Stay with me / Ep-17
"𝙇𝙤𝙫𝙚 𝙞𝙨 𝙨𝙤𝙢𝙚𝙩𝙞𝙢𝙚𝙨 𝙣𝙤𝙩 𝙖 𝙨𝙖𝙡𝙫𝙖𝙩𝙞𝙤𝙣, 𝙗𝙪𝙩 𝙩𝙝𝙚 𝙢𝙤𝙨𝙩 𝙗𝙚𝙖𝙪𝙩𝙞𝙛𝙪𝙡 𝙛𝙤𝙧𝙢 𝙤𝙛 𝙥𝙖𝙞𝙣."
~nima meni amoq qilyabsizmi?
Uyga kirgan Jungkook undan oldinda ketayotgan Bernardga gapirdi. Bernard esa Jungkookni e'tiborsiz qoldirgancha mexmonxonaga kirib kresloga joylashdi
~Nega gapirmaysiz? Axir oʻzinggiz meni shu ish uchun qaytarmadinggizmi?
~jahlingni chetga surda tinchlanib ol, men shunchaki uni sinab koʻrmoqchiman. U bu ishni eplay olmasligini bilaman
~bilasiz? Nega unda unga topshirdinggiz?
~shunchaki buni oʻziga isbotlamoqchiman. Unda yetarli tajriba yoʻq, bizni qatorda turishga hali unga erta
Jungkook bir muddat jim turdi va u ham Bernardning qarshisiga joylashdi
~sizda reja bor shundaymi? Bekorga uni shu yergacha chaqirtirmadinggiz
~sezgirsan, toʻgʻri oʻsha Hanbin va oʻgʻli Taehyung uchun alohida rejam bor
~xoʻsh?
~Hanbin oʻrnimni egallash uchun Markdan yordam soʻrapti
~noʻxotday aqli bilan u nima qilmoqchi boʻlyapti? Mark Shvetsariyada emasmi?
~yashirincha aloqa oʻrnatipti, men bunga jim qarab turishim kerakmi?
~hammasi qoʻlinggizdaku, bir deganda uni yoʻq qila olasiz
~kuzatmoqchiman, qayergacha bora olishini, nimalar qilishini. Sen ular bilan ishing boʻlmasin, tez orada senga ham topshiriq bor
~koʻzlarimni ochar ekanman uyqusizlik va tanamning har bir burchagidagi ogʻriq tufayli ingrab yubordim. Ostimdagi ogʻriq esa butun tanam boʻylab tarqaldi. Tanamni sekin koʻtardim, kichik qadamlar bilan hammomga kirdim. Devorga osilgan oynada aksimni koʻrib bir muddat qotib qoldim. Boʻynimdagi tish izlari allaqachon koʻkarib qolgan. Bu insonning emas hayvonning ishiga oʻxshaydi, jin ursin seni Jungkook. Menga nima qilding, oʻlib ket.
Semi oynaga qaragancha koʻzlaridan yosh oqa boshladi. Egnidagi tungi koʻylak sekin yerga sirgʻalib tushdiyu dush tagiga turdi. Sovuq suvni ochib harakatsiz koʻzlarini yumdi. Suv uning tanasi boʻylab oqib tushdi, sekin qoʻli bilan tanasini ishqalay boshladi. Baqirib yigʻladi, tirnoqlari bilan tanasini tirnab yuvardi. Boʻynidagi, koʻkrak ustidagi va qornidagi izlari tirnab yanada battar qilib koʻkartirib yubordi. Deyarli 10 daqiqada yuvinib chiqgach shkaf yoniga keldi va oʻzi uchun kiyim tanlay boshladi. Uzun futbolka topib kiydi va xonsidan chiqib oshxona tomon yurdi. Stol ustida turgan qahva mashinasi yoniga keldida oʻzi uchun achchiq qahva tayorlay boshladi. Tayyor boʻlgan qahvasini olib stulga oʻtirdi va stol ustida turgan kichik qogʻozdagi xatga koʻzi tushdi.
~axvoling yaxshimi? Senga dori qoldiryabman ogʻriqlaringni kamaytiradi. Shkafdagi kiyimlar hammasi sen uchun, shu yerdagi jamadonga kerakli narsalarni joyla. Kechga seni olib ketaman
Semi qogʻoz yonida turgan doriga qaradi va ularni olib axlat qutisiga tashlab yubordi va joyiga qaytib qahvasini ichishda davom etdi.
