September 3

Gunohkorlar / Ep-25

"Senga muhtojligimda qayerda eding" deyishimga majbur qilmaysanmi...

Autor: #Kessy

25-qism

Ertalab tong nuri Seul osmonidan asta xonaga kirib, keng derazalardan ichkariga oqib tushardi. Taehyung sekin ko‘zlarini ochdi. Yotoq xonaga kirib hech kim yo‘qligini darrov sezdi. Yotoqxonadan chiqib, zalga qaradi. O‘sha katta oynaning oldida ham Kessy yo‘q edi. Oshxonaga o‘tdi — jimlik. Har bir xona bo‘m-bo‘sh.
Taehyung yuragi hapqirib, xonalarni birma-bir kezdi. Kessyning sharpasi ham qolmagan edi. Nihoyat, u o‘rtadagi stol yoniga kelib, stulga cho‘kdi. Qo‘llarini yuziga bosdi, sochlari orasidan nafas olishi og‘irlashdi.
“Demak, u ketgan. Men yana kech qoldim. Har safar singari. Uni ushlab qolishga kuchim yetmadi. Aniqrog'i kuchim emas meni ushlab qolish uchun hech qanday haqqim yo'q endi. Men bu yurtga nega qaytdim o‘zi? Koreya hech qachon men uchun uy bo‘lmagan. Uyni men o‘zim qurmoqchi edim... Kessy bilan. Lekin bu ham orzu bo‘lib qoldi. ”
U sekin boshini ko‘tardi. Deraza ortida tong yorishib, shahar uyg‘onayotgan edi. Taehyung esa faqat bo‘shliqni ko‘rar, shu shahar ham unga begonadek tuyulardi.
“Bu yerda men uchun ota onamdan bo'lak hech narsa qolmadi. Singlimni yo‘qotdim, uni asray olmadim. Kessyni topdim, ammo uni ham saqlab qola olmadim. Men kelganimdan afsusdaman. Balki hech qachon qaytmasligim kerak edi. Endi esa… qaytib ketishim kerak. Chunki mening uyim — bu joy emas. U allaqachon vayron bo‘lgan. U mening orzularimda qolgan. Mening orzularim bu faqatgina Sen eding, mening uyim Sen eding, mening kelajagim Sen eding, xo'sh hozirchi menda nima qoldi ”
Taehyung chuqur nafas olib, qo‘llarini tizzasiga qo‘ydi.

Ertasi tong. Yanglarning katta zalida uzun stolga nonushta tortilgan. Hamma joyida. Janob Yang gazetaga ko‘z yugurtirib, jiddiy ko‘rinishda o‘tirgan. Sujin esa Soyuning oldiga eng mazali taomlarni surib qo‘yayotgan, unga choy quyar, mevalardan tanlab berardi.
— Soyu, qizim, bu asalni totib ko‘r, sening sog‘lig‘ing uchun foydali. Voy, choying sovib qolibdi-ku, yana quyib beraymi? — dedi Sujin mehribonlik bilan. Soyu xijolat bo‘lib jilmaydi.
— Rahmat, oyi, o‘zim qilaman...
Buni ko‘rib turgan Sunxi qoshiqni tushirib yubordi.
— Aka… ko‘rayapsizmi? Bu ayol Mening oyimmi, yo yo‘qmi? Menimcha, kimdir uni almashtirib qo'ygan. — Sunxo sekin pichirladi.
— Balki tun yarmida oyingni kosmosga olib ketib, o‘rniga mehribon qiyofadoshini qo'yishgandir. — Sunxi ko‘zini kattaroq ochib, boshini qimirlatdi.
— Men ham shunday o‘yladim! Axir oyim meni hayotim davomida bir marta ham “qizim asaldan yeb kor ” deb erkalab chaqirmagan. Hozir esa Soyuga asal berayapti. Bu… bu mutlaqo mantiqsiz! — Soyu esa beixtiyor kulib yubordi.
— Sizlar ikkalangiz nimani pichirlashyapsiz?
— Hech narsa! — deya ikkovi baravar javob berishdi, ammo shubhali ohangda. Janob Yang gazetani stolga qo‘yib, ovozini balandroq qildi
— Xo‘sh, Sunxo, Sunxi. Kechagi qilmishlaringiz uchun meni uyaltirdingiz. Ammo sizlarga yana bir imkon beraman. Lekin shartlarim bor.
Ikkovlon birdaniga yuzlari yorishib:
— Qanaqa shartlar, dada? — Janob Yang barmog‘ini ko‘tarib sanay boshladi.
— Birinchidan, klubga bir oy qadam bosmaysan Sunxo, Sunxi Sen u yerni hayolingga ham keltirma. Ikkinchidan, kredit kartangiz vaqtincha bloklanadi Albatta Soyunikidan tashqari har holda u sizlar tufayli qiynalmasligi kerak. Uchinchidan, Sujinning gaplariga qarshi chiqmaymiz. — Sunxo va Sunxi bir-biriga qarashib, ichlaridan “voydod!” deyishdi. Sunxi asta shivirladi.
— Aka, bu hammasi tushunarsiz. Dadam ham, oyim ham Soyuni himoya qilmoqda. Ehtimol, Soyu aslida sehrgar bo‘lsa-chi? — Sunxo ko'zini katta qilib kesatiq ohangida gapirdi.
— Balki u bizni sehrlab qo‘ygandir. Menimcha, keyingi safar nonushtaga supurgida uchib keladi. Sunxi hozir shuni o'ylash kerakmi kartangdan ayrilsang keyin nima qilasan. Oyingga hech qachon bosh egmayman.
Shu gaplarni eshitib qo‘ygan Sujin bir zum ularga jiddiy qarab qo‘ydi.
— Siz ikkalangizning pichirlashlaringizni eshitib turibman. Bemani gaplarni bas qiling. Qanaqa qiyofadosh.!! - Sunxi cho‘chib ketib, tezda Soyuning likopchasidan meva olib og‘ziga tiqdi.
— Men hech qachon onamdan shubhalanmaganman!
Soyu yana kulib yubordi, Sujin esa unga mehribonlik bilan qo‘shib dedi.
— Soyu ularga ahamiyat berma o'zing va kichkintoy uchun ovqatlan. — Sunxo va Sunxi esa ichlaridan o‘z xulosasini qilishdi.
— Aka, bu aniq. Mening oyim emas. Qarshimizda — qiyofadoshi turibdi.

