Stay with me / Ep-12
~meni jahannam sari yetaklagan ilk qadamimsan....
~quyosh nuridan gʻingshigancha uygʻonar ekanman oʻzimning xonamda emas aksincha umuman menga begona boʻlgan xonada koʻzimni ochdim. Boshimdagi ogʻriq sabab qayerdaligim va kecha nima qilganlarimni eslolmadim, bir muddat shiftga tikilgancha jim yotdim, miyyamga tok urgandek oʻrnimdan sapchib turdim va yotoqning oʻng tomonida yotgan yigitni koʻrishim bilan koʻzim kosasidan chiqib ketay dedi. Bu Taehyung edi, bir on harakatsiz qotib qoldim, egnimdagi yopinchiq sekin sirgʻalib tushar ekan egnimdagi futbolkaga koʻzim tushishi bilan nafas olishim tezlashib ketdi. Kecha nima qilganlarimni barchasini eslashga harakat qildim, imkonsiz. Xotiram pand berardi, nafasim ichimga tushib ketdi. Asabiy xolda sochimni tepaga yigʻdim va Taehyungni uygʻotib yubormaslikka harakat qilib yerda yotgan kiyimlarimni olib kiyib oldim. Xonadan chiqib ketishga shaynalar ekanman oxirgi martta yotoqda bamaylixotir uxlayotgan yigitga tikildim va avval xonani keyin esa uning uyini tark etdim
Soat millari allaqachon 9 ni koʻrsatar ekan Taehyung koʻzlarini ochib yostiq ostidan telefonini qidira boshladi va soatga qaradi. Kecha u mast boʻlishiga qaramasdan har bir voqea uning koʻz oldida saqlanib qolgan edi. Semining klubdagi rashki, undan oʻz xohishi bilan olgan boʻsasiyu tundagi shoʻxliklari barcha barchasini esladi va tabassum qilib yon tomoniga qaradi, joy boʻsh. Tezlik bilan yotoqdan sakrab turgan Taehyung xona boʻylab koʻz yugurtirdi. Semini qidirar ekan hammomda degan oʻy bilan hammom eshigini ochdi, hechkim yoʻq. Eshikdan chiqib pastki qavatga tushdi, zalni qaradi, oshxonani qaradi, hovlini qaradi. Hechkim yoʻq, bu uy Taehyungni shaxsiy uyi boʻlgani uchun buyerda qoʻriqchi ham hizmatkor ham yoʻq edi. Taehyung bir on miyyasida u qayerdaligini tahlil qilar ekan eshikka qaragancha sukut qildi, uning oyoq kiyimi yoʻq va u allaqachon buyerni tark etgan degan hayol bilan zalga kirib kresloga tanasini tashladi va boshini ortga tashlab chuqur nafas oldi. Uni qiynayotgan yagona savol nega Semi unga hechbir soʻz demasdan uni tark etdi? Axir kechagi ishlar har ikki tomonning xoxishi bilan amalga oshirilgan edi? Nega endi toʻsatdan Semi ketib qoldi? Taehyung vaqtni boy bermasdan mashina kalitini olib u ham uydan chiqib ketdi
~oradan besh kun oʻtdi. Shu besh kun davomida uy tugul xonamdan ham chiqmadim. Har kuni Taehyung uyimizga kelib meni chaqirardi, men u bilan yuzlashishni xohlamadim. Oʻsha ishlardan soʻng men uning koʻzlariga boqa olamanmi degan savol ich-etimni kemirardi. Bugun ham ertalabdan Taehyung darvoza yonida ikki soat turgancha xonamning derazasiga tikildi, uni parda ortidan kuzatar ekanman yoniga chiqish haqida koʻp oʻyladim, ammo qandaydir tuygʻu meni bu yoʻldan qaytarardi. Negaligini oʻzim ham tushunmasdim. Kun yarimlab qolar ekan bugun shifoxonaga borishim kerakligi haqidagi xabarni koʻrib sekin oʻrnimdan turdim. Kiyimlarimni alishtirib xonadan chiqmoqchi boʻlganimda eshikdan kirib kelgan akamga duch keldim
~sendan xavotir oldim, xonangdan chiqmayotgan ekansan, tinchlikmi? Muammo bormi?
~hammasi joyida, biroz tobim yoʻq edi
~Semi, agar jiddiy narsa boʻlsa ayt, birgalikda hal qilamiz
~Aka, aytdimku hammasi joyida. Shunchaki kichik bosh ogʻrigʻi meni bezovta qildi, hozir yaxshiman
~unda yaxshi, ha aytgancha adashmasam Taehyung har kuni darvoza yoniga kelib qaytib ketayotgan ekan. U bilan oʻrtanggizda nima bor?
Men bir on akamning koʻzlariga qaragancha sukut saqladim, unga nima deyishni oʻyladim. Arzirli sababim ham yoʻq, unga nima deyolaman?
