Stay with me / Ep-8
Qachonlardir koʻzlarimda sen uchun zarracha boʻlsa ham muxabbatni koʻrmasang aybni oʻzingdan qidir, mendan emas....
Deyarli yarim soatdan buyon hammomda iliq suv tagida turgan qizning ichidan oʻtayotgan his-tuygʻularini oʻzidan boshqa hechkim bilmasdi. U hozir baqirib yigʻlashni istaydi, goʻyoki shu yoʻl bilan ichidagi gʻuborlari chiqib ketadigandek. Koʻzlaridan oqayotgan yoshlar yanogʻidan sekin yumalab tushar ekan tepadan oqayotgan suv tagida bilinmay ketardi. Yuragida koʻtarilgan ogʻriqdan qattiqroq yigʻlashni boshladi. Unsiz va sokin....bu xolat insonni ich-ichidan yeb bitiradi. U hozir boshini qoʻya oladigan va uni tushuna oladigan bir yelkadoshi boʻlishini xohlaydi xolos...
Jumrakni burab suvni oʻchirar ekan tanasida sovushni his qildi. Dush tagidan chiqib oyna yoniga keldi va sochlarini sochiqqa oʻrab ilgakda ilinib turgan yumshoq oq xalatni olib kiyib hammomdan chiqdi. Shkaf yoniga kelib oʻziga qulay boʻlgan tungi koʻylakni olib egnidagi oq xalat bilan alishtirdi. Xonaning burchagida joylashgan oynali tumba yoniga kelib boshidagi sochiqni olib tashladi va fen yordamida sochlarini qurita boshladi. Sochlari qurigach tumbaning pastki javonini ochib kichik oq dori quticha ichidan oʻziga kerakli boʻlgan dorilarni izlab topdi va stakanga suv solib birin-ketin dorilarni ichdi. Dori qutini joyiga quymoqchi bolgan uni ichidagi tashxis varaqasiga koʻzi tushdi va uni olib oʻqiy boshladi.
~saraton kasallik varaqasi - Kim Semi. Hayotni men bilan qilayotgan eng qoʻrqinchli hazili shu boʻlsa kerak. Bu tush boʻlsa iltimos kimdir kelib meni uygʻotsin, chunki bu meni vahimaga solyapti. Toʻgʻri men bir necha marotaba oʻzimni oʻldirishga harakat qilib koʻrganman, ammo hayotim shu kasallik sabab yakun topishini tasavvur ham qilmagan edim. Bu bir hafta oldingi kasallik varogʻi. Ha men kasalman, ya'ni - saraton. Allaqachon saratonning ikkinchi bosqichi kuzatilmoqda. Shifokorlikdan habarim boʻlmasada, ammo bu kasallik haqida bir qancha ma'lumotlarga egaman. Ya'ni buning yakuni oʻlim. Qoʻrqinchli eshtiladi toʻgʻrimi? Shifokorlarning aytishicha orqa miyyamda paydo boʻlgan oʻsimtani aperatsiya yordamida olib tashlashsa xavf ortda qolar ekan, lekin bu toliq tuzalib ketishim mumkin degani emas. Aynan shu meni xavotirga soldi, xotira yoʻqolishi...bundan tashqari aperatsiyadan tirik chiqish ehtimoli 50 ga 50 ekan. Buni eshitib goh yigʻlagim keldi goh kulgim keldi. Ikkala xolatda ham javobi aniq boʻlgan tashxis...yoki aperatsiya qildirib xotiramni yoʻqotaman yoki xotiralarim bilan oʻlimimni kutib yashayman. Men kimga qanday yomonlik qilgandimki hayot menga bu dardni taqdim etdi? Men bunga tayyor emasdim axir...varoqni oʻqir ekanman kasallik belgilari degan joyga koʻzim tushdi. Bosh ogʻrigʻi, tez-tez burun qonashi va tanadagi ogʻriqlar. Jin ursin, bularni barchasi menda kuzatilgan edi. Ammo men yetarlicha e'tiborsiz edim va endi buni badalini hayotim bilan toʻlaydiganga oʻxshayman. Hammasini oʻz xoliga tashlab qoʻyishni istayman. Omadim kelsa tirik qolaman, lekin bordiyu menga shu hayotni ham koʻp koʻrgan boʻlsa mayli oʻlimimni quchoq ochib kutib olaman. Zero bu hayotda meni ushlab turadigan hechnima yoʻq.
