August 10

Stay with me / Ep-16

"𝙇𝙤𝙫𝙚 𝙞𝙨 𝙨𝙤𝙢𝙚𝙩𝙞𝙢𝙚𝙨 𝙣𝙤𝙩 𝙖 𝙨𝙖𝙡𝙫𝙖𝙩𝙞𝙤𝙣, 𝙗𝙪𝙩 𝙩𝙝𝙚 𝙢𝙤𝙨𝙩 𝙗𝙚𝙖𝙪𝙩𝙞𝙛𝙪𝙡 𝙛𝙤𝙧𝙢 𝙤𝙛 𝙥𝙖𝙞𝙣."

Qorongʻu xona boʻylab faqatgina shisha idish va stakanni ovozi chiqardi, stakanga sharobni quygan yigit alam va gʻazab bilan bir koʻtarishda idishni boʻshatardi. Idish boʻshab qolishi bilan chetga uloqtirardi va yana yangi ichimlikni ochgancha bir pastda ichib tugatardi. Koʻzlari qizarib tobora ichini kuydiryotgan alanga uni yoqib kul qilardi. Gʻazabini nimadan olishni bilmasdan qoʻlidagi stakanni otib yubordi, devorga urilgan stakan parchalanib yerga toʻkildi. Shu payt eshik ochilib odam soyasi koʻrindi, ichkariga kirgan inson chiroqni yoqdi va yerda devorga suyanib oʻtirgan yigitga koʻzi tushdi. Xoʻrsingancha sekinlik bilan uning qarshisiga kelib u qatori yerga egildi
~nima qilyabsan?
~Nega kelding?
~senga aytgandim, Koreyaga qaytma degandim, mana endi axvolingni koʻr. Jeon Jungkookning axvoli shumi?
~bas qil Yoongi, ma'ruza eshitishga tobim yoʻq
~sen doim meni gaplarimga quloq solmagansan, ana endi jabrini koʻryabsan
~Nega kelding? Maqsadga oʻt
~Bernard seni olib kelishimni aytdi, tugallanmagan ish bor ekan. Meni axvolimni bilasan Jisooni yolgʻiz qoldira olmayman
~Jisoo Jisoo, undan boshqa darding bormi seni oʻzi, nega doim barcha ishni men qilishim kerak?
~chunki Bernard shuni xohlayapti, nima uni rad etmoqchimisan?
Jungkook bir muddat jim turdi va boshini yerga egib chuqur nafas oldi
~oʻzingga kel doʻstim, seni bu axvolga solganni jazosini berish uchun ham kuchli boʻlishing kerak
~u meni rad etdi, oʻsha iflosni deb meni rad etdi tushunyabsanmi? Kecha paydo boʻlgan itvachchani deb meni rad etdi
~unda uni majburlab olib ket, bu sen uchun qiyinmi?
~shunchaki unga ozor bermasdan tinch yoʻl bilan xal qilmoqchi boʻldim, ammo men nimani eshitdim, uning tilidan oʻsha iflosni ismini eshitdim
~yakunlolmagan ishimni yakunlashimni xohlaysanmi? Birgina javob va men buni bajaraman
~yoʻq, uni xayotiga nuqtani biz emas boshqa biri qoʻyadi
~Kim?
~vaqti kelsa bilib olasan Yoongi, mayli tayyorgarlikni koʻravering, ketish kerak boʻlsa ketamiz
~Semichi
~men qayerda boʻlsam u ham oʻshayerda boʻladi
Jungkook iblisona tabassum qilgancha oʻrnidan turib xonadan chiqib ketdi, Yoongi esa yerdagi boʻshagan shishalarga qaragancha jim qoldi
~Koreya senga yaxshilik keltirmadi doʻstim

