Yesterday

Rules / Ep-2

They say rules must not broken, but they forget to consider heart first
.
.
.

Xona eshigi tezlik bilan ochildiyu men ichkariga qanday kirib qolganimni anglolmay qoldim. Birinchi duch kelgan narsam bu qarshimdagi yirtqich nigohlar boʻldi
~xush kelibsiz Sena xonim
Taehyung tanamni devorga maxkamlagancha bir qoʻli bilan bilagimdan maxkam siqib turardi, bu qanchalik ogʻriqli boʻlmasin men oʻzimni ojiz koʻrsatmaslik uchun bunga chidashga majbur edim
~senga bugun uyda qol degandim, birinchi kundan menga itoat qilmaslikni boshladingmi?
~yuq, men shunchaki.....shunchaki qiziqqanim uchun kelaverdim
Taehyung mendan ikki qadam ortga uzoqlashib ozining ish stoliga borib oʻtirdi va kompyuterini ochgancha nimadurlar bilan band boʻldi
~kelganingga yarasha xonangni koʻrib ket, hozir tayyor boʻladi. Eshik yonida turmasdan buyerga oʻtir
Taehyung kresloga oʻtirishim uchun ishora qildi, men sekin qadamlar bilan sumkamni kresloga qoʻydim, birdan koʻzim balkonga tushdi. Yugurgancha oʻsha tomon bordim, balkonga chiqishim bilan shamol birdan yuzimga urildi va yoyilgan sochlarim uning tasirida toʻzgʻib ketdi. Atrofga qarar ekanman butun shahar oyoqlarim ostida turgandek edi, mayin shamol, charaqlayotgan quyosh va pastda mashinalarning toʻxtovsiz harakati....bularning barchasi oʻzgacha atmosfera yaratib turgan edi. Panjaraga qoʻllarimni qoʻygancha bir muddat Seul shovqiniga quloq soldim, ammo oradan koʻp vaqt oʻtmasdan ortimda kimnidir sezdim va oʻgirilish uchun qimirladim, ulkan tana esa bunga yoʻl qoʻymadi. Belimdan bir qoʻli bilan quchgan Taehyung ikkinchi qoʻli bilan panjara ustida turgan qoʻlimni maxkam tutdi, bu oddiy quchish emas bu bosim edi. Kuchli bosim va uning ulkan tanasi ostida parchalanib ketadigandek edim. Ortimda turgancha belimdan quchgan qoʻli bilan tanamni battar panjaraga tiradi, ochiq boʻynim uzra uning issiq nafasini xis qilishim bilan entikib ketdim
~n.nima qilyabsiz?
~senga yoqdimi?
~n.nima?
~buyerdagi manzara, xoʻsh yoqdimi?
~xa
Uning bosimi tobora ortib borardi, gapirish mobaynida qoʻllari sekin yuqoriga harakatlandi va boʻynimdan maxkam tutdi
~bu...ogʻriqli
~bunga koʻnikishing kerak Kim xonim
U tezkor harakat bilan tanamni aylantirgancha oʻziga qaratdi. Qoʻllarimni boʻynidan aylantirib maxkamladi, men itoatkor mushukchadek u qanday xohlasa shunday quchdim. Yuzimda kaftlarini his qildim va birdan koʻzimni yumib oldim. U bosa olmoqchi, men buni sezdim, lablarim hayajondan tinmay titradi, sezyabman, lablarim qarshisida oʻzga taftni sezyabman. U juda yaqin edi, yurak urishim birdan tezlaahib ketdi, goʻyo hozir koʻksimni yorib chiqishga tayyor edi. Xona eshigi ikki martta taqillashi esa bu tomoshaga yakun yasadi, men birdan undan uzoqlashdim va unga qaradim. Uning yuzida hechqanday ifoda aks etmasdi. Orqaga yurib xonaga kirdi
~kiring
Eshik ochilib sochlari yoyilgan, kalta yubka kiygan va egnidagi koʻylagining ikkita tugmasi ochiq holda bir qiz kirib keldi
~janob Kim, siz aytgan xona tayyor boʻldi
~yaxahi, hozir boraman
Qiz Taehyungga oʻzgacha qarash qilib xonadan sekin chiqib ketdi
~sizni kompaniyanggizda ishchilar shunaqa kiyinib yuradimi?