Shifokorlar bu haqida oilamga xabar berishimni aytdi, ammo men rad etdim. Chunki oilamdagilarning muammosi oʻzlariga yetib ortadi. Jisoo, Jimin va Sugaga ham bu haqda aytishni ma'qul koʻrmadim. Chunki oʻsha kuni ularni axvolini koʻrdim, hammasi xavotirda edi. Ayniqsa Jisoo, u eshitmasligi kerak. Agar u bilib qolsa yonimdan bir soniyaga boʻlsa ham ayrilmaydi. Ularni ham yetarlicha sarosimaga solib qoʻynagimni koʻrib biroz xafa boʻldim. Jiminga ham buni aytgim yoʻq, chunki hammadan ham koʻp u menga qaygʻuradi. Uni ham tashvishga solgim yoʻq. Ammo men hozir kimgadir bularning barchasini aytishni xohlayman. Ichimda meni kemiryotgan dardlarimni kimgadir toʻkib-sochishni xohlayman. Kimningdir quchogʻida baqirib yigʻlashni va u meni koʻzimdan oqqan yoshlarni artishini xohlayman. Meni maxkam bagʻriga bosib ovutishini xohlayman. Shunaqa vaziyatlarda seni tushunadigan insoning boʻlishini oʻzi bir baxt...
Varoqni va dori qutini joyiga qoʻydim va oʻrnimga yotish uchun tayyorgarlik koʻrar ekanman toʻsatdan balkon oynasidan eshtilgan ovozdan deraza tomon qaradim. Avvaliga e'tibor bermadim. Ammo yana shu xolat takrorlangach deraza yoniga keldim. Pardalarni bir chetga surib oynadan atrofga qaradim. Atrof tinch. Balkon eshigidagi kalitni sekin burab eshikni ochdim, tanamning ochiq qismiga urilgan mayin shamoldan entikib ketdim. Balkonga chiqib atrofga nazar soldim. Hammajoy tinch, lekin negadir gʻalati sukunat. Bu menga yoqmayotgandek edi. Toʻsatdan ortimdagi nigohlarni va yengil olinayotgan nafasni his qildim. Ha men adashmadim, ortimda kimdir bor va u meni kuzatmoqda. Huddi yirtqich hayvon oʻz oʻljasini yeyish uchun avval uni kuzatadigandek u ham meni sokin holatda kuzatmoqda. Ortga oʻgirilishga qoʻrqyabman, lekin majburman.
Qoʻrquv aralash nigoh bilan ortga oʻgirildim va haqiqatdan ham menga tikilib turgan bir juft qora koʻzlar bilan toʻqnashdim. Ha bu oʻsha. Ammo u bu yerga qanday chiqdi? Darvoza yonidagi qoʻriqchilardan qanday oʻtdi? Nega meni yonimga keldi? Unga savollarim juda koʻp, lekin ikkimiz ham bir ogʻiz soʻz demasdan bir-birimizga tikilib turibmiz. Goʻyoki kozlar suxbat qurayotgandek...u balkon eshigining orqa tarafidagi stulda utiribdi, men esa uning qarshisida hechqanday harakatsiz unga termulyabman. U sekin oʻrnidan turib men tomon qadam bosdi, oramizda tahminan 5 qadam joy bor edi, ammo u deyarli masofa qoldirishni istamaydi. Masofa borgan sari qisqarib borardi va shunga qoʻshilib mening yuragim ham qinidan chiqib ketgudek urardi....
Yotoqxona eshigi ochilib ichkariga kirib kelgan yigit xona markazida joylashgan yotoqda yopinchiqqa oʻrangancha tinch uxlayotgan qizni koʻrib tabassum qildi. Sekin yotoq yoniga yurib kelar ekan qizni yoniga oʻtirib uning yuziga termuldi. Koʻzlariga tushib turgan sochlarini ortga olib boʻyniga yaqinlashdi va iforidan chuqur hidladi. Yanogʻidan oʻpich qoldirar ekan qiz gʻingshigancha boshqa tarafga oʻgirilib oldi. Yigut esa uning ochiq qolgan yelkasini yopinchiq bilan yopdida xonadan chiqib ketdi. Xonadan chiqib pastki qavat tushdi va katta zalga kirib devanga oʻzini tashladi. Stol ustidagi sigaret qutisidan bitta sigaret olib olov yordamida uni yoqdi va lablariga olib kelib chuqur tortdi.