~birinchi ishing bilan tabriklayman oʻgʻlim, hali bu sen uchun boshlanishi
Hanbin uyga kirayotib ortidan kelayotgan Taehyungga gapirdi
~ha, ammo bu meni hayratga soldi
~Nega?
~nega endi bu ishni menga topshirdi? Axir uni Jungkookka bergan edi dedinggizku
~men ham tushunmadim ochigʻi, lekin nima boʻlganda ham endi sen bohliqsan bu ishga
~gʻalati
~Jungkookni yuzini koʻrdingmi? Rosa gʻazablandi
~hali uni shunday gʻazablantirayki oʻzini oʻzi yoʻq qiladi u. Aytgancha Mark bilan gaplashipsiz deb eshitdim bu rostmi?
~rost
~nega? Unda qanday ishinggiz bor? Axir u Bernardni dushmani
~dushmanimning dushmani meni doʻstim, Bernard esa bizga doʻst emas, shuni unutma
~nima boʻlganda ham bu ish hamirdan qil sugʻurgudek oson emas. Har qadaminggizda extiyot boʻlishinggiz kerk
~sen bularni oʻylama, yaxshisi tezroq Bernardni ishonchiga kir. Yoʻlimizga toʻsiq boʻlgan barchadan qutulamiz, avvalo Jungkook va Bernarddan. Uni oʻraining egallashim bilan meni hechkim toʻxtata olmaydi
~jeon Jungkookni oʻlimini oʻzim tashkillashtiraman
~xozircha jim yur, vaqti kelganda harakatni boshlaymiz. Kechgi ziyofat uchun tayyorlan
Taehyung bosh egib yuqori qavatga chiqa boshladi, oʻzi uchun tanlagan xonasiga kirib yotoqqa tanasini tashladi. Telefon ekranini yoqib oxirgi qoʻngʻiroqlar roʻyxatidan Semining raqamini topdi va qoʻngʻiroq qildi. Lekin hardoimgidek bir xil javobni olgach telefonni otib yubordi
~qayerda u jin ursin, nimadir boʻlgani aniq. Axvoli yaxshimikin?
Axir u....shoshma, men u uchun qaygʻuryabmanmi? Menga desa oʻlib ketmaydimi? Nega unga qoʻngʻiroq qilyabman oʻzi? Jungkook uchun, otam uchun foydalandim axir undan, nega endi u haqda tinimsiz oʻylayabman? Yoʻq-yoʻq, bu sevgi emas, men uni sevmayman....
Taehyung oʻrnidan sakrab turdida hammomga kirib ketdi
~qayerga ketyabsan?
Jungkook mashinasiga oʻtirmoqchi boʻlganda ortidan kelgan Yoongini koʻrdi
~Semi uyda yolgʻiz, uni olib kelishim kerak
~buyer u uchun xavfli emasmi Jungkook
~mendan uzoqda boʻlsa xavotirdan oʻlay deyabman, yaxshisi koʻz oldimda boʻlsin. Bernard ertaga AQShga ketadi, 1 oy boʻlmaydi. Uni uyida yashab turamiz
~eng maqulini oʻzing bilasan albatta doʻstim
~xavfsizlik choralarini ham koʻr, qoʻriqchilarni koʻpaytir. Uyni orqa tarafiga ham koʻz-quloq boʻlinglar. Bu ota-boladan har narsani kutsa boʻladi
~nimadir qiladi deb oʻylaysanmi?
~bu taxmin, shunchaki xavfsizlik chorasi zarar qilmaydi
~u koʻrishi uchun atayin Semini olib kelyabsanmi?
Jungkook mashinaga suyangancha biroz tabassum qildi
~bu zoʻr oʻyin boʻladi
~seni miyyangda nima borligini bilib boʻlmaydi
~ha, shunaqa. Yaxshi unda men kettim. Kechga yaqin kelaman
Kichik balkondan atrofni kuzatib turgan qiz yelkasiga urilgan sovuq shamoldan seskanib ketdi. Egnidagi futbolkaning yelkasi ochiqligi sababli tanasida sovuqlik sezdi. Toʻsatdan yuziga sachragan yomgʻir tomchisidan osmonga qaradi, bir pastda qora bulut paydo boʻldi. Hali ham bulutlarga tikilar ekan ortidan kelib quchgan qoʻllar sabab chuchib ketdi.
