas ol… men bilan, Kessy. Bu yerda hech kim seni bog‘lab qo‘ymaydi. Men yoningdaman… - Ammo Kessyning tanasi qaltirashdan to‘xtamasdi. Uning ko‘zlarida vahima va o‘tmishdagi dahshatning aks-sadosi bor edi. Jennie xavotir bilan qaradi.
— Nima bo‘lyapti? U nimaga bunday ahvolda? - Haru ham tushunmay, bir qadam oldinga siljiydi.
— Go‘yo bo‘g‘ilayotgandek…
Suna chuqur nafas olib, boshini chayqadi.
— U… kishanlardan qo‘rqadi. Juda kuchli. Bu oddiy qo‘rquv emas, fobiya.
— Fobiya?.. — deya hayratlandi Jennie.
Suna Kessyni yanada mahkamroq bag‘riga bosdi.
— Ha. O‘tmishda… unga bu narsalar bilan bog‘liq og‘ir hodisalar bo‘lgan. Har safar qo‘l-oyog‘i bog‘lansa, o‘zini yana o‘sha dahshatli lahzada his qiladi.
- anovi yigit kim
- Manso xolamizning o'g'li qachonlardir u Kessyni o'g'irlab unga uylanmoqchi bo'lgan qarshilik qilganda kishanlagan o'shanda Kessy yurak hurujini boshdan kechirgan.
Haru lablarini tishlab, Jiminga qaradi. Uning ko‘zlarida xavotir va savollar bor edi. Jimin esa jim, faqat Kessyni kuzatar, yutina olmasdi. Axir u ham bu kabi ishlarni qildi hatto battarroq. U bir so'z deyishga ojiz.
— Shuning uchun… — davom etdi Suna. — Hozir bizning vazifamiz uni tinchlantirish. Chunki agar vahima kuchaysa, uning yuragi buni ko‘tarmasligi mumkin.
Chordoqni og‘ir sukunat egalladi. Faqat tashqaridan uzoqdan mashina motorlarining ovozi eshitilardi.
Jennie asta pichirladi.
— Demak… Kessy men o‘ylagandan ham ko‘proq azob chekkan. Dorilarni yaxshiyam bermayappan.
Jimin ko‘zlarini yumib, xuddi ichida bir qaror qabul qilgandek sekin gapirdi:
— Qanchalik qiyin bo‘lmasin… men uni bu holatga qayta tushirishlariga yo‘l qo‘ymayman.

Taehyung mashinani qorong‘u ko‘chaning boshiga kelib to‘xtatdi. Oyna ortidan yo‘lning oxiriga qaragan Yeo past ovozda dedi.
— Mening uyim… mana shu ko‘chaning oxirida.
Taehyung jim qoldi. U ko‘zini yo‘lga qadab, hech qanday munosabat bildirmadi. Yeo esa ikkilanib unga qaradi.
— Agar mumkin bo‘lsa… meni kuzatib qo‘ysangiz… yaxshi bo‘lardi. Bu joy unchalik ham xavfsiz emas.
Taehyung esa jim. U yuzida hech qanday ifoda bildirmasdan, ko‘chaga qarashda davom etdi. Qiz uning sukutini rad deb tushundi. Shunda o‘zini dadil ko‘rsatishga urindi:
— Mayli… shart emas. Men… qo‘rqmayman. O'zi unchalik ham qo'rqinchli emas shunchaki siz bilan biroz vaqt o'tkazmoqchi edim mayli ketavering. Men umuman qo‘rqmayman har kuni yurgan yo'lim. - Taehyung ohista bosh irg‘adi:
— Yaxshi. Endi mashinadan tush.
Yeo eshikni ochib mashinadan tushdi. Qorong‘u ko‘chaga qadam qo‘yar ekan, yuragi tez ura boshladi. Qadam tovushlari og‘ir tuyular, har bir soya unga g‘animdek ko‘rinar edi. Shu payt orqasidan bir nechta qo‘pol ovoz eshitildi.
— Hey, chiroyli qiz, qaerga shoshyapsan?
Qorong‘ulikdan ikki-uch notanish yigit chiqib, uning yo‘lini to‘sdi. Yeo qo‘rqib ortga chekindi. Yuragi hapriqib ketdi. U yordam so‘rashni o‘yladi, ammo qo‘rquvdan ovozichiqmay qoldi.
Shunda birdan yonidan tanish qo‘l uzatilib, uning bilagini mahkam tutdi. Yeo beixtiyor ko‘z yoshlarini to‘kib yubordi. U qo‘lning kimga tegishli ekanini bilardi.
Taehyung sovuq nigoh bilan bezorilarga qaradi. Ularning nigohi Taehyungning jiddiy qiyofasidan cho‘chib, hech nima demasdan orqaga chekindi va qorong‘ulikda g‘oyib bo‘ldi.

