October 1, 2025

Gunohkorlar / Ep-29

—Eng og‘ir qaror nima bilasanmi ???

— bu kimnidir tashlab ketish emas, balki uni quchgan holda ham yolg‘iz qolishingdir.

Autor:#Kessy

29-qism

Taehyung xonaga asta kirib keldi. Yorug‘lik yarim xira, Kessy esa deraza yonida jim o‘tirar, ko‘zlari bo‘shliq tomon tikilgan edi. U hatto Taehyungning kirganini ham sezmagandek edi.
— Uy… yoqyaptimi senga? — dedi Taehyung ovozini imkon qadar yumshatib. Kessy indamadi. Uning yelkasi asta ko‘tarilib-tushdi, ammo lablaridan biror so‘z chiqmagan edi. Taehyung bir lahza kutdi, so‘ng yana urindi.
— Derazadan ko‘rinayotgan shahar manzarasi chiroyli, to‘g‘rimi? Yomg‘ir yog‘sa ham o‘ziga xos go‘zalligi bor…bu senga ilgari juda ham yoqardi. — Yana sukut. Faqat tashqaridan yomg‘ir tomchilari ovozi eshitilardi. Taehyung qanchalik muloyim gapirsa ham, javob yo‘q edi.
U ohista yoniga cho‘kdi, so‘zlarini iloji boricha yengil ohangda gapirdi
— Sen jim qolsang ham, men baribir shu yerda bo'laman. - Ammo Kessy nigohini bo‘shliqqa qadagancha o‘tirardi. Taehyung asta o‘rnidan turdi. Nigohida chidash va tan berish aralash edi. U eshikka yo‘naldi.
Shu payt Kessyning past, ammo aniq ovozi eshitildi. Uning nigohi Taehyungga qaratilgan edi.
—Sen kimsan. Men eslolmaybaman. — Taehyungni tomog'iga bir narsa tiqildi.
— Kim Taehyung. Bu ismni eslay olasanmi.
— isming juda ham uzun men uni unutib qoysam kerak.
— Unday bo'lsa men har doimgidek Tae deb chaqir. Kes
— Yaxshi — Kessy nigohini yana bo'shliqqa qaratdi.
— Agar men o‘lsam… sen xafa bo‘lasanmi? — Taehyung to‘xtab qoldi. Sezilar-sezilmas chuqur nafas oldi va ortga qaradi. Uning ovozi titrasa ham qat’iy eshitildi.
— Ha. Men uchun bu dunyodagi eng katta yo‘qotish bo‘ladi. — Kessy nigohini hamon bo‘shliqdan uzmadi. Lablaridan bolalarcha sokin, ammo yurakni tilka-pora qiluvchi so‘zlar chiqdi.
— Tug‘ilish… va o‘lish. Bu ikkisi bir-biriga bog‘liq o‘yin. Hayot Har doim ulardan iborat bo'ladi. Agar men o‘lsam, mening o‘limim farzandlarimga hayot berishi mumkin. Shuning uchun sen xafa bo‘lma. Kessy uchun o‘lim bu — ozodlik. —Uning ovozida qo‘rquv emas, go‘yo oddiy bola o‘yin haqida gapirayotgandek beg‘uborlik bor edi.
Taehyungning bo‘g‘ziga bir narsa tiqilgandek, nafasini zo‘rg‘a boshqardi. U sekin yoniga qaytib, past ovozda gapirdi.
— Men seni ozod qilishni emas, yashashingni istayman. Hatto sen buni his qilmasang ham… Sen Juda ko'p azob chekkandirsan. Yolg'iz.. Istak siz... Ma'nosiz.. Biroq meni bu xudbin yuragim seni ozod bolishingni istamaydi. U seni o'z ichiga yashirib qo'yishga ham tayyor. — Kessy esa nigohini hanuz bo‘shliqqa qadagancha, bolaning beg‘ubor ohangida shivirladi.
— Lekin men allaqachon bo‘shliq ichidaman, Tae…— Uning so‘zlari havoda muallaq qolib ketdi. Taehyung esa shu jimlikda ichidan buzilib, lekin tashqarida sukut saqlab qarab turardi.

Haru xonasida o‘tirgan, ko‘zlari qizarib ketgan edi. Shu payt eshik keskin ochildi va Jimin qahr bilan ichkariga bostirib kirdi. Haru seskanib, orqaga chekindi.
— Jimin… — dedi u titrab. Jiminning nigohi sovuq edi.
— Sen qilgan hamma ishlarni bilaman, Haru. Hamma fitna, hamma hiyla… sening qo‘lingda. Endi bu uydan ketasan. Sen sabab farzandlarim qotiliga aylanishimga ozgina qoldi. Ortiq seni bu uyda ko'rishni istamayman. — Haru ko‘z yoshlariga bo‘g‘ilib, unga yaqinlashdi:
— Men barchasini… sevgim uchun qildim! Senga qayta yaqin bo‘lish uchun, Jimin. Men faqat shuni xohlardik! Men yana biz birga bolishimizni istagandim xolos. - Jimin keskin kulib yubordi, kulgisi og‘riqdan yasalgan edi.
— Sevgim uchun deysanmi? Nega bu hammasini avval qilmagansan? Nega akamga turmushga chiqishdan oldin o‘ylamading? Endi kech. - U chamadonni olib, ichiga Haruning kiyimlarini o‘zi joylay boshladi. Haru hayrat va vahima bilan unga qaradi:
— Nima qilayapsan?! To‘xta, Jimin! — Ammo Jimin bir og‘iz ham javob bermay, chamadonni mahkam ushlab, ikkinchi qo‘li bilan Haruni qo‘pol ravishda sudrab tashqariga olib chiqdi.
— Ketasan, — dedi u sovuq ohangda. — Bu yerdan hozir darrov ketasan. Haru yalinib, yig‘lab unga yopishdi:
— Men seni sevaman, Jimin! Hech qachon sevgimdan voz kechmaganman! Sen hali ham meni sevasanku— U Jimindan mahkam ushlab, uni qayta-qayta bo'sa ola boshladi.
Jimin esa toshdek qotib, harakatsiz turardi. Ko‘zlari bo‘m-bo‘sh edi. Haru nihoyat bo‘salarini to‘xtatganda, u past ovozda dedi.
— Agar tugatgan bo‘lsang… ket. - Haru qaltirab orqaga chekindi. Jimin davom etdi.
— bizni ortiq hech narsa bog'lab turmaydi. Yuragimda senga nisbatan na sevgi, na nafrat bor. Hech narsa unda yo'q. Sen men uchun endi hech kim emassan. - Shu so‘zlardan so‘ng Jimin chamadonni tashqariga qo‘yib, orqasiga ham qaramay uyga kirib ketdi.
Haru esa o‘sha joyda qotib qoldi. Yuragi ezilib, ko‘z yoshlariga bo‘g‘ildi. “Men uni chindan yo‘qotdim…” degan fikr uni ich-ichidan tilka-pora qildi.
Bu manzarani esa qo‘riqchi va xizmatkorlar uzoqdan kuzatib turishardi. Ularning yuzida hayrat va jim qotgan ifoda qotib qolgandi — hech kim bunday yakunni kutmagan edi.