Jungkook pastki qavatga tushib oshxona yonidagi xonaga kirdi va chiroqni yoqdi. Ulkan xona boʻylab yorugʻlik paydo boʻldi, xona oʻrtasida joylashgan ulkan basseynga qoʻlini tiqib suvning haroratini tekshirdi. Egnidagi mayka va shortikdan xalos boʻlgancha oʻzini suvga tashladi. Tanasiga tekkan sovuq suv goʻyoki unga roxat bagʻishlardi. Tanasi suv ostida shu qadar mukammal ediki har suv yuziga chiqqanda badanida kichik tomchilar sirgʻalardi. Birozdan soʻng tanasida sovushni xis qilib biroz yengillashdi, basseynning chetiga chiqib suyangancha koʻzlari yumuq xolda nafasini bir maromga keltirardi. Kechagi voqealarni va qizning gapini miyyasidan oʻchirish uchun u bor kuchi bilan harakat qila boshladi

Flashback

~Jungkook, bunday qilma. Oʻzingni ham meni ham qiynashni bas qil. Seni tushunaman, ammo kechir, endi barchasiga kech boʻldi
~bu bilan nima demoqchisan? Nega kech boʻladi? Yoki sen...
Jungkook hayoliga kelgan fikrdan qotib qoldi, yuragi gupullab ura boshladi, qarshisidagi qiz esa bir soʻz demay nigohini boshqa tomonga qaratdi
~gapir, nega jimsan? Men oʻylagan narsa emas shundaymi? Sen oʻzgasini deya olmaysan?
~bas yetar, shunchaki sen bilan ketishni xohlamayman. Toʻgʻri boshqa mamlakat, yangi xayot va yangi odamlar orasida yashashni xohlayman, ammo sen bilan emas
~bu nima degani? Nima men bilan yashashni xohlamaysanmi? Menga yaxshilab qara jin ursin men oʻsha sen sevgan Jungkookman, bir paytlar telbalarcha sevgan Jungkookman, sen uchun hamma narsaga tayyor boʻlgan Jungkookman. Naxotki unutding?
~bizni sevgimiz ancha oldin tugagan Jungkook, endi bu gaplardan nima foyda?
~uni sevasan shundaymi? Unga nisbatan xislarin bormi?
~.....
~bilasanmi, u meni yonimga keldi
Semi Jungkookning koʻzlariga boqdi
~u sen bilan, haligi....sen bilan....birga boʻlganini aytdi, bu yolgʻon shundaymi? Sen unaqa qilolmaysanku? Semi bu yolgʻon de
Semi bu gaplarni eshtishi bilan nafasi ichiga tushib ketdi, qanday qilib yolgʻon deya oladi, axir buning barchasi rostku. Semi gapirishga harakat qildi, ammo u nima deyishni bilmasdi, lablari qaltirab turardi. Bu sukut esa Jungkookni borgan sari xunob qilardi. Qizning bu sukutidan angladiki barchasi rost. Jungkookning oyoqlari qaltirab ortga ikki qadam tashladi, koʻzlarida yosh yaltirab turardi. Semiga boshdan oyoq bir nigoh tashladi va sekin qadamlar bilan mashinasiga joylashdi. Uni harakatlarini kuzatib turgan qiz esa ich-ichidan xafa boʻlib ketdi, nima boʻlganda ham uni qattiq xafa qilganini angladi.

Flashback end

Jungkook shu hayollar bilan sekin koʻzlarini ochdi, biroz boʻlsada oʻziga kelgach xotirjam xolda suvdan chiqdi, belidan pastini sochiq bilan oʻradi va shu yerda joylashgan ichimliklardan birini ochib stakanga quydi va muz solib icha boshladi

