August 12

Gunohkorlar / Ep-22

Orzuim qayta orzu qilmaslikdir.

Autor:#Kessy

22-qism

Parklar qo'rg'oni yonida chamadoni bilan turgan Suna juda ham asabiy edi. Kessyning xotirjam qadamlar bilan qo'rg'ondan chiqishini ko'rib chamadonini ustiga oyog'ini chalishtirib o'tirib oldi.
Suna endi gap boshlamoqchi bo'lganda Kessy sovuq ohangda gapirdi.
— Bu yerdan hoziroq ket— bunday muomalani kutsada Suna bu qadar qo'pol gapdan Suna tutaqib ketdi.
— Hoy avval salom berish kerak hatto odobni ham bilmaysan.
— Salom. Endi ket. Seni ko'rishga toqatim yo'q.
— Hatto nega kelding deb ham so'raysanmi — Suna jig'iybiron bo'lib gapirdi.
— so'rashim shartmi. Hammasi aniqku. Uydan ketgansan yoki akam asil yuzingni ko'rib uydan haydagan. — Kessy Sunaning chamadoniga ishora qildi. Suna bo'lsa ensa qotirdi.
— qoyil juda ham aqllisan. Ammo meni akang haydamadi o'zim ketdim. — Kessy nahotki degandek qoshini ko'tardi — hammasiga sening qaynonang sababchi.
—endigina hayron qolishni boshlagandim nega meni ayblamatabsan deb, shu yerga ham meni qo'shing.
— men seni demadim qaynonang sababli dedim. — Suna yig'lay boshladi. Kessy endi qo'rg'oniga kirmoqchi bo'lganda Suna uni qo'lidan tortib oldiga o'tirg'izib dardini ayta boshladi. Kessy ruhan
pichirladi " Jin ursin".
— bilasanmi akang haliyam uni sevadi. To'ying bo'lgan kun tez tez unga qaradi. Menga deyarli e'tibor bermaydi.
— Suv ilon meni tinch qo'y. Nega o'tmish bilan bunchalik qiziqasan.
— Bu o'tmish mening bugungi kunimga soya solmoqda.
— Unday bo'lsa nega meni oldimga kelib dardingni aytayabsan. Uydan ketibsan yaxshi bor o'zingni uyinga meni tinch qo'y.
— uyimga borsam ular meni quchoq ochib kutib oladi deysanmi. Uyga borishim bilan oyim uydan haydaydi , bechora dadamni bo'lsa aniq yuragi huruj qiladi. — Suna bu voqeani tasavvur qilib darhol boshi bilan yo'q ishorasini qildi. — yo'q yo'q umuman bo'lmaydi. Ayni damda borar joyim yo'q.
— Unday bo'lsa balo bormidi uydan ketib.
— men atay ketmadim. Shunchaki akangni biroz qo'rqitmoqchi edim. U bo'lsa hatto ketma ham demadi.
U qachon yalinsa o'shanda qaytaman.
— akam bilan 8 yil yashab ham uni qandayligini bilmadingmi u g'ururidan voz kechmaydi.
— Ammo senga kelganda uydan hatto chiqarishga ham qarshi bo'lardi.
— u mendan havotir olgan deysanmi — Kessy kuldi— u uning obro'yiga putur yetkazishimdan, sharmanda qilishimdan qo'rqadi. Shunday ekan hoziroq uyga qayt undan kechirim so'rasang hammasi joyiga tushadi. Uni yalinishini kutma.
— qornimda bolasi bor ekan yalinmay qayoqqa ham borardi — Suna tabassum va kinoya bilan gapirdi.

—nima balo alahsirashni boshladingmi.
—hih. Ishonmaysanmi. Nima sen ham meni tug'mas deb o'ylaganmiding. Bilasanmi seni kasofat uydan ketishing bilan darhol homilador bo'ldim. . Sen ketganing tufayli barcha baxtsizliklar bizni tark etdi. bunga qara — Suna quvonch bilan gapirarkan uning hazilomus gapi Kessyni allaqachon ichidan vayron qilgandi.
— Ajoyib. Farzand muborak.
— raxmat.
—bilasanmi bu juda ham o'zgacha hissiyot. Vujudingda urub turgan yana bir yurak— Suna quvonch bilan gapirishi Kessyni o'ylar ko'chasiga olib kirardi.
— Ammo akam seni qanday qilib bu holingda to'xtatmadi.
— bilsa to'xtatadi da
— unga aytmadingmi
— u meni bola uchun emas men uchun to'xtatishini kutgandim. Ammo hozir unga xabar qilib jo'natdim ishonchim komil u hozir meni ota onamni uyida.
— qanchalik ahmoqsan.
— bas qil. Undan ko'ra menga akangdan yashirinishim uchun joy topib ber. Biroz unga o'z qadrimni ko'rsatay. Istasang uyingga taklif qil.
— Sen aqldan ozibsan. Akam bilan Jennie sabab urushganding yana u bilan bir uyda yashamoqchimisan. Istasang uyga ring maydonini qurib beraman.
— kulgili. Menga yordam ber har holda jiyaningni ko'chada qoldirmassan.
— nega aynan meni oldimga kelding.
— Chunki akang seni oldimga kelishimni hayoligem keltirmaydi. Ho'sh bizga yordam berasanmi. — Kessy kulib turgan Sunaga qarab biroz o'ylandi.
— oxirida nima bo'lsa ham sen javob berasan.
— raxmat— Suna quvonch dan kulardi.

