Come on baby🚷
→→Qalban charchash yomonroq.
Insonlar faqatgina jismonan charchamaydilar, qalblari ham charchaydi.
Jism charchaganda, ishlagisi kelmaydi, qalb charchaganda esa yashagisi. Endi angla bu dunyo ortiq meni qiziqtirmaydi....←←
Qiz tashqariga chiqib chuqur chuqur nafas olar edi. U qancha yoqasini pastga tortqilab bafas olishga urinmasin baribir havo tanqislik qilar edi.
Nika u yoqda bu yoqqa yurib oʻziga kelishga harakat qilar ekan uzoqdan uni kuzatib turgan yigit ortiq chiday olmay qizni oʻzini bagʻriga oldi.
Pov Nika
Nafas nafas olishim qiyinlashib borar nima qilsam ham ojizlik qilar ekanim birdan ulkan mushaklari mavjud yigitning mushakdor tanasiga urildim. Ammo bu menga shunchalar yoqar ediki bir zumda barcha muammo yechimini topgandek boʻldim.
Jungkook qizning sochlaridan silab oʻziga keltirishga harakat qilar ekan Nika koʻzlarini asta sekin yumib uning quchogʻida tebranib yigʻlay boshladi.
-Yigʻla. Yigʻlab ol. Ichingga yutma yigʻlab ol.
Nihoyat. Kimdir uni ham oʻyladi. Kimdir , notanish boʻlsa ham unga qiyin ekanligini, unga mexr degan bazi insonlar uchun arzkmas tuygʻu tanqis ekanligini tushunib uni yiqilmasidan avval tutib qoldi.
Nika ham Jungkook ham hech narsa demay uydagi ancha chiroyli tosh ustiga oʻtirib osmonga tikilib turishar ekan bu sukunatni Jungkook buzdi.
-...rahmat - Savolining oʻrniga umuman boshqa javob olgan yigit nigohlarini osmondan olib Nikaga qaratdi.
-Meni bir lahza boʻlsada yelkadosh boʻlganing meni tutib qolganing uchun.
-Hech qisi yoʻq. Muhimi hozir yaxshi ekanliging. Nima....
-Nima boʻlganini soʻrama! - Nika boshini yerga egdi.
-yaxshi sendan hech narsani soʻramayman.
Qiziq. Nega u bunday ahvoli yomon boʻlib qolgani menga juda ham qiziq edi. Ammo uning koʻzlariga qaraganimda haqiqiy baxtsizlikni koʻrdim negadir?! Uning koʻzlari...takrorlanmas mungli holda edi. Bu tim qora koʻzlar insonni oʻziga sehrlab qoʻyadigan darajada chiroyli va betakror.
Kuzdan tarak beruvchi yomgʻir uyning deraza oynalarini sekin chertar ekan bu qizning mayin uyqusini buzib yubordi.
-Xayrli tong sizga baxtsiz Nika xonim - qiz oʻziga oʻzi "xayrli tong" tilab sekin yuvinish xonasiga kirib ketdi.
Barcha dasturxon atrofiga yigʻilishar ekan nonushta allaqachon boshlangan edi.
-Nika singiljon seni oʻqishlaring yaxshimi? - birdan oʻrtancha akasi Channing savolidan yeyayotgan ovqatiga qiz tiqilib qoldi.
-Ha aka. Ancha yaxshi. Yaqinda koreyada ham oʻqishimni boshlab keladigan yil universitetga ham topshiraman. - Nika akasining unga qiziqishidan quvnoq holda gapirar ekan otasi bu orzularini bir onda chilparchin qildi.
-Hex. sen oʻqishga kirmoqchimisan? Bu savodsizlik va aqlsizliging bilan hech qaysi universitet u yoqda tursin institutga ham kira olmaysan. - Janob Kim ogʻziga bir boʻlak goʻsht olish barobarida gapirdi.
-Minho- rafiqasi eriga gap qistirdi.
-Nima gapim notoʻgʻrimi? Shu vaqtgacha bironta yutuqqa erishganini koʻrmadim. 18 yoshida Namjoon maktab prezidenti boʻlgan. Taehyung esa xalqaro olimpiada matematikadan birinchi oʻrinni egallagan. Channi gapirmasa ham boʻladi. Uni yoshligidan boshlab sport bilan bogʻliq olgan yutuqlari son mingta. Xoʻsh Nika xonim siz nimaga erishdingiz! Oʻqiyapman. Oʻqiyapman deysiz u men biron bir natija koʻrmadim. - Mr. kim Nikaga oʻqrayib oʻgʻillari bilan faxrlanar ekan qiz faqat dasturxon chetiga tikilgancha tilsiz holda turar edi.