~janoblar, oʻyin endi boshladi, Jeon Jungkook xisob soʻrash uchun otlanyapti

~ertalabdan uygʻonishim bilan birinchi qiladigan ishim bu oʻz vaqtida dorilarimni qabul qilish boʻldi. Jin ursin, dorilarni yomon koʻraman. Balkonga chiqib toza havodan toʻyib nafas oldim, tabiatga nazar solgancha biroz boʻlsada yuzimga tabassum aks etgandek boʻldi. Kechagi voqeadan soʻng tuni bilan koʻzimga uyqu kelmadi. Qachon uxlab qolganimni ham bilmayman, Jungkookning gaplari hali ham qulogʻim tagidan ketmasdi, uning har bir harakati va soʻnggi nigohi koʻz oldimda tinmay gavdalanaveradi. Nigohi esimda, koʻzlaridagi yaltiragan yosh hamon meni aqildan ozdiradi.
Birdan telefon jiringlashidan sergak tortdim va devan ustida turgan telefonni olib ekranga nazar soldim, Jungkook? Bu Jungkook edi, ertalabdan nima ishi boʻlishi mumkin? Ikkilangancha yashil tugmachani bosdim va telefonni qulogʻimga yaqin olib keldim
~Jungkook?
~Semi, seni bezovta qildimmi?
~yuq yuq, gapiraver
~har doim koʻrishadigan joyimizga kela olasanmi? Soʻnggi martt, iltimos
Bir muddat sukut saqladim, u hali ham telefon ortida mening javobimni kutardi. Soʻnggi bor? Bu nimani anglatadi?
~yaxshi, hozir boraman
Qoʻngʻiroqni yakunlagach hayollarim tarqab ketdi, chalkashlik. Hayolim uning gaplari bilan band edi...

...

~u bilan har doim koʻrishadigan joyimiz bu sohil boʻyi edi, mashinadan tushib yoʻlak boʻylab yurib bordim va sohil boʻyidagi oʻrindiqda oʻtirgan yigitga koʻzim tushdi, u har doim meni shu xolatda kutardi. Hayollarim birdan meni xotira sari yetakladi va uloqtirib yubordi. Gʻalati xissiyotni xis qildim, bu ogʻriqli. Sekin qadamlar bilan u tomon yurib borardim, u dengizga termulgancha sokin edi.
~salom
U birdan men tomon qaradi va hechnima demasdan yoniga oʻtirishimga ishora qildi. Qayta nigohlari dengizni kuzatardi, men esa bir soʻz demay u nimadir deyishini kutardim.
~Jungkook men...
~sen bilan ilk uchrashgan paytimiz esingdami?
~buni unutib boʻlmaydi
~oʻshanda seni shu yerda uchratganman, nigohlarimiz toʻqnashgan paytdan boshlab koʻzlaringga asir boʻlganman. Bir koʻrishdagi muxabbat desa ishonmasdim, ammo oʻshanda seni uchratgach bu safsata emasligini anglaganman. Keyin seni kuzatdim, bu yerga tez-tez kelarding, zimdan ssni kuzatish menga yoqardi. Oʻqish joyinggacha surishtirdim va direktordan sizlarni guruxinggizga olishi uchun qancha yalinganlarim esimda. Qisqa vaqt oʻtgach niyatim yetgan edim, sen tomon qadam tashladim va biz baxtli onlarni boshdan kechiryotgan edik
~toki sen meni tashlab ketmaguningcha
Jungkook birdan qiz tomon qaradi
~yagona sababing shumi Semi? Faqat meni ayblayabsan, naxotki sevgimizni zarracha boʻlsa ham hurmati yoʻq edi, sen uchun shu yerga qaytish uchun qancha harakat qilganimni bilmaysan
~endi oʻtmishni kavlashdan nima foyda Jungkook
~toʻgʻri bundan foyda yoʻq, kechagi suxbatdan soʻng men oʻylab koʻrim, balki senga loyuq emasdirman degan fikrga keldim.
Jungkook birdan oʻrnidan turdi, yosh toʻla koʻzlari bilan qizga qaradi. Semi ham oʻrnidan turdi
~men ketyabman Semi, hayotingdan butunlay chiqib ketmoqchiman
~qayerga ketyabsan?
~qayerdan kelgan boʻlsam oʻshayerga
Jungkook birdan qoʻpol harakat qilib qizni bagʻriga bosdi, qizning kichik tanasi uning ulkan bagʻrida yoʻq boʻlib ketdi. Qoʻllar maxkam kichik tanani quchar ekan qoʻyib yuborishni hayoliga ham keltirmasdi.
~Jung..kook
~tshshsh, bilasanmi men seni tark etishim kerak deb uzoq oʻyladim, ammo keyin oʻylab qarasam endi buni iloji yoʻq ekan.
Tezkorlik bilan qizni ochiq boʻyniga choʻntagidan chiqargan shprist yordamida dori yubordi. Bagʻridagi qizni boʻshatib qoʻlidan tutdi
~n.nima qildi..ng?
Semining koʻz oldi qorongʻulasha boshladi va tanasi oʻziga boʻysunmasdan oyoqlarida mador qolmagandek edi. Sekin yerga oʻtirib qoldi, tez-tez nafas olgancha uni yuqoridan kuzatib turgan yigitga boqdi. Jungkook xotirjam qiyofada u qatori yerga egildi va yuziga tushgan sochini sekin oldi va qulogʻi ortiga oʻtkazdi.
~sen doim Jungkookniki boʻlgansan, buni qanday unutding?
Qizning koʻzi yumilib tanasi yerga qular ekan yigit tezlik bilan uni koʻtarib oldi va sohildan uzoqlashib yoʻl chetidagi mashinaga qizni joylashtirdi