Kessy darvoza yonidagi soqchini chaqirdi.
— menga haydovchini chaqiring.
— xonim bundan janob Jiminni xabari bormi ya'ni ogohlantirishim kerak.
— unga hisob berishga majbur emasman. Bir joyga boramiz va qaytamiz shundeykan hoziroq aytganimni qil. — Kessyning sovuq muomalasiga javoban soqchi shunchaki tazim qildi.

— Sunxi bundan buyog'iga nima bo'lsa ham ehtiyot bo'l. Ayni vaqtda akangdan har narsani kutish mumkin.
— oyi Sunxo menga nima ham qilishi mumkin. Singlisi bo'lsam.
— Bilmadim. — Sunxi telefonidan ko'zini uzib Sujinga qaradi.
— Ammo oyi Sunxoni bu tomoshadan maqsadi nima — Sujin biroz turib javob berdi.
— Bu uyda kim xo'jayin ekanligini ko'rsatib qo'yish. Senga, menga, xizmatchilarga bu uydagi barchaga endi mendan qo'rqishingiz kerak demoqchi shu bilan birga xotini va farzandini himoya qildi.
— oyi anig'ini bilmadimu lkn men Sunxo bu qizni zo'rlanganiga ishonmayman. Sunxo ko'cha bolasi biroq u kimnidir zo'rlamaydi, anavi qiz aniq ayta olamanki tungi kapalak emas.
—men ham shu fikrdaman
— Bundan kelib chiqadiki bola ham Sunxoniki emasmi.
— bola uniki aks holda dadang bu to'yga osonlikcha rozi bo'lmasdi.
— Juda chalkash men bu haqida ortiq o'ylab boshimni qotirmayman. — Sujin qizining bu qadar befarqligi uni tobora asabiylashyirardi.