Men oʻzimni tutib turolmasdan Taehyungga savol berdim. U bir qoshini koʻtargancha menga qaradi
~bu seni bezovta qilyaptimi?
~yuq, men shunchaki soʻradim
~ortimdan yur
Uni ortidan ergashgancha yugurdim, biz koʻp yurmadik, uning xonasidan chiqqach atigi besh qadam yurdik xolos. Oʻzini xonasini qarshisidagi xonani menga tayyorlatipti, ochigʻi men hayron qoldim, boshqa ishchilar kabi dizaynerlik boʻlimida ishlayman deb oʻylagandim. Xonaga kirishim bilan uyerdagi barcha jihozlar, stol, stul, turli xildagi qogʻozlar va ayni men xohlagan chizish uchun qalamlar va yangi noutbook bor edi. Bularni koʻrishim bilan koʻzim quvnab ketdi. Xissiyotlarimni yashira olmasdan yuzimda oʻzgacha tabassum aks etardi, xonani aylangancha uzoq tomosha qildim
~hayratlanishni bas qil va ozingga kerakli jihozlarni tekshirib ol. Kamchilik boʻlsa kotibaga ayt, u hammasini bajaradi
U qanday hissiz inson oʻzi, bir chetda shunchaki qoʻllarini choʻntagiga solgancha menga gapirdiyu chiqib ketish uchun ortga oʻgirildi
~shoshmang
~nima kerak?
~sizdan bir narsa soʻramoqchi edim
~yaxshi

~haligi, buyerda adashmasam dizaynerlik boʻlimi bor, men ham ular kabi bir boʻlimda ishlayman deb oʻylagandim. Nega menga alohida xona tayyorlatdinggiz?
~bu kompaniya egasi menman va sen meni xotinimsan. Shuningdek bu kompaniya senga ham tegishli, va men xotinim boshqa oddiy ishchilar kabi oddiy boʻlimga joylashishini istamadim. Xosh, bu yetarlimi?
~tushundim, lekin sizdan yana bir narsa iltimos qilsam boʻladimi?
U hechqanday javob bermasdan eshik yonida turgancha menga qaradi
~bu kompaniyada bizni turmush qurganimizni yani men xotininggiz emasligimni ayta olasizmi?
~nega?
~shunchaki buyerdagi ishchilardan ajralib turishni xohlamayman, menga ham ular singari oddiy ishchi singari qarashinggizni xohlayman
U bir muddat yuzimga qarab turdi
~sen shuni xohlar ekansan mayli
Ortiq hechqanday soʻz demasdan u xonada meni yolgʻiz qoldirgancha chiqib ketdi. Chuqur nafas olgancha qayta xonani koʻzdan kechirdim va nima ish qilishim kerakligi haqida malumotlarni koʻzdan kechira boshladim. Ishga shu darajada shoʻngʻib ketibmanki oradan 3 soat qanday oʻtganini ham payqamay qoldim. Biroz dam olish uchun kompyuterda koʻzlarimni uzgancha boshimni ortga tashlab erkin nafas ola boshladim va shu on eshik taqilladi
~kiring
Eshik sekin ochilib ichkariga men ertalab toʻqnash kelgan yigit kirib keldi
~Jimin
Men oʻrnimdan sakrab turgancha uni qarshisiga keldim
~xoʻsh, yangi xodim. Axvollar qalay
~juda yaxshi
~koʻrinib turipti kelishinggiz bilan ishga shoʻngʻib ketibsiz
U ish stolim ustidagi tartibsizlikka ishora qildi va men yelkalarimni qisib kulib qoʻydim
~Sena aslida sizga boshqa bir gap aytish uchun kirgandim
~ha, sizni eshtaman
~bugun kechga kompaniyamiz yangi kelgan xodimlar uchun kichik bazm uyushtirishyapti, shunga sizni ham taklif qilish uchun kirgandim
~bazm?
~ha, prezident Kim kecha va bugun deyarli 20 ta ishchi qabul qildi va bu bizni kompaniyamizning kichik odati, yangi ishchilar kelganda ularni oʻz oilamizdek qabul qilishimizni bildirish uchun shunaqa bazmlar uyushtirib turamiz. Xoʻsh borasizmi?