~bu menman, tinchlan
Jungkookning ovozini eshitgan Semi ichidagi gʻazab va nafratni bosishga harakat qildi va harakatsiz, soʻzsiz jim turdi. Jungkook ortidan quchgan xolda uning ochiq boʻyniga oʻpich qoldirdi. Bir qoʻli bilan yelkasidagi sochlarini ortga olib chuqur hidladi.
~izlarni oʻchirishga urindingmi?
Semi Jungkook tomon oʻgirildi, hechqanday yuz ifodasisiz va hissiyotsiz uning koʻzlariga termuldi. Jungkook hamon undan javob kutardi, lekin birdan Semi Jungkookning lablariga labini bosdi. Bundan hayratda qolgan Jungkook nima qilishni bilmay qotib qoldi. Semi esa uning lablarini shimib oʻpdi va tishlab ham oldi. Jungkook vaziyatni qoʻlga olib uning belidan qoʻlini oʻtkazdida oʻziga tortdi. Sovuq havo, yomgʻir va extirosga boy boʻlgan boʻsa ajoyib bir saxnani yaratgan edi. Nafas yetishmasdan Semi boʻsani uzdi, Jungkookning qoʻllari esa hamon qizni belida edi.
~nimani his qilding?
Semi Jungkookning koʻzlariga boqdi
~senga boʻlgan cheksiz sevgimni
~ammo men hechnimani his qilmadim
Jungkook Semini gapidan jim qoldi
~senga nisbatan hechqanday tuygʻu va hissiyotim qolmapti Jungkook, bu boʻsa hammasini hal qildi
~bu bir oʻyin edimi?
~shunchaki buni tekshirib koʻrgim kelgandi
~bu menga qiziq deb oʻylaysanmi? Baribir kecha tunda seni oʻzimniki qildim
~oʻzingniki? Tanam seniki boʻlishi mumkin, lekin ruhim hechqachon sen deya talpinmaydi. Men allaqachon bosh...
~jim, oʻchir. Qizligingni olmagan boʻlsamda kecha tanagga men hukunronlik qildm. Endi aslo boshqasi tegishiga ruxsat bermayman
Jungkook barmogʻi bilan qizning boʻynidagi izni sekin siladi, tirnash va achishishdan ingragan qizga qaradi va tishlarini qayta iz ustiga botirdi. Butun tanasi boʻylab ogʻriq sezgan Semi esa jim turdi
~oʻzing aybdorsan, tirnash kerak emasdi. Bu iz hardoim shu yerda boʻladi, agar uchib ketgudek boʻlsa men uni yangilashdan hechqachon charchamayman
~sendan nafratlanaman
~men esa seni sevaman
~sevgi bunday boʻlmaydi Jungkook, sevgan odam azob bermaydi
~men shunday sevaman, senga azob berib sevaman, toki sen ham meni demaguningcha
~oʻlimingni istayman
Jungkook qizning gapidan soʻzsiz unga termuldi. Qizni qoʻlidan tortib xona ichiga kirgizdi va orqa choʻntagidan qurolni olib unga tutqazdi
~qani boʻl, oʻlimimni istasang oʻldir meni. Bu moʻljaldan hechqachon adashmaysan
Jungkook qurolni qizni quliga tutqazdida oʻzi tomon yoʻnaltirdi. Semining koʻzlarida yosh paydo boʻlar ekan qurolni maxkam siqdi. Xonada sukut paydo boʻldi, faqatgina tashqarida tomchilayotgan yomgʻir ovozi eshtiladi. Qizning tez urayotgan yurak ovozi yigitni qulogʻiga chalinadi va birdan xonada oʻq ovozi eshtildi. Semi nima boʻlganini anglamasdan quloqlarini maxkam yopib oldi va qoʻrquvdan qarshisidagi Jungkookka qaraydi. Jungkook qurolni yuqoriga koʻtarib oʻq uzgan edi.
