Stay with me / Ep-13
~zulmatimda nur sochayotgan yagona yorugʻligimsan...
~eshikni ochib xonamga kirishim bilan chiroqni yoqish uchun devorni paypaslagancha yurar ekanman bir onda ortimdan sezilgan qaynoq nafasdan shokk tushib qoldim. Ortimdan turib belimdan quchgan qoʻllar meni yuzim bilan devorga tirar ekan qoʻrquvdan va ogʻriqdan ingrab yubordim. Bir qoʻli hamon belimda ikkinchisi sochlarimdan ushlab olgandi, bu insonni kimligini koʻrish maqsadida bor kuchim bilan uni itarib yubordim va qorongʻulikda devorga suyangancha qarshimdagi sharpaga tikildim, koʻzlarim qoʻrquvdan pirpirar nafas olishim ham tezlashib butun tanam titrardi. Qarshimdagi qora kiyimli baland boʻyli yigit men tomon hechbir soʻzsiz yaqinlasha boshladi
Ogʻzimdan shu soʻz chiqishi bilan yigit joyida qotdi va boshidagi kepkasini yechdi, negadir bu qiyofa menga tanishdek. Oradagi masofa tobora qisqarib borar ekan men uni Taehyung emasligiga ishonch hosil qilib boʻlgandim. Qorongʻu xonada u meni battar jazavaga solardi, oyoqlarim oʻzimga boʻysunmasdan yerga yiqilay der ekanman bor kuchim bilan devorga suyangancha uning har bir harakatini kuzatdim. Nihoyat oramzda deyarli bir qadamgina masofa qolganini koʻrib etim junjikib ketdi. Nima u meni oʻldirmoqchimi? Qotilmi? Kim u? Shu savollar miyyamda aylanar ekan yigitning yuzi oy nuri ostida menga koʻrindi, koʻrindiyu men nafas olishni unutdim. Miyyam oʻz faoliyatini unutib qoʻydi, oʻylashdan toʻxtab qoldim. Uning ismi buzuq kasetadek miyyamda aylana boshladi
Kozlari kattalashib hayrati ikki barobar ortgan qizning harakati toʻxtab qoldi. Jungkook lablarida kichik tabassum qilgancha masofani butunlay kesib tashladi. Nafasi shundoqqina burnini tagiga urilib turar ekan Semi bir soniyaga boʻlsa ham Jungkookdan koʻzlarini uzmadi. U hozir hayrat, sogʻinch, qoʻrquv, daxshat va bir qancha tuygʻularni his etardi
~seni sogʻindim sevgilim, ammo sen meni sogʻinmaganga oʻxshaysan. Nima sevgilingni tanish qiyin boʻldimi? Begona yigitni ismi bilan chaqirishing yuragimni tilka pora qilib tashladi ochigʻi Semi
Semining ogʻzidan bir soʻz ham chiqmadi
~tilingni yutdingmi? Yo gapirishni unutdingmi?
~meni senga oʻldi deb kim aytdi sevgilim? Yo jasadimni koʻzing bilan koʻrganmiding?
~meni qattiq xafa qilding, meni unutding va oʻzgasini tagiga kirib olding, shundaymi? Seni parchalayman Semi, menga tegishli boʻlgan tanani boshqasi bilan boʻlishganing uchun
~uni ostida zavqlandingmi? Xoʻsh?
Semi gʻazab ila Jungkookning yuziga qanday qilib tarsaki tortib yuborganini bilmay qoldi. Bundan battar asabiylashgan yigit qizni bir urinish bilan boʻynidan tutib devorga maxkamladi
~seni oʻldirib qoʻymasligim uchun atigi bir dona arzirli sababing bormi? Uni tagiga kirganing uchun sababing bormi? Javob ber jin ursin, seni burdalab tashlayman
~bu...tana hechqachon senga tegishli boʻlmagan
Birdan qizning boʻynidagi qoʻllar olinishi bilan belidan tutgan Jungkook uni bir buyumdek yotoqqa uloqtirib yubordi
~hozir senga kim ega ekanini koʻrsataman, bu tanani haqiqiy egasi kimligini senga isbotlayman. Zero oʻrtamizdagi farqni ham bilib olasan, kim yotoqda yaxshiroq ekanini
Jungkook iblisona tabassum bilan qizning ustiga oʻzini tashlar ekan Semi bor ovozi bilan baqirgancha yotoqdan yiqilib ketdi.