6 Soatdan soʻng
Jungkook samalyot oynasidan termulib ketar ekan nigohlari oʻzgarmas qiyofada bir nuqtaga termulgancha uzoq hayol surdi. Havoda suzayotgan oq bulutlar goʻyoki uning hayollarini olislarga yetaklab ketardi. Nigohlarini oynadan olib telefoidagi soatga qaradi, oʻrnidan sekin qoʻzgʻalib yoʻlak oxiridagi eshikni ochib xonaga moʻraladi. Yotoqda hali ham bexush yotgan qizni koʻrib bir muddat unga uzoqdan tikildi. Ulkan yotoqdagi kichik jussa yoniga yaqin keldi, yotoqning bir chetiga oʻtirgancha unga termuldi. Uni yaqindan kuzatishdan baxra olayotgandek edi. Qoʻli bilan qizning oppoq yuzini silar ekan yuziga tushgan bir tutam sochini orqaga oldi. Oppoq va silliq yuz, uzun kipriklar va pushti lablar Jungkookni asir qilgan edi.
~sen....doim, har nafasingda meniki eding, birinchi uchrashgan kunimizdan boshlab Jungkookniki boʻlgansan. Shu tun kabi qora koʻzlaringni asiri edim men, senga boʻlgan hislarim zarracha oʻzgargani yoʻq Semi, aksincha kundan-kunga senga boʻlgan sevgim kuchaymoqda. Nima qilay? Seni oʻsha Taehyungga berib yuborishim kerakmidi?
Jungkook turli xil harakatlar ila uxlayotgan qizga gapirar ekan uni chetdan kuzatib turgan Yoongi Jungkookni bu axvolidan xavotirga tusha boshladi, negaki uni uzoqdan kuzatgan inson sogʻ odam deya oʻylamasdi, harakatlari huddi psixlarnikidek, qizning qoʻllarini qattiq siqqancha telba inson kabi gapirardi.
~qara, qara Semi, baribir seni oʻzimniki qilyabman, men senga egalik qilyabman, xoʻsh aytchi qani endi oʻsha Taehyung?
Birdan xonada yigitni kulgusi jarangladi, ammo soniya oʻtmasdan u jim boʻldi va birdan jiddiy qiyofaga kirib oldi
~xooy, senga bir sirni aytaymi?
Jungkook qizning qulogʻiga pichirladi
~toʻy kunimizda senga sovgʻa sifatida uning jasadini bermoqchiman
Baland kulgu ovozi, Yoongining xayratli nigohi va Jungkookning qarsak chalib kulishi odamni vahimaga soladi. Jungkook birdan qoʻli bilan ogʻzini yopdi, koʻzlari kattalashib ketdi
~vooy, yoʻq. Men surprizni senga aytib qoʻydimku sevgilim, axmoqman jin ursin. Ammo sen bularni eshitmaganlikka ol hoʻpmi?
~Jungkook
Ortiq bu telbalikka jim qarab turishni xohlamagan Yoongi Jungkookni chaqirdi, birdan ortga oʻgirilgan Jungkook oʻrnidan tezlik bilan turib eshik yoniga keldi
~gaplashib olishimiz kerak
~yaxshi men xozir chiqaman
Yoongi oxirgi bor hechnimadan bexabar uxlayotgan Semiga bir qarab qoʻydida eshikni yopgancha chiqib ketdi

...