~u bilan oʻrtamizda hechnima yoʻq
Akam men tomon bir qadam yaqinlashdi
~menimcha u senga befarq emas, agar senda ham unga nisbatan biron bir tuygʻu boʻlsa ularga qarshilik qilishdan foyda yoʻq, yuragingga quloq sol. Zero oʻtmish bilan kelajakka yeta olmaysan
~sen tushunding, hali ham unutolmading. Ketgan insonni xotirlab yashash bu kelajagingni barbod qiladi. Koʻzingni och va oldingga harakat qil. U endi qaytmaydi, yoningdagi insonlarni qadriga yetish kerak deb oʻylayman
Akam soʻnggi bor menga qarab xonadan chiqib ketdi. U nima demoqchiligini angladim, zero u meni shu koʻyga solgan inson haqida gapirar ekan koʻzlarim yoshlandi. Toʻgʻri men uni haliyam unutmadim, yuragimning qaysidir burchagida uning ismi hali ham bor, aqlimning bir burchagida uning xotiralari yashamoqda. Ammo Taehyung bilan boʻlgan tunda, men uni unutdim. Uni bir necha soatga unutdim, bu xudbinlikmi? Yoki toʻgʻri qarormi? Men xudbinman, meni tark etgan insonni sogʻinishda davom etayotgan va menga talpinayotgan yurakni oʻzimdan itarayotgan xudbinman. Aql va yurak oʻrtasida doim yurak gʻalaba qozonganidek men ham doim yengilaman...
Kerakli dori va muolajalarni olib kasalxonadan chiqar ekanman mashinaga suyangancha tashqarida turgan yigitga koʻzim tushdi. Yuragim hapriqib ketdi, bu qanday tuygʻu? Undan uzoqlashsam u menga magnit kabi yaqin kelaveradi. Uning koʻzlari menga qadaldi, shu on ortga burilib yurib ketar ekanman bir necha soniyada u qarshimda paydo boʻlib qoʻlimdan maxkam tutdi va mashina tomon yetakladi. Eshikni ochib meni mashina ichiga uloqtirib yubordi va oʻzi rulga joylashdi. Katta tezlik bilan mashina yurib ketdi
~nima qilyabman deb oʻylayabsan?
Unga savol berdim, savolim javobsiz qoldi. Bu meni gʻazablantiradigan yagona narsa edi
~mashinani toʻxtat, eshityabsanmi? Senga gapiryabman
Baqirgancha unga qaradim, u bir soʻz demadi. Foyda yoʻqligini sezib mashina eshigini ochib yubordim va toʻsatdan yoʻl chetiga mashinani toʻxtatdi, nazoratsiz xolda mashinaning old qismiga burnim bilan urildim. Ogʻriqni sezib ingrab yubordim, oʻzimni tutib olar ekanman burnim boʻylab oqib tushgan issiqlikni his qildim va qoʻlim bilan burnimga tegdim, qon. Yonimdagi Taehyung soʻzsiz menga tikildi, koʻzlarim yoshlandi. Chidab boʻlmas ogʻriq butun tanam boʻylab yoyildi, ogʻriqni yomon koʻraman, chunki unga chiday olmayman. Bir ondan boʻynimdan tutgan ulkan qoʻl meni oʻziga tortdi va qon aralash labimga lablarini bosdi, yirtqich kabi lablarimni tishlab oʻpar ekan uni oʻzimdan itardim, bu foydasiz boʻlsa ham. Uning boʻsalari oldida doim ojizman, shu sababli harakatsiz qoldim. Bir necha daqiqa davom etgan boʻsani uzgan yigit mendan uzoqlashdi va peshonasini peshonamga bosdi.
~seni soĝindim, sensiz telba boʻldim
Bir soʻz demay uni oʻzimdan uzoqlashtirdim, u esa qoʻliga roʻmolcha olib yuzimni oʻziga qaratdi va burnimdagi qonni arta boshladi. Uning bu harakati meni aqildan ozishga undadi va uning yuziga tarsaki tortib yubordim
~senga savolim koʻp, men bilan hozir uyimga borasan
~sen bilan hechqayerga borishni istamayman
~qaysarlik qilma, nega meni oʻzingdan itaryabsan?
~itarmasligim uchun sababing bormi?
~oʻsha kuni sen menga aytmasdan ketding, bunga sababing bormi?
~oʻsha kunni unut, bu bir xato edi
~xato? Sen nimani xato deyishga urinyabsan? Oʻsha kecha ikkimiz ham buni xohlagan edik
~jin ursin, men mast edim. Bu mastlikdagi bir xohish edi tushundingmi?