Sunxo ishga ketishga hozirlanar, soatiga qo‘l uzatganida bo‘yin bo‘g‘ini yana qattiq g‘ijirlab, og‘riq berdi. U yuzini bir oz tirishtirib, asabiy ohangda bo‘yin bo'g'ini o‘nglashga urinar, ammo qattiq og‘riq qo‘yib yubormasdi.
Shu payt eshik asta ochilib, ichkariga Soyu kirdi. U Sunxoga bir zum tikildi-da, mayin ohangda gapirdi.
— Yordam beraymi — Odatdagidek qarshilik qilishga uringan Sunxo bu safar sukut saqladi. Soyu sekin yoniga borib, qo‘llarini bo‘yni bog'ga qo‘ydi. Bir-ikki muloyim harakatdan keyin bo‘yin bo‘g‘ini joyiga tushdi. Og‘riq birdan yengillashdi.
Soyu chuqur nafas olib, asta belini ushladi-da, divanga cho‘kib o‘tirdi.
— Ahvoling yaxshimi? — dedi Sunxo, yuzida biroz tashvish bilan.
— Hech narsa emas… — dedi Soyu kulimsirab, lekin qo‘llarini beliga bosib. — Shunchaki, biroz og‘riyapti.
— Shifoxonaga olib boraymi? — dedi Sunxo.Soyu boshini chayqadi.
— Kerak emas. Hozir o'tib ketadi.
Sunxo yana gapirmoqchi bo‘lib og‘zini ochgan edi, telefon stol ustida jiringladi. Xabar kelganini ko‘rib, u bir lahza qotib qoldi. Matnni o‘qishi bilan ko‘zlari chaqnab, rangi o‘zgarib ketdi. Hech nima demasdan mashina kalitini qo‘liga oldi va qattiq qadamlar bilan eshikni ochib, tashqariga chiqib ketdi.
Soyu esa joyida qotib qoldi. Yuragi bir xil g‘alati bezovtalik bilan ura boshladi.
— Nima bo‘ldi?.. — dedi u shivirlab, ammo javob eshitilmadi.
Sunxo allaqachon mashinaga o‘tirib, gazni bosgan edi. Motorning gumburlashi ko‘chani larzaga soldi. U rulni qattiq ushlagancha, ko‘zlarida alangalanayotgan g‘azab bilan o‘ziga-o‘zi pichirladi.
— Bunday qilolmaysan!..

Taehyung xonaning tashqarisida turib asabiylanardi. Ichkaridan kelayotgan baland ovozlar, Kessyning qarshiliklari, narsalarning sinishi yuragini ezib yuborardi. U endi buni ko‘tara olmadi. Qattiq nafas olib eshikni ochdi. Ichkariga kirishi bilan ko‘zlari dahshatli manzaraga tushdi: Suho va hamshira Kessyga muolaja qilmoqchi, biroq u qarshilik qilib xonani boshiga ko‘targan edi. Kessy Taehyungni ko‘rishi bilan birdan orqaga tisarilib, uni Sanha deb o‘yladi va ortiga yashirindi.
— Menga tegmang! Men buni istamayman! Ularga ayt ketishsin — uning ovozi titrardi.
Taehyung Suhoga qarab og‘ir oh tortdi.
— Balki, kerakmasdir? —Suho qat’iy javob qaytardi.
— Yo‘q, bu Kessy uchun zarur.
Taehyung chuqur nafas oldi va sekin Kessy tomon yurdi.
— Iltimos, Kessy… bu senga yordam beradi, ozgina vaqt oladi xolos hatto og'riqni sezmayman ham— dedi u yumshoq ohangda. Biroq Kessy birdan uni o‘zidan itarib yubordi.
— Sen yolg‘onchi! Meni himoya qilaman deganding, lekin hech qachon va’dangni bajarmading! Men istamayman dedim sen ham ular kabisan meni aldading— u hayqirarkan, atrofdagi buyumlarni sindirib tashladi. Bir zumda qo‘liga shisha sinig‘i tushdi. Uning ko‘zlari qonga to‘lgandek chaqnadi.
— Men hammangdan nafratlanaman! — deb baqirdi u.
Suho va Taehyung bir qadam yaqinlashganida, Kessy shishani ko‘tarib o‘ziga qaratdi.
— Yaqinlashmanglar! O‘zimni o'ldiraman! —Ikkisi ham qotib qoldi. Suho vahimaga tushib, yumshoq ohangda gapira boshladi.
— Kessy, sen homiladassan… iltimos, tinchlan…bolalaring haqida o'yla ular hali dunyoga kelmagan go'dak —Taehyung esa asta-sekin unga yaqinlashdi, qo‘lidagi shishani olish uchun. Lekin Kessy uning harakatini sezib, boshqaruvni yo‘qotdi. Bir lahzada shisha Taehyungning qorin sohasini tilib yubordi.
Taehyung og‘riqdan ko‘zlarini yumdi, ammo o‘zini tutishga urinardi. Kessy esa yuziga g‘alati tabassum yoyilgan holda qotib qoldi. Ichidagi kimdir bu manzaradan zavqlangandek edi. Ammo birdan hushiga kelgandek bo‘ldi — nima qilganini tushundi.
— Yo‘q… men… men buni qilmoqchi emasdim… — yig‘lab yubordi u. — Kechir meni, Taehyung… iltimos, kechir! Tae men hamasiga aybdorman. Men sababli kechir. — Taehyung esa og‘riqdan titrab turib ham, Kessyni bag‘riga bosdi.
— Hammasi joyida… tinchlan…
Suho yaqinlashmoqchi bo‘ldi, lekin Taehyung qattiq ovozda baqirdi.
— Ket!
—Ammo jarohating..
— hoziroq ketding. Hammasi joyida biroz tildi xolos. Sizlar Kessyni qorqityabsiz— Suho Bir nima demoqchisan boldiyu ammo indamay hamshira bilan chiqib ketdi.
Taehyung quchog'ida yig'layotgan Kessyni asta sochlaridan silab tinchlantirdi.
— tshsh. Hammasi joyida. Ortiq yig'lashga hojat yo'q. Qara ular ketti.
— Ammo men seni jarohatladim. Meni kechir Tae. — menga qara — Taehyung Kessyni yuzidan ohista ushlab o‘ziga qaratdi. — Hammasi yaxshi. Bu sening aybing emas. Buni sen qilmading.
— kasalxonaga boramizaaa
— nima
— amaki keyin men ham chaqaloqlarimni ko'rishni istayman bugun ko'rigim borku Yana... Bilasizmi amaki erim Jimin u ham kelaman deb aytdi. Biz u bilan uchrashishimiz kerak u menga bir narsaga va'da bergan. Uni qo'ng'iroq qilib chaqiring iltimos sizdan amaki—Taehyung ayni vaqtda Kessydagi o'zgarishdan bir nafas qotib qoldi ammo bu haqida Ayanakoji ogohlantirgandi. Taehyung tabassum qildi.
— ha albatta. Men hozir unga qo'ng'iroq qilaman sen esa borib qolingni yuv. Hopmi
— hop amaki — Kessy go'yo hech narsa bo'lmagandek xonadan chiqib ketdi. Taehyung shu ondayoq yerga o'tirib qoldi.
— Jin ursin. La'nati. — Taehyung fuybolkasi ostidagi tilinishga qararkan Bu shunchaki tilinish emas anchayin chuqur kesilgan edi. Taehyung xonasiga kirib tibbiy quti yordamida jarohatini bog'lashdan avval Jiminga xabar yubordi.