Bir onda nima boʻlganini anglolmagan qiz bularning barchasi tush ekanligini tushundi, ochiq derazadan mayin shamol esib derazaning pardasini hilpiratgancha tebratar ekan Semi terga botgancha sekin oʻrnidan turdi. Tezda chiroqni yoqib atrofga alangladi. Qoʻrquv tufayli tez-tez nafas olar ekan butun tanasida qaltirash paydo boʻldi. Tokcha ustida turgan stakanga suv quygancha qaltirab suvni xan tayinli icha olmadi. Qoʻrquv va hayajon uni egallab olgandi. Qanchalik oʻzini bosishga harakat qilmasin barchasi befoyda edi. Tomogʻiga nimadir tiqilgandek boʻldiyu bir onda baqirib yigʻlab yubordi. Oʻpkasi toʻlib koʻzlaridan shashqator yoshlar yuzini yuvib tusha boshladi. Tanasi oʻziga boʻysunmasdan holsiz boʻlib qoldi va tokcha ustida turgan qalin qizil xoshiyali kitobni olib orasidan bir suratni izlab topti va suratga tikilgancha bir muddat jim turdi. Koz yoshlarini artgancha qoʻlidagi suratni ham bir qoʻlda gʻijimlab buklab tashladi va axlat qutisiga solib qayta yotoqqa yotdi. Yupqa yopinchiqni ustiga tashlar ekan biroz tinchlangani uchun ham nafas olishi oʻz meyoriga tushib qolgandi, sekinlik bilan yumilgan koʻzlardan oqib tushgan bir tomchi koʻz yosh yuzi boʻylab yotiqqa yumalab tushdi va Semi tez fursatda uxlab qoldi.
Huddi shu vaqtda barmen yonida xomush xolda oʻtirgan yigit chap qoʻlini koʻtargancha qoʻlidagi soatiga koʻz tashladi, allaqachon yarim tun boʻlganini koʻrib qayta yoniga qoʻyilgan stakanni olib lablariga olib keldi va ichimlikdan bir hoʻpladi. Oʻtkir ta'mga ega boʻlgan scotch tomogʻini kuydirgancha oʻtar ekan yuzi biroz burishdi. Bir muddat harakatsiz qolgan yigit stakanga termulgancha hayoliga erkinlik berdi. Semining gaplari buzuq kasetadek miyyasida tinimsiz aylanardi. Sendan foydalandim degan gapi tinmay miyyasida charx urar ekan qoʻllari bir zumda musht xoliga keldi. Koʻzlarini yumib nafasiga erkinlik berar ekan hozir klubning baland shovqini ham uni bezovta qilmasdi. Atrofga sekin koʻz yugurtirdi, kelganidan buyon beshinchi stakanni boʻshatgan Taehyung ana endi atrofga sinchiklab qarab chiqdi. Baland musiqa, turli xil chiroqlar, davrada bexayo harakat qilgancha yarim yalangʻoch kiyimlarda raqs tushayotgan qizlar, burchaklarni band qilgancha ogʻiz-burun oʻpishib turgan yoshlar va zinalardan qoʻltiqlashgancha yuqoriga koʻtarilayotgan juftliklar, ammo bularning hech biri Taehyungni e'tiborini torta olmadi. Qayta nigohini stakanga qaratib ichimlikni bir koʻtarishda ichib yubordi. Barmen unga savol nigoh ila qarab turar ekan Taehyung stakanni uzatdi
~bundan ham oʻtkirrogʻi bormi?