Tong. Parklarning uyida nonushta dasturxoni ustida issiq ovqatlar turgan bo‘lsa-da, havoda sovuq sukut hukm surardi. Jimin stol boshida qotib qolgan, choyini bir-ikki ho‘plab qo‘yardi. Qarshisida esa Haru o‘tirar, ko‘zlari xuddi kechagi mastlikdan keyin hamon xira, ammo baribir Jiminni kuzatib turardi.
Kessy esa uydan qaytmagan. Buni Jimin butunlay e’tiborsiz qoldirardi, go‘yo uyida kim yashayaptimi, kim yo‘qmi — unga baribir edi. Bir muddat sukut cho‘zildi. Keyin Haru asta gap boshladi:
— Junho… unga nima bo‘ladi, deb o‘ylaysan? — Jimin yuzini ko‘tarmadi, nonushtaga qarab gapirdi:
— Hozir hammasi chalkash. Politsiya ishi qo‘limdan tashqarida. Men faqat akamning oqlanishini istayman.
— Ammo u bu ishni qilganini tan oldi.
— akam hech qachon noqonuniy ishlarga aralashmas edi. Unga hiyla qilishgan. U kim bo'lsa ham akam uni yashiryabdi.
— aha..— Jimin unga tik qaradi, ovozini pastroq qilib, ammo keskin so‘zladi.
— Kecha… klubga nima uchun bordingiz?— Jimin oxiri ko‘zini ko‘tardi, sovuq qarash bilan javob berdi.
— Kessy xohladi. Shu sabab bordim.
—u xohlagani uchun ham ivhdingmi — Haru hech narsa demadi — agar men bormaganimda ahvoling nima bo'lishini o'yladingmi.
— kechir ortiq seni havotirga solmayman.
— meni havotirga solish... — Jimin qoshini ko'tardi — Sen o'zingni Kim deb o'ylayabsan meni havotirga soladigan. Men uchun Sen faqat akamni xotinisan hozir akam bu yerda emasligi uchungina senga javobgarman xolos. O'rtamizda bundan ortig'i yo'q. — Jimin jaxl bila salfetkani otib yubordi. Haru labini qimtib, qo‘lidagi choy piyolasini qo‘ydi. So‘ng bir oz sukutdan keyin, butun jur’atini yig‘ib gapirdi.
— Jimin… agar imkon bo‘lsa, hammasini qaytadan boshlay olarmidik? Sen bilan men. Axir hamon meni sevasanku — Jimin birdan kulib yubordi. Ammo bu kulgi zaharli, achchiq edi. U o‘rnidan turib, kreslosini shovqin bilan orqaga surdi. Eshik sari yurarkan, ortiga qarab ham qo‘ymadi.
— Endimi? Haru… shuncha ishdan keyinmi. Tan olaman senga hali ham hislarim bor Lekin endi kech. Juda kech. Men uchun dunyoda yagona qadrli inson faqatgina akam. Sen esa uning ayolisini. Butun dunyodan, sendan voz kechishim mumkin biroq undan emas
Eshik yopildi. Ovoz xonada jaranglab, yana chuqur sukut qoldi. Haru joyida qotib qoldi. Ko‘zlari qizarib, lablari titradi. Ichidan alam bilan o‘ziga gapirdi.
— Juda kechmi, Jimin? Men hali hammasini o‘z iziga qaytaraman. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar… sening yoningga qaytaman.
Uning ko‘zida yonayotgan qat’iyat shu zahoti dard bilan qorishib ketdi. Ammo baribir qarorini o‘zgartirmasdi.