Yuvinish xonasiga kirgan Kessy oynaga qarab hayol surarkan Birdan aksida tabassum paydo bo'lib gapirdi.
—juda ham xursand boldingmi birgina u Sen tomon ammo sen uni ham jarohatlay boshlading bu ketishda yaqin orada uni ham o'ldirasan.
— Jim bo'l
— nega ekan axir sen Hwan Kessy seni kimdir astoydil sevsa uni o'ldirishga odatlangansan Xuddi.. — Kessy aksi o'z gapini nihoyalshdan avval oynaga javondagi temir bo'lagi bilan qayta qayta zarba bera boshladi. Ayni vaqtda Taehyung bundan bexabar edi. Ko'zguda bir qancha yo'riqlar paydo bo'lib Kessy o'z aksini ham aniq ko'rolmasdi.
Ammo uning ko'zlaridan yosh oqsada ammo siniq aksida telbanamo tabassum bor edi.

Sunxo shoshilgancha aeroport eshiklaridan kirib kelarkan, qo‘ng‘iroq ustiga qo‘ng‘iroq kelayotganini ko‘rib, hech biriga javob bermasdan yuragini g‘ijimlagan holda odamlar orasidan Mirani izlay boshladi. Yuragi qattiq urayotganidan xuddi quloqlarida shovqin eshitilayotgandek edi.

Mira esa allaqachon chiqish zalida edi — qo‘lida chamadon, biletni qattiq siqib olgancha, yuzida ko‘z yoshlar yiltirab turardi. Shu payt uzoqdan Sunxoni ko‘rdi. Qizning qalbida so‘nib borayotgan umid birdan chaqnab, ko‘zida uchqun paydo bo‘ldi.Sunxo esa olomon orasida sarosimaga tushgancha izlar ekan, kutilmaganda ortidan kimningdir titroq ovozda uni chaqirayotganini eshitdi. Orqasiga o‘girildi — bu Mira edi. Ko‘zlarida yig‘i, yuzida alam va intizorlik aralashib, faqat uni kutayotgandek qarab turardi.
Sunxo yuragi ezilib, unga tomon odim tashlamoqchi bo‘lganda telefon yana titradi. Ekranda Sunxining nomi miltillardi. Sunxo og‘ir nafas olib ko‘tardi. Telefon ortidan Sunxi vahima ichida, titroq ovozda gapirar edi.
— Aka Soyuni to‘lg‘oq tutdi! Tezda keling!
— Yana soxta to‘lg‘oqdir... Meni hozir juda muhim ishim bor Sunxi.
Ammo Sunxi ovozida ko‘z yosh bilan aralash vahima bor EDI.
— Yo‘q! Haqiqiy! Suvi ketdi! AKA, iltimos, tez keling! Aka oyim ham Uyda yo'q men bir o'zim juda qo'rqib ketyapman aka kelsangizchi. — Sunxo bo‘g‘ilib qoldi. Nigohi Miradan uzilmadi. Mira hamon ko‘z yoshlariga qaramay, yuragida bir parcha ishonch bilan unga qarab turardi. Uning ko‘zlarida: “Meni tanla... Meni olib qol...” degan so‘zsiz iltijo bor edi.
Lekin telefon ortidan Soyuning qichqirig‘i yana yangradi.
— Sunxo, kelasana! Juda qo‘rqayapman! Iltimos... Kel men qo'rqyapman og'riq juda kuchli. Iltimos kel. - Sunxo ichidan taqdirni ming la’nat o'qidi. Ikki olam o‘rtasida qolgandek, yuragi ikkiga bo‘linayotgandek edi. Bir tarafda sevgan qizi — Mira, ikkinchi tarafda esa hali dunyoga kelmagan o'zi uchun begona biroq farzandi sifatida tan olgan go'dak hayoti turardi.
Sunxo ko‘zlarini yumib, qaltiragancha.
— Ha... boraman... — dedi va qo‘ng‘iroqni o‘chirdi.
Shu payt unga tomon tabassum bilan yurib kelayotgan Mira umid bilan qadam tashlardi. Lekin Sunxo qo‘lini ko‘tarib, og‘ir nafas bilan:
— men... Kechir meni... — dedi.
Uning ovozida titroq, ko‘zida esa alam bor edi. Bir qadam ham oldinga yurmay, ortiga o‘girilib tez yurib ketdi.
Mira esa chamadonini qo‘yib yubordi. Qizning yuzidan yosh oqib tusharkan, u joyidan qimirlamay qoldi. O‘sha damda qalbi bo‘laklarga bo‘linib ketdi.
Sunxo esa orqasiga bir marta ham qaramadi. Mira esa yig‘larkan, insonlar ko'kka ko'targan sevgining ustidan alamli kuldi. Qaror qabul qildi endi Koreyaga qaytmaslik. Shunday qilib u sevgisini ortda qoldirib, yuragi yarador bo‘lsa-da, Koreyani butunlay tark etdi.

Xona hali bo‘sh, devorlari oq rangda, faqat derazadan kirib turgan quyosh nurlari bilan yoritilardi. Jin qo‘lida mayda-mayda rangli o‘yinchoqlarni ushlab, ularni qayerga osishni o‘ylardi. Suna esa qo‘lida kichkina ko‘rpacha ushlab, jilmaygancha deraza yoniga turibdi.
— Mana bu joyga belanchak qo‘yamiz, — dedi Suna sekin ohangda, go‘yo farzandining kelajak uyini ko‘z oldiga keltirayotgandek. — Uxlasa derazadan tushadigan quyosh uni uyg‘otadi.
Jin ko‘rpachaga qarab jilmaydi.
— Men esa xonani ko‘proq yorqin ranglarga bo‘yashni xohlayman. Bola ham doim quvnoq, erkin o‘sishini istayman. - Suna uning gaplariga yumshoq kuldi. Keyin biroz sukut saqlab, asta o‘tirib qoldi.
— Bilasizmi, Jin… men o‘ylab qolaman. Bizning farzandimiz qanday inson bo‘ladi? U biz kabi ko‘p kurashadimi yoki baxti ochiqroq bo‘ladimi?
Jin yoniga kelib, uning qo‘llaridan ushladi.
— Men faqat bir narsani bilaman, Suna. U qayerda bo‘lmasin, qanday bo‘lmasin — biz unga mehr beramiz. Bizning kurashlarimiz uning yo‘lini yengillasin. U bizning eng katta orzuimizning davomchisi bo‘ladi. - Suna ko‘zlarini yumdi, lablarida iliq tabassum paydo bo‘ldi.
— Shunday bo‘lishini juda-juda xohlayman… balki taqdir unga bizdan ko‘ra ko‘proq mehribon bo‘lar.
Xona ichida sokinlik cho‘kdi. Birgina rangli o‘yinchoqlarning jarangi va ularning ichida tug‘ilajak farzandlariga atalgan umidli orzular yashirinib turardi.
—Jin afsuslanmaysizmi
— Nima uchun
— Kessy uchun afsuslanmaysizmi— Sunaning gapi sabab Jinning yuzidagi tabassumdan asar ham qolmadi. O'rniga sovuq ifoda paydo bo'ldi.
— yo'q — shu bilan Jin xonadan chiqib ketdi. Suna bo'lsa jim qoldi.
— sizning bu xudbinligimiz farzandimiz uchun eng katta xavf. Siz bor imkoningizni boy berdingiz.