Uy ichida chuqur sukunat hukm surardi. Soat tungi 2:07 ni ko‘rsatayotgan edi. Qorong‘u yotoqxonada faqat devordagi soatning yengil “tik-tak” ovozi eshitilardi. Jimin qora ko‘ylakda, tugmalari ochilmagan bo‘yinbog‘ini bir qo‘li bilan sekin aylantirib o‘tirardi. Stol ustida yarim bo‘sh viski shishasi, yonida esa qo‘llari orasida muzdek bo‘lib qolgan stakan…
Eshikning sekin ochilgan ovozi jimjitlikni yorib o‘tdi.
— Nihoyat… — Jiminning ovozi past, ammo muzday edi. — Kessy baland poshnalari polga tegib chiqargan tovush bilan sekin ichkariga kirdi. Uning ustida qora, yelkalari ochiq ko‘ylak, sochlari yelkasiga to‘kilib ketgan, yuzida esa ozgina tarqalgan lab bo‘yog‘i. Ko‘zlarida charchoq va biroz mastlikning qop-qora soyasi.
— Sen uyg‘oqligingni bilmagandim, — dedi u jilmayishga uringandek, ammo ovozida mastlik ohangi bor edi.
— Ruxsat so‘ramading, — Jiminning nigohi tig‘day o‘tkir edi. — Kechqurun qayerda bo‘lding?
— Tashqarida… odamlar bilan, — Kessy jilmaydi, ammo jilmayishi juda soxta edi. — Meni kuzatishni to‘xtat. Men sening asiring emasman, Jimin.— Jimin stakanni stolga shunday qo‘ydiki, stakan ichidagi muzlar qarsillab ketdi.
— Asir? — u bir qadam oldinga yurdi. — Sen mening ruxsatimsiz tungi ikkida mast holda uyga kirib kelishni odat qilgan ekansan. Bering sifatida qanday yo'l tutishim kerak. Ko'chada istagan erkak bilan yurishinga imkon beraymi.
— Va sen ham, — Kessy uning ko‘ziga tik boqib, ohista gap qildi, — akang yo‘qligida, “kelinoying” bilan, ya’ni sobiq sevgiling bilan vaqt o‘tkazish uchun juda qulay imkoniyatga ega bo'lding, to‘g‘rimi? Men sizlarga shunchaki halaq bermoqchi emasdim. — Bu so‘zlar Jiminning yuzidagi sovuqlikni bir zumda chaqnagan g‘azabga aylantirdi. U bir zumda Kessyning bilagidan tutib, kuch bilan o‘ziga tortdi.
— Og‘zingni ehtiyot qil, Kessy. Haru sen kabilardan emas. Men hech qachon bunday paztkashlik qilmayman. Ayniqsa akamga— deya g‘ijirlagan ovozda gapirdi u, ammo aytilgan gaplar allaqachon qoniga singib ketgandi.
—aks holda nima qilasan. Yana kaltaklaysanmi, kishanlab xonaga qamab qo'yasanmi. Akang xotini va ukasi sevishganlar ekanligini bilsa qay ahvolga tusharkin — Jiminning sabri to‘xtadi — u ayolning yuziga qattiq tarsaki tushirdi. Shovqin ichida Kessy yelkasini ushlab orqaga qadam tashladi, ammo Jimin uni yana tortib olib, yelkasidan itarib yubordi.
Kessy yuzini ushlab, kulimsiradi.
— Mana shunday, Jimin… haqiqiy yuzingni ko‘rsat. Sen faqat shunday erkaksan, to‘g‘rimi? Urish, buyurish, qo‘rqitish…
— Yop og‘zingni! — Jiminning ovozi g‘azabdan bo‘g‘ilib chiqdi.
— Yopmayman! Men hech qachon senga bosh egmayman. Borib sevgilinga xo'jayinchilik qil— Bu so‘zlar Jiminning oxirgi sabrini uzdi. U Kessyni bilagidan tutib, devorga urdi. Kessy qarshilik ko‘rsatdi, ammo Jimin qo‘llaridan siqib, uni ayovsiz do‘pposladi — yelkasidan pastga tushgan zarbalar, qattiq ushlashlar… Kessy og‘riq ichida bo‘lsa ham, ko‘zlarida yongan qarshilik alangasini o‘chirmadi.
— Qilaver! — dedi u bo‘g‘iq ovozda. — Faqat shu narsaga yaraysan!
— men senga haqiqiy jahannam qanday bo'lishini ko'rsataman. Axir shunga kelishgandik. — Jimin uni kuch bilan yuvinish xonasiga sudrab bordi. Eshikni ochib, uni ichkariga itarib yubordi. Kessy muvozanatini yo‘qotib, hojatxona yoniga yiqildi.
Jimin suv kranini oxirigacha ochib, muzdek suvni Kessy ustiga to‘kdi. Kessy sovuqdan qaltirab, ko‘ylagi tanasiga yopishib qoldi, lekin ko‘zlarini undan uzmadi.
— Qara o‘zingga, — dedi Jimin past, sovuq ovozda. — Mana sening jahannaming. Undan seni na akang na sevganing qutqara oladi. — So‘ng eshikni qarsillatib yopdi va qulfladi.
— Esing kirguncha shu yerda qolasan, — dedi ortiga qaramay.
Ichkarida esa Kessy sovuq suv ichida titrab, ammo ichida biror tomchi ham yalinish yo‘q edi… faqat bo'shliq.

Yanglar qo‘rg‘onining ertalabki sukunatini og‘ir qadamlarga o‘xshash tovush buzdi. Asosiy zal eshigi qattiq ochildi va ichkariga uzun bo‘yli, qora klassik libosda, yelkasida yengil sharf bilan kirib kelgan Na xonim kirib keldi. Uning nigohi muzdek, qadamida hukmronlik bor edi. Har bir xizmatkor bu qadamlarni eshitgan zahoti yelkasini tortdi, yuzini yerga egdi.
Na xonim zalning o‘rtasiga kelib to‘xtadi.
— Qani, boshlaringni ko‘taring. Men sizlarning ko‘zlaringizga qarab gapiraman, — dedi u qat’iy ohangda.
Xizmatkorlar sekin boshlarini ko‘tardilar. Ba’zilari kechagi voqeani eslab, allaqachon ranglari oqarib ketgan edi.
— Meni tanimaysizlarmi? — dedi Na xonim sekin, ammo xavfli ovozda. — Men bu uyning bosh xizmatchisiman. Sizlar ishlashni mendan o‘rgandingiz, lekin odob va chegarani ham mendan o‘rgandingiz… deb o‘ylagan edim. —U bir xizmatkorga yaqinlashdi, nigohini uning yuziga mixlab — Kecha sizning og‘zingizdan chiqqan har bir so‘z men uchun sharmandalik. Bu yerda ishlashga loyiq emasligingizni bildirdingiz.— Xizmatkorlar jim, faqat og‘ir nafaslar eshitilardi. Na xonim keskin burilib, hammasiga qaradi.
— Janob Yang Sunxo sizlarni kechirdi. Ammo men… yo‘q. Bugundan sizlarning imtiyozlaringiz bekor qilinadi. Sizlar xizmatni ikki baravar qilasizlar. Va bu mening so‘zim!— U so‘ng nigohini Soyuga qaratdi. Soyu zalning narigi tomonida, biroz tortinib turgan edi. Na xonim unga yaqinlashdi, boshqalar ko‘rib turardi.
— Yang Soyu xonim, — dedi u muloyim, ammo hamon salobatli ohangda, — kechagi gaplar bu uyning odamlari uchun qora dog‘ bo‘ldi. Men sizdan uzr so‘rayman. — Soyu ko‘zlarini kattaroq ochdi, bu so‘zlarni butun zal eshitdi. Na xonim davom etdi.
— Siz bu uyning bekasiz. Sizga hurmat ko‘rsatish — bizning burchimiz. Bugundan boshlab hech bir xizmatkor sizga nisbatan hurmatsizlik qilmaydi. Kimki qaytarsa, bu uyda joyi qolmaydi.
U sekin ta’zim qildi. Xizmatkorlar ham ortidan ta’zim qilishdi, ammo bu safar bu majburiy qadam edi.
Soyu esa jim, ammo ko‘zlarida birinchi marta bu uyda o‘ziga nisbatan bunday hurmatni his qilgan bir iliqlik paydo bo‘ldi.
Na xonim esa yuzini yana muzdek qiyofaga qaytarib:
— Endi barchangiz ishga. Bu uyda bekorchi odam bo‘lmasin! — dedi va keskin burilib chiqib ketdi.
Zal esa yana sokinlikka cho‘mdi, lekin bu sokinlik ostida kechagi kibrli kulgular o‘rnini og‘ir qo‘rquv egallagan edi.

