Yesterday

DEAD FEELINGS🔞

Koshki edi oʻsha nigohlar toʻqnashmasa, oʻsha tunlar birga boʻlmasak, oʻsha damlar kabi sen ham menga shunchaki azob beradigan inson boʻlib qolmasang....

Nikaning soʻzlari....🖋

Qiz lablari bilan qoʻllarini toʻsgancha vaxshiy yigitning Chanxoning urushini yigʻlab tomosha qilar ekan shunda miyyasiga tok urgandek Jungkookning qoʻllariga yopishdi.

-Qoʻyvor. Qoʻyib yubor uni darhol. Jungkook.JUNGKOOK DEDIM.

-ARALASHMA. OʻCHIR OVOZINGNI.

-QOʻLINGNI UNDAN TORTASAN. UNI URUSHGA HAQQING YOʻQ!

Jungkook shunda yuzi qon boʻlib ketgan Chanxodan uzoqlashib Nikaning qoʻllarini temir qisqichdek qisdi.

-Nega bu bilan oʻralashib yuribsan? Senga aytganlarini eshitdim🗣🗣

-Senga nima? A? Senga nima aa?

Nika Jungkookning koʻksidan itardi.

-Sen men uchun kimsan? Kimsan? -Yana itardi.

-Hech kimsan men uchun. Mening iflos oʻtmishimsan!

-Unday dema! Unday demaaaa!

-Nima dey? Ayt NIMA DEY? NIMA ISTAYSAN? MENI ADO QILDINGKU. TAMOM QILDING MENI. MEN TUGAB BOʻLDIM🗣

Nika koʻzlaridan yosh chiqib ovoziga kuchini bergancha qarshisidagi yigitga tushuntirishga urunar edi.

-Meni jirkanch oʻtmishimdan sen xabardor eding. Sen bilareding bu oʻtmishimni! Soʻngida sen ham otam va onam kabi ish qilding. Meni tashlab ketding🗣

-Imkon borku. Sevgilim....

-Men endi sening sevgiling emasman Jungkook. Ket.

-Ketolmayman seni sevaman nega tushunmaysan?🗣

-Majbursan! Ketishga majbursaaaan.

Jungkook nimadir demoqchi boʻldiyu qoʻlidan kelmadi. Nima ham der edi. "meni kechir men oʻzim hohlab senga xiyonat qilmadim. Ammo bolam bor. Undan voz ham kecholmas edim" desinmi? Deyolmaydi. Ammo boʻzidagi nimdir uni har kuni oʻldira oladi. Jungkook soʻnngi bor qizga mayus nihoh bilan qarar ekan Nika Chanxo bilan ovora edi.

-Yaxshimisan Chanxo? Nafas olyapsanmi?

Nika mayda qoʻlchalari bilan Chanxoning yuzini silar ekan burun u lablari qonga toʻlgan yigit sekin kulib ogʻir nafas olgancha qizga tikildi.

-Yaxshiman kichkina. Menga ozgina yordam bera olasanmi?

-Ha...ha albatta..

Nika Chanxoni oʻrnidan turishga harakat qilar ekan Jungkook Chanxoga hali hamon oʻlim nigohi bilan qarab turar edi.

-Undan uzoq yur.

-Buni sen hal qilmaysan shovvoz. Yoʻlimdan chiqma. Yoʻqsa yanchib tashlayman.

Jungkook oʻlim ufurub turgan soʻzlaridan keyin qiz unga yarq etib qaradida zahar nishlarini sanchib oldi.

-Chanxoga qoʻling uchi tegishi bilan bu dunyodan seni oʻzim narigi dunyoga ravona qilaman.

-Nika...

-Sen aralashma. Jim. Sen esa hoziroq daf boʻl.

-Yaxshi xonim afandi. Ammo yana koʻrishamiz unutma.

***

-Kel turmush quramiz. - birdan berilgan taklifdan yigit mashina yól chetiga tóxtatdi.

-Aljirama. Meni sevmasligingni bilaman.