Kessy ultra tovush apparatida yotar, ko‘zlarini shiftga qadarkan yuragi beixtiyor tez ura boshlardi. Yonida esa Jimin stolda o‘tirib, ekranda paydo bo‘lgan tasvirlardan ko‘z uzolmayotgan edi. Uning lablarida asta tabassum yoyilgan, nigohida esa hayrat va quvonch aralashgan porlash bor edi. Shifokor tinchgina ohangda, ekranni ko‘rsatib gapira boshladi
— Mana qaranglar, egizaklar endi shakllana boshladi. Yurakchalari ham uryapti. Juda yaxshi rivojlanish ketmoqda.
Jimin qo‘llarini stolda birlashtirgancha, ko‘zini ekrandan uzmay, ichida g‘urur va baxt hissi bilan jilmaydi. Uning nigohlari beixtiyor Kessyga ham qarab qo‘yar, go‘yo bu baxtning bir bo‘lagi u bilan birga ekanini his qilardi.
Kessy esa chuqur nafas oldi. Qalbida og‘riqli xotiralar bo‘lishiga qaramay, shu damda hammasi go‘yo yo‘qoldi. Quloqlarida faqat shifokor aytgan so‘zlar va monitor ortida urayotgan kichkina yuraklarning ritmi eshitilardi.
Bir zumga ular o‘z iztiroblarini unutib, faqat shu mo‘jizaga — egizaklarining ilk tasvirlariga berilib ketishdi. O‘sha daqiqada ular ikkalasi ham baxtli edi.
Shifokor barcha tavsiyalarni bergach ular xonadan chiqib ketdi. Tashqariga chiqishgach Kessy atrofdan kimnidir izlay boshladi.
- kimnidir izlayabsanmi.
- u qani shu yerda kutaman degandiku
- Taehyung hozir keladi. Suv ichgani ketgandir. - Kessy ha degandek boshini qimirlatib stullardan biriga o'tirib oldi. Jimin ayni vaqtda u bilan gaplashish kerak degan qarorga keldi.
— Kessy hammasi uchun meni kechir va raxmat. Menga shunday mo'jizalarni hadya etganing, ular uchun kurashganing uchun ham raxmat — ayni vaqtda Kessyning nigohi bo'm bosh edi. Jiminga xuddi begonaga qaragndek qarab uning gaplarini e'tiborsiz qoldirdi.
— sen nega bu yerdasan meni erim qani axir u bolalarimizni ko'rishi kerak edi.
— Kessy men shu yerdaman
— Sen u emassan. Jin ursin yaramas va'daboz u menga bir narsaga va'da bergandi.
— qanday va'da — Kessy unga shubhali nigoh tashlab yuzini burdi — Kessy menga qanday va'da ekanini aytsang uni eringga aytaman. Balki u esidan chiqargandir.
— shundaymi
— ha
— Ho'sh u menga Sanhani topishga va'da bergandi.
— Ammo Sanha axir u shunchaki..
— Jim bol Sen ham uni yo'q deb o'ylaysanmi ammo men bilaman u mavjud tushundingmi.
— Ha. — Kessy va Jimin yana jim Taehyungni kuta boshlashdi.

Jimin nima deyishni bilmay atrofga qararkan uzoqdan kelayotgan Taehyungni ko'rib ilk bor quvondi.
— Ana Taehyung — Jimin Kessy tomon qararkan Kessyni nigohi unga qaratilganini ko'rib jim qoldi.
— Sanha mavjud. U ro'yo emas shunday ekan vadangda turib uni izlashni davom et Park Jimin. — Kessy gapini yakunlash bilan Taehyung tomon shoshib ketdi. Jimin bo'lsa nima bo'lganiga tushuna olmay qoldi.
— amaki qayerda edingiz anovi turqi sovuq menga yoqmadi. — Kessy asta Taehyungni qulog'iga shivirladi biroq bu shivirlash emas ko'proq baqiriq kabi edi. Taehyung kulsa Jiminni yuzi o'zgardi. — ha aytgancha — Kessy darhol Taehyungni ko'ylagini ko'tardi bundan Jiminni ko'zi kattarib ketdi. Chunki Taehyungni qornidan bog'langan jarohat turardi u savol nigohi bilan Taehyungga qaradi. Taehyung ko'zini yumib qo'ydi. — jarohatingiz og'rimayabdimi.
— Yo'q aslo. Aytgandimku kichik tilinish. Kessy bog'da qushlar bor ekan u yerga boramizmi.
— ha— Kessy xursand bo'lgancha bog'ga ketdi. Ammo hamon Jimin Taehyungga qarab turardi.
— nega bunday qaraysan.
— jarohating qayerdan aftidan tilinish emas chuqur kesilganga o'xshaydi.
— Senga nima men haqimda havotirlanyabsanmi.
— Sen o'lsang ham menga bari bir biroq Kessy sen bilan ekan bu men uchun muhim. Rafiqam va bolalarimga g'amxo'rlik qil.
— asabimni buzishga urunma. Shifokor nima dedi.
— hammasi joyida. Biroq uni ahvoli qalay u meni eri ekanimni inkor etdi biroq sal avval meni Park Jimin deb chaqirdi.
— Men ham tushunmayman. Seniku mayli, men u uchun Sanha, Tae, ustozi, akasi, hatto sinfdoshi boldim biroq u meni kim taehyung sifatida eslay olmayabdi.

Shifoxona bog‘ida kuzning mayin shamoli yaproqlarni asta silkitardi. Sunxo uzun o‘rindiqda bir qo‘lini tizzasiga qo‘yib, boshini egib o‘yga cho‘mgan edi. Shifokorning “Tabriklaymiz, qiz farzandli bo‘ldingiz” degan ovozi haligacha quloqlarida jaranglar, yuragining bir chetida nim tabassum uyg‘otar, ammo shu ondayoq qo‘l telefoniga kelgan xabarni eslab yana tubsiz azobga qaytarardi . Ekrandagi so‘zlar o‘qilar ekan, uning yuragi qisilib borardi.