~oʻlimimni istaysan lekin oʻldira olmaysan. Mana shunday oʻq uzish kerak edi, senda imkoniyat bor edi
~hamma sendek qotil emas Jungkook
~qotil boʻlsa men oliyjanob qotilman, yer yuzini yomonlardan tozalayotgan qotilman sevgilim. Qani endi vaqtni yoʻqotmasdan narsalaringni jamadongga joylada chiq. Seni kutaman
Jungkook ortga oʻgirilib xonadan chiqdi, Semi esa bir nuqtaga qaragancha qoʻllari qaltirab yerga oʻtirib qoldi. Hamon qaltirayotgan qoʻllariga qaradi
~men qotil boʻlmayman...
Ulkan va hashamatli uyda chiroyli bezatilgan stol atrofida Hanbin, Taehyung, Yoongi, Jungkook va Bernard otirishar ekan Bernard gap boshladi
~Taehyung, Chon bilan tanishib oldingmi?
Taehyung qoʻlidagi sanchqini likop yoniga qoʻydida salfetka bilan ogʻzini artdi va qarshisida unga yirtqich nigoh bilan qarab turgan Jungkookka qarab kulib qoʻydi
~ha, biz u bilan tanishib oldik, shunday emasmi Chon?
Taehyung uning ismiga urgʻu berib gapirdi, bundan Jungkookning ichidagi toʻfon yanada koʻtarildi
~ha, shunday
~endi sen ham bizning safimizdasan, biron bir yordam kerak boʻlsa bemalol Jungkook va Yoongidan soʻrayver
~hop
Birdan yuqori qavatdan eshtilgan shovqin sababli hammaning diqqati boʻlindi. Jungkook va Yoongi bir-biriga qaradi, buninsezgan Bernard ham jim turdi
~nima boʻldi?
~hechnima, men yuqoriga chiqib kelaman
Jungkook oʻrnidan turib zina boʻylab yuqori qavatga kotariladi, uning ortidan qarab qolgan Taehyungning qiziqishi battar oshib boradi. Jungkook yoʻlak oxiridagi xona eshigini ochib ichkariga kiradi. Yerda ogʻdarilib yotgan patnisdagi ovqatni hizmatkor yigʻishtiradi, uning tepasida turgan Semi esa Jungkook kelishi bilan yuzini burib ortga oʻtadi
~nima boʻldi?
~haligi...xonim ovqat yemasligini aytdilar
Hizmatkor tez-tez yerni tozalagach Jungkookka bosh egib chiqib ketadi. Jungkook hotirjam boʻlishga harakat qilgancha Ssmi tomon yaqinlashadi. Yotoq chetida oʻtirgan qizni qarshisiga kelib boʻyi tengi tizzada oʻtiradi
~nega ovqat yemading?
~istamayman
~boshqa biror narsa yeyishni xohlasang ayt
~Jungkook
~ha
~meni tinch qoʻy, ket
Jungkook qizdan havotirlangancha sekin oʻrnidan turdi
~mexmonlar ketishi bilan kelaman, oʻzim seni ovqatlantiraman
Semi uning gapini e'tiborsiz qoldirdi, Jungkook ortiq hechnima demasdan xonadan chiqib ketadi. Pastgi qavatga tushib oʻz joyiga oʻtiradi
~hammasi joyidami
Taehyung savol beradi
~joyida, xavotirlanma
Kechki ovqat deyarli yana bir soat davom etadi, Hanbin bilan Bernard boshqa xonaga suxbatlashish uchun kirib ketadi. Yoongi esa kechki ovqat tugashi bilan ketadi. Jungkook va Taehyung yolgʻiz qoladi. Jungkook choʻntagidan sigaret chiqarib tutatadi, tutuni esa bir pastda butun xonani egallaydi. Sigaret xididan yuzi burishgan Taehyung unga qarab ensa qotiradi
~meni koʻrganingdan xursand emasmisan, sherik?