Taehyung Yeo qo‘lini qo‘yib yubormay, uni uyining darvozasigacha yetakladi. Qiz hamon titrar, lekin endi o‘zini xavfsizroq his qilardi.
— Orzuing nima? — dedi Taehyung kutilmaganda, uning yuziga qaramasdan.
Yeo biroz sukutdan so‘ng, yuragini qo‘liga olib javob berdi.
— Koreyaga borish. Men… o‘z yurtimga qaytishni istayman.
Taehyung jim qoldi. Qiz uning qarorini kutib hayajonlandi. Nihoyat Taehyung cho‘ntagidan telefonini chiqarib, Yeoga qaradi.
— Raqamingni ber. Bir haftadan keyin Koreyaga qaytaman. Xohlaysanmi, seni ham olib ketaman.
Yeo hayratdan nafasi ichida qoldi. Uning ko‘zlari beixtiyor porlab ketdi.
— Rostdanmi?..
Taehyung ko‘zida hech qanday his-tuyg‘u bildirmay, ohista bosh irg‘adi.
— Bir hafta ichida hamma muammoingni hal qil.
Shunday deb u ortiga burildi va sekin qadamlar bilan ketdi. Yeo esa darvoza oldida qotib qoldi. Yuragi qattiq ura boshladi. U shu lahzada tushundi — bu sirli, sovuqqon yigitga ko‘ngli tushib bo‘lgandi.

Jin Junhoni bir zumda yana devorga urib qo‘ydi. Nafaslari keskin, ko‘zlari qonib ketgandek edi.
— Men kutmayman! — deb g‘azab bilan qichqirdi. — Har daqiqada singlimning hayoti xavf ostida!
Junho ham jahl bilan, ammo vaziyatni tushuntirmoqchi bo‘lib gapirdi.
— Jin! Men ham ukam bilan xotinimni yo‘qotishim mumkin. Lekin sen bilasan, ular oddiy odamlar emas. Har bir qadamimizni kuzatishmoqda.
Jin tishlarini g‘ijirlatdi.
— Shunday ekan, men qo‘limni qo‘l qovushtirib o‘tirmayman. Agar sen qo‘rqayotgan bo‘lsang, men yolg‘iz ketaman!
Junho bir zum jim qoldi. Keyin og‘ir xo‘rsindi.
— Yaxshi… unda birga ketamiz. Men ularning yashirin joyini bilaman.
Jin hayratlanib unga qaradi.
— Nega avval aytmading?!
— Chunki u joyga kirish oson emas. Lekin politsiya bilan hamkorlikda ularni qutqaramiz
Shu payt tashqaridan shovqin eshitildi. Qo‘riqchilardan biri yugurib kirib, vahimaga tushgancha gapira boshladi:
— Ular… ular joylashuvni yuboribdi! Ayollar bilan Jimin kishanlangan suratlari kelib tushdi!
Jin g‘azabdan qizarib ketdi.
— Yetar! Endi men bu o‘yinni davom ettirmayman!

Politsiya mashinalarining sirenasi tun sukunatini yorib yubordi. Atrofni qoplagan qizil-ko‘k chiroqlar jinoyatchilar panoh topgan chorbog‘ni o‘rab oldi.
Jin va Junho politsiya kapitanining yonida turardi. Jinning qo‘llari musht bo‘lib tugilgan, yuzida sabrsizlik aks etgan edi.
— O‘zingizni bosib turing, — dedi kapitan qat’iy ohangda. — Bizning odamlar reja bo‘yicha kiradi. Ularning qo‘lida garovdagilar bor, xavf katta.
Jin bo‘g‘iq ovozda javob berdi:
— Ular mening singlim va xotinimni qiynashayotgan bo‘lsa, men kutib o‘tira olmayman.
Junho qo‘lini Jinning yelkasiga qo‘ydi.
— Sabrlilik ham jasoratning bir ko‘rinishi. Lekin vaqtimiz kam.
Politsiya maxsus otryadi uyga bostirib kirdi. Bir necha daqiqada o‘q tovushlari, baqiriqlar va yugurish jarangi eshitildi. Jin ichkariga kirishga toqat qilmay, politsiyachilar ketidan yugurib kirdi.