“Sunxo men juda charchadim. Hozir aeroportdaman. Endi seni kuta olmayman. O‘zimni go‘yo bir foxishadek his qilyapman. Endi tanlov qilishing kerak: agar Soyu va farzandini tanlasang, men butkul hayotingdan g‘oyib bo'laman. Kechir seni bunday tanlov qilishga majbur qilyabman biroq ikki yo'ldan bir vaqtda yura olmaysan. ”

Sunxoning yuragi gupillab urar, miyasida quvonch, pushaymonlik, ayriliq va sevgi iztirobi qorishib ketardi. Hech narsani tushuna olmay, nafasini tekis ololmayotgandek bo‘ldi. Shu payt orqadan kimningdir ovozi eshitildi.
— Senga nima bo‘ldi, nega bu holatdasan? - Sunxo boshini ko‘tardi. Qarshisida Kessy turardi. Uning nigohi ham achchiq, ham muloyim edi. Sunxo bir zum jim qoldi, so‘ng sekin.
— Meni tanidingmi?— deb so‘radi ovozi titrab. Sunxo va Kessyning bir biridan yashiradigan siri yo'q insonlar edi. Kessy bir necha soniya qarab turdi-da, boshini asta chayqadi
— Bilmayman...
Shu so‘zlardan so‘ng Sunxo yuragidagi og‘ir yukni bo‘lib olgisi kelgandek hammasini bir boshdan aytib berdi.
- Kessy meni tabrikla nihoyat Ota boldim. Qizim Arim dunyoga keldi... Lekin.... Mira meni butkul tark etdi. Ammo u to'g'ri qildi. Yoki men xato qildim o'zimniki bo'lmagan bola uchun sevgini boy berdim. - Uning ovozi bir payt bo‘g‘ilib, mayin shamolda yo‘qolib ketgandek edi.
Kessy unga qarab sekin dedi.
— Qaroringdan pushaymonmisan? - Sunxo ko‘zlarini yerdan uzmay:
— Bunga haqqim yo‘q,— dedi.
Kessy asta uning yoniga cho‘kib, qo‘lini yelkasiga qo‘ydi va quchoqladi.
- eslaysanmi bir safar sen aytganding "Insonlar endi tug'ilgan go'daklarni farishtaga o'xshatishadi. Afsuski biz bu dunyoga Gunohkor bo'lib tug'ildik. " biz kabilarni baxtli bo'lishga aslo haqqi yo'q - Sunxo ham uni quchib, nihoyat yig‘lab yubordi. Ularning yig‘i shamolda eshitilmasdi, faqat yurakdagi barcha og‘irlikni tashqariga chiqarayotgandek edi.

Narida esa bu manzarani Jimin va Taehyung kuzatib turishardi. Jimin biroz istehzoli, biroz hayrat bilan pichirladi.
— Ular shu darajada yaqinmidi.
Taehyung ko‘zlarini ulardan uzmay, sovuqqina ohangda javob berdi.
— Bu yana bir qora quti ichidagi sir…
Shamol barglarni yana uchirdi. Sunxo esa quchoq ichida titrab-titrab yig‘lardi, u nimani yo‘qotayotganini ham, nimani topayotganini ham tushunolmasdi…

1 HAFTADAN SO'NG

Soyu takror Janob Yangni xonasida turarkan u bu uyga ilk kelgan kunlariyoq bu xonaga kelgan va o'sha suhbatda bu xonadonda o'z yakunini qanday yakunlashga qaror ham qilib bo'lgan edi. Hozir esa bu yakuniy qarorni mustahkamlash uchun shu yerda turardi.
— qaroringni o'zgartirasan deb o'ylagandim —Janob Yang nigohlarini Soyudan uzmay gapirdi. Ayni vaqtda Soyu oldingdan farqli ravishda janob Yangga tik boqib turardi.
— Sizga aytgandim men allaqachon eng boshidan qaror qabul qilib bo'lganman. Uni o'zgartirishga hojat yo'q.
— tushunarli. — Janob Yang tortmadan hujjatlarni olib Soyu tomon uzatdi. Soyu hujjatlarni boshini o'qib imzo qo'ymoqchi bo'ldi biroq Janob Yang uni to'xtatdi.
— Agar hozir bunga imzo cheksang ortga yo'l qolmaydi. Yaxshilab o'yla bu o'yin emas.
— bilaman bu o'yin emas me ham yosh qizaloq emasman. — Soyu hech bir ikilanishsiz imzo qo'yib hujjatlarni olib chiqib ketdi.
Janob Yang bo'lsa bu qiz borasida o'ylagan fikri xato bo'lib chiqdi. Qizni oddiy sodadil qiz deb bilgandi— Hafsalamni bir qilding Kim Soyu kun kelib bu qaroringdan afsuslanasan xuddi u . kabi.. biroq unda kech bo'ladi.

Taehyung stolga egilganida, boshining tepasida kichik yara joyi bilinib turardi. Sochlari orasidan ko‘rinar, hali ham biroz qizarib ketgan edi. Kessy uni ko‘rib, qalamni havoda ushlab qoldi.
— Tae, bosh… og‘riyaptimi? — dedi u sekin, ko‘zlarini qisib qararkan. Taehyung jilmayib qo‘ydi.
— Yo‘q, kichkina jarohat. Sen mening boshimga ham chiroyli rasm chizmoqchimisan. Ammo yuzim.. bilasanmi.... unga rasm chizsang juda ham chiroyli ko'rinadi. Lekin men ham senikiga keyin chizaman shu shart bilan rozi bo'lishim mumkin —Kessy kulib yubordi.
— Sanha, men bunday demadim. Men senga yuzimga rasm chizishinga yo'l bermayman. Chunki sen daxshatli chizasan.
— Qani unda, ko‘ramiz sening chiroyli chiziqlaringni, — dedi Taehyung qog‘ozni oldiga tortib. Kessy bir necha chiziq tortib, qog‘ozda mushukka o‘xshash bir narsa chizdi. — Mana, mushugim!
— Mushuk? Bu ko‘proq ayiqchaga o‘xshaydi, — dedi Taehyung kulib.
— Tae, hushyor bo‘l! Bu san’at, tushundingmi? — Kessy qo‘lidagi qalamni unga qarata silkib qo‘ydi. Taehyung ham o‘z navbatida qalamni olib, shoshma-shosharlik bilan notekis doira chizdi.
— Mana bu sen!— Kessy chizilgan rasmini ko‘rib, qahqaha otib yubordi.
— Sanha, agar bu men bo‘lsam, demak men ertakdagi yalmog'izmanmi !
— Yalmog'iz bo‘lsang ham, chiroyli yalmog'izsan , — dedi Taehyung kulib.
Ularning kulgisi xonani to‘ldirdi. Qalamlar yerga dumalab tushdi, bo‘yoqlar bir-biriga aralashib ketdi. Kessy ularni yig‘ayotib yana hazil qildi.
— Tae, sen rasmni emas, faqat tartibsizlikni yaxshi chizasan.
— To‘g‘ri, lekin sen bilan birga chizishni o‘rgandim, Bu juda ham maroqli— dedi Taehyung, jilmayib unga qararkan. Kessy berilib rasm chizardi. Taehyung uni kuzata turib biroz yuragi og'ridi.
— Meni Sanha deb ataysanmi yoki Tae bu men uchun muhim emas. Eng muhimi sen hozir meni yonimdasan.
Kessy unga qisqa bir nigoh tashladi, keyin yana rasmiga qaytib, davom etdi