~nima gap?
Jungkook qoʻliga sigaretini tutatgancha Yoongining qarshisiga joylashdi
~dori qabul qilyabsanmi?
~bu birinchisi emasku, muammo bormi?
~menimcha sen biroz kamaytirishing kerak, yuzingni oynada koʻrdingmi?
~yuzimga nima qilipti?
~Jungkook, dozani biroz kamaytir, sen qabul qilayotgan dori eng kuchlisi buni bilasan, shundaymi?
~agar shu masala boʻyicha meni chaqirgan boʻlsang unda men keta qolay
~bu uchun emas, ya'ni, Bernard Taehyungni chaqirtiripti deb eshitdim
~bu biz uchun yomonmi?
~sen undan Semini uzoqlashtirishga harakat qilganing sari u biz tomon harakatlanyapti, bundan bezovta emasmisan?
~xavotirlanishga sabab yoʻq, demak oʻzi ajalini izlab oyogʻim ostiga kelyapti. Bu bizning foydamizga
~bilasan, tashkilot a'zolarini oʻldirib boʻlmaydi....ya'ni sen uni oʻld
~uni men oʻldirmayman, aytganimdek u uchun mukammal bir rejam bor
~seni hechqachon bilib boʻlmaydi, har narsani ichingda saqlayverma, men doʻstingman axir
~kichik narsadan vahima koʻtarma, shunchaki hammasini vaqtga qoʻyib ber va kuzat. Kim Taehyungni oʻlimini maroq ila kuzatadigan kunimiz yaqin doʻstim
Jungkook lab chetida kulgancha qoʻlidagi sigaretini stol ustidagi kichik idishchaga tashladi, Yoongi oʻtkir nigohlari ila bir muddat miyyasida uning gaplarini tahlil qilar ekan chuqur nafas olgancha boshini egdi. Jungkook nigohlarini qayta oynaga qaratdi va tabassum qilishdan sira toʻxtamasdi