Chordoq

Hamma vahima ichida edi. Suna Kessyni bag‘riga bosib, uning qaltirashini to‘xtatishga urinardi. Haru va Jennie qo‘rquv bilan bir-birini mahkam quchgan. Jimin esa ularga qarshi turgan ikki jinoyatchiga ko‘zini qadab, kurashga tayyor edi.
Shu payt eshik zarb bilan ochildi. Maxsus otryad ichkariga bostirib kirdi. Qisqa fursatda jinoyatchilar yengildi. Faqat Manso oxirgi urinish sifatida Kessyning yoniga yaqinlashdi.
Ammo Jin uni ko‘rib, qonga to‘lgan ko‘zlari bilan oldinga otilib ketdi.
— SENNNN! — deb baqirdi u.
Jin Mansoni devorga urib, yoqasidan tutdi va mushtlarini ketma-ket tushira boshladi. Har bir zarbada uning yig‘ilgan alam va g‘azabi aks etardi.
— Singlimni qo‘rqitishga kim haqli, ha?!! — deb baqirdi Jin. — Xotinimga qo‘l tekkizishga kim senga ruxsat berdi?!!
Manso o‘zini himoya qilishga harakat qilsa-da, Jinning g‘azabi uni butunlay kuchsizlantirgan edi.
Politsiyachilar aralashmoqchi bo‘lishganda Junho ularni to'xtatdi.
— Qo‘yinglar… bu zarur. U bu g'azabini ko‘pdan beri ichida yig‘ib yurgan.
Jin oxirgi zarbani berib, Mansoni yerga yiqitdi. Nafasi og‘irlashgan, qo‘llari qon va changga belangan edi. U bir zum jim turdi, keyin singlisi Kessyga qaradi.
Kessyning ko‘zlarida yosh, ammo xavfsizlikni his qilish bor edi. U sekin jilmaydi
— Aka… sen kelding. Kelmaysiz deb o'ylagan edim
Jin uning yoniga borib, bag‘riga bosdi.
— Men seni yana yo‘qotmayman.
Politsiya jinoyatchilarni asir qilib olib chiqarkan, chordoqda nihoyat sukunat cho‘kdi.

Politsiya hujumidan keyin hamma shifoxonaga olib kelingan edi. Kessy hushsiz yotar, yonida esa Suna uning qo‘lini mahkam ushlab o‘tirardi. Jin burchakda jim turardi, ammo nigohi Suna tomon qayta-qayta o‘tdi. Oxir-oqibat u yoniga borib, sekin gap boshladi.
— Meni kechir… men seni asrab qololmaganim uchun, barchasi uchun kechir. hammasi mening aybim.
Suna boshini ko‘tardi. Ko‘zlarida yig‘i va alam, ammo chuqurda bir iliqlik porlab turardi.
— Endi hech narsa o‘zgarmaydi, Jin. Muhimi, biz tirikmiz. Men sendan nafratlanishga urindim… lekin yuragim baribir seni tanlaydi.
Jin asta qo‘lini uning yuziga qo‘ydi.
— Men ham seni qayta yo‘qotishni istamayman, Suna.
Bolamizni birga katta qilamiz men sizlarsiz yashay olmayman.
Ular bir-biriga mahkam quchoq ochdilar. Shu payt eshikdan kirib kelgan Haru bu manzarani ko‘rib, nigohini chetga burdi. Uning yonida turgan Junho esa unga tasalli berish uchun yelkasiga qo‘l qo‘ydi.
— Haru, ba’zi yaralar vaqt bilan bitadi. Men yoningdaman.
Haru jilmayishga urindi. Junho ham uni bag'riga bosdi.
Jimin esa xonaga kirib kelib, ularni ko‘rib qotib qoldi. Nigohi bir muddat Haru va Junhoga mixlandi. Yuragi ezildi, ammo u o‘zini qo‘lga oldi.

Jimin kirganini ko'rgach barcha palatasi tark etdi.