Uy ichida havo tarang edi. Mia deraza yonida tik turgancha qo‘llarini ko‘ksiga qovushtirgan, onasi esa qarshi tomonda qattiq ohangda gapirar edi.
— Mia, bu nikoh sen uchun foydali bo‘ladi. O‘sha odamning mavqei, boyligi bor. Sen kelajakda qiynalmaysan, — dedi onasi qat’iyat bilan.
Mia ko‘zlarini kattaroq ochib, kulimsirab, ammo istehzoli ohangda javob berdi.
— Bolali erkakka turmushga chiqishimni istaysizmi? Shu sizningcha mening baxtimni ta’minlaydimi? - Onasi bir lahza jim qoldi, yuzidagi qat’iyat sal bo‘shab.
— To‘g‘ri aytding. Baxting uchun hamma narsaga ko‘nishing kerak,— dedi.
Mia kulib yubordi. Bu kulgi achchiq va og‘riqli edi. Ko‘zlari yoshlanib borar ekan, u endi to‘xtolmadi.
— Siz hech qachon menga mehr bermadingiz! Har doim yolg‘iz qoldirdingiz! Qachon men sizdan bir quchoq iliqlik kutgan bo‘lsam, orqangizni o‘girdingiz. O'rniga navbatdagi eringizga e'tibor qaratdingiz. Men siz uchun doim chiroyli bezak bo'lib kelganman. Endi esa meni foyda uchun sotib yubormoqchisiz… — Uning ovozi titradi, ko‘z yosh yuzini yuvdi. Qizning ko‘nglidagi alam yillar davomida yig‘ilib kelgandi. Onasi esa sukutga cho‘mib, qizining so‘zlari ostida so‘lg‘in ko‘rinib qoldi.
Mia qo‘llarini yuziga bosib yig‘lardi.
— Men siz uchun hech qachon farzand bo‘lolmadimmi?..
— Baribir men qarorimdan qaytmayman. Bu nikoh bo‘ladi. Men sening hayoting uchun yaxshisini bilaman, — dedi qat’iy ravishda. Mia ko‘z yoshlarini artmasdan, titrab jilmaydi. So‘zlari esa og‘riqli istehzo bilan to‘ldi.
— Siz beshinchi eringiz bilan baxtli yashayapsiz, to‘g‘rimi? Siz uchun erga tegish kasbga aylanib bo‘lgan. Endi meni ham o‘sha kasbga majbur qilmoqchimisiz? — Bu so‘zlar onaning yuragiga tig‘day sanchildi. Uning yuzi birdan o‘zgarib, g‘azab ko‘zlarida chaqnadi. U qizining yuziga qattiq tarsaki tushirdi.
— Og‘zingdan chiqayotgan gaplaringni bilasanmi? Sen mening qizimsan va mening aytganimni qilasan! — deb baqirdi u. So‘ng shoshilinch qadamlar bilan xonadan chiqib ketdi.

Xona ichida sukunat cho‘kdi.

Mia esa yuzini changallab, qattiq titradi. U ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Ichidan og‘ir, xazondek so‘zlar otilib chiqdi.
— Men hech qachon siz uchun farzand emas edim… Men siz uchun faqat bir buyum bo‘lganman.

U derazadan tashqariga boqar ekan, o‘zini butkul yolg‘iz va keraksiz his qildi.

Xona ichida Kessy bo‘yoqlar bilan mashg‘ul bo‘lib o‘tirardi. To‘satdan eshik jiringladi. Taehyung qo‘lidagi qalamni qo'yib , asta o‘rnidan turdi va eshik tomon bordi. Eshik ochilganda uning qarshisida Suna turardi. U qo‘lida kichkina shirinliklar qutisini ushlab, muloyim jilmaydi.
— Kiring, — dedi Taehyung, biroz noqulay ohangda, yon tomonga yo‘l ochib.
Suna ichkariga kirdi. U atrofga bir qarab, sekin so‘raydi.
— Kessy qayerda? Uni ko'rgani kelgan edim.
Taehyung uni rasm chizayotgan xonaga boshlab bordi. Eshik ochilganda Kessy deraza yonida qog‘ozga chizib o‘tirgan, yuzida bolalarcha qiziqish jilvasi bor edi.
Suna unga qarab, biroz tabassum qildi.
— Kessy… - Kessy asta boshini ko‘tarib, unga qaradi. Nigohida beg‘ubor hayrat va tanimagan ohang bor edi.
— Siz kimsiz, — dedi u oddiy ohangda. Suna yuragi ezilsa ham, tashqariga bildirmadi. U qo‘lida turgan shirinlik qutisini uzatdi.
— Bu sen uchun. — Kessyning ko‘zlari chaqnab ketdi. U xursand bo‘lib qutini olib, tezda ochmoqchi bo‘ldi. Ammo keyin birdan to‘xtab, qutini quchoqlagancha Taehyungga qaradi.
— Sanha… yeyishim mumkinmi? — "Sanha" Suna tushunmay Taehyungga qaradi. Taehyung bir zum jimgina Kessyga tikilib turdi, qoshini biroz chimirdi. Kessy lablarini bukib, xafa bo‘lgandek bo‘ldi.
Shunda Taehyung jilmayib, sekin bosh irg‘adi.
— Ha, yeyishing mumkin.
Kessy birdan quvnoq kulib yubordi, qutini ochib, rasm chizishni davom ettirar ekan, shirinlikni ham yeya boshladi.
Suna va Taehyung bir muddat unga qarab turishdi. Kessyning bolalarcha quvonchi xonaga iliqlik taratardi. Ikki tomoshabin esa jim qarashar, yuraklarida o‘zaro bir xil iliq his uyg‘onardi. Bir muddatdan keyin Taehyung asta dedi.
— Keling, choy ichamiz.
Ular Kessyni yolg‘iz qoldirib, mehmonxona tomon yo‘nalishdi. Stol atrofida choy quyilar ekan, xonada sokin, ammo iliq bir suhbat boshlanib ketdi. Ularga suhbat chog'ida juda noqulay tuyulardi.
— Kessy bilan qiynalmayabsizmi.
— ohh yo'q to'g'ri biroz qiyin tuyulishi mumkin biroq hozir men u bilan oldingidan ko'proq birgaman. Men uchun eng muhimi shu.
— bilishimcha jarohatlanibsan. Hayron qolma Jin va Suhoni suhbatini eshitgandim.
— Bu tasodifan bo'ldi haligi Kessy...
— men Kessyga qarash uchun Shveytsariyada birga bo'lganman. Hozirgi uning holatini men juda yaxshi bilaman. Hech narsani yashirmay aytaver. Uning... Sevgan insoningni bu holatda ko'rish sen uchun ham og'ir bo'lsa kerak. U seni hali ham tanimadimi — Taehyung labini tishladi.
— rosti buni og'ir deya olmayman bu men uchun azobdek gap. Har kuni uni oldidaman biroq har safar men u uchun Kim Taehyung emas boshqa birovman. Amaki sanha va yana kimlardir. Ba’zan xuddi meni tanigandek boqsa keyin Sanha deydi. birozdan keyin Jim bo'lib xonada o'tiradi ba'zida bo'lsa butun uyni boshiga ko'tarib Sanhani chaqiradi me uni holatini tushuna olmayabman. Yosh boladek o'zini tutsada ammo ba'zida butun dunyo yukini ko'targan insondek suhbatlashadi. U hatto Jiminni ham esladi biroq Kim Taehyung.... Men uning xotirasida butkul yo'qman. Nahotki u meni sevmagan bo'lsa. Men nima qilishga ham hayronman.
— afsusdaman. Barchasi uchun. Kechir.
— Siz nimaga kechirim soraysiz. Haligi Sizdan aslida men uzur so'rashim kerak o'shanda eringizni noghaq ayblab unga musht tushurdim. O'sha vaqt juda qizishgan edim. Mazur tutasiz. — Taehyung biroz hijolatli ohangda gapirdi. Sunani bo'lsa yuzida qandaydir sovuq ifoda paydo bo'ldi.
— Bu uchun kechirim sorashing shart emas. Aslida to'g'ri qilding. Taehyung sen Kessyni sevishinga men ishonaman. Shu bois Kessy borasida hech kimga hech qachon ishonma. Faqatgina o'zingga ishon. Uni himoya qilishing kerak.
— gapingizga tushunmadim.
— vaqti kelganda tushunib olasan.
Shu payt Taehyungga xabar keldi.
— kechirasiz Kessy bilan 1 soatga qola olasizmi men tezda kelaman. Iltimos.
— Albatta