~koʻzlarimni sekin ochar ekanman holsiz tanamni sekin koʻtardim. Boʻynimdagi ogʻriq sabab yuzimni burishtirgancha ingrar ekanman sekin atrofga koʻz yugurtirdim. Tok urgandek koʻzlarim moshdek ochilib ketdi, ana endi qayta atrofga alanglab oʻzimni xonamda emasligimni payqadim, bu qayer oʻzi? Qorongʻu xona, oʻrtada yotoq, oyna va ikki yonda tumba, kichik derazadan kirgan yorugʻlik koʻzimni qamashtirdi. Bu tushmi? Oʻrnimdan turib sovuq polga oyoq qoʻyishim bilan etim junjikib ketdi, tanam boʻylab sovuqlikni xis qildim. Derazadan atrofga qarar ekanman baland binoning nechinchidir qavatida ekanimni sezdim, taxminan oʻninchi boʻlsa kerak. Payqaganim shuki bu yer Koreya emas, havosi, manzarasi, odamlar, uylar , shahar. Men qayerdaman oʻzi? Hayrat bilan ortga oʻgirilishim bilan eshik yonida meni kuzatib turgan insonga toʻqnash keldim. Qiziq, eshik qachon ochildi? Nega men sezmadim? Bu Jungkook, u bilan oxirgi suxbatimizni eslashga harakat qilar ekanman u men tomon kichik qadamlar ila yurib kelardi. Birdan barchasi esimga tushdi, shprist? U menga qanaqadir dori yuborgandi, tezlik bilan boʻynimni ushladim, ukol izi hali ham bor va bu ogʻriq bermoqda. U kulgancha mendan nigohlarini uzmasdi, oramizda bir metr masofa qolgach toʻxtadi.
~ogʻriq bormi?
U koʻzi bilan boʻynimga ishora qildi. Qoʻlimni tushirgancha unga tikildim, bu men bilgan Jungkookning nigohlari emas edi, goʻyoki oʻzga inson uning ichiga kirib olgandek
~men...qayerdaman? Menga nima qilding?
~Biz Germaniyadamiz
Jungkookning xotirjam aytilgan bu soʻzlari meni telba qilib qoʻyay dedi.
~seen....sen nima deyabsan? Qanaqa Germaniya? Telbamisan?
~bu biroz muddatga, shunchaki seni xavfsizliging uchun
~meni xavfsizligim uchun? Qanday xavf Jungkook? Tushunmayabman
Tobora jazavaga tushayotgan qizni axvolini koʻrgan Jungkook uning qoʻlidan tutdi
~menga qara, koʻzlarimga qara, shunchaki menga ishon hoʻpmi? Bu uzoqqa choʻzilmaydi, men buyerda ishlarimni hal qilishim bilan birga ketamiz, ungacha aqilli qiz boʻlib oʻtir hoʻpmi?
Semi uning nigohlaridan koʻzini uzmadi va bir qadam ortga tashlab qoʻlini tortib oldi
~bu..bu...axmoqlik, sen qanday qilib meni olib ketishing mumkin?
~barchasini sen uchun qildim, ishonamanki bir kun buni anglaysan
~kerakmas jin ursin, men uchun hechnima qilam, sendan soʻradimmi? Qanaqa xavf, qanaqa xavfsizlik?
Semi bor ovozi bilan baqirib yigitning yoqasiga yopishdi
~qaytar, qaytar meni uyimga. Sen telba, aqildan ozgan axmoq, nima haqqing bor edi meni olib ketishga?
Jungkook qizni bir urinish bilan yoqasidan tutgan qoʻllarini ushladida qizning kichik tanasini bir qoʻlda koʻtarib yotoqqa qulatdi. Ogʻirligini tashlamasdan uning ustiga chiqdi, boʻynidan sekin ushlagancha ikkinchi qoʻli bilan tipirchilayotgan qizni ikki qoʻlini yuqoriga maxkamladi
~menga qara, xafa qilib qoʻymay, senga ozor bermay deganim sari haddingdan oshyabsan. Menga bu ohangda gapirishga qanday hadding sigʻdi? Shu yerda men bilan qolasan, gap tamom. Men nima xohlasam shu boʻladi
Jungkook jahl qilgancha gapini yakunlab qizning ustidan turdi va eshik tomon yurdi. Semi esa karaxt xolda gavdasini koʻtardi
~agar bularning barchasi mening xavfsizligim uchun boʻlsa mayli meni ximoya qil, faqat oʻzingdan, oʻzingdan meni ximoya qil.
Semining gapidan joyida toʻxtaga Jungkook ortga oʻgirildi
~mendan?
~xa oʻzingdan, chunki buyerda sendan boshqa xavfni koʻrmayabman Jungkook
Jungkook uzoqda rurgan qizning koʻzlaridagi yoshni payqadi, nimadir demoqchi boʻldi lekin fikridan qaytdi va hechbir soʻzsiz xonadan chiqib ketdi. Semi u chiqib ketishi bilan devorga suyangancha yerga oʻtirib qoldi, koʻzlaridan shashqator yosh oqa boshladi, besh daqiqadan soʻng xona eshigi taqilladi va oʻrta yoshli ayol patnis koʻtargancha xonaga kirdi
~xonim, bu ovqatni yeb olarkansiz
Xizmatkor ortiqcha gapirmasdan xonadan chiqib ketdi, Semi oʻrnidan turib ovqatni olgancha xonaning bir burchagiga otib yubordi. Qoʻliga ilingan narsani olib duch kelgan joyga uloqtira boshladi, baqirgancha yigʻlar ekan tanasidagi gʻazabni qanday chiqarishni bilmasdi. Xolsiz tanasi yotoq ustiga quladi, koʻzlaridan yosh oqdi va sekin koʻzini yumdi