Keyin Jimin sekin Kessy yotgan palataga kirdi. U hushsiz edi. Jimin asta yoniga cho‘kdi.
— Ko‘rdingmi, Kessy… — dedi u past ovozda. — Sen ham yolg‘izsan, men ham. Ular esa… qaragin, ular o‘z oilasi bilan. Biz-chi?..
— Kessy… — dedi u shivirlab.
Shu payt Kessy lablari qimirlagandek bo‘ldi. Juda sust, ammo aniq eshitildi.
— …Taehyung…
Jimin qotib qoldi. Ko‘zlarini yumdi, keyin asta kulib yubordi. Bu kulgi alamdan, iztirobdan edi.

U qo‘lini Kessyning qo‘liga qo‘ydi. Ko‘zlari uzukka tushdi.
— Bu uzuk… odamlar uni “nikoh” deydi, ammo biz uchun u faqat taqdir kishani. Qo‘limiz bir-biriga bog‘langan, ammo qalbimiz… allaqachon boshqa birovlarda.
Jiminning ko‘zida yosh qalqib chiqdi, lekin u yana kuldi.
— Qara, Kessy… naqadar kinoyali taqdir. Nafratlanamiz, ammo baribir bir-birimizga mahkum bo‘lib qolaveramiz. Men sen uchun jahannam bo'laman dedim lekin aslida seni o'z jahannamimga sherik sifatida olib kirdi. Biz bu taqdir uchun qanchalik gunoh qilgan edik.
U sekin Kessyning sochini siladi, ammo ichida so‘nmas og‘riq bilan palatani tark etdi.

Odamlar gavjum aeroport zalida sayohatchilar shovqini, chaqiriqlar, samolyot e’lonlari yangrab turardi. Yeo quvnoq ko‘zlari bilan atrofga boqib, biletini ko‘ksiga bosdi. Nihoyat u orzusi — Koreyaga ketmoqda edi.
Taehyung esa yonida jim, g‘amgin qiyofada turardi. Nigohlari yerga qadalgandi, yuragi esa og‘irlikdan siqilardi.
— Nihoyat… orzuim amalga oshyapti, — dedi Yeo xursand ohangda. — Koreya… men ketyapman!
Taehyung bir oz jilmayishga urindi, ammo jilmayishi sovuq chiqdi.
— Xursand bo‘lsang bo‘ldi, — dedi u past ovozda.
Yeo unga hayrat bilan qaradi.
— Taehyung oppa… Sizga bitta savol. Nega menga yordam berdingiz? Axir… men siz uchun begonaman.
Taehyung bir zum jim qoldi. Qadam tovushlari, odamlarning kulgusi fonida uning ovozi qattiq va befarq eshitildi.
— Shunchaki.
— Shunchaki? — dedi Yeo kulimsirab. — Yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin emas. Rostini ayting, balki men… sizning sobiq sevgilingizga o‘xshaganim uchundir?
Taehyung unga qaradi. Nigohida alam va chuqur iztirob yaltiradi. Keyin kuldi. Bu kulgi sovuq, yurakni tiladigan kulgi edi.
— Yo‘q. Sen hech qachon unga o‘xshamaysan. Men yordam berdim, chunki sen menga… o‘lgan singlimni eslatding.
Yeo so‘zsiz qoldi. Qalbini qiziq bir g‘ashlik egalladi. U o‘zini bir zum kimningdir o‘rnini bosayotgandek his qildi.
— U mening yagona singlim edi. Mening sevgilim esa… u boshqa. Lekin hech qachon, hech kimga o‘xshamaydi. — Taehyung nigohini uzoqqa qadadi. — Shu narsani unutma.
Samolyotga chiqish chaqirig‘i yangragach, Yeo entikib kulishga urindi.
— Baribir… rahmat, oppa

U jo‘nab ketdi. Taehyung esa ortda yolg‘iz qoldi. Odamlar oqimi uni chetlab o‘tdi, ammo u o‘z o‘ylariga g‘arq edi.
Ichidan o‘tgan fikr esa faqat bitta edi: Kessy.
Uning qiyofasi, nigohi, ovozi Taehyungni quvib kelar, yuragini qisib qo‘yardi. Aeroportdagi barcha shovqinlar, odamlarning kulgusi uning ongidan o‘chirildi.
— Kessy… — dedi u o‘ziga-o‘zi shivirlab. — Nega men seni hamon unutolmayman?..

23-qism tugadi.

Voqealar endilikda qiziq tus oladi ko'pchilik savollarga endilikda javob topadi.