Taehyung ketgach Suna Kessyni xonasiga kirdi biroz vaqt davomida rasm chizayotgan Kessyni kuzatdi. Keyin sumka Sudan qo'liga bir narsa olib gapirdi.
— u ketdi. — Kessy rasm chizishdan to'xtadi. O'rnidan turib ulkan oynalar orqali shahar manzarasini kuzata boshladi. — Nega bu tomoshani qo'yganingni tushuna olmayabman.
— tomoshami — Kessy o'yga toldi— Bu sen uchun ehtimol tomoshadir. Biroq men uchun bolalarimni himoya qilishning yagona yo'li edi. Ammo bilasanmi chindan ham bu tomosha haqiqatga aylanib bormoqda.
— demak Sanha endi chindan ham yo'qmi.
— afsuski shunday. Men o'z taqdirimni qabul qilib bo'lgan edim. Lekin bolalar ular dunyoga kelishi kerak chunki ular gunohkor yoki xato emas. Mening bolalarimni o'z otasi bor.
— Jimin ularni himoya qila olishiga ishonasanmi.
— u sen o'ylagandek zaif emas. Aksincha anchayin uddaburon.
—Kessy sen chindan ham o'lasanmi.
— Bilmadim. Ehtimol ha yoki yo'q. Ayanakoji umid bor dedi biroq operatsiya muvaffaqiyatli o'tsa ham bu ma'lum vaqtga meni umrimni cho'zishi mumkin. Chunki tanam ham anchayin zaif. Uni aytishicha bu operatsiya menga 5 yilgacha vaqt yutib berishi mumkin.
— afsusdaman — Suna yuzini yerga qaratdi. — bunday bo'lishini kutmagandim.
— Men ham. Agar Taehyungdan voz kechib Jiminga turmushga chiqsam hammasi tugaydi. Nihoyat ozod bo'laman deb o'ylagandim ammo adashibman.
— Taehyung... U seni chindan sevadi. Balki unga haqiqatni aytish kerakdir.
— Yo'q. Uni bu o'yinlarga aralashtirish xato bo'ladi. Uni Koreyaga chaqirib xato qilding. Men yillar mobaynida bu o'yinda sukut saqlab keldim. Endi ham shunday davom etaman. Muhimi bolalarim tirik qolsa bas. Men qismatimni qabul qilib bo'lganman.
— hm.
— Ho'sh aytganimni olib keldingmi.
— ha shifokor homila 3 oylikdan oshgani uchun dorini mumkin dedi. Biroq juda kam miqdorda ichishing kerak.
— raxmat.
— Bu dori...
— butkul aqlimni yo'qotmasligim uchun. Aytdim ku borgan sari hammasini unutyabman.

Sunxo kichkina Arimni qo‘liga olib, unga beozor ohangda gapirar, go‘yoki qizaloq uni tushunayotgandek jilmayib qo‘yardi.
— Buvim aytib bergan ertaklarni sen ham eshitasanmi, Arim? Men katta bo'lsang senga bu haqida aytib beraman. Yana sen bilan o'yinlar o'ynaymiz. Sen meni zulmatga botgan hayotimning quyoshisan.…— dedi u ohista, qizining mayin qo‘llarini o‘z barmoqlari orasida silab . Shu payt eshik asta ochildi. Soyu ichkariga kirib, manzarani ko‘rgach yuragi ezilib ketdi. Uning ko‘zlari yoshga to‘ldi, ammo yuzida siniq, ammo samimiy tabassum paydo bo‘ldi. U Sunxoni ilk bor shunday mehribon holda ko‘rayotgandek edi.
Sunxo ham uni ko‘rib boshini sal qiyshaytirib qo‘ydi-da, qizchasini asta sekin beshikka qo‘ydi.
— Soyu, Arimga qarab tur. Men yuvinib chiqaman,— dedi qisqa qilib va yuvinish xonasiga kirib ketdi.
Xona yana sokinlikka cho‘mganida Soyu asta qadam tashlab, beshik yoniga keldi. Kichkina Arim ko‘zlarini yarim ochib, onasiga qarashga urinar, go‘yo dunyodagi eng beozor nigoh bilan qarayotgandek edi. Soyu qizchasining nozik yuziga qarab, qo‘lini siladi va yuragi ezilib, pichirlab gapirdi.
— Kechir meni, Arim… Men seni bu dunyoga og‘riqlarim bilan olib keldim, men yaxshi ona emasman. . Sen mening eng baxtim va xatoyimsan. Badbaxt onangni kechir… — U shu so‘zlarni aytar ekan, ko‘zidan bitta tomchi yosh qizchasining mayin qo‘liga tushdi. Arim esa, go‘yoki onasining iztirobini sezgandek, nozik qo‘lchalarini qimirlatar va pichirlagandek beozor tovush chiqardi.

Soyu

Kechasi xona yarim qorong‘ulikda jimjit edi. Deraza orqali oy nuri ichkariga tushib, Taehyungning yuzini yoritib qo‘yardi. U charchoqdan chuqur uyquga ketgan, nafas olishi tinch, ammo yuzida iztirob izlari ko‘rinib turardi. Shu payt eshik sekin ochildi. Kessy asta qadam tashlab ichkariga kirdi. Bir zum joyida to‘xtab, uning sokin qiyofasiga tikildi. Yuragi og‘ir bo‘lsa ham, ichidagi gaplarini aytmasdan turolmadi.
— Taehyung… sen Koreyaga kelmasliging kerak edi, — dedi u pichirlab. — Sen meni bu holatda ko'rishingni istamagan edim. Kechir men sabab yana azob chekyabsan … Sen aslo haqiqatni bilmasliging kerak. - So‘zlari havoda tarqalib ketdi, Taehyung esa buni eshitmay chuqur uyquda yotar edi. Ammo birdan Kessy ko‘zlarini pirpiratib, yuragi qinidan chiqib ketgudek bo‘ldi. Qarshisida — xuddi o‘zi kabi qiyofaga ega tasavvuriy Kessy unga qarab turardi.
U jilmaydi. Bu jilmayish
Soxta ham, ayanchli ham edi. So‘ng sokin ohangda gapirdi.
— Sen qanchalik yashirmagin, Taehyung kun kelib haqiqatni biladi. Xo'sh o'shanda unga nima deysan. Senga maslahatim tezroq o'lish uchun duo qil aks holda hademay o'tmish takrorlanadi. Yana bir insonningni qotiliga aylanasan.
— Sen aslida mavjud emassan daf bol.
—Shunday mi— tasavvur kuldi— ammo uchi — xonaning narigi burchagidagi sharpaga ishora qildi. Kessy u tomonga qarab og'ir yutindi. Tomog'iga achiq narsa tiqilib ko'zidan yosh chiqdi.
— o'tinaman. Meni tinch qo'ying hammasi uchun afsusdaman.
— buning hech qanday ahamiyati yo'q — har ikkala tasavvur g'oyib bo'ldi.
Kessy esa ko‘zlarini yumib, yonidagi Taehyungni yana bir bor kuzatdi. Ichida befarq ovoz singari sovuqlik bor edi, ammo baribir yuragi uni qo‘yib yuborishga ojiz edi. U asta-sekin uning yoniga cho‘zilib yotdi. Taehyungning yoniga yaqinlashib, qo‘lini uning ko‘ksiga qo‘ydi, so‘ng uni sekin quchdi. Nafasi uning bo‘yniga tegib, ko‘zlari asta og‘irlashdi. U iztiroblariga qaramay, Taehyungning yonida bir kecha bo‘lsa ham taskin topmoqchidek ko‘zlarini yumdi.