Ulkan va hashamatli uyning hovlisiga kirib kelgan mashinadan tushgan Jungkook qoʻliga mashinaning orqasidan olgan qora chamadonni koʻtargancha uy tomon yurdi. Ichkariga kirishi bilan oʻtkir sigaret hidi dimogʻiga urildi, zalda Bernard va Yoongi suxbatlashib oʻtirganini koʻrib ular tomon yurdi va Bernardga sekin bosh egib ta'zim qilgancha Yoongini yoniga joylashdi
~seni yana yonimda koʻrganimdan xursandman Chon, qaytmaysan deb oʻylagandim
~qaytishdan boshqa choram ham yoʻq edi janob
~yolgʻiz kelmabsan deb eshitdim
~haa, haligi u bir muddat men bilan boʻladi
~Jungkook, u qiladigan ishing haqida biladimi?
~yoʻq janob
~extiyot boʻl, birgina notoʻgʻri xarakat va sen qoʻlga tushasan. Bilasan seni deyarli barcha mamlakatda qidiruvga berishgan, ular seni izingni topishsa men yordam berolmay qolishim mumkin
~janob u ishonchli odam
~sen shunday oʻylashing mumkin, har extimolga qarshi ogohlantiryabman
~yaxshi sizni tushundim
~ertaga majlis bor, Hanbinni oʻgʻli ham keladi, ishonamanki u bilan kelishib ketasizlar
Jungkook va Yoongi bir-biriga qaragancha kichik tabassum qildi
~albatta janob, mana bu Thailandga sotilgan molning puli
Jungkook jamadonni Bernardga uzatdi
~kelishing bilan ishga shoʻngʻib ketibsanda, mayli sizlarga omad yigitlar
Bernard oʻrnidan turib yuqori qavatga chiqib ketdi
~ertaga majlisni sen tashkil qil, meni ishlarim bor edi
~yaxshi Jungkook

...

Yarim tun, Semi xona eshigini sekin ochib moʻraladi, qodnidan chiqayotgan ovozdan hijolat boʻlgancha qornini ushlab yoʻlak boʻylab yura boshladi, Jungkookka duch kelmaslik uchun qaltis harakat qilmay chiroqlarni ham yoqmadi, extiyotkorlik bilan harakat qilgancha oshxonaga kirdi. Muzlatgichni ochib bir muddat termuldi, hamma narsa bor ammo nima yeyishni bilmasdan suv olib icha boshladi. Sovuq suv tanasini biroz sovutdi, chuqur nafas olgancha boshini egdi. Toʻsatdan ortidan kelib quchgan qullar uning kichik tanasini maxkam quchdi. Qorongʻuda kimligini bilmagan Semi tipirchilar ekan Jungkookning ovozini eshitgach jim qoldi
~tinchlan, bu men. Mendan boshqa kim ham senga tegina oladi?
Jungkookning ovozidan u mastligini sezgan Semi shunchaki ortiqcha gapirishni xohlamay jim turdi, ammo bu sukut yigitni gʻazablantira boshlagan edi. Qoʻpol harakat bilan qizni oʻziga qaratib yengil harakat bilan uni stol ustiga oʻtqizdi, oʻzi esa uning oyoqlarini ochib orasiga joylashdi.
~mendan xali ham hafamisan?
~men sening qoʻgʻirchogʻing emasman Jungkook, nima desang shuni qiladigan. Men erkin inson edim, meni izlamaydi deb oʻylaysanmi? Oilam allaqachon xabar topgan
~bu kichik boshingni buncha koʻp oʻylashga urintirma, oilangga keladigan boʻlsak allaqachon ularni hal qildim xavotirga oʻrin yoʻq sevgilim
~xudo biladi ularga qanday yolgʻon aytgansan
~ha aytganingdek buni faqat men va xudo biladi, sen bilishing shart emas
Jungkook qoʻllari bilan qizning yanoqlaridan tutdi
~bilasanmi, men senga ozor bergan hammani oʻldira olaman, ammo seni emas. Mayli meni yomon koʻr, sevma, nafratlan, ammo senga boʻlgan sevgimga shubxa bilan qarama
Jungkook qizning boʻyniga egilgancha sochlaridan xidladi va ochiq boʻyniga tishlarini botirdi, Semi hechqanday harakatsiz jim edi. Jungkook qizning boʻynini tishlar ekan achishish sezgan qizning yuzi biroz burishdi, qoʻllari bilan Jungkookni itarishga harakat qildi. Jungkook uzoqlashgancha izga termuldi va barmoqlari bilan ustidan silay boshladi
~bu izni doim senda koʻrishni xohlayman, agar u uchib ketadigan boʻlsa men uni yangilashdan aslo charchamayman
Jungkook qizga qaradi, uning pushti lablari yigitni oʻziga jalb qilaverardi, tezlik bilan qizning lablariga yopishdi. Semi oʻzini ortga olmoqchi boʻldi, boʻynidan tutgan Jungkookning qoʻli esa bunga imkon bermadi
~uning soʻzlarini tinglar ekanman tezlik bilan lablarimga yopishgancha mendan boʻsa ola boshladi. Alkogol ta'mini sezishim bilan gʻalati boʻldim, u lablarimdan birin-ketin shimib boʻsa olar ekan qochishni foydasi yoʻq edi. Boʻynim va belimdan tutgan qoʻllar bunga imkon bermasdi. U tobora chuqurlashdi, belimdan tutgan qoʻli kiyimim ichiga qarab harakatlandi. Issiq badanimga tekkan sovuqlikdan bexuzur edim