~seni koʻrsam faqat gʻazabim qoʻziydi
~naqadar ta'sirli soʻzlar, unda doim seni koʻzingga koʻrinib turaman
Taehyung kulgancha oʻrnidan turadi
~otamga ketganimni aytib qoʻy, men ham seni koʻrsam negadir bexuzur boʻlyabman
Jungkook oʻrnidan turib zina tomon yuradi
~seni yugurdaging emasman
Taehyung e'tiborsiz uydan chiqadi, hovlida turgan mashinasi tomon yuradi. Mashina eshigini ochgan payt birdan nigohi balkon tomon tushadi va joyida qotib qoladi. Balkon ustuniga suyanib oyni tomosha qilayotgan qizni koʻrishi bilan harakatsiz qoladi. Nima qilishni bilmaydi, anglamaydi. Miyyasida ming xil savol aylana boshlaydi, u shu yerda, shu uyda, ammo nima qilyapti? Qachon keldi? Kim bilan keldi? Nima uchun keldi? Unda savollar koʻp, lekin aynindamda u shok xolatida qotib turipti. Nigohlarini Semidan uzmaydi. Birdan qizning ortidan kelib quchgan Jungkookni koʻrishi bilan qullari musht boʻlib tuguladi. Ana endi u tushundi, u Jungkook bilan birga, u bilan kelgan. Ammo nima uchun bundan uni jahli chiqishi kerak? G'azabi oʻrinlimi? Yuqoridagi juftlikni soʻzsiz kuzatadi, Semi Jungkook tomon oʻgirilib nimalardir deydi va Jungkook birdan qizning lablariga yopishadi. Tamom, ana endi Taehyungni ichida gʻqzabi qaynaydi, koʻzlari qizaradi, nafas olishi tezlashadi. Oʻzini bosa olmaydi va ilojsiz ularni zimdan kuzatadi. Hali ham davom etayotgan boʻsa uning tilka-pora qiladi. Uni bir savol qiynaydi: Nega Semi uni oʻzidan itarmadi? Nixoyat boʻsani uzgan Jungkook ularni pastda kuzatayotgan Taehyungga qaraydi, gʻolibona tabassum qilib qizni bir urinish bilan koʻtarib oladi va xonaga olib kiradi. Taehyung tezlik bilan mashinasiga joylashadi, qoʻllari qaltiraydi, mashina ruliga ketma-ket zarba beradi, baqiradi. Ichidagi olov soʻnmaydi. Boshini changgallagancha chuqur-chuqur nafas oladi
~u meniki, qanday hadding sigʻdi unga tegishga Jungkook? Seni oʻldiraman, har bir tekkaning uchun javob berasan, xisobini soʻrayman hali
Taehyung katta tezlik bilan mashinani ot oldirib qoʻrgʻondan chiqib ketadi.
~balkondan atrofni kuzatib turar ekanman ortimdan kelgan Jungkook belimdan qoʻllarini oʻtkazib maxkam quchdi. Yelkamga hoʻl labini bosdi, u tomon oʻgirildim.
~ovqatlanib olishing kerak, birga ovqatlanamizmi?
~kechki ovqatdan kelyabsanku shundoq ham
~ha, ammo men hechnima yemadim
~nega?
~ayni damda boshqa narsani tatib koʻrgim kelyapti
Semi tushunarsiz qaraydi, Jungkookning nigohi qizning lablarida toʻxtab u tomon intiladi va lablar birlashadi. Alkogol va sigaret hidi aralashib qizni yuzini burishtiradi. Jungkookning lablaridagi alkogol ta'mi hamon ketmagan va buni Semi ham sezadi. Qizni maxkam quchib boʻsa olishda davom etadi va sabr kosasi tugab qizni koʻtarib xonaga kiritadi. Avaylab yotoqqa yotqizadida egnidagi koʻylagining tugmalarini yecha boshlaydi. Semi tezlik bilan oʻrnidan turishga harakat qiladi, lekin endi kech. Metindek qullar uni devanga qayta qulatadi
~bu safar qoʻpolliklarsiz, iltimos
Jungkook qizning qulogʻi tagida shivirlaydi va lablar tomon intilganda Ssmi yuzini yon tomonga buradi
~istamayman, kechagi menga yetadi
Jungkook uning yuzini oʻziga qaratadi, iyagidan sekin ushlaydi
~imkon ber, ogʻriqlarsiz harakat qilaman
Jungkook biroz mastligi uchun ham extirosli harakatlar qiladi va qizni egnidagi futbolkani bir urinishda yechib pastka uloqtiradi. Ichki kiyimlarni ham birin-ketin uloqtiradi
~yoʻq desam toʻxtaysanmi?