-Dada...bas qiling. Hali u yoshku.
-Sen aralashma Taehyung. Bola yoshligidan ma'lum deyishadi. Ammo men buni kelajagini allaqachon koʻrdim. Bu shunchaki eshikdan birinchi kelgan inson bilan oila qurmoqchi.
-Unda..y emas...dada...men ham ham... harakat qilyapman. Natija boʻlib qoladi albatta - Nika piqillagancha javob qaytarar ekan Mr.Kim sochiqqa ogʻzini artdida sochiqni zarb bilan dasturxon ustiga urdi.
-Menga boʻlib qoladi dema. Meni oldimga natija bilan kel. NATIJAA BILAN. Ertalabdan ishtaxani ham dabdala qildingiz. Namjoon boʻl mashinani tayyorla ishga kech qolamiz.
Namjoon bir on singlisiga koʻz qirini tashladida uyni Janob Kim bilan tark etdi.
Ota va oʻgʻil ketgach zalda Kim xonim, chan, taehyung va Nika qolar ekan bir kishi bir ogʻiz soʻz qotmas edi.
-Men toʻydim. Xonamda boʻlaman.
Nika koʻz yoshlarini yashirish maqsadida teppa qavatga chiqib ketdi.
Nika xonaga kirib eshikni yopishi bilan ózini yotoqqa otdida kózidagi yoshlarni chiqara boshladi. Qiz tinmay yig'lar ekan boshidan kimdur silaganini his qilib yon tomonga burildi.
-Aka - Nika Taehyungga qarash uchun yotoqdan kótarildi.
-Mening munchog'im nega yig'layapdi? Nima sen Amerikaga borib yig'loqi bulib keldingmi- Taehyung shunday deya qizni sochlarini tózg'itdi.
Taehyung qizning norozi yuzidan jilmayar ekan bir soniya uning chózilgan lablaridan ópmoqchi bóldi.
-Tayyorlan munchoqkóz yangi maktabingga joylashtirib kelaman. - Taehyung shunday deya xonani tark etmoqchi bólganda ortiga qaradi.
-Ha yana bir gap. Yana yig'loqi qiz bólsang burningni tishlab olaman.
Nika akasining gapidan keng tabassum qilarkan Taehyung singlisiga bir kóz qisib kulgancha xonani tark etdi.
Akalarim ichida menga eng g'amxóri va mehriboni bugun Taehyung akam. U kabi hech kim meni bunchalik yaxshi kórolmaydi. Hatto oyim ham.
Nika kiyinib pastga tuahar ekan Taehyung mashinada uni kutib turardi. Qiz bordida akasining oldidagi old órindiqdan joy oldi.
Yólda ketishar ekan Taehyung gap boshladi.
-Maktabda hech kim bilan talashib yurma.
-Aniyoo. Men hech qachon urushishni va janjalni yoqtirmaganman.
-Ózimni aqlligim. Agar senga nimadir kerak bólsa faqat menga qông'iroq qil kelishdikmi?
-Hop mehribonim - Taehyung singlisi uni erkalaganidan jilmayar ekan Nika ham akasi singari jilmaydi.
-Ha yana. Seni kimdir xafa qilsa Jungkookka ayt. U oilamiz dósti. U senga maktabda yordam beradi. Bitiruvchi sinfda muammolar kópayadi sen ulardan xavotir olma va bu haqida otamga aytma. Men ularni ôzim hal qilaman.
-Hop aka~ ammo men yosh bola emasmankuu ~ Nika akasiga erkalanib gapirar ekan Taehyung maktab yonida tóxtatdida singlisiga qarab ikka yuzini kaftlari orasiga oldi.
-Men seni 10 yoshimdan buyon taniyman. Atigi 3 yil mendan uzoqda bóldi degani katta bólib qolganingni bildirmaydi. Sen haliyam mening yig'loqi Niniyimsan.
Nika akasining erkalashidan qoshlari chimirilib kabi chóchaygan holda gapirdi.
-Akaaa - Taehyung Nikaning yuziga qarab mashina salonini tôldirgancha kuldida singlisini quchib peshonasidan ópdi.
-Hóp yaxshi ishlang. - Nika derazadan havoyi ópgich joylab maktabi qarab chuqur uh tortdida ichkariga kirib ketdi.
Author✍: Ba'zan ózing ózingni tushunmay qolasan. Tórt tomonga alanglab nimadir izlaysan ammo izlagan narsangni topa olmaysan. Aynan ósha lahzada ózingni yangilaging keladi. Xuddi urib turgan yuragingni órniga faqat ózini sevadigan yurak qóyishlarini istaganing kabi.....