Tongning sovuq shabadasi deraza pardalaridan kirib, xona ichida mayin shamollaydi. Divanda yonboshlab uxlab yotgan Sunxo Arimning tinimsiz yig‘isidan asta uyg‘onib ketdi. Ko‘zlarini uqalab, og‘ir xo‘rsindi.
— Soyu… Arimga qara, iltimos… — deb g'inshish bilan chaqirdi.
Ammo hech qanday javob bo‘lmadi. Faqatgina chaqaloqning yig‘isi havoni tilib, yurakni og‘ritib eshitilardi. Sunxo bezovtalanib o‘rnidan turdi. Yotoqxonaga kirgach, ko‘rgan manzarasi uni karaxt qilib qo‘ydi: kichkina Arim yotoqda yolg‘iz yig‘lardi, yonida esa imzolangan ajrim hujjati va oppoq konvert ichida xat yotardi.
U qizchasini qo‘liga olib, ovutishga urindi. Bir qo‘li bilan Arimni ohista silarkan, ikkinchi qo‘li bilan xatni ochdi.

“Sunxo, menga qilgan yaxshiliklaring uchun rahmat. Men senga nohaqlik qilayotganim uchun kechir. Ammo men Arimni hech qachon istamagan edim. Uni faqat sen xohlaganing uchun dunyoga keltirdim. Bu bola menga ham, Sojunga ham kerak emas. Arimni senga topshiraman. Garchi u sening qizing bo‘lmasa ham, sen unga g‘amxo‘rlik qila olasan. Ishonamanki sen unga o'z otasidan ham aloroq bolasan. Men esa hech qachon unga onalik qilolmayman. Har safar unga qaraganimda yaralarim turnalib qayta qonaydi. Men buni istamayman. Kechir ammo men seni rafiqang yoki arimni onasi emas balki Soyu sifatida yashayman. Balki qarorimdan kun kelib afsuslanarman. Biroq bu nikoh ikkimiz uchun ham kishan men bo'lsa bu kishan bilan yasholmasdim. Kechir"

Sunxo xatni o‘qib turib, kulimsiradi — ammo bu kulgi alamdan, ichki iztirobdan edi.
— Demak, endi Arim ham onasi tomonidan tashlab ketildi… qiziq Arim taqdirimizga faqat tashlab ketilishi bitilganmi. Onam, Mira endi esa seni onang... Ammo so'z beraman men hech qachon sendan yuz o'girmayman doim yoningda bo'laman. — Sunxon hozir o'zini Xuddi la’natlangandek his qildi.
Arim esa otasining ko‘ksiga yopishib, yig‘idan asta tinayotgan edi. Sunxo qizchasini mahkam bag‘riga bosdi-da, yuzini uning mayin sochlariga yashirdi.
Shu holda pastga tushganda, oshxonada Janob Yang, Sujin va Sunxi nonushta qilayotgan edi. Ular Arimni ko‘rib hayron qoldilar.
Sujin Sunxoga qarab, sovuq ohangda so‘radi.
— Soyu qayerda? Bolani sen ko‘tarib yuribsan-ku?- Sunxo qisqa javob berdi.
— Soyu ketdi.
— qayerga ertalabdan
— bilmayman ajrim hujjatlarini imzolab ketibdi.
- NIMAAAA - Sujin va Sunxi hayratdan bir-biriga qarashdi. Ammo Janob Yang indamay, choyini stolga qo‘yib, yuzini og‘irlik bilan o‘g‘liga qaratdi.
— Men boshidan bu nikohga qarshi edim, Sunxo. Sen esa menga qarshi chiqib unga uylanding. Mana natijasi. Endi buyog‘iga men aytganimga kirish vaqti keldi.
Xona ichida sovuq sukunat yoyildi. Sunxo otasining so‘zlarini og‘irlik bilan eshitdi, lablarini qattiq qisib jim qoldi. So‘ng, qizchasini mahkam bag‘riga bosgan holda, past ovozda gapirdi.
— ha Dada.

Soyu parkdagi stolga o‘tirgancha, uzoq-uzoqlarga tikildi. Shamol barglarni shitirlatib o‘tar, uning xayollari esa anchadan beri tinchlik bermayotgan suhbatga qaytardi. U o‘sha kechani, Janob Yang bilan bo‘lgan og‘ir suhbatni esladi.(18 qismda bor)

$$

— Bu bola Sunxoning qonidan emas,— Janob Yang qat’iy ovozda, yuzida hech qanday shubha yo‘q edi. — Shuning uchun sendan talabim bor. Men bu oilaning nomini davom ettiradigan, qonimizni ko‘taradigan merosxo‘rni xohlayman. Sen Sunxo uchun vaqti kelganda zurriyod dunyoga keltirishing kerak.

Soyu o‘sha paytda jim qolgandi. Yuragi qattiq ura boshlagan, lekin yuzida qo‘rqinch emas, balki charchoq ko‘rinib turardi. So‘ng u sekin, lekin qat’iy ohangda dedi.
— Men bu bolani istamaganman. Faqat oilam oldida sharmanda bo‘lmaslik va uni o‘ldirishni xohlamaganim uchun Sunxoga turmushga chiqdim. U tug'ilgach . Uni Sunxoga beraman va ajrashaman. Har safar bu bolani ko'rib Sojun bilan bog'lanib qolishni istamayman. U na men na Sojun istadi. U shunchaki xato edi. Faqatgina Sunxo uni xohladi. - Janob Yang ko‘zlarini kattaroq ochib, bir muddat unga tikilib qoldi. Qarshisida turgan yosh ayol farzandidan voz kechayotganini aytardi. Bu gap unga ham g‘alati, ham og‘ir tuyuldi. Biroq u bu holatni ilgari ham boshdan kechirgan.
— Qaroring qat’iymi?— so‘radi u sekin, ishonchsizlik aralash.
Soyu unga qaramay, ko‘zini pastga soldi. Lablarini tishlab, ohista bosh irg‘adi
— Ha.

$$

Soyu endi o‘sha suhbatni eslab, ko‘zlarini yumdi. Ichida alam ham, yengillik ham bor edi. U qizini tashlab ketganini bilardi, lekin o‘zini oqlash uchun sabablar topishga urinar edi.
Lekin baribir yuragi o‘rtanardi — u qizining mungli yig‘isini eshitayotgandek bo‘ldi.
— Men hech qachon afsuslanmayman. Ba’zan bu hayotda yashash uchun xudbin bo'lish kerak buni sen menga o'rgatding Han Sojun.

29- qism tugadi.