— Soyu xonim, — dedi u muloyim, ammo qat’iy ohangda. — Janob Sunxo siz bilan gaplashishdan oldin buni bajarishimni so‘radi.
Ortidan qora kostyum kiygan bir advokat kirib keldi. Qo‘lida qalin papka bor edi. U stolda hujjatlarni tartib bilan yoyib, soyabon ostida turgan qalamni uzatdi.
— Iltimos, bu yerga imzo cheking, — dedi advokat, odatiy, hissiz professional ohangda.
Soyu hujjat varaqlariga qaradi, biroq ularning mazmuni murakkab yuridik til bilan yozilgandi. Qoshlarini chimirib, Na xonimga qaradi.
— Bu qanday hujjatlar? — Na xonimning nigohi qisqa muddat jiddiylashdi, so‘ng chuqur nafas olib tushuntirdi:
— Bu hujjatlar orqali siz janob Sunxo bilan teng sherik maqomiga ega bo‘lasiz. Bu — u ega bo‘lgan barcha huquq va mulkka siz ham sherik bo‘lishingiz demakdir. Oddiy til bilan aytganda, u sizni o‘zining rasmiy va qonuniy hamrohi sifatida qo‘rg‘on va korporatsiyada teng huquqli qilib qo‘ymoqda. — Soyuning ko‘zlari kattalashdi.
— Men… men buni qabul qila olmayman, — dedi u past ovozda, go‘yo bu hujjatlar og‘ir yukdek tuyulayotgandek. — Men bu yerda hali hech kimning ishonchini oqlamaganman… — Na xonim asta jilmaydi, ammo ko‘zlarida sovuq qat’iyat bor edi.
— Sunxi xonim ham, Sujin xonim ham bu huquqqa ega emas. Bu hujjatlar — sizni himoya qilishning eng kuchli usuli. Janob Sunxo sizni ayblovlar, mish-mishlar va hatto oila ichidagi dushmanlardan himoya qilish uchun shunday qildi. — Advokat jimgina Soyu oldiga yana qalamni surdi.
— Iltimos, imzo cheking.
Soyu biroz ikkilanib, nihoyat qalamni oldi va titroq qo‘llari bilan imzo chekdi. Qog‘ozni advokat papkaga joylashtirib, yon cho‘ntagidan bir nechta karta chiqarib stolga qo‘ydi.
— Bu — sizning yangi shaxsiy moliyaviy vakolatlaringiz. Barcha bank hisoblari, qimmatbaho hisob raqamlari siz bilan bog‘lanadi. — Karta orasida oltin rangdagi nafis naqshli biri va unda Yang Soyu ismi yozilgan va qora rangli, hech qanday yozuvisiz, faqat markazida kichik kumush ramz tushirilgan biri alohida ajralib turardi.
— Oltin karta — Janob Sunxoning onasidan qolgan merosi uchun. Bu tekin yo'llanmadek gap. Qora karta — istalgan joyda, istalgan summani cheklovsiz ishlatishingiz mumkin bo‘lgan maxsus karta, — dedi advokat.
Soyu kartalarga qarab, yanada aybdorlik his qildi. Uning yelkalariga go‘yo ko‘zga ko‘rinmas og‘ir yuk tushgandek edi. Na xonim esa uni tikilib turib, past ohangda shunday dedi.
— Buni hadya sifatida qabul qiling, Soyu xonim. Bu — nafaqat huquq, bu sizga berilgan ishonchdir. Uni yo‘qotmang.
Soyu esa jim qoldi. Ichida esa birgina savol aylanardi: “Men bunga loyiqmanmi?..”