~meni aqildan ozdirma, telbaga aylantirma meni Semi
~bu bir oʻtkinchi xohish edi, men sendan foydalandim va tark etdim
Unga teskari qaragancha bu gaplarni aytar ekanman ichimda nimadir uzilgandek edi, oʻzimdan uni uzoqlashtirish uchun shu gapni aytishga majbur boʻldim. U hechnima demadi, men ham unga qaramadim. Kechir Taehyung, mening kelajagim aniq emas, shu bois seni yaqin tuta olmayman. Toʻgʻri seni sevishim mumkin, lekin bu safar yuragimga quloq solmayman.
~foydalandim degin, yaxshi. Seni qarorlaringni xurmat qilaman
Uning oxirgi gapi shu boʻldi va mashinani oʻt oldirib haydab ketdi. Meni uyimga tashlagach uyga kirib ketgunimcha ortimdan qarab qolganini sezsam ham unga qayrilib qaramadim. Yuragim ogʻrisada sezdirmadim, xonaga kirishim bilan ichimdan qaynab chiqayotgan olovni chiqarib baqirib yigʻlay boshladim, afsuslanishimni bilaman va endi ortga yol yoʻqligini ham. Bir necha daqiqada xonamga qarab boʻlmay qoldi, har bir burchakni vayron qilar ekanman vulqon kabi otilyotgan ichimdagi dard meni ado qila boshladi. Ammo men majburman, uni hayotini ham barbod qilgim yoʻq. Bir tomondan kasallik meni ado qilsa boshqa tomondan Taehyungni aldaganim edi...oʻrnimdan holsiz turib dushga kirdim va sovuq suvni yoqib tagiga oʻtirib oldim. Meni hozir tinchlantira oladigan yagona narsa edi bu, suv tagida oʻtirib koʻzlarimni yumdim va tanam soviy boshladi. Yurak urishim ham oʻz maromiga tushib olov kabi yonayotgan tanam oʻz xoliga qaytdi va biroz tetiklashdim...
Qorongʻu xonada tamaki tutatgancha sharob ichib oʻtirgan yigit eshikka termulgancha jim oʻtirardi. Har daqiqada qoʻlidagi tamakisini lablarig olib kelib chuqur tortadi va osmonga qaragancha paravoz kabi ogʻzidan tutunni xonaga chiqaradi. Qoʻlidagi sharob tugay deb qolgan va u stakanni maxkam siqqancha jim qoldi. Bir on xonada singan shishaning ovozi jarangladi, eshikka otilgan stakan yerga parcha-parcha boʻlib sochildi. Yigitning koʻzi qizargani bu uning jahlini namoyon qilardi. Nafas olish oʻz maromini yoʻqotgan, qoʻllar boʻysunmasdan titramoqda, tamakini xonaning bir burchagiga uloqtirdi. Gʻazabiga yengilib oyogʻi bilan stolni tepib yubordi, yerga dumalagan ikki shishadan sharob toʻkilar ekan yigit oʻrnidan turib balkonga chiqdi. Mayin shamol yuziga urilishi bilan biroz tinchlandi, koʻzlarini yumib barini unutishga harakat qildi. Choʻntagidan telefonni olib oʻziga kerakli boʻlgan raqamni izlab topdi va qoʻngʻiroq qildi.
~u oʻldi, tanasi esa hademay oyogʻinggiz ostiga dumalaydi
~sen bilan faxrlanaman Chon, qachon qaytasan?
~biroz ishlarim bor, ularni hal qilib qaytaman
Telefonning qizil tugmasini bosib qayta choʻntagiga joylashtirdi.
~hali senga ham navbat keladi Kim Taehyung. Oʻz qoningga choʻktiraman seni
Ulkan zalda oʻtirgan erkak telefon ortidagi aloqa uzilgach qarshisidagi qoʻriqchiga yuzlandi
~uni har bir harakatini kuzating
~Kim bilan, qayerda , nima qilyapti, hammasini bilishni xohlayman. Ha yana anavi qiz bilan uchrashdimi?
~u qizga hali yaqin yoʻlagani yoʻq, odamlarimiz qizni ertayu kech kuzatishyapti, janob Chon uning yonida koʻrinish bermadi
~Chon uchun u qiz qanchalik qadrli ekanini bilishni istayman, zero bu bizga kelajakda as qotadi
Qoʻriqchi tazim qilib xonadan chiqib ketdi
~seni nima qilsam ekan Chon, oʻldiraymi yo qoldiraymi?
Allaqachon yarim tun, yotoqda uxlayotgan qiz charchaganidan qimir etmat uxlar ekan deraza ochilganini ham sezmadi. Yotoqning pastki qismida ogʻirlik sezib sekin qimirladi va uatiga bostirib kelayotgan tanani koʻrib baqirib yubormoqchi boʻlganda ulkan qoʻllar uni ogʻzini yopti. Qizning kichik tanasi ustiga oʻzining ogʻirligini boricha tashlagan yigit undan nigohlarini uzmadi.