~ismimni ham unutar darajaga kelishni xohlayman, hechnimani eslashni xohlamayman
~bu uchun men ham borman azizim
Taehyung ortidan kelgan qiz bolaning ovozidan ortga oʻgirildi. Qarshisida deyarli kiyimsiz xolda unga tirjayib turgan baland boʻyli, qora sochli va nozik tanaga ega boʻlgan qiz turardi. Bir qoʻli Taehyungni yelkasidan tutib turar ekan Taehyung uni boshdan-oyoq har bir nuqtasigacha sintez qilib chiqdi
~barchasini unutishing uchun men qoʻlimdan kelgancha harakat qilaman azizim
~ogʻriqlaringni kamaytiradigan odam deya qolaylik
~kechirasanu ogʻriqlarimni unutish niyatim yoʻq
Qiz bir qoshini koʻtargancha Taehyungga savol berdi, Taehyung qizni qoʻlini yelkasidan olib tashladi va u tomon stolini burdi
~seni rad etib boʻldim oyimcha
~ismim Anna, oʻylaymanki ismim hali senga uzoq tun uchun kerak boʻladi
Taehyung lab chetida tabassum qilgancha qizga tikilar ekan bir urinish bilan qizni bagʻriga tortib oldi va oradagi barcha masofani yopib tashladi. Boʻlgan ishdan dovdirab qolgan qiz koʻz ochib-yumguncha oʻzini yigitni ulkan bagʻrida koʻrar ekan uning tun kabi qora koʻzlaridan koʻzini uzolmay qoldi. Nigohlar soʻzsiz toʻqnashar ekan Taehyung qiz bilan biroz oʻynashish maqsadida uning extirosini qoʻzgʻatishni boshladi. Qaynoq nafasi ila qizning lablariga yaqinlashar ekan qiz ham hozirgi holat uchun tayyorgarlik koʻrdi va u ham yigitning lablariga intildi. Lablar tutashmoqchi boʻlganda keskin harakat bilan Taehyung qizning qulogʻiga burilib ketdi va sekin shivirladi
~afsusdaman, lekin sen menga toʻgʻri kelmaysan
Iblisona tabassum qilgancha qizdan uzoqlashgan Taehyung qizning asabiy yuz ifodasini koʻrib kulib yubordi
~nima bu kulgilimi? Qondirolmasligimdan xavotirdamisan?
~birgina yaqinlikka oqib qolyabsan Anna xonim, yotoqda qanday tutmoqchisan oʻzingni?
~bilsang agar men yotoqda eng zoʻriman va buni sinab koʻrmasdan bilolmaysan
~shuning uchun ham menga toʻgʻri kelmaysan, nechtasini tagida yotib chiqqanni men ham tagimga olishim kerakmi seningcha?
~rad etilish bu qadar ogʻriqli ekanini bilmagandim
~agar pul kerak boʻlsa miyyangda aylanayotgan raqamlarni ayt va men bu muammoni hal qilaman
~pulga muhtoj odamga oʻxshayabmanmi? Shunchaki seni uzoq kuzatdim va menga yoqib qolding
~bunchalik surbet qizni endi koʻrishim
~ha men shunaqaman, yoqdimi demak bor kuchim bilan harakat qilaman
~afsus, bu safar omading kelmadi
~ismim Taehyung, Kim Taehyung. Armon boʻlib qolmasligi uchun aytib qoʻydim. Shu yigit tomonidan rad etildim deya eslab yurasan
Taehyung stuldan tushgancha kostyumini olib chiqish tomon yura boshladi
~yordam kerak boʻlsa men doyim shu yerdaman, seni kutaman kelishgan yigit
Anna uning ortidan baqirgancha qarab qoldi, Taehyung esa uni gaplarini eshitib yurib ketayotgan xolida qoʻlini koʻtarib xayr ishorasini qildi va tabassum qilgancha klubdan chiqib ketdi. Anna u chiqib ketgunga qadar undan koʻzini uzmadi
~meni oʻzing izlab kelasan hali azizim
~sohil boʻyida oʻrindiqda oʻtirar ekanman dengiz havosi burnimga oʻrilib yoqimli ifor taratardi. Oyoq kiyimimni yechib yumshoq va hoʻl qumga sekin qadam bosdim. Yoqimli. Dengiz havosi va uning manzarasi menga oʻzgacha roxat bagʻishlaydi, barcha tashvishlarimni unutgandek boʻlaman. Bu yerga kelmay qoʻyganimga ham ancha boʻlipti, ishlar bilan boʻlib oʻzimga vaqt ham ajratolmay qoldim. Jimin bilan tez-tez kelib turardik, afsuski endi u ham yoʻq...yaqin insonlarimni barchasi mendan uzoqlashib ketdi. Jimin bilan oʻsha voqeadan soʻng umuman koʻrishmadik, Jisooning aytishicha oilasi bilan ta'tilni oʻtkazish uchun Californiyaga ketipti. Yolgʻizlanib qolgandekman, Jisoo ketgani ham meni ruxan toliqtirib qoʻydi. Shu hayollar bilan qarshimdagi ulkan dengizga tikilib turar ekanman shamol tasirida sochlarim toʻzgʻib ketdi va sumkamdan toʻgʻnogʻichni olib sochlarimni yigʻa boshladim. Shu payt mendan bir necha metr uzoqlikda menga tikilib turgan inson gavdasini sezdim. Ishimni yakunlagach u tomon qayrilib qaradim, qaradim va qotib qoldim. Koʻzlarim qotib qolgandek, nafas olishni unutgandek va harakatsiz insondek qotdim. Qarshimdagi inson mungli nigohlar ila menga termulib turardi, lablarida tabassum aks etardi. Oʻtirgan joyimdan qanday qilib sapchip turganimni ham anglolmayabman. U men tomon yaqinlasha boshladi, bir soniyaga buni tush deya hayol qildim va qoʻlimni chimchilab koʻrdim, yoʻq bu tush emas. Bu haqiqiy, reallik. Koʻzlarim kattalashib ketganini his qildim, tez-tez nafas olar ekanman men ham oldinga u tomon qadam tashlashni boshladim.