Janob Park odatdagidek gazeta varaqlar, yonida issiq qora qahvasi. Jennie oppoq krujkaga choy quyib, o‘tirganlarga muloyim jilmayishga harakat qildi. Haru esa yonida sukutda o‘tirgan Kessyga tez-tez qarab qo‘yardi.
Kessy boshini baland tutgan, yuzida esa tunda yegan zarbalarning qizarib, biroz shishgan izlari bor edi. Labidagi kichik yorilish va yonoqdagi binafsha soyani hech qanday bo‘yoq ham yashira olmasdi. Ammo u bu izlarni go‘yo umuman sezmayotgandek, odatdagi ohangda gaplashardi.

— Bugun havo sovuq bo‘ladi shekilli, — dedi u beparvo ohangda, qo‘lidagi non bo‘lagini murabbo bilan surtar ekan.
— Ha, — dedi Jennie jilmayib, — ayrimlar uchun yaxshi fasl boshlanmoqda. — Jimin esa hech nima demadi. Uning ko‘zlari Kessyga qadalgan, ammo ichidagi g‘azab yuzidan o‘tib, stoldagi havoni ham siqayotgandek edi.
Haru yana Kessyga qaradi. Uning ko‘zlarida ochiq achinish bor edi. Stol atrofi bo‘shayotganida u jilmayishga uringancha past ovozda so‘radi.
— Sen yaxshimisan? Kecha… menimcha shifokorga borishing kerak. — Kessy bir lahza unga qaradi, so‘ng asta krujkasidagi qahvani qo‘liga oldi. Haru qo‘liga qaramoqda edi, ammo Kessy krujkani engil burib, ichidagi qaynoq qahvani Haruning bilagiga to‘kib yubordi.
— ahh! — Haru og‘riqdan qo‘lini tortib oldi.
— Uzr… — dedi Kessy xotirjam ovozda. — Qo‘lingizga tushib ketdi shekilli, men bilmasdan… — Bu lahza butun xonani jimjitlik egalladi. Jennie hayrat bilan qaradi, Janob Park esa gazetasini tushirdi. Jiminning yuzidagi mushaklar taranglashib, qo‘lidagi qoshiqni qarsillatib stolga qo‘ydi.
— Yetar, Kessy, — dedi u sovuq va bosinqiragan ovozda. — Sen o‘z chegarangni bilmayapsan. — Kessy esa unga go‘yo hech nima bo‘lmagandek tik boqdi.
— Men shunchaki bilmasdan qildim, Jimin, — dedi u ohista, ammo ovozida ataylab yengil kinoya bor edi.
Jiminning ichidagi g‘azab yana alangalanayotganini hamma sezdi. Haru esa qizarib ketgan bilagini ushlab, sukutda qoldi…

Hamma dasturxondan tarqalgach, Jimin bir og‘iz ham so‘zlamay mashina kalitini olib chiqdi. Orqasidan Kessy ham xotirjam qadamlar bilan yurdi. Qora, porlab turgan sedan oldida Jimin uning uchun old eshikni ochdi — ammo bu odobdan emas, ichidagi qahrini ko‘proq jilovlash uchun edi.
Kessy o‘tirgan zahoti eshik sharaqlab yopildi. Jimin rulga o‘tirdi, mashina motorini ishga tushirdi, ammo bir zum harakat qilmadi.
— Yaxshi o‘ylab gapir, — dedi u past va muzdek ovozda. — Qachongacha odamlarni ustidan o‘yin qilasan? Alamingni shu yo'l bilan olmoqchimisan. — Kessy yon oynadan tashqariga qarab, beparvo ohangda javob berdi:
— Men faqat tasodifga yo‘l qo‘ydim. Qaynoq qahva… Haru… bilmasdan unga tegib ketdi. - Jimin qo‘lini rulga qattiq bosdi, tomirlarining tarangligi bilinib turardi.
— Bilmasdan deysanmi? Sen buni atay meni ko'z oldimda qilding bu ishing javobsiz qolmasligini bilarding. Uni hech qanday aybi yo'q edi. Shunday bo‘lsa ham unga zarar yetkazding. — Kessy sekin jilmaydi, labining bir cheti ohista ko‘tarildi.
— Balki shundaydir, JIMIN. sening ko'zingda . Biroq . Mening ko‘zimda esa… u faqatgina menga achinishga jur’at qilgan ayol. — Jimin unga burilib, qoshlarini chimirdi.
— Sen hali ham o‘zingni cheklashni o‘rganmabsan. Shuni bilib qo‘y — agar yana shunday qiladigan bolsang, bu senga qimmatga tushadi. — Kessy ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi.
— Qachon qilib bo‘lmaydigan narsalarni va’da qilishni o‘rganasan, Jimin? Sen allaqachon menga yetarlicha qimmatga tushding.
Mashina ichidagi havo yanada og‘irlashdi. Jimin bir so‘z demay gaz pedaliga bosdi. Mashina shahar ko‘chalariga chiqib ketdi, ammo oradagi sukunat — soat tik-takidan ham og‘ir edi.

