Deceived
~Sening sevgi toʻla nigohing mening yakunim edi....
Shifoxona yoʻlagida asabiy oʻtirgan yigit goh-gohida qarshisidagi eshikka qarab qoʻyardi. Keskin harakat bilan oʻrnidan turdi va qoʻllari bilan sochini ortga tarab chuqur nafas oldi. Toʻsatdan eshik ochilishi uni ortga qayrilishiga sabab boʻldi
~tinchlikmi? Jiddiy muammo yoʻqmi?
Jungkook shifokorning yoniga kelib uni soʻroq qila boshladi
~janob xavotirli narsa yoʻq, endi ayolinggizni asrashinggiz kerak, ikki kishi uchun javobgarsiz. Tabriklayman, yaqinda ota boʻlasiz
Shifokorning gapidan hayratlanib koʻzlari porlab ketdi. Orqa tomondagi eshikdan Safi chiqib kelar ekan Jungkook uning yoniga borib maxkam quchib oldi
~rostmi shu? Safi, bu haqiqat shundaymi?
~Jungkook, barchasi haqiqat. Siz ota boʻlasiz
Jungkook qizning mayin sochlariga yuzini koʻmgancha quloqlari tagida pichirladi
~Raxmat, menga bu baxtni hadya qilganing uchun senga raxmat
Soat tungi oʻn ikkini koʻrsatar ekan ulkan qoʻrgʻonga kirib kelgan qora rangli mashina hovlida toʻxtadi. Jungkook bir necha daqiqa mashina ichida oʻtirgancha rulga boshini qoʻyib qoʻllari bilan maxkam siqdi. Goʻyoki uning ichida tushunib boʻlmas xislar qoʻzgʻalib chalkashlik paydo qilgandek edi. Sekin mashina eshigini ochib ogʻir qadamlar ila atrofga qaradi va ikkinchi qavatdagi xonaning chirogʻi hali ham yoniqligini koʻrdi. Holsiz qadamlar ila uyga kirib zinalardan yuqoriga koʻtarildi, oʻziga kerakli boʻlgan xona qarshisiga kelib kirish yoki kirmaslikni koʻp oʻyladi va oxiri eshik tutqichini sekin pastga burab ichkariga kirdi. Xona boʻsh, balkon eshigi ochiq, salqin va mayin shamol xona boʻylab aylanmoqda. Hammomda suvning shitirlab oqishini eshtib shkaf yoniga keldi va boʻyinbogʻini bushata boshladi. Kiyimini alishtirib qulay futbolka va shortik kiyib devanga joylashdi. Hammom eshigi ochilib ichkaridan oppoq xalat kiyib chiqqan ayol erini koʻrishi bilan toʻxtab qoldi.
Jungkook koʻzlarini yumgancha bir qoʻlini boshiga qoʻyib yotardi.
~uyinggiz borligi yodinggizdami?
Qiz oyna yoniga kelib sochlarini qurita boshladi
~nima demoqchi boʻlyabsan Anna?
Jungkook hali ham oʻsha holatda yotgancha xotiniga savol berdi
~ertalab ketib yarim tunda kirib kelishinggizni aytyabman, shu paytgacha uni yonida edinggizmi?
~bugun shifoxonaga bordik. Xomilador ekan
~bu yaxshi yangilik biz uchun, xursand emasmisiz?
Jungkook sekin koʻzlarini ochib oppoq shiftga termular ekan koʻz oʻnggida Safining yuzi gavdalandi. Uni qiynayotgan narsa xozir faqat yolgʻon edi, Jungkookning yolgʻoni.