~xaligi, men oʻylab olishim kerak, menga biroz vaqt berasizmi?
Jimin qoʻl soatiga qaradi
~albatta, sizda 2 soat vaqt bor
~Raxmat
U xonadan chiqib ketgach stolga qayta otirdim va oʻylay boshladim. Bazmga juda borgim kelyapti, lekin Taehyung rozi bolarmikan. Telefonimni olgancha uning raqamini qidira boshladim va ikkilanish bilan chaqiruv tugmasini bosdim, 5 soniyada telefon ortidan uning sovuq aurasini taratib turuvchi ovozi eshtildi
~eshtaman
~hayrli kun, haligi vaqtinggiz bormi?
~xonamga kel
Men endi gapirmoqchi boʻlib turganimda u yuzimga qizil tugmani bosib qoʻydi. Bu qanday odobsizlik boʻldi axir? Men ilojsizlikdan oʻrnimdan turib sekin eshikdan moʻralagancha xonadan chiqib yugurgancha uni xonasiga kirib oldim. Xonaga kirishim bilan unga duch keldim, u koʻzoynak taqqancha qandaydir qogʻozlarni koʻzdan kechirayotgan edi
~xonalarimiz orasidagi masofa atigi 5 qadam lekin sen shunga ham erinib telefon qildingmi?
Men uni bu gapidan dovdirab qolgamcha savoliga javob izlay boshladim
~siz xonada emassiz deb oʻylabman
~gaping bormi menda?
~ha aslida bor, yani Jimin bugun meni ziyofatga taklif qildi
~xoʻsh?
~borsam maylimi?
~ishingni tugatib uyga bor, haydovchi seni pastda kutadi
~lekin nega? Men borishni xohlayman
~chunki seni ering bor va u bunga ruxsat bermadi deb xisobla
U shunchalik etiborsiz gapirdiki, uning bu muomilasidan koʻzlarim yoshga toʻldi va turgan joyimda qotib turaverdim. Nihoyat u boshini koʻtarib menga qaradi
~shunchalik borishni xohlaysanmi?
Men uni gapini etiborsiz qoldirgancha pastga qarab turaverdim
~yaxshi, borishingga ruxsat beraman
~rostanmi?
~ha, faqat bir shart bilan
~qanday?
~yonimga kel
Uning bu buyrugʻidan biroz chochigancha kichik qadam tashlab yoniga bordim, u butun tanasini ortga tashlab stulni aylantirib menga boshdan oyoq qaradi
~egningdagi koʻylagingni yech
~nima?
~balandroq aytishimni xohlaysanmi?
~lekin biz ishxonadamiz
~toʻĝri, meni ishxonamdamiz va men buyerda nima xohlasam shuni qilaman
~boʻlmaydi
~yaxshi, unda uyga bor, bazmga ham bormaysan
Men shunchalik chorasiz axvoldamanki buni tariflash qiyin

Ich-ichimdan qarshimdagi insondan nafratlanib ketyabman, odam ham shunaqa xudbin boʻladimi? Men bazmga borishni xohlayabman lekin ayni damda u soʻragan ishni ham qilolmayman. Men uni qoʻgʻirchogʻi yoki shaxsiy qondiruvchisi emasman, men uni xotiniman axir, qadrim shumi meni? Kozlarimdagi yosh allaqachon yanoqlarimga oqishga shay turganda men tezluk bilan ortga oʻgirildim va eshik tutqichini ushlagan paytimda u ortimdan gapirdi
~yaxshiyamki tanangni kecha tunda koʻrib boʻlganman, ering uchun qayta koʻrsata olmaysanmi?
~men sizni qoʻgʻirchogʻinggiz emasman, xohlagan paytinggiz har koʻyga soladigan, nikohimiz soxta boʻlsada meni rafiqa oʻrnida koʻrishinggiz kerak, foxisha oʻrnida emas
Men zarda qilib gapirgancha eshikni qattiq yopdim va oʻz xonamga kirib narsalarimni yigʻishtirdim, tezlik bilan liftdan pastga tushib mashinaga oʻtirdim. Mashina ichidan yuqorida ulkan oynadan meni kuzatib turgan Taehyungga koʻzim tushdi. U qoʻllarini choʻntagiga solgancha menga termulib turardi, mashina kompaniyadan uzoqlashishi bilan men ham oynadan koʻzlarimni uzdim
~rafiqa oʻrnida koʻrishim kerakmi?