Jungkook qizni koʻkragini kaftlari orasiga oladi va maxkam siqadi, bundan ingrab yuborgan qizga qaraydi
~e'tiroz qabul qilinmaydi, oʻylashimcha endi kech
Jungkook qizning boʻyniga yopishadi, har bir santimetrini shimib tishlaydi. Qoʻllari ham boʻsh turmasdan uning koʻkrak uchlari bilan oʻynashadi, bir qoʻlini sekin pastlatadi va qizni ostini uqalashni boshlaydi. Jungkook bu borada juda maxoratli, tagidagi qizni nolalari chiqishni boshlashi bilan u kichik tabassum qiladi.
~sen ham meni xohlaysan, lekin shu gʻururchang sabab inkor etasan. Bu tana xiyonatkor Semi, egasiga sodiq emas
Jungkook gaplarini tugatib qizga kirib boradi, kecha ham aloqa qilgani uchun qizda ogʻriq uncha sezilmaydi. Semi soʻzsiz uning ostida ingragancha yotadi.
Taehyung katta tezlik bilan uzun yoʻl boʻylab ketadi, xayolida biroz oldingi voqea tinimsiz gavdalanadi. Gʻazabdan rulni qattiq siqadi, mashina tezligi esa hech pastga tushmaydi, goʻyoki oyogʻi gaz pedaliga yopishib qolgandek. Svetoforning qizil chirogʻi yonishi bilan mashina toʻxtaydi, yoʻl chetidagi tungi klubni koʻrgan yigit yashil chiroq yonishi bilan mashinani chetga joylaydi va tushadi. Uni xozir tinchlantira oladigan yagona narsa bu - achchiq viski. Toʻgʻri kirib borgancha barmen qarshisiga joylashadi, choʻntagidan pul chiqarib unga uzatadi.
~viski, ikki hissa
Barmen pulni olib Taehyung uchun ichimlik tayorlashni boshlaydi, bu orada Taehyungni nigohi klubni kezadi. Oldiga qoʻyilgan stakandagi ichimlikni olib bir koʻtarishda deyarli yarmini ichadi. Achchiq viski tomogʻini qirib oʻtadi, tanasida qizishni hosil qiladi. Taehyung kostyumini yechadi, koʻylagining yoqasidagi ikkita tugmasini ham yechadi. Stakanga termulgancha chuqur oʻyga tomadi, buzuq kasetadek aylanayotgan Jungkook va Semining xolati, ular orasidagi qaynoq boʻsa hamon yigitni gʻazablantiradi. Stakanni maxkam siqadi, qoʻli ustidagi tomirlari boʻrtib chiqadi va qolgan viskini ichib yuboradi. Bir muddat boshini pastga eggancha sukutga chumadi. Telefon jiringlashi uni hayollarini tarqatib yuboradi. Choʻntagidan telefonni olib ekranga qaraydi va yashil tugmachani bosadi
~eshtaman dada
~qayerdasan? Nega ketib qolding?
~ishim chiqib qoldi, siz uyga boravering
~yaxshi
Taehyung qizil tugmachani bosib telefonni oʻchiradi va asabiy koʻzlarini ishqaydi, oʻrnidan turib stuldan tushadi va biroz oldin yechgan kostyumini yelkasiga ilib tezda chiqib ketadi.
Erta tongdan budilnikni ovozidan uygʻongan Jungkook gavdasini sekin koʻtarib telefonni olgancha budilnikni oʻchiradi. Yon tomonida yotgan qizni koʻrib lablarida tabassum paydo boʻladi, yuziga tushgan sochlarini sekin oladi, harakatlari extiyotkorona, uni uygʻotib yubormaslik uchun sekinlik bilan yanogʻidan oʻpich qoldiradi. Boʻyniga yuzini koʻmadi va chuqur hidlab ochiq yelkasiga hoʻl lablarini bosadi. Bu harakatdan gʻingshigancha uygʻongan Semi zoʻrgʻa koʻzlarini ochadi. Ilk koʻrgan narsasi bu Jungkookning kulib turgan yuzi boʻladi.
~hayrli tong sevgilim
Jungkook qoʻlini yotoqqa turaydi va qizni har bir harakatini kuzatadi, goʻyoki bu maroqli ishdek ishtiyoq bilan unga termuladi. Semi hechbir soʻzsiz qayta koʻzini yumadi va yopinchiqni yelkasiga tortib oladi. Uning bu holati yigitni zavqlantiradi.