Sigaretni lablaridan uzoqlashtirar ekan burnidan va ogʻzidan chiqgan tuman kabi tutunning hidi bir pasda butun xonani egallab oldi. Qayta va qayta lablariga kelib urilgan sigaret ham tugay deb qolar ekan telefon jiringlashidan yigut qoʻlidagi sigaretni stol ustidagi maxsus idishchaga soldi va telefonga javob berdi
~tinchlik emas jin ursin, menga bu haqda qachon aytmoqchi eding Suga?
~uni shifoxonadan chiqganini qachon aytmoqchi eding, oʻzim bilmaganimda umuman aytmasmiding?
~doʻstim tinchlan, nega buncha vahima qilyabsan? Shifokorlar shunchaki toliqishdan deb aytdi
~Suga, bilib qoʻy uni bir joyi sababsiz tirnalsa ham sen javobgar boʻlasan
~xavotirlanma, uni yashirincha kuzatib yurgan odamlaringdan ham yaxshiroq himoya qilyabman
~sendan hechnimani yashirib boʻlmaydi
~ha shunday, aytgancha yuklar keldimi?
~yoʻq, hali kelganicha yoʻq. Janob Bernard seni ham kelishingni xohlagandi ammo men kelolmasligingni aytdim
~men bu safargi yukga bora olmayman. Bilasan Jisooni biroz tobi yoʻq
~ha aytgancha, bizda yana bir muammo paydo boʻldi menimcha, ya'ni senda
~Taehyung degan ulkan bir muammo
~Gretsiyadan keladigan yukni egasini taniysanmi?
~xoʻsh, buni nima aloqasi bor Suga, tushuntirib gapirsangchi
~shu kunlarda uni Semini yonida koʻp koʻryabman. Xira pashshadek qachon qarasa uni ortidan yuradi
~Suga, naxotki haligacha uni yoʻq qilmading, Semini yonida oʻralashayotgan boʻlsa menga buni endi aytyabsanmi?
~uni yoʻq qila olaman, ammo otasini kuch-qudratini ham bilasan doʻstim, yakkayu-yagona oʻgʻlini shunchaki oʻlib ketishini jimgina tomosha qiladigan odam emas u
~Suga gapni aylantirmay buni qilolmayman desang oʻzim ham hal qila olaman. Semini yoniga yaqin kelgan odamni yoʻq qilishga kuchim yetmasa men nima qilib yuribman
~Raxmat Suga, hammasi tugagach sevgilimni himoya qilishni sizlardan soʻrab ham oʻtirmayman.
Suga gapirmoqchi boʻldi ammo qoʻngʻiroqni yakunlanganini bildirubchi signalni eshitib fikridan qaytdi va kontaktlardan oʻziga kerakli boʻlgan boshqa bir raqamni topib qoʻngʻiroq qildi
~ertaga tushgacha Kim Taehyung bu hayotda boʻlmasligini taminlanglar. Hecqanday xatolarsiz...
Telefon ortidan javobni ham kutib oʻtirishni istamagan Suga telefonni oʻchirib devanga otib yubordi va boshini ortga tashlab koʻzlarini yumdi. Lekin toʻsatdan ortidan kelgan ovozdan sergak tortdi va ortga oʻgirildi
Suga Jisooning ovozini eshtib u tomon qaradi, u ancha uzoqroqda zina yonida turpbdi. Suga darxol choʻntagidan roʻmolchasini chiqarib stol ustidagi sigaret qoldiqlarini ustiga otib yubordi.
~Jisoo, sevgilim, nega uygʻonding?
~uygʻonib ketdim va sen yonimda yoʻq eding. Bu yerda nima qilyabsan?
~men haligi kompaniyaga bogʻliq ishlarni hal qilayotgan edim. Qani yuraqol men tugatdim uxlaymiz endi
Suga Jisooni yelkasidan qoʻllarini oʻtkazib uni zinadan yuqori qavatga yetaklay ketdi.
Axiyri oʻzimda kuch toʻplab unga savol berdim
~seni sogʻindim, korgim keldi va keldim
~men ham esingga tushar ekanmanda
~haa shoshma, esimda, meni kechir. Oʻsha kuni yoningga kelyotganimda toʻsatdan ortga qaytishga majbur boʻldim
~yaxshi, baribir seni kutmagandim. Jimin bilan oʻtkazdim tugʻilgan kunimni
Undan alamimni olish uchun ogʻzimdan shu gap chiqib ketdi. Unga tikilib turar ekan boshini pastga egib biroz tabassum qildi. Nima kulgili gap aytdimmi?