Taehyung asabiylashgancha choʻntagidan sigaretini olib lablariga olib keldi va olov yordamida yoqib chuqur tortdi

Kech ham tushdi, uyga kelishim bilan alamimga chidolmasdan yigʻlab uxlab qolibman. Uygʻonib soatga qaradim, kechki 8 edi. Taehyung kelganini tekshirish uchun oynadan hovliga qaradim,mashinasi yoʻq, demak u hali ham kelmagan. Telefonimni yoqdishim bilan Jimindan oʻtkazib yuborilgan 8 ta qoʻngʻiroqni koʻrdim, bormasligimni unga aytish yodimdan koʻtarilipti va unga borolmayman deya sms yozib qoʻydim. Egnimga yengil kiyim kiygancha pastga tushib kechki ovqatni ham yolgʻiz qildim, Taehyungni hamon kutar ekanman undan daraka yoʻq edi. Shoshma, lekin nega men uni kutyabman? Nega uni kutishim kerak oʻzi? Menga nima? Oʻrnimdan turib oʻzim yoqtirgan shirinliklar bilan qahva tayyorladim va kino koʻrdim. Oradan yana uch soat oʻtdi, yarim tun boʻlishiga ham oz qoldi. Men hechnimani oʻylamasdan oʻrnimdan turib xonamga kirdim, shu payt hovlida shovqin eshtildi. Pardani sskin ochib pastga qaradim, Taehyung mashinadan tushar ekan yonida bir qiz uni yelkasidan quchgancha uyga olib kirdi. Koʻzlarim qinidan chiqib ketgudek kattalashdi va yugurgancha xonadan chiqdim, zina tepasiga kelgach ularga roʻbaro keldim. Bu oʻsha, uning kompaniyasidagi kotiba qiz. Ular ikkalasi meni koʻrishi bilan toʻxtab qoldi, men Taehyungga nisbatan kuchli nafratni xis qildim va unga tikilib qolib ketdim
~nega xaliyam uxlamading?
U mastmi? Zoʻrgʻa oʻrnida turipti, qiz uni yelkasidan maxkam quchgancha boshini pastga egdi. Men hechqanday soʻz demasdan qayta xonamga kirib eshikni qulflab oldim. Ichimdagi gʻazabni bosolmayapman, uygacha oʻsha foxishasini olib kelipti. Ular hozir uni xonasiga kirib ketishdimi? Jin ursin. Sochlarimni maxkam changallagancha yotoqqa quladim va koʻrpani boshimdan aylantirib yopgancha uxlashga harakat qildi. Bir necha soat davomida yotoqda uyoqdan-buyoqqa ogʻnab uxlolmadim, boshimdagi kuchli ogʻriq sabab oʻrnimdan turib dori ichib uxlashga qaror qildim. Chiroqni ham yoqmasdan bir amallab dori topdim ammo baxtga qarshi xonadan suv topa olmadim. Tashqariga qanchalik chiqishni xohlamasamda ayni damda majburman, oyoq uchida sekin eshikni ochib moʻraladim. Shoshma, nega men huddi oʻgʻrilardek harakat qilyabman oʻzi? Gavdamni erkin tutgancha sochlarimni toʻgʻrilab tashqariga chiqdim, sekin ortga oʻgirilib Taehyungni xonasiga qaradim, hechqanday shovqin yoʻq, hammayoq tinch. Zinadan pastga tushib oshxonaga kirib oldim va qoʻlimdagi dorini suv bilan ichib bir muddat devorga suyangancha turdim. Boshimdagi ogʻriq biroz boʻlsada kamaydi, shu on ortdan kelgan ovozdan qotib qoldim
~buyerda nima qilyabsan?
Men chorasizlikdan ortga oʻgirildim va qarshimda yuvinish xalatida menga tikilib turgan Taehyungni koʻrdim
~koʻrmayapsizmi?
