November 28, 2025

𝐂𝐨𝐦𝐞 𝐎𝐧 𝐁𝐚𝐛𝐲🚫

Men doim magʻlub edim. Hayotimda bir bora gʻolib boʻlish sururini his qilmqochi edim. Sen esa meni hayotim davomida oyoqlaring ostida ezding sevgilim....

2-𝐐𝐢𝐬𝐦📌

Qiz eshik ortida bir necha daqiqa turdi-da soʻng koʻzlaridan oʻt chaqnab qiya ochdi.

Chindan ham jirkanch yotoqda eri... farzandining otasi va u bilan oʻynashayotgan* bir suyuqoyoq.

-Yaxshi xiyonat boʻlsa xiyonat* - dedi qiz tabassum bilan.

Ortiga burilib endi ketmoqchi boʻlganda bir tanaga urilar ekan past boʻyli boʻlgani uchun uni koʻrish sabab yuqoriga qaradi.

-0.5 jon - deya hayrat,quvonch aralash gʻalati tabassum qildi Jungkook.

Tabassumi

Mixo yigitga qoshlarini chimirar ekan Jungkook bunga e'tibor bermay xona ichkarisiga qaradi va qoshlari teppaga koʻtarildi. Soʻng nigohlarini qizga koʻchirdi.

-Qani men bilan yurchi!- deya qizning tirsagidan ushlab oʻziga tegishli V.I.P xonasiga yoʻnaldi.

-Hoy jinni qoʻlimni qoʻyib yubor - qiz qancha harakat qilmasin yigit uning qoʻlini zich ushlab xonasiga kiritdi.

-Chiq. Boʻl chiq tezda - dedi Jungkook xona ichidagi bugungi oʻyinchogʻiga*. Qiz sekin chiqib ketarkan Mixo unga koʻksini bogʻlaguncha tikildi. Qiz chiqib ketgach Jungkook eshikni qulfladi. Ammo Mixo qoʻrqmadi. Shunchaki zaxarxanda kulib oʻsha yerdagi uzun kresloga oʻtirdi.

-Hammangiz bir xilsiz. Nafs qullari - Mixo kulib Jungkookka nigohini tikdi.

-Unaqa emas.

-Hozirgi foxishani qanday tushunay? -Mixo qoshlarini koʻtarib bosh silkidi.

-Rashk qilyapsanmi? -Jungkook bu savolni tabassum bilan berar ekan qizning baland kulgusi xonada yangradi. Jungkook qizning yonida tezda paydo boʻldi-da uning belidan qoʻllarini aylantirdi.

-Kulish senga yarasharkan.

10 daqiqa avvalgi erini xiyonatiga oʻz koʻzi bilan guvoh boʻlgan Mixo maktabdagi qiz emas edi.

-Menga hamma narsa yarashadi.- koʻz qisib yigitning yuzlaridan oʻpdi.

Jungkookning koʻzlari chaqnar ekan oʻrnidan turib vino ichish uchun qadah ola boshladi.

-William bilan tanishmisz? - soʻradi qadah tomon yoʻnalib.

-Ha u farzandimning otasi! - Jungkook qoʻlidagi qadahlarni tushurib yubordi.

-Aqldan ozganmisan? - dedi Mixo hayron.

-Nima deding? - qosh chimirib koʻzlarini kattalashtirgancha soʻradi Jungkook.

-Aqldan ozganmisan dedim!

-Yoʻq undan avval.- bosh silkidi Jungkook.

-Farzandimning otasi.

-Wil...Wi..William sening eringmi? -hayrat bilan soʻradi yigit.

-Yoʻq. Oʻgay akam. -aniqlik kiritdi Mixo.

-Jin ursin nima?

-U mening oʻgay akam. Biz ota-onalarimiz toʻyidan soʻng tanishdik. Afsuski ular oʻlishgach William bilan yanada chuqurroq aloqaga kirishdik. Va u paytda mening qornimda Williamning qiz bor edi. - dedi qiz beparvo orqa tomondan qadah olib viski quydi.

-Sening qizing bormi? - tushunib boʻlmas his bilan soʻradi yigit.

-Ha va u allaqachon 2 yoshda. Ismi Miam. Mixo va William soʻzlarining bosh va oxirgi harflaridan olingan. - Mixo xuddiki yigitni qayta eza boshladi.

-Ammo erimning xiyonatini koʻrib qoldim. - qiz kuldi va viski hoʻpladi.

-Endi nima qilmoqchisan? Ajrashasanmi? - koʻzlarida chaqnash bilan soʻradi Jungkook.

-Yoʻq qasos olaman. Va soʻngida uni tashlab ketamiz. Men ham qizim ham. -Mixo bir nuqtaga qaragancha nafrat bilan gapirdi.

-Nega bularni menga aytib beryapsan? - yonidan joy egallagan Jungkook soʻradi.

-Shunchaki. Menimcha sen uning doʻstisan. Ammo mening ham shunday emasmi?- qiz Jungkookning maktabdagi gaplariga ishora qilgancha dedi.

Mixo oʻrnidan turib eshik tomon borar ekan ortidagi ovoz uni toʻxtatdi.

-Senga yordam berishimni xohlaysanmi? - dedi oyoqlarini stol ustiga chiqazib.

-Doʻstingga xiyonatmi?

-Shunchaki men qizlarni xurmat qilaman deya qolaylik. - deb kuldi Jungkook.

-Meni sotmasligingga kim kafolat beradi?- ayyorona kuldi Mixo.

-Men foxishaning bolasi emasman. Gapirgan gapim uchun doimo, har qanday vaziyatda javob bera olaman. - dedi yigit bosh silkib.

-Rejang bormi? - Mixo negadir bu yigitga ishona boshladi.

*

Tungi soat 03.00

William asta oyoq uchida uyga kirar ekan sekin yotoqxona tomon harakatlandi. Ammo yotoqxonada qizining oʻzi borligini koʻrib hayratlandi.

-Doʻstlaring bilan kecha qanday oʻtdi? - ortidan kelgan ovoz sabab choʻchib ketdi yigit.

-Juda ajoyib. - William iloji boricha tabassum qilishga harakat qildi.

-Xudaandman. Ammo juda kechikding. Yuvinib chiqa olasanmi sendan yomon hid anqiyapdi. - Mixo qizchanini quchogʻiga olgancha eriga gapirdi.

Ammo William gʻalati ahvolga tushib boʻlgandi. Goʻyoki uning xiyonati allaqachon oshkor boʻlgandek.

-Xiyonat bu shunchaki xato emas....Bu rejalashtirilgan xato. Bu yuragimni qanchalik oʻyganini sen ham his qilmaguningcha oʻlmaysan azizim - Mixo mitti qizalogʻining ortini silab koʻzlarini yumdi.

*

-Uning qizi bor...- yigit osmonga qaragancha tamaki chekardi.

-Men...men uni ilk bor buzmoqchi* edim. Ammo u allaqachon oʻzganiki ekanmi? - tamakidan chuqur tortdi Jungkook.

-Yoʻq baby* ilk bor senda kim boʻlgani emas... oxirigacha senda kim boʻlgani qiziq. Va bu men boʻlaman - yana tamakidan chuqur tortib osmonga zahar tutunni purkadi.

Koʻchada deb tasavvur qilila😂