~oradan bir oy oʻtdi, men juda baxtliman. Chunki Jungkook doim yonimda, menga gʻamxoʻrlik qiladi, asraydi, avaylaydi, eng muximi meni sevadi. Uni mexribonchiligini koʻrib tugʻilajak farzandimga havasim keldi, chunki u yaxshi ota boʻlishiga ishonchim komil. Stol bezatib uni kelishini kutar ekanman telefonimga kelgan xabardan eshikdan koʻzlarimni uzib xabarni ochib oʻqidim, bu Jungkook. Kechroq borishini aytgan, men xafa boʻldim. Deyarli uch soatdan buyon ovqat tayyorlab, stol bezatib uni kutdim, lekin uning birgina xabari meni qaygʻuga soldi. Nima ham derdim, balki ishi koʻpayib ketgandir. Oʻrnimdan turib chiroqni oʻchirdim va yotoqqa borib yotdim, uyqum kelmadi, shu sababli uni kelishini kutishni xohladim. Qoʻllarimni sekin qornimga qoʻyar ekanman gʻalati hissiyotni his qildim, men ona boʻlaman. 19 yoshimda ona boʻlyabman, qiziq unga yaxshi qaray olamanmi? Unga yetarlicha e'tiborli boʻla olamanmi? Hayollar bilan qanday koʻzlarim yumilib uxlab qolganimni bilmayman, ammo birdan uygʻonib ketdim. Soatga qaradim, allaqachon yarim tun. Oʻrnimdan turib oshxonaga chiqdim, chiroqni yoqmay stakanga suv solib ichar ekanman birdan chiroq yonishi bilan qoʻrqib ketdim. Qarshimda Jungkook, bir axvolda. Nima u mastmi? Koʻrinishidan boʻkib ichgan
~men...suv ichgani chiqqandim, nega buncha kech kelyabsiz?
Men stakanni shu yerga qoʻyib unga qaradim. U hechbir soʻz demay men tomon yaqin keldi. Oramizda deyarli bir qadam masofa qolganda toʻxtab baquvvat qoʻllari bilan belimdan ushlab oʻziga qattiq tortdi, uning bagʻriga kirib qoldim. Bir qoʻli bilan yuzimni siladi, sochimni qulogʻim ortiga oʻtkazib barmoqlari bilan mayin harakat qilib lablarimga tegindi
~seni bu axvolingda qiynab qoʻyishni xohlamayman, lekin....seni koʻrishim bilan men oʻzligimni unutaman
Lablarimga tekkan qoʻllaridan biroz hayajonlandim, uning yuzi men tomon yaqinlashib keldi, lablarimiz orasida millimetr masofa qolar ekan sekin shivirladi
~qoʻpol harakat qilsam meni kechir hopmi?
Soʻnggi bor koʻzlarimga tikilib lablarini qattiq bosim ila lablarimga bosdi. Alcogol ta'mi meni yuzimni burishishiga sabab boʻldi. Koʻkragiga ikkala qoʻlimni tirab oldim, ammo itarmadim. Bir urinish bilan meni koʻtarib oldi va yotoqxonaga olib kirdi. Sekinlik bilan meni yerga qoʻyib boʻsani uzmasdan tungi koʻylagimning bogʻichini boʻshatdi, soniyada yerga sirgʻalib tushgan koʻylak va remenning qattiq ovozi, extirosli ingrash, ikki tananing bir biriga yopishishidan chiqqan ovozlar butun xonani egallab oldi.
Uch oydan soʻng. Qornim ham sezilarli shishib qoldi, axir biz toʻrt oylik boʻldik. Tez charchab qolayotganim sababli koʻp harakat qilmasdim, faqat yotaman, televizor koʻraman, zeriksam kitob oʻqiyman. Ovqat hidiga koʻnglim ayniyotgani sababli Jungkook menga istagan ovqatimni buyurtma qilib junatib turadi. Telefon koʻrgancha yotar ekanman eshik qoʻngʻirogʻidan oʻrnimdan turishga majbur boʻldim. Hansiragancha eshikni ochdim, qarshimda uzun boʻyli, sochlari tun kabi qora goʻzal bir ayol turardi. Eshik ochishim bilan u menga qaradi soʻngra qornimga nigohini qadadi. Men noqulay boʻldim
Ayol bir soʻz demasdan menga tikildi, u kim? Koʻzlarida bilinmas yosh qalqiganini sezdim
U kirishi uchun yoʻl boʻshatdim, mexmonxonaga kirib kresloga joylashdi. Men ham uning qarshisiga oʻtirib nimadir deyishini kutardim
~uzur, sizni biroz tanimayroq turibman
Jeon familyasini eshtishim bilan gʻalati boʻlib ketdim
~Safi, Safi Miller. Siz haqinggizda bilaman
~ha shunaqami, qay maqsadda keldinggiz sir boʻlmasa?