U birdan chiroqni yoqib yubordi
~ana endi koʻrdim
~unda yaxshi
Men unga etibor bermasdan yonidan oʻtib ketmoqchi boʻldim, toʻsatdan uning kuchli qoʻllari meni tutib oldi
~bu qanday muomala Kim xonim?
~qanday muomala kutyabsiz mendan?
~xafaman degin?
~balki sizni uyqinggiz kelmayotgandir, ammo men juda charchadim va bekorchi gaplar bilan meni vaqtimni olmang
Men uni qoʻlini siltab oʻtib ketdim va xonamga kirib hechnimani oʻylamasdan uxlashga harakat qildim
~demak oʻyin degin Kim Taehyung? Yaxshi, unda oʻyin boshlandi....

Taehyung erta tongdan boshida kuchli ogʻriq bilan uygʻondi. Hammomda yuvingancha kechagi boʻlgan xodisalarni eslashga harakat qildi, qanday qilib mast boʻlgani, uyga qay holda kelgani...barchasi koz oldida kichik kaseta misol gavdalana boshladi va soʻnggi eslagani bu Senaning yuz ifodasi edi. Pastga tushib nonushta qilish uchun oʻtirdi
~Min xonim Senani nonushtaga chaqiring
~xonim allaqachon nonushta qilib ishga ketdilar janob
~rostanmi?
Taehyung hayron qiyofada soatga qaradi, soat endi 8 ni koʻrsatardi. U nonushtasini yakunlab mashinasiga oʻtirgancha kompaniyaga haydadi. Yoʻldagi tirbandlik sabab deyarli bir soatda ishxonaga yetib kelgach shaxdam qadamlar bilan oʻz xonasi tomon yura boshladi. Uni yoʻlakda va eshikda koʻrgan har bir xodim yarim egilgancha salom berib kutib oldi. Liftdan toʻgʻri oʻninchi qavatga chiqar ekan oz xonasi tomon kirmoqchi boʻlganda birdan nigohi qarshisidagi xonaga tushdi. Jimin oxistalik bilan qoʻliga bintni olgancha Senani qoʻlini bogʻlayotgan edi. Koʻrgan manzarasidan biroz gʻazablangan Taehyung eshikni qanday ochganini ham bilmay qoldi, uni toʻsatdan kirib kelganini koʻrgan Jimin bilan Sena ishidan toʻxtab qoldi
~janob Kim?
~buyerda nima boʻlyapti?
~etiborsizligim sabab Sena xonimni qoʻllari biroz kesilib ketdi
Taehyung bir muddat hissiz qiyofada Jiminning qoʻllari orasidagi Senani qoʻllariga qarab turdi
~Sena xonim, ishinggizni yakunlagach xonamga kiring
Oradan yigirma daqiqa oʻtgach Sena Taehyungni xonasiga hechqanday habarsiz kirib keldi
~eshik taqillatishni ham oʻrgatishim kerakmi?
~balki siz ham oʻrganishinggiz kerakdur?
Sena uning ertalabki bostirib kirganiga ishora qildi
~ishga qachon kelding? Naxotki ertalab meni ham uygʻotish hayolingga kelmadi?
~kechagi tuninggiz ogʻir oʻtdi deb oʻylab bezovta qilgim kelmadi
Taehyung uning bu javobidan lab chetida kichik tabassum qildi
~u shunchaki kotiba edi, mast boʻlib qolganimda uygacha olib keldi xolos, yaxshiyamki bir uyda yashaymiz kecha nimadur sodir boʻlganda sen ham bilarding
~u kim boʻlsa ham menga xisobot berishinggiz shart emas, kim bilan nima qilsanggiz qilavering, meni ishim yoʻq. Agar menga muhim gapinggiz boʻlmasa men kettim
Sena teskari oʻgirilib xonadan chiqib ketish uchun ikki qadam yurdi va toʻsatdan eshik ochilib xonaga uzun boʻyli, kostyum-shim kiyib olgan, boʻynida tatirovkasi bor yigit kirib keldi. Taehyung uni koʻrishi bilan oʻrnidan sakrab turdi, Sena esa turgan joyida qotib qoldi
~hayrli kun Taehyung
.
.
.
.
.
.
#𝐒𝐄𝐌𝐈 / @glamour_fanfic