-Chanxo. Bh meni qólimda emas. ammo men undan qasos olmoqchiman. U xuddi meni barbod qilgani kabi men ham uni qalbini chilparchin qilmoqchiman.

Chanxo qizga obdon tikildida yana mashina qizdirdi.

-Tayyorgarlik kór 1 haftadan keyin tóy.

Mashina kóchada shovqin kótargancha g'oyib bóldi.

-Qani samolyoooot- Seva qoshiqni qizining og'ziga samolyot kabi olib borar ekan Sena oyisining qiliqlaridan qiqirlab kular edi.

-Omma. Samolyot qónish joyi mening og'zimda bólaqoling samolyot qónsin. - jajji qizaloq og'zini katta ochib onasini kutar ekan eshik qóng'irog'i jiringladi.

-kechki soat 8 va bizda allaqachon mehmon bor? mmm kim ekan uuu?- Seva qólini oyagiga qóyib óylayotgan insondek qilarkan Sena qólini yuqoriga kôtardi.

-Men. men Bilaman Kimligini. Men.

-Xósh?
-Koko amakim. Menga qulupnay olib keldilar.

Jajji qizaloq onasini ham kutib turmasdan eshik tomon yónaldida jajji qóllari bilan eshikni ochmoqchi bóldi.

-Omma meni qólim yetmayapdi.

-Hozir senga ózim yordamlashaman. - Seva qiziga kómaklashib eshik ochar ekan qarshisidagi erkak qólida bir talay narsalar bilan ularni qarshi oldi.

-Koko amaki - Sena zavq bilan unga tirmashar ekan Janob Kang esa qólidagilarni Sevaga berib jajji qizaloqni qóllarida kótardi.

sóngra yuzlaridan hidlab ópdi.

-Farishtaning ifori keladiya~ xósh jajji shumtaka bugun nimalar bilan band bólding.

Kang Senani qóllarida kótargancha oshxonaga kirdi.

-Koko amaki bugun men judayam aqlli qiz bóldim. Oyimni xecham azob bermadi.

-Ox bunday aqlli, chiroyli qiz kimda bor? Albatta faqat menda borda.

Joo Kang

Seva bir on ularga ma'sum koʻzlari bilan boqdi. Agar hozir uning oldida oʻz sevgani boʻlganda balkim qizi begona erkakning boʻyniga osilmas edimi? Begona amakining mehriga muhtoj boʻlmas edimi. Kang juda ham yaxshi ammo Sevani ichidagi kemtik qizining otasiz ekanligida edi.

PovSeva
Nachora. Boshga tushganni koʻz koʻradi. Qizim otasiz katta boʻlsa ham, uni onasiz ham boʻlishiga yoʻl qoʻymayman. Nima boʻlishidan qatʼiy nazar men Sena uchun yashayman. Faqat u. Faqat u bor mening hayotimda.

-mitti farishtam sen borib oʻyinchoqlaringni oʻynab tur. Men oying bilan gaplashib olay.- Sevaning oʻychan turishidan bir nimalarni oʻylagan Kang qizni oʻzini xonasiga kuzatib qoʻydi.

-Xayoling parishon.

Kang stoldagi olma olib ogʻziga solarkan qiz bir nuqtaga tikilgancha keskin gap boshladi.

-Taehyungni uchratdim.

-A!

-Bugun Taehyungni koʻrdim. Menimcha u baridan xabardor.

-Nima xazillashyapsanmi?

-Men mutlaqo jiddiyman Kang. U yana meni hayotimga kirib keldi jin ursin.

-Nima qilmoqchisan?

Seva bir nuqtaga gʻazab bilan tikilib turar ekan soʻng alam bilan tabassum qildi.

-Maqsadi nima ekanligini bilmadimu ammo men ham uni yakson qilaman. Kim Taehyung degan iblis bu dunyoda yer bilan bitta boʻlmaguncha oʻyin tugamaydi.

Seva shunday dedida mitti qizidan xabar olish uchun oshxonani tark etdi.