~bu oʻsha, huddi oʻzi. Bir vaqtlar men telbalarcha oshiq boʻlgan yigit, uni deb ming oʻlimdan qolishimning sababchisi. Oʻsha nigohlar, oʻsha koʻzlar, oʻsha sochlar va oʻsha tabassum. Men bularning hechbirini unuta olmas edi. Oʻpkam toʻlib nafas olishga qiynala boshladim, oramizda bir qadam masofa qolganda ikkimiz ham toʻxtadik.
Zoʻrgʻa aytilgan bu soʻz yigitning yuragini tilka pora qilib tashlagandek boʻldi
Yigitning gaplari oxiriga yetmasdan Semi oʻzini yigitning bagʻriga otdi. Bir onda harakatsiz qolgan Jungkook bagʻrida uni maxkam quchib olgan sevgilisini kichik tanasini quchgancha uning sochlariga yuzini kumdi. Sogʻinchdan ikki rux birlashar ekan ikkisi ham bir-birining iforiga mast boʻlgancha soxil oʻrtasida quchoqlashib turardi. Semi yigitning boʻynidan qattiq quchoqlab oldi, goʻyoki hozir undan uzoqlashsa Jungkook ketib qoldigandek yoki bularning barchasi tush boʻlib chiqadigandek edi. Jungkook ham uzoq vaqtdan buyon qayta his qilishni xohlagan iforini toʻyib hidlar ekan sira undan ayrilishni istamas edi.
~Jungkook, sen.....sen tiriksan
~men tirikman Semi, qara bu tush emas
~sen.. qaytding, sen shu yerdasan. Lekin bu qanday?
~sevgilim senga hammasini tushuntirib beraman, asosiysi men yana toningdaman. Sen uchun qaytdim, qara qarshingdaman
~koʻzlarimga ishona olmayman, sen qarshimdasan. Bu tush emas toʻgʻrimi?
~yigʻlama Semi, bu tush emas. Bu rost. Men Jungkook, seni sevgiling Jeon Jungkook
Ikkisi bir-birini yuzini ushlagancha koʻz yosh toʻkar ekan ularni uzoqdan kuzatib turgan insonni payqashmadi ham. Uzoqdan daraxlar yonida deyarli adoyi tamom boʻlgan Taehyung deyarli besh daqiqadan buyon bu manzaraga guvoh boʻlayotgan edi. Oxiri bardosh berolmasdan ortga oʻgirilgancha tezlik bilan yurib ketdi va yoʻl chetida turgan mashinasiga joylashdi. Asabiy va jahl bilan qattiq yopilgan mashina eshigi va oʻt oldirilgan mashina bir soniyada koʻzdan gʻoyib boʻldi. Katta tezlik bilan mashinani boshqarib ketar ekan hozir koʻziga hechnima koʻrinmasdi, faqatgina Semi va Jungkookning quchoqlashib turgan xolati gavdalanardi. Yol chetiga kutilmaganda mashinani toʻxtatar ekan baqirgancha tulga ura boshladi, bor ovozi ila baqirar ekan hozir alamini nimadan olishni ham bilmasdi. Koʻzlari qonga toʻlgan Taehyung qoʻrqinchli odamga aylanib qolgan edi
~meniki eding, har nafasingda meniki eding, oʻsha kecha ham meniki boʻlding. Endi esa boshqasi tomon keta olmaysan Semi