Shifoxona palatasiga kirar ekan, Kessy ichida nimadir siqilgandek bo‘ldi. Oppoq devorlar, choyshablar va atrofni qamrab olgan dori hidi uning kayfiyatini yanada og‘irlashtirardi.
Palatada Ryujin deraza yonida o‘tirardi. U oynadan tashqaridagi osmonni kuzatar, ko‘zlarida esa bir paytning o‘zida ham yorug‘lik, ham mung porlardi. Kessyni ko‘rib, birdan kulimsirab qo‘ydi:
— Voy, o‘zing keldingmi? Rostdan ham meni ko'rgani? — Kessy unga yaqinlashdi, jilmayishga urindi, ammo yuzida faqat charchoq aks etardi.
— Ha… o'zing chaqirdingku. — Ryujin yengil kuldi, keyin qo‘lini tebratdi.
— rostini aytsam kelishingga ishonmagan edim
Palatada havo og‘ir edi. Kessy stulga cho‘kib o‘tirgancha jim edi. Ryujin esa, derazadan tashqariga qarab, uzoq sukutdan so‘ng gap boshladi.
— Bilasanmi, men sening ko‘zlaringda o‘zimni ko‘raman. Shuning uchun sen bilan gaplashishga qaror qildim. Meni tushuna oladigan insonsan. —Kessy unga qarab, hech narsa demadi. Ryujin chuqur nafas olib davom etdi.
— Men kasal ekanimni eng boshidan oilam bilardim. O‘shanda hamma narsa birdan o‘zgargandek bo‘ldi. Oilam… (kulimsiradi) ular doimiy ravishda menga sovuq qarashardi. “Muammo bo‘lib tug‘ilding”, degandek. Har bir harakatim, har bir xatoyim ularga bahona bo‘lardi. Lekin kasal bo‘lganimni bilishgach, birdan mehribon bo‘lib qolishdi. Soxta mehr… soxta tabassumlar… hatto soxta qo‘llab-quvvatlash.— Kessyning ko‘zlari keng ochildi.
— Sen bunga qanday chidading? — Ryujin yelkasini qisdi, jilmayishga urindi.
— Dastlab nafratlandim. Har bir so‘zlari, har bir qo‘llarining teginishi menga alam qilardi. “Avval qayerda edingiz?” deb o‘ylardim. Ammo o‘lim yaqinlashganini his qilganim sari, hatto soxta bo‘lsa ham, o‘sha mehrni qabul qila boshladim. Chunki odam oxirida yolg‘iz qolishni istamaydi. Hamma gap — yolg‘iz qolmaslikda. — Kessy asta so‘radi.
— Yigitning-chi? —Ryujin ko‘zlarini yumdi, yuzida achchiq tabassum paydo bo‘ldi.
— U xiyonat qildi. Unga g‘azablanishga ham, qasos olishga ham kuchim yo‘q edi. Axir men ketayotgan bo‘lsam, xiyonat ham, sadoqat ham nimaga arziydi? Xiyonat qilgani uchun ham ko'z yumdim. Bar bir uchrashishni davom etdim. Menga endi uning xiyonati yoki sadoqati ahamiyatsiz. Chunki oxirida kimdir yoningda turishi, hatto soxta bo‘lsa ham, seni unutmagandek ko‘rsatishi — bu o‘lim qo‘rquvidan afzalroq bo‘ladi. Garchi soxta bo'lsa ham. — Kessy qattiqroq nafas oldi. U birinchi marta kimningdir bu qadar halol, shu qadar alamli gaplarini eshitardi.. Ryujin davom etdi — Sen meni tushunyapsanmi? Soxta bo‘lsin, haqiqiy bo‘lsin, farqi yo‘q. O‘lim bilan yuzma-yuz kelganda, “rost” va “yolg‘on” degan tushunchalarning qadri yo‘qoladi. Faqat yashash ishtiyoqi qoladi. — Kessy boshini egdi, ovozi past eshitildi.
— Menimcha, menda bu ishtiyoq yo‘q. — Ryujin uning qo‘liga qo‘lini qo‘ydi, nigohi qat’iy edi.
— Sen adashyapsan. Senda ham yashash ishtiyoqi bor. Faqat uni ko‘rishni istamayapsan. Men sening o‘zingga qarshi qanchalik kurashayotganingni ko‘rib turibman. Bilasanmi, yashash uchun ba’zan juda katta qurbonlik qilish kerak bo‘ladi. Biroq o‘lim hech qachon yengish emas, u shunchaki taslim bo‘lish. Kessyning bo‘g‘ziga nimadir tiqildi. U gapira olmadi. Ryujin esa jilmayib qo‘shib qo‘ydi.
— Agar men sening o‘rningda bo‘lganimda, kurashgan bo‘lardim. Oxirgi nafasimgacha. Chunki yashash, hatto og‘riq bilan bo‘lsa ham, soxta mehr bilan bo‘lsa ham — baribir yashashdir. Va u o‘limdan har doim kuchliroqdir. Menga bu hayotda yashash yoqgani uchun ham kurashib shu yergacha keldim afsus bir necha kunlik umrim qoldi hattoki o'rnimdan ham turolmayapman. Ammo senda bunday emas. Seni hali imkoning bor