~bilasizmi, men yoninggizga kelish yoki kelmaslik haqida koʻp oʻyladim. Lekin kelishim kerak edi, sizga haqiqatni ertaroq aytishni istadim
~Safi, hozirgi gaplarimni qanday qabul wilasiz bilmayman, ammo ishoning men ojizman. Qisqasi, men Jungkookning xotiniman
Nima? Xotiniman dedimi? Uning shu gaplari quloqlarim ostida qayta qayta jaranglashni boshladi, men oʻzimni yuqotdim. Dunyo boshimga quladi
~xa, biz er-xotinmiz. Turmush qurganimizga besh yil boʻldi, sevishib turmush qurgandik. Lekin farzandimiz boʻlmadi, Jungkook farzand asrab olishimizni koʻp aytdi, men rozi boʻlmadim. Chunki farzandi oʻz qonidan boʻlishini xohladim. Shu bois u sizni uchratdi, siz bizni rejamizda yoʻq edinggiz. Sizga haqiqatni aytishini soʻradim, lekin u vaqti kelganda aytaman derdi faqat. Lekin men chidolmadim, buni sizga ertaroq aytishni maqul koʻrdim. Bu gaplarim sizga qanday eshtilyapti bilmayman, men juda afsusdaman
Uning har bir gapini diqqat bilan tinglar ekanman yuragim qattiq oĝrishni boshladi, meni hayotim ularga oʻyinchoqmi? Mendan foydalanish shunchalik osonmi? Kozlarimdagi yoshlarga erkinlik berdim, bir nuqtaga tikilgancha jim qoldim, chunki uning gaplarini hali beri hazm qilolmasdim.
~siz...nima deyotganinggizni anglayabsizmi?
~bas, ortiq gapirmang. Sizni gapinggizga toqat qilolmayabman chunki. Iltimos uyimdan keting
~Safi meni notoʻgʻri tushunmang
~men sizni yaxshi tushundim, yana nima demoqchi boʻlyabsiz
~bilaman Jungkook ertayu kech siz bilan birga, men ham ayolman. Menda ham his tuygʻular bor, rashk bor. Uni sevib qolishga urinmang, zero uni xotini bor.
~Anna xonim, xavotirlanmang, eringgiz sizga siylov, meni tinch qoʻysanggiz bas.
Annani uydan chiqarib yubordim, eshikni yopishim bilan baqirib yigʻlab yubordim. Oʻz qadrimga achinib yigʻladim, meni baxtli boʻlishga haqqim yoʻqmidi? Axir men ham hamma singari oilam bilan birgalikda baxtli yashamoqchi edim. Qornimdagini nima aybi bor edi? Nafratlanaman, Jeon Jungkook sendan bor vujudim bilan nafratlanaman, lekin nafratim sevgimdan kuchli emas. Bilaman hozir kelib oʻzingni oqlasang ham seni sevishda davom etaveraman. Bu telbalik, hayotimni barbod qilgan insonni sevishda davom etish telbalik shundaymi?
Oʻrnimdan turdimda jamadonimni olib shoshgancha kiyimlarimni yigʻa boshladim. Hechnima qoldirmasdan barcha narsalarimni joyladim, boradigan manzilim aniq emas, lekin boshim oqqan tomonga ketishga qaror qildim. Zero farzandim kelajagi uchun bu yerlardan olisga ketyabman
Jungkook kechki payt Safi uchun doʻkondan u yoqtirgan shirinlik va mevalarni olib uyga kelar ekan sekin eshikni ochib ichkariga kirdi. Qizning ismini bir necha bor takrorladi, javob yoʻq. Barcha xonalarni qidirdi, jim-jit. Yotoqxonaga qadam bosar ekan shkaf ochiq va qizning kiyimlari yoʻqligini koʻrib muzlab qoldi. Atrofga alanglab nima qilarini bilmasdi, birdan koʻzlari varoqqa tushdi
Xat: Jungkook, sendan ketyabman. Seni tark etyabman. Zero men seni ortiq koʻrishni istamayman, menga shu darajada azob berdingku buni butun umr unutmayman. Sen meni aldading, hayotimni barbor qilding, xotining borligini aytmading. Yetmaganiga farzandimni ham mendan olmoqchi boʻlgansan. Seni sevgam kunimga lanatlar oʻqiyabman, sen bilan uchrashgan kunimga lanatlar boʻlsin. Sendan butun vujudim bilan nafratlanishimni his qilishingni xohlayman. Meni izlama, qidirma ovora boʻlasan. Agar kun kelib tasodifan hayot bizni uchrashtirsa ham senga qayrilib ham boqmayman. Mensizlik senga jazo boʻlsin, mensizlikda qiynalib azoblan....Safi
Jungkook xatni oʻqir ekan koʻzlaridan yumalab tushgan yoshlar varoqqa tomdi. Varoqni joyiga qoʻyib tumba ustida turgan uzukka koʻzi tushdiyu uni qoʻliga oldi
~meni tark etishga haqqing yoʻq edi...