Sunxo mehmonxona stolida Minhyuk bilan o‘tirgancha choy ichib, jimgina gaplashardi.
— Demak, Taehyung... Amerikaga ketgan, — dedi Minhyuk asta.
— Ha. O‘sha odam biror joyga ketmoqchi bo‘lsa, hech kimni ogohlantirmaydi, — Sunxo stakanni stolga qo‘ydi. — Lekin bu safar u juda uzoqqa ketdi.
— Sen unga qo‘ng‘iroq qildingmi?
— Qildim. Javob bermadi. Bilasan-ku, u o‘ziga xos odam. — Gap shu yerga kelganda, birdan eshik “shap” ochilib ketdi. Ichkariga yugurib kelgan Sunxi nafasini rostlashga ham ulgurmay, Sunxoni quchoqladi.
— Oppaaa! — deya qichqirdi u, qo‘lida varaqni hilpiratib. — Qaraaa! Qarang tezroq!
— O‘h, nima bo‘ldi yana? — Sunxo varaqni qo‘liga olib, unga tikildi. — Bu... imtihon natijasi?!
— Hm-hm! — Sunxi g‘urur bilan iyagini ko‘tarib turdi. — Men TOP 10 talikdaman! — Minhyuk jilmayib, qo‘lini cho‘zdi: — Tabriklayman, Sunxi. Zo‘r natija-ku!
— Rahmat, — Sunxi yelkasini qisdi, javobi quruq chiqdi. — Sunxo esa hanuz varaqdan ko‘z uzmay, yuzini burishtirdi:
— Bir daqiqa... Senmi bu? Meni tirmizak singlim ? Imtihonda birinchi o‘ntalikka kirgan? Bu aniq senikimi?
— O‘zingiz ko‘rib turibsiz-ku, — dedi Sunxi beparvo.
— Yo‘q, yo‘q. Men buni tushunmayapman. Bu yoki soxta varaq, yoki sen bahoni sotib olgansan! — Sunxi qo‘llarini beliga qo'ydi.
— Oppa, bilasizmi, yaxshi baho olish uchun darsni o‘qish shart emas. Eng muhimi — aql!
— Qanaqa aql? Sen u nima ekanligini bilasanmi o'zi. — Sunxo ko‘zini qisdi.
— Albatta shu bois ham qarshingizda eng yaxshi bitiruvchilar qatoridaman.
— rostini ayt qanday bu bahoni olding hatto Kara karani ham yaxshi bilmaysanku
Agar aldasang imtihonda xatolik bo'lgani haqida maktabingga arz qilib qaytadan o'tkazdiraman.
- uff... Men sinfdagi eng a’lochi bola bilan uchrashayapman. U hamma narsani yechib berdi, men faqat ismimni yozdim, bo‘ldi. — Minhyuk “pff” deb kulib yubordi, Sunxo esa shokdan ko‘zini katta ochdi:
— Nima?! Sen-chi! Menga buncha bemalol aytib turibsanmi?! — Sunxi jilmayib, varaqni havoda hilpiratdi
— Muhimi — natija! Qolganini muhim emas.
— To‘xta, Sunxi! Bu nima deganing! — Sunxo o‘rnidan turdi, lekin Sunxi allaqachon xonasiga yugurib ketgan edi.
Eshik “shap” yopildi. Xonada jimlik o‘rnini Minhyukning kulgisi egalladi.
— Bilasanmi, Sunxo, men singlingning miyasiga qoyil qoldim, — dedi u kulgidan ko‘zlari yoshlanib. — Bu... juda kreativ usul.
— Ha, ijodiy, lekin juda ham... — Sunxo jilmayib boshini chayqadi. — Buni ham faqat Sunxi qilishi mumkin. U g'irt tentak ammo qayerda qanday yo'l tutishni biladi. Tirmizak.

Ular ikkovlari kulib yuborishdi, ammo Sunxining yana qanday “kreativ rejalar”i borligidan biroz xavotir ham sezilardi.