Miyyasiga kelgan fikrdan asfalt yoʻlda yoqimsiz ovoz chiqargan mashina shinalari ortga burildi va soxil tomon katta tezlik bilan yetib keldi. Shiddat bilan mashinadan tushgan Taehyung hali ham oʻsha joyda stolda oʻtirgancha suxbat qurayotgan juftlikka koʻzi tushdi, toʻgʻri ular tomon yurib bordi. Kutilmaganda yoqasidan tortgan qoʻllar sabab Jungkook muvozanatni yoʻqotgancha yerga yiqildi, ustiga chiqib olgan Taehyung esa uni soʻzsiz doʻpposlay boshladi. Bu ishdan shokka tushib qolgan Semi nima qilishni bilmasdan Jungkookni qoniga belab urayotgan Taehyungni qoʻlidan torta boshladi. Taehyung Semiga qaragan payt Jungkook oʻzini eplab oldi va endi oʻrniga Taehyungni yerga yiqitib doʻpposlay boshladi
~Jungkook bas qil, unday qilma. Oʻldirib qoʻyasan
Afsuski Jungkook bu Taehyung ekanligini bilardi, unda yetarlicha alami bor edi. Yuzi qon boʻlib ketgan Taehyung harakatsiz kaltak yeyishda davom etdi. Semi bor kuchi bilan Jungkookni ajratib olishga harakat qilarkan Jungkook gʻazab otiga minib Semini orqaga itarib yubordi, natijada qiz ortga yiqildi. Bir onda yetib kelgan besh-oltita qora kiyimda kelgan qoʻriqchilar Jungkookni yoniga yugurdi. Semi nima boʻlayotganiga tushunmasdi, uning nigohlari hozir faqat qonga belanib yotgan Taehyungda edi. Jungkook qoʻriqchilarini koʻrishi bilan oʻrnidan turdi va qon qollari bilan burnini artdi, sochlarini ortga tarab psixlardek kula boshladi. Semi uning bu xolatini koʻrib qotib qoldi. Taehyung sekin qoʻzgʻalib oʻrnidan turdi.
~Kim Taehyung, bu sensan. Jin ursin, sezishim kerak edi. Iskovich itga oʻxshab doim uni ortidan ergashasan
Semi oʻrnidan turib Taehyungni yoniga yugurib keldi va uning qarshisiga turib yuziga tikildi. Burni qonagan, labi yirtilgan. Koʻzlari shishib ketgan yigitni koʻrib koʻzi yoshga toʻldi. Choʻntagidan roʻmolchasini olib uni labini arta boshladi
~hoy, nimalar deyabsan. Sevgilisini bagʻrida boʻlmay seni bagʻringga oshiqsinmi?
~bas qilingkar, yetarlicha tomosha koʻrsattinggiz
~sen bilan hali ishimiz tugamadi Kim Taehyung. Semi qani yuraqol sevgilim
Jungkook qiz tomon qoʻl uzatar ekan Taehyung Semini qoʻlidan tutib uni ortiga oldi.
Semi ikki oʻt orasida qolganini anglab yetdi, u hozir nima qilish haqida oʻylardi. Bu sukutdan Jungkookning sabr-kosasi toʻldi.
~ikkinggiz ham meni tinch qoʻying, daf boʻling bu yerdan
~Semi, sevgilim, bu qanday gap
~nima tushunmadingmi? Ket dedi senga
~axmoq Taehyung, bu senga ham tegishli boʻldi shekilli
~men bilan ishing bolmasinda tezroq tuyogʻingni shiqillat
~bas qiling, nega buncha urushyabsiz? Meni tinch qoʻyinglar deyabmanku
Semi tez-tez qadamlar ila yurib ketar ekan Taehyung ham uni ortidan ketayotgan vaqt Jungkook uning yoʻlini tusdi.
~bugun paydo boʻlib nima qilishga urinyabsan?
~sabrimni chegarasi bor, seni nimtalab tashlayman
~qani qoʻlingdan kelganini qil
Semi ortga oʻgirilmasdan miyyasida ming xil oʻy-xayollar ila ketar ekan ortidan eshtilgan oʻq ovozidan joyida qotdi va sekin ortga oʻgirildi....