Qon ta'mini sezdim, lablarimni tishlagach qon oqib chiqdi, ammo u shunga ham qaramasdan boʻsani uzmadi. Qon va alkogol aralashmasi goʻyoki uni chegaradan chiqargandi, ya'ni yirtqichga aylanib borardi. Nafas yetishmasligidan boʻsani uzdida stol ustidan meni koʻtarib oldi. Yoʻlak boʻylab yurib meni xonaga olib kirdi va yotoq ustiga sekin joylashtirdi. Uning har bir harakatini diqqat bilan kuzatardim, boʻyinbogʻini boʻshatib egnidagi koʻylagining tugmalarini yecha boshladi, hozir nima boʻlishini taxmin qilgancha nafasim ichimga tushib ketdi
~Jungkook
Sekin shivirladim, bu qoʻrquvdanmi?
Jungkook yalang tanasi bilan meni ustimga bostirib keldida egnimdagi koʻylagimga yopishdi, men esa uning qoʻllariga.
~nima qilyabsan? Unday qilma
Umid nigohlar bilan unga qaradim, ammo unda hechqanday oʻzgarish yoʻq edi, soʻzsiz ishida davom etdi. Egnimdagi koʻylakni bir urinish bilan yechib tashladi, qoʻlim bilan ochiq tanamni yopishga harakat qilar ekanman tanamni yotoqqa itarib yubordi.
~bilasanmi, shuncha vaqt sen bilan munosabatda boʻlgan boʻlsam ham senga qoʻlimni uchini ham tekkizmagandim. Doim seni avayladim, senga ozor berishni xohlamadim. Lekin sen nima qilding?
Jungkook qoʻlini qizning badanida sayr qildira boshladi
~menga tegishli boʻlgan tanaga boshqa bir qoʻl tegishiga ruxsat berding. Aynan bugun barchasi uchun javob berasan, xar bir ishning javobi bor Semi
~iltimos
Qizning bu shivirlab aytilgan gapi, qoʻrquvdan dir-dir titrayotgan lablari va tanasidagi titrash yigitni zavqini oshiradi

Ochiq balkonda telefon ekraniga termulib turgan Taehyung ertalabdan buyon bir xil telefon raqamga toʻxtovsiz qoʻngʻiroq qilardi. Ammo har doim bir xil javob, ya'ni telefon oʻchirilgan degan javobdan borgan sari asablari taranglashardi. Hozir ham tanasidan qaynab chiqayotgan gʻazabini boshqara olmasdan telefonni xonaning bir burchagiga otib yubordi
~qayerdasan jin ursin, hechqayerda yoʻq
Asabiylashgancha devorga musht tushirdi. Birdan eshik ochilib otasi kirmaguncha ogʻzidan turli xil soʻkinishlar otilib chiqdi
~bu nima axvol
~axvolimga nima qilipti?
~oynada yuzingni koʻrdingmi? Oʻzingga kelda tayyorgarlik koʻr. Ertaga Germaniyaga uchamiz birinchi reys bilan
Hanbin xonadan chiqishi bilan yigit chuqur nafas oldi va yotoq chetiga oʻtirdi
~jonimga tegdinggiz hammanggiz
Taehyung tanasini yotoqqa tashladi va koʻzlarini yumdi
.
.
.
.
.
Maroqli mutolaa
By #Semi || @glamour_fanfic