~bir paytlar qilgan orzuim amalga oshyapti Semi, bir kun ertalab uygʻonganimda ilk koʻrgan narsam bu sen boʻlishingni juda xohlaganman
Semi birdan koʻzlarini ochadi Jungkookka qaraydi
~men baxtliman Semi, chunki sen men bilan birgasan
~ammo men baxtsizman
~men seni baxtli qilaman, bu hali boshlanishi, sen men tomon bir qadam tashlasang bas. Qani endi turaqol nonushta qil, kechadan beri hechnima yemading
Jungkook oʻrnidan turadi va hammomga kirib ketadi. Semi hamon shiftga termulgancha harakatsiz oʻyga chumadi. Kechagi tunni oʻylar ekan birdan asabiylasha boshlaydi. Tanasida biroz ogʻriq sezib gavdasini yotoqdan koʻtaradi. Deyarli 10 daqiqada yuvinib chiqqan Jungkook egnida faqat bitta shortik bilan chiqadi, Semi uni koʻrishi bilan tezda chappa qaraydi.
~kecha tunda koʻrding, nafaqat koʻrding balki his qilding, endi nega uyalyabsan?
Semi yuzi qizargancha hammomga yugurib ketadi
~men ish bilan Koreyaga borib kelishim kerak
~menchi?
~sen shuyerda qolasan Semi
~yolgʻiz qolishim kerakmi? Men ham boraman
~Semi, bu xavfli. Shuyerda qolasan, ortiqcha gap kerak emas.
Jungkook telefonni olib kerakli raqamga qoʻngʻiroq qiladi
~eshtaman
~qoʻrgʻonga soqchi yuboring, qancha koʻp boʻlsa shuncha yaxshi
~tushundim janob
Telefonni oʻchirib joyiga qoʻyadi
~men yoʻqligimda tomosha koʻrsatishga harakat qilma, qochib ketaman desang ham adashasan. Bu shahar sen uchun xavfli, men ikki kunda qayatamn, ungacha uydan chiqma
Semi uning gaplaridan gʻazablanadi, qoʻllarini musht qilgancha joyida jim oʻtiradi. Jungkook oʻrnidan turib u tomon yaqinlashadi va peshonasidan oʻpib uydan chiqib ketadi. Hovlida uni kutib turgan qoriqchilar mashinalarga joylashadi, Jungkook mashinaga joylashgach qorgʻondan chiqib ketadi, uning ortidan esa yana uchta qora mashina ketadi. Oyna ortidan uni ketishini kuzatib turgan Semi mexmonxonaga qaytadi va kresloga joylashib televizorni yoqadi.
~xonim, kechki ovqatga nima xohlaysiz?
Oshxonadan chiqban xizmatkorlar Semi tomon qaraydi
~shunchaki xohlaganinggizni qilavering, menga farqi yoʻq
Xizmatkorlar bir-biriga qaraydi va bosh egib oshxonaga qaytadi
~kechki ovqatni qilib boʻlgach xonaga koʻtarildim, chiroqni yoqib nima qilishni bilmasdan yotoqqa yotib oldim. Jin ursin, telefonim ham yoʻq, bundan keyingi hayotim faqat shunday davom etadimi? Tutqunlikda yashaymanmi? Kimdir meni qutqaradimi oʻzi? Shu kabi hayollar bilan yotar ekanman hovlida birdan gʻalati ovoz eshtila boshladi. Qoʻrqioʻoʻrnimdan sakrab turdim, birdan uyda chiroq oʻchdi, nima boʻlyapti? Qoʻryabman, shunday katta qoʻrgʻonda chiroq oʻchsaya? Bu yaxshilik belgisi emas, deraza tomondan ovoz keldi, oldinga harakatlandim. Deraza pardasini sekin ochib endi derazani yopmochi boʻldim, ammo birdan ustimga yurib kelgan tanadan qoʻrqib qichqirib yubordim. U inson tezlik bilan qoʻllari bilan ogʻzimni yopdi, koʻzlarim kattalashib nafas olishim tezlashib ketdi. Tanamni devorga bosgancha menga yaqin turardi. Boshidagi kapeshonini sekin yechdi, qorongʻuda hamon yuzini koʻrish imkonsiz edi.
~Romeo Juliettasini topdi...
.
.
.
.
𝓢𝓮𝓶𝓲 𝓒𝓪𝓻𝓮𝓵𝓲𝓪|| @glamour_fanfic