Savdo markazining ichida odamlar shovqini, reklama e’lonlarining baland ovozi hukm surar, ammo Suna va Kessy uchun vaqt go‘yo sekinlashgandi. Ikkovlari qahvaxonaga yaqin joylashgan o‘rindiqda o‘tirib, past ovozda gaplashishar edi.
— Demak, akamdan yashirinib turasan, to‘g‘rimi? — dedi Kessy , chashkasidagi qahvani asta aylantirib.
— Ha, vaqtincha. Toki u meni oddiy ayol emasligini anglasin, — Kessy biroz o‘ylanib qaradi. — farzandimiz kelajagi uchun ham bu to'g'ri qaror.
— hmm
— Sen hech orzu qilganmisan
— nima...
— Men bu kunlarni 8 yil orzu qilib kutdim. Ona bo'lish.
— orzu.. — Kessy biroz o'ylandi — ha. Ammo u hozir o'tmishda qoldi. Orzu bu ushalmas istak
— Orzu ushaladi.
— Suna ona bo'lish.... Hech undan voz kechish haqida o'ylaganmisan
—Kasofat.. Sen hech jim turolmaysan. Hech bir ona farzandidan voz kechmaydi. Ayniqsa shuncha vaqt kutganimdan so'ng. Nima sen voz kecharmiding.
— ehtimol.. — Kessyning o'ychan gapiga Sunaning ko'zlari kattardi. Ammo indamadi. Chunki Kessy voz kechilgan farzand edi.
Pov/Kessy
Ona bo'lish qanchalar ulug'vor eshitilmasin. Men bu tuyg'uga haqli emasman. Bu sen uchun mukofot men uchun esa navbatdagi jazo bo'lishi mumkin. Takror tug'ilmagan go'dak qotili bo'lamanmi
— hoy ahvoling joyidami.
Suna jilmaymoqchi bo‘ldi, ammo ko‘zlaridagi xavotirni yashira olmadi. Shunda Kessy telefoniga qarab, kimlargadir xabar yubordi. Bir necha daqiqa o‘tib, ularning yoniga qora ko‘ylakli, baland bo‘yli ikki yigit yaqinlashdi.
— Xonim, sizlar biz bilan yurishingiz kerak, — biri muloyim ovozda gapirdi, ammo ko‘zidagi qattiqlik yashirinmadi.
— Biz tanimaymiz sizlarni, — Kessy sovuq nigoh tashladi — keting
— Bu sizlarning foydangiz uchun, — deya ikkinchisi keskin ohangda gapirib, Sunaning bilagini mahkam ushladi.
— qo'yib yubor! — Kessy qattiq baqirdi, lekin ikkovini ham shoshib, orqa eshik tomon sudrab ketishdi. Savdo markazidagi odamlar esa bu sahnani shunchaki mo‘ralab, hech kim aralashmadi.
Ularni qora oynali mikroavtobusga tiqib yuborishdi. Eshik “taq” etib yopildi va mashina keskin harakat bilan yo‘lga tushdi.

Shu paytda...

Jimin qora rangli “Genesis” mashinasida o‘tirgancha, oynadan yomg‘ir tomchilarining pastga sirg‘alishini kuzatardi. Uning yonida qo‘riqchi telefonda kim bilandir qisqa gaplashib, yuzini jiddiy tusga kiritdi.
— Janob, xabar bor. Xonim Kessy hozir... — qo‘riqchi gapini tugatishga ikkilanib qoldi.
— Nima bo‘ldi?! — Jiminning ovozi sovuq va keskin yangradi.
— U savdo markazidan noma’lum odamlar bilan chiqib ketgan. Telefoniga javob bermayapti.
Jimin derazadan nigohini olib, chuqur nafas oldi. Ko‘zlari bir zumda g‘azabga to‘ldi.
— Mashinani bur! — deb baqirdi u. — Darhol!


Boshqa joyda...

Tunda Haru uyiga qaytayotgandi. Ko‘cha jim-jit, faqat uzoqdan mashina motorlarining ovozi eshitilib turardi. U qo‘lida sumka, qulog‘ida naushnik bilan ohista qadam tashlab kelayotganida, orqa tomondan qora mikroavtobus sekinlashdi.
Haru buni sezmadi, faqat yonidan o‘tib ketar deb o‘yladi. Ammo mikroavtobus birdan to‘xtadi. Orqa eshik ochilib, ikki niqobli yigit tashqariga chiqdi.
— Hoy, nima qilayapsizlar?! — Haru ortga chekindi, ammo biri orqasidan kelib, og‘zini latta bilan yopdi.
— Sokin bo‘l, — past va qo‘pol ovoz eshitildi.
Uning oyoqlari havoda qoldi, va ko‘zlari qorong‘ulashayotgan paytda faqat yuragining tez urishi quloqlarida jaranglab turardi. Bir zumda Haru ham mashinaga tashlandi, eshik yopildi va qorong‘u ko‘cha yana sukunatga cho‘mdi...

Amerika, shahar markazidagi tungi klub. Yorqin chiroqlar ostida odamlar raqsga tushar, musiqaning baslari yurakni qitiqlab urardi. Taehyung bar yonidagi burchak stolida yolg‘iz o‘tirib, stakanidagi ichimlikni asta yutib, o‘z o‘ylariga cho‘mgancha atrofga e’tibor bermasdi.
Biroq ko‘zi barmen qiz tomonga tushdi. U kassa ortida buyurtma yozayotgandi, ammo yoniga kelgan baland bo‘yli amerikalik yigit nojo‘ya gaplar aytib, qo‘llarini qizning bilagiga tekkizayotgan edi. Taehyung dastlab beparvo nigohini boshqa tomonga burdi — bu uning ishi emas edi.
Ammo qizning so‘zlari qulog‘iga chalinib qoldi. Uning talaffuzi… juda tanish edi.
— “제발 그만하세요…” (Iltimos, yetar) — deb, koreyscha past ovozda gapirdi u.
Taehyungning qo‘lidagi stakan stolga sharaqlab tushdi. U sekin o‘rnidan turdi va hech narsa demasdan bar yoniga bordi. Qizning yoniga kelib, qo‘lini uning yelkasiga qo‘ydi va hech ikkilanmay uni bag‘riga tortib quchdi.
— Hey, jagiya*, — dedi inglizcha ohang bilan, ammo “sevgilim” so‘zini koreyscha aytdi. — Kech qolding, men seni butun tun izladim.
Qizning ko‘zlari hayratdan kattalashdi. Ammo yonlarida turgan shilqim yigitning sovuq nigohi unga hammasini tushuntirdi: bu yigit uni qutqarayotgan edi. Qiz bir zum ikkilandi, keyin Teahyungning o‘yiniga qo‘shildi.
— Oppa, seni kutdim…— dedi qiz ham koreyscha jilmayib, qo‘lini Taehyungning beliga o‘rashga majbur bo‘ldi.
Shilqim yigit esa hafsalasi pir bo‘lgandek orqaga chekinib, gap-so‘zsiz uzoqlashdi. Taehyung esa qizni sekin qo‘yib yuborib, uning ko‘ziga qaradi.
— “Koreyadan ekansan-a? — dedi u past ovozda.
Qiz esa na hayronligini, na minnatdorligini yashira olmadi.
— buni vatandoshingni yordami deb bil.

Klubning eshigi ochilib, tungi shahar sovuq havosi Taehyung yuziga urildi. U qo‘lini cho‘ntagiga solgancha sekin qadamlar bilan tashqariga chiqdi. Ichkaridagi shovqin ortda qolgan, faqat uzoqdan baslarning jarangi eshitilardi. Orqasidan yengil ovoz eshitildi.
— Hey!
Taehyung ortiga qaradi. Bar ortida ko‘rgan o‘sha qiz yugurib kelardi. Naonatli yoritilgan ko‘chada uning yuzi ancha tiniqroq ko‘rinar, ko‘zlari esa samimiy minnatdorchilik bilan porlardi.
— Rahmat… — dedi qiz chuqur nafas olib. — Siz bo‘lmaganingizda… bilmadim, nima bo‘lishini.
Taehyung yelkasini qisdi, go‘yo bu oddiy bir ishdek.
— mening ismim Chon Yeo bu yerda siz kabi yurtdoshimni ko'rganimdan juda ham xursandman. — Qiz samimiy tabassum qilib Taehyungdan o'zini tanishtirishini kutdi biroq Taehyungning bunga e'tibor bermadi.
— Bu yerda qancha vaqtdan beri ishlaysan.
— 3 oy
— Bu joy… xavfli. Ayniqsa, sen kabi yolg‘iz ishlaydiganlar uchun. Qachonlardir o‘zingni himoya qilolmay qolishing mumkin. Bu yerda ortiq ishlama, maslahat.— Qiz jilmaydi, ammo uning jilmayishi orqasida qat’iylik sezilardi.
— Bilaman. Lekin… orzum bor. Uni amalga oshirish uchun pul kerak. Bu ish esa hozircha eng tez yo‘l. - Taehyung kulib yubordi. Bu kulgi achchiq va biroz kinoyali edi.
— Orzu, ha?..
— Nega kulasiz? — dedi qiz. — Siz hech orzu qilmaganmisiz?

Savol havoda osilib qoldi. Taehyung ko‘zini bir nuqtaga tikib qoldi, ichida nimadir qimirlab ketdi. Orzu… Ha, qachonlardir u uchun orzu bitta ism edi. Kessy. U esa endi faqat og‘riqli xotira bo‘lib qolgan.
Tae yuziga sokin, ammo ichida nimanidir yashirgan bir tabassum chiqarib:
— Mening yagona orzum… endi qayta orzu qilmaslik, — dedi.
U orqasiga qaramay ketdi. Qiz esa joyida qotib qolib, uning so‘nggi gaplarini miyasi qayta-qayta takrorlar edi.
Pov/Yeo
Qayta orzu qilmaslik…Shunaqasi ham bo'ladimi. Nima biror bir tuzalmas dardga chalinganmi afsus shunday kelishgan yigit. Menimcha orzusi yo'q.... Agar qayta taqdir sabab uchrashsak sen mening orzumga aylanasan Vatandosh.

22-qism tugadi.