Ryujin gaplarini tugatib, Kessyning yuziga qaradi. Ammo Kessy birdan mayin kulib yubordi. Kulgi charchagan, og‘riqli edi.
— “Imkon” deysanmi… (chuqur nafas oldi) men uchun imkon allaqachon tugagan. — Ryujin qoshlarini chimirdi.
— Nega shunday deyssn – Kessy unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaradi, ko‘zlari g‘amgin bo‘lsa-da, jilmayishga urindi.
— Chunki men yolg‘iz emasman. Men ichimda ikki hayotni olib yuribman. Egizaklarimni… — Ryujinning yuzi birdan o‘zgardi. Avvaliga ko‘zlari kattalashdi, keyin nigohi titradi, lablari qaltiradi. U gapira olmay qoldi. Nihoyat ovozi past chiqdi.
— Sen… homiladormisan?.. Egizaklarga?..
Kessy bosh irg‘adi.
— Ha. Shuning uchun “imkon” degan gapni eshitishim kulguli tuyuladi. Men uchun imkon degani endi men emasman. Ular. Men o‘zim uchun emas, ular uchun yashashim kerak, lekin… bilmayman bunga kuchim yetarmikan. — Ryujin ko‘zlarini pirpiratib, ichida nimadir qaynab chiqdi.
— Sen o‘zing sezmayapsanmi? Bu — eng katta imkon. Men hamma narsani yo‘qotib boryapman, menda faqat soxta mehr qoldi. Lekin sendagi imkon — ikki hayot. Ikki sababi bor yashashga! — Kessy boshini sarak-sarak qildi.
— Men ularga qanday ona bo‘laman? Men o‘zim sinib tushayotgan bargman. Qanday qilib ularni shamoldan asray olaman? Balki tug‘ilmaslaridanoq ularga azob hadya etarman.— Ryujin birdan Kessyning qo‘lini mahkam ushlab oldi, nigohi qat’iy edi:
— Eshit, Kessy! Sen o‘zingni qanday ko‘rsang ham, ular uchun sen shoxsan hayotsan. Sen ularga shamol ham, quyosh ham bo‘lasan. Ular sening noming bilan yashashadi. Hatto sen o‘zingni kuchsiz deb hisoblasing ham, ular seni kuchli ona sifatida ko'rishadi. — Kessyning ko‘zlariga yosh keldi. Kessy jim qoldi. Nigohi shifoxona derazasidan tushayotgan mayin nurlarda qotib qolgandek edi.
— Bilasanmi, Ryujin… bu egizaklarni dunyoga keltirish men uchun tanlov… Yoki ular tug‘iladi va men yo‘q bo‘laman… yoki men qolaman, ular esa… hech qachon nafas olmaydi. — Bu so‘zlardan keyin yo‘lakda muzdek jimlik cho‘kdi.
Ryujin nafasini yutib, Kessyga tikildi. Ko‘zlari titradi, so‘z topolmay qoldi. U har doim uni yashashga undash uchun kelardi, ammo bunday og‘ir haqiqatni qanday yengillashtirish mumkin edi?
— Demak… — dedi Ryujin sekin, ovozi ichkaridan chiqayotgandek — bu endi nafaqat sening hayoting, balki ularning taqdiri ham. — Kessyning lablari qaltiradi.
— Ha. Shuning uchun men tobora aqldan ozayapman. Vaqtim oz, Ryujin. Har kuni ichimdagi bu ikki yurakning urarkan men o'lim sari qadam tashlayman. Ulardan voz kechsam yana bir bor qotilga aylanishdan qo'rqaman. Men qanday tanlov qilaman?.. — Ryujin chuqur nafas oldi, boshini qattiq egdi. U ham o‘zining oxirini kutayotgan, ammo qarshilik ko‘rsatib yashab kelayotgan edi. Ammo bu vaziyat… bu boshqacha edi.
— Men senga “yashash uchun kurash” deya maslahat berardim, — dedi u sekin. — Chunki men o‘zim hech qachon ona bo‘la olmayman. Lekin sen… sening tanloving oddiy emas. Agar ularning o‘rnida bo‘lganimda, men istagan bo‘lardimki, onam hayotini biz uchun bersin. Chunki hayot — bu sovg‘a. Ehtimol sizlarda imkon bordir Sen ham ular ham omon qolish imkoni. Endi ular va o'zing uchun harakat qil. — Kessy ko‘z yoshlarini yashirmadi.
— Sen aytganday bo'lsa ham men ularga onalik qilolmayman. Men yashashni tanlamayabman shunchaki men kabi baxtsiz bo'lishlarini istamayman.
Ryujinning ovozi titradi, lekin qat’iy edi.
— Sen ularga hayot berasan. Agar bu sening oxirgi qurbonliging bo‘lsa ham, bu dunyodagi eng buyuk qurbonlikdir. — Kessy qo‘lini yuziga qo‘ydi, ichida qarama-qarshilik alangasi kuchaydi.
— Demak, sen… meni o‘limni tanlashga undayapsanmi? — dedi u iztirob bilan. Ryujin boshini chayqadi, ko‘zlaridan yosh oqdi.
— Yo‘q. Men seni tanlov qilishga undayapman. Bu sening yo‘ling, Kessy. Qaysi qarorni qabul qilsang ham, men seni tushunaman. Lekin bir narsani esda tut: agar sen ularni dunyoga keltirsang, sen hech qachon yo‘q bo‘lmaysan. Ular sening davomching bo'lishadi. Ammo ulardan voz kechsang keyinchalik ham ona bo'la olasan.

Xona ichida jimjitlik hukm surardi. Sunxo deraza yonida chuqur o‘yga tolgancha sigaretini o‘chirib tashladi. Uning nigohi Soyuga qadaldi — qiz divanda qo‘llarini qorniga qo‘yib o‘tirardi.
— Soyu… — Sunxonning ovozi og‘ir chiqdi. — Senga bir gapni aytishim kerak. Soyu jilmaygandek bo‘ldi.
— Nima gap?
— Men sezaman… sen qornidagi bolaga befarqsan. Uni xohlamayapsan. — Soyuning yuzi birdan o‘zgardi.
— Nima deyapsan o‘zi? Nega bunday gapirasan?
— Haqiqatni aytyapman, — dedi Sunxo qat’iyat bilan. — Sen homilador bo‘lganingdan beri biror marta bolani samimiyat bilan eslab, unga mehr ko‘rsatganingni ko‘rmadim. Qachon gap ketsa, yuzingda bir xil sovuq ifoda bo‘ladi. Hatto bola uchun aytilgan vitaminlarni ichmay axlatga tashlaysan. — Soyu boshini chayqadi, ammo ko‘zlari bezovta tebranardi.
— Bu yolg‘on! Men… men hamma onalar kabi uni yaxshi ko‘raman.
Sunxo keskin qadam tashladi. — Rostini ayt, Soyu. Men yolg‘onlarni sezaman. Yaxshi ko'rganing uchun ham har safar tibbiy ko'rikka men majburlaganim uchun borasanmi. Hatto uning jinsiga ham qiziqmading. — Soyu oxiri chidolmadi. O‘tirgan joyida birdan bo‘shashib, ovozi titradi.
— Ha… to‘g‘ri. Men bu bolani yaxshi ko‘rolmayapman. Chunki u mening hayotimni o‘zgartirdi. Hammasi Sojun sabab… agar u bo‘lmaganda, men bunday taqdirga mahkum bo‘lmasdim. Sojunning bolasini vujudimda ko'tarishni istamayman. - Sunxonning ko‘zlari alangalanib ketdi.
— Yetar! Bu bolaning otasi menman! Sen Sojunni bu yerda tilga olishga haqliman deb o‘ylayapsanmi? — Soyu achchiq kulib yubordi.
— Sen xohlaganing uchun bu bolani dunyoga keltiryapman, Sunxo. Men uchun u — faqat majburiyat. Kelajakda unga qanday munosabatda bo‘lishimni bilmayman. Ehtimol, umuman mehr bera olmayman.
— Soyu! — Sunxo qattiq baqirdi. — Agar sen mehr bera olmasang, men ikki baravar beraman. U mening farzandim, mening qonim! Hech qachon Sojun haqida qaytib gapirma!
— Sen qanchalik qichqirmagin, — dedi Soyu sovuq ohangda, — lekin ichimdagi hislarni o‘zgartira olmaysan.
Xona ichida og‘ir jimlik cho‘kdi. Sunxoning nafas olishi qattiqlashgan, Soyu boshini egib turardi. Bir lahzadan so‘ng Sunxo jahl bilan kalitlarini olib, eshikni qarsillatib yopib chiqib ketdi. Soyu esa divanda qotib qoldi. Ko‘zlarida yosh uyg‘ondi, lekin u yig‘lamadi.

Eshik qarsillab yopildi. Quloqlarida shu ovoz uzoq vaqt jaranglab turdi. Soyu asta qo‘llarini qorniga qo‘ydi. Qorni ostida tirik jonzot borligi unga tobora og‘ir yukdek tuyulardi.
— Nega bunday bo‘ldi? — dedi ichida. Men bu bolani xohlaganim uchun emas, majbur bo‘lganim uchun ko‘tarib yuribman. Har kuni o‘zimni yolg‘onlarga ishontiraman: “Men yaxshi ona bo‘laman, men uni sevaman” deb… ammo yuragim jim turmaydi.
Ko‘zlari namlandi.
— Men sening aybingni ko‘rmayapman, kichkintoy, lekin sening borliging meni Sojun bilan bog‘lab qo‘yadi. Har safar sening harakatlaringni sezsam, uning xoin nigohini eslayman. Hayotimni sindirgan odamni. Meni qanday zo'rlagani oxirida sharmandalarcha tashlab ketganini.
Soyu chuqur nafas oldi, lablari titradi.
— Sunxo sen uchun kurashmoqda. U seni o‘zini farzandi deb qabul qildi. Men esa… men esa faqat uning istagi uchun seni dunyoga keltiryapman. Lekin o‘zimdan so‘rasam, sening kelishingdan qo‘rqaman. Chunki men seni qanday sevishni bilmayman.
Ko‘zidan birinchi tomchi yosh sirg‘alib tushdi. Soyu qattiqroq qornini quchdi.
— Balki sen tug‘ilgach, hammasi o‘zgarar. Balki men seni qo‘limda ushlaganimda, yuragim eriydi. Balki…
Ammo ichki ovoz yana qattiqroq jarangladi.
— Balki hech qachon sevib qololmasman. Balki sen men uchun faqat o‘tmishning jarohatiga aylanarsan.
Soyu boshini devorga suyadi, titrab gap qildi.
— Agar bir kun kelib men seni yaxshi ko‘rolmasam… meni kechirgin, bolam.

Kessy kasalxona yo‘lagidan chiqib, tashqaridagi sovuq havo bilan yuzlashdi. Yuragi bo‘g‘ilib, qadamlari sustlashgan edi. Endigina Ryujin bilan bo‘lgan suhbat uning ichini titroq qilib qo‘ygandi. “Hayot va o‘lim o‘rtasida tanlov qilish… men uchun hayotimning zarracha qadri yo'q biroq hayot berish yoki olish ?” — deb o‘ylardi u.
Shu payt telefon jiringladi. Ekranda Suna ismi chaqnardi. Kessy chuqur xo‘rsindi, lekin javob berdi.
— Allo?
— Kessy! — Suna ovozi hayajon bilan jarangladi. — Yaxshi eshit, iltimos… bolalardan voz kechma! Ularni dunyoga keltir!
Kessyning yuragi o‘qdek sanchildi.
— Suna… bu qadar qattiq gapirma, men hammaning tashvishlarini eshitib charchadim.
— Men seni tushunaman, — dedi Suna qat’iyat bilan. — Balki qo‘rqayotgandirsan, balki kelajak ko‘z oldingda qorong‘udekdir. Lekin bolalarning kelishi sen uchun yangi hayot eshigini ochadi. Ular seni qaytadan hammasini boshlashga majbur qiladi.— Kessy qaltirab kuldi. “Qanday qilib? ?” — deb ichidan o‘yladi, lekin tiliga chiqarolmadi.
— Ular seni kuchli qiladi, — davom etdi Suna. — Balki hozir o‘zingni yolg‘iz his qilyapsan, lekin farzandlar bo‘lsa — hatto eng og‘ir kunlaringda ham yoningda bo‘ladigan bir sababing bor.
Kessy ko‘zlarini yumdi. Tomog‘iga tiqilgan yig‘ini zo‘rg‘a yutdi.
— Suna… sen buni chin dildan aytyapsanmi?
— Albatta, — dedi Suna ishonch bilan. — Men ishonamanki, sen ularga hayot berasan. Bilaman Taehyungga tuyg'ularingni biroq shu sababligina ulardan voz kechma, kun kelib Jimin seni qadrlab, haqiqiy mehr ko'rsatadi. Farzandlaringiz ular sizlarga haqiqiy sevgini hadya etadi. farzandlar qadri — hammasidan yuqori.
Kessy chuqur nafas oldi.
— Bu haqida hech kimga aytma, Suna… Hatto Jinga ham. Hech kim bilmasin, iltimos. Men bir qarorga kelishi kerak.
— Yaxshi, — dedi Suna sokin ohangda. — Sen aytgancha bo‘ladi. Lekin bil, qanday qaror qilsang ham, men sening yoningdaman.
Qo‘ng‘iroq tugadi. Kessy telefonini yoniga qo‘yib, xuddi nafas ololmayotgandek his qildi. Uning yuziga qattiq shamol urildi, ammo ichidagi bo‘ron undan ham keskinroq edi. Sun hech narsadan bexabar edi u shunchaki begunoh go'daklar uchun kurashardi.

Bar ichida.
Yonma-yon to'rtta stolda Jay, Minhyuk, Taehyung va Sunxo ichimlik bilan o‘tirishgan. Yorug‘lik xira, lekin ularning qah-qahasi butun zalni to‘ldirardi. Jay stakanni ko'tarib.
— Demak, Sunxojon, sen endi rasmiy otasan! Qizli bo‘lasan-a? Endi unga mening ismimdan “Jaya” deb qo‘ysan bo‘ladi. Hamma joyda oson aytiladi, maxsus ham eshitiladi . — Minhyuk (jaydan kulib.
— E hey, “Jaya” emas! “Hyu” qo‘yasan. Men sening eng yaqin do‘stingman, sening qizing meni eslatib turishi shart. Qara-ya, “Hyu” deganda allaqachon mehribon ohang bor. — Taehyung sekin ichib, keyin yuzini jiddiy qilib.
— Yo‘q, “Taehee” qo‘yasan. Chunki Taehyungdan kelib chiqqan. Mashhur , zamonaviy, hatto Amerikada ham mos tushadi. — Sunxo oyog‘ini chalishtirib, kulib.
— O‘h-ho, uchalang ham o‘zingni majburlab tiqishtiryapsanku. — Jay stolga engashib.
— Ha, endi aytchi, qaysi birimizniki? —Sunxo biroz sukut saqlab, keyin tabassum bilan.
— Rostini aytsam, men allaqachon ism tanlab qo'yganman. —uchalasi birdaniga qotib qoladi. Minhyuk ko‘zlarini kattalashtirib.
— Ha, nima?! Demak bizning butun bu harakatlarimiz… —Jay qo‘llarini osmonga ko‘tarib
— Zoya ketdi-ya?! —Taehyung jiddiy qiyofa qilib.
— Shuncha ijodiy yondashuvni e’tiborsiz qoldirdingmi, Sunxo? Qanday otasan o‘zi sen?! — uchalasi bir vaqtda fig‘on qilib stollarini qarsillatib kulib yuboradi.
— Nega bunchalik dramatik bo‘lyapsizlar? Sizlar ham qo‘ygan ismlaringizni mushuklaringizga ishlatib yuboring.
Bir mahal Taehyung stakanni sekin stolga qo‘yadi.
— Ertaga men Amerikaga ketyapman. — Sukunat cho‘kadi. Jay va Minhyukning labidagi kulgi qotadi. Sunxo esa stakanni joyiga qo'ydi ..
Jay: — Qanaqa “ertaga”? Axir sen endi kelding-ku!
Minhyuk: — Shunchalik tez qaytishing shartmidi?
Sunxo : — Ha, nima gap?
— Shunchaki… ketishim kerak. Lekin, Sunxo, sendan bir iltimosim bor.
— Qanaqa iltimos? —Taehyung
ko‘zini qisib, ichimligini yana yutib yuboradi.
— Hozir aytolmayman. Vaqti kelganda bilasan.

Sunxo mast holatda chayqalib xonasiga kiradi. Qadam tovushlari og‘ir, gap-so‘zlari chalkash.
— Men… men baribir eng zo‘r otaman… hech kim mendan yaxshi qila olmaydi… Arim, sen meni eshityapsanmi, qizim?.. —Yotoqda uxlashga harakat qilayotgan Soyu cho‘chib uyg‘onadi. U ko‘zlarini yarim ochib, mast holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri unga kelayotgan Sunxoni ko‘rib, yuragi tez ura boshlaydi. Birdaniga xotirasi ortga qaytadi — Sojun uni mast holatda zo'rlagan o‘sha dahshatli daqiqa yodiga tushadi.Soyu qaltirab.
— Yo‘q… yaqinlashma… iltimos, yaqinlashma! — Sunxo esa hech narsani anglamay, qoqilib Soyuning yotoq tomoniga kelib, yoniga cho‘kdi. Soyu qo‘rquvdan uni itarib.
— Ket! Ketgin, Sunxo! Men hozir… men hozir sendan qo‘rqyapman… —U yig‘lab yuboradi.
Lekin Sunxo mast ongida Soyuning so‘zlariga quloq solmaydi. U sekin Soyuni yotqizib, boshini uning biroz shishib chiqqan qorniga qo‘yadi. Qo‘llari bilan uni ohista quchadi. Sunxo sekin, mehr bilan pichirlab.
— Arim… mening Arimim… onang seni yaxshi ko‘rmasa ham, men seni dunyolarcha yaxshi ko‘raman… u Meni Seni otang deb bisoblamasa ham men seni otang bo'laman. seni kutyapman… tezroq kel, qizim — U shu so‘zlar bilan asta uxlab qoladi. Soyu esa qimirlay olmay qoladi. Ko‘zlaridan yosh oqmoqda, yuragi qaltiraydi. Ammo shu payt ichida nimanidir his qiladi — mast bo‘lsa ham, Sunxo o‘z qorniga bosh qo‘yib mehribonlik bilan gapirgani uni larzaga soladi.
Pov/Soyu
Nega bunday qilyabsan. Uni yaxshi korishimga undaysan ammo u bergan og'riq
Men uchun chandiq Sunxo.
Men qanday ona bo'ldim Sunxo o'z farzandi bo'lmay turib uni shunchalik sevadi. Men bo'lsam homilani abort qildirmaganim uchun Har olgan nafasimda pushaymon bo'lmoqdaman. Sen qiz ekansan otang senga chiroyli ism tanlabdi Arim. Arim onang senga yaxshi ona bo'lmasa ham seni sevuvchi dadang bo'ladi.
Meni hammasi uchun kechir.

Yarim tun..

Jimin uyg‘onib ketdi. Quloqlarida g‘alati tovushlar eshitilar — baqiriqlar, kesik-kesik so‘zlar. Yoniga qaraydi — Kessy yo‘q.
Uning yuragi tez ura boshlaydi. Shu payt dushdan suvning doimiy shovqini, baqiriq bilan qorishgan ovozlar keladi. Jimin o‘rnidan sapchib turib, ichida “Nima bo‘lyapti bu yerda?!”
U dush eshigiga yaqinlashadi. Chiroq o‘chiq, ammo ichkaridan vahimali so‘zlar eshitilardi. Kessy titroq ovozda, qayta-qayta.
— Bas qiling… ket-… ketinglar! Men qilmadim… yetar… yetar!.. Charchadim. Meni tinch qo'ying. — Jiminning qo‘llari muzlab ketadi. U darhol chiroqni yoqib yuboradi.
Chiroq yonishi bilan ko'ringan manzara — dushning bir burchagida Kessy boshini changallagancha, sovuq suv ostida qaltirab o‘tirgan. Uning kiyimlari ho‘l, ustidan suv tomchilab oqmoqda. U faqat shu so‘zlarni takrorladi.
— Bas qiling… ketinglar… yetar…
Jimin shu manzarani hayrat va iztirob bilan kuzatib qotib qoladi. So‘ngra tezda o‘ziga kelib, dush kranini burab suvni
— Kessy… yetar, bu menman. Hech kim yo‘q. Tinchlan… iltimos, ko‘zimga qaragin… — Ammo Kessy unga e’tibor bermaydi, uning so‘zlari qulog‘iga yetmayotganday edi. Jiminning qo‘llari qaltirab, u Kessyni ko‘tarib chiqib ketadi.
U qizni quruq kiyimlarga kiydiradi, sochlarini sochiq bilan artadi. Kessy esa shunchaki shivirlashda davom etardi, ko‘zlari bo‘sh, nigohi qotgan.
— Nega bunday bo‘lyapti? Nega u azob chekmoqda? Men hech narsani tushunmayapman… — U Kessyni yotoqqa yotqizadi, yoniga kirib uni bag‘riga bosadi. Uning muzdek tanasi Jiminning yuragini seskantirdi. Jimin qulog‘iga pichirladi.
— Men sening yoningdaman, Kessy… nima bo‘lgani haqida hech narsa bilmayman, lekin seni yolg‘iz qoldirmayman. Senga achinyapman, … sen bunchalik qiynalishga loyiq qanday gunoh qilding.
Uning so‘zlari qizga yetmas edi. Kessy hamon qaltirab, shivirlardi.
— Ketishim kerak… u keldi men.. ketishim kerak…
Jimin uning so‘zlarini eshitib, ko‘ksiga mahkamroq bosadi. Ko‘zlarida ham achinish, ham tushunolmaslikning iztirobi.
— Kim seni quvmoqda, Kessy? Nega bu dunyo seni bunchalik sindirdi?..

Oshxona yorug‘, derazadan tonggi quyosh nurlari tushib turardi. Jimin odatdagidan boshqacha — mehribon ohangda Kessy oldiga taomlarni birma-bir qo‘ya boshladi: issiq choy, qovurilgan tuxum, non va mevalar. Jimin (yumshoq ohangda.
— Avval sen ye. Men keyin yeyman. — Kessy uning bu mehribonligidan hayron bo‘lib, biroz siniq tabassum qildi. U ko‘zlarini qochirdi, ammo bu tabassum ko‘nglidagi siniq oynaning yorug‘lik tushgan burchagiday edi. Bir muddat sukut bo‘ldi. Keyin Jimin jilmayib, gap boshladi.
— Kecha… dushda sen juda qo‘rqinchli eding. Men… sen uchun juda xavotirlanadi. O'zi nima bo'ldi. — Kessy qoshlarini chimirib, qo‘lidagi choy stakanini stolga qo‘ydi.Kessy xotirjam, ammo sovuqqina
— Bu haqida gaplashishni istamayman. — Jimin bir zum jim qoldi, unga zo‘rlab savol bermadi. Faqat yengil bosh irg‘adi.
— Mayli. Gapirmasang ham bo‘ladi. Faqat bilib qo‘y — men sen bilanman.

Kessy javob bermadi. Ammo ko‘zlarida bir lahza minnatdorlik uchquni chaqnab o‘tdi. Shundan keyin ular mayin suhbat qurishdi: oddiy narsalar haqida — nonushta, ish, kun tartibi. Hamma gap iliq bo‘lsa-da, ichida seziladigan sovuqlik saqlanib turardi.
Jimin ishga ketish oldidan stol yonidan turdi. Kessyga yaqinlashib, sekin yuzidan o‘pib qo‘ydi. Kessy qarshilik qilmadi, ammo hamon befarq qotib turdi. U xuddi kimningdir harakatini sukut bilan qabul qilayotgan odamga o‘xshardi.
Oshxonaning narigi burchagida esa Haru bu manzarani kuzatib turgan edi. Uning ko‘zlari ichida yashirin g‘azab uchqunlari chaqnadi.

Kessy yolg‘izgina skameykada o‘tirardi. Uning nigohi qarshidagi yashil maydonda onalar bolalari bilan o‘ynayotgan manzarada edi. Bolalarning kulgusi, yugurib kelib onalarini quchoqlashi, erkaliklari… bularning barchasi Kessyning yuragini qattiq tirnar, ko‘zlarini sovuq sukut qoplagan edi. U uzoq muddat jim qarab o‘tirdi. Nigohi har safar kichkina qo‘llarni ko‘tarib quchoqlayotgan onalarda to‘xtar, ichidan og‘riq o‘tkir tig‘dek o‘tib o‘tar edi.
Shu payt uning telefoni jiringladi. Ekranda “An Suho” nomi paydo bo‘ldi. Kessy titrab tugmachani bosdi.
— Kessy, donor topildi. Hujjatlarni tezda rasmiylashtirish kerak. Bugunoq kasalxonaga kelishing kerak. Men... — Suho keyingi aytadigan gaplari oldidan chuqur nafas oldi, ovozida afsuslanish va hamdardlik bor edi — men ginokolog bilan gaplashdim hujjatlarni rasmiylashtirishdan avval bolani abort qilasan.... Bilaman senga og'ir ammo bunga majburmiz. Operatsiyadan so'ng albatta yana farzandli bo'la olasan. Meni kechir. Ammo hoziroq kasalxonaga kel vaqt kam. — Uning so‘zlari xuddi og‘ir bolta bo‘lib, Kessyning yuragiga tushdi. Kessy bir muddat jim qoldi. Faqat shovullagan shamol barglarni silkitardi.
— Men... Boraman. - Qo‘ng‘iroq tugadi. Telefon qo‘lidan sirg‘alib ketgudek bo‘ldi. Kessy ilk bor qorniga qo‘lini qo‘ydi.Ko‘zlari yoshga to‘ldi. Pichirlab gapira boshladi:
— Meni kechiringlar… Men sizlardan yashash uchun voz kechayotganim yo‘q… Men shunchaki… bu shavqatsiz dunyoda sizlarga ona bo‘la olmayman. Jimindan ham kechirim so'rashim kerak. Ehtimol u yaxshi ota bo'lgan bo'lar edi. … Men ojizman… Har doim jismim yoki ruhimni tanlashim kerak bo'lardi biroq ayni dam chindan ham ojizman. Meni tanlaganingiz uchun afsusdaman.
Yoshlar yuzidan oqib tushar, uning bo‘g‘zini tiqib qo‘yardi. Shu payt telefoni yana jiringladi. Bu safar Sunxo edi.
— Kessy, iltimos… hozir darhol aeroportga kel. Zudlik bilan!
—Sunxo meni muhim ishim bor.
— qanday ishing bo'lishidan qat'iy nazar kel..... Taehyung... U ketyabdi.
Ekranda chaqnayotgan qo‘ng‘iroq va Sunxoning ovozi Kessyni hozirgi iztirobli holatidan yanada larzaga soldi.

Insonlar shoshilib chamadonlarini sudrayotgan, baland ovozli e’lonlar yangrab turardi. Kessy asta-sekin zal ichiga kirib, ko‘zlari bilan kimnidir qidiradi. Uzoq emas, chiqish yo‘lagida Taehyung chamadonlari yonida turardi. Nigohi charchagan, yuzida jilmayish bor edi, ammo ko‘zlari sokin emas, balki og‘irlikka to‘la edi. Kessy unga yaqinlashdi. Bir muddat hech ikkovlari ham gapirmadi. Noqulay sukut ularning orasida devorday turardi. Kessy nihoyat sekin gapirdi.
— Demak… ketayapsan.
— Ha. Bu safar butunlay. — Kessy ko‘zlarini yerga tikdi.
— Shartmi? Haqiqatan ham shartmi ketishing? — Taehyung chuqur xo‘rsindi, nigohi og‘ir edi.
— Bu eng yaxshi yo‘l. Men uchun ham, sen uchun ham…
— kechir
Sukut cho‘kdi. Odamlarning shoshqin tovushlari orqada jim eshitilardi. Bir payt Taehyung sekin yoniga qadam tashlab, past ovozda gapira boshladi
— Eslaysanmi… qachonlardir bizning shartnomamiz tugaganda, sen menga bir shartimni bajarishni aytgan eding? - Kessy unga qarab bosh irg‘adi. Lablarini tishlab, yuragi tez ura boshladi. — Taehyung qo‘lini sekin ko‘tardi va Kessyning qorniga qo‘ydi. Uning kafti ostida hali tug‘ilmagan, ammo borligi sezilayotgan hayot yotar edi. Taehyung titroq ovozda gapirdi.
— Mening yagona shartim shu… Vujudingdagi begunoh bolalarni dunyoga keltir. Hech bo‘lmasa ularga hayot ber…
— Qayerdan...
— xabarni o'qidim.. Kechir... —Taehyung ko'ziga kelgan yoshlarni artdi. — Men sen uchun xursandman. Ular sen uchun yangi hayotingni mustahkam poydevori bo'ladi Sen ajoyib ona bo'lasan. Jimin esa.... Jin ursin menga alam qilyabdi... Faqat iltimos bu begunohlardan voz kechma biz Gunohkorlar uchun ular tovon to'lashmasin.
— Ularni dunyoga keltirishimni istaysanmi— Kessy qo'llarini qattiq musht qilib turarkan, kozlarida bo'shliq bor edi.
—ha — Taehyung bazo'r gapirdi. Go'yo kimdir majburlagandek.
— Yaxshi. So'z beraman nima bo'lishidan qat'iy nazar ularni dunyoga keltiraman. Hech bo'lmaganda sen uchun. — Kessyning ko‘zlari yoshga to‘ldi. So‘zsiz yig‘lardi. Taehyung ham ko‘z yoshlarini yashira olmadi. Ikki insonning ko‘zida ham og‘riq va ayriliq, mehr va armon aralashib ketgan edi.

Taehyung ortga burilib ketarkan Kessy yugurib uning ortidan quchdi. Ikkisining ham ko'zida yosh.
— Men qo'rqdim bu safar ham menga indamay ketasan deb hatto xayrlashmay.
— Men sen kabi shavqatsiz emasman yalmog'iz... Kess..Kess men ketishim kerak.
— Tae. Kim Taehyung nima bo'lmasin hech qachon meni unutma bu dunyoda meni sevganing uchun raxmat. Borliging uchun ham. Men seni so'ngi nafasimda ham eslayman.
— o'zimni unutishim mumkin seni emas. Bu hayotda emas ammo keyingi va qolganlarida seni hech qachon qo'yib yubormayman.
Biroz vaqt shunday turgach Kessy uni qo'yib yuborib ortiga ham qaramay airaportni tark etdi. Taehyung qo'llarini mushtlagancha samalyot yo'lagi tomon ketdi.
Ammo u hech narsani bilmasdi. U shunchaki begunoh go'daklar uchun sevgisini qurbon qilgan edi ammo Kessyni emas.

25-qism tugadi.
Sizga bu fanfic yoqyabdi degan umiddaman.