~meni gʻazablantirishni juda yaxshi eplaysan...
Toʻsatdan ulkan qoʻllar sabab qarshimdagi yigitning ulkan tanasiga yopishib qoldim. Koz ocib-yumguncha uning bagʻriga qanday qilib kirib qolganimni bilmayman. U oʻtkir nigohlar bilan menga termular ekan nafasi shundoqqina qulogʻim tagida eshtila boshladi
~bilasanmi, bu ahvolingda oʻzimni tutib turishim qiyin boʻlyapti
Jin ursin, egnimga kiygan tungi kiyimim esimga tushdi. Qulayroq bolishi uchun yengsiz kofta va kalta shortik edi. Hayrat bilan unga qaradim va lablarimga tekkan oʻzga lablarni his qilib koʻzlarimni qattiq yumib oldim. Issiq va mayin lablari meni aqildan ozdirardi goʻyo, tan olishim kerakki uning har bir harakati meni tamom qiladi. Lablarim ustida harakatlanayotgan moxirona lablardan sira ham ayrilishni istamasdim. Ammo men hissiyotlarimga yengilishni istamayman va uni oʻzimdan itarishga tushdim. U esa javoban ikki qoʻlimni ortimga qilib birlashtirib ushlab oldi va ortga qarab yura boshladi. Anglaganim shuki biz xona ichiga kirib qoldik va u hali ham boʻsani uzgani yoʻq. Qancha tipirchilasam ham unga tasir etmasdi.
Deyarli 5-6 daqiqalik boʻsa nafas yetishmasligidan uzilar ekan Semi tez-tez nafas olardi va u har nafas olganda koʻkragi yuqoriga va pastga harakatlanishini koʻrgan yigitni tobora xirsi uygʻonib ketardi. Qizni esa bundan xabari yoʻq va qarshisidagi yigitning yuziga tarsaki tortib yubordi.
~daf boʻl bu yerdan, yoʻqsa baqiraman
~tishhh, tinchlan yovvoyi mushukcha, vahima koʻtarishga xojat yoʻq
~mendan boʻsa olishga qanday hadding sigʻyapti
Qizning gapi yakunlanmasdan yana lablarida oʻzga lablar hukumron edi. Qanchalik oʻzini ortga tortmasin Taehyung bir qoʻli bilan boʻynidan ikkinchi qoʻli bilan uning nozik belidan ushlab oʻziga tortaverardi. Bora-bora kuchi qolmagan qiz tinchib qoldi. Taehyung ishida davom etarkan Semi hozir uning mayin va extirosli boʻsalariga qanday qilib javob qaytarib qoʻyganini bilmas edi. Ammo Taehyung sezdi, his qildi, u javob qaytarganini his qildi va ichida xursand boʻlib ketdi. Tobora boʻsani chuqurlashtirar ekan qizni nafas olishi sekinlashganini sezib boʻsani uzdi, lekin undan uzoqlashmadi
~va'da berib aytamanki, aqling va yuraging doim meni deb uradi, yuragingga ismimni oʻyib yozgan kunim butun vujuding bilan menga tegishli ekaningni his qilasan....
Qorongʻu omborxona ichida yerdagi jasadga tikilib turgan yigit choʻntagidan telefonni chiqarib oʻziga kerakli boʻlgan raqamlarni terdi va qoʻngʻiroq qila boshladi
~janob Bernard, hammasi siz aytgandek bajarildi. Xoin topib oʻldirildi
~barakalla Chon, sen bilan faxrlanaman. Ertaga yonimga kel
Telefonni oʻchirgan yigitning yoniga ikkita qoʻriqchi kirib keldi
~bu jasadni qutiga solib chiroyli qilib qizil lenta bilan oʻrang va Devidga yuboring
Qoʻriqchilar yerdagi jasadni sudrab ketishgach yigit qoʻlini yuvish uchun xona burchagidagi rakvina yoniga keldi va suvni ochib yaxtay suvga qolini tutdi. Qoʻlidagi qon dogʻlari sekin-asta yuvilib ketar ekan u bir muddat tikilib qoldi...
~vazifamni bajargan kunim bari tugaydi va men